“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
172
- turistik salohiyatga ega har bir hudud uchun uning ichki imkoniyatlaridan
kelib chiqib, industriya rivojiga to‘sqinlik qilayotgan salbiy holatlarni muntazam
tadqiq etgan holda hududiy maqsadli dasturlar ishlab chiqish va ularni
bosqichma-
bosqich sinovdan o‘tkazish tartibini joriy etish;
- raqamlashtirilgan turizm iqtisodiyoti, marketingi va boshqa muhim
sohalar faoliyatini tartibga solishga qaratilgan qonun va me’yoriy hujjatlar
kontentini takomillashtirish;
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
:
1. Goeldner.R.Ch, Ritchie.J.R(2012) Tourism: Principles, practices, philosophies 12th edition.
Printed in the United States of America.
2. O.Г.Давыдова. Инструменты государсвенного регулирования развития
туристическая деятельности в Украине.
3. A.Mirzaxodjayev.(2024) Turizm faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish
samaradorligini oshirishning ayrim usullari.Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot jurnali.98-99-bet
4.
Галасюк С.С. Модели государственного регулирования в сфере туризма. Одесса.
Украинаю.
5. Boltabayev.M.R.,Tuxliyev.I.S.,Safarov.B.Sh.,Abduxamidov.S.A(2018).Turizm: Nazariya va
Amaliyot.-T.:<<Barkamol fayz media>>nashriyoti.
6. Panasiuk, A. (2019). Tourism management by public administration
institutions. Scientific Journal of the Military University of Land Forces, 192(2), 365
–
377. https://doi.org/10.5604/01.3001.0013.2610
AGROTURIZM SOHASINI RIVOJLANTIRISHDAGI MAVJUD MUAMMOLAR
Yoriyeva Farangiz Murodillayevna
Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti tayanch doktoranti
Agroturizm sohasini rivo
jlanishining jahon amaliyoti tahliliga ko‘ra,
agroturistlar tabiat qo‘ynida xavfsiz sayohatni amalga oshirish istagida bo‘lgan
sayyohlar hisoblanganligi sababli ular ekologik muammolar nisbatan kamroq va
insonlarning atrof-muhitga s
albiy ta’siri darajasi past bo‘lgan hududlarga tashrif
buyurishni afzal ko‘radilar. Bu esa
agroturizmning ekologiya va atrof-muhit bilan
bevosita bog‘liq ekanligidan dalolat beradi. Shu sababli ham mamlakatda
agroturizmni rivojlantirishda nafaqat atrof-muhitning himoyalanganlik darajasi,
balki ekologik muammolarning keskinlashuvini oldini olish talab etiladi.
Mamlakatda atrof-muhit va ekologik barqarorlik sohasidagi muammolarning avj
olishi agroturizm salohiyatidan foydalanish samaradorligini keskin kamaytirib,
ushbu sohani rivojlantirishdagi turli ziddiyatlarni vujudga kelishiga sabab
bo‘ladi.
Tahlillarga ko‘ra, global iqlim o‘zgarishlarining tobora avj olib borishi
natijasida so‘nggi o‘n yillikda aksariyat mamlakatlarda
yer resurslarining
degradasiyaga uc
hrashi, cho‘llanishi kab
i muammolari avj olib bormoqda.
Jumladan, bu turdagi global tabiiy-
iqlimiy o‘zgarishlar 13,4
mlrd. gektarga teng
“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
173
bo‘lgan butunjahon er fondining 14,9 foizini yoki qariyb 2,0 mlrd. gektar qismini
foydalanish uchun yaroqsiz holatga ke
lishiga sabab bo‘ldi[1].
BMTning Oziq-
ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra,
so‘nggi yillarda jahon miqyosida o‘rtacha yillik cho‘llanish 6,0 mln. gektarni
tashkil etmoqa. Jumladan, yer resurslarining degradasiyaga uchrashi jahon
aholisining qariyb 1,2 mlrd qismi yashash shart-
sharoitlariga salbiy ta’sir
ko‘rsatgan holda, ularning hayotlari uchun turli xavf
-xatarlarni vujudga kelishiga
sabab bo‘lmoqda. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, har yili biofizik holati
yomonlashib borayotgan er res
urslarining o‘rta hisobd
a 29-30 foizi inson
faoliyatining atrof-
muhitga salbiy oqibatlari sababli ro‘y bermoqda.
O‘zbekiston va unga tutash hududlardagi iqlim o‘zgarishining oqibatlariga,
birinchi navbatda, tabiiy-
iqlimiy va suv resurslari o‘zgarishlarin
i kiritish
mumkin. Ulard
agi o‘zgarishlar respublikamizda tarqalgan tuproqlarning xossa
-
xususiyatlarini yomonlashuvida hamda Orolbo‘yi ekologik holati va xususan
,
Orol dengizida yuzaga kelayotgan salbiy ko‘rinishlarda aks etadi. Tabiiy
-iqlimiy
resurslarning
o‘zgarishini baholashda
bazaviy iqlimiy ssenariyalar sifatida
yuqorida ko‘rib chiqilgan regional iqlimiy ssenariyalar tanlab olingan. Ular 2030
-
yilgacha bo‘lgan o‘zgarishlarni baholashga imkon beradi. Umumiy ssenariyaviy
qiymatlar O‘zbekiston hududining
real iqlimiy xilma-xilligiga moslashtirilgan va
shundan keyin ular tabiiy-
iqlimiy okruglar va tumanlar guruhlariga bog‘langan.
Tabiiy-
iqlimiy okruglar va tumanlar bo‘yicha kelajakdagi 2005
-2030-yillar
davomida o‘rtacha mavsumiy haroratning o‘zgarishi 3.4
-j
advalda ko‘rsatilgan.
Iq
lim o‘zgarishi bo‘yicha prognozlar shuni ko‘rsatmoqdaki, mintaqada:
viloyatlar bo‘yicha 2050
- yilga kelib,
o‘rtacha bir yillik harorat 1,9
-
2,4°S darajaga
oshadi, eng ko‘p isish darajasi qishgi va bahorgi davrlarga to‘g‘ri keladi;
yo
g‘ingarchilikning o‘rtac
ha bir yillik soni 15-
18 foizga ortadi, bu davr ko‘proq
yoz paytiga to‘g‘ri keladi; havo darajasining ortishi bilan bog‘liq bo‘lgan qishloq
xo‘jalik ishlab chiqarilishining yomonlashuvi va yanada xavfli shart
-sharoitlari
sababli qis
hloq xo‘jalik ekinlarini
ng evapotranspirasiyasi ortishi vujudga keladi;
Orol dengizi havzasida bashorat qilinayotgan suv etishmovchiligini bosqichma-
bosqich o‘sishiga olib keladi. Shuningdek, suvga bo‘lgan ehtiyojning ortib borishi
natijasida hamda Amudaryo va Sirdaryo daryolaridan suvni kafolatli olib
qolinishi hajmining qisqarishi holatida suvning taqchilligi 500 foizdan ortib
ketib, 2005- yildagi 2 km dan 2050- yilga kelib, 11-13 km ga etadi[2].
So‘nggi yillarda global darajada avj olayotgan
tabiiy-ekologik muammolar
mamlakatimizning tabiiy-iqlimiy shart-
sharoitlariga o‘z salbiy ta’sirini
o‘tkazmoqda. Jumladan, 2022
-
yilda O‘zbekiston jahon mamlakatlarida havoning
ifloslanishi reytingida 20
o‘rinni (IQAir Index –
33,5) egallashi bilan birgalikda
(1-rasm), mamlakatimizda havoning
ifloslanish darajasi Jahon sog‘liqni saqlash
tashkiloti tomonidan o‘rnatilgan me’yorgaa nisbatan 6,7 marta yuqori ekanligi
aniqlangan[3]. Ushbu holat mamlakatda atrof-muhitni himoya qilish borasida
amalga oshirilayotgan davlat dasturlarini kuchaytirish lozimligidan dalolat
beradi.
“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
174
1-
rasm. O‘zbekistonning xalqaro «IQAir Index» ko‘rsatkichi bo‘yicha
havoning ifloslanish darajasi indeksi[4]
2021-
yilda O‘zbekistonda daraxtlarni kesishga nisbatan moratoriyning
joriy qilishini 316 mingga yaqin daraxtlarni asrab qolish imkonini berganiga
qaramay, 3,0 mingdan ortiq qimmatbaho va noyob daraxtlarning noqonuniy
kesilishi holatlari sodir bo‘lgan. Shu bilan birgalikda, so‘nggi yillarda
daraxtlarning asossiz kesilishi natijasida mamlakatdagi salqin va sovuq havo
hajmi 2,0 barobarga qisqarib, yoz oylarida anomal issiq havo harorati
kuzatilmoqda. Natijada respublika hududida qumli va chang bo‘ronlari miqdori
tavsiya etilgan darajadan 30 barobarga oshib ketti[5]. Ushbu tendensiyalar
mamlakatning agroturistik salohiyatida
n foydalanish holatiga ham o‘z salbiy
ta’sirini ko‘ratmoqda.
Ekspertlar fikricha, havoning sifati mintaqaning ko‘plab shaharlarida
bo‘lgani kabi qazib olinadigan yoqilg‘idan ortiqcha foydalanish, atrof
-muhit
ifloslanishi bilan bog‘liq ayrim muammolar, shuningdek, past sifatli yoqilg‘idan
foydalanish kabi noto‘g‘ri ekologik usullarni qo‘llash sababli yuzaga keladi.
Shuningdek sintetik,
materiallar dunyoning bu qismida sodir bo‘lgan kuchli
chang bo‘ronlari bilan birlashib ketmoqda. Shahar aholisining avtomobi
llardan
haddan tashqari ko‘p foydalanishi ifloslanish darajasiga sezilarli darajada hissa
qo‘shmoqda. Havo ifloslanishiga aksariyat
hollarda fabrikalar, elektrostansiyalar
va boshqa sanoat hududlaridan chiqayotgan gazlar ham sabab bo‘lishi mumkin.
Ko‘mir va boshqa materiallarning yonishi butun respublika bo‘ylab havodagi
tutun, bug‘lar va boshqa zararli moddalarning paydo bo‘lishiga o
lib keladi.
Jahon amaliyoti tahliliga ko‘ra, taraqqiy etgan mamlakatlarda barqaror
rivojlanish maqsadlari doirasida va milliy
agroturistik xizmatlar ko‘rsatish
bozorini rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlarida 2030-
yilga qadar bo‘lgan
muddatda dara
xt ekish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqilgan va muntazam amalga
oshirilib kelinmoqda. Jumladan, birgina Yevropa Ittifoqi maml
akatlarida «yashil
zona»lar hajmini oshirish maqsadida 2030
- yilga qadar 3,0 mlrd. tup daraxt
ekish bo‘yicha dastur qabul qilingan bo‘lib, u to‘liq davlat byudjeti hisobidan
moliyalashtiriladi. Shu bilan birgalikda, xususiy sektor vakillari uchun mazkur
dastur doirasida daraxt ekish uchun sarflagan moliyaviy resurslariga mos
hajmdagi soliqdan ozod etiladi.
“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
175
Mamlakatimizda sanoat tarmoqlarini rivojlantirish, jumladan, turli maishiy
texnikalardan foydalanish, sanoat tarmoqlarini modernizasiyalashda manaviy
jih
atdan eskirgan texnikalardan foydalanish amaliyotining ko‘p holatlarda
uchrashi atmosferaga chiqarilayotgan zararli va ifloslantiruvchi moddalar
hajmini ortib borishiga olib kelmoqda.
Tabiat, ekologiya va iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan yuqorida ke
ltirib
o‘tilgan muammolarning avj olishi agroturistlar uchun yetarli darajada maroqli
hordiq chiqarish imkoniyatlarini cheklashi bilan birgalikda, agroturistik
resurslarga ham o‘z salbiy ta’sirini ko‘rsatadi. Mazkur vaziyatni inobatga olgan
holatda, keying
i yillarda mamlakatimizda ekologik barqarorlikni ta’minlash va
atrof-muhitni himoyalashga qaratilgan davlat dasturlarini ishlab chiqish,
jumladan, viloyatlar kesimida agroturistik resurslardan foydalanish
samaradorligini oshirish bo‘yicha chora
-tadbirlar tizimini amalga oshirish
maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. Usmanov Yu. Holati
buzilgan sug‘oriladigan qishloq xo‘jalik yerlarini tiklash. Scientific
Progress. Vol. 3 | Issue 2 | 2022.
–
pp. 729-735
2. Haqberdiev O.E.,
Sodiqova G.S. O‘zbekistonning yer
-suv resurslari: muammo va
yechimlari. O‘quv qo‘llanma –
Toshkent. 2017.
–
243 b.
3.
Качество
воздуха
в
Узбекистан.
[Электронный
ресурс]
URL:
https://www.iqair.com/ru/uzbekistan
4. Самые загрязненные страны и регионы мира (история данных за 2018
-
2022 гг.).
[Электронный ресурс] URL: https://www.iqair.com/ru/world
-most-polluted-countries
5.
Aslanova A., Musaeva R. O‘zbekiston dunyoning eng ifloslangan davlatlar reytingida 12
o‘rinda: vaziyatni qanday tuzatish kerak? 20.05.2022 y. URL: https://rost24.uz/uz/news/1045
ЗЕЛЁНАЯ ЭКОНОМИКА КАК ОСНОВА УСТОЙЧИВОГО РАЗВИТИЯ
ЭКОНОМИКИ УЗБЕКИСТАНА
Сагидуллин Фарид Радикович
Научный соискатель кафедры «Экономика труда и управление»
Ташкентский филиал РЭУ им. Г.В. Плеханова
Зелёная экономика представляет собой ключевую основу для
устойчивого развития, так как её главная цель
-
гармонизировать
экономический рост с сохранением природных ресурсов и экосистем. В
условиях усиления климатических изменений и увеличения нагрузки на
окружающую среду, переход к зелёной экономике становится важнейшей
задачей для государств, стремящихся обеспечить долгосрочную
экономическую стабильность и улучшение качества жизни своих граждан.
Современные вызовы, такие как загрязнение атмосферы, истощение
природных ресурсов, потеря биоразнообразия и ухудшение здоровья
населения, требуют разработки и внедрения новых моделей
