“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
398
O’ZBEKISTON IQTISODIYOTIGA ISLOM MOLIYASINI JORIY
QILISH ISTIQBOLLARI
Sultonov Baxtiyor Baxodirovich
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
To’rtko’l fakulteti, katta o’qituvchi
Mamlakatning moliyaviy rivojlanganligi va iqtisodiy o‘sish o‘rtasida kuchli
bog‘liqlik
mavjudligi
ham
aniqlangan.
Xandkerning
aniqlashicha,
mikromoliyalash aholi jon boshiga iste'molni (nooziq-
ovqat va xo‘jaliklarning
aktivlariga nisbatan) ko‘paytirganini va va shu tariqa ishtirokchilarning
qashshoqlik chegarasida
n yuqori bo‘lish ehtimolini oshirishini aniqladi. Agar
iste'molga ushbu ta'sir uzoq muddatli davom etsa, har yili qariyb 5 foiz qarz
oluvchilar o‘zlarini qashshoqlikdan qutqarishlari mumkinligini tahmin qildi.
Bundan tashqari, u mikromoliyaning farovonlikk
a ta'siri barcha uy xo‘jaliklari,
shu jumladan, bu jarayonda ishtirok etmaydiganlar uchun ham ijobiy ekanligini
aniqladi. Mikromoliyalash Bangladesh qishloqlarida qashshoqlik umumiy
qisqarishining o‘rtacha 40 foiziga ta'sir ko‘rsatishini aniqladi [1].
Mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda innovatsion texnologiyalar,
boshqaruv, ishlab chiqarish va moliyalashning noan'naviy usullaridan
foydalanish ko‘proq samara beradi.
Mamlakatimizda loyihalarni moliyalashning noan'anaviy usullari qatoriga,
shubhasiz, islomiy moliyalashni kiritish mumkin. Islom moliyasi deganda
amaldagi mavjud iqtisodiy qonun va tartiblarni inkor etgan holda yangilarini
joriy etish xisoblanmasdan, balki xo‘jalik yuritishning shariatga mos usul va
tamoyillarini taklif etish tushuniladi.
O‘zb
ekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020 yil 29
deka
brda Oliy Majlisga murojaatnomasida ham ”Shuningdek, mamlakatimizda
Islom moliyaviy xizmatlarini joriy etish bo‘yicha huquqiy bazani yaratish vaqti
-
soati keldi. Bunga Islom taraqqiyot banki va boshqa xalqaro moliya tashkilotlari
ekspertlari jalb etiladi”,
-
deya ta'kidlab o‘tgan edilar [3].
Islomiy va an'anaviy moliyalash vazifalari deyarli bir xil. Biroq,
operatsiyalari, usullari va maqsadlari sezilarli darajada farq qiladi.
Aholi va tadbirkorlar orasida ularning islomiy moliyalash usullaridan
xabardorligi, bunday moliyalashga ehtiyoji borligi hamda bu sohani
rivojlantirish yo‘nalishlari to‘g‘risida fikrini o‘rganish uchun so‘rovnoma
o‘tkazildi [4]. So‘rovnomada ishtirokchilarning 38,2 foiz
i garchi qonun-
qoidalarini yaxshi tushunmasa ham diniy qarashlari bois islomiy moliyalash
usulini tanlashini bildirganlar. Islom moliyasi haqida to‘liq tasavvurga ega
bo‘lganlar juda kamligi (64 nafar yoki 9 foiz) aholi va tadbirkorlar orasida, shu
jumladan, mass-
media orqali islom moliyasi haqida tushuntirish va targ‘ibo
t
ishlarini kuchaytirish lozimligini ko‘rsatmoqda. Islomiy moliyaning
ommalashuvini belgilovchi omillar bo‘lib –
moliyaviy savodxonlik, dinga
“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
399
sodiqlik, uning ijtimoiy-iqtisodiy ta'siri, inson kapitali, infratuzilma tayyorligi,
hukumat siyosati va tartibga solish hisoblanadi [2].
O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan banklar, sug‘urta,
audit tashkilotlari, yuridik shaxslar hamda aholi ishtirokidagi islom moliya
bozori shakllanm
agan. Buning eng katta sabablaridan biri bo‘lgan
- qonunchilik
norm
alaridagi muammolar va to‘siqlarni bartaraf etish zarurati vujudga kelgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 4 sentabrdagi PQ
-292
sonli qarorida 2023-yilning dekabrigacha islomiy mahsulotlar, xizmatlar va
banklar faoliyatining huquqiy asosin
i yaratish, bu xizmatlarni ko‘rsatuvchi
tashkilotlarni soliqqa tortishning o‘ziga xos xususiyatlarini belgilash, islom
moliyasi asosida jalb etilgan omonatlarni himoya qilish bo‘yicha qonun
chilik
hujjatlarini Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifalari qo‘yil
gan. Mazkur qarorda
belgilangan chora-
tadbirlar bu sohada katta ko‘lamli islohotlarni boshlash uchun
huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi va turtki bo‘ladi.
Islomiy bank, moliya, sug‘urta, investitsiya va qimmatbaho qog‘ozlar
bozorini yo‘lga qo‘yish uchun qat
or qonun, qaror va nizomlar ishlab chiqilgan,
chora-
tadbirlar amalga oshirilgan bo‘lsa
-
da bu sohani rivojlantirish bo‘yicha hali
amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar ko‘p.
Islomiy moliya
viy shartnomalarga aloqador bo‘lgan soliqqa tortish
masalalari islomiy bank va moliyalash sektorining yuksalishiga yordam berishi
yoki to‘sqinlik qilishi mumkin. Islomiy bank va moliyalash uchun maxsus
moslashtirilgan soliq rejimi bo‘lmasa, ular ikki tomon
lama yoki ma'lum darajada
bilvosita soliqqa tortilishi mumkin. Xususan, amaldagi soliq kodeksiga muvofiq
foizsiz shartda ajratilgan, qaytarish sharti bilan ajratilgan qarzga qayta
moliyalash stavkasida foizlar hisob-kitob qilinib daromad sifatida qaraladi va
soliqqa tortiladi. Islomiy moliyalashda hasana qarzi hech qanday ustamalarsiz
qaytariladi. Islomiy moliyalashning ushbu vositasi xususiyatiga ko‘ra amalda
ko‘rilmagan naf, olinmagan daromadga soliq solish yuzaga keladi.
Islom moliyasini joriy qilgan ye
takchi davlatlarda bo‘lgani kabi
mamlakatimizda ham qonunchilik tal
abi bilan har bir tashkilot o‘zida shariat
kengashi tuzishga yoki talab darajasida tashkil etilgan shariat kengashlari
xizmatlaridan foydalanishga ruxsat berilgani bilan shariat kengashi a'zolariga
qo‘yilgan talablarga javob beradigan mutaxassislarning yet
ishmovchiligi
muammosiga duch kelinishi mumkin.
Islom moliyasi bo‘yicha bakalavr va magistr darajalari uchun ta'lim
dasturlarini yaratish juda muhim, chunki hozirda bu sohada tajriba yetishmaydi.
Malayziya bugungi kunda islom moliyasi sohasida tadqiqot markaziga aylangan.
Bu mamlakatda Islom moliyasi uchun xalqaro ta'lim markazi (International
Educational Center for Islamic Finance, INSIF) va Islom moliyasida Shariat
ta'limotlari uchun xalqaro akademiya (International Academy for Sharia Studies
in Islamic Finance, ISRA) kabi ta'lim maskanlari faoliyat yuritadi. Shu va shu kabi
boshqa ta'lim maskanlari bilan hamkorlik qilish va o‘rganish uchun ochiq
(masalan
AAOIFI
standartlari)
ma'lumotlardan
foydalangan
holda
“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
400
foydalanuvchilar kategoriyalari uchun turli o’qu
v dasturlari ishlab chiqish
maqsadga muvofiqdir. Bu dasturlar asosida malakali mutaxassislarni (ham diniy
ulamo ham iqtisodchi, yuristlar) jalb qilgan holda o’quv kurslarini tashkil qilish
kerak. Islom moliya institutlari uchun buxgalteriya hisobi va audit tashkiloti
(AAOIFI) tomonidan ishlab chiqilgan shariat (61 ta), buxgalteriya (42 ta) hamda
audit va boshqaruv (24 ta) standartlarini (kontseptual asos va kodekslar bilan
birga) o‘zbek tiliga tarjima qilish ham birinchi navbatdagi masalalardan
hisoblanadi.
Qonunchilikka islomiy tijorat banklari tushunchasini kiritish, ular
faoliyatining normalarini belgilash va bu banklarga bevosita ishlab chiqarish,
savdo, sug‘urta faoliyati, yuridik shaxslarni tashkil etish va yuridik shaxslarning
ustav fondlaridagi ulushlarga egalik qilishga ruxsat berilishi lozim.
Har bir islomiy moliya tashkiloti huzurida notijorat maqsadlarda
foydalanilishi uchun maxsus jamg‘arma tashkil etilishining huquqiy asoslarini
belgilash lozim. Bu jamg‘arma daromad manbalari bo‘lib mikromoliya
tashkilotining aktiv operatsiyalari bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga
oshirmagan mijozlariga qo‘llanilgan jarima summalari, ehson, zakot kabi
o‘tkazmalar bo‘ladi. Jamg‘arma esa bu mablag‘larni hisobini alohida yuritib, har
birini o‘z maqsadida –
hasana qarziga, ehtiyojmand oilalarga sarflanishini
ta'minlaydi. Islom moliyasi sohasida faoliyat olib boruvchi tashkilotlar va davlat
nazorati organlari tomonidan kelib chiqadigan tushunmovchiliklarga izoh
beruvchi, amalga oshirilgan operatsiyalarning islom dini tamoyillariga
muvofiqligini tekshirib turadigan davlat tuzilmasini belgilash lozim.
Islomiy mikromoliya tashkilotlarini yuzaga keltirish orqali kambag‘allikni
kamaytirish mumkin. Birinchidan, deyarli daromadga ega bo‘lmagan kambag‘al
va muhtojlarga za
kot, sadaqa va vaqf orqali moddiy yordam ko‘rsat
iladi.
Ikkinchidan, aholisining katta qismi musulmonlar bo‘lgan mamlakat uchun
islomiy mikromoliyalash harakatsiz aktivlardan samarali foydalanish imkoniyati
ochiladi. Chunki ko‘pchilik, hatto moliyaviy xizmatlarga zarur bo‘lsa ham,
ulardan diniy sabablarg
a ko‘ra foydalanmaslikka harakat qiladi. Uchinchidan,
moliyaviy resurslarning yetishmovchiligi va moliyaviy natijasidan qat'iy nazar
ustama foiz hisoblanishi iste'molchilar moliyaviy ahvolining yomonlashishiga
olib keladi.
Islomiy moliyalash foizli kreditl
ardan farqli o‘laroq foyda va
zararlarni taqsimlash yo‘li bilan iste'molchilarga keng imkoniyatlarni taqdim
etadi.
Foydalanilgan manbalar
1.
Ranjula B.S. Microfinance: a Catalyst for Development at Macroeconomic Level?/ Dans
Finance & Bien Commun 2006/2 (No 25), pages 83-87.
2.
Lwesya F., Mwakalobo A. Frontiers in microfinance research for small and medium
enterprises (SMEs) and microfinance institutions (MFIs): a bibliometric analysis/ Future
Business Journal (2023) 9:17.https://doi.org/10.1186/s43093-023-00195-3
3.
https://president.uz/uz/lists/view/4057
4.
https://docs.google.com/forms/d/1s-ecG3o100T5ZhlWjKzAj1XSIbddhzwGFqx9bsq-
