O’zbekiston soliq qonunchiligidagi yangiliklar

Annotasiya

Ma'lumki, O’zbekiston Respublikasi har tomonlama rivojlanib, taraqqiyot sari ildam qadamlarni qo’yib, bormoqda. Soliq qonunchiligiga kiritilayotgan yangiliklar va o'zgarishlar ham, barchaning diqqat markazida bo’lib, borayotgan o’zgarishlar sirasiga kiradi. Nafaqat soliq tizimi balki, undagi ichki va tashqi muhitni o’zgartirish hamda ilg’or g’oyalarni oldinga surish kerak ekanligi zaruratiniyuzaga keltiradi. Mazkur tezisda, soliq qonunchiligidagi ijobiy o’zgarishlar tahlil etiladi.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2024
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
CC BY f
401-404
31

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
To’ychiyev , A., & Ahrorqulov, J. (2024). O’zbekiston soliq qonunchiligidagi yangiliklar . Milliy Iqtisodiyotni Isloh Qilish Va Barqaror Rivojlantirish Istiqbollari, 1(1), 401–404. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/dev-national-economy/article/view/58663
Abdurahmon To’ychiyev , Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti
AF kafedra mudiri, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent
Jonibek Ahrorqulov, Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti
Andijon fakulteti “Soliqlar va soliqqa Tortish” yo’nalishi 2-bosqich talabasi
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ma'lumki, O’zbekiston Respublikasi har tomonlama rivojlanib, taraqqiyot sari ildam qadamlarni qo’yib, bormoqda. Soliq qonunchiligiga kiritilayotgan yangiliklar va o'zgarishlar ham, barchaning diqqat markazida bo’lib, borayotgan o’zgarishlar sirasiga kiradi. Nafaqat soliq tizimi balki, undagi ichki va tashqi muhitni o’zgartirish hamda ilg’or g’oyalarni oldinga surish kerak ekanligi zaruratiniyuzaga keltiradi. Mazkur tezisda, soliq qonunchiligidagi ijobiy o’zgarishlar tahlil etiladi.


background image

“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”

mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi

401

O’ZBEKISTON SOLIQ QONUNCHILIGIDAGI YANGILIKLAR

To’ychiyev Abdurahmon G’ofurovich

TDIU AF kafedra mudiri, iqtisodiyot

fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent

abdurahmon69@inbox.ru

Ahrorqulov Jonibek Otabek o’g’li

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Andijon fakulteti “Soliqlar va soliqqa

Tortish” yo’nalishi 2-bosqich talabasi

ahrorqulovjonibek1@gmail.com

Annotatsiya.

Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi har tomonlama rivojlanib, taraqqiyot

sari ildam qadamlarni qo’yib, bormoqda. Soliq qonunchiligiga kiritilayotgan yangiliklar va
o’zgarishlar ham, barchaning diqqat markazida bo’lib, borayotgan o’zgarishlar sirasiga kiradi.

Nafaqat soliq tizimi balki, undagi ichki va tashqi muhitni o’zgartirish hamda ilg’or g’oyalarni

oldinga surish kerak ekanligi zaruratini yuzaga keltiradi. Mazkur tezisda, soliq qonunchiligidagi

ijobiy o’zgarishlar tahlil etiladi.

Kalit so’zlar:

soliq qonunchiligi, soliq tizimi, jismoniy shaxslar, Soliq kodeksi, islohotlar,

soliq stavkalari, soliq siyosati.

Ma’lumki, soliqlar davlatning asosiy iqtisodiy tayanchi bo’lib, u davlat

rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Soliqlarning maqsadi va majburiyati davlat

budjetini to’ldirish bilan cheklanib qolmaydi balki, iqtisodiy barqarorlikni

saqlash, byudjet mablag’larini adolatli taqsimlash va ijtimoiy tenglikni

ta’minlash kabi keng qamrovli vazifalarni o’z ichiga oladi. Soliqlar davlatning o’z

fuqarolariga xizmatlar ko’rsatish, infratuzilma qurish, ijtimoiy himoya, ta’lim,

sog’liqni saqlash va boshqa funksiyalarini bajarish imkoniyatini beradi. Demak,

soliq davlatning davlat bo’lib shakllanishida eng asosiy bo’g’in hisoblanar ekan,

binobarin soliq qonunchiligiga kiritilayotgan ijobiy o’zgarishlar davlat va jamiyat

uchun juda muhim hisoblanadi.

Joriy yilda O’zbekiston soliq qonunchiligida, bir qator o’zgarishlar amalga

oshirildi. Ular orasidan eng muhimi mol-mulk solig’i tizimiga kiritilgan

o’zgarishlardir. Ma’lumki, Soliq kodeksining

434-moddasi 2-qismiga ko‘p

kvartirali uylar mulkdorlariga umumiy foydalanish (notijorat maqsadlarda)

uchun doimiy foydalanish huquqi asosida berilgan ko‘p kvartirali uylarga tutash

yer

uchastkalari soliq solish obyekti bo‘lmasligi, bundan tadbirkorlik faoliyatini

yuritish uchun foydalanishga yoki ijaraga berilgan yer

uchastkalari mustasno

ekani kiritildi.[1] Bu albatta, ijobiy qadam bo’ldi. Shuningdek, mol-mulk solig‘ini

undirish tartibiga ham bir qator

o‘zgartirishlar kiritildi. Ya’ni, yuridik

shaxslarning mol-mulk solig‘i stavkasi hozirgi daraja

— 1,5% miqdorida

saqlanib qolindi. [2]

Shu bilan birga, yuridik shaxslarga tegishli obyektlarning

soliq solinadigan bazasi 2024-yil uchun

tasdiqlangan

1 kv.metr uchun eng kam


background image

“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”

mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi

402

bazadan past bo‘lishi mumkin emasligi ta’kidlandi. To‘lovlar hududlarga qarab

quyidagicha:

Toshkent shahrida

— 3 mln so‘m;

Nukus va

viloyat markazlarida

— 2 mln so‘m;

boshqa shaharlar va

qishloq joylarda

— 1,2 mln so‘m belgilandi.[3]

Nafaqat, mol-mulk solig’i balki, yer solig’i siyosati hamda tizimida ham

qator ijobiy o’zgarishlar qo’shildi. Xususan, Soliq kodeksining 434-moddasiga

aniqlik kiritilib, unga ko‘ra ko‘p kvartirali uylar egallagan va ko‘p kvartirali uylar

mulkdorlariga umumiy foydalanish (notijorat maqsadlarda) uchun doimiy

foydalanish huquqi asosida berilgan ko‘p kvartirali uylarga tutash yer
uchastkalari soliq solish obekti bo‘lmasligi belgilab qo’yildi.[1]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrda imzolangan

“Resurs soliqlari va mol-mulk solig‘ini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-

6121-son farmonida “ko‘chmas mulk (binolar, inshootlar va yer uchastkalari)

ob’ektlarini bozor qiymatiga yaqin bo‘lgan kadastr qiymati asosida mol-mulk

solig‘i va yer solig‘ini hisoblash tizimi

joriy etilgani” hozirda o’z natijalarini

bermoqda.

[4]

Biroq, har sohaning ham muammoli yechim talab qiladigan dolzarb

masalalari bo’lgani kabi soliq sohasining ham ma’lum bir yo’nalishlarida
muammoli holatlari ko’zga tashlanadi. Masalan, ma’lum bir izlanishlar natijasida,

yer solig’i va mol-mulk soliqlarining ba’zi bir moddalari o’zgartirishlarni talab

qilmoqda.

2024-yilda qabul qilingan Prezident qaroriga ko‘ra, tadbirkorlarga

subsidiyalar va soliq imtiyozlari reyting darajasiga bog‘liq holda taqdim etiladi.

Reyting darajasi yuqori bo‘lgan tadbirkorlar soliqlardan to‘liq yoki qisman ozod

qilinadi. Bu qaror tadbirkorlarning faoliyatini rag‘batlantirishga qaratilgan va

soliq yengilliklari ularning reytingiga ko‘ra belgilanadi.[5] Ushbu, Prezident

qarorida quyidagi, o’zgarishlarni qo’shimcha qilish soliq qonunchiligidagi bir

qator masalalarga yechim sifatida xizmat qiladi. Bu esa tadbirkorlarga katta
imkoniyatlarni beradi. Bizga ma’lumki, yangi boshlangan tadbirkorlik

subyektlariga, ayniqsa kichik va o‘rta biznesga soliq bo‘yicha imtiyozlar beriladi,

ammo umumiy 3 yillik soliqdan to‘liq ozod qilish har bir tadbirkor uchun amalda

emas. Balki, tadbirkorlik faoliyatining turi, joylashuvi (masalan, maxsus iqtisodiy

zonalar) yoki davlat dasturlariga qatnashuviga bog‘liq bo‘ladi.[6] “

Soliqning

tabaqalashgan holati

”ni joriy etish va soliq imtiyozini moliyaviy holati yuqori

bo’lib, shakllanayotgan tadbirkarlik faoliyatlariga 1 yillik imtiyoz va qolgan 3

yilda bosqichma-bosqich soliq stavkalarini, oshirib borish usulini qo’llash.

Umumiy hisobda, 4 yildan so’ng esa, olayotgan foydasiga nisbatan soliq solish

tartibini, joriy etish. Va umumiy balansi nisbatan pastroq, kiritilgan sarmoyasi
ichki aylanmasini, zo’rg’a ta’minlab o’sish ko’rsatkichi, maksimumdan past

bo’lgan, tadbirkorlik faoliyatlariga esa, 3 yil muddatda soliqdan ozod etish va

o’sish suratiga qarab, belgilangan muddatdan so’ng bosqichma-bosqich, yer

solig’i stavkalarini oshirib borish. Bu esa, iqtisodiyotning rivojlanishiga balki,


background image

“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”

mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi

403

soliq tizimida ham, ma’lum darajada, o’zgarishlar samarasini beradi. “Soliqning

tabaqalashgan holati”ni joriy qilish, bunga asosiy sabab sifatida,

tadbirkorlarning yillik va oylik moliyaviy holatlari va favqulodda yuzaga

keladigan vaziyatlar, tabaqalashgan soliq tizimining ne chog’lik ahamiyatli

ekanligidan dalolat beradi.

Ma’lumki, mol-mulk solig’i – bu jismoniy va yuridik shaxslar mulkida

bo’lgan, ko’chmas mulk va boshqa mol-mulk turlaridan olinadigan soliq turi

hisoblanadi. Bu soliq turiga ham quyidagi o’zgartirishlarni qo’llash

qonunchilikda ijobiy ko’rsatkichlarga olib keladi:

- Ushbu soliq turidagi, ma’lum bir kamchiliklarni o’rgangan holda, berilgan

yechim va takliflar bilan yaqindan tanishamiz. Misol uchun mol-mulk solig’ining,

aholi daromadlari bilan to’g’ri proporsiyada bo’lmasligi. Bu nima degani? Ya’ni

bir xil mol-mulkka ega, lekin turli daromadga ega bo’lgan shaxslarning bir xil

miqdorda soliq to’lashi nisbatan, adolatsiz soliq stavkalarining belgilanganidan

dalolat beradi. Mazkur muammoni yechimi sifatida, “

Daromadlarga mos soliq

tizimi

” taklifini keltirib o’tilgan. Albatta, bu tizim soliq qonunchiligiga juda katta

burilish olib kelishi mumkin. Ushbu tizimdan asosiy ko’zlangan maqsad –

aholining moliyaviy holatini inobatga olgan holda progressiv soliq tizimini joriy

qilishdir. Bunda mulk qiymati va mulkdorning oylik va yillik daromadlari
o’rganilgan holda, tabaqalashgan soliq stavkalarini joriy qilish kerak ekanligini

anglatadi. Natijada past daromadli shaxslar kamroq soliq to’laydi va ma’lum

darajada yashash turmush tarzi ijobiy tomonga o’zgarishiga olib keladi hamda

mamlakatda muayyan darajada kambag’llikni qisqartirishga erishilishi ham

mumkin. Bu tizimni barcha aholi qatlamlariga qo’llash maqsadga muvofiq

bo’ladi. Masalan, pensionerlar o’rtasida ham olayotgan pensiyalari

tabaqalashgan bo’ladi. Lekin ularning ko’p qismi bir xil miqdorda soliq to’lashadi.

Bu esa ma’lum darajada adolatsizlikka va kamroq nafaqa oladigan shaxslarga

moliyaviy taqchillikni keltirib chiqaradi. So’ngra, ularning yashash tarzi, ma’lum

darajada yamonlashadi. Va ular davlat tomonidan turli moliyaviy yordamlar
olishga majbur bo’lishadi. Keyin esa, kambag’lik shu yo’sinda, ortishiga olib

keladi. Nafaqat pensionerlar balki, boshqa toifadagi shaxslarning ham, ma’lum

bir darajada turmush tarzlarining yamonlashuviga olib keladi. Shu o’rinda yana

bir misolga e’tibor qaratadigan bo’lsak: ko’p farzandlik oilalar, bularning ham

oylik va yillik daromadlarini hisobga olgan holda yuqorida keltirib, o’tilgan soliq

siyosatini, yuritish salmoqli yutuqlar va o’zgarishlarga olib keladi.

Yuqorida ta’kidlangan, masala va muammolarning asosiy sababi sifatida,

daromadlarning tengsizligi, ijtimoiy adolatsizlik va aholi daromadlarini hisobga

olmaslik “ Daromadlarga mos soliq tizimi”ni joriy qilishga, ma’lum darajada

turtki bo’lgan.

Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, O‘zbekistonning soliq qonunchiligida

amalga oshirilayotgan islohot va yangiliklari iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish

va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashda muhim rol o‘ynaydi. Agar, bu islohotlar

muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, mamlakat iqtisodiyoti yanada mustahkamlanadi


background image

“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”

mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi

404

va raqobatbardosh bo‘ladi. Biroq, ularni amalga oshirish jarayonida zarur

ehtiyot choralari ko‘rilishi, yuridik va jismoniy shaxslar faoliyatlarini yanada

kengaytirishi uchun keng ko’lamda yangi taklif qilingan tizimlardan foydalanish

maqsadga muvofiq bo’ladi.

Foydalangan adabiyotlar ro’yxati

1. Yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi” 01.01.2020 -

https://lex.uz/ru/docs/-4674902

.

2. “Soliq va budjet siyosatining 2024-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul

qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga

o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O’RQ-891. 28.12.2023 -

https://lex.uz/docs/-

6718864

.

3.“O‘zbekistonda

///

mol-mulk

,,.

solig‘i

...

to‘lovlari

...

oshirildi”

https://www.spot.uz/oz/2023/12/16/property-tax/

.

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrda imzolangan “Resurs

soliqlari va mol-mulk solig‘ini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-6121-son Farmoni -

https://lex.uz/docs/-5138323

.

5. Prezident qarori asosida 2024-yil 1-fevraldan boshlab “Tadbirkorlik

subyektlarining

,,,

barqarorlik

,,,

reytingi”

,,,

tashkil

,,,

etildi.

https://daryo.uz/2024/02/01/ozbekisto

nda-tadbirkorlik-subyektlari-uchun-reyting-joriy-etildi-u-qanday-ishlaydi?utm=tg-uz

.

6. Prezident qaroriga ko’ra tadbirkorlik subyektlariga, ayniqsa kichik va o‘rta biznesga

soliq bo‘yicha imtiyozlar beriladi,

http://www.press-service.uz/

.

ПЕРСПЕКТИВЫ РАЗВИТИЯ АКЦИЗНОГО НАЛОГООБЛОЖЕНИЯ

В РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН

Убайдуллаева Азиза Хамракул кизи

главный специалист Институт бюджетно

-

налоговых

научных

исследований при Министерстве

экономики и финансов

Республики Узбекистан

Ортикова Нигина Алишер кизи

главный специалист

Институт бюджетно

-

налоговых научных

исследований при Министерстве

экономики и финансов

Республики Узбекистан

Акцизный налог представляет собой разновидность косвенных

налогов на товары преимущественно массового потребления,

включающийся в цену продукции и перекладывается на конечного

потребителя [1]. В 1666 г. французский экономист Ф. Дэмзон обосновал,
что акцизный налог способен один принести казне столько же и даже

больше, чем все другие налоги [2]. Основной причиной широкого

распространения акцизного налога являются высокие фискальные

выгоды и скорость их получения.

Bibliografik manbalar

Yangi tahrirdagi “O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi" 01.01.2020 -https://lex. uz/ru/docs/-4674902.

"Soliq va budjet siyosatining 2024-yilga mo'ljallangan asosiy yo'nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartirish va qo'shimchalar kiritish to’g'risida"gi O'RQ-891. 28.12.2023 - https://lex.uz/docs/-6718864.

"0'zbekistonda mol-mulk solig’i to’lovlari oshirildi”https://www.spot.uz/oz/2023/12/16/property-tax/.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrda imzolangan "Resurs soliqlari va mol-mulk solig'iniyanada takomillashtirish to'g’risida"gi PF-6121-son Farmoni -https://lex.uz/docs/-5138323.

Prezident qarori asosida 2024-yil 1-fevraldan boshlab “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi" tashkil etildi.https://daryo.uz/2024/02/01/ozbekisto nda-tadbirkorlik-subyektlari-uchun-reyting-joriy-etildi-u-qanday-ishlaydi?utm=tg-uz.

Prezident qaroriga ko'ra tadbirkorlik subyektlariga, ayniqsa kichik va o'rta biznesga soliq bo’yicha imtiyozlar beriladi, http://www.press-service.uz/.