Mehnat migratsiyasini tadqiq etishning hududiy masalalari

Аннотация

Bugungi globallashuv davrida aholining turli maqsad va sabablar tufayli migratsion harakatchanligi ortganligi hech kimga sir emas. Ayniqsa, O'zbekistondek aholisi soni ko'payib borayotgan davlatlarda ko'plab yoshlarning ishlash hamda o'qish uchun dunyoning turli hududlariga bo'layotgan migratsiyasi bunga yaqqol misoldir. Uning afzal va salbiy jihatlari mavjud. Aholi migratsiyasining afzalliklari shundan iboratki, yaxshi va sifatli ta’lim olish, dunyoqarashni kengaytirish, ijtimoiy-madaniy o'zaro axborot almashinuvi va eng muhimi, mamlakatimiz rivojiga hissa qo'shish bilan ifodalansa, boshqa tomondan viloyatimizning qishloq joylaridagi yoshlarning keyinchalik ishlash hamda o'qishni davom ettirish, qolaversa doimiy yashash uchun shaharlarda qolib ketishi, demografik hamda ijtimoiy-iqtisodiy unumdorlikning pasayishiga olib keladi. Shu boisdan, aholining mexanik harakati va uning hududiy jihatlarini o'rganish, ayniqsa aholi migratsiyasining miqyosi bo'yicha tadqiqotlar olib borish dolzarb masalalardan hisoblanadi.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2024
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
CC BY f
549-551
45

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Тожиева Z., & Оманова K. (2024). Mehnat migratsiyasini tadqiq etishning hududiy masalalari . Перспективы реформирования и устойчивого развития национальной экономики, 1(1), 549–551. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/dev-national-economy/article/view/58705
Зульхумор Тожиева, Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека
Профессор кафедры экономической и социальной географии, г.f.d
Камола Оманова, Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека
Стажер-преподаватель кафедры экономической и социальной географии
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Bugungi globallashuv davrida aholining turli maqsad va sabablar tufayli migratsion harakatchanligi ortganligi hech kimga sir emas. Ayniqsa, O'zbekistondek aholisi soni ko'payib borayotgan davlatlarda ko'plab yoshlarning ishlash hamda o'qish uchun dunyoning turli hududlariga bo'layotgan migratsiyasi bunga yaqqol misoldir. Uning afzal va salbiy jihatlari mavjud. Aholi migratsiyasining afzalliklari shundan iboratki, yaxshi va sifatli ta’lim olish, dunyoqarashni kengaytirish, ijtimoiy-madaniy o'zaro axborot almashinuvi va eng muhimi, mamlakatimiz rivojiga hissa qo'shish bilan ifodalansa, boshqa tomondan viloyatimizning qishloq joylaridagi yoshlarning keyinchalik ishlash hamda o'qishni davom ettirish, qolaversa doimiy yashash uchun shaharlarda qolib ketishi, demografik hamda ijtimoiy-iqtisodiy unumdorlikning pasayishiga olib keladi. Shu boisdan, aholining mexanik harakati va uning hududiy jihatlarini o'rganish, ayniqsa aholi migratsiyasining miqyosi bo'yicha tadqiqotlar olib borish dolzarb masalalardan hisoblanadi.


background image

“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”

mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi

549

MEHNAT MIGRATSIYASINI TADQIQ ETISHNING HUDUDIY MASALALARI

Tojiyeva Zulxumor Nazarovna

Oʻzbekiston Milliy Universiteti

Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kafedrasi professori, g.f.d.

z_tadjieva@mail.ru

Omanova Kamola Botir qizi

O‘zMU Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kafedrasi stajyor

-

o‘qituvchisi

kamolabotirovna97@gmail.com


Bugungi globallashuv davrida aholining turli maqsad va sabablar tufayli

migratsion harakatchanligi ortganligi hech kimga sir emas. Ayniqsa,

Oʻzbekistondek aholisi

soni koʻpayib borayotgan davlatlarda koʻplab yoshlarning

ishlash hamda oʻqish uchun dunyoning

turli hududlariga boʻlayotgan

migratsiyasi bunga yaqqol misoldir. Uning afzal va salbiy jihatlari mavjud. Aholi

migratsiyasining afzalliklari shundan iboratki, y

axshi va sifatli taʼlim olish,

dunyoqarashni kengaytirish, ijtimoiy-

madaniy oʻzaro axborot alm

ashinuvi va

eng muhimi, mamlakatimiz rivojiga hissa qoʻshish bilan ifodalansa, boshqa

tomondan viloyatimizning qishloq joylaridagi yoshlarning keyinchalik ishlash

hamda oʻqishni davom ettirish, qolaversa doimiy yashash uchun shaharlarda

qolib ketishi, demografik hamda ijtimoiy-iqtisodiy unumdorlikning pasayishiga

olib keladi. Shu boisdan, aholining mexanik harakati va uning hududiy jihatlarini

o‘rganish, ayniqsa aholi migratsiyasining miqyosi bo‘yicha tadqiqotlar olib

borish dolzarb masalalardan hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017

-yil 11-

iyuldagi. “Ichki ishlar

organlarining migratsiya jarayonlari va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi

faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-

tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ

-3126-sonli

qarorida belgil

angan “xorijiy, avvalo Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tez

-tez

boʻladigan davlatlarning migratsiya sohasidagi qonunchiligini tizimli ravishda
oʻrganish, tashq

i migratsiya holatini doimiy tahlil qilish, mamlakat fuqarolariga

qulay sharoitlar yaratishga

qaratilgan xalqaro shartnomalarni tuzish boʻyicha

takliflar tayyorlash”, vazifasi belgilangan [1]. Ushbu qarorda belgilangan “tashqi

migratsiya holatini doimiy ta

hlil qilish” yoʻnalishini tadqiq etish, viloyat

aholisining mexanik harakatini va migratsiya j

arayonlari bilan bogʻliq

muammolarni oʻrganish hamda ularga samarali yechim izlash imkonini beradi.

Xorijiy tadqiqotchilardan D.M.Tomayeva, N.A.Pruyel, L.N.Lipatova,

V.N.Gradusova L.P.Kleevlar migratsiyaning umumiy masalalarini oʻrganishgan

boʻlsa, M.A.Tro

yanskaya, I.F.Farxadov, M.A.Pituxina uning geografik

xususiyatlarini, O.A.Kolesnikova, V.A.Emelyanov, N.G.Gordeev, L.A.Varakina esa
mehnat migratsiyasini tadqiq etishgan.

Rus tadqiqotchisi P.V.Vasilenko aholi migratsiyasining xorijiy

nazariyalarini oʻrgana

r ekan, ulardagi globallashuv sharoitida jadallashib

borayotgan migratsiya jarayonlarining sabablarini shunday izohlaydi:


background image

“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”

mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi

550

“Rivojlangan

mamlakatlarning

iqtisodiy

sishi

va

rivojlanayotgan

mamlakatlardagi muammolar zamonaviy migrantlar uchun turtki va tortuvchi

omillarni tashkil qiladi” [3].

Sotsiolog D.Messi migratsiyaning iqtisodiy tomonlarining tadqiq etgan

boʻlib, uning fikriga koʻra, “migratsiya bozorning kamc

hiligi emas aksincha,

uning oʻzgarishi natijasidir”. Yaʼni migratsiya oqimi koʻproq rejali iqt

isodiyot

amal qiladigan hududlarda ustun boʻlib, bozor transformatsiyasi sodir

boʻlayotgan

joylarda paydo boʻladi [2; 287

-b.]. Yana bir tadqiqotchi T.I.Zaslavskaya esa

“aholining mexanik harakati kishilarning ruhiy holati oʻzgarishiga,

dunyoqarashining kengayishiga, milliy madaniyatlarning integratsiyalashuviga

xizmat qiladi”, deya taʼkidlaydi [7].

Bugungi kunda, qishloq aholi manzilgohlari ayniqsa, togʻ va togʻol

di

tumanlarida aholi soni tabiiy oʻsish hisobiga koʻpayayotgan boʻlsa, tekislik

xususan, yangi

oʻzlashtirilgan hududlardagi aholining bir manzildan ikkinchi

manzilga aniqrogʻi, markaz hududlarga boʻlayotgan migratsiyasi tufayli esa aholi

soni oʻsishi qisqarib borayotganligini koʻrish mumkin [6].

Respublika aholisining ichki migratsiyasi bilan birgalikda bugungi kunda

tashqi mehnat migratsiyasining roli ham oshib bormoqda. Xalqaro
integratsiyalashuvning tobora kengayib borayotganligi, hududlarda ayniqsa

aho

li tugʻilishi baland boʻlgan joylarda mehnat resurslarining ham koʻp ekanligi,

ish oʻrinlarini

bilan taʼminlashdagi qiyinchiliklar mehnat migratsiyasining

yuzaga kelishiga sabab boʻladi. Xorij olimlari J.Xarris va

M. Todaro fikricha,

“ortiqcha mehnat resur

slari imkoniyati cheklangan, ishlab chiqarish darajalari

past boʻlgan mintaqalardan rivojlanga

n, urbanizatsiyalashgan hududlarga

migratsiya qiladi [2; 301-b. ].

Oʻzbekiston Respublikasida 2020

-

yil maʼlumotlariga qaraganda, jami

2040,1 ming kishi xorijda i

shlayotgan boʻlib, shulardan 992,6 ming kishi rasmiy,

1048 ming nafari esa norasmiy tarzda ketganlardir. Shuningdek, ushbu
migrantlarning asosiy qismi Rossiyada 1,5 mln. kishi (jami mehnat

migrantlarning 73,5 foiz), Qozogʻistonda 240 ming kishi (11,7 foiz)

, Koreyada 71

ming (3,4 foiz), Turkiyada 43 ming kishi (2,1 foiz) va dunyoning boshqa

mamlakatlarida 125 ming kishi yoki jami mehnat migrantlarining 17,2 foiz

meh

nat faoliyatini amalga oshirgan. Bu raqamlardan koʻrinib turibdiki,

mehnatga layoqatli aholining 12 foizi xorijda mehnat qilgan. Ushbu

migrantlarning Jizzax viloyatidagi hissasi 88 ming kishi (respublikamizda 9-

oʻrin) ni yoki jami mehnat migrantlarining 4,

3 foizni tashkil etadi [8; 4; 5.].

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi mehnat migratsiyasi agentl

igining

maʼlumotlariga qaraganda (2023

-

yil dekabr), Oʻzbekistonda jami 38,4 ming

fuqaro ishga joylashtirilgan boʻlsa, shundan 1958 nafari (10

-

oʻrin), yoki 5,1 foi

zi

xorijiy mamlakatlarda ishga joylashtirilgan. Shundan, Jizzax viloyatda mazkur

holatning geo

grafik jihatlarini hisobga oladigan boʻlsak, 1478 nafari (75, 4 foizi)

Rossiya Federatsiyasi, 326 nafari (16,6 foizi) Koreya Respublikasi, 111 nafari


background image

“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”

mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi

551

(5,6 foizi) Buyuk Britaniya, 9 nafari (0,4 foizi) Turkiya, 16 nafari (0,8 foizi)

boshqa mamlakatlar hissas

iga toʻgʻri kelmoqda. Agentlik hisobotiga koʻra,

Mehnat migrantlarining xorijdagi ish faoliyati aynan qaysi sohalarda ekanligi

ham keltirib oʻtilgan boʻlib, mehna

t migrantlarining asosiy qismi xorij

mamlakatlarida quyidagi ish faoliyati bilan band hisoblanadi:

Rossiya Federatsiyasi hududida

qurilish, transport va logistika, qishloq

xoʻjaligi, savdo, umumiy ovqatlanish, kommunal va maishiy xizmatlar;

Qozogʻiston –

qurilish, qishloq xoʻjaligi, Janubiy Koreya –

ogʻir va yengil

sanoat;

Turkiya va BAA

savdo,

umumiy ovqatlanish, ijtimoiy taʼminot (keksa,

nogiron va yosh bolalarga yakka tartibda qarash va parvarishlash);

AQSH va Yevropa

sanoat, qurilish, savdo, umumiy ovqatlanish, transport

va logistika, ijtimoiy taʼminot sohalari [

9].

Aholinining mehnat migratsiyasida ishtirok etayotgan qismining aniq

sonini aniqlash, aynan qaysi tarmoqlarda ularning band ekanligi to‘g‘risida

ma’lumotga ega bo‘lish mamlakat uchun migrantlar xavfsizligini ta’minlash,

ishchi kuchi bozorini to‘g‘ri tashkil qilish, iqtisodiy

-ijtimoiy imkoniyatlarni

oshirishga zamin yaratadi. Bunda, mamlakatning aholi va ishchi kuchiga bo‘lgan

ichki imkoniyatlarini o‘rganish hamda tashqi migratsiyada isht

irok etayotgan

fuqarolarni iqtisodiy, moliyaviy, ijtimoiy, demografik jihatdan qo‘llab

-quvvatlash

tizimini takomillashtirish zarur.

F

oydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 11.07.2017

-

y. “Ichki ishlar

organlarining

migratsiya jarayonlari va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi faoliyatini tubdan
takomillashtirish chora-

tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ

-3126-sonli qarori.

2.

Abdurahmanov va boshqalar. Demografiya. Darslik.

T.: “Iqtisodiyot”, 2014., 301

-b.

3.

Василенко П.В. Зарубежные теории миграции населения. Псковский

регионологический журнал, 2013.

4.

Omanova K. Jizzax viloyatining geodemografik rivojlanishi. Mag. Diss.

T.: 2021, ;

5.

Omanova K. Berdialiyeva V. The role of migration in the geodemographic development

of Jizzak

h region. Научные исследования и общ

e

ственные проблемы. Vol. 1 No. 2 (2023).

6.

Tojiyeva Z.N. Om

anova K.B. Qishloq aholisi joylanishining oʻziga xosligi (Jizzax viloyati

misolida).

Ekonomika i sotsium

№11(113)

-2 2023.

7.

Заславская Т.И. Социалная экономика и экономическая социология. Избранные

произведения: V 3

-x tt. T. 1.

M.: Ekonomika, 2007. -S.49.

8.

https://www.gazeta.uz/uz/2020/08/20/migracy/

“Mehnat migratsiyasi: xavfsiz,

tartibli va qonuniy”.

9.

http://www.migration.uz-

Oʻzbekiston Respublikasi Tas

hqi mehnat migratsiyasi

agentligi.

http://www.migration.uz/post/view/153

.

Библиографические ссылки

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.07.2017-y. "Ichki ishlar organlarining migratsiya jarayonlari va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-3126-sonli qarori.

Abdurahmanov va boshqalar. Demografiya. Darslik. - T.: “Iqtisodiyot", 2014., 301-b.

Василенко П.В. Зарубежные теории миграции населения. Псковский регионологический журнал, 2013.

Omanova К. Jizzax viloyatininggeodemografik rivojlanishi. Mag. Diss. - T: 2021,;

Omanova К. Berdialiyeva V. The role of migration in the geodemographic development ofjizzakh region. Научные исследования и общественные проблемы. Vol. 1 No. 2 (2023).

Tojiyeva Z.N. Omanova K.B. Qishloq aholisijoylanishining o’ziga xosligi (Jizzax viloyati misolida). "Ekonomika i sotsium" №ll(113)-2 2023.

Заславская Т.Н. Социалная экономика и экономическая социология. Избранные произведения: V3-х tt. Т. 1. - М.: Ekonomika, 2007. -S.49.

https://www.gazeta.uz/uz/2020/08/20/migracy/ "Mehnat migratsiyasi: xavfsiz, tartibli va qonuniy".

http://www.migration.uz- O'zbekiston Respublikasi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi. http://www.migration.uz/post/view/153.