“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
555
ERKAKLAR VA AYOLLARNING PENSIYAGA CHIQISH YOSHINI
TENGLASHTIRISH MASALALARI
Xonturayev Bobur
“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti
bo‘lim boshlig‘i, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Annotatsiya.
Ushbu maqolada muallif tomonidan erkaklar va ayollarning yoshga doir
pensiyaga chiqishida tenglik prinsipini ta’minlash masalasi bo‘yicha ilmiy tadqiqot amalga
oshirildi. Tadqiqotda statistik ma’lumotlar, xorijiy mamlakatlarning tajribalari, jamoatchilik
fikri va ekspert so‘rovlari asosida erkaklar va ayollar uchun pensiya yoshini tenglashtirishning
maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida fuqarolarning fikrini aniqlash, shuningdek, O‘zbekiston
taraqqiyotining zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarida, fuqarolarning fikriga ko‘ra,
pensiyaga chiqish uchun eng maqbul bo‘lgan yosh senzini belgilash tahlil asosida baholab
chiqildi.
Kalit so'zlar:
Gender farqlari, demografik tendentsiyalar, aholining qarishi, umr ko'rish
davomiyligi, pensiya tizimi, qarish demografiyasi, genderga xos tahlil, pensiya yoshi siyosati,
ijtimoiy qo'llab-quvvatlash tizimlari.
O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan buyon ijtimoiy-iqtisodiy hayotning
barcha jabhalarida sezilarli o‘zgarishlar yuz bermoqda. Bu o‘zgarishlar orasida
pensiya tizimini isloh qilish alohida o‘rin tutadi. Pensiya tizimi har qanday
davlatning ijtimoiy siyosatining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. U
fuqarolarning keksalikda munosib hayot kechirishini ta’minlashga qaratilgan
bo‘lib, jamiyatning barqarorligi va farovonligini aks ettiruvchi ko‘rsatkichdir.
Bugungi kunda O‘zbekistonda pensiya tizimini isloh qilish, xususan, ayollar va
erkaklar uchun pensiya yoshini tenglashtirish masalasi dolzarb ahamiyat kasb
etib bormoqda.
Ayollar erkaklarnikidan ko‘ra ko‘proq umr ko‘rishlari va ish haqi
to‘lanmaydigan ishda, qisqaroq ishlashlari sababli erta nafaqaga chiqish
ayollarning keksa yoshdagi moliyaviy xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi
mumkin. Ayollar nafaqaga chiqishdan bir necha yil oldin eng yuqori daromadga
ega bo‘lishlari mumkin va natijada jamg‘armalar yaratish hamda ijtimoiy
sug‘urta to‘lovlarini oshirish imkoniyatlaridan voz kechishlariga to‘g‘ri keladi.
Shuningdek, tadqiqotlar mehnat muddati va pensiya daromadlari o‘rtasidagi
aniq bog‘liqlikni ko‘rsatmoqda, ya’ni ishlash muddati qanchalik uzoq bo‘lsa, oylik
pensiya miqdori shunchalik yuqori bo‘ladi[1], 118 ta davlatda ayollarning
pensiya miqdoriga ta’sir qiluvchi qonunlar haligcha tenglashtirilmagan, 11 ta
davlatda xususiy sektor xodimlari uchun majburiy pensiya ta’minoti tizimi joriy
etilmaydi, shuning uchun Pensiya indikatori bo‘yicha savollarda ushbu
mamlakatlarga ball berilmaydi[2].
O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolarning pensiya ta’minoti to‘g‘risida”[3] gi
Qonunida fuqarolarga “umumiy asoslarda” yoshga doir pensiya olish huquqi
ayollarga 55 yoshdan, erkaklarga 60 yoshdan deb belgilangan.
“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
556
Mamlakatimizda ayollarga barcha sohalarda imtiyozlar berilgan. Jumladan
pensiya ta’minoti tizimida erkaklarga nisbatan yoshga doir pensiya olishda
umumiy belgilangan yosh erkaklarga nisbatan 5 yil kam belgilangan, talab etilgan
umumiy ish staji 7 yil belgilangan, shunda yana ayollarni bola parvarishlash davri
ham ish stajiga kiritilishi belgilangan. Buning natijasida ayollarning o‘rtacha umr
ko‘rish yoshi avvalgi yillarga nisbatan o‘sib bormoqda. Statistika agentligi
ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda O‘zbekiston Respublikasida doimiy aholining
o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 74,7 yoshni tashkil etdi. 2024-yilning 1 yanvar
holatiga o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi ayollar uchun – 76,9 yosh va erkaklar
uchun – 72,5 yoshni tashkil qilmoqda.
Demak, ayollarni o‘rtacha umr ko‘rish yoshi 76,9 yilni tashkil etgan holda,
55 yoshda pensiya tayinlanishini hisobga olinsa pensiyadan keyingi umr ko‘rish
muddati 21,9 yilni tashkil etadi. Erkalarda esa o‘rtacha umr ko‘rish yoshi 72,5
yilni tashkil etsa, 60 yoshga to‘lganida pensiya tayinlanishini inobatga olinsa,
pensiyadan keyin o‘rtacha hisobda 12,4 yil umr ko‘rishlarini anglatadi. Bu
holatda ham o‘rtadagi farq 2 barobarni tashkil etadi. Bu holat pensiya yoshini
ham qayta ko‘rish kerakligini anglatmoqda.
Ayollarga talab etilgan ish staji 20 yil deb belgilanganligi sababli, doim
pensiya miqdori erkaklarga nisbatan ko‘p tayinlanmoqda. Bu esa gender
tengligini buzilishi deb hisoblaymiz, chunki ayollarni e’zozlash va erkaklarga
nisbatan kam ishlashligi va bola parvarishida bo‘lishini qoplash uchun va pensiya
miqdorini erkaklarning pensiya miqdorigi tenglashtirish maqsadida, ularga bola
parvarishlash davrini ish stajiga qo‘shish va erkaklarga nisbatan 5 yil oldin
pensiyaga chiqish imtiyozlari berilgan.
O‘tkazilgan so‘rov natijalari shuni ko‘rsatdiki, 47,5% respondentlar
davlatning pensiya yoshidagi fuqarolar oldidagi ijtimoiy majburiyatlari
o‘zgarmas, qat’iy hisoblanadi, degan fikrda, 48,0% respondentlar esa
pensionerlar sonining oshib borishi munosabati bilan davlat o‘ziga nisbatan o‘sib
borayotgan moliyaviy yuklamani kamaytirish chora-tadbirlarini ko‘rishi zarur,
deb hisoblaydi. Ayollarga talab etilgan ish staji 20 yil deb belgilanganligi sababli,
doim pensiya miqdori erkaklarga nisbatan ko‘p tayinlanmoqda. Bu esa gender
tengligini buzilishi deb hisoblaymiz, chunki ayollarni e’zozlash va erkaklarga
nisbatan kam ishlashligi va bola parvarishida bo‘lishini qoplash uchun va pensiya
miqdorini erkaklarning pensiya miqdorigi tenglashtirish maqsadida, ularga bola
parvarishlash davrini ish stajiga qo‘shish va erkaklarga nisbatan 5 yil oldin
pensiyaga chiqish imtiyozlari berilgan. Yuqoridagi imtiyozlar ayollarni
erkaklardan ko‘p pensiya olish uchun emas, aksincha pensiya miqdorini kam
bo‘lib qolmasligini ta’minlash maqsadida amalga oshirilishi maqsadga muofiqdir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Sefton, T., Evandrou, M., Falkingham, J., & Vlachantoni, A. (2011). The relationship between women's
work histories and incomes in later life in the UK, US and West Germany. Journal of Social Policy, 40(2), 297-
316. doi:10.1017/S0047279410000726
2.
Antonio Abatemarco, Elena Lagomarsino, Maria Russolillo. "Gender Pension Gap in EU Countries: A
Between-Group Inequality Approach." Risks 2023, 11(3).
3.
