Zamonaviy turizmga bo'lgan e’tibor XX asrda boshlangan bo'lsada, uning rivojlanishi XXI asrga to'g'ri keldi. Bugungi kunda dunyoning 193 davlatidan 150 dan ortig'i turizm bilan shug'ullanadi. BMTning Turizm tashkiloti (UN Tourism) ma’lumotlariga ko'ra, 2023-yilda xalqaro turizmdan olingan daromadlar barqaror o'sib, 1,4 trln. AQSh dollariga yetdi [5]. Bu raqam turizmning global iqtisodiyotdagi ahamiyati ortib borayotganligi va bu tarmoqning aholi bandligini oshirish hamda millatlararo madaniy hamkorlikni rivojlantirishdagi ahamiyati beqiyos ekanligidan dalolat beradi. Shuni ta'kidlash kerakki, bunday o'sish global darajada yuz berayotgan jarayonlar natijasi bo'lgan noaniqlik sharoitida amalga oshmoqda, bu esa, o'z navbatida, turizmning faoliyat sifatida barqaror ekanligidan darak beradi.
Просмотров
Загрузок
hh-index
Цитаты
inLibrary — это научная электронная библиотека, построенная на парадигме открытой науки (Open Science), основными задачами которой является популяризация науки и научной деятельности, общественный контроль качества научных публикаций, развитие междисциплинарных исследований, современного института научной рецензии, повышение цитируемости узбекской науки и построение инфраструктуры знаний.
КОНТАКТЫ:
Республика Узбекистан, г. Ташкент, ул.Паркент 51, этаж 2