“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
110
4. John Deere rasmiy sayti https://www.deere.co.uk/en-gb/your-start-into-the-future-of-
5. SCANOVA rasmiy sayti https://scanova.io/blog/seven-eleven-japan/
6. Manet travel rasmiy sayti https://manet.travel/
7. In The Wiley Blackwell Companion to Tourism; Lew, A.A., Hall, C.M., Williams, A.M., Eds.;
Wiley Blackwell: Hoboken, NJ, USA, 2014; pp. 578
–
588.
8. https://www.mdpi.com/2071-1050/10/2/319#sec3-sustainability-10-00319
O‘ZBEKISTON QISHLOQ XO‘JALIGI
RIVOJLANISH TARAQQIYOTINING
O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Butanova Dilnoza Rustamovna
PhD,
Ma’mun NTM “Buxgalteriya hisobi
va biznes boshqaruvi” kafedrasi dotsenti
Mamlakatimiz
o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgach bozor iqtisodiyotini
shakllantirish masalasi qo‘yildi va bozor tizimini tashkil qilish hamda ushbu
yo‘ldagi iqt
isodiy islohotlarni evolyutsion bosqichma-bosqich amalga oshirildi.
Mamlakat qishloq xo‘jaligini isloh qilishda dastlab xususiy mulkni shakllantirish
masalasiga urg‘u berildi.
Qishloq xo‘jaligida mulkchilik shaklini o‘zgartirish, davlat mulkini
xususiylashtir
ishdagi dastlabki asosiy qadamni O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 7 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi
qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish chora
-
tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ta’minlab berdi. M
azk
ur qarorga ko‘ra mavjud
jami 1019 ta xo‘jalikning 197 tasini 1993 yil 1 aprelgacha 503 tasini 1994 yil 1
yanvargacha mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirish belgilab olingan edi.
Bu esa o‘z navbatida davlat mulki bo‘lgan sovxoz va jamoa xo‘jalikla
r o
‘rnida
shirkat xo‘jaliklari, agrofirmalar va fermer xo‘jaliklarni paydo bo‘lishini
ta’minlab, aholini jamoa va xususiy mulk to‘g‘risidagi tasavvurlarini
shakllantirish, ularni erga egalik hissini hamda sohada ishlab chiqarish
samaradorligini oshirishga xizmat qildi.
Natijada, qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishda asosiy sub’ekt sifatida
shirkat, dehqon va fermer xo‘jaliklari paydo bo‘ldi. 1995 yilga kelib jami qishloq
xo‘jalik ekin maydonining 87,1 foizi, yalpi mahsulotining 48,1 foizi shirkatlar
his
sasiga to‘g‘ri kelgan. Shu bilan bir qatorda asosiy subyekt sifatida
shakllantirilishi maqsad qilingan fermer xo‘jaliklari sonini ham asta
-sekinlik
bilan oshirilib borildi. Mazkur davrda fermer xo‘jaliklari ekin ekiladigan umumiy
maydonning 3,8 foizini egallagani hol
da qishloq xo‘jalik yalpi mahsulotining 2,6
foizi, tarmoqdagi ish bilan bandlarning 5,4 foizi ular hissasiga to‘g‘ri kelgan
(1-jadval).
“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
111
1-jadval
O‘zbekiston Respublikasida shirkat, dehqon va fermer xo‘jaliklarining
umumiy ko‘rsatkichlari (199
5 yil)
№
Ko
‘rsatkichlar
Shirkatlar
Dehqon
xo‘jaliklari
fermer
xo‘jaliklari
1
Ekin ekiladigan umumiy maydondagi
ulushi
87,1
9,1
3,8
2
Qishloq xo‘jalik umumiy yalpi
mahsulotidagi ulushi %
48,1
49,3
2,6
3
Ishlovchilarning agrar tarmoqdagi ish bilan
bandlardagi ulushi
58,6
36
5,4
4
Yerdan foydlanish bo‘yicha samaradorlik
ko‘rsatkichi
1,8
0,2
1,5
5
Ishchi kuchidan foydalanish bo‘yicha
samaradorlik
ko‘rsatkichi
1,2
0,7
2,1
Mazkur davr ma’lumotlari asosida qishloq xo‘jalik
mahsulotlarini
yetishtiruvchi subyektlarning yerdan foydalanish samaradorligi natijalariga
ko‘ra shirkat xo‘jaliklari jami etishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining bir
foizini etishtirish uchun 1,8 foiz yerdan foydalangan bo‘lsa, dehqon va fermer
xo
‘jaliklari mos ravishda 0,2 va 1,5 foiz yerdan foydalanishganini ko‘rish
mumkin. 1998 yilda sohada mahsulot ishlab chiqarishning asosiy subyektlaridan
biri sifatida shakllantirish maqsad qilingan fermerlik harakatini rivojlantirishing
huquqiy asoslarini yanada mustahkamlandi.[
A.A.Aysachyev, 2012]
Femer xo‘jaliklarini rivojlanishini tadqiq qilingan ilmiy tadqiqot ishlarida
fermerlikni uklad sifatida tan olinishi, huquqiy asoslarini yaratilishi, sohani
asosiy tovar ishlab chiqaruvchi sifatida
shakllanib, qishloq xo‘jaligida
islohotlarni amalga oshirishdagi mavqeini oshib borishi nuqtai nazarida 1998-
2002 yillarda soha rivojlanishida alohida bosqich sifatida qaraladi.[
1]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 29 dekabrdagi
“2000 yilda qishloq xo‘jaligi korxonalarini sanatsi
ya qilish yakunlari va 2001
yilda uni tashkil etish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori asosida 1999 yildan
buyon sanatsiyada bo‘lgan 86 ta jamoa xo‘jaligi shirkat xo‘jaliklariga aylantirildi,
shuningdek 1
999 yildan buyon sanatsiyada bo‘lgan 59 ta jamoa
xo‘jaligining
sanatsiya muddati yana bir yilga cho‘zildi, 52 ta shirkat xo‘jaligi asosida 3031 ta
fermer xo‘jaligi tashkil qilindi.
Natijada yerga egalik qilish, mahsulot ishlab chiqarish va bandlikni
ta’minlashda shirkat xo‘jaliklari ulushi kamayishi ev
aziga dehqon va fermer
xo‘jaliklari ulushi ortishi kuzatildi. Xususan, 2002 yilga kelib shirkatlarning ekin
maydondagi ulushini 1995 yildagiga nisbatan 26,5 foizga kamayib 60,6 foizga
tushishi dehqon xo‘jaliklari ulushi 9,1 foizda 11,4 foizga, fermer xo‘ja
liklari
ulushi esa 3,8 foizdan 28 foizga oshishini ta’minlagan. Natijada, shirkat
xo‘jaliklarining yalpi qishloq xo‘jaligi mahsulotidagi ulushini 22,2 foizga
“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
112
pasayishi, dehqon va fermer xo‘jaliklari ulushini
mos ravishda 14,8 va 7,4 foizga
oshishini ta’min
lagan.
Agrar sohada mahsulot yetishtiruvchilarni tashkiliy-huquqiy shaklini
o‘zgartirishdagi so‘nggi bosqich 2003 yildan boshlanadi. Ushbu davrga kelib
shirkat xo‘jaliklarini to‘liq fermer xo‘jaliklariga o‘tkazish, asosiy qishloq xo‘jaligi
mahsulotini ishl
ab chiqaruvchilari sifatida fermer hamda dehqon xo‘jaliklarini
maydonga chiqarishga e’tibor qaratildi [
2].
2008 yilga kelib qishloq xo‘jaligida yetishtirilgan mahsulotning 99,8 foizi
xususiy mulk hissasiga to
‘g‘ri keldi. Bunda asosiy ulush fermer (32,6) va
dehqon
(61,1) xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri keldi.
2-jadval
O‘zbekistonda 1991 yildan boshlab fermer xo‘jaligini qayta qurish
bosqichlarining asosiy xususiyatlari
Asosiy
transformatsiya
jarayonlari
Asosiy xo‘jalik
shakli
Muhim siyosat
maqsadlari
Birinchi bosqich
1992-1997 yillar
Soxvozlarni
kolxozlarga
o‘zgartirilishi
Koxoz va sovxozlar
Bug‘doy maydonlari va
hosildorlikni
kengaytirish, sovxozlarni
qayta tashkil qilish
Ikkinchi bosqich
1998-2002 yillar
qisman
parchalanish
Kolxozlarni shirkat
xo‘jalikl
ari aylantiish.
Femer xo‘jaliklariga
ijaraga er ajratish
Shirkat va fermer
xo‘jaliklari
Yangi tashkil qilingan
yakka tartibdagi fermer
xo‘jaliklarining
ixtisoslashuvi
Uchinchi bosqich
2003-2008 yillar
to‘liq parchalanish
Shirkat
xo‘jaliklarin
ing fermer
xo
‘jaliklariga
aylantirishni tugatish
Shrkat va fermer
xo‘jaliklari
Paxta va bug‘doydan
tashqari tarmoqlar va
chorvachilik xo‘jaliklarin
rivojlantirish
To‘rtinchi bosqic
h
2008/09-2015
yillar ekin
maydonlarini
optimallashtirish
Fermer xo‘jaliklarini
qayta tashkil qilish
(ekin maydonlarini
optimallashtirish)
Fermer xo‘jaliklari
(paxta va bug‘doy
yetishtirishga
ixtisoslashish)
Paxta hosildorligining
ortishi va barqarorligi,
paxta maydonlarini
boshqa joyga ko‘chirish
Beshinchi bosqich
2016-2021 yillar
mahsulot
etishtirishga
ixtisoslashish
Ishlab chiqarishda
ixtisoslashish va
optimallashtirish
Fermer xo‘jaliklari
(turli ekinlarga
ixtisoslashish)
Paxta va g‘alla
maydonlarini ko‘chirish,
qimmatli ekin
maydonlarini, ko‘p
tarmoqli fermer
xo‘jaliklarini ko‘paytirish
Oltinchi bosqich
2022 yildan
keyingi davr
Qishloq xo‘jalik
mahsulotlari
yetishtirish
jarayonlarini
klasterlashtirish
Fermer xo’jalilarini
klaster tarkibiy
qismiga aylanishi
Qishloq xo’jalik
mahsulotlarini chuqur
qayta ishlash uchun
klasterlarni
shakllantirish
“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
113
Bu davrga kelib fermer xo‘jaliklari asosiy mahsulot yetishtiruvchi sifatida
shakllanib ulgurdi va keyingi muhim vazifa qishloq xo‘jaligi mahsulotla
rini
yetishtirishda ularning o‘rni va rolini oshirish, bunda dastlab sohada mahsulot
yetishtirishda aso
siy omil bo‘lgan yerdan foydalanish samaradorligini oshirishga
e’tibor qaratildi va fermerlik harakatini rivojlantirishning keyingi bosqichini
boshlab berdi.
Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini huquqiy asoslarini shakllantirish chora
-
tadbirlarini dastlabki
ko‘rinishlari 2008 yilga to‘g‘ri keladi. O‘zbekiston
Respulbikasi Prezidentining 2008 yil 20 oktyabrdagi “Oziq
-ovqat ekinlari
ekiladigan maydonlarni optimall
ashtirish va ularni yetishtirishni ko‘paytirish
chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PF
-4041-sonli Farmoniga asosan, 2009 yil
hosilidan e’tiboran 75,8 ming gektar, 2012 yil hosilidan esa yana 30,1 ming
gektar paxta maydonlari qisqartirilib, o‘rniga to‘lig‘icha
meva-sabzavot va poliz
mahsulotlari yetishtirish yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respubli
kasi
prezidentining 2015 yil 29 dekabrdagi “2016 –
2020 yillar davrida qishloq
xo‘jaligini qayta shakllantirish va rivojlantirish chora
-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ
-
2460-sonli Qarori qabul qilindi. Ushbu qarorda 2016
–
2020 yillar mobaynida
170,5 ming gekt
ar paxta va 50 ming gektar g‘alla maydonlari o‘rniga oziq
-ovqat
ekinlari ekilishi belgilab berilgan.
Qishloq xo‘jaligida mahsulot ishlab chiqarishni rivojlan
tirish va xususiy
sektor rolini oshirish, muhim sub’ekt sifatida tan olingan fermer xo‘jaliklari
faoliyatini tashkil etish, ular uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratish amalga
oshirilgan islohotlarni shartli ravishda oltita bosqichga ajratgan holda o‘rga
nish
maqsadga muvofiq deb topdik (2 -jadval).
Amalga oshirilgan tahlil natijalariga asoslangan holda xulosa qilinadigan
bo‘lsa, mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida xususiy sektorni rivojlantirishning
huquqiy asoslarini shakllantirish bosqichma-
bosqich amalga oshirilgan bo‘lib,
buning natijasida fermer va dehqon xo‘jaliklari asosiy mahsulot etishtiruvchil
ar
sifatida shakllandi. Bugungi kunda ularning samarali faoliyat olib borishi
bo‘yicha huquqiy asoslarni shakllantirish va takomillashtirish bo‘yicha ishlar
davom qildirilib fermer xo‘jaliklar faoliyatini kengaytirish hamda ko‘p tarmoqli
fermer xo‘jaliklar
ini kengaytirish, klasterlarni tashkil qilish masalalariga alohida
ahamiyat qaratilmoqda.
Foydalanilgan manbalar
1. R.X. Tashmatov. O‘
zbekistonda fermerlik institutining rivojlanish bosqichlari va faoliyat
samaradorligi.”Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. №4, may, 2012.
2. Djanibekov N. 2008. A micro-economic analysis of farm restructuring in the Khorezm
region. Uzbekistan. PhD thesis, Bonn University, Center for Development Research (ZEF).
3. Butanova D. Mintaqa iqtisodiyotida agrar soha samaradorligini oshirishning ahamiyati.
–
2024.
4. Butanova D. R. ISSUES OF ASSESSING THE ROLE OF AGRICULTURE IN PROVIDING
ECONOMIC GROWTH IN KHOREZM REGION //АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ ОБЩЕСТВА, НАУКИ И
ОБРАЗОВАНИЯ. –
2023.
–
С. 40
-43.
5. Butanova D. R. STATISTICAL ANALYSIS OF AGRICULTURE DEVELOPMENT IN KHOREZM
REGION //Фундаментальная и прикладная наука. –
2023.
–
С. 38
-41.
