“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
504
тўғрисида”ги ПФ
-60-
сонли Фармонининг биринчи иловаси 86
-
мақсадида
,
иккинчи иловаси “2022 —
2026 йилларга мўлжалланган Янги
Ўзбекистоннинг тараққиёт стратегиясини “Инсон қадрини улуғлаш ва
фаол маҳалла йили”да амалга оширишга оид” Давлат дастурининг 154
банди, 86
-
мақсаднинг 312
-313-314-
бандларида юқорида санаб ўтилган
муаммоларнинг ечимини топишмасалалари ўз аксини топган.
Фойдаланилган адабиётлар рўйхати:
1.
–
Ўзбекистон Республикаси Давлат Статистика Қўмитаси
маълумотлари асосида тайёрланди
2.
–
Ўзбекистон республикаси Қонун ҳужжатлари миллий базаси
3.
Aбдураҳмонов Қ.Х. “Меҳнат иқтисодиёти назария ва амалиёт” Т.: “ФAН”
Нашриёти –
2019 й.
4.
Холмўминов Ш.Р., Хомитов К.З., Aрабов Н.У., Бобоназарова Ж.Х., Aбдураманов Х.Х.
Қишлоқ аҳолисини иш билан таъминлашнинг назарий ва амалий асослари. Т.: 2018. 89 б.
XALQARO MIGRATSIYAS
IGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR
Voxidova Mehri Xasanovna
PhD., dotsent
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti kafedra mudiri
Habibullayev Komiljon Murodulla o‘g‘li
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tayanch doktoranti
Global migratsiya azaliy hodisa bo‘lib, iqtisodiy, ijtimoiy
-siyosiy, demografik
va boshqa omillar bilan izohlanadi. Bu omillar o‘zaro bog‘liq hamda bir
-biriga
ta’sir qilib shaxslar va jamoalarning migratsiya qarorlarini shakllan
tiradi,
migratsiyaning ahamiyatini ochib beradi.
Inson kapitali oqimini o‘rganishning nazariy
-ilmiy asoslari 1932 yilda, Jon
Xiks “sof iqtisodiy afzallikdagi farqlar, ish haqidagi tafovutlar migratsiyaning
asosiy sabablari” ekanligini ta’kidlaganida boshl
angan[1].
Everett
Lining fikriga ko‘ra, migratsiya jarayonlari turtki beruvchi kuchlar
“salbiy (hududni tark etish sababi)” va “ijobiy (hududga ko‘chish sabablari)”
omillariga bo‘ysunadi
[2]
. Shundan kelib chiqqan holda odamlar migratsiyani o‘z
vatanlar
ida mavjud bo‘lmagan
imkoniyatlardan foydalanish uchun qabul qilgan
oqilona qarori sifatida qarash mumkin.
Migratsiyani harakatlantiruvchi ijobiy kuch omillariga yaxshi tibbiy
muassasalar, diniy bag‘rikenglik va ta’qiblardan ozodlik kabi ijtimoiy
-siyosiy
omillar kiradi. Migr
atsiyaga ta’sir etuvchi ijobiy kuch omillari qatoriga iqtisodiy
istiqbollar, turmush darajasi yuqoriligi, ko‘proq daromad olish istagi kabilarni
ham ko‘rishimiz mumkin
[3].
O‘z mamlakatidan chiqib ketishga majbur qiladigan jihatlar sal
biy kuch
(hududni tark etish sababi) omillari deb nomlanadi[4].
“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
505
1-jadval
Migratsiyasini harakatlantiruvchi kuchlar va rag‘batlantiruvchi omillar
Soha
Salbiy kuch omillari
Ijobiy kuch omillari
Iqtisodiy
Iqtisodiy tengsizlik va k
ambag‘allik
Yuqori ish haqi
Ishsizlik
Turmush darajasining yaxshilanishi
Kam ish haqi
Shaxsiy rivojlanish
T
a’limning yetishmasligi
Bo‘sh ish o‘
rinlari
Infrastruktura
Farovonlik standartlari
Mehnat talablari
Ijtimoiy
Diskriminatsiya
Oilaning qayta birlashishi
Yomon tibbiy xizmatlari
Etnik vatan
Ijtimoiy himoyasizlik
Diskriminatsiyadan ozodlik
Sifatsiz ta’lim tizimlari
Yaxshiroq tibbiy xizmatlar
Diniy bag‘rikenglik yoqligi
Ijtimoiy davlat imtiyozlari
Siyosiy
Qarama-qarshiliklar
Xavfsizlik va himoya
Korruptsiya
Siyosiy erkinlik
Yomon boshqaruv
Demokratiya
Inson huquqlarining buzilishi
Siyosiy barqarorlik
Terrorizm
Insonning fuqarolik huquqlari
Demografik
Tug‘ilish ko‘rsatkichlari yuqoriligi
Faol aholi zichligi
Aholi qarishi
Aholini ta
’
lim va malakasining yuqori
darajasi
Aholi sonining ko‘payishi
Bu jihatda ham migratsiyaga ta’sir etuvchi omillarni iqtisodiy, ijtimoiy va
siyosiy omillarga ajratish mumkin.
Zanabazar va boshqalar[5]
ta’kidlashlaricha tortish omillariga mintaqa yoki
mamlakatga migrantlarni jalb qiluvchi jihatlar kiradi. Masalan, migratsiyaga
ta’sir etuvchi ijobiy omillar qatoriga ishga joylashish imkoniyatlari, ko‘proq
daromad, yaxshi uy-joy va yuqori turmush darajasi kabi iqtisodiy omillar kiradi.
Altman va Renshonlar[6] tomonidan olib borilgan tadqiqotda mualliflar
ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ekologik omillar migratsiyaning asosiy
harakatlantiruvchi kuchi ekanligi ta’kidlanadi. Rivojlangan va rivojlanayotgan
mam
lakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy tengsizlik, nisbatan kam rivojlangan
mamlakatlardan migrantlarni rivojlangan mamlakatlarga ko‘chib o‘tishga
undaydigan omillardan biri deb izohlaydi.
Karbajal va de Migel Kalvolar[7]
ta’kidlashicha, ijtimoiy omillar qatorig
a
migratsiyani harakatlantiruvchi kuch insonning hayot sifatini yaxshilash istagiga
asoslanishini tushuntiradi. Migrantlarga o‘zlari va oilalari uchun yaxshiroq tibbiy
xizmatlar hamda sifatli ta’lim olish zarurati kabi ijtimoiy omillar ta’sir qiladi.
Chandler va Tsailar[8]
fikriga ko‘ra,
demokratiya, siyosiy erkinlik va siyosiy
inqiloblar kabi hodisalar ko‘pincha odamlarni xavfsiz siyosiy muhitga ega
mintaqalarga ko‘chib o‘tishga undaydi. Xavfsiz yashashga intilish boshqa
mamlakatlarga ko‘chib o‘tish qarorlariga turtki bo‘ladi
[9].
H. Ibrahim, F. Z. Al Sharif va boshqalar[10]
ta’kidlashicha rivojlanayotgan
mamlakatlarda ish o‘rinlarining yetishmasligi va aholining haddan tashqari
“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
506
ko‘pligi rivojlangan mamlakatlarga migratsiyani kuchayishiga olib keladi
[11].
O‘z vatanida yuqori bo‘lmagan turmush darajasi migratsiyani rag‘batlantiruvchi
yana bir omildir. Migrantlar o‘zi va oilasi turmush darajasini yaxshilash
imkoniyatlarini izlab boshqa mamlakatlarga ko‘chib o’tadilar. Rivojlangan
mamlakatlar immigrantlar uchun daromad manbaini yaxshilash va mehnat
bozoridagi ishtirokini osonlashtirish imkoniyatlarini yaratadi[12].
Yuqorida keltirilgan fikrlar, turli davrlarda insonning yashash sharoitlari va
uning xulq-atvor xususiyatlari, birinchi navbatda ehtiyojl
ari bilan o‘zaro ta’siri
haqida bildirilgan mulohazalarni tahlil qilish, aholining migratsiyasi sabablarini
hech narsa emas, balki individning (uning ehtiyojlari, qarashlari, qadriyatlari)
ushbu hodisa bilan o‘zaro ta’sir qiluvchi omillarga bo‘lgan reaksiy
asi ekanligini
tasdiqlaydi. Aholining migratsiyasi
—
bu ko‘plab omillar ta’sirida sodir
bo‘ladigan murakkab va ko‘p qirrali jarayondir. Biroq, uning asosini migrantlar
iqtisodiy sharoitlarini yaxshilashga intilishi tashkil qiladi, bu ko‘plab olimlar
tomonidan tan olingan. Iqtisodiy omillar tashqi mehnat migratsiyasi kabi
m
igratsiyaning o‘ziga xos shakli uchun ham hal qiluvchi ahamiyatga ega. So‘nggi
o‘n yilliklarda bu jarayonga demografik omillar ham ta’sir ko‘rsatmoqda, chunki
donor mamlakat va retsipiyent mamlakatning demografik potentsiali hisobga
olinadi.
Foydalanilga
n adabiyotlar ro‘yxati
[1] J. Hicks, The theory of wages. Springer, 1963.
[2]
R. Faridi, “Migration Theories: Lee’s Push Pull Theory,” 2018, Obtenido de Blog de
Rashid: un portal educativo: https://rashidfaridi. com
….
[3] M. J. Carbajal and J. M. de Migu
el Calvo, “Factors that influence immigration to OECD
member States.,” Cuadernos de trabajo social, vol. 34, no. 2, 2021.
[4] G. E. A. Siyal, I. Khalid, and A. Qaisrani, Internal migration and urbanization: a case study
from semi-arid regions of Pakistan. JSTOR, 2018.
[5]
A. Zanabazar, N. S. Kho, and S. Jigjiddorj, “The push and pull factors affecting the
migration of Mongolians to the Republic of South Korea,” in SHS Web of Confere
nces, EDP
Sciences, 2021, p. 01023.
[6]
A. Oltman and J. Renshon, “Immigration and foreign policy,” in Oxford Research
Encyclopedia of Politics, 2017.
[7]
M. J. Carbajal and J. M. de Miguel Calvo, “Factors that influence immigration to OECD
member States.,
” Cuadernos de trabajo social, vol. 34, no. 2, 2021.
[8] C. R. Chandler and
Y. Tsai, “Social factors influencing immigration attitudes: an analysis
of data from the General Social Survey,” Soc Sci J, vol. 38, no. 2, pp. 177–
188, 2001.
[9]
L. H. Abdou, “‘Push or pull’? Framing immigration in times of crisis in the European
Union an
d the United States,” in Crisis and Politicisation, Routledge, 2021, pp. 34–
49.
[10]
H. Ibrahim, F. Z. Al Sharif, K. P. Satish, L. Hassen, and S. C. Nair, “Should I stay or should
I
go now? The impact of ‘pull’ factors on physician decisions to remain in a
destination country,”
Int J Health Plann Manage, vol. 34, no. 4, pp. e1909
–
e1920, 2019.
[11]
P. Hatch, “What motivates immigration to America,” The League of Women Voters.
Available online: https://docplayer. net/20795057-What-motivates-immigration-to-america-
by-patricia-hatch. html (accessed on 23 May 2021), 2016.
[12]
J. Llull, “The effect of immigration on wages: exploiting exogenous variation at the
national level,” Journal of
Human Resources, 2017.
