“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
621
Markaziy Osiyo transport koridorlari nafaqat savdo hajmini oshirish, balki
logistika jarayonlarining samaradorligini ta'minlashda ham muhim rol o‘ynaydi.
Zamonaviy infratuzilma
–
yangi avtomobil va
temir yo‘l tarmoq
lari, portlar va
tranzit markazlari
–
savdo operatsiyalarining samaradorligini oshirishga yordam
beradi. Bojxona rasmiylashtiruvining soddalashtirilishi, xalqaro standartlar asosida
logistika xizmatlarining takomillashtirilishi va elektron savdo tizimlarining joriy
etilishi mintaqa tashqi savdosining raqobatbardoshligini oshiradi.
Mintaqaning tashqi savdosidagi transport koridorlarining o‘rniga
qaramasdan, bir qator muammolar ham mavjud. Jumladan, yo‘l infratuzilmasining
ba’zi joylarda yeta
rlicha rivojlanmaganligi, logistik xarajatlarning yuqoriligi,
bojxona tartiblarining murakkabligi mintaqaning xalqaro savdodagi rolini to‘liq
amalga oshirishiga to‘sqinlik qilmoqda. Shuningdek, davlatlar o‘rtasidagi
hamkorlikning ba’zan cheklanganligi va r
aqobat transport koridorlarining
rivojlanishiga to‘sqinlik qilishi mumkin.
Markaziy Osiyoning transport koridorlari mintaqa tashqi savdosining
rivojlanishi uchun katta imkoniyatlar yaratmoqda. Ushbu koridorlarni yanada
rivojlantirish, davlatlararo hamkorlikni kuchaytirish va transport-logistika tizimini
takomillashtirish orqali mintaqa davlatlari xalqaro savdo bozorida yanada yuqori
raqobatbardoshlikka erishishlari mumkin. Ayniqsa, transport koridorlarining yangi
yo‘nalishlari, zamonaviy transport va logist
ika infratuzilmasining joriy etilishi va
xalqaro savdo jarayonlarining soddalashtirilishi mintaqaning global iqtisodiyotga
yanada chuqur integratsiyalashuvini ta'minlaydi. Bu esa nafaqat mintaqaning
iqtisodiy rivojiga hissa qo‘shadi, balki tashqi savdoning
samaradorligini oshirishga
ham xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
The Economist Intelligence Unit (2022). New Transport Routes in Central Asia: A Catalyst
for Economic Growth. Economist Intelligence Unit Reports.
2.
UNESCAP (United Nations Economic and Social Commission for Asia and the Pacific) (2018).
Transport Connectivity and Trade Facilitation in the Greater Central Asia Region. UNESCAP
Publications.
3.
ADB (Asian Development Bank) (2021). Connecting Central Asia with Economic
Opportunities: The Role of Transport Corridors. Asian Development Bank Report.
4.
Kassenova, N. (2017). Transport Corridors in Central Asia: Cross-border Cooperation, Trade
and Regional Connectivity. Carnegie Endowment for International Peace.
RAQAMLI PLATFORMALARNING HUDUDLAR IQTISODIY
RIVOJLANI
SHIGA TA’SIRI
Djalilova Dilnoza Raxmatovna
Bank-moliya akademiyasi tayanch doktoranti
Annotatsiya.
Ushbu maqolada
raqamli iqtisodiyotga o’tish jarayonida, raqamli
platformalar egalarining hududlardagi biznes strategiyalarining, faoliyat qoidalarining, hatti-
harakatlarining hududlar iqtisodiy rivojlanishiga ta’siri
tahlil qilingan hamda xulosa berib
o‘tilgan.
Kalit so‘zlar:
raqamli platformalar, raqamli iqtisodiyot, hududiy rivojlanish,
monopoliyaga qarshi siyosat.
“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
622
International Data Corporation kompaniyas
i ma’lumotlariga ko’ra,
2027-yilga borib raqamli transformatsiyaga sarflanadigan xarajatlar
3,9 trillion
dollargacha o’sishi kutilmoqda
[7]. Iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlarda
texnologiyalarning jadal rivojlanishi va internetdan keng foydalanish raqamli
iqtisodiyotda yangi davrni keltirib chiqardi [5]. Ushbu raqamli inqilob
hayotimizning ko’p jabhalarini, jumladan Yandex, Facebook, Messenger,
Linkedln, Instagram, Telegram, Whatsapp kabi ijtimoi tarmoqlarda muloqot
qilish va ma’lumotlar almashish, Amazon, Wild
berries, Uzum market orqali xarid
qilish, Olx va boshqa tarmoqlarda reklama berish ko’rinishida iqtisodiy
-ijtimoiy
munosabatlarimizni o’zgartirdi.
Iqtisodiy munosabatlarning yangi davri boshlangan bugungi kunda tovar
ayirboshlash va xizmatlar ko’rsatishni
ng zamonaviy uslubi sifatida raqamli
bozorlarni vujudga keltirdi. Natijada, raqamli bozordagi raqamli platformalar
an’anaviy tarmoqlarni o’zgartirib, iste’molchilar va biznesning xatti
-
harakatlariga
ta’sir ko’rsatadigan ushbu landshaftning asosiy o’yinchil
ariga
aylandi. Onlayn bozorlar, ijtimoiy media saytlari, qidiruv tizimlari va ilovalar
do’konlari kabi raqamli platformalar bizning kundalik ishlarimizda muhim
ahamiyati oshib borishi ushbu platformalar qulaylik, foydalanish imkoniyati va
o’zgaruvchan ehtiyojlarimiz va afzalliklarimizga javob beradigan keng ko’lamli
xizmatlarni taklif etayotganligidandir [4].
Butun dunyo bo’ylab milliardlab foydalanuvchilarni birlashtirgan holda,
raqamli platformalar
korxonalar uchun ilgari imkoni bo’lmagan usullar bilan
i
ste’molchilarga erishish va ular bilan muloqot qilish uchun muhim
imkoniyatlarni ochib berdi. Biroq, imtiyozlar va imkoniyatlar bilan bir qatorda,
raqamli platformalarning ustunligi ham qoidalar orqali hal qilinishi kerak
bo’lgan tashvish va muammolarni ke
ltirib chiqarmoqda. Kam sonli kuchli
platformalar misli ko’rilmagan bozor kuchiga ega bo’ldi, bu esa adolatsiz
raqobatga, iqtisodiy ta’sirning kontsentratsiyasiga va iste’molchilarga mumkin
bo’lgan zararga olib kelishi mumkin. Ushbu platformalar ko’pincha
qimmatli
ma’lumotlarni nazorat qiladi [2], bu ularga bozorlarni shakllantirish,
foydalanuvchi xatti-
harakatlariga ta’sir qilish va iste’molchilarning tanlovlarini
cheklash imkonini beradi.
Shuningde
k, raqamli platforma egasi bo‘lgan kompaniyalarning ma’lu
m bir
mamlakatdagi rivojlangan hududlardagina o‘z faoliyatlarini yo‘lga qo‘yishi
hududlar iqtisodiyotining raqamlashishi, uning innovatsion rivojlanishi [6]
hamda hududlardagi aholi bandligi darajala
ri o‘rtasida katta farqni keltirib
chiqaradi[3]. Gretsiya 2021-2027 yillar Raqamli Transformatsiya Dasturi
(DTP)ga muvofiq [1], mamlakatdagi barcha hududlarda raqamli biznes
faoliyatlarini yo‘lga qo‘yish hududlar rivojlanishi o‘rtasidagi tavofutni
kamaytir
ishga xizmat qiladi. Shu o‘rinda, iqtisodiyotning an’anav
iydan raqamli
iqtisodiyotga o’tishi jarayonida, raqamli platformalar egalarining hududlardagi
biznes strategiyalarining, faoliyat qoidalarining, hatti-harakatlarining raqobat
qonunchiligiga muvofiq b
o’lishi esa yangi uslubdagi
monopoliyaga qarshi
“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
623
tartibga
solish davlat siyosatining diqqat markazida bo‘lishi
ni taqozo etadi.
Shunga ko‘ra, quyida taksi agregatorlari xizmatlarini taqdim etuvchi Yandex
taksi agregatori platformasining milliy bozordagi hududiy strategiyasi tahlil
qilinadi.
Taksi agregatorlari xizmati
–
veb-sayt yoki mobil ilova yordamida buyurtma
berish va yo‘lovchini topish imkonini beruvchi onlayn xizmat hisoblanib,
odamlar hayotida muhim ahamiyat kasb etadigan bozorlar qatoriga kirib
bormoqda. Taksi agregatori platformalari taksi xizmatlarini k
o‘rsatish va undan
foydalanishning yangi usullarini taqdim etib, transport xizmatlari yo‘nalishining
faol rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda.
Raqamli platformaning agregator shaklidagi taksi agregatorlarining
hududlardagi faoliyatini tahlil qilsak, bugungi kunda, bir necha chet el raqobat
organlari ushbu raqamli platformaning raqobatga qarshi hatti-harakatlarini
ta’qiqlagan.
Jumladan,
Rossiya federatsiyasi va Qozog‘iston Respublikasining
Mon
opoliyaga qarshi organlari tomonidan “Ridetech International B.V.” (Yandex
Go) korxonasi taksi agregatorlari xizmati bo‘yicha monopol korxona deb tan
olingan [8].
Shuningdek, “Ridetech International B.V.” (Yandex Go) korxonasi
ustun mavqeini suiste’mol qil
ganligi sababli Rossiya Federatsiyasi va
Qozog‘iston Resp
ublikasining Monopoliyaga qarshi organlari tomonidan
korxonaga nisbatan raqobat qonunchiligi bo‘yicha jarimalar qo‘llanilgan
[9].
1-
jаdvаl
Taksi agregatorlari platformalarning hududlar kesimidagi faoliyati
Hudud nomi
Y
A
N
D
E
X
G
O
M
Y
T
A
X
I
R
O
Y
A
L
T
A
X
I
IN
DRI
VE
MIL
LEN
IU
M
CARAVAN
T
AXI
TAX
I OK
Y
OK
O TAXI
1.
Toshkent shahar
+
+
+
+
2.
Toshkent viloyati
+
+
+
+
3.
Farg‘ona viloyati
+
+
+
4.
Andijon viloyati
+
+
5.
Samarqand viloyati
+
+
6.
Buxoro viloyati
+
+
7.
Namangan viloyati
+
8.
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi
9.
Jizzax viloyati
10.
Qashqadaryo viloyati
11.
Navoiy viloyati
12.
Surxondaryo viloyati
13.
Sirdaryo viloyati
14.
Xorazm viloyati
“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
624
O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha jami
67 ta
faoliyat yuritayotgan
korxonadan, 59 tasi dispetcherlik va 8 tasi mobil ilova orqali xizmat
ko‘rsatayotganligi ma’lum bo‘ldi. Qo‘mita tomonidan tovar chegarasini
aniqlashda faqat mobil ilova orqali xizmat ko‘rsatish faoliyatini
qamrab olganligi
sababli,
8 ta mobil ilova orqali
xizmat ko‘rsatayotgan taksi agregator
platformalari tahlil qilindi.
Taksi agregatorlari xizmati bozorining geografik chegarasi -
iste’molchi
tomonidan ushbu xizmatni qaysi hududlarda foydalanish (sotib olish)
imkoniyati yuzasidan o‘r
ganildi. Bunda, taksi agregatorlari xizmati bozorining
geografik chegaralarini aniqlashda, quyidagi 6 ta taksi agregatorlari mobil
ilovalari yuklab olinib, tegishli hududlardan buyurtmalar joylashtirilib,
faoliyat yo‘lga qo‘yilg
an hududlar belgilab olindi.
1-
jadvaldan ko‘rinib turibdiki, 2023
-yil holatida, mazkur taksi agregatorlari
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax viloyati, Qashqadaryo viloyati,
Navoiy viloyati, Surxondaryo viloyati, Sirdaryo viloyati, Xorazm viloyatida
faoliyat yuritmaydi.
Shu bilan birga, tahlil jarayonida Yandex taksi agregatori
xizmatini ko‘rsatayotgani uchun buyutma haqidan Toshkent shahrida 12
-13%,
qolgan hududlarda esa 8-9% komissiya ushlanmasi olganligi sababli, ushbu
hududlardagi taksi haydovchilarining aksari Toshkent shahriga kelib
haydovchilik qilmoqda.
Shuningdek,
Yandex Go platformasi
tomonidan bozorni egallash uchun
xizmat narxlarini pasaytirgan holda viloyatlarda xizmat ko‘rsatayotgan boshqa
analog agregatorlarni bozordan chiqarib yuborish holatlari aniqlandi
. O‘z
mijozlarini saqlab qolish maqsadida, Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan
“Taxi 01” MChJ (TAXI OK
) korxonasi bugungi kunda taksi agregatorlik xizmatlari
bepul tarzda ko‘rsatib kelayotganligini va yuzaga kelayotgan xarajatlarn
i
vaqtinchalik boshqa biznes faoliyatidan qoplayotganligini ma’lum qilgan.
O‘rganilayotgan bozorda tarmoq samarasi
(“network effects”)
ta’siri
kuchliligi sababli, bozorga yangi kirib kelayotgan taksii agregatorlari
haydovchilar va mijozlar e’tiborini jalb
qilishda muammoga duch kelmoqda.
Boshqa taksi agregatorlari bilan ishini yo‘lga qo‘yib olgan haydovchilar va
boshqa taksi agregatorlari mobil ilovasini yuklab olib, unga bank kartalarini
ulab, buyurtmalar berib qulaylik his qilgan mijozlarda yangi ilovaga
o‘tishida
ko‘zga ko‘rinmaydigan ulanish xarajatlar
(“switching cost”
)
ni yuzaga keltiradi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, tahlil qilingan taksi agregatori
raqamli platforma egasi bo‘lgan Yandex
Go kompaniyasi va raqobatchilarining
nisbatan rivojlanga
n hududlardagina o‘z faoliyatlarini yo‘lga qo‘yishi hududlar
iqtisodiyotining raqamlashishi, uning
innovatsion rivojlanishi hamda aholisi
bandligi darajalari o‘rtasida katta farqni keltirib chiqaradi.
Shuningdek,
Yandex Go platformasi
tomonidan bozorni egallash uchun xizmat narxlarini
pasaytirgan holda yangi viloyatlarda xizmatini boshlashi, ushbu xizmatlarni
ko‘rsatayotgan boshqa
analog agregatorlarni bozordan chiqarib yuborish
holatlari hududiy rivojlanishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Shunga ko‘ra,
“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
625
raqamli iqtisodiyot sharoitida raqamli platformalarning hududlar iqtisodiy
rivojlanishiga ta’sir
i nuqtai nazaridan izchil talillar zarur hisoblanadi.
Adabiyotlar:
1.
“Digital
Transformation”
Programme.
https://www.digitaltransform.gr/en/the-
digital-tranformation-programme/programme-details/
2.
Martin J. (1978) The Wired Society. Engleewod Cliffs, NJ: Prentice-Hall.
3.
Niosi, J. (2000) Regional systems of innovation market pull and government push.
4.
Parker, G., Van Alstyne, M., & Choudary, S. P. (2016). Platform revolution: How
networked markets are transforming the economy and how to make them work for you. W. W.
Norton & Company.
5.
Skills and infrastructure for private sector digitalisation
ilibrary.org/sites/90d6b914-en/index.html?itemId=/content/component/90d6b914-
6.
Urry J. (2000) Sociology beyond Societies: Mobilities for the Twenty-first Century.
Routledge
7.
Worldwide
Digital
Transformation
Spending
Guide
https://www.idc.com/getdoc.jsp?containerId=IDC_P32575
8.
Маслов
А.
(2023)
Подходы
к
антимонопольному
регулированию
предпринимательской деятельности владельцев цифровых платформ (на примере
расследований в отношении компании
Amazon).
Российское конкурентное право и
экономика. 2023;(4):32
https://doi.org/10.47361/2542-0259-2023-4-36-32-43
9.
Об итогах антимонопольного расследования в отношении яндекс
такси
казахстане.
https://www.gov.kz/memleket/entities/zk/press/news/details/671812?l
HUNARMANDCHILIKNING HUDUD IQTISODIYOTIDA TUTGAN O‘RNI
Ergasheva Aziza Farmonovna,
Buxoro davlat universiteti tayanch doktoranti,
Hunarmandchilik har xil oddiy mehnat qurollari yordamida xom ashyodan
turli mahsulotlar ishlab chiqarishni, shunday mahsulotlar tayyorlanadigan
kasblarning umumiy nomidir. Hunarmandchilik - bu kichik biznesning bir qismi
bo‘lib, ular kichik hajmda yoki alohida buyurtmalar bo‘yicha qo‘l mehnati ulushi
yuqori bo‘lgan va o‘zlarining maxsus bilimlari, ko‘nikmalari va qobiliyatlaridan
ijodiy foydalangan holda mehnat mahsuloti ishlab chiqarish yoki xizmatlar
ko‘rsatish bilan tavsiflanadi[1].
O‘zbekistonda hunarmandchilik va xalq amaliy san’ati tarixi uzoq o‘tmishga
borib taqaladi. Bu san’at turlari qadimiy sulola davomchilari va eng yaxshi
hunarmand maktabi ustalari tomonidan avloddan-
avlodga o‘tib kelyapti.
Hunarmandchilik
–
yuridik shaxs bo‘lmagan jismoniy shax
slarning
hunarmandchilik buyurtmalari yoki tovarlari (ishlari, xizmatlari)ni ishlab
chiqarish bo‘yicha faoliyati hisoblanadi[2].
