“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
702
MINTAQADA KLASTERLAR SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA
INNOVATSION YONDASHUVLAR
Sharipova Zulayho Abdirimovna
Maʼmun universiteti NTM Iqtisodiyot kafedrasi o‘qituvchisi,
Urganch davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi
Annotatsiya.
Ushbu maqolada Xorazm viloyati mintaqasida klasterlar samaradorligini
oshirishdagi innovatsion yondashuvlar va ularning xususiyatlari yoritilgan.
Kalit so‘zlar
:
klaster, baholash, samaradorlik, innovatsion klister, kognitiv klaster.
Mintaqada klasterlar samaradorligini oshirish uchun innovatsion
yondashuvlarni ishlab chiqish klasterlarning xilma xil turlarini joriy qilish bilan
belgilanadi. Shulardan eng muhimi kognitiv va innovatsion klasterlarni joriy
qilib, ularni amalga oshirish yo‘nalishlarini mos iqtisodiyot sohalariga tadbiq
qilish lozim. Bu klaster shaklida iqtisodiyot tarmoqlarining samarali
rivojlanishini ta’minlaydi. Ya’
ni, iqtisodiyotda klaster faoliyati xususiyatlari va
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishni
mintaqaviy
boshqarish
sohasidagi
tendensiyalarni hisobga olgan holda butun tarmoq majmuasini tarkibiy
o‘zgartirish mumkin bo‘ladi.
Bu borada mintaqani ushbu sohada va butun
mintaqa
viy iqtisodiyotda sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarishga imkon
beradigan klaster shaklidan foydalanish lozim. Bunday hududiy tizim kognitiv
klaster bo‘lib hisoblanadi. Shu bois,
kognitiv klasterni mintaqaning innovatsion
salohiyatini ro‘yobga
chiqarish uchun bilimlarni yaratish va boshqarishning
ilmiy-ijtimoiy texnologiyalaridan foydalanadigan hududiy integratsiya tizimi
sifatida aniqlash mumkin [1].
Kognitiv klasterning maqsadi
aholining inson kapitalining o‘sishi tufayli
mintaqada moslashuvchan texnologik ijtimoiy-iqtisodiy makonni shakllantirish
bo‘lib sanaladi.
Kognitiv klasterning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat
bo‘ladi:
- mintaqaviy subyektlarning sifat jihatidan yangi ijtimoiy darajada
ishlashiga imkon beradigan kognitiv infratuzilmani shakllantirish;
-
kognitiv resurslarning rivojlanishini rag‘batlantirish;
-
kognitiv texnologiyalarning rivojlanishini rag‘batlantirish va ularni
qo‘llash sohalarini kengaytirish;
-
bilish texnologiyalari va ularning mahsulotlariga iste’molchilar ta
labini
shakllantirish;
- bilish texnologiyalari natijalarini eksport qilish.
Kognitiv klaster quyidagi asosiy unsurlarga asoslanadi:
- kognitiv manbalar:
a) kollektiv ong.
b) axborot.
v) innovatsiya.
- kognitiv texnologiyalar:
“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
703
a) bilim texnologiyalari.
b) ijtimoiy telekommunikatsiya texnologiyalari.
v) tabiatdan foydalanish texnologiyalari.
- kognitiv kompetensiyalar:
a) o‘z
-
o‘zini rivojlantirish.
b) ijtimoiy va ijodiy faoliyat.
v) strategik fikrlash.
Shular bilab birga, kognitiv klasterni boshqarish tamoyillari quyidagi
turlarga bo‘linadi
:
- dialogik usul. Qaror qabul qilishda demokratik boshqaruv uslubi hukmron
ko‘pchilikning fikriga asoslanadi. Jamoaviy aks ettirish asosida mintaqaning
ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini ha
l qilish yo‘nalishining yagon
a pozitsiyasi
shakllanadi.
- ochiq axborot maydoni.
Mavjud ma’lumotlar sodir bo‘layotgan
jarayonlarga tez va samarali javob berishga imkon beradi. Bu klasterning har bir
a’zosining malakasini oshiradi
va strategik fikrlashni amalga oshirishga imkon
beradi.
- faoliyatni aniqlash.
Ushbu yondashuv asosiy jihatlar bo‘yicha faoliyat
mezonlarini belgilaydigan asosiy aniqlovchilarni
ishlab chiqishni o‘z ichiga
oladi.
- tarkibning
o‘zgaruvchanligi.
U doimiy rav
ishda o‘zgarishi, rivojlanishi
hamda barcha yangi aloqalar va birlashmalarni yaratishi kerak.
Mazkur klaster tuzilmasining samarali ishlashi shartlari esa quyidagi
yo‘nalishlardan iborat bo‘ladi
:
- ijtimoiy jamiyatning moslashuvchanligi va faolligi.
- kollektiv rejalashtirish.
- yuqoridan pastga moliyalashtirish.
Fikrimizcha, Xorazm viloyatida tarmoqlararo klasterlar samaradorligini
oshirish uchun innovatsion klasterlar siyosatini ishlab chiqish lozim.
Mintaqada
innovatsion klasterni shakllantirish uchun shart-
sharoitlar zarur bo‘lib, ular
quyidagi yo‘nalishlardan iborat bo‘ladi:
-
ilmiy salohiyatning mavjudligi, ya’ni jahon darajasidagi olimlar, yirik ilmiy
markazlar, universitet va ishlab chiqarishni mavjudligi;
- ilmiy shahar
maqomida ajralib turishi mumkin bo‘lgan institutsional shart
-
sharoitlarning mavjudligi;
- rahbariyat tomonidan iqtisodiy rivojlanishning strategik ustuvor
yo‘nalishi sifatida innovatsiyalarni rivojlantirishga oid qaror qabul qilinganida
namoyon bo‘ladigan
siyosiy shartlarni mavjudligi;
-
ishlab chiqarish binolarining mavjudligi, ya’
ni mintaqa sanoatining
innovatsiya darajasi va klasterga kiritilgan alohida korxonalar majmui.
Shu bilan birga, klaster ichidagi barcha korxonalarni ishlab chiqarishning
innovat
sionligi darajasiga va pirovardida “raqobatbardoshlik qutblari”ga
erishish uch
un zarur shart sifatida muhim talablar ham paydo bo‘lishi kerak.
“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
704
Innovatsion klaster doirasida innovatsiyalarning eng yuqori samaradorligi
tamoyilini amalga oshirishga imkon beradi. Ushbu tamoyil iqtisodiy barqaror
ichki klaster tuzilishini qurishda izchil
likni ta’minlash va sanoatning boshqa
tarmoqlarini innovatsion rivojlantirishning strategik vazifalari bilan o‘zaro
bog‘liqlikda ijtimoiy
-iqtisodiy rivojlanishi muammolarini hal qilishda
moslashish mexanizmlarining mavjudligi bilan belgilanadi. Innovatsion
klasterlarni shakllantirishdan maqsad shahar, tuman va viloyat hududida
joylashgan bir xil soha korxonalarini, shuningdek, ular bilan birga joylashgan
ta’lim, ilmiy, muhandislik
, konsalting, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va
boshqa xizmatlarni yagona texnologik zanjirga birlashtirishdan iborat [2]. Shu
orqali innovatsion ishlab chiqarishni tashkil etish asosida raqobatbardosh
mahsulotlar yaratish yo‘nalishi orqali minta
qada sanoat korxonalarining
innovatsion va investitsiya faoliyati jarayonlarin
i to‘g‘ri boshqarish imkonini
beradi.
Darhaqiqat, mintaqada klasterlar samaradorligini oshirishda uning turlari
zarur bo‘lib, bugungi kunda viloyatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan
klasterlarda
innovatsion yondashuvlar qo‘llanilmoqda. Ularning yondashuvlarini
ajratilgan
yer maydoni (ga), fermer xo‘jaliklari soni, paxta ekilgan maydoni (ga), yalpi hosil
(ming tonna), hosildorlik (s/ga) va eksport hajmi (ming AQSh dollar) kabi
ko‘rsatkichlarda ko‘rishimiz mumkin
(1-jadval).
1-jadval
2021-yilda Xorazm viloyatida paxta-
to‘qimachilik klasterlarini
samaradorlik ko‘rsatkichlari
tasnifi
№
Hududlar
nomi
Korxona nomi
Ajratilgan
yer
maydoni,
ga
Fermer
xo‘jalik
-
lari soni
Paxta
ekilgan
maydoni,
ga
Yalpi
hosil,
ming
tonna
Hosil-
dorlik,
s/ga
Eksport
hajmi,
ming
AQSh
dollar
1 Bo
g‘
ot tumani
“Kobotex” MChJ
6775
86
6775
24972
36,9
7684
2 Gurlan tumani
“Gurlan global Teks”
MChJ
11600
216
11600
40967
35,3
2500
3
Qo‘shqo‘pir
tumani
“WVM Qo‘shko‘pir
Cluster” MChJ
9600
131
9600
33191
34,6
5050
4 Urganch
tumani
“Urganch Cluster”
MChJ 8900
121
8900
30832
34,6
9800
5 Hazorasp
tumani
“Hazorasp Tex” MChJ
5500
69
5500
20184
36,7
8250
6 Xonqa tumani
“Khorezm Tex” MChJ
11000
172
11000
39300
35,7
14522
7 Xiva tumani
“Khiva Cluster” MChJ
5000
101
5000
18304
36,6
4015
8 Shovot tumani
“Textile Finance
Khorezm” MChJ XK
8100
167
8100
25924
32,0
15740
9 Yangiariq
tumani
“Yangiariq Tex” MChJ
4700
146
4700
15548
33,1
3500
10 Yangibozor
tumani
“Yangi bozor textile
agro cluster” MChJ
8900
98
8900
31298
35,2
31333
11
Tuproqqal’a
tumani
"Tupr
oqqal’a textil"
MChJ
2682
162
2682
9337
34,8
7684
Jami
82757
1469
82757 264885 35,5
110078
Manba:
muallif ishlanmasi
.
“MILLIY IQTISODIYOTNI ISLOH QILISH VA BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
705
Ushbu keltirilgan 1-jadvalga asosan, Xorazm viloyatida 2021-yilda agrar
sohada jami 25 ta klaster faoliyat ko‘rsatib, ulardan 11 tasi pa
xta-
to‘qimachilik,
8 tasi g‘allachilik, 6 tasi meva
-
sabzavotchilik yo‘nalishida shakllantirilgan. Unda
keltirilgandek, viloyatda tashkil qilingan klasterlarning eng katta ulushi yoki 44
foizi paxta-
to‘qimachilik klasterlariga to‘g‘ri keladi. Ajratilgan yer
maydoni
jihatidan eng katta klaster Gurlan tumanidagi “Gurlan global Teks” klasteri bo‘lib,
uning yer maydoni 11600 gektarni tashkil qiladi. Huddi shunday Xonqa
tumanidagi "Khorezm Tex" klasteri 11000 gektar, Qo‘shko‘pir tumanidagi "WVM
Qo‘shko‘pir Cluste
r" klasteri 9600 gektar maydonda tashkil qilingan. Barcha
paxta-
to‘qimachilik klasterlari tomonidan 2021
-yilda 110 mln.AQSh dollari
hajmida mahsulotlar eksport qilingan.
Bugungi kunda viloyatda paxta-
to‘qimachilik klasterlarida chuqur
islohotlar amalga oshirilib, zamonaviy yutuqlar va innovatsiyalarni tadbiq
qilmoqda. Xususan,
mintaqada yangi innovatsion yo‘nalish sifatida kelajakda
baliqchi
lik klasterlarining tashkil etilishidir. Eronning “Beyza Feed Mill”
kompaniyasi Xorazm viloyatida baliqchilik klasteri
ni tashkil etish bo‘yicha
investitsiya loyihasini amalga oshirishni rejalashtirmoqda [3]. Xorazm viloyatida
25 mln. dollarga teng baliqchi
lik klasterini tashkil etish bo‘yicha loyihani amalga
oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Ushbu kompaniya Sheroz s
hahrida
joylashgan zavodi baliq uchun ozuqa, tayyor baliq mahsulotlari va yarim tayyor
mahsulotlar, shu jumladan ikra ishlab chiqarishni y
o‘lga qo‘yadi.
Xulosa shuki, Xorazm viloyati mintaqasida klasterlar samaradorligini
oshirishda innovatsion yondashuvla
r zarur bo‘lib, ular bevosita
kognitiv va
innovatsion klasterlarni joriy qilish shaklida har biriga mos iqtisodiyot
sohalariga tadbiq qilish lozim. Kognitiv klaster orqali aholining inson
kapitalining o‘sishi tufayli mintaqada moslashuvchan texnologik ijti
moiy-
iqtisodiy makonni shakllantirishga erishilsa-da, innovatsion klaster esa
innovatsiyalarning eng yuqori samaradorligi tamoyilini amalga oshirishga
imkon beradi. Natijada, innovatsion ishlab chiqarishni tashkil etish asosida
raqobatbardosh mahsulotlar yaratishga erishiladi. Bu holatda esa mintaqada
klasterlar samaradorligini oshirishning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish
lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar ro
‘
yxati:
1. Недосвитий Н.В. Повышение эффективности развития туристской индустрии
на основе инновационных подходов к формированию кластерной структуры в регионе.
// Вестник Томского государственного университета, 2012, Серия “Экономика”,
№4
(20). -
с.105
-112.
2. Дехканова Н.Ш. Организация инновационных кластеров в управлении
инновационно
-
инвестиционной деятельностью промышленных предприятий. //
“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy
-
elektron jurnali. №4, iyul
-avgust, 2020-yil. -
с.
179.
3. https://kapital.uz/uz/xorazmda-25-mlnlik-loyiha/
