Agroturizm sohasini rivojlanishining jahon amaliyoti tahliliga ko'ra, agroturistlar tabiat qo'ynida xavfsiz sayohatni amalga oshirish istagida bo'lgan sayyohlar hisoblanganligi sababli ular ekologik muammolar nisbatan kamroq va insonlarning atrof-muhitga salbiy ta’siri darajasi past bo'lgan hududlarga tashrif buyurishni afzal ko'radilar. Bu esa agroturizmning ekologiya va atrof-muhit bilan bevosita bog'liq ekanligidan dalolat beradi. Shu sababli ham mamlakatda agroturizmni rivojlantirishda nafaqat atrof-muhitning himoyalanganlik darajasi, balki ekologik muammolarning keskinlashuvini oldini olish talab etiladi. Mamlakatda atrof-muhit va ekologik barqarorlik sohasidagi muammolarning avj olishi agroturizm salohiyatidan foydalanish samaradorligini keskin kamaytirib, ushbu sohani rivojlantirishdagi turli ziddiyatlarni vujudga kelishiga sabab bo'ladi.
Abstract views:
Downloads:
hh-index
Citations
inLibrary — is a scientific electronic library built on the paradigm of open science (Open Science), the main tasks of which are the popularization of science and scientific activities, public quality control of scientific publications, the development of interdisciplinary research, a modern institute of scientific review, increasing the citation of Uzbek science and building a knowledge infrastructure.
CONTACTS:
Republic of Uzbekistan, Tashkent, Parkent street 51, floor 2