O’zbekiston iqtisodiyotiga islom moliyasini joriy qilish istiqbollari

Bakhtiyor Sultonov

Mamlakatning moliyaviy rivojlanganligi va iqtisodiy o'sish o'rtasida kuchli bog'liqlik mavjudligi ham aniqlangan. Xandkerning aniqlashicha, mikromoliyalash aholi jon boshiga iste’molni (nooziq-ovqat va xo'jaliklarning aktivlariga nisbatan) ko'paytirganini va va shu tariqa ishtirokchilarning qashshoqlik chegarasidan yuqori bo'lish ehtimolini oshirishini aniqladi. Agar iste'molga ushbu ta'sir uzoq muddatli davom etsa, har yili qariyb 5 foiz qarz oluvchilar o'zlarini qashshoqlikdan qutqarishlari mumkinligini tahmin qildi. Bundan tashqari, u mikromoliyaning farovonlikka ta'siri barcha uy xo'jaliklari, shu jumladan, bu jarayonda ishtirok etmaydiganlar uchun ham ijobiy ekanligini aniqladi. Mikromoliyalash Bangladesh qishloqlarida qashshoqlik umumiy qisqarishining o'rtacha 40 foiziga ta'sir ko'rsatishini aniqladi [1].

30

Abstract views:

20

Downloads:

hh-index

0

Citations