Apple kompaniyasi tarixi va rivojlanish bosqichlari

Abstract

Maqolada Apple kompaniyasi tarixi va rivojlanish bosqichlari o‘rganilgan.Jumladan, IT-mahsulotlar, telekommunikatsiya vositalari, Hi-tech kompaniyalar xususi yatlari tadqiq etilgan.

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Ergashev, A., & Shodiev, E. (2023). Apple kompaniyasi tarixi va rivojlanish bosqichlari. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(1), 98–103. https://doi.org/10.47689/.STARS.university-pp98-103
Alisher Ergashev, Stars international university

Student of group 21/B

E Shodiev, Stars international university

Scientific supervisor: PHD,.Scientific Secretary of the Scientific Council

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Maqolada Apple kompaniyasi tarixi va rivojlanish bosqichlari o‘rganilgan.Jumladan, IT-mahsulotlar, telekommunikatsiya vositalari, Hi-tech kompaniyalar xususi yatlari tadqiq etilgan.


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

98

ERGASHEV ALISHER,

Stars international university 21/B
guruh talabasi
alisherergashev777@icloud.com

ILMIY RAHBAR: PHD,
SHODIEV E.T.,

Stars international university Ilmiy
kengash ilmiy kotibi

APPLE KOMPANIYASI
TARIXI VA RIVOJLANISH
BOSQICHLARI

Annotatsiya:

Maqolada Apple kompaniyasi tarixi va rivojlanish bosqichlari o‘rganilgan.

Jumladan, IT-mahsulotlar, telekommunikatsiya vositalari, Hi-tech kompaniyalar xususi-
yatlari tadqiq etilgan.

Kalit so‘zlar:

Apple kompaniyasi, IT-mahsulotlar, telekommunikatsiya vositalari, Hi-te-

ch kompaniyalar.

KIRISH

Apple kompaniyasiga 1976-yil 1-aprelda Stiven Pol Jobs, Stiven Gari Voznyak va

Ronald Gerald Ueynlar tomonidan asos solingan.

Apple birinchi 30 yil ichida Apple Computer Inc. deb nomlandi. Keyinchalik u

2007-yil 9-yanvar kuni Apple Inc. deb o‘zgartirildi. Kompyuter so‘zi uning elektron
bozorini kengaytirish uchun olib tashlangan.2009 yilda Apple sotgan har bir iPhone
uchun 625 dollar foyda ko‘rgan va ularning soni 40 millionga yetdi.

Dunyo bo‘ylab Apple uchun 80 000dan ortiq xodimlar ishlaydi.
Kuniga 340 000 iPhone sotiladi. 2012 yilda Apple eng ko‘p telefon sotgan yil hi-

soblanadi.

Apple daromadi daqiqasiga 300 000 AQSh dollariga teng.
Stiv Jobs buddist hisoblanadi.
“Dulcimer” – iPod uchun kod nomidir.
Stiv Jobs Apple kompaniyasining har bir xodimiga bepul iPhone sovg‘a qiladi.
Apple barcha mahsulotlarini havo orqali yetkazib beradi. Cathay Pacific kompani-

yasining eng katta yuk mijozi bu Appledir.

1997-yilda Bill Geyts Appleni inqirozdan saqlash uchun 150 million dollar sarmoya

kiritgan.

Apple kompaniyasi ishlab chiqargan texnikalar oldida chekish mumkin emas,

chunki uning kafolatiga putur yetishi mumkin.

Menimcha, Apple kompaniyasini hamma tanisa kerak. Apple kompaniyasini esla-

ganimizda, birinchi navbatda, tishlangan olma xayolimizga keladi. Nimaga bunaqa
logo ishlatilganligi hali-hanuz jumboq, lekin bu logoni yasagan dizaynerning aytis-

https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp98-103


background image

STARS International University

99

hicha, olmaning tishlanganligining sababi u pomidorga o‘xshab qolmasligi uchun
ekan.

2001-yil Apple musiqa tinglash uchun mo‘ljallangan iTunes programmasini chiqar-

di. O‘sha yili portativ musiqa pleyeri iPod sotuvga chiqarildi. Bu mahsulot butun
dunyo bo‘yicha xaridorlarga manzur bo‘ldi. Bu muvaffaqiyatdan keyin iTunes mu-
siqa sotib olish sayti ochildi. 2003-yil aprelda ochilgan bu saytdan shu kungacha 10
milliarddan oshiq kuy ko‘chirib olindi. 2007-yil ko‘p funksiyali iPhone telefoni, 2010
yil esa iPad planshet kompyuteri sotuvga chiqarildi. Bu ikkala mahsulotlar ishlab
chiqilishini va ommaga tanitishni Jobsning shaxsan o‘zi faol olib borgan.

Apple kompaniyasi brendi haqida

Apple kompaniyasi eng qimmat brendlarning karvonboshchisi hisoblanadi. Hozir-

gi kunda Apple kompaniyasining brendi narxi 263.38 mlrd. dollar hisoblanadi.

“Apple-1” kompyuteri 666,66 dollarga sotildi.
Dunyodagi eng ko‘p suratga olingan diqqatga sazovor joy – Manxettenning Bes-

hinchi avenyusida joylashgan “Apple Store”.

Apple birinchi marta 1989 yilda boshlangan Microsoft bozor kapitallashuvi muso-

baqasida 2010 yilda g‘olib chiqqan.

Apple kompaniyasining birinchi onlayn-do‘koni 1997-yil 10-noyabrda ochilgan.
Apple kompaniyasining eng birinchi chakana savdo do‘konlari Kaliforniya va Vir-

jiniyada bo‘lgan.

Apple Campus 1993-yilda qurilgan. Ushbu shtab-kvartirada umumiy maydoni 850

ming kvadrat metr bo‘lgan oltita bino mavjud.

Koronavirus pandemiyasi Apple kompaniyasining moliyaviy holatiga salbiy ta’sir

ko‘rsatmadi. Kompaniya daromadlari 2020 moliya yilining to‘rtinchi choragida re-
kord darajada o‘sgan.

Joriy yilning 26 sentyabrida yakunlangan uch oylik natijalarga ko‘ra, kompaniya-

ning daromadi 64,7 milliard dollarni tashkil etgan. Ya’ni 2019 moliya yilining shu dav-
riga nisbatan o‘sish qayd etilgan. O‘shanda kompaniya daromadi 64 milliard dollarni
tashkil etgan.

Shu bilan birga, kompaniyaning bosh ofisi joylashgan Kupertinoda sof foyda biroz

pasaygan. Ya’ni sof foyda bir yil oldingi 13,7 milliard dollardan 12,6 milliard dollarga
tushgan.

Butun 2020 moliya yilida esa Apple daromadi 274,5 milliard dollarga yetgan.

O‘tgan yilgi daromad esa 260,2 milliard dollarga teng bo‘lgan.

Apple kompaniyasining 2021-yilning oktyabrdan dekabrigacha bo‘lgan chorakda-

gi daromadi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 11%ga o‘sib, $123,9 mlrd. ni, foydasi
esa 25% ga o‘sib, $34,6 mlrd.ni tashkil qildi.

iPhone daromadi esa 9% ga o‘sib, $71,63 mlrd.ni tashkil etdi. Xizmatlardan tushgan

daromad (Apple TV+, Apple Music va boshqalar) 24% ga o‘sib, $19,52 mlrd.ga yetdi.

Shuningdek, Mac daromadi ham yiliga 25% ga oshib, $10,85 mlrd.ni tashkil etdi,

Apple Watch, Airpods, maishiy texnika va boshqalar 13% ga o‘sib, $14,7 mlrd. daro-
mad olindi.

Apple daqiqasiga 691,2 ming dollar daromad ko‘radi.
Applening ustunligi: iPhone smartfonlari eng ko‘p sotilgan telefonlar reytingida

birinchi o‘rinni egalladi.


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

100

iPhone smartfonlarining 5 ta modeli 2022-yil aprel oyida eng ko‘p sotilgan

o‘ntalikdan o‘rin oldi. E’tiborlisi shundaki, 5 ta modeldan 4 tasi birinchi qator-
larda joylashgan. iPhone 13 butun bozorning 5,5 foizini egallab, eng ko‘p so-
tilgan mahsulotga aylandi. Apple iPhone 13 Pro Max 3,4% savdo bilan ikkinc-
hi o‘rinni egalladi. Uchinchi o‘rinda iPhone 13 Pro 1,8% ulush bilan, iPhone 12 esa
1,6% ulush bilan to‘rtinchi o‘rinda turibdi.

Amerikaning

Beyond Identity

xavfsizlik kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan

so‘rov natijalariga ko‘ra, Android smartfon egalarining 49 foizi xavfsizlik nuqtayi na-
zaridan Apple gadjetlarining ustunligi tufayli iPhonega o‘tishni rejalashtirishmoqda.

Qayd etilishicha, iPhone foydalanuvchilarining 76 foizi iOS bilan o‘zlarini xavfsiz-

roq his qiladilar. Android foydalanuvchilarining 74 foizi ham xuddi shunday fikrda.

Ayniqsa, iPhone 13 foydalanuvchilari hozirgi gadjetlarini shu paytga qadar ishlat-

gan smartfonlari orasida eng xavfsizi deya e’tirof etishmoqda.

Apple kompaniyasining ish jarayoni haqida

Apple kompaniyasida qonuniy ishlaydigan har xil soha vakillari mavjud: sport fo-

tograflari, hujjatli kino rejissyorlari, hamshira, ssenariy mualliflari, fizik-teorik va bos-
hqalar.

Apple ishchilari uchun yagona bepul yegulik olma hisoblanadi.
Apple kompaniyasida ish jarayoni qat’iy belgilanmagan va rasmiy ko‘rinishga ega

emas, bu degani har xil rasmiy majlislar kamdan kam o‘tkaziladi deganidir.

Kompaniya ishchilari uchun statistika katta ahamiyatga ega, u yerda katta oq

doska mavjud bo‘lib, statistik ma’lumotlar doimiy ravishda o‘zgarib turadi.

Apple kompaniyasida birinchi ish kunini boshlagan ishchilar kompaniya tomoni-

dan berilgan Apple logotipiga ega futbolka kiyib yurishlari shart.

Ko‘p yangi ishchilar, asosan, o‘ylab topilgan, kerak bo‘lmagan loyihalar ustida ish-

lashadi. Bu haqida ular vazifani topshirish davomida bilib qolishadi. Bu orqali ish be-
ruvchilar yangi ishchilarning dunyoqarashi, fikrlashi va, albatta, sabrini sinab olishar
ekan.

iPhone debyuti Macworld konferensiyasida 2007-yilda o‘tkaziladi, bungacha esa

Kupertinodagi Apple bosh qarorgohida maxfiy loyiha bo‘lib o‘tadi. Telefon ustidagi
ishlar rasman 2004 yil so‘ngida boshlangan va yuzlab xodimlar kompaniya uchun
misli ko‘rilmagan maxfiylik sharoitida ish olib borishadi – ofislarning bir qismi hattoki
qaytadan rejalashtiriladi.

Apple jamoasi ish olib borayotgan qavat videokuzatuv ostida edi va u yerga kirish

maxsus ruxsatnomalar orqali amalga oshirilardi. U “Binafsharang yotoq” deb atalar-
di, uning devorlariga esa 2012-yil Forsall sud jarayonida aytib o‘tganidek, “Jangarilar
klubi” kitobidan ushbu iqtiboslar bitilgandi: “Binafsharang” loyihaning birinchi qoi-
dasi shuki, bu yerda ko‘rgan narsalaringizni eshikdan tashqarida tilga olmaysiz”.

Kompaniya ishini ko‘p yillar davomida yoritgan jurnalist Fred Fogelshteyn Apple

va Googlening smartfonlar olamida yetakchilikni qo‘lga olish uchun poygasi haqida
kitob yozadi. Uning aytishicha, Jobs yangi telefon haqidagi ma’lumotlar sizib ketis-
hining oldini olishni o‘ta muhim deb hisoblagan.

Uning hikoya qilishicha: “Siz dushanba kuni ishga kelganingizda hamma

narsa o‘zgarganiga guvoh bo‘lishingiz mumkin. Dam olish kunlarida ishchilar


background image

STARS International University

101

ofis rejalashtirilishini o‘zgartirishgan, sizga esa hech kim hech narsa demagan
bo‘lardi”.

Xodimlar hamkasblari va hattoki oila a’zolariga ham nima ustida ish olib borisha-

yotganini ayta olishmasdi. Qayta-qayta ishlanmalar, murakkab sharoitdagi mehnat
xodimlarning asabiga ta’sir o‘tkaza boshlagan. Kunlarning birida farzandlarini kim
eng uzoq ko‘rmagani ustida bahs boshlangach, menejerlardan biri jahl bilan eshikni
shunday yopib chiqib ketadiki, uning qulfi buzilib qoladi. Usta chaqirishning imkoni
bo‘lmaydi va Forstal, Grinon va boshqalar navbati bilan eshikni po‘latdan tayyorlan-
gan beysbol tayog‘i bilan urib sindirishga harakat qilishadi.

Grinon shunday eslaydi: “Ha, mana shu voqea o‘shanda nimalarni his qilganimizni

yaxshigina tasvirlab bera olsa kerak. Bolalarini uzoq vaqtdan beri ko‘rmagan, turli
bo‘limlardan kelgan insonlar tayoq bilan eshikka chunonam zarba berishardiki... Ta-
savvur qilyapsizmi?”.

Bir necha muvaffaqiyatsiz prototiplari yaratilmaganida bugun biz bilgan iPhone

dunyo yuzini ko‘rmagan bo‘larmidi?

“iPod chambaragini eslaysizmi? O‘qish, pauza, keyingi qo‘shiq, oldingi qo‘shiqqa

o‘tkazuvchi qurilma. “Endi esa raqam va harflardan iborat shunday chambarakni
tasavvur qiling – matnli xabarlarni ham diskli telefonni aylantirgandek terish kerak
edi. Bu nihoyatda rasvo edi, chindan ham bo‘lmag‘ur ish edi, lekin u bizning dastlabki
urinishimiz bo‘lgan”.

Applening sobiq katta vitse-prezidenti Toni Fadellning so‘zlariga ko‘ra, SIM-karta

uchun bo‘lmadan ham imkon qadar qutilishga harakat qilishgan. Dastlabki namuna-
larda shisha o‘rniga ekranlar plastik qoplamali bo‘lgan. Ekran sirtidagi ramka borasi-
da ham tortishuvlar bo‘lib o‘tgan, jamoalardan biri esa operatsion tizimini Mac OS X
emas, Linux asosida yaratishni taklif etgan.

iPhoneda klaviaturaning yo‘qligi Applening eng ziddiyatli, alal-oqibatda esa mu-

vaffaqiyatli yechimlaridan biri bo‘lgan. Grinonning eslashicha, qaysi bir davrda ja-
moa yupqa membranali, bosish lozim bo‘lgan kvadratsimon klavishlarni ham sinov-
dan o‘tkazgan.

Fadell shunday deydi: “Klaviatura apparatli yoki dasturiy bo‘lishi kerakmi? Bu eng

muhim qaror bo‘lgan. Albatta, dasturiy klaviatura apparatliligi bilan bahslasha ol-
masdi, lekin unda yana bir necha afzalliklar bor edi”.

Uch yil ichida loyiha bir necha bor boshi berk ko‘chaga kirib qolgan. Grinon shun-

day eslaydi: “Bu qo‘rqinchli tush edi. Halokat! Bir necha bor biz shunchaki ishlaydi-
gan mahsulot yarata olmaganmiz”.

Natijada iPhone mutlaqo yangi qurilma sifatida namoyon bo‘lgan – protsessori-

dan tortib, operatsion tizimiga qadar. Kiritish usuli ham yangi bo‘lgan, shu sababli
barcha ilovalarni ham noldan boshlab yasashgan.

Grinon shunday deydi: “Menga bu ishni uddalaganimiz hanuzgacha mo‘jiza bo‘lib

tuyuladi. Chunki bir necha bor paydo bo‘lgan muammoni qanday hal qilishni bil-
may boshimizni changallab qolganmiz, chunki hech kimda kerakli tajriba bo‘lmagan,
Appleda esa ahmoqlar ishlamasdi”.

Muammolar faqat texnik emasdi. iPhone 4 baridan topib olingan mashhur voqe-

adan oldin Fadell Germaniyaga uchayotgan samolyot bortida ilk iPhone prototipini
yo‘qotib qo‘yadi. U izlanayotgan qurilma, aslida, nima ekanligini aytmasdan, odam-
lardan yordam so‘raydi:


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

102

“Qora, to‘rtburchak narsa. Bir tomoni shishali, orqasi plastik. O‘yin qartasi koloda-

sidan sal kattaroq. Iltimos, uni topishda yordam beringlar, menga juda zarur”.

Nihoyat, telefon o‘rindiq yostiqchalari orasidan topiladi.
So‘ngra sahnada taqdimot o‘tkaziladi, unda ham vaziyat istalgan daqiqada izdan

chiqib ketishi mumkinligidan, jamoa zaxirada bir nechta tayyor telefonlarni qo‘llarida
ushlab turishgan, biroq hammasi xamirdan qil sug‘urgandek o‘tadi va shu daqiqadan
boshlab iPhone haqida butun dunyo bilib oladi.

Grinon shunday deydi: “Bu mening eng yomon professional tajribam bo‘lgan, bir

vaqtning o‘zida u eng yaxshisi va ehtimol, men erishgan eng yuksak natija ham bo‘l-
sa kerak”.

iPhonening Android telefonlaridan eng katta ustunligi uning ulkan app ekotizimi-

dir. Devayslar ichida birinchi haqiqiy App Store egasi iPhone bo‘lib, natijada deve-
loperlar birinchi aynan unga moslab dastur tuzishadi. Misol uchun, Instagram iPho-
neda anchadan beri mavjud bo‘lib kelgan bo‘lsa, Facebook o‘z dasturini Androidda
yangilash(Upgrade)dan avval iPhoneda qayta dizayn yaratdi. Applening rasmiy ba-
yonotida so‘nggi bor App Storeda ilovalar soni 700,000 dan oshgan.

Bu ham yetmagandek, iPhone Twitter va Facebook bilan chuqur integratsiya (bir-

lashuv)ga ega, oqibatda platformaning o‘zidan turib status yangiliklari kiritish mum-
kin. Appni chuqur kastomizatsiya(moslashtirish) qilish shart emas.

Bundan tashqari, Apple o‘ziga xos iPhonega ixtisoslashgan dasturlar, masalan,

Passbook kabilarga ega. Hozirda cheklangan xizmatga qaramay ushbu dastur har
xil qo‘shimcha bilet, savdo chegirmalari (gift certificate)ni tartiblash imkonini beradi.

Eng muhimi esa, foydalanuvchi tajribasi (user experience) qulflangan. Bu degani

– telefoningizning ichki ishlash va ko‘rinishini ko‘nglingiz tusagancha o‘zgartirolmay-
siz degani, masalan, klaviatura. Lekin texnologiyaga uncha “mukkasidan ketmagan-
lar”ga yoki kastomizasiya shaydosi bo‘lmaganlarga bu ayni muddao bo‘lishi ham
mumkin.

Facebook hamda Twitter bilan chuqurroq birlashuv, ya’ni yangiliklarni kiritish va

ijtimoiy sahifalarda bo‘lishish iOSda Androiddan ko‘ra osonroq.

Nisbatan yaxshiroq shaxsiyat muhofazasi: iOS foydalanuvchining kontakt va joy-

lashuvini talab etuvchi dasturlar ustidan yaxshiroq nazorat o‘rnatgan.

2007-yili esa kompaniyaning eng mashhur taqdimotida revolyutsion Iphone

smartfonini namoyish etadi. Ushbu qurilma barcha smartfonlar, aslida, qanday bo‘lis-
hi kerakligini belgilaydi. Aynan shu yili kompaniyaning Imac, iPod Touch, Apple TV
kabi mahsulotlari bozorda paydo bo‘ldi.

2008-yili kompaniya o‘zining Appstore ilovalar do‘konini ishga tushirdi. Shuning-

dek, Macbook Air noutbuki va Iphone 3G smartfonini 2009-yilda namoyish etdi.
2010-yili kompaniya o‘zining iPad nomli birinchi plansheti va Iphone 4 ni taqdim
etadi.

2011-yil Stive o‘z o‘rnini Tim Kukga bo‘shatdi. Aynan shu yili Apple kapitalizatsiya-

si 662.09mlrd. dollarga yetib, ilk bor eng qimmat kompaniyaga aylandi. Shuningdek,
kompaniyaning yangilangan Iphone4s smartfoni ham bozorda paydo bo‘ldi. 2011
yilning 5 oktyabrida esa 56 yoshli kompaniya asoschisi Stive Jobs dunyodan ko‘z
yumdi.

2012-yil kompaniya uchun omadli keldi. Aynan shu yili kompaniya Iphone 5, Reti-

na ekranli Macbook Pro, iPod Touch 5g musiqiy pleyeri va yangilangan Imac quril-


background image

STARS International University

103

malarini namoyish etishga muvaffaq bo‘ldi. Bir yildan so‘ng esa kompaniya ilk bar-
moq izi skaneriga ega Iphone 5S va nisbatan arzon hisoblangan 5c smartfonlarini
namoyish etdi.

2014-yili katta mashhurlikka erishgan Iphone 6 va 6 Plus smartfonlari, 2015 yili

esa 6s, 6s Plus smartfonlari namoyish etildi. 2016 yili kompaniyaning Iphone 5 ni
eslatuvchi SE nomli smartfoni va 7-avlod smartfonlari bozorda paydo bo‘ldi.

2017-yili Iphone smartfoni chiqarilganiga 10 yil to‘ldi. Shu munosabat bilan Apple

o‘zining Iphone X nomli smartfonini taqdim etdi. Smartfon qirqilgan ingichka ramkali
yangicha inson yuzini tanuvchi Face-ID nomli tizimga asoslangan revolyutsion quril-
ma bo‘ldi. Shuningdek, navbatdagi Iphone 8 va 8 Plus ham aynan shu yili namoyish
etildi.

2018-yilning 12 sentyabr kuni Apple o‘zining navbatdagi taqdimotini o‘tkazdi.

Taqdimotda 3ta iPhone XS / iPhone XS Max, nisbatan arzon iPhone XR smarfonlari
va Apple Watch series 4 smart soati ommaga taqdim etildi.

2019-yilning 10 sentyabrida esa Iphonening 11 avlod smartfonlari 11, 11 Pro va 11 Pro

max insonlarga taqdim etildi.

2020-yilning boshida insonlar karantinda niqoblar orqali FaceID tizimi yaxshi ish-

lamayotganidan norozilik bildira boshlashdi. Bundan foydalangan kompaniya Ipho-
ne 8 takrorlovchi barmoq izi skaneriga ega Yangi Iphone smartfonini namoyish etdi.
Shuningdek, yil so‘ngiga qadar m1chipiga asoslangan Macbook, Ipad Air4 planshet-
lari va Iphonening 12 avlod barcha smartfonlarini taqdim etdi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

2021-yilning aprel oyida ham Apple o‘zining yangi taqdimotini o‘tkazdi. Taqdi-

motda kompaniya yangilangan Imac m1chiga asoslangan Ipad Pro yangicha siyoh
rangli Iphone 12 va kichik buyumlarni qidirishga ixtisoslashgan Airtag kabi qurilma-
larni namoyish etdi. Kompaniyaning navbatdagi taqdimoti shu yilning sentyabr oyi-
da o‘tkazilishi kutilmoqda. Taqdimotda Iphone 13 avlod smartfonlari va boshqa qu-
rilmalar namoyish etiladi.

Shuningdek, kelajakda kompaniya elektromobillar ishlab chiqarishni rejalashti-

rayotganini aytib o‘tdi. Bu borada taniqli Tesla kompaniyasi bilan hamkorlik ishlari
boshlab yuborilgan.

Ayni vaqtda kompaniyaning kapitalizatsiyasi 2.19 trln. dollarni tashkil etib, 147.000

dan ortiq kishini ish bilan ta’minlamoqda.

Foydalanılgan adabıyotlar ro‘yxatı:

1. Apple kompaniyasi haqida qiziqarli ma’lumotlar. https://zamin.uz/uz/ texno-

logiya/63718-apple-kompaniyasi-haqida-qiziqarli-malumotlar.html.

2. Apple haqida siz bilgan va bilmagan 14 fakt. https://www.terabayt.uz /uz/

post/apple-haqida-siz-bilgan-va-bilmagan-14-fakt.

Apple: kompaniyaning boshlanishidan hozirgi kungacha rivojlanish bosqichlari.

https://www.biznesrivoj.uz/articles/apple-kompaniyaning-boshlanishidan-hozir-
gi-kungacha-rivojlanish-bosqichlari.

References

Apple kompaniyasi haqida qiziqarli ma’lumotlar. https://zamin.uz/uz/ texnologiya/63718-apple-kompaniyasi-haqida-qiziqarli malumotlar.html.

Apple haqida siz bilgan va bilmagan 14 fakt. https://www.terabayt.uz /uz/post/apple-haqida-siz-bilgan-va-bilmagan-14-fakt.

Apple: kompaniyaning boshlanishidan hozirgi kungacha rivojlanish bosqichlari. https://www.biznesrivoj.uz/articles/apple kompaniyaning boshlanishidan-hozirgi kungacha rivojlanish bosqichlari.