Iqtisodiyotni raqamlashtirish koʻrsatkichlari

CC BY f
88-97
15
14
Поделиться
Махмудова, Г. (2023). Iqtisodiyotni raqamlashtirish koʻrsatkichlari. Направления развития благоприятной бизнес-среды в условиях цифровизации экономики, 1(4), 88–97. https://doi.org/10.47689/TSUE2022-pp88-97
Гульджахан Махмудова, Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека

доктор экономических наук, доцент

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada axborot texnologiyalari va jamiyat axborotlashishining rivojlanishi tobora yangidan yangi vazifalarni qoʻyayotganligi va ushbu vazifalar AKTdan foydalanish yoʻnalishlarining ustuvor darajasiga erishish, foydalanuvchilar layoqatliligini oshirish, Internet va raqamli xizmatlardan samarali foydalanishga qaratilganligi yoritilgan. Mazkur vazifalarning aksariyati xalqaro tajribadan foydalangan holda hal etilishi mumkin. Jahondagi mamlakatlarda ahborotlashgan jamiyat rivojlanish darajasini baholash koʻrsatkichlarini tizimlashtirish 2000 yillardan shakllana boshladi. Hozirgi kunda mamlakatlar reytingi bir qator indekslar (Networked Readiness Index, NRI; Digital Evolution Index, DEI; IMD World Digital Competitiveness, WDC; Global ICT Development Index, IDI; Digital Economy and Society Index, DESI) orqali namoyon boʻladi.


background image

Иқтисодиётни рақамлаштириш

шароитида қулай ишбилармонлик

муҳитини ривожлантириш йўналишлари

88

IQTISODIYOTNI RAQAMLASHTIRISH KOʻRSATKICHLARI

Maxmudova Guljaxon Nematdjonovna,

iqtisod fanlari doktori (DSc.), dotsent Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston

Milliy universiteti Oʻzbekiston, Toshkent

Annotatsiya.

Ushbu maqolada axborot texnologiyalari va jamiyat

axborotlashishining rivojlanishi tobora yangidan

yangi vazifalarni qoʻyayotganligi

va

ushbu vazifalar AKTdan foydalanish yoʻnalishlarining ustuvor darajasiga

erishish, foydalanuvchilar layoqatliligini oshirish, Internet va raqamli xizmatlardan

samarali foydalanishga qaratilganligi yoritilgan. Mazkur vazifalarning aksariyati

xalqaro tajribadan foydalangan holda hal etilishi mumkin. Jahondagi

mamlakatlarda ahborotlashgan jamiyat rivojlanish darajasini baholash

koʻrsatkichlarini tizimlashtirish 2000 yillardan shakllana boshladi. Hozirgi kunda

mamlakatlar reytingi bir qator indekslar (Networked Readiness Index, NRI; Digital

Evolution Index, DEI; IMD World Digital Competitiveness, WDC; Global ICT

Development Index, IDI; Digital Economy and Society Index, DESI) orqali namoyon

boʻladi.

Kalit so‘zlar:

raqamlashtirish, innovatsiyalar, axborot texnologiyalari,

raqamli xizmatlar

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antonio Guterres a’zo davlatlar

va boshqa manfaatdor tomonlarni 2020-yilni

“insonlar va sayyoralar manfaati

uchun harakat va uni amalga oshirish o

ʻn yilligi” sifatida boshlashga chaqirib,

sababi 2030- yilgacha barqaror rivojlanishga erishish uchun qisqa vaqt

qolganligini ta’kidladi. Butun dunyo boʻylab raqamli hukumatning rivojlanishini

Birlashgan Millatlar Tashkiloti 193 ta a’zo davlatlarning kuchl

i va zaif

tomonlarini, muammo va imkoniyatlarini, shuningdek, siyosat va strategiyalar

toʻgʻrisidagi axborotlarni aniqlash orqali baholaydi. Olib borilgan tadqiqotlar

mamlakatlarning barcha uchun samarali, hisobdor va inklyuziv raqamli

xizmatlarni taqdim e

tish hamda “hech kimni ortda qoldirmaslik” tamoyilini

bajarish orqali raqamli boʻlinishlarni bartaraf etish borasidagi sa’y

-harakatlarini

qoʻllab

-quvvatlaydi.

1

2001-yilda tashkil

etilgan Birlashgan

Millatlar

Tashkilotining Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar b

oʻyicha departamenti tomonidan

e’lon qilinadigan koʻrsatkichlar raqamli texnologiyalar vazirlari, siyosatchilar va

tahlilchilar, elektron hukumat boʻyicha qiyosiy tahlil va zamonaviy tadqiqotlarni

oʻrganish uchun reytingni aniqlash, xaritalash va oʻlchashning tengi yoʻq

vositasiga aylandi. Ushbu tadqiqotning boshlanishi KOVID-19 pandemiyasining

1

Махмудова Г.Н., Разакова Б.C

Развитие цифровой экосистемы в Узбекистане на основе платформенной

концепции

//

Экосистемы В Цифровой Экономике: Драйверы Устойчивого Развития Издательство:

ПОЛИТЕХ

-

ПРЕСС Монография под ред. д.э.н., профессора А.В.Бабкина

г.Санкт Петербург, 2021 г. Стр 28

-53.


background image

Иқтисодиётни рақамлаштириш

шароитида қулай ишбилармонлик

муҳитини ривожлантириш йўналишлари

89

misli koʻrilmagan tahlikali davrida roʻy bermoqda. Pandemiya elektron

hukumatning an’anaviy raqamli xizmatlarni yetkazib berishdagi va inqirozni

boshqarishdagi yangi

innovatsion sa’y

-

harakatlardagi rolini faollashtirgan boʻlsa

-

da, ayniqsa, eng kambagʻal va eng zaif aholi guruhlari orasida qiyinchiliklarni va

raqamli tabaqalanishuvning koʻplab shakllarini yaqqol koʻrsatib berdi.

2

1-rasm. BMTning KOVID-19 pandemiyasi davrida raqamlashtirish

koʻrsatkichlari

boʻyicha tadqiqoti

BMTning “Elektron hukumat kuzatuvi 2020”da

“Ochiq davlat

ma’lumotlari indeksi”

(Open Government Data Index OGDI)

boʻyicha

Oʻzbekiston

eng yuqori

(Very High OGD

I) koʻrsatkichiga ega boʻlgan jahonning

41 ta mamlakati

orasidan joy oldi. Jami ushbu indeksda

193 ta mamlakat

baholangan hamda Oʻzbekiston eng yuqori ball toʻplay olgan (

1-jadval

).

3

“Elektron hukumat kuzatuvi”

Birlashgan Millatlar Tashkilotining

Iqtisodiy va

ijtimoiy ishlar departamenti tomonidan har ikki yilda bir marta e’lon

qilinadi. Bu BMTga a’zo barcha davlatlarning elektron hukumatining rivojlanish

darajasini baholaydigan

yagona global hisobotdir.

2

Махмудова Г.Н., Разакова Б.C

Практическое значение цифровой платформы единого портала

интерактивных государственных услуг

//

Индустрия 5.0, цифровая экономика и интеллектуальные

экосистемы

(ЭКОПРОМ

-2021)

Сборник трудов научно

-

практической конференции зарубежным участием

18-

20 ноября 2021 года. г.Санкт Петербург С.

169-172, ISBN: 978-5-7422-7504-6

3

https://publicadministration.un.org/egovkb/Portals/egovkb/Documents/un/2020-

Survey/2020%20UN%20E-Government%20Survey%20(Full%20Report).pdf


background image

Иқтисодиётни рақамлаштириш

шароитида қулай ишбилармонлик

муҳитини ривожлантириш йўналишлари

90

1-jadval

Ochiq davlat ma’lumotlari indeksi bo

ʻ

yicha mamlakatlar reytingi

Digital Economy and Society Index (DESI)

Yevropada raqamli ishlab

chiqarishni umumlashtiruvchi tarkibiy koʻrsatkich hisoblanadi va Yevropa

Ittifoqiga a’zo mamlakatlarning raqamli raqobatbardoshlik sohasidagi

evolyutsiyasini

kuzatish imkonini yaratadi. DESI boʻyicha Finlyandiya, Shvetsiya,

Daniya va Niderlandiya yetakchi mamlakatlar hisoblanadi. Ushbu koʻrsatkich oʻz

ichiga zamonaviy iqtisodiyot rivojlanishining yirik 5 ta yoʻnalishini qamrab oladi:

Internetga chiqish, inson kapitali, internet xizmatlaridan foydalanish darajasi,
raqamli texnologiyalarga integrasiya, ommaviy raqamli xizmatlar. (2-rasm)


background image

Иқтисодиётни рақамлаштириш

шароитида қулай ишбилармонлик

муҳитини ривожлантириш йўналишлари

91

2-rasm. The Digital Economy and Society Index (DESI) DESI 2020

Networked Readiness Index, NRI

Tarmoqlashgan jamiyatga tayyorlik indeksi (NRI) mamlakatlarning

axborot-

kommunikatsiya texnologiyalari(AKT)dan foydalanishga boʻlgan

moyilligini oʻlchaydi. U INSEAD bilan hamkorlikda tayyorlanib, yillik Axborot

texnologiyalari boʻyicha global hisobot (GITR

) doirasida nashr etiladi. Hisobot

AKT milliy iqtisodiyotlarning raqobatbardoshligi va farovonligiga qanday ta’sir

koʻrsatishini eng obroʻli va keng qamrovli baholash sifatida qaraladi.

Tarmoqlashgan jamiyatga tayyorlik indeksi (NRI) birinchi marta

2002-yilda nashr etilgan va AKTning jamiyat va mamlakatlar rivojlanishiga har

tomonlama ta’sirini baholash uchun yaxlit asos yaratgan. 2016

-yilgacha NRI

Jahon iqtisodiy forumi (WEF), Kornel universiteti va INSEAD tomonidan nashr

etilgan global axborot texnologi

yalari toʻgʻrisidagi hisobotning (GITR) bir qismi

edi. Jahon Iqtisodiy Forumi doirasida “Texnologiyalarga tayyorlik” deb

nomlanadigan Tarmoqlashgan jamiyatga tayyorlik indeksi (NRI) “Axborot

texnologiyalari boʻyicha global hisobot” (GITR) qismi sifatida na

shr qilindi.

2019-

yilda ba’zi ichki qayta tashkil etish va ustuvorliklarning oʻzgarishi

sababli WEF NRI mahsulotini oʻzining dastlabki muharrirlari Soumitra Dutta va

Bruno Lanvinlarga topshirdi. Bu NRI doirasini qayta koʻrib chiqish va kelajakda

tayyor holga keltirish uchun ajoyib imkoniyat yaratdi. Ushbu imkoniyat doirasida

muharrirlar indeks nomini Tarmoqqa tayyorlik indeksidan tarmoqning tayyorligi

indeksiga oʻzgartirdilar (

Networked

Readiness Index to

Network

Readiness

Index.) 2019-yildaginashrida NRI t

oʻrtta ustunni oʻz ichiga olgan: Texnologiya,

Aholi, Boshqaruv va Ta’sir. NRI 2019 yilda Soumitra Dutta, Bruno Lanvin va

Karolina Rossinilar tomonidan birgalikda yaratilib, Portulans instituti tomonidan

nashr etildi. NRI toʻptta sub

-

indekslarni oʻz ichiga

oladi (2.8-rasm).


background image

Иқтисодиётни рақамлаштириш

шароитида қулай ишбилармонлик

муҳитини ривожлантириш йўналишлари

92

3-rasm. NRI sub-indekslari.

Indeks dastlab Garvard universitetining Xalqaro taraqqiyot markazida

2002-yilgacha ishlagan Axborot texnologiyalari guruhi tomonidan ishlab

chiqilgan. Ushbu guruh AKTning millatlar raqobatdoshligiga

ta’sirini yaxshiroq

tushunishga intiladi va NRIni uchta tarkibiy qismga ajratadi:

ma’lum bir mamlakat yoki jamiyat tomonidan taklif qilinadigan AKT

uchun muhit (bozor, siyosiy, tartibga soluvchi va infratuzilma muhiti);

mamlakatning asosiy manfaatdor tomonlarining (shaxslar, korxonalar va

hukumatlar) AKTdan foydalanishga tayyorligi;

ushbu manfaatdor tomonlar orasida AKTdan foydalanish. (4-rasm.)


background image

Иқтисодиётни рақамлаштириш

шароитида қулай ишбилармонлик

муҳитини ривожлантириш йўналишлари

93

4-rasm. NRI tarkibiy qismlari.

2019-yilda tarmoqning tayyorligi indeksi 121 ta mamlakat iqtisodiyotini

qamrab oldi. NRI-

2019 uchun jami 62 ta koʻrsatkich aniqlandi. Ushbu

koʻrsatkichlardan 40 tasi aniq / miqdoriy ma’lumotlar, 12 tasi indeks / tarkibiy

koʻrsatkichlar va 10 tasi soʻrov / sifat ma’lumotlaridir.

4

Yangilangan NRI-2019 yaxshilangan tuzilishga ega

boʻlib, u indeks uchun

ishlatilgan eng soʻnggi modelga kiritilmagan bir nechta xususiyatlarni oʻz ichiga

oladi. Shu sababli 2019-yil natijalarini avvalgi nashrlarning reytinglari bilan

taqqoslab boʻlmaydi. Shunga qaramay, NRIning fundamental asosi oʻzgaris

hsiz

qolmoqda va NRI-2019 reytinglari NRI-2016 natijalari bilan muayyan

oʻxshashliklarga egadir. Darhaqiqat, 2019 yil reytingidagi eng yaxshi

-10

mamlakatning sakkiztasi NRI-

2016 ning ham eng yaxshi oʻntaligiga kiritilgan.

2019-yilgi indeksdagi eng yaxshi-10 ga kirgan, avvalgi reytinglarning eng yaxshi

oʻntaligiga kirmagan mamlakatlar –

Daniya (2016-yil NRIda 11-

oʻrin; 2019

-yilda

6-

oʻrin) va Germaniya (2016

-il NRIda 15-

oʻrin; 2019

-yilda 9-

oʻrin) hisoblanadi.

Quyida NRI-

2019 mamlakatlarning egallagan oʻrni k

eltirilgan.

1.

Shvetsiya

2.

Singapur

3.

Niderlandiya

4.

Norvegiya

4

https://networkreadinessindex.org/nri-2019-countries


background image

Иқтисодиётни рақамлаштириш

шароитида қулай ишбилармонлик

муҳитини ривожлантириш йўналишлари

94

5.

Shveytsariya

6.

Daniya

7.

Finlyandiya

8.

Qoʻshma Shtatlar

9.

Germaniya

10.

Birlashgan Qirollik

Digital Evolution Index, DEI

Tufts universitetidagi Fletcher maktabi Mastercard bilan hamkorlikda

2017-yil raqamli evolyutsiya indeksini (DEI 17) nashr etdi. Mazkur hisobotning

Ijroiya xulosasiga koʻra:

DEI-

2017 bu toʻrtta asosiy omillar: taklif shartlari, talab shartlari,

institutsional muhit hamda innovatsiya va oʻzgarishlar boʻyicha 100 dan ortiq

turli koʻrsatkichla

rni birlashtirgan holda 60 ta mamlakatdagi raqamli

iqtisodiyotning rivojlanish ma’lumotlariga asoslangan yaxlit baholashdir. Olingan

natija raqamli evolyutsiyaning holati va tezligini hisobga olib, investitsiyalar,

innovatsiyalar va siyosatning ustuvorliklarini aniqlaydi. Shuningdek, DEI-2017

raqamli texnologiyalarga doimiy ishonishimiz natijasida yuzaga keladigan

xavflarning oʻzgaruvchan xususiyatini yaqqol koʻrsatib beradi. Shu maqsadda,

tadqiqot “raqamli ishonch”ning muhim masalasini qamrab oladi.

Indeksning asosiy natijalari:

DEI-

17 doirasida 60 ta mamlakat toʻptta segmentga boʻlingan:

“turayotgan”(

Stand Outs

), “toʻxtayotgan”(

Stall Outs

), “

ishdan chiqayotgan

(

Break Outs) and “ehtiyot boʻladigan” (Watch Outs).(5

-rasm)/

5-rasm. DEI

2017 segmentlari.


background image

Иқтисодиётни рақамлаштириш

шароитида қулай ишбилармонлик

муҳитини ривожлантириш йўналишлари

95

Uchta mamlakat, hatto “Stand Out” segmentida ham ajralib turadi:

Singapur, Yangi Zelandiya va BAA. Ularning har birida oʻz tarixi va siyosatiga

asoslangan noyob raqamli strategiya mavjud boʻlib, u boshqa davlatlar tomonidan

ularga taqlid qili

shga yoki toʻliq qabul qilishga arziydi.

Shimoliy mamlakatlar va Shveytsariya DEI

2017 reytingida yetakchilik

qiladi. Xitoy yana bir bor raqamli evolyutsiyasi yoki jadallashishidagi oʻzgarish

sur’ati boʻyicha mamlakatlar roʻyxatida yetakchilik qildi.

“Stall Out” davlatlarida oʻsish sur’atlari sekinlashsa

-da, raqamli

rivojlanishning yuqori darajasini namoyon qilmoqda. DEI-2017 reytingida

nisbatan yuqori ball toʻplagan beshlikka kirgan besh mamlakat –

Norvegiya,

Shvetsiya, Shveytsariya, Daniya va Finlyandiya

barqaror oʻsish sur’atlari bilan

bogʻliq muammolarga duch kelganligi sababli “Stall Out” segmentiga kirgan.

Ushbu «raqamli segmentlar» dan oʻtish uchun, bu mamlakatlardan oʻzlarini qayta

kashf etishlari, yetakchilik qilayotgan rivojlanayotgan raqamli texnologiyalarga

tayanish va innovatsiyalarga toʻsqinliklarni bartaraf etishlari uchun ongli

harakatlar talab qilinadi.

Raqamlilashtirishning hozirgi holati boʻyicha “Break Out” davlatlari past

koʻrsatkichga ega, ammo ular tez rivojlanmoqda va kelajakda «Yetakchi»

davlatlarga aylanish imkoniyatiga ega. Bu segmentda Xitoy, Malayziya, Saudiya

Arabistoni, Keniya va Rossiya yetakchilik qilmoqda.

IMD-World Digital Competitiveness, WDC

IMD

WDC

Jahon raqamli raqobatbardoshlik reytingi 2019-yil natijalariga

koʻra, uchinchi yil hisoblanayotgan boʻlib, u 63 ta mamlakat iqtisodiyotining

biznes, davlat va jamiyatda iqtisodiy oʻzgarishlarning asosiy omili sifatida raqamli

texnologiyalarni qabul qilish va oʻrganishga tayyorligini oʻlchaydi.

6-rasm.

WDC boʻyicha top

-3 mamlakatlar

5

.

5

www.Imd.org sayti ma’lumotlari.


background image

Иқтисодиётни рақамлаштириш

шароитида қулай ишбилармонлик

муҳитини ривожлантириш йўналишлари

96

Texnologiyalar nafaqat biznes samaradorligiga, balki iqtisodiyotning amal

qilish holati va kelajakka tayyorlanishiga ham ta’sir koʻrsatadi. Jahon

mamlakatlari raqamli iqtisodiyotga qoʻshimcha qiymat yaratish va gullab

-

yashnashni kuchaytirish uchun katta sarmoya kiritmoqdalar.

Top-5

likka

kiruvchi

mamlakatlar

bilimlarni

shakllantirishga

yoʻnaltirilganligi jihatidan umumiy yoʻnalishlarga ega, ammo ularning har biri

raqamli raqobatbardoshlikka har xil yondashadi. Amerika Qoʻshma Shta

tlari va

Shvetsiya bilimlarni shakllantirish, texnologiyalarni rivojlantirish uchun qulay

muhitni yaratish va innovatsiyalarni qabul qilishga tayyorlik oʻrtasida

muvozanatli yondashuvga amal qilmoqdalar. Singapur, Daniya va Shveytsariya

bir yoki ikkita omilga ustuvor ahamiyat beradi.

“Noaniqlik va nobarqaror global vaziyatda, egiluvchan biznes va jamiyatlar

IMD Jahon Raqobatbardoshlik reytingi bilan chambarchas bogʻliqdir. Shuningdek,

bilim turli mamlakatlarning raqamli koʻrsatkichlari uchun ham muhim ahami

yat

kasb etadi” deya ta’kidlaydi, IMD Jahon raqobatbardoshlik markazi direktori,

professor Arturo Bris.

2-jadval

IMD WDC boʻyicha mamlakatlar reytingi


background image

Иқтисодиётни рақамлаштириш

шароитида қулай ишбилармонлик

муҳитини ривожлантириш йўналишлари

97

2020-yilgi IMD World Raqamli Raqobatbardoshlik Reytingida

pandemiyadan chiqish qobiliyatini bashorat qilishga yordam beradigan

iqtisodiyotning raqamli texnologiyalaridan foydalanishini tahlil qilishda Amerika

Qoʻshma Shtatlari va Singapur birinchi va ikkinchi oʻ

rinni egalladi. Jahon

raqobatbardoshlik markazi reytingida Daniya uchinchi, Shvetsiya toʻrtinc

hi

oʻrinni egalladi.

IMD Jahon raqobatbardoshlik markazining bosh iqtisodchisi Kristos

Kabolis fikriga koʻra, “Oʻ

z iqtisodiyotini COVID-19 zarbasidan qayta tiklamoqchi

bo

ʻ

lgan mamlakatlar uchun bir paytning o

ʻ

zida ham odamlarning, ham xususiy

sektorning eg

uluvchan va moslashuvchan boʻlishi katta jumboqdir.”

2020-yilgi natijalar 2019-yilning birinchi o

ʻ

ntaligida biroz o

ʻ

zgarishlarni

koʻrsatmoqda. Biroq 2020

-yil natijalaridagi uchta aniq tendentsiya yuqori

darajadagi barcha top mamlakatlar iqtisodiyotiga xosdir. Ulardan biri

raqamli

iste

dodlardan samarali foydalanish, bu esa texnologik infratuzilmaning

mavjudligi va mavjud texnologiyadan foydalanishning aksidir.

6

6

G.Maxmudova. Raqamli iqtisodiyot. Darslik.

Т.: “Universitet”, 202

2. 380 bet.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов