Грибные заболевания рыб. Сапролегниоз

CC BY f
137-141
66
50
Поделиться
Джамшид Сатторов, Самаркандский государственный университет ветеринарной медицины, животноводства и биотехнологии

независимый исследователь

Ильхом Салимов, Самаркандский государственный университет ветеринарной медицины, животноводства и биотехнологии

Научный руководитель

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье приведены сведения об эпизоотологии, патогенезе, клинических проявлениях, диагностике, диагностике, лечении и профилактике сапролегниоза, одного из наиболее распространенных грибковых заболеваний рыб наших водосборов.

Похожие статьи


background image

137

UDK: 639.3:619

FUNGAL DISEASES OF FISH. SAPROLEGNIOSIS

Sattorov Jamshid Madamin oglu,

independent researcher, Samarkand State University of Veterinary Medicine, Animal

Husbandry and Biotechnology

Qurbonov Feruz Enatillayevich

Samarkand State University of Veterinary Medicine, Animal Husbandry and

Biotechnology

Salimov Ilhom Hayitovich,

Scientific adviser, Samarkand State University of Veterinary Medicine, Animal

Husbandry and Biotechnology


Annotation.

This article provides information on the epizootiology,

pathogenesis, clinical signs, diagnosis, diagnosis, treatment and eradication of
saprolegniosis, one of the most common fungal diseases of fish in our watersheds.

Keywords:

kaprolegniosis, bronchiomycosis, nephromycosis, ichthysporodiosis,

fungus, oviposition, S.parasitica, S.mixta, S.ferax, intensive water div, epizootic,
hyphae, spores, mycelium, mold, oogony, zoospora, Weiss apparatus, methylene blue,
malachite green, copper sulphate, formalin, slaked lime, prophylaxis.

BALIQLARNING ZAMBURUG‘LI KASALLIKLARI. SAPROLEGNIOZ

Sattorov Jamshid Madamin o‘g‘li,

mustaqil tadqiqotchilar, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va

biotexnologiyalar universiteti

Qurbonov Feruz Enatillayevich,

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar

universiteti

Salimov Ilhom Xayitovich

Ilmiy rahbar, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va

biotexnologiyalar universiteti

Annotatsiya.

Ushbu maqolada suv havzalarimizda ko‘p uchrab kelayotgan

baliqlarning zamburug‘li kasalliklaridan biri saprolegnioz kasalligining
epizootologiyasi, patogenizi, klinik belgilari, diagnostikasi, tashxis, davolash va
kasallikka barham berish chora-tadbirlari haqida ma’lumotlar keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

қaprolegnioz, bronxiomikoz, nefromikoz, ixtiosporodioz,

zamburug‘, uvildiriq, S.parasitica, S.mixta, S.ferax, intensiv suv havzasi, epizootiya,
gifalar, spora, mitselliy, mog‘or, oogoniy, zoospora, Veys apparati, metilin ko‘ki,
malahit yashili, mis kuporosi, formalin, so‘ndirilgan ohak, profilaktika.


background image

138

ГРИБНЫЕ ЗАБОЛЕВАНИЯ РЫБ. САПРОЛЕГНИОЗ

Сатторов Джамшид Мадамин оглы,

независимый исследователь, Самаркандский государственный университет

ветеринарной медицины, животноводства и биотехнологии

Курбонов Феруз Енатиллаевич,

Самаркандский государственный университет ветеринарной медицины,

животноводства и биотехнологии

Салимов Ильхом Хайитович,

Научный руководитель, Самаркандский государственный университет

ветеринарной медицины, животноводства и биотехнологии

Аннотация.

В данной статье приведены сведения об эпизоотологии,

патогенезе, клинических проявлениях, диагностике, диагностике, лечении и
профилактике сапролегниоза, одного из наиболее распространенных грибковых
заболеваний рыб наших водосборов.

Ключевые

слова:

капролегниоз,

бронхиомикоз,

нефромикоз,

ихтиспородиоз, гриб, яйцекладка, S.parasitica, S.mixta, S.ferax, интенсивный
водоем, эпизоотия, гифы, споры, мицелий, плесень, оогония, зооспора, аппарат
Вейса, метиленовый синий, малахитовый зеленый, медный купорос, формалин,
гашеная известь, профилактика.


Kirish.

Respublikada baliqchilik tarmog‘ini jadal rivojlantirish, baliq

mahsulotlari ishlab chiqarishning zamonaviy va innovatsion uslublarini joriy etgan
holda hajmlarini oshirish, sohani tartibga solish bo‘yicha bir qator qonun hujjatlari
qabul qilinib, ularning ijrosini sifatli va puxta ta’minlash choralari ko‘rilmoqda. Shu
bois sohani tubdan texnologik modernizatsiya qilish, ya’ni intensiv baliq yetishtirish
usuliga o‘tish maqsadida 2018 yil 6 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Baliqchilik sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi PQ-4005 sonli Qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, Respublikamizda
baliqchilik tarmog‘ini ilmiy yondashuv asosida intensiv usulda jadal rivojlantirish,
sohaga baliq mahsulotlari ishlab chiqarishning zamonaviy va innovatsion usullarini
joriy etgan holda samaradorlikni oshirish belgilab olindi. Bizlar ham shu qarorning
ijrosini ta’minlash maqsadida mamlakatimizda baliqchilikka katta iqtisodiy zarar
yetkazib kelayotgan kasalliklarni o‘rganib, aholiga sifatli baliq mahsulotlarini yetkazib
berishga o‘z hissamizni qo‘shib kelmoqdamiz [1].

Baliqchilik tarmog‘ini jadal rivojlantirishiga va baliqchilik xo‘jaliklarida katta

zarar keltirayotgan kasalliklar, jumladan, baliqlarning zamburug‘li kasalliklari ham
shular jumlasidandir. Shu sababdan xo‘jaliklarda ko‘p uchrab kelayotgan saprolegnioz
kasalligi bilan zararlangan baliqlarning o‘sish va rivojlanishiga ta’sir mexanizmini o‘z
vaqtida aniqlab, klinik belgilarini o‘rganib, davolash va oldini olish chora-tadbirlarini
ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Baliq kasalliklari orasida zamburug‘li
kasalliklarning o‘rni katta bo‘lib, ular tomonidan sodir etiladigan kasalliklar baliqlar
orasida ommaviy ravishda o‘limni keltirib chiqarish bilan baliqchilik tarmog‘iga katta
iqtisodiy zarar keltiradi. Ayniqsa, baliqchilik tarmog‘ini intensifikatsiyalash sharoitida


background image

139

zamburug‘li kasalliklar orasida saprolegnioz juda katta xavf tug‘diradi. Bu kasalliklar
baliqchilik xo‘jaliklarida ancha ilgaridan kelib chiqqanligiga qaramay Respublikamiz
hududida hozirgacha yaxshi o‘rganilmagan. Hozirda zamburug‘lar tomonidan
qo‘zg‘atiladigan kasalliklar keng tarqalib baliqchilik xo‘jaliklarida katta xavf
tug‘dirmoqda. Baliqlarning zamburug‘li kasalliklariga saprolegnioz, bronxiomikoz,
nefromikoz, ixtiosporidioz kasalliklari kiradi. Bizning hududimizda eng ko‘p
uchraydigan turlaridan biri saprolegnioz kasalligidir [3].

Saprolegnioz – bir necha xil zamburug‘ turlari ta’sirida paydo bo‘ladi.

Zamburug‘lar ingichka, shoxlangan gifalarning to‘plamidan iborat. Zamburug‘lar
o‘lgan organizmlarning organik qoldiqlarida (kuchsiz va o‘lgan baliq, baqa,
mollyuskalar, hashorotlar) yashab rivojlanadi [6]. Zamburug‘lar o‘lgan baliqlarnng
tana yuzasida oppoq to‘rsimon dog‘lar hosil qiladi va teriga kirib oladi, teri osti
kletchatkasi va ichki organlarga ham kiradi. Saprolegnia, asosan, kuchsiz, kamharakat,
jarohatlangan baliqlarni kasallantiradi. Saprolegnia eng avval baliqlarning
shikastlangan joyida tez rivojlanadi, otalanmagan va shikastlangan uvildiriqlarda keng
tarqaladi. Zamburug‘lar nafas a’zolari to‘qimalarini ishdan chiqarib, ulardan o‘zining
rivojlanishi uchun kislorodni o‘zlashtirib oladi. So‘ngra o‘lgan to‘qimalar bilan
oziqlanadi. Ayniqsa, bu jarayon uvildiriqlarda yaxshiroq ko‘zga tashlanadi, avvaliga
o‘lgan uvildiriqlarda gifalar rivojlanadi, keyinchalik yonidagi sog‘lom uvildiriqqa
o‘tadi va bular ham kasallikka chalinadi. Zamburug‘lar o‘z gifalari bilan mayda
baliqlarni o‘rab oladilar. Bu gifalar darhol sog‘lom, yosh baliqlarga o‘tib, kasallik
havzada ko‘payib ketadi [4].

1-rasm.

Baliq tanasida zamburug‘ gifalarining joylashishi.

Kasallik qo‘zg‘atuvchilari tuban mog‘or zamburug‘lari

Saprolegnialis

guruhiga

kiruvchi

Saprolegnia

turkumiga kiradigan bir necha turlar

S.parasitica, S.mixta,

S.ferax

kabilar qo‘zg‘atib, baliqlarning epidermis hujayralarini parchalashi, kislorod

kirishiga to‘sqinlik qilishi, to‘qimalarda nekroz hosil qilishi va baliqlarning nobud
bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Bular to‘siqsiz va shoxlangan mitseliysi bilan ajralib
turadi. Zamburug‘ gifalarining qalinligi 20 mkm, ko‘p miqdorda yadrosi bor
protoplazmali, qalin qobiq bilan o‘ralgan. Jinssiz ko‘payish vaqtida gifalarning oxirida


background image

140

sporangiya hosil qiladi, ularda sporalar va xivchinlar bo‘ladi. Jinsiy ko‘payish
organlariga anteridiy va oogoniylar kiradi. (2-rasm) Oogoniyda urug‘langan tuxum
hujayra zigotaga aylanadi. Zigota zoosporaga aylanadi. Zoospora o‘sadi va gifaga
aylanadi [2].

2-rasm. Zamburug‘ gifalarining mikroskopda ko‘rinishi (zoospora va oogoniy).


Saprolegnioz bilan kasallangan baliqning tanasi paxmoqqa o‘xshash oq rangli

qoplama bilan qoplangan bo‘ladi (1-rasm). Kasallikning qo‘zg‘atuvchisi suvda
yashovchi zamburug‘larning ko‘p turlari bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, u bitta tur
yoki bir nechta mikroorganizmlarning simbiozi bo‘lishi mumkin; masalan,

Achlya,

Aphanomyces, Leptolegnia, Leptomitus, Pythiopsis va Saprolegnia

. Saprolegnia hayot

sikli murakkab va ko‘p bosqichlardan iborat bo‘lib, zamburug‘ning ko‘payishi jinsiy
va jinssiz usullarda bo‘ladi. Ko‘payishning asosiy usuli jinssiz usul hisoblanadi.
Kasallikning asosiy tarqalish yo‘li zamburug‘ sporalari orqali kechadi. Bu kasallik
barcha fasllarda uchraydi, lekin, ko‘pincha, erta bahorda suvning harorati o‘zgarishi
vaqtida, ayniqsa, yosh baliqlar orasida kasallik avj oladi. Baliqchilik xo‘jaliklarida
immuniteti pasaygan baliqlarda o‘lim ko‘proq kuzatiladi. Kasallik manbai zararlangan
baliqlar hamda suv havzalari hisoblanadi [5].

Saprolegnioz bilan baliqlarning barcha turlari zararlanishi mumkin, asosan, bir

yillik karpsimon baliqlar kasallikka moyil. Xo‘jaliklarda suv harorati +18

0

C dan

yuqori bo‘lganda baliq ko‘paytiriladigan havzalarda uvildiriqlar ham zararlanadi.
Saprolegnioz ba’zan aeromonoz, psevdomonoz, branxiomikozlarga o‘xshash kechadi.
Zamburug‘lar baliqlarga mexanik va toksik ta’sir qiladi. Saprolegnia epidermis
hujayralarini parchalaydi, kislorod kirishiga to‘sqinlik qiladi, to‘qimalarda nekroz
hosil qiladi va baliqlar nobud bo‘ladi. Kasallikning boshlanishida terida, suzgichlarida,
jabralarda ingichka oq iplar paydo bo‘ladi, bir necha kundan keyin paxtasimon
qoplama hosil bo‘ladi, bu zamburug‘ning mitseliyalaridir. Gifalar o‘sib terining pastki
qismlarigacha kiradi, natijada baliq nobud bo‘ladi. Sun’iy baliqchilik xo‘jaliklarida
zamburug‘lar birinchi navbatda jarohatlangan va urug‘lanmagan uvildiriqlarni


background image

141

zararlaydi. Zararlangan uvildiriqlar momaqaymoq guliga o‘xshash bo‘ladi.
Uvildiriqlarning nobud bo‘lishi 50 % gacha ko‘tarilishi mumkin. Saprolegnioz
kasalligiga tashxis qo‘yishda klinik belgilar, mikroskopik kuzatishlarga asoslanadi.
Chapeka agarida zamburug‘ oq momiq koloniya hosil qiladi. Ular bo‘linmagan
gifalardan iborat [7].

Kasallikka barham berish chora – tadbirlari.

Baliqlarda saprolegnioz

kasalligiga gumon qilinganda, zararlanishlarini oldini olishda zoogigiyenik talablar
bajaraladi.

В.А. Герасимчик, Е.Ф. Садовникова adabiyotlarida keltirilgan ma’lumotlarda

kasallangan baliqlarni osh tuzining 5% eritmasi bilan 5 daqiqa yoki metilen ko‘kining
0,05 g/l 12 soat qo‘llab davolanadi. Uvildiriqlar uchun formalin eritmasi 1:500
nisbatini 15 daqiqa, mis kuporosini 1:200000 nisbati 60 daqiqa, kaliy permanganatni
1:100000 nisbati 15 daqiqa qo‘llash tavsiya etiladi. Uvildiriqlar saprolegnioz bilan
zararlanganida Veys inkubatsiya apparatida metilen ko‘ki 0,001g/litr – 30 daqiqa,
formalin 0,5% li eritmasi 15 daqiqa qo‘llaniladi [2].

Xulosa.

Saprolegnioz bilan baliqlarning barcha turlari zararlanishi

mumkin, asosan, bir yillik karpsimon baliqlar kasallikka moyil bo‘ladi. Baliqlar
saprolegnioz kasalligini oldini olish va davolashda vrach ixtiopatologning
ko‘rsatmasiga binoan ximiyaterapevtik davolash ishlarini qo‘llash maqsadga
muvofiqdir.


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.

Sh.M.Mirziyoyev “Baliqchilik sohasini yanada rivojlantirishga doir

qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2018 yil 6-noyabr PQ-4005 sonli qarori”.
(www.lex.uz).

2.

В.А. Герасимчик, Е.Ф. Садовникова “Болезни рыб и пчёл” Учебное

пособие. Минск, 2017 год.

3.

P.S.Xaqberdiyev “Umumiy ixtiologiya (ixtiopatologiya)” O‘quv qo‘llanma.

Iqtisodiyot-moliya. 2013 yil. 75 b.

4.

S.Q.Husenov, D.S.Niyozov, G‘.M.Sayfullayev “Baliqchilik asoslari”. O‘quv

qo‘llanma. Buxoro nashriyoti. 2010 yil.

5.

Риитта Рахконен, Пиа Веннерстрем, Пяйви Ринтамяки, Ристо Каннел и

НИИ охотничxего и рыбного хозяйства. «Здоровая рыба профилактика,
диагностика лечение болезни». Nykypaino, Helsinki 2013 год.

6.

Ajagbe, S. O., Oyewole, O. O., Oyewumi, R. V., Ojubolamo, M. T., Ajagbe,

R. O. and Olawuyi, O. I. (2018). Alternative Therapy for the Treatment of

Saprolegniasis

Disease of Fish: A Review.

International Journal of Applied Research

and Technology. 7(6

): 39 – 47.

7.

A.S.Daminov,

Sh.N.Nasimov,

V.A.Gerasimchik,

S.B.Eshburiyev,

F.E.Qurbonov. “Baliq kasalliklari”. O‘quv qo‘llanma. Navro‘z nashriyoti. Toshkent.
2020 yil.

Библиографические ссылки

Sh.M.Mirziyoyev “Baliqchilik sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2018 yil 6-noyabr PQ-4005 sonli qarori”. (www.lex.uz).

В.А. Герасимчик, Е.Ф. Садовникова “Болезни рыб и пчёл” Учебное пособие. Минск, 2017 год.

P.S.Xaqberdiyev “Umumiy ixtiologiya (ixtiopatologiya)” O‘quv qo‘llanma. Iqtisodiyot-moliya. 2013 yil. 75 b.

S.Q.Husenov, D.S.Niyozov, G‘.M.Sayfullayev “Baliqchilik asoslari”. O‘quv qo‘llanma. Buxoro nashriyoti. 2010 yil.

Риитта Рахконен, Пиа Веннерстрем, Пяйви Ринтамяки, Ристо Каннел и НИИ охотничxего и рыбного хозяйства. «Здоровая рыба профилактика, диагностика лечение болезни». Nykypaino, Helsinki 2013 год.

Ajagbe, S. O., Oyewole, O. O., Oyewumi, R. V., Ojubolamo, M. T., Ajagbe, R. O. and Olawuyi, O. I. (2018). Alternative Therapy for the Treatment of Saprolegniasis Disease of Fish: A Review. International Journal of Applied Research and Technology. 7(6): 39 – 47.

A.S.Daminov, Sh.N.Nasimov, V.A.Gerasimchik, S.B.Eshburiyev, F.E.Qurbonov. “Baliq kasalliklari”. O‘quv qo‘llanma. Navro‘z nashriyoti. Toshkent.

yil.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов