Характеристика распространения лейкозной инфекции среди породистых скотов в джиззахской области

CC BY f
142-147
100
19
Поделиться
Хаит Салимов, Научно- исследовательский институт ветеринарии, Самарканд. Узбекистан

д.ф.н., профессор Заведующий вирусологической лабораторией

Дилором Раззакова, Научно-исследовательский институт ветеринарии, Самарканд. Узбекистан

аспирант лаборатории вирусологии

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье изложены степень распространения лейкозной инфекции среди крупного рогатого скота среди разных пород на животноводческих фермах Джиззахской области.


background image

142

UDK: 619:616. 006. 447-097. 3:636. 22

JIZZAX VILOYATIDA XORIJDAN KELTIRILAYOTGAN ZOTLI

QORAMOLLAR ORASIDA LEYKOZ INFEKSIYASI TARQALISHINING

O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Salimov Xait Salimovich v.f.d., professor,

virusologiya laboratoriyasi mudiri, Veterinariya ilmiy tadqiqot instituti, Samarqand,

O‘zbekiston

Razzakova Dilorom Shuxratovna,

virusologiya laboratoriyasi phd doktoranti, Veterinariya ilmiy tadqiqot instituti,

Samarqand, O‘zbekiston

E-mail:

dilorom.razzakova@gmail.com


Annotatsiya.

Ushbu maqolada Jizzax viloyati chorvachilik xo‘jaliklarida

xorijdan keltirilgan zotdor qoramollar orasida leykoz infeksiyasining tarqalish
darajasi izohlangan.

Kalit so‘zlar

: leykoz, zot, qoramol, antigen, ferment immunoassay, antikor,

virus, sut, zardob, qon.

ХАРАКТЕРИСТИКА РАСПРОСТРАНЕНИЯ ЛЕЙКОЗНОЙ ИНФЕКЦИИ

СРЕДИ ПОРОДИСТЫХ СКОТОВ В ДЖИЗЗАХСКОЙ ОБЛАСТИ

Салимов Хаит Салимович

д.ф.н., профессор Заведующий вирусологической лабораторией, Научно-

исследовательский институт ветеринарии, Самарканд. Узбекистан

Раззакова Дилором Шухратовна

аспирант лаборатории вирусологии, Научно-исследовательский институт

ветеринарии, Самарканд. Узбекистан

E-mail:

dilorom.razzakova@gmail.com

Аннотация:

В данной статье изложены степень распространения

лейкозной инфекции среди крупного рогатого скота среди разных пород на

животноводческих фермах Джиззахской области.

Ключевые слова:

лейкоз, порода, крупный рогатый скот, антиген,

иммуноферментный анализ, антителo, вирус, молоко, сыворотка, кровь.

HARACTERISTICS OF THE DISTRIBUTION OF LEUKEMIA INFECTION

AMONG PEDIGREE CATTLE IN JIZZAKH REGION

Salimov Khait Salimovich

Doctor of Philological Sciences, Professor Head of the Virology Laboratory,

Scientific Research Institute of Veterinary, Samarkand. Uzbekistan

Razzakova Dilorom Shukhratovna

postgraduate student of the Laboratory of Virology, Scientific Research Institute of

Veterinary, Samarkand. Uzbekistan

E-mail:

dilorom.razzakova@gmail.com


background image

143

Annotation:

This article describes the degree of spread of leukemia infection

among cattle among different breeds on livestock farms in the Jizzakh region.

Keywords:

leukemia, breed, cattle, antigen, enzyme immunoassay, antidiv,

virus, milk, serum, blood.

Mavzuning dolzarbligi.

Infeksion virus kasalliklari orasida oxirgi yillarda

qoramollarning leykoz kasalligi keng tarqalib, zotli chorvachilikning rivojlanishiga
katta xavf tug‘dirmoqda. Leykoz kasalligiga qoramollarning qizil va qora ola zotlari
juda moyil hisoblanadi. Kasallikdan keladigan iqtisodiy zarar ham katta. Shuning
uchun bu kasallikka o‘z vaqtida va samarali kurash olib borish xalq xo‘jalik
ahamiyatiga molikdir. Ammo fan va amaliyot bu kasallikning kelib chiqishi,
diagnostikasi, bir moldan ikkinchisiga yuqishi va unga qarshi kurashning zamonaviy
yo‘llarini mukammal o‘rgansagina, leykoz kasalligiga qarshi kurash samarali natija
beradi.

Leykoz kasalligi qoramollar orasida dunyoning barcha mamlakatlarida mavjud.

Masalan, AQSH ning 38% go‘sht va 64% sut yo‘nalishidagi qoramolchilik xo‘jaliklari
ushbu kasallik bo‘yicha nosog‘lom. Katta sut yo‘nalishidagi qoramolchilik xo‘jaliklari
orasida birorta leykoz bo‘yicha sog‘lom xo‘jalik yo‘q (М.И. Гулюкин, 2015).

Qoramollarning leykoz kasalligi xalq xo‘jaligiga katta iqtisodiy ziyon keltiradi.

Ayniqsa, zotli qoramolchilik xo‘jaliklarida kasallangan hayvonlarning nobud bo‘lishi,
majburan so‘yilishi, mahsuldorligining pasayishi, ichki a’zolarda o‘smalarning paydo
bo‘lishi natijasida so‘yilgan hayvon go‘sht mahsuloti va ichki a’zolarining iste’molga
yaroqsizligi tufayli yo‘q qilib tashlanishi, sog‘ib olingan sutlarini boqimdagi mollarga
qaytib berilishi, xo‘jalikda naslli seleksiya ishlarini to‘xtashi, sut va buzoq olishni
keskin pasayishi, zotli buqacha va g‘unajinlarni boshqa fermalarga sotilishiga yo`l
qo‘ymaslik tufayli iqtisodiy ziyon katta bo‘ladi (М.И. Гулюкин, 2015). Shu sababli
hozirgi vaqtda Bojxona Ittifoqi texnik reglamentida (qoida, tartib) leykoz virusi bilan
zararlangan sigir sutini boshqa davlat hududiga chiqarishni taqiqlash masalasi
qo‘yilmoqda (М.И.Гулюкин, 2017). Ushbu muammoni bajarish bevosita zotli
qoramolchilikda infeksion kasalliklar, ayniqsa, leykoz kasalligi bo‘yicha sog‘lom va
barqaror epizootik holatni ta’minlashga bog‘liq. (Г.А.Симонян, 2007; П.Н.Смирнов,
2007; Н.В.Ковалюк, 2008; М.И. Гулюкин, 2015).

Chorva mahsulotlari ishlab chiqarishning asosiy samaradorlik ko‘rsatkichi – bu

kam xarajat sarf qilish evaziga sifatli va ekologik toza mahsulot yetishtirishni
ko‘paytirish hisoblanadi. Bunday natijaga infeksion kasalliklar, shu jumladan, leykoz
kasalligi bo‘yicha sog‘lom va mahsuldor qoramollar podasini yaratish talab etiladi.
Aholining oziq-ovqatga, ayniqsa, kunlik ratsionda almashtirib bo‘lmaydigan sutga va
go‘shtga kundan kunga o‘sib borayotgan talabini qondirish hozirgi kunning dolzarb
muammosi bo‘lib qolmoqda.

Material va usullar.

Qoramollar organizmida leykoz virusiga qarshi IgG

antitelosini aniqlashda bilvosita immunoferment tahlil (IFT) reaksiyasidan
foydalaniladi. Ushbu testning afzalligi shundaki, sigirlardan olingan sut namunalarida
ham leykoz virusiga qarshi antitelolarni aniqlash mumkin. Natija “bo‘sag‘a”
koeffitsiyenti = 1,0 bilan taqqoslanib baholanadi. Optik zichlik qiymati “bo‘sag‘a”


background image

144

koeffitsiyentidan katta bo‘lsa, namunalar ijobiy hisoblanadi (ya’ni leykoz virusiga
qarshi antitelolarni o‘zida saqlaydi).

IFT usuli leykoz virusi bilan zararlangan qoramollarda unga qarshi shakllangan

antitelolarni aniqlashga imkon beradi. 6 oylikkacha bo‘lgan buzoqlarda, agar ular
leykoz virusi bilan zararlangan sigirlardan tug‘ilgan yoki ushbu sigirlarning suti bilan
oziqlantirilgan bo‘lsa, 6 oygacha ularda sut bilan o‘tgan kolostral antitelolalar bo‘lishi
mumkin. Kolostral antitelolar, odatda, 6 oylik buzoqlarda serologik aniqlanmaydi, ular
ushbu yoshda organizmni tark etgan bo‘ladi. Shuning uchun 6 oylik buzoqlarni
serologik usul bilan tekshirilganda ijobiy natija olinsa, ular leykoz virusi bilan
zararlangan hisoblanadi. Shuningdek, podada zararlangan hayvonlar borligini aniqlash
maqsadida skrining testi ishlatiladi.

Tadqiqot natijalari va ularning tahlili.

Zotli qoramollar orasida leykoz

infeksiyasining tarqalish darajasini aniqlash va unga qarshi kurashish tadbirlarini
o‘tkazish maqsadida Jizzax viloyati hududidagi zotdor qoramollarning qon
zardoblarida leykoz virusi antigeni bilan immunoferment tahlil reaksiyasi orqali
serologik tekshirish o‘tkazildi (1-rasm).

1-rasm. IFA natijalari keltirilgan

Jizzax viloyatining 11 ta tumanidagi chorvachilik xo‘jaliklaridagi yaqin yillarda

xorijdan keltirilgan golshtinfriz va simmental zotli qoramollardan jami 750 bosh sigir
va buqalardan qon zardobi olinib, VITI regional diagnostik laboratoriyasiga leykoz
infeksiyasiga qarshi maxsus antiteloning mavjudligi IFT reaksiyasi yordamida
tekshirildi. Olingan natijalar 1-jadvalda keltirilgan.


background image

145

1-jadval

Jizzax viloyati chorvachilik xo‘jaliklarida qoramollarni leykoz infeksiyasiga

serologik tekshirish natijalari

N

0

Tuman va xo‘jaliklari nomi

Soni

Zoti

Yoshi

Natija

%

1

Zafarobod tumani

1.“Cho‘lquvar omadi” f/x
2.“Jizzax

yilqichilik

va

chorvachilik” MCHJ


6
30


Golshtinfriz
-//-


2
4


Salbiy
-//-


-
-

2

Paxtakor tumani

1.“Begzod naslli chorva” f/x


30


Golshtinfriz


2


5


16,6

3

Sharof Rashidov t.

1. “Olov rang” f/x

2. “Samarqand” QFY
3. “Uchqiz” MFY
4. “G‘ozg‘ontepa”MFY


25

21
50
20


Golshtinfriz
Simmental
-//-
-//-
-//-


2-7

3-6
2-9
4-7


Salbiy

-//-
-//-
-//-


-

-
-
-

4

Baxmal tumani

1. “Umrzoq” f/x
2. “Ro‘zi bobo” f/x
3. “Sharof” f/x
4. “Sangzor” f/x


30
30
20
40


Golshtinfriz
-//-
-//-
-//-


2-7
2-7
1
2-4


Salbiy
-//-
-//-
-//-


-
-
-
-

5

Do‘stlik tumani

1. “Mirishkor” f/x


50


Simmental


3


2


4

6

Forish tumani

1.“Chimqo‘rg‘on baxt” f/x


150


Golshtinfriz


2-5


Salbiy


-

7

Zarbdor tumani

1. “Akbar-Shaxzod” f/x


50


Golshtinfriz


3-5


Salbiy


-

8

Yangiobod tumani

1.“Islombek baxt quyoshi” f/x


25


Golshtinfriz


4-7


Salbiy


-

9

Zomin tumani

1. “Bek” f/x


24


Simmental


4-5


Salbiy


-

10

Mirzacho‘l tumani

1. “Jannat vodiysi” f/x


20


Golshtinfriz


5-8


Salbiy


-

11

G‘allarol tumani

1. “Cho‘ponboshi” QFY

2. “Oqtosh” MFY


51

60


Golshtinfriz
Simmental
-//-


5-8

4-7


Salbiy

-//-


-

-

Jami:

750

7

0.93


Qabul qilib olingan qon zardobi namunalaridan 282 ta namuna tekshirishga

yaroqsiz bo‘lganligi uchun tekshirilmadi. 468 ta namuna IFT reaksiyasida tekshirildi.
Tekshirish natijasida Paxtakor tumani “Begzod naslli chorva” f/x da 30 bosh
golshtinfriz zorli sigirlardan 5 boshida (16,67%) va Do‘stlik tumanining “Mirishkor”
f/x da 50 bosh simmental zotli sigirlardan 2 boshida (4%) leykoz infeksiyasi aniqlandi.
Ushbu viloyatning Zafarabod tumanida 2 ta, Sharof Rashidov tumanida 4 ta, Baxmal
tumanida 4 ta, Forish, Zarbdor, Yangiobod, Zomin, Mirzacho‘l tumanlarida 1 tadan va


background image

146

G‘allaorol tumanida 2 ta fermer xo‘jaliklarida jami 461 bosh golshtinfriz va simmental
zotli qoramollarda leykoz infeksiyasi aniqlanmadi. Umuman olganda, viloyat bo‘yicha
19 ta f/x da tekshirilgan 468 bosh qoramollarda leykoz infeksiyasi 1,5% ni tashkil etdi.

Ijobiy natija bergan qoramollarning har birisining qoni gematologik usulda

tekshirildi (2-jadval). Bunda leykositlar probirka usulida Goryaev kamerasida sanaldi
va har bir qon namunasidan surtma tayyorlandi va ular etil spirtida qotirilib, Gimza-
Romanovskiy usulida bo‘yaldi.

2-jadval

Jizzax viloyati tumanlari chorvachilik xo‘jaliklarida leykoz infeksiyasi

aniqlangan qoramollarda gematologik tekshirish natijalari

T/r

Tuman va xо`jaliklarlar nomi

Sero+ hayvonlar

soni

O‘rtacha

leykositlar soni

(ming/mkl)

1.

1. Paxtakor t..“Begzod naslli chorva”

f/x

2. Do‘stlik t. “Mirishkor” f/x

5
2

7,0
7,8


Jizzax viloyati Paxtakor tumanidan gemotologik tekshirish uchun jo‘natilgan,

5 ta serologik ijobiy natija bergan qon namunalarida o‘rtacha leykositlar soni
7,0 ming

/

mkl ni, Do‘stlik tumanidan keltirilgan 2 ta serologik ijobiy natija bergan

qoramol qonida leykositlar soni o‘rtacha 7,8 ming/mkl ni tashkil etdi. Gemotologik
tekshirish natijasiga ko‘ra, leykoz infeksiyasi bo‘yicha ijobiy natija bergan xorijdan
keltirilgan golshtinfriz va simmental zotli qoramollar qonida leykositlar soni fiziologik
me’yorlar darajasida, ularda leykoz kasalligiga xos leykositoz va giperleykositoz
jarayonlari aniqlanmadi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi tomonidan 2018-yilda

tasdiqlangan “Qoramollarning leykoz kasalligiga qarshi kurash tadbirlari bo‘yicha
Yo‘riqnoma” ga asosan serologik tekshirishlarda leykoz virusiga qarshi antitelolar
aniqlansa-yu, ammo ularda ushbu kasallikga xos klinik, gematologik va
patomorfologik o‘zgarishlar qayd qilinmasa, ular leykoz virusi bilan zararlangan
hisoblanib, podadan ajratilib, xo‘jalik ehtiyojiga qarab semirtirilishi va go‘shtga
so‘yilishi talab etiladi. Xorijiy mamlakatlardan keltirilayotgan qoramollar 1 oylik
profilaktik nazorat davrida, albatta, leykoz infeksiyasiga immunoferment tahlil yoki
immunodiffuziya reaksiyasida tekshirilib, fermaga faqat infeksiya bo‘yicha salbiy
natija olingan qoramollarni kirgizish talab etiladi.

Xulosa.

1.Xorijiy mamlakatlardan keltirilayotgan zotli qoramollar bilan

mamlakatimiz hududiga leykoz infeksiyasining kirib kelishi va ular orasida ushbu
ko‘rsatkich 0,93% ni tashkil etishi o‘ta sezgir immunoferment tahlil reaksiyasi orqali
aniqlandi.

2. Jizzax viloyati chorvachilik xo‘jaliklarida leykoz infeksiyasi bo‘yicha ijobiy

natija bergan xorijdan keltirilgan zotli qoramollar qonida leykoz kasalligiga xos
gematologik o‘zgarishlar aniqlanmadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:


background image

147

1. М.Гулюкин М.И. и др. Межвидовая передача ВЛКРС в эксперементе/

Вопросы вирусологии. 2015.том 60, стр.32-37

2. Гулюкин М.И. и др. Эпизоотическая ситуация по лейкозу крупного

рогатого скота в товарных и племенных хозяйствах Российской Федерации за
2014–2015 годы / М.И. Гулюкин, И.И. Баранов, Л.А. Иванова и др. // Ветеринария
и кормление. 2016. №4. С. 4–41.

3. Валихов, А.Ф. Биологические свойства вируса лейкоза крупного

рогатого скота: диагностика и профилактика инфекции // Автореферат дисс.
докт. биол. наук. М., 1992. – 46 с.

4. Balic, D. Identification of a new genotype of bovine leukemia virus / D. Balic,

I. Lojkic, M. Periskic, T. Bedekovic, A. Jungic, N. Lemo, B. Roic, Z. Cac, L. Barbie,
J. Madic // Arch. Virol. – 2012. – V. 157. – N. 7. -P. 1281-1290.

5.

Ababneh

М.М. Detection and molecular characterization of bovine leukemia viruses from
Jordan / M.M. Ababneh, R.K. Al-Rukibat, W.M.Hananeh,A.T. Nasar, M.B. Al-Zghoul
// Arch. Virol. – 2012. – Vol. 157. – N. 12.-P.2343-2348.

Библиографические ссылки

М.Гулюкин М.И. и др. Межвидовая передача ВЛКРС в эксперементе/ Вопросы вирусологии. 2015.том 60, стр.32-37

Гулюкин М.И. и др. Эпизоотическая ситуация по лейкозу крупного рогатого скота в товарных и племенных хозяйствах Российской Федерации за 2014–2015 годы / М.И. Гулюкин, И.И. Баранов, Л.А. Иванова и др. // Ветеринария и кормление. 2016. №4. С. 4–41.

Валихов, А.Ф. Биологические свойства вируса лейкоза крупного рогатого скота: диагностика и профилактика инфекции // Автореферат дисс. докт. биол. наук. М., 1992. – 46 с.

Balic, D. Identification of a new genotype of bovine leukemia virus / D. Balic, I. Lojkic, M. Periskic, T. Bedekovic, A. Jungic, N. Lemo, B. Roic, Z. Cac, L. Barbie, J. Madic // Arch. Virol. – 2012. – V. 157. – N. 7. -P. 1281-1290. 5. Ababneh М.М. Detection and molecular characterization of bovine leukemia viruses from Jordan / M.M. Ababneh, R.K. Al-Rukibat, W.M.Hananeh,A.T. Nasar, M.B. Al-Zghoul // Arch. Virol. – 2012. – Vol. 157. – N. 12.-P.2343-2348. DOI: https://doi.org/10.1007/s00705-012-1447-z

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов