Влияние прединкубационной обработки на эффективность вывода яиц

CC BY f
281-287
52
44
Поделиться
З Шапулатова, Epizootologiya, mikrobiologiya va virusologiya kafedrasi

mudiri, t.f.n, dotsent

Ж Курбанов, Epizootologiya, mikrobiologiya va virusologiya kafedrasi

Asosiy doktorant

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье рассмотрены ошибки и недостатки, которые можно допустить в инкубаторной системе населения и крупных птицефабрик на сегодняшний день, чтобы их устранить, повысить процент вывода инкубационных яиц и обеспечить выход из них здоровых цыплят. практические навыки и литература

Похожие статьи


background image

281

UDK: 636.5.082.474:614.48

TUXUMLARNI INKUBATSIYA QILISHDAN OLDINGI ISHLOV

BERISHNING SOG‘LOM JO‘JA OCHIB CHIQISH SAMARADORLIGA

TA’SIRI

Shapulatova Z.J.

“Epizootologiya, mikrobiologiya va virusologiya” kafedrasi mudiri, v.f.n., dotsent

Kurbanov J.X.

“Epizootologiya, mikrobiologiya va virusologiya” kafedrasi tayanch doktoranti

E-mail:

jkurbanov1608@gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu maqola hozirgi kunda aholi hamda katta parrandachilik

fabrikalaridagi inkubatoriya tizimida yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xato va
kamchiliklar, ularni bartaraf etish, inkubator tuxumlarining ochib chiqish foizini
oshirish va ulardan sog‘lom jo‘jalar ochib chiqishini ta’minlash to‘g‘risida ilmiy-
amaliy ko‘nikmalar va adabiyot ma’lumotlariga tayangan holda tayyorlangan.


Аннотация:

В данной статье рассмотрены ошибки и недостатки,

которые можно допустить в инкубаторной системе населения и крупных
птицефабрик на сегодняшний день, чтобы их устранить, повысить процент
вывода инкубационных яиц и обеспечить выход из них здоровых цыплят.
практические навыки и литература.

Ключевые

слова:

инкубация,

куриный

эмбрион,

дезинфекция,

инкубационные яйца, заражение, инвазия, температура.

Summary:

This article discusses the mistakes and shortcomings that can be

made in the incubation system of the population and large poultry farms today in order
to eliminate them, increase the percentage of hatching eggs and ensure the exit of
healthy chickens from them. Practical skills and literature.

Key words:

incubation, chicken embryo, disinfection, hatching eggs, infection,

invasion, temperature.


Kirish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 14-iyundagi

PQ–5146-son qaroriga asosan respublikamizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash,
shuningdek, parrandachilikni rivojlantirish va tarmoq ozuqa bazasini yanada
mustahkamlash hamda parrandachilik yo‘nalishidagi tadbirkorlik subyektlarini
qo‘llab-quvvatlash maqsadida ushbu sohani rivojlantirish maqsadida imtiyozli
kreditlar hamda subsidiyalar ajratish, parrandachilik xo‘jaliklari va ozuqa-yem
mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda mavjud quvvatlarni to‘liq ishga
tushirish, parrandachilik yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarga soliq
stavkalarini 50%ga qisqartirish, “Parrandasanoat” uyushmasiga a’zo korxonalar
tomonidan xorijiy mamlakatlardan parrandachilik sohasi ekspert va mutaxassislarini
jalb qilish, naslli tuxum inkubatsiyasini yo‘lga qo‘yish hamda parranda zotlarini
sinovdan o‘tkazish va takomillashtirish, shaxsiy tomorqa xo‘jaliklariga mos, ixcham


background image

282

parvarishlash texnologiyalari va organik ozuqalar turlarini yaratish, aholida parranda
boqish va organik mahsulot yetishtirish ko‘nikmalarini shakllantirish kabi bir qator
vazifalar amalga oshirilishi ko‘rsatib o‘tilgan.

Mavzuning dolzarbligi.

Hozirgi kunda qishloq xo‘jaligida, ayniqsa bahor fasli

boshlanishi

bilan

aholi

xo‘jaliklarida

parrandachilik

yo‘nalishi

bilan

shug‘ullanuvchilar tobora ko‘payib bormoqda. Aholi xo‘jaliklari tomonidan ushbu
sohani yanada rivojlantirish hamda oila byudjetini oshirish maqsadida har xil turdagi
inkubatorlardan foydalanib kelishmoqda. Shularni inobatga olgan holda ota-ona bruder
tovuqlarini, yosh jo‘jalarni yashovchanligini saqlab qolish hamda oshirish, ularni
sog‘lom parvarish qilish, inkubatorlarni va inkubatsion tuxumlarni esa har xil turdagi
patogen mikroorganizmlar bilan ifloslanishini oldini olish muhim ahamiyat kasb etadi.

Adabiyot ma’lumotlari.

Barchamizga ma’lumki inkubator parrandalar (tovuq,

oʻrdak, kurka, gʻoz, bedana va boshqalar) tuxumidan joʻja ochirib chiqarish uskunasi
hisoblanadi. Inkubatorlarning tuzilishi murakkab boʻlib, issiklik va namlikni
boshqaradigan asboblar va tuxumlarni aylantirib turadigan moslamalar bilan
jihozlangan bo‘ladi. Inkubatorlarga qoʻyilgan sifatli tuxumdan o‘rtacha 80–85% joʻja
ochib chiqarish mumkin bo‘ladi. Inkubatorlarni ishlatish uchun ham alohida xona talab
etiladi va talab etilgan xonaning harorati +18

0

C dan past bo‘lmasligi, aniqrog‘i +18-

25

0

C bo‘lishi talab etiladi. Bundan tashqari xona havosining namligi ham inkubatorlar

tuxumlarining ochib chiqishiga qisman ta’siri bo‘lib, havo namligi 50-70% bo‘lishi
maqsadga muvofiq hisoblanadi. Inkubatoriya uchun barcha qulayliklarni yaratib
bo‘lganimizdan so‘ng tuxumlarni inkubatorning latoklariga tuxumning uchki qismini
pastga qaratib, ya’ni havo kamerasi tepaga qaragan holatda latoklariga joylashtirib
chiqiladi. Inkubatorlarning hozirgi kunda turlari ko‘p bo‘lib, avtomatlashtirilgan va
avtomatlashtirilmagan turlari, bundan tashqari sig‘imi jihatidan har xil turdagilari
ishlab chiqarilmoqda. Shulardan misol tariqasida tovuq tuxumlari uchun xona
sharoitida 24, 48, 88 talikdan tortib, parrandachilik fabrikalarida 55 ming gacha va
undan ortiq tuxumga moʻljallangan "Universal-55", IKP-90, "Kavkaz" inkubatorlardan
foydalanib kelinmoqda. Tadbirkorlikni uy sharoitida boshlash maqsadida esa hozirgi
kunda 500-1000 ta tovuq tuxumi sig‘adigan inkubatorlardan foydalanish tavsiya
etiladi [9].

1-jadval.

Tuxumlarni inkubatsiya qilish uchun optimal saqlash sharoitlari.

Saqlash vaqti (kun) Harorat (°С) Namlik (%) Aylanish

Holat

1-3

18-21

70-80

Yo‘q

Pastga qaragan

4-7

15-18

70-80

Yo‘q

Pastga qaragan

>7

10-12

80-88

Mavjud Yuqoriga qaragan


Odatda inkubatorlarga tovuq tuxumlariga optimal harorat +37,5

0

C hisoblanadi,

lekin hozirgi kundagi zamonaviy inkubatorlarda barcha turdagi parranda tuxumlari
uchun o‘rtacha harorat +37,5

0

C etib belgilanadi va tuxumni ochib chiqish jarayonida


background image

283

ham har xil turdagi parrandalarning tuxumlari har xil vaqtda latoklarga
joylashtiriladigan qilib ishlab chiqilmoqda. Agarda parranda tuxumlari uchun
inkubatorlarga haroratni universal qilib har qanday tuxumga mo‘ljallab harorat +38

0

C

etib belgilansa, bunda tuxumlardan ko‘proq foizini xo‘rozlar tashkil etishi kuzatilgan.
Tovuq tuxumlari inkubatorga joylashtirilgandan so‘ng 18 kun o‘tgach latoklardagi
tuxumlar inkubatorlarning maxsus yashiklariga latoklari bilan yoki latoklarsiz terib
chiqiladiki, bu jo‘jalarni tuxumdan osonlik bilan ochib chiqishini ta’minlaydi. Shuni
ham ta’kidlash kerakki, tuxumlarni inkubatorlarga qo‘yishdan avval va qo‘yilgandan
so‘ng 4-9 kunlari ovoskopdan o‘tkazish orqali ularni otalangan va otalanmaganlari
ajratiladi va otalangan tuxumlar inkubatorning latoklariga terib chiqiladi. Bundan
tashqari tuxumlarning normal holati (katta-kichikligi, tekisligi, po‘stlog‘ining toza va
butunligi va hakozolar) va ularni og‘irligini ham o‘lchab ko‘rish, og‘irligi esa o‘rtacha
52-65 grammni tashkil etishi inobatga olinadi [4, 8].

1-rasm. Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumani “Darg‘om Parranda Fayz”

parrandachilik fabrikasining inkubatoriya hamda parrandalarni parvarishlash

bo‘limlari

Uy sharoitida inkubatorlardan foydalanishdan avval tuxumlardan ochib chiqish

foizini oshirish maqsadida tuxumlarni dezinfeksiya qilish maqsadida har xil usullardan
foydalaniladi. Sababi inkubatorlarga qo‘yiladigan tuxumlarning ichki embrion qismi
emas, balki aksincha tashqi po‘stloq qismi 93% mikroorganizmlar bilan
zararlanganligi sababli yangi ochib chiqgan jo‘jalar tez nobud bo‘lishadi va ushbu
patogen mikroorganizmlar inkubatorlardagi qulay sharoit evaziga yaxshi
rivojlanishadi. Shuning uchun uy sharoitidagi inkubatorlarda ochib chiqariladigan
tuxumlarni dezinfeksiya qilish muhim hisoblanadi. Shulardan inkubatorlarni
dezinfeksiya qilish maqsadida turli usullar va vositalardan foydalaniladi. Tuxumlarni
uy sharoitida dezinfeksiya qilish maqsadida iloji boricha toza +35-40

0

C dagi iliq

distillangan suvga dorixonalarda sotiladigan 3%li periks vodorod eritmasini 1,5%li
qilib tayyorlab olib tuxumlarni dezinfeksiya qilishimiz mumkin. Bundan tashqari
tuxumlarni 1 litr toza distillangan suvga 50 ml sirka kislotasini aralashtirib ham
dezinfeksiya qilish tuxumlarning ochib chiqish foizini oshirishi amalda sinab
ko‘rilgan.


background image

284

2-rasm. Samarqand viloyati, Samarqand tumani “Ohalik Lomann Parranda”

parrandachilik fabrikasida inkubatordan ochib chiqgan yosh jo‘jalarni yuqumli

kasalliklarga qarshi vaksinatsiya qilish jarayoni.

Tuxumlarni dezinfeksiya qilishdan tashqari inkubatorlarni ham dezinfeksiya

qilish sog‘lom jo‘ja ochib chiqish samaradorligining muhim tamoyili hisoblanadi.
Buning uchun aholi xo‘jaliklarida foydalaniladigan inkubatorlarni turli fizik va
kimyoviy usullardan foydalanishimiz mumkin. Bularga inkubatorning ichki qismiga
ultrabinafsha lampasini kamida 20-30 daqiqa yoqib qo‘yish orqali, formalinni kaliy
permonganat eritmasi bilan aralashtirish natijasida hosil bo‘lgan reaksiya

orqali, har

xil

turdagi

kimyoviy

preparatlar

va

dorixonalarda

sotiladigan

maxsus

dezinfektantlardan foydalangan holda inkubatorlarni dezinfeksiya qilish shular
jumlasidandir [6,8].

Inkubatordan ochib chiqgan jo‘jalarning o‘limiga sabab bo‘luvchi eng ko‘p

sabablar o‘rganilganda ularni eng avvalo noto‘g‘ri, sifatsiz oziqlantirish, xona
haroratining me’yorida bo‘lmasligi (yuqori yoki past), noto‘g‘ri saqlash, infeksion
(yuqumli) va invazion (yuqumsiz) kasalliklar bilan kasallanishi, har xil yot narsalar
bilan oziqlanishi (taxta qirindisi, axlat va hakozo) bilan izohlanadi.

Aslida inkubatorga qo‘yishdan oldin tuxumlarni yuvish tavsiya etilmaydi

(himoya qatlami yuviladi), ba’zi mualliflar peroksid eritmasi bilan dezinfeksiya qilish
va quritishni tavsiya qiladi. Ammo bu usul bilan katta parrandachilik fabrikalarida
yaxshi samara bermaydi. Shuning uchun ushbu fabrikalarda quruq dezinfeksiya qilish
ishlari amalga oshiriladi. Shudan so‘ng tuxumlarni qo‘yishdan oldin +27

0

C darajaga

qadar qizdiriladi. Inkubatsiya tovuq tuxumlarida 21 kun davom etadi [1].



background image

285

2-jadval

Tovuq tuxumlarini inkubatsiya qilish

Davr

(hafta)

Muddat

(kun)

Harorat

Namlik

Aylantirish

Tuxumni sovutish

1

1 – 7 kun

37,8 °С

50-55%

Kuniga 4
marotaba

Yo‘q

2

8 – 14 kun

37,8 °С

45%

Kuniga 4-6

marotaba

Yo‘q

3

15 – 18 kun

37,8 °С

50%

Kuniga 4-6

marotaba

15-20 daqiqa

davomida kuniga

2 marta

4

19 – 21 kun

37,5 °С

65%

Yo‘q

Yo‘q


Agar yuqorida ko‘rsatilgan talablarga to‘liq amal qiladigan bo‘lsak, shundagina

inkubatorlardan ochib chiqadigan tuxumlar sonining foizi, ochib chiqgan jo‘jalarning
yashovchanligi yuqori bo‘lib, ko‘zlagan maqsadga erishishimiz mumkin bo‘ladi [5,9].

Inkubatsiya amaliyotida inkubatoriya tuxumlarini inkubatorlarga qo‘yishdan

avval inkubatoriya tuxumlarini saqlash xonalarida uzoq muddat saqlash (7-10 kundan
ortiq) salbiy oqibatlarga olib keladi, inkubatsion tuxumlarda ikkinchi kundan boshlab
salbiy ta’sirlar namoyon bo‘la boshlaydi. Norvegiya davlati tadqiqotlarida (2001),
112 ta Ross 208 podasidan olingan inkubatsiya natijalariga asoslanib, tuxumni
inkubatsiyadan oldin saqlash inkubatsiyaga salbiy ta’sir qiluvchi eng muhim omil
ekanligini ko‘rsatdi. Inkubatsion tuxumlarni saqlash natijasida jo‘jalarning ochib
chiqish sifati ham pasayishi ko‘pchilikka ma’lum. Ikkinchi kundan keyin tuxumdan
ochib chiqish foizlari kuniga 0,7% ga pasayib boradi. Misol uchun, yaqinda
Belgiyadagi Katholieke Universiteit van Leuven tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda
Kobb jo‘jalarida 7 kun saqlangandan so‘ng o‘sish sur’ati so‘yish yoshiga qadar
kamayganligini ko‘rsatdi. Bu tuxumlardan chiqqan jo‘jalar 42 kunligida bir kun
saqlangan tuxumdan chiqqan jo‘jalarga nisbatan 200 gramm yengil bo‘lgan [2,6].

Agar inkubatsiyaning optimal harorat va namlik ko‘rsatkichlariga amal qilinsa,

jo‘jalar o‘z vaqtida, 21-kuni, 70% dan ortig‘i tuxumdan chiqadi.

Inkubatsiya uchun qo‘yiladigan tuxumlar quyidagi talablarga javob berishi

kerak:

1. 7-10 kundan ortiq muddat saqlanmagan bo‘lishi, o‘rtacha 2-kun
2. O‘rta o‘lchamli, oval, bir tomondan biroz toraygan (barcha nostandart

tuxumlardan voz kechiladi)

3. Qobiq holati silliq, sinmagan, yorilmagan, toza


background image

286

3-rasm. Inkubatsion tuxumlarni inkubatorlarga joylashdan avval ovoskopiya

usulida yaroqliligini aniqlash.

Tuxumlarni birinchi ovoskopiya qilish, tuxumlarni latoklarga joylashtirishdan

avval amalga oshiriladi. Inkubatsiyaga yaroqli tuxumlarning belgilari quyidagilar
hisoblanadi: tuxumlarning bir xil tuzilishi va silliqligi, tuxumning to‘mtoq uchida havo
kamerasining mavjudligi, tuxum o‘rtada sarig‘ining bo‘lishi, sarig‘i atrofida esa oqsil
suyuqligining bo‘lishi va begona yot qo‘shimchalar orqali tuxumlarning
ifloslanmasligi (axlat, to‘shama, qon yoki shilliq, singan yoki yorilgan tuxumlarning
suyuqligi) e’tiborga olinadi [3].

Xulosa:

1.

Parrandachilik xo‘jaliklarga veterinariya sanitariyasi, zoogigiyenik,

gigiyenik, veterinariya profilaktikasi, laboratoriya tashhisi va davolash tadbirlarini o‘z
vaqtida sifatli bajarish va ularni to‘g‘ri parvarish qilish muhim ahamiyat kasb etadi.

2.

Parrandachilik sohasida inkubatoriya tizimini hamda parrandachilik

fabrikalarini yoki aholidagi mavjud inkubatorlardan to‘g‘ri foydalanmaslik, talablariga
amal qilmaslik oqibatida parrandachilik sohasida ko‘pgina parrandalarning nobud
bo‘lishi yoki bozorlarda sifatsiz parranda mahsulotlarining sotilishi, bu bilan aholining
salomatligiga havf tug‘dirishi mumkin.

3.

Har qanday yo‘nalishdagi tuxumlarni inkubatorlarga joylashdan avval

tuxumlarni va inkubatorlarni dezinfeksiya qilinmasligi oqibatida tuxumlarni ochib
chiqish jarayonida tuxum embrionlarini hamda tuxumdan ochib chiqgan jo‘jalarning
yuqumli kasalliklar bilan chalinish foizining yuqoriligi va ko‘p sonli parrandalar
galasining kasallanib nobud bo‘lishiga olib keladi.


background image

287

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Поломошнова Ирина Анатольевна “Обеспечение бактериальной

безопасности в птицеводческих хозяйствах закрытого типа” диссертация пос.
Персиановский – 2016. Стр. 72-75

2.

Лотте Фан де Фен Pas Reform Hatchery Technologies «Хранение

инкубационного яйца в производственном процессе» Зеддам, Нидерланды 2010.
Стр. 3-4

3.

Кер Мария Самодурова Анастасия, Чепарнова А.Б. «Влияние

температуры и влажности на инкубацию куриных эмбрионов, вылупляемость
яиц и характеристики потомства» Москва 2016-2017. Стр. 6-10

4.

Z.J.SHapulatova,

B.B.Jaynarov,

J.X.Kurbanov,

R.N.Eshquvvatov.

“Parrandachilik sohasida inkubatoriya tizimini jadal rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar”.
2021 yil.

5.

Z.J.SHapulatova, B.B.Jaynarov, J.X.Kurbanov, R.N.Eshquvvatov. “Broyler

jo‘jalarini samarali parvarish qilish bo‘yicha tavsiyanoma”. 2021 yil.

6.

М.В.Орлов "Инкубация" Москва. Колос 1982 г. Стр. 42-48

7.

Г.К.Отрыганьев, А.Ф. Отрыганьева «Технология инкубатории» Москва.

1989 г. Стр. 27-31

8.

https://www.youtube.com/watch?v=Xf64uqoMrRM

9.

https://www.youtube.com/watch?v=wO_quGCq3io

Библиографические ссылки

Поломошнова Ирина Анатольевна “Обеспечение бактериальной безопасности в птицеводческих хозяйствах закрытого типа” диссертация пос. Персиановский - 2016. Стр. 72-75

Лотте Фан де Фен Pas Reform Hatchery Technologies «Хранение инкубационного яйца в производственном процессе» Зеддам, Нидерланды 2010. Стр. 3-4

Кер Мария Самодурова Анастасия, Чепарнова А.Б. «Влияние температуры и влажности на инкубацию куриных эмбрионов, вылупляемость яиц и характеристики потомства» Москва 2016-2017. Стр. 6-10

Z.J.SHapulatova, B.B.Jaynarov, J.X.Kurbanov, R.N.Eshquvvatov. “Parrandachilik sohasida inkubatoriya tizimini jadal rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar”. 2021 yil.

Z.J.SHapulatova, B.B.Jaynarov, J.X.Kurbanov, R.N.Eshquvvatov. “Broyler jo‘jalarini samarali parvarish qilish bo‘yicha tavsiyanoma”. 2021 yil.

M.B.Орлов "Инкубация" Москва. Колос 1982 г. Стр. 42-48

Г.К.Отрыганьев, А.Ф. Отрыганьева «Технология инкубатории» Москва. 1989 г. Стр. 27-31

https://www.youtube.com/watch?v=Xf64uqoMrRM

https://www.youtube.com/watch?v=wO_quGCq3io

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов