QISHLOQ TURIZMINI RAQAMLASHTIRISHDA XORIJ TAJRIBASINI O‘RGANISH

Аннотация

Maqolada Oʻzbekistonda qishloq turizmini rivojlantirish
imkoniyatlari va bosqichlari hamda uning tarkibiy qismlari toʻliq yoritilgan.
Mamlakatda qishloq turizmi raqamlashtirish afzalliklari, imkoniyatlari yoritilgan.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
654-663
2

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Aгзамова N. (2025). QISHLOQ TURIZMINI RAQAMLASHTIRISHDA XORIJ TAJRIBASINI O‘RGANISH. Цифровая экономика, 7(7), 654–663. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/digital-economy/article/view/107688
Наргиза Aгзамова , Научно-исследовательский институт
Исследователь
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada Oʻzbekistonda qishloq turizmini rivojlantirish
imkoniyatlari va bosqichlari hamda uning tarkibiy qismlari toʻliq yoritilgan.
Mamlakatda qishloq turizmi raqamlashtirish afzalliklari, imkoniyatlari yoritilgan.


background image

653

TURIZM

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

QISHLOQ TURIZMINI RAQAMLASHTIRISHDA XORIJ TAJRIBASINI

O‘RGANISH

Agzamova Nargiza Gapurovna

“Turizmni rivojlantirish” ilmiy-tadqiqot instituti, tadqiqotchi

nargizaagzamova1608@gmail.com

Annotatsiya:

Maqolada O

ʻ

zbekistonda qishloq turizmini rivojlantirish

imkoniyatlari va bosqichlari hamda uning tarkibiy qismlari toʻliq yoritilgan.

Mamlakatda qishloq turizmi raqamlashtirish afzalliklari, imkoniyatlari yoritilgan.

Kalit so

ʻ

zlar:

qishloq turizmi, raqamlashtirish, Smart turizm, ekoturizm,

etnoturizm, xizmat ko ‘rsatish sektori, infratuzilma.

ИЗУЧЕНИЕ ЗАРУБЕЖНОГО ОПЫТА ЦИФРОВИЗАЦИИ СЕЛЬСКОГО

ТУРИЗМА

A

гзамова Наргиза Гапуровна

Научно

-

исследовательский институт "Развития туризма", исследователь

nargizaagzamova1608@gmail.com

Аннотация:

В статье описан процесс развития сельского туризма в

Узбекистане и всех его частях. Освещена цифровизация сельского туризма в

стране.

Ключевые слова:

сельский туризм, цифровизация, Смарт

-

туризм,

экотуризм, сфера услуг, инфраструктура.

STUDY OF FOREIGN EXPERIENCE IN DIGITALIZATION OF RURAL

TOURISM

Agzamova Nargiza Gapurovna

Researcher at the scientific research institute "Development of Tourism"

nargizaagzamova1608@gmail.com

Abstract:

The article describes the process of rural tourism development in

Uzbekistan and all its parts. Digitization of rural tourism in the country is highlighted.

Keywords:

rural tourism, digitization, Smart tourism, ecotourism, service

sector, infrastructure.


background image

654

TURIZM

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

KIRISH

Bugungi kunda iqtisodiyotimizda turizmning ulushini oshirish, yangi ish

o‘rinlari tashkil qilish, aholi turmush darajasini yaxshilash, ish bilan band bo‘lgan aholi
qatlamini ijtimoiy himoya qilish ularni dam olishlarini mazmunli tashkil etish
maqsadida mamlakatimiz prezidenti tomonidan bir qator farmon, qarorlar qabul
qilinib, ularning ijrosi bo‘yicha yirik ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Turizmni
rivojlantirish mamlakatning savdo, transport, aloqa, qishloq xo‘jaligi, qurilish, iste'mol
tovarlarini ishlab chiqarish kabi muhim iqtisodiy tarmoqlariga rag‘batlatiruvchi ta'sir
ko‘rsatishdan tashqari, iqtisodiy qayta qurishning eng istiqbolli yo‘nalishlardan biri
hisoblanadi. Xalqaro xizmatlar savdosida turizmning ulushi XXI asr boshidan beri
qariyb 30 % ni tashkil etib keldi, u eksportdan kelayotgan eng yuqori daromadni
ta'minladi [1]. Jahon turistik tashkiloti (UN Tourism) ma'lumotlariga ko‘ra, 2019-yilda
turizm industriyasi hissasiga jahon YaIMning 10,3%, jahon eksportining 7%, xizmatlar
eksportining 27,4%, kapital qo‘yilmalarining 9%, iste'mol xarajatlarining 11%, soliq
tushumlarining 5%dan ziyodi to‘g‘ri kelgan, turizm sektori aholi bandligini
ta'minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, pandemiyagacha bo‘lgan davrda
iqtisodiyotda band bo‘lgan har 11 kishining bittasi shu sohada faoliyat ko‘rsatgan[2].
Biroq, COVID-19 pandemiyasi industriyaga katta zarar yetkazdi. Shunga qaramay
turizm iqtisodiy faoliyatning yuqori daromad keltiruvchi yo‘nalishi hisoblanadi, bir
qator mamlakat va mintaqalarning iqtisodiy rivojining katalizatori vazifasini bajaradi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Qishloq turizmi tushunchasini izohlab berishda xorijlik mualliflar hamda

halqoro tashkilotlarda hilma-xillikni ko‘rishimiz mumkin. Xalqaro turizm tashkiloti

tomonidan qishloq turizmi bo‘yicha quyidagi ta'rif берилган: Qishloq turizmi bu

-

turizm bozorining segmenti bo‘lib, uning o‘ziga xos xususiyati jozibali qishloq
joylarda, qo‘riqlanadigan tabiiy xududlarda tabiatdagi rekreattsion faoliyat turidir.
Ushbu sigment qator faoliyat turlarini o‘z ichiga oladi: ilmiy turizmdan, yovvoyi
tabiatni kuzatish, fotografiya, extiyojni qondirish (baliqchilik va ovchilik), shuningdek
sport va sarguzasht turizmigacha[3]. Xalqaro turizm tashkilotining Madriddagi maxsus
ma'ruzasida (2001 yil) ma'lum qilinishicha, Germaniyada tabiiy (qishloq) turizm
turistik bozor segmenti sifatida qaralib, asosiy o‘ziga xos tomoni tabiatdagi jozibador
qishloq joylarida, tabiiy qo‘riqlanadigan xududlarda dam olish tushuniladi. Bu segment
o‘z ichiga bir qancha faoliyat turlarini qamrab oladi: yovvoyi tabiatni kuzatib rasmga

muhrlashdan tortib ov qilish, baliq ovlash, hamda sport va sarguzasht turizmigachа[4].

“Qishloq turizmi” k

а

tegoriyasiga berilgan ta’riflar.


background image

655

TURIZM

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Mualliflar

Berilgan ta’riflar

1

A.S.Kuskov, Yu.A.Djaladyan

“Qishlor turizmi-qishloq oilasi tomonida o‘z turar
joyi va shaxsiy tomorqasi negizida
hamda,dehqonchilik x‘ojaligini yuritish uchun
ajratilgan yer uchastkasida tashkil etulgan mehmon
uyida Shahar aholisini dam olishi. Qishloq oilasi
tomonidan turar joy, ovqatlanish,va qishloqning
diqqatga sazovor joylari bilan tanishtirish
ta’minlanadi[5]”.

2

L.V.Yefrimov

“Qishloq turizmi-aholi zichligi past bo‘lgan
hududda, shahar chegarasidan tashqaridagi
turizm[6]”.

3

A.P.Ioshenko

“Qishloq turizmi bu-sayyohlar uchun turli
xizmatlarni o‘z ichiga olgan qishloq uyida yashash.
Ekoturlar, sarguzashtli sayohatlar va qishloq
aholisining turmush tarzida ishtirok etishi[7]”.

4

A.B.Zdorov

“Qishloq turizmi bu-ekotizim va etnomadaniy
majmualarga ziyon keltirmagan holda qishloq
joylarga sayohat uyushtirish. Bunda turizm bevosita
qishloq aholisining iqtisodiy rivojlanishiga va
muammolariga yechim topishiga xizmat qiladi[8]”.


4

Fransuz sosiologi va
iqtisodchisi F.Moane

“Qishloq turizmi - bu nafaqat qishloq hayotida, balki
qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishda ham
turistlarning faol ishtiroki bilan bog’liq qishloq
joylaridagi turistik dam olishning maxsus
shaklidir[9]”

5

Ye. Vanda Jorj,
X. Mair,
D.G.Reydlar

“Shahardan tashqarida qishloq
hududlarida sayyohlarning asosiy
faoliyat turlari qatorida lokallashgan
harakatlarning barchasi – bu qishloq
turizmidir[10] ”

6

A.D. Chudnovskiy va
M.A.Jukovalar

“Qishloq joylariga maqsadli sayohatlarni tashkil
etish bilan bog’liq faoliyat turi, turistlar uchun
turistik mahsulotlarni (turar joy, ovqatlanish,
diqqatga sazovor joylar, hordiq chiqarish)
shakllantirish va taqdim
qilishni o‘z ichiga oladi, bu mintaqalarning tabiiy
va milliy o‘ziga xosligini aks ettiruvchi, mahalliy
aholi uchun ish joylari va daromadlarni yaratish
hamda, iqtisodiy foyda keltiradigan faoliyat turi”
qishloq
turizmi ekoturizm bilan turdosh hisoblanadi[11]”.

Yuqorida keltirilgan 1-jadvalda ta’kidlaganimizdek hozirgi davrda qishloq

turizmi rivojlangan xorijiy mamlakatlarda turizmning eng mashhur turlaridan biri
sifatida e’tirof etilmoqda. Zamonaviy xalqaro amaliyotda qishloq turizmi ko‘pincha
turizmning boshqa turlari bilan birlashtirilib, ekoturizmni qamrab oladi.

Xozirgi davrga kelib, Frantsiya, Italiya, Markaziy Yevropa, Bolqon yarim oroli,

Germaniya, Buyuk Britaniya, AQSh va Kanadada qishloq turizmi geografiyasi sezilarli
darajada kengaymoqda. Shuningdek, qishloq turizmi sayyohlarning ichki olamiga ham


background image

656

TURIZM

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

ijobiy ta'sir ko‘rsatmoqda. Chunki sayyoh mehmon uyining egasinikiga mehmonga
kelgandek his qiladi[12]. Bu yerda yollanma ishchilar xizmat ko‘rsatmaydi, taomlar
ham mehmon uyi bekalari tomonidan uy sharoitida tayyorlangan bo‘ladi. Qishloq
turizmida asosiy joylashtirish vositalari mehmon uyi bo‘lib, “u kichikroq, ko‘pincha
oilaviy mehmonlar uchun, qisqa muddatli joylashtirish xizmatlarini, ovqatlanish,
ekskursiya dasturlari, mehmonlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va boshqa
qo‘shimcha xizmatlarni tashkil etadi[13].”

Tadqiqotimiz davomida xorijlik va MDH davlatlari tadqiqotchilari bilan birga

o‘zbekistonlik iqtisodchi olimlarimizning ham ishlarini o‘rgandik. Jumladan,

iqtisodchi olima E.V.Golisheva o‘zining “Сельский туризм: от теории к практике”

o‘quv qo‘llanmasida qishloq turizmiga quyidagicha ta’rif bergan: “Qishloq turizmi
(agro turizm, yashil turizm, ekoturizm) bu fuqarolarning (ham mahalliy, ham xorijiy)
asosiy yashash joyidan qishloq joylarga sayohat qilish maqsadida va/yoki qishloq
xo‘jaligi ishlarida ishtirok etish, lekin vaqtincha yashash joyida daromad olmaydigan
faoliyat bo‘lib, tabiiy, madaniy-tarixiy va qishloq joylarning boshqa resusrslaridan
foydalanishga qaratilgan, hamda kompleks turistik mahsulot yaratishga xos turizm
sektori,[14]” deb ta’riflagan.

METODOLOGIYA

Ushbu maqola har bir ilmiy izlanish kabi olimlarning fikrlari va mulohazalarini

tahlil etishni oʻz ichiga olib asosiy maqsadga erishish uchun ilmiy tasviriy tahlil,

qiyosiy tahlil, tizimli yоndashish, statistik tahlil kabi usullardan fоydalanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Turizm XX asrga kelib insonlarning sayyohlik sohasiga intilishlari kuchaydi va

turizm sanoatining rivojlanishiga katta turtki boldi. Shu sababli ham, uni iqtisodiy
faoliyat sifatida ko„proq jalb qilishga e‘tibor o‘tgan asrning ikkinchi yarmidan
boshlangan va butun dunyo bozorida eng tez rivojlanayotgan tarmoqlardan biri ham
turizm tarmog‘i hisoblanadi. Xalqaro turizm oqimlari va daromadlari so‘ngi yillarda
barqaror o‘sishini ko‘rsatmoqda.

Xalqaro Turizm tashkilotining "Turizm - qishloq hududlarni rivojlantirish

uchun" dasturi orqali, turizmning qishloq joylarga olib kelishi mumkin bo'lgan
imkoniyatlarni kengaytirishga intiladi. Jumladan,

-

2023 yilda Xalqaro Turizm tashkiloti qishloq turizmi bo‘yicha birinchi global

so‘rov o‘tkazdi. Sor‘ovda 79 mamlakat ishtirok etdi va hukumatning turizmning asosiy
muammolari haqidagi tasavvurlari qishloq rivojlanishining harakatlantiruvchi kuchi
sifatida o‘lchandi.


background image

657

TURIZM

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

-

Ushbu mavzu doirasida mamlakatlar uchun ustuvorligiga qarab ettita

muammo, shu jumladan transport, asosiy xizmatlar, telealoqa va xavfsizlikni
rejalashtirish kabi muhim sohalardagi kamchiliklar aniqlandi va belgilab olindi.

-

"Qishloq joylariga kirishga imkon beradigan yo‘llar, portlar, aeroportlar va

boshqa infratuzilmalarning kamchiliklari" — so‘rov natijalariga ko‘ra bu 34 mamlakat
uchun eng muhim vazifadir.

-

15 mamlakat uchun ikkinchi eng muhim muammo "Asosiy xizmatlarning

etishmasligi (shu jumladan ichimlik suvi, kanalizatsiya va elektr energiyasi)" bo‘ldi.

-

Ushbu muammolarni hal qilish barqaror rivojlanishni rag'batlantirish va butun

dunyo bo'ylab qishloq aholisining farovonligini oshirish uchun muhim ahamiyatga ega.
Qishloq turizmi O‘zbekiston iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishning eng muhim
manbai va omili hisoblanadi [3]. Bu esa turizm sohasining qanchalik darajada
mamlakatlar iqtisodiyoti tizimida hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligidan dalolat
beradi.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra,2024 yilning yanvar-

aprelь oylarida

38,4 ming nafar chet el fuqarolari tijorat maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 24,4 ming nafarga

yoki 2,7 barobarga oshgan.

Kelgan chet el fuqarolarining mamlakatlar kesimida soni quyidagicha:

-

Turkmaniston — 23 376 nafar;

-

Tojikiston — 11 186 nafar;

-

Afg‘oniston — 1 087 nafar;

-

Xitoy — 547 nafar;

-

Turkiya — 410 nafar;

-

Hindiston —366 nafar;

-

Qirg‘izston — 231 nafar;

-

Janubiy Koreya — 227 nafar;

-

Eron — 115 nafar;

-

AQSh — 115 nafar;

-

Boshqa davlatlar — 747 nafar.

Statistik ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, sifatni yaxshilash turistlar oqimini

yanada oshiradi. Turistik xizmat ko‘rsatish sohasida raqamli iqtisodiyotni qo‘llashning
qulayliklari quyidagicha:

1. Turistik xizmatlar sotib olish uchun xarajatlar kamayadi (masalan, oldindan

mehmonxonani bronlash, aviabilet).

2. Turistik xizmatlar (turpaketlar) haqida ko‘proq va tezroq ma'lumot olinadi.


background image

658

TURIZM

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

3. Raqamli dunyodagi turistik xizmatlarning jahon bozoriga chiqish

imkoniyatlari katta bo‘ladi.

4. Fidbek (angl. feedback – turistlar fikrini)ni tez olish hisobiga turmarshrutlar
va xizmatlar jadal takomillashtiriladi.
5. Xizmat ko‘rsatish tezroq, sifatliroq, qulayroq bo‘ladi.
Masalan, turist avvallari o‘zi borishni rejalashtirgan davlatga sayohatga

bormoqchi bo‘lib, turoperator ofisiga tashrif buyuradi. U bilan yuzma-yuz o‘tirib
turpaketlar bilan tanishib chiqadi va o‘ziga maqul kelgan turpaketni naqd pulga sotib
olsa, bu an'anaviy iqtisod. Turoperatorlarning internetdagi manzili orqali o‘ziga ma'qul
turpaketni tanlab, turoperator hisob raqamiga pulni elektron to‘lov tizimi orqali to‘lash,
turpaketni va turxizmatlarni olishi – raqamli iqtisodiyot deyiladi. Bu masalani eng
sodda misol orqali tushuntirishdir. Aslida, turizmda raqamli iqtisodiyot 1980 yillardan
boshlangan desak xato qilmaymiz. Sababi, aynan shu yillardan turoperatorlar
aviabiletlarni, mehmonxonalarni oldindan byurtma berish va pul o‘tkazmalari orqali
bronlash sistemalaridan keng foydalana boshlaganlar.

Biz aslida allaqachon raqamli iqtisodiyot ichidamiz, uning qulayliklaridan

foydalanamiz, lekin uning mohiyatiga to‘liq tushunib yetmaganmiz.

Shundan kelib chiqib, fikrimizcha, “Xizmat ko‘rsatishda raqamli iqtisodiyot –

yangi ishlab chiqiladigan yoki joriy qilinishi lozim bo‘ladigan jarayon emas, bu
turizmda innovatsion texnologiyalarni turistlarning kundalik hayotiga joriy etish orqali
mavjud xizmatlarni yangicha ko‘rinishga o‘tkazish”, – deganidir. Bunga misol qilib
hozirda dunyo turizmi industriyasidagi o‘zgarishlarni olsa ham bo‘ladi[15].

Bugungi kunda turizm industriyasida “Smart-turizm”

termini keng qoʻllanib

kelmoqda. “Smart turizm” sohasida innovatsiyalar va tashabbuslar ortib bormoqda.
Ammo Smart-turizm aynan nima? “ Yevropa-Smart turizmning poytaxti” tashabbusi

ma’lumotlariga koʻra, Smart

-

turizm yoʻnalishi: “AKTga asoslangan vositalar

orqali

turizm

va

mehmondoʻstlik

mahsulotlari,

xizmatlari,

makonlari

va tajribalariga kirishni osonlashtiradigan manzil. Bu sogʻlom ijtimoiy va madaniy

muhit boʻlib, uni shaharning ijtimoiy va inson kapitaliga e’tibor qaratish orqali topish

mumkin. Shuningdek, u innovatsion, Smart yechimlarni tatbiq etadi va tadbirkorlik
biznesining rivojlanishiga va ularning o‘zaro bog‘lanishiga yordam beradi”.

“Smart-turizmning Yevropa poytaxti” –

Yevropa Ittifoqi tashabbusi boʻlib,

shaharlarni qulaylik,raqamlashtirish, barqarorlik, madaniy meros va ijodkorlik

sohasidagi ilgʻorin novatsionyon dashuvlari uchun mukofotlash orqali Yevropa

Ittifoqida Smart-turizmni rivojlantirishga qaratilgan. Yevropa Parlamenti tomonidan
taklif etilgan tayyorgarlik tadbirlarining muvaffaqiyatli tajribasiga asoslanib,
tashabbus innovatsion, barqaror va inklyuziv turizmni rivojlantirishga ko‘maklashish,
shuningdek, ilg‘or tajribalarni tarqatish va almashishni osonlashtirishga qaratilgan.


background image

659

TURIZM

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Yevropada bir nechta shaharlar turizmga Smart yondashganligi uchun Yevropaning
Smart-

turizm tashabbusi tomonidan maqtovgas azovo rboʻlgan.

2020 yilda Shvetsiyaning Gothenburg shahri “Barqarorlik” toifasi boʻyicha

“Yevropa Smart-turizm

poytaxti” mukofoti sovrindori boʻldi. Shahar kelajak avlodlar

farovonligini ta

’minlash boʻyicha chora

-tadbirlarni amalga oshirdi. U shaharda

ayirboshlash, bo‘lish yoki ijaraga olishda fuqarolarning
ishtirokini rag‘batlantiradigan Smart xaritani chop etdi. Shuningdek, u ishlab
chiquvchilar, arxitektorlarva rejalashtiruvchilar jamoatc

hilik maslahatlarini oʻtkazish,

kelajakdagi rivojlanish ta’sirini oldinda

koʻrish va takomillashtirilgan qarorlar qabul

qilish

uchun

3D

shahar

modeliga

ega

boʻldi.

Boshqa

tomondan, markazlashtirilgan isitishning 60 foizi chiqindi yoki qayta ishlangan
issiqlikka asoslangan

boʻlib, uni Yevropaning eng barqaror poytaxtlaridan biriga

aylantirgan.

Malaga -

bu qulaylik nuqtai nazaridan eng koʻp ajralib turadigan Ispaniya shahri

hisoblanadi. Shaharda LED koʻcha yoritgichlarini oʻrnatilgan va bir nechta ijara

stant

siyalari bilan birga koʻpkilometrli kvelosiped yoʻlaklari ham mavjud. Shuningdek,

shaharda

suvni

tejash

uchun

bogʻlar

va

bogʻlarda

Smart sugʻorish tizimlari ishga tushirilgan va havo ifloslanishini kamaytirish,

gulchanglar darajasini nazorat qilish va shovqinni kamaytirish rejasini amalga
oshirilgan.

Sloveniyaning poytaxti Lyublyanada barqarorlikka alohida e’tibor qaratiladi va

uning hududining

20 foizi muhofaza qilinadigan tabiiy hududlardan iborat boʻlib,

degradatsiyagan uchragan joylarni jamoat joylariga aylantirishga qaratilgan. Ushbu

shaharda

turizmga

yoʻnaltirilgan

turli

xil

kontent

va

ilovalarga ega turizm veb-saytini yaratishdan tashqari, mehmonxona va restoranlarda
mahalliy mahsulotlarni xarid qilishga alohida e’tibor qaratildi.

Finlyandiyaning poytaxti Xelsinki shahrida Smart jamoat transporti tizimi

loyihalashtirilgan boʻlib, mutaxassislar tomonidan yuqori baholanmoqda. Hozirda

“Uber boat” tizimi ko‘rib chiqilmoqda va haydovchisiz avtobuslar sinovdan
o‘tkazilmoqda. Bundan tashqari, shaharning asosiy diqqatga sazovor

joylariga tashrif buyuradigan turistlarga bir nechta tillarda xizmat koʻrsatadigan xizmat

turlarini taklif qiladi. Shuningdek, shaharda havo ifloslanishini oldini olish maqsadida
elektr yordamida harakatlanadigan transport vositalariga ham alohida e’tibor qaratadi.

Raqamlashtirish sohasida katta muvaffaqiyatlarga erishgan shahar sifatida

Daniya poytaxti Kopengagenni misol keltirish mumkin. Shaharda sayyohlar xizmatini

ishga tushirilgan boʻlib,u yerda sayyohlar harakatlanuvchi bilbordlar,

robototexnika

yoki virtual reallik orqali shahar taqdim etayotgan hamma narsani ko‘rishlari
mumkin[16].


background image

660

TURIZM

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Yuqorida keltirib o ‘tilgan eng so‘ngi tendensiyalarni O ‘zbekistonda turizmni

rivojlantirishda, ayniqsa qishloq turizmini rivojlantirishda xorij tajribasini o‘rganish va
qo‘llash maqsadga muvofiqdir.

Albatta bu borada salmoqli ishlarni amalga oshirish boshlangan. 2024-yil 13-

iyun kuni “VISA” kompaniyasining Markaziy Osiyo mamlakatlarida biznesni
rivojlantirish bo‘yicha katta direktori A. Boroddin boshchiligidagi delegatsiyasi
Turizm qo‘mitasi vakillari bilan muzokaralar o‘tkazildi.

Uchrashuvda turizmni raqamli transformatsiya qilish bo‘yicha qo‘shma ishchi

guruhning tayyorgarlik ishlari natijalari e’lon qilindi. Sayyohlik trafigi to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni almashish, sayyohning “o‘rtacha chekini” oshirish, turbiznesning yangi
mahsulotlari va xizmatlarini targ‘ib qilish, turpotentsial bo‘yicha qo‘shma marketing
kampaniyalari va turmarshrut bo‘ylab naqd pulsiz hisob-kitoblarni rag‘batlantirish
bo‘yicha keyingi qadamlar muhokama qilindi. Muzokaralar natijasida O‘zbekiston
Turizm qo‘mitasi va “VISA” kompaniyasi o‘rtasida tegishli hamkorlik memorandumi
imzolandi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Demak, tahlillarimiz asosida bir qator muhim ahamiyatga ega quyidagi

xulosalarga keldik: Birinchidan, qishloq turizmi turizmning bir turi bo‘lib, bunda tabiiy
xududlarda, an’anaviy madaniyat bilan muloqotga kirishib, qishloqda dam olish
tushuniladi;

Ikkinchidan, qishloq turizmida joylashtirish vositalari bular: o‘zida etnomadaniy

xususiyatlarni saqlab qolgan mehmon uylari, xostellar, fermer yoki dehqon
xo‘jaligidagi shaxsiy uylar, xududning o‘ziga xos arxitekturasini saqlab qolgan kichik
mehmonxonalar hisoblanadi. Qishloq turizmi mahalliy aholiga yangi ish o‘rinlarini
yaratish, hamda daromad keltiruvchi xizmatlar orqali xududning iqtisodiy o‘sishiga
olib keladi;

Uchinchidan, qishloq turizmi tabiat va atrof-muhitga bo‘lgan salbiy ta’sirlarni

minimallashtirib, iqtisodiy foyda oladi;

To‘rtinchidan, shahar va qishloqlarda turizmning ahamiyati, sayyohlar va

mahalliy aholi uchun xizmatlar oʻrtasidagi toʻldiruvchanlik, shuningdek, turizm

ekotizimi rivojlanayotgan texnologiyalari salohiyatini hisobga olgan holda, turizm
sektoriga Smart yechimlar keng joriy etish,”Smart-

turizm“tez oʻzgaruvchan sektordagi

yangi chaqiriqlar va talablarga javob berish, jumladan, raqamli vositalar

mahsulotlar

va xizmatlarning evolyutsiyasi, barcha tashrif buyuruvchilar uchun tengim
koniyatlardan foydalanish, mahalliy hududning barqaror rivojlanishi, shuningdek,

ijodiy sanoat va mahalliy aholini qoʻllab

-

quvvatlashda oʻz aksini topadi. Bu esa turistik

ma’lumotlarni bir xil strategik rejaga muvofiq toʻplash, saralash va qayta ishlatish

imkonini beradi.


background image

661

TURIZM

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

https://www.statista.com/statistics/1099933/travel-and-tourism-share-of-

gdp/

2.

https://www.unwto.org/tourism-statistics.Tourism statistics.

3.

https://www.tohology.com/hospitality/industry/unwto-statistika-

mezhdunarodnyh-poezdok/

4.

Социально

-

культурные туристские ресурсы Алтайского региона.

Проблемы и перспективы использования. Материалы международной

научно¬практической конференции/ред. кол.: А.С. Кондыков и др.

-

Барнаул:

изд

-

во АГИИК, 2009.

-

220 с. с

-80.

5.

Джаладян Ю.А., Кусков А.С. Основы туризма

-

М.: КНОРУС, 2010.

-

400 с.

6.

Ефремов Л.В. Становление и развитие экологического

предпринимательства

-

главный фактор устойчивого развития России. //

Использование и охрана природных ресурсов России.

-2001. -

№ 5

-6. -

с.122

-

130.

7.

Иощенко А.П. Развитие зеленого туризма в России.

-

М.: Кнорус,

2005.-

234 с.

8.

Здоров А.Б. Экономика туризма

-

М.: Финансы и статистика, 2004.

-

456 с.

9.

Қишлоқ

хўжалиги тармоғини инновацион ривожлантириш . https: //

staff.tilame .uz. Ф. Сельский туризм / Ф.

Муане.

-

Париж: Агриколь, 2012.

-

430 с

10.

Wanda George E.Rural Tourism Development: Localism and Cultural

Change (Tourism and Cultural Change) / E.
Wanda George, H. Mair, D.G. Reid. -Bristol, Buffalo, Toronto: Channel View
Publications, 2009. - 288 p.

11.

Чудновский А. Д.Управление потребительскими предпочтениями в

сфере отечественного туризма и

гостеприимства и основные направления реализации туристского продукта:

учебное пособие / А.Д.

Чудновский, М.А. Жукова.

-

М.: Федеральное агентство по туризму, 2014.

- 304

с.

12.

В гости к природе. Маркетинг в сельском туризме: методические

рекомендации/ вёрстка и дизайн С. Васильев.

-

Псков: ГК ТИПР, 2010.

-

4 с.

13.

Агротуризм : проблемы и перспективы развития : монография / В. А.

Кундиус [и др.] ; М

-

во сел. хоз

-

ва Рос. Федерации, Федер, гос. образоват.


background image

662

TURIZM

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

учреждение высш. проф. образования "Алт. гос. аграр. ун

-

т".

-

Барнаул : Азбука,

2011. -

4 с.

14.

Е.В.Голышева. Сельский туризм: от теории к практике : [т]Учебное

пособия /.

-

Ташкент: “

Bookmany print”, 2022.-

17с.

15.

М.П.Эшов “Рақамли инновацион технологиялардан туризмда самарали

фойдаланиш йўллари”//

https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz, 8-bet.

16.

D.S.Islomova “Hududlarda Smart-turizmni rivojlantirishda xorij tajribasini

qoʻllash

istiqbollari”// https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz, 273-274 bet.

Библиографические ссылки

https://www.statista.com/statistics/1099933/travel-and-tourism-share-ofgdp/

https://www.unwto.org/tourism-statistics.Tourism statistics.

https://www.tohology.com/hospitality/industry/unwto-statistikamezhdunarodnyh-poezdok/

Социально - культурные туристские ресурсы Алтайского региона.

Проблемы и перспективы использования. Материалы международной

научно¬практической конференции/ред. кол.: А.С. Кондыков и др. - Барнаул:

изд-во АГИИК, 2009. - 220 с. с-80.

Джаладян Ю.А., Кусков А.С. Основы туризма - М.: КНОРУС, 2010. -

с.

Ефремов Л.В. Становление и развитие экологического

предпринимательства - главный фактор устойчивого развития России. //

Использование и охрана природных ресурсов России. -2001. - № 5-6. - с.122-

Иощенко А.П. Развитие зеленого туризма в России. - М.: Кнорус,

- 234 с.

Здоров А.Б. Экономика туризма - М.: Финансы и статистика, 2004. -

с.

Қишлоқ хўжалиги тармоғини инновацион ривожлантириш . https: //

staff.tilame .uz. Ф. Сельский туризм / Ф.

Муане. - Париж: Агриколь, 2012. - 430 с

Wanda George E.Rural Tourism Development: Localism and Cultural

Change (Tourism and Cultural Change) / E.

Wanda George, H. Mair, D.G. Reid. -Bristol, Buffalo, Toronto: Channel View

Publications, 2009. - 288 p.

Чудновский А. Д.Управление потребительскими предпочтениями в

сфере отечественного туризма и

гостеприимства и основные направления реализации туристского продукта:

учебное пособие / А.Д.

Чудновский, М.А. Жукова. - М.: Федеральное агентство по туризму, 2014. - 304

с.

В гости к природе. Маркетинг в сельском туризме: методические

рекомендации/ вёрстка и дизайн С. Васильев. - Псков: ГК ТИПР, 2010. - 4 с.

Агротуризм : проблемы и перспективы развития : монография / В. А.

Кундиус [и др.] ; М-во сел. хоз-ва Рос. Федерации, Федер, гос. образоват.