TO‘QIMACHILIK SANOATI KLASTERLARINI BOSHQARISHNING TASHKILIY-IQTISODIY MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Аннотация

Ushbu maqolada to‘qimachilik sanoati klasterlarini boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish masalalari koʻrib chiqilgan. Mavjud holat tahlili asosida klasterlarni boshqarishda uchraydigan muammolar, jumladan, ishtirokchilar oʻrtasidagi hamkorlikning zaifligi, innovatsiyalarni joriy etishda moliyaviy qiyinchiliklar va infratuzilma yetishmovchiligi aniqlangan.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
34-40
0

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Болтабаева N. (2025). TO‘QIMACHILIK SANOATI KLASTERLARINI BOSHQARISHNING TASHKILIY-IQTISODIY MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH. Цифровая экономика, 9(9), 34–40. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/digital-economy/article/view/108729
Надирахон Болтабаева, Ферганского государственного университета
Магистрант
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada to‘qimachilik sanoati klasterlarini boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish masalalari koʻrib chiqilgan. Mavjud holat tahlili asosida klasterlarni boshqarishda uchraydigan muammolar, jumladan, ishtirokchilar oʻrtasidagi hamkorlikning zaifligi, innovatsiyalarni joriy etishda moliyaviy qiyinchiliklar va infratuzilma yetishmovchiligi aniqlangan.


background image

34

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON

WWW.INFOCOM.UZ

TO‘QIMACHILIK SANOATI KLASTERLARINI BOSHQARISHNING

TASHKILIY-IQTISODIY MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Boltabayeva Nadirahon Alijanovna

Fargʻona Davlat Universiteti,“Iqtisodiyot” (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) fakulteti

magistranti

bnodirahon@gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu maqolada to‘qimachilik sanoati klasterlarini

boshqarishning tashkiliy-

iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish masalalari koʻrib

chiqilgan. Mavjud holat tahlili asosida klasterlarni boshqarishda uchraydigan

muammolar, jumladan, ishtirokchilar oʻrtasidagi hamkorlikning zaifligi,

innovatsiyalarni joriy etishda moliyaviy qiyinchiliklar va infratuzilma
yetishmovchiligi aniqlangan.

Kalit so‘zlar: to‘qimachilik sanoati, klasterlar, tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlar,

qoʻshilgan qiymat zanjiri, innovatsiyalar, eksport salohiyati, iqtisodiy samaradorlik,
xalqaro tajriba, moliyalashtirish, infratuzilma, davlat-xususiy sheriklik,
raqamlashtirish.

СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ОРГАНИЗАЦИОННО

-

ЭКОНОМИЧЕСКИХ

МЕХАНИЗМОВ УПРАВЛЕНИЯ КЛАСТЕРАМИ ТЕКСТИЛЬНОЙ

ПРОМЫШЛЕННОСТИ

Болтабаева Надирахон Алиджановна

Магистрант Ферганского государственного университета, факультет

«Экономика» (по сетям и отраслям)

bnodirahon@gmail.com

Аннотация

:

В данной статье рассмотрены вопросы совершенствования

организационно

-

экономических

механизмов

управления

кластерами

текстильной промышленности. На основе анализа текущей ситуации были

выявлены проблемы, с которыми сталкивается управление кластерами, включая

слабость сотрудничества между участниками, финансовые трудности с

внедрением инноваций и отсутствие инфраструктуры.

Ключевые слова:

текстильная промышленность, кластеры,

организационно-экономические механизмы, цепочка создания добавленной

стоимости,

инновации,

экспортный

потенциал,

экономическая


background image

35

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON

WWW.INFOCOM.UZ

эффективность, международный опыт, финансирование, инфраструктура,

государственно-частное партнерство, цифровизация.

IMPROVEMENT OF ORGANIZATIONAL AND ECONOMIC

MECHANISMS OF TEXTILE INDUSTRY CLUSTER MANAGEMENT

Boltabayeva Nadirakhan Alijanovna

Master's student of Fergana State University, "Economics" faculty (by networks and

sectors)

bnodirahon@gmail.com

Abstract:

This article examines the issues of improving organizational and

economic mechanisms of textile industry cluster management. Based on the analysis
of the current situation, the problems encountered in the management of clusters,
including the weakness of cooperation between participants, financial difficulties in
the introduction of innovations, and lack of infrastructure have been identified.

Keywords:

textile industry, clusters, organizational-economic mechanisms,

added value chain, innovations, export potential, economic efficiency, international
experience, financing, infrastructure, public-private partnership, digitization.

KIRISH

Maqolada to‘qimachilik sanoati klasterlarini boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy

mexanizmlarini takomillashtirish masalalari koʻrib chiqilgan bo‘lib, mavjud holat

tahlili asosida klasterlarni boshqarishda uchraydigan muammolar, jumladan,

ishtirokchilar oʻrtasidagi hamkorlikning zaifligi, innovatsiyalarni joriy etishda

moliyaviy qiyinchiliklar va infratuzilma yetishmovchiligi aniqlangan. Muallif
tashkiliy, iqtisodiy va innovatsion mexanizmlarni takomillashti

rish boʻyicha takliflar

ishlab chiqib, xorijiy tajriba asosida amalda qoʻllanilishi mumkin boʻlgan yechimlarni

taklif qiladi. Tadqiqot natijalari klaster tizimining samaradorligini oshirish va eksport
salohiyatini kengaytirishga qaratilgan.

To‘qimachilik sanoati O‘zbekiston

iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Mamlakatda bu sohani
rivojlantirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish hamda tashqi bozorlarda
raqobatbardosh mahsulotlar yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri
sifatida belgilangan. Shu munosabat bilan to‘qimachilik sanoatida klaster tizimini
rivojlantirish alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada to‘qimachilik sanoati
klasterlarini boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish
masalalari tahlil etiladi.


background image

36

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON

WWW.INFOCOM.UZ

ADABIYOTLAR TAHLILI

To‘qimachilik sanoati klasterlari faoliyatini boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy

mexanizmlarini takomillashtirish masalalari xorijlik olimlar F.Teylor, P.Druker,
M.Porter, I.Gordon, M.Ueyts, D.Vol'f, M.Enright [1] va boshqalarning ilmiy
tadqiqotlarida o‘z aksini topgan.

Ushbu sohada MDH olimlaridan G.B.Kleyner, A.A.Itigina, E.I.Krilov,

A.N.Dirdonova, V.V.Gluxov, L.F.Xomutova, M.I.Xaydarzoda, P.A.Muxsinova [2] va
boshqalar ilmiy izlanishlar olib borganlar.

To‘qimachilik sanoati klasterlarini rivojlantirish, tarmoqda bozor

munosabatlarini chuqurlashtirish, klaster tarkibidagi korxonalarda boshqaruv
jarayonlarini takomillashtirishning ayrim nazariy va amaliy jihatlari respublikamiz
iqtisodchi olimlari S.S.G‘ulomov, N.X.Jumaev, M.Sharifxo‘jaev, Yo.Abdullaev,
N.Q.Yo‘ldoshev, M.R.Boltabaev [3], N.M.Maxmudov, Z.A.Xakimov, S.Sh.Yusupov,
I.A.Toshpulatov [4] va boshqalarning ilmiy tadqiqotlarida o‘z aksini topgan.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

To‘qimachilik sanoati klasterlarini boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy

mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot quyidagi ilmiy yondashuvlar va
usullarga asoslandi: tahliliy usul, solishtirma tahlil, statistik tahlil, ekspert baholash,
modellashtirish usullaridan foydalanib zamonaviy metodologiyasi o‘rganildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O‘zbekistonda milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlaridan biri bo‘lgan sanoat,

xususan, to‘qimachilik sanoatida ham iqtisodiy o‘sish nazariyalarida asoslangan
raqobat ustunliklari negizidagi rivojlanish kuzatiladi. Mamlakatimizda to‘qimachilik
sanoatining shakllanishi va rivojlanishi ijtimoiy-iqtisodiy, tabiiy-iqlim, geografik va
tarixiy asoslarga ega bo‘lib, mamlakatda foydalaniladigan qishloq xo‘jaligi yerlarining
sug‘orma dehqonchilikka asoslanganligi hamda paxtachilik uchun qulay iqlim
sharoitiga egaligi to‘qimachilik tarmog‘ining shakllanishi uchun mos bo‘lgan tabiiy
sharoit mavjudligini ko‘rsatadi. Bu esa mamlakatda katta moddiy-texnik bazaga ega
bo‘lgan korxonalar tashkil etishga yo‘l ochadi [5].

Mamlakatda bu sohani rivojlantirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish

hamda tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulotlar yaratish davlat siyosatining
ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan. Shu munosabat bilan to‘qimachilik
sanoatida klaster tizimini rivojlantirish alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada
to‘qimachilik sanoati klasterlarini boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini
takomillashtirish masalalari tahlil etiladi. Hozirgi kunda O‘zbekistonda to‘qimachilik
klasterlari quyidagi vazifalarni bajarmoqda:

1.

Xom ashyo yetishtirish va uni qayta ishlash;


background image

37

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON

WWW.INFOCOM.UZ

2.

Tayyor mahsulot ishlab chiqarish;

3.

Eksport yo‘nalishida marketing faoliyatini olib borish.

Ammo mavjud klasterlarda boshqaruvning samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi

qator muammolar mavjud bo‘lib ular quyidagilarni tashkil etadi:

1. Klaster ishtirokchilari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik mexanizmlarining yetarli

darajada yo‘lga qo‘yilmaganligi.

2. Innovatsion texnologiyalarni joriy qilish va moddiy-texnik bazani

rivojlantirishda moliyaviy resurslarning yetishmasligi.

3. Bozor talablariga mos mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etishda marketing

tadqiqotlarining kamligi [6].

Klasterlarni boshqarish samaradorligini oshirish uchun quyidagi tashkiliy-

iqtisodiy mexanizmlarni takomillashtirish zarur deb hisoblaymiz:

1. Hamkorlik tizimini mustahkamlash, ya’ni klaster ishtirokchilari o‘rtasida aniq

majburiyatlar va huquqlarni belgilaydigan shartnomaviy munosabatlarni
takomillashtirish lozim. Bunda joylarda maxsus kooperatsiya markazlarini tashkil
qilish taklif etiladi.

2. Innovatsiyalarni joriy etish. Zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etish uchun

davlat-xususiy sheriklik asosida innovatsion markazlarni tashkil etish zarur. Bu
klasterlarda mahsulot sifati va ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi.

3. Moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, klasterlarni rivojlantirish uchun imtiyozli

kreditlar ajratish. Xalqaro investorlarni jalb qilish orqali moliyalashtirish ko‘lamini
kengaytirish.

4. Marketing strategiyasini takomillashtirish. Bu orqali tashqi bozorlar uchun

mo‘ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqish bo‘yicha marketing tadqiqotlarini
kuchaytirish.

To‘qimachilik sanoati nafaqat Oʻzbekistonning, balki jahon iqtisodiyotining

muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Xususan, soʻnggi yillarda Oʻzbekiston

to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilish hajmini oshirishga
intilmoqda. Bu esa klaster tizimini joriy qilish orqali ishlab chiqarish jarayonlarini
integratsiyalashtirish va ratsionallashtirishni talab etadi. Mazkur ilmiy yondashuv
to‘qimachilik klasterlarining ahamiyatini yoritib, ularni boshqarish mexanizmlarini

takomillashtirish boʻyicha takliflar beradi.

To‘qimachilik sanoatida klasterlashuv quyidagi ustuvorliklarni ta’minlaydi:

1. Qoʻshilgan qiymat zanjirini shakll

antirish: Xom ashyodan tayyor

mahsulotgacha boʻlgan barcha jarayonlarning birlashtirilishi raqobatbardosh

mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini beradi.

2. Resurslardan samarali foydalanish: Klaster ishtirokchilari oʻrtasidagi

hamkorlik mahsulot ishlab chiqarishni optimallashtiradi.


background image

38

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON

WWW.INFOCOM.UZ

3. Innovatsiyalarni joriy qilish: Texnologik jihatdan rivojlanishga imkoniyat

yaratiladi [7].

2024 yil holatiga koʻra, Oʻzbekistonda 40 dan ortiq to‘qimachilik klasterlari

mavjud boʻlib, ularning faoliyati quyidagi yoʻnalishlarga

qaratilgan:

1.

Xom ashyo etishtirish (paxta xom ashyosini yetishtirish);

2.

Uni qayta ishlash va tayyor mahsulot ishlab chiqarish;

3.

Mahsulotni ichki va tashqi bozorlarga etkazib berish [8].

Shu bilan birga, klasterlar faoliyatida qator muammolar mavjud bular,

klasterlarning huquqiy va tashkiliy asoslari yetarli darajada ishlab chiqilmagan, klaster

ishtirokchilari oʻrtasida axborot almashinuvi va hamkorlik past darajada, ishlab

chiqarish jarayoniga innovatsion texnologiyalarni joriy qilish qiyinchilik

tugʻdirmoqda

.

Klasterlarni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish yoʻnalishlari bo‘lib

quyidgilatni taklif etamiz:

1. Tashkiliy mexanizmlarni takomillashtirish. Klasterlarning tashkiliy asoslarini

qayta koʻrib chiqish va ularni aniq huquqiy maqomga ega tuzilma

sifatida belgilash.

Klaster ishtirokchilari oʻrtasida aniq vazifalarni taqsimlash, javobgarlik va huquqlar

doirasida shartnomalar tuzish. Markazlashgan boshqaruvni joriy etish orqali resurslarni
samarali taqsimlash.

2. Innovatsiyalarni joriy etish. Zamonaviy uskunalar va texnologiyalarni xarid

qilish uchun davlat subsidiyalarini kengaytirish. Ilmiy-tadqiqot institutlari bilan
hamkorlikni kuchaytirish. Klasterlarda avtomatizatsiya va raqamlashtirish
jarayonlarini jadallashtirish.

3. Iqtisodiy mexanizmlarni takomillashtirish. Davlat tomonidan imtiyozli

kreditlar, soliq va bojxona yengilliklarini taqdim etish. Xalqaro moliya institutlari bilan

hamkorlikni kuchaytirish. Eksport yoʻnalishini rivojlantirish uchun klasterlarga

grantlar ajratish.

4. Marketing va eksport strategiyasini takomillashtirish. Klasterlarning tashqi

bozorlardagi marketing faoliyatini qoʻllab

-quvvatlash uchun maxsus agentliklar tashkil

etish. “Made in Uzbekistan” brendini ommalashtirish.

5. Iqtisodiy diplomatiyani kuchaytirish orqali yangi eksport bozorlarini

oʻzlashtirish [9].

6. Xorijiy tajribadan foydalanish ya’ni Turkiya va Xitoy misolida klasterlashuv

jarayonini qo‘llash. Jumladan, Turkiya to‘qimachilik sanoatida hududiy klasterlarni
samarali joriy etgan davlatlardan biri. Xususan, davlat va xususiy sektor hamkorligi
asosida tuzilgan texnoparklar innovatsiyalarni joriy etishga xizmat qiladi. Xitoyda esa

yirik eksport salohiyatiga ega boʻlgan davlat sifatida, to‘qimachilik klasterlarining

hududiy ixtisoslashuviga alohida ahamiyat qaratadi.

Ular oʻz klasterlarini xalqaro

bozor talablariga moslab rivojlantirishga qaratilgan boshqaruv modelini ishlab


background image

39

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON

WWW.INFOCOM.UZ

chiqqan. Oʻzbekiston uchun mazkur davlatlarning tajribasini oʻrganib, mahalliy

sharoitga moslashtirish muhim ahamiyatga ega deb hisoblaymiz [10].

XULOSA VA TAKLIFLAR

To‘qimachilik sanoati klasterlarini boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy

mexanizmlarini takomillashtirish hozirgi kunda milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda
dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Klaster tizimi samaradorligini oshirish uchun

quyidagi asosiy yoʻnalishlar muhim ahamiyat kasb etadi:

1. Qoʻshilgan qiymat zanjirini rivojlantirish: xom ashyodan tayyor

mahsulotgacha boʻlgan ishlab chiqarish jarayonini toʻliq qamrab olish klasterlarning

iqtisodiy samaradorligini oshirishning asosiy omillaridan biridir.

2. Innovatsiyalarni joriy etish: texnologik modernizatsiya va raqamli

boshqaruv tizimlari klasterlar samaradorligini yanada oshirishga yordam beradi.

3. Davlat-xususiy sheriklikni kuchaytirish: davlat tomonidan qulay shart-

sharoitlar yaratish va xususiy sektorni jalb qilish to‘qimachilik sanoatida samarali
hamkorlikni ta’minlaydi.

4. Eksport salohiyatini kengaytirish: jahon bozoriga kirish uchun mahsulot

sifati va raqobatbardoshligini oshirish muhim.

5. Infratuzilmani takomillashtirish: logistika, moliyalashtirish va kadrlar

tayyorlash kabi sohalarni rivojlantirish klaster tizimining samaradorligiga ijobiy

ta’sir koʻrsatadi.

Muqobil yondashuvlar va tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarni takomillashtirish

orqali to‘qimachilik sanoati klasterlari samaradorligini oshirish mumkin. Quyidagi
takliflarni amalga oshirish tavsiya etiladi:

1. Klaster ishtirokchilari oʻrtasida hamkorlikni kuchaytirish uchun raqamli

axborot platformalarini joriy etish.

2. Davlat tomonidan innovatsiyalarni moliyalashtirish uchun alohida fond

yaratish.

3. Marketing va eksport strategiyasini takomillashtirish, “Made in Uzbekistan”

brendini rivojlantirish.

4. Xalqaro tajribani oʻzlashtirish orqali mahsulot sifatini oshirish.

Taklif etilayotgan chora-tadbirlar klaster tizimining umumiy samaradorligini

oshirishga, shuningdek, Oʻzbekistonning jahon to‘qimachilik bozoridagi oʻrnini

mustahkamlashga xizmat qiladi.

Ushbu tadqiqot natijalari to‘qimachilik sanoati klasterlarini rivojlantirish

boʻyicha ilmiy

-nazariy asoslarni belgilab berib, sohani takomillashtirish uchun aniq

amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini beradi. Klaster tizimidagi

innovatsiyalarning joriy qilinishi milliy iqtisodiyotda yuqori qoʻshilgan qiymatli

mahsulotlar ishlab chiqarish va ekspor

t koʻlamini oshirishga zamin yaratadi.


background image

40

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON

WWW.INFOCOM.UZ

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

Enright M.J. Why Clusters are the Way to Win the Game? // Word Link.

1992. July/August. No 5. Р. 24

-25.

2.

Мухсинова П.А. Развитие легкой промышленности региона на основе

кластерного

подхода (на материалах Согдийской области Республики

Таджикистан). Автореферат дисс. кандидата экон. наук.

Душанбе, 2020.

С.

27.

3.

Boltabaev M.R. O‘zbekiston Respublikasi to‘qimachilik sanoati eksport

imkoniyatlarini rivojlantirishda marketing strategiyasi: doktorlik dissertasiyasi. – T.:
TDIU, 2005. – 242 b.;

4.

Toshpulatov I.A. To‘qimachilik korxonalarining raqobatbardoshligini

boshqarish tizimini takomillashtirish. Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori
ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertasiya. –T.: TDIU, 2019. – 137 b.

5.

Abdukhalimovna, A.Z., & Nabievich, II (2021). Organization of Long-Term

Asset Accounting on the Basis of International Standards. CENTRAL ASIAN
JOURNAL OF INNOVATIONS ON TOURISM MANAGEMENT AND
FINANCE, 2(11), 86-92.

6.

Qudbiyev, N. T., Axmadaliyeva, Z. A., & No, D. M. O. G. L. (2022). SOLIQ

YUKINING BIZNES UCHUN AHAMIYATI. Scientific progress, 3(3), 699-708.

7.

Axmadaliyeva, Z. A. (2023). MHXS ASOSIDA INVESTITSION

MULKLARNI HISOBGA OLISHNING OʻZIGA XOSLIGI. Oriental renais

sance:

Innovative, educational, natural and social sciences, 3(5), 801-811.

8.

Z.A. Axmadaliyeva (2024) Biologik aktivlar buxgalteriya hisobni milliy va

xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish masalalari YASHIL IQTISODIYOT
VA TARAQQIYOT 1 (4), 27-31 2024.

9.

A.Z. Abduxalimovna XALQARO VA MILLIY STANDARTLARGA

KO‘RA BIOLOGIK AKTIVLAR HISOBINING MUAMMOLI MASALALARI
Raqamli iqtisodiyot ilmiy-elektron jurnal 7, 498 b.

10.

A.Z. Abduxalimovna MILLIY HISOB TIZIMIDA BIOLOGIK

AKTIVLARNI HISOBGA OLISH BO‘YICHA TAKLIF VA TAVSIYALAR.
Raqamli iqtisodiyot ilmiy-elektron jurnal 8, 455-464 b.

Библиографические ссылки

Enright M.J. Why Clusters are the Way to Win the Game? // Word Link. 1992. July/August. No 5. Р. 24-25.

Мухсинова П.А. Развитие легкой промышленности региона на основе кластерного подхода (на материалах Согдийской области Республики Таджикистан). Автореферат дисс. кандидата экон. наук. – Душанбе, 2020. – С. 27.

Boltabaev M.R. O‘zbekiston Respublikasi to‘qimachilik sanoati eksport imkoniyatlarini rivojlantirishda marketing strategiyasi: doktorlik dissertasiyasi. – T.: TDIU, 2005. – 242 b.;

Toshpulatov I.A. To‘qimachilik korxonalarining raqobatbardoshligini boshqarish tizimini takomillashtirish. Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertasiya. –T.: TDIU, 2019. – 137 b.

Abdukhalimovna, A.Z., & Nabievich, II (2021). Organization of Long-Term Asset Accounting on the Basis of International Standards. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF INNOVATIONS ON TOURISM MANAGEMENT AND FINANCE, 2(11), 86-92.

Qudbiyev, N. T., Axmadaliyeva, Z. A., & No, D. M. O. G. L. (2022). SOLIQ YUKINING BIZNES UCHUN AHAMIYATI. Scientific progress, 3(3), 699-708.

Axmadaliyeva, Z. A. (2023). MHXS ASOSIDA INVESTITSION MULKLARNI HISOBGA OLISHNING OʻZIGA XOSLIGI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(5), 801-811.

Z.A. Axmadaliyeva (2024) Biologik aktivlar buxgalteriya hisobni milliy va xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish masalalari YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT 1 (4), 27-31 2024.

A.Z. Abduxalimovna XALQARO VA MILLIY STANDARTLARGA KO‘RA BIOLOGIK AKTIVLAR HISOBINING MUAMMOLI MASALALARI Raqamli iqtisodiyot ilmiy-elektron jurnal 7, 498 b.

A.Z. Abduxalimovna MILLIY HISOB TIZIMIDA BIOLOGIK AKTIVLARNI HISOBGA OLISH BO‘YICHA TAKLIF VA TAVSIYALAR. Raqamli iqtisodiyot ilmiy-elektron jurnal 8, 455-464 b.