66
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON
WWW.INFOCOM.UZ
TIJORAT BANKLARIDA XODIMLARNI BOSHQARISH TIZIMINI
TAKOMILLASHTIRISH
Tursunov Sherzod Abduqodirovich
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Innovatsion menejment kafedrasi dotsenti
tursunovsherzod1977@gmail.com
Axrorova Aziza Jur’at qizi
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Innovatsion menejment kafedrasi magistranti
Umarova Laylo Nuralievna
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Innovatsion menejment kafedrasi magistranti
Annotatsiya:
Ushbu maqola tijorat banklarida xodimlarni boshqarish tizimini
takomillashtirish masalalarini o‘rganadi. Banklar uchun xodimlar eng muhim resurs
hisoblanadi, shuning uchun ularning malakasi, motivatsiyasi va ishga bo‘lgan
munosabati bankning muvaffaqiyatiga bevosita ta’sir qiladi. Maqolada xodimlarni
rejalashtirish va tanlash, malaka oshirish, motivatsiya va baholash jarayonlari
muhokama qilinadi. Shuningdek, zamonaviy texnologiyalar va strategiyalarni joriy
etish orqali xodimlarni boshqarish tizimini qanday yaxshilash mumkinligi haqida
tavsiyalar beriladi. Ushbu tadqiqot tijorat banklarida inson resurslarini boshqarishning
samaradorligini oshirish va bankning umumiy ish faoliyatini yaxshilashga qaratilgan.
Kalit so‘zlar: tijorat banklari, xodimlarni boshqarish, inson resurslari, malaka
oshirish, motivatsiya, rag‘batlantirish tizimi, ish faoliyati, raqobatbardoshlik,
zamonaviy texnologiyalar, baholash tizimi, trening va rivojlantirish, korporativ
madaniyat, ishga qabul qilish jarayoni, strategik rejalashtirish, professional
rivojlanish, samaradorlik.
СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ СИСТЕМЫ УПРАВЛЕНИЯ ПЕРСОНАЛАМИ
В КОММЕРЧЕСКИХ БАНКАХ
Турсунов Шерзод Абдукодирович
Доцент кафедры «Инновационный менеджмент» Ташкентского
государственного экономического университета
tursunovsherzod1977@gmail.com
Ахророва Азиза Журатовна
67
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON
WWW.INFOCOM.UZ
Магистрант кафедры «Инновационный менеджмент» Ташкентского
государственного экономического университета
Умарова Лайло Нуралиевна
Магистрант кафедры «Инновационный менеджмент» Ташкентского
государственного экономического университета
Аннотация:
В статье рассматриваются вопросы совершенствования
системы управления персоналом в коммерческих банках. Сотрудники являются
важнейшим ресурсом для банков, а их квалификация, мотивация и отношение к
работе напрямую влияют на успех банковского бизнеса. В статье
рассматриваются процессы планирования и подбора сотрудников, обучения,
мотивации и оценки. Также даются рекомендации по совершенствованию
системы управления персоналом путем реализации стратегии
технологического
развития. Данное исследование направлено на повышение эффективности
управления человеческими ресурсами в коммерческих банках и улучшение
общей эффективности банковской деятельности.
Ключевые слова:
коммерческие банки, управление персоналом,
человеческие ресурсы, обучение, мотивация, система мотивации,
производительность труда, конкурентоспособность, современные технологии,
система оценки, обучение и развитие, корпоративная культура, процесс
подбора персонала, стратегическое планирование, профессиональное развитие,
эффективность.
IMPROVING THE PERSONNEL MANAGEMENT SYSTEM IN
COMMERCIAL BANKS
Tursunov Sherzod Abduqodirovich
Associate Professor, Department of Innovation Management, Tashkent State
University of Economics
tursunovsherzod1977@gmail.com
Axrorova Aziza Jur’at qizi
Master's Student, Department of Innovation Management, Tashkent State University
of Economics
Umarova Laylo Nuralievna
Master's Student, Department of Innovation Management, Tashkent State University
of Economics
68
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON
WWW.INFOCOM.UZ
Abstract:
This article examines the issues of improving the personnel
management system in commercial banks. Employees are the most important resource
for banks, so their skills, motivation and attitude directly affect the success of the bank.
The article discusses the processes of personnel planning and selection, training,
motivation and evaluation. Also, recommendations are given on how to improve the
personnel management system by introducing modern technologies and strategies.
This study aims to improve the effectiveness of human resource management in
commercial banks and improve the overall performance of the bank.
Keywords:
commercial banks, personnel management, human resources,
training, motivation, motivation system, labor productivity, competitiveness, modern
technologies, evaluation system, training and development, corporate culture,
personnel selection process, strategic planning, professional development, efficiency.
KIRISH
Keyingi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng miqyosli
institutsional islohotlar doirasida moliya sektorining barqarorligini, uning global
moliya tizimiga integratsiyalashuvini ta’minlash, bank xizmatlarining sifatini va
ulardan foydalanish imkoniyatlarini, birinchi navbatda xususiy biznes va aholi uchun
oshirish choralari ko‘rildi [9].
Davlat ulushiga ega bo‘lgan tijorat banklarida zamonaviy korporativ boshqaruv
tamoyillari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, faoliyat
samaradorligi va investitsiyaviy jozibadorligini oshirish orqali ularning shaklini
o‘zgartirish borasidagi ishlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, bank sektorini isloh qilish borasida amalga oshirilayotgan
chora-tadbirlar ilg‘or xalqaro amaliyotni inobatga olgan holda bank sohasidagi
kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning zamonaviy usullarini joriy etish asosida
tijorat banklari xodimlarining bilimi va malakasini oshirishni taqozo etmoqda.
Tijorat banklari zamonaviy iqtisodiyotda muhim rol o‘ynaydi, chunki ular
moliyaviy resurslarni boshqarish, investitsiya va kredit berish kabi vazifalarni
bajaradilar. Ushbu jarayonlarda bank xodimlarining professional malakasi va ishga
bo‘lgan munosabati katta ahamiyatga ega. Xodimlarni boshqarish tizimi banklarning
muvaffaqiyatli ishlashi uchun zaruriy shartdir.
Xodimlarni boshqarish tizimining takomillashtirilishi bankning ichki
jarayonlarini optimallashtirishga, xodimlar o‘rtasida motivatsiyani oshirishga va
ularning kasbiy rivojlanishini ta’minlashga yordam beradi. Biroq, ko‘plab banklar
an’anaviy yondashuvlar bilan cheklanishadi va zamonaviy talablarni inobatga
olmaydilar. Shuning uchun, xodimlarni boshqarish tizimining innovatsion metodlarini
joriy etish va rivojlantirish zarurati tug‘ilmoqda.
69
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON
WWW.INFOCOM.UZ
Ushbu maqola tijorat banklarida xodimlarni boshqarish tizimini
takomillashtirish masalasini chuqurroq o‘rganish, mavjud muammolarni tahlil qilish
va innovatsion yechimlar taklif qilishga bag‘ishlanadi. Banklar HRM tizimlaridan
samarali foydalanish orqali kadrlar salohiyatini maksimal darajada ochib berishi va o‘z
xodimlarining faoliyatidan maksimal foyda olishi mumkin.
ADABIYOTLAR TAHLILI
А
yni vaqtda mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili,
bugungi kunda jahon bozori konʼyunkturasi keskin
o‘zgarib, globallashuv sharoitida
raqobat tobora lkuc
hayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal surʼatlar
bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab
chiqish va ro‘yobga chiqarishni taqozo etmoqda [10].
Bugungi kunda xodimlarni
boshqarish tizimini yaxshilash orqali banklar nafaqat
ichki ish faoliyatini, balki mijozlar bilan munosabatlarni ham mustahkamlash
imkoniyatiga ega bo‘ladi. Xodimlarni samarali boshqarish tijorat banklarini har
tomonlama yuksalishiga olib keladi va shu jihat sabab korporativ boshqaruv tizimi
mavjud bo‘lmagan kompaniya raqobatbardosh va investitsion jozibador bo‘lish uchun
bozorning to‘liq ishtirokchisiga aylanish imkoniyatiga ega emas. Chunki, korporativ
boshqaruv, tashkilotning madaniyatini shakllantiradi, bu esa xodimlarni boshqarishda
muhim rol o‘ynaydi. Ijobiy tashkilot madaniyati xodimlarning motivatsiyasini oshiradi
va ularni ishga bo‘lgan munosabatini yaxshilaydi. Korporativ boshqaruv jarayonlarni
xodimlarni boshqarish bilan bog‘liq qarorlar (masalan, ishga qabul qilish, ta’lim va
rivojlantirish) uchun asos yaratadi. Korporativ boshqaruv xodimlarni boshqarish
tizimining samaradorligini baholash uchun hisobotlar va monitoring tizimlarini ishlab
chiqadi. Bu tizimlar tashkilotning kadrlar siyosatini takomillashtirishga yordam beradi.
Korporativ boshqaruv organizatsiyaning ijtimoiy mas’uliyatini belgilaydi. Xodimlarni
boshqarish tizimi esa xodimlar va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni yashilashga
qaratilgan dasturlarni ishlab chiqadi. Korporativ boshqaruv o‘zgarishlarga tayyor
bo‘lishni ta’minlaydi. Xodimlarni boshqarish tizimi esa xodimlarni yangi sharoitlarga
moslab tayyorlash va o‘rganish imkoniyatlarini taqdim etadi.
Tijorat banklarida xodimlarni boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha
adabiyotlar tahlili, ushbu sohadagi muhim tendensiyalar, metodologiyalar va
tajribalarni o‘rganishga imkon beradi. Bu tahlil, banklar uchun samarali boshqaruv
strategiyalarini ishlab chiqishda yordam beradi.
Bir qator tadqiqotlar, xodimlarni tanlash jarayonida zamonaviy
texnologiyalarning, xususan, onlayn intervyu va psixometrik testlarning ahamiyatini
ta’kidlaydi. Masalan, Schmidt va Hunter (1998) o‘z ishlarida yo‘llash usullarining
samaradorligini o‘rganib, psixometrik baholash va intervyularning yuqori aniqlik
keltirishi mumkinligini ko‘rsatdilar [1].
70
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON
WWW.INFOCOM.UZ
Adabiyotlarda xodimlarning malaka oshirish jarayonida doimiy ta’lim
dasturlarining o‘rni katta. Herzberg (1966) motivatsiya nazariyasi orqali xodimlarning
motivatsiyasini oshirishda ichki va tashqi omillarning muhimligini ta’kidlaydi [2].
Banklar uchun rag‘batlantirish tizimlari, bonuslar va mukofotlar orqali xodimlarning
ish faoliyatini yashilashda samarali bo‘lishi mumkin. Xodimlar ish faoliyatini baholash
tizimlari bo‘yicha Aguinis, H (2009) tomonidan taqdim etilgan nazariyalar, baholash
jarayonida aniq va o‘Ichovli maqsadlarni belgilashning muhimligini ko‘rsatadi [3]. Bu
xodimlarning o‘zini rivojlantirish imkoniyatlarini oshiradi.
Zamonaviy tenologiyalar, xususan, HRM (Inson Resurslarini Boshqarish)
dasturlari va ma’lumotlar tahlili, xodimlarni boshqarish tizimlarini yanada samarali
qilishga yordam beradi. Kavanagh va Thite (2009) o‘zlarining ishlarida texnologik
yondashuvlarning xodimlarni boshqarish jarayonlarida yangi imkoniyatlar ochishini
ta’kidlaydilar [4].
Gulnora Abdurahmonova “Inson Resurslarini boshqarish” tashkilotlarning
xodimlarga erkin ish grafigini yaratib berishi xodimlarga oila va ish o‘rtasida balans
ushlashiga yordam berishi, buning natijasida xodimlar samaraliroq ishlashi haqida
takidlaydi [5]. “Employee Training and Development” Raymond A. Noe (2010)
tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar, malaka oshirishning nafaqat xodimlar, balki
bankning umumiy muvaffaqiyatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatadi [6].
Ish kuchi samaradorligini oshirish nafaqat xodimlarga foyda keltiradi, balki
tashkilotdagi barcha manfaatdor tomonlarning qoniqishini ham ta’minlaydi. Ta’lim
amaliyotlari va umumiy natijalarning o‘zaro bog‘liqligi shuni ko‘rsatadiki, treningdan
o‘tgan shaxslar ish va hayot muvozanatini yaxshilaydi va biznes uchun ko‘proq
investitsiya imkoniyatlarini taqdim etadi. Bundan tashqari, kompensatsiya siyosatini
tashkilot faoliyatiga moslashtirish xodimlarning samaradorligini oshirishi mumkin va
xodimlarni HR boshqaruv jarayonlariga jalb qilish mijozlar va xodimlarning
qoniqishini oshirishga yordam beradi. Kompaniyadagi turli funktsiyalarga ijobiy ta’sir
ko‘rsatadigan kuchli HR tizimini yaratish xodimlarning o‘sishi va samaradorligini
oshiradi. Xodimlarning samaradorligi, saqlanishi, ish xavfsizligi, ma’muriyat,
tayyorgarlik va ish sifati tashkilot faoliyatiga, xususan, davlat idoralarida ta’sir qiluvchi
muhim o‘zgaruvchilardir.
HR turli tadbirkorlik sub'yektlarida muhim rol o‘ynaydi, tashkiliy qayta
loyihalashda innovator sifatida xizmat qilish va, xodimlarni o‘qitish va texnik xizmat
ko‘rsatish orqali tashkilotlarning o‘sishi va samaradorligiga hissa qo‘shadi. Inson
resurslarini boshqarish (HRM) - bu inson resurslarini tayyorlash, inson resurslarini
boshqarish, strategik yollash, xodimlarni o‘qitish, o‘sish kompensatsiyasini
boshqarish, samaradorlik, ishchilar bilan munosabatlar, sog‘liqni saqlash,
xodimlarning qoniqishi, shuningdek, xodimlarga xizmat ko‘rsatish kabi vazifalarni o‘z
ichiga olgan siyosat deb ta’kidladi (Khan va Abdulla, 2019) [7].
71
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON
WWW.INFOCOM.UZ
HR amaliyotlari yollash va tanlash, rag‘batlantirish va mukofotlar, xavfsizlik
bo‘yicha treninglar, aloqa va fikr-mulohazalar, ishchilarning ishtiroki, boshqaruv
majburiyatlari va ish faoliyatini baholash kabi turli toifalarni o‘z ichiga oladi. Ushbu
amaliyotlar moddiy jihatlar bilan bir qatorda individual, tashkiliy va moliyaviy
jihatlarni ham hisobga oladi.
Har bir rahbar xodim: sotsiologiya, psixologiya, pedagogika fanlarini mustaqil
egallashi kerak, jamoaga a’zo bo‘lgan har bir shaxsning qalbiga yo‘l topa olishi
raxbarning ish faoliyatida asosiy ahamiyatga ega deydi (Gulchiroy Asadova 2023) [8].
Zamonaviy tashkilotlarning muvaffaqiyati tashkilotlar va shaxslarning tezkor
o‘rganishiga asoslanadi. Shunday qilib, tashkilotda o‘rganish tashkilotning
raqobatdosh ustunliklarini saqlab qolishning kalitidir. Bugungi tez o‘zgaruvchan
bozorda intilayotgan tashkilotlar qanday o‘rganishni biladigan va tezda qayta ishlay
oladigan va yangi qiyinchiliklarga tayyor bo‘ladigan xodimlarga ega bo‘lish
zarurligiga duch kelmoqda.
Yuqoridagi olimlar va boshqa olimlar Tijorat banklarida xodimlarni boshqarish
tizimini takomillashtirish bo‘yicha adabiyotlar tahlili, zamonaviy yondashuvlar va
metodlarning ahamiyati ko‘rsatilgan. Ushbu tahlil, banklar uchun samarali
strategiyalarni ishlab chiqishda asos bo‘lib xizmat qiladi va xodimlarning ish
faoliyatini yashilashga yordam beradi.
METODOLOGIYA
Maqolani yozish jarayonida ma’lumot yig‘ish, saralash usullaridan
foydalanilgan. Olingan natijalar induksiya usuli orqali yakuniy xulosa sifatida
chiqarildi. Shu bilan birga, ilmiy tadqiqotlar olib borishda tahlil qilish usuli orqali
tijorat banklarida xodimlarni boshqarish tizimini takomillashtirish va tashkiliy xatti-
harakatlar o‘rtasidagi munosabatlar o‘rganildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Tijorat banklarida xodimlarni boshqarish tizimi (XBT) tashkilotning
muvaffaqiyatini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Xodimlarning ish faoliyatini
samarali boshqarish, ularning motivatsiyasini oshirish, kasbiy rivojlanishiga yordam
berish va kompaniyaning strategik maqsadlariga erishish uchun zarur. Biroq, bugungi
kunda ko‘plab tijorat banklarida xodimlarni boshqarish tizimi takomillashtirishga
muhtoj bo‘lishi mumkin. Ushbu tahlilda, xodimlarni boshqarish tizimini
takomillashtirish yo‘nalishlari, muammolar va ularning yechimlari ko‘rib chiqiladi.
Banklar HRM tizimlaridan samarali foydalanish orqali kadrlar salohiyatini
maksimal darajada ochib berishi va o‘z xodimlarining faoliyatidan maksimal foyda
olishi mumkin.
Tijorat banklarida HRM tizimining dolzarbligi:
72
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON
WWW.INFOCOM.UZ
Bugungi kunda tijorat banklarida HRM tizimlari strategik rolga ega bo‘lib, ular
orqali banklar nafaqat xodimlarni jalb qilish va joylashtirish bilan shug‘ullanadi, balki
ularning kasbiy rivojlanishi, motivatsiyasi va mehnat samaradorligini oshirishga
yo‘naltirilgan kompleks yondashuvlarni ishlab chiqadi. Ushbu tizimlar banklar
faoliyatining barcha sohalariga integratsiyalashib borayotgan bir paytda, ularning
zamonaviy texnologiyalar asosida avtomatlashtirilishi katta ahamiyat kasb etadi.
Tijorat banklari mijozlarga xizmat ko‘rsatishning yuqori standartlarini saqlab
qolish va yangi xizmatlarni joriy qilish orqali bozorga moslashadi. Bu jarayonda
xodimlarning malakasi va motivatsiyasi katta rol o‘ynaydi. Shu sababli HRM tizimlari
orqali xodimlarni boshqarish va rivojlantirish banklar uchun strategik ahamiyatga ega.
Xodimlarni boshqarish tizimining asosiy muammolari:
Tijorat banklarida HRM tizimlari samaradorligini oshirish uchun bir qator asosiy
muammolarni hal qilish zarur. Bu muammolarni aniqlash va tahlil qilish orqali banklar
kadrlar boshqaruvini takomillashtirishda aniq strategiyalar ishlab chiqishi mumkin.
1. Xodimlarni tanlash va joylashtirish jarayonlaridagi qiyinchiliklar.
Xodimlarni tanlash va joylashtirish jarayonlari har qanday bank uchun strategik
ahamiyatga ega bo‘lib, to‘g‘ri xodimlarni tanlash bankning uzoq muddatli
muvaffaqiyati uchun muhim hisoblanadi. Ammo ko‘pgina banklar xodimlarni
tanlashda hali ham an’anaviy usullardan foydalanadi. Bu jarayonlar ko‘pincha inson
omili ta’siriga asoslanadi va subyektiv qarorlar qabul qilinishiga sabab bo‘ladi.
Tanlashda faqat texnik bilimlarga tayanish xodimning kelgusidagi rivojlanish
salohiyatini to‘liq baholash imkonini bermaydi.Shu sababli, xodimlarni tanlash va
joylashtirish jarayonlarini
avtomatlashtirish, shuningdek, zamonaviy
texnologiyalardan foydalanish banklarga nafaqat to‘g‘ri malakali xodimlarni tanlashga
yordam beradi, balki ular o‘rtasidagi raqobatbardoshlikni ham oshiradi.
2. Motivatsiya va rag‘batlantirish tizimining rivojlanmaganligi.
Xodimlarning motivatsiyasi va rag‘batlantirilishi ularning ishlash
samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Afsuski, ko‘pgina tijorat banklarda
motivatsiya tizimlari moliyaviy rag‘batlantirish usullari bilan cheklanib qoladi.
Nomoddiy motivatsiya usullari, masalan, tan olish va rag‘batlantirish, kasbiy
rivojlanish imkoniyatlari va ijtimoiy bonuslar yetarlicha e’tibordan chetda qoladi.
Xodimlarni motivatsiyalash va ularning ishga bo‘lgan qiziqishini oshirish uchun har
tomonlama rag‘batlantirish tizimlarini joriy qilish lozim.
3. Xodimlarni rivojlantirish va kasbiy o‘sish imkoniyatlarining yetishmasligi.
Xodimlarning kasbiy rivojlanish imkoniyatlari cheklangan bo‘lsa, bu
xodimlarning bankga bo‘lgan sodiqligini pasaytirishi va ularning ish samaradorligini
kamaytirishi mumkin. Bank sohasida xodimlarning kasbiy rivojlanishi doimiy o‘qish
va yangi bilimlarni o‘zlashtirish bilan bog‘liq. Shuning uchun xodimlarni malaka
73
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON
WWW.INFOCOM.UZ
oshirish va ularni doimiy ravishda rivojlantirib borish bankning raqobatbardoshligini
saqlash uchun muhimdir.
4. HRM tizimlarini avtomatlashtirishning sustligi.
Ko‘plab tijorat banklarda HRM jarayonlari hali ham qog‘ozbozlik va qo‘lda
boshqarish tizimlariga bog‘liq. Avtomatlashtirilmagan jarayonlar xodimlarni
boshqarish jarayonini murakkablashtiradi, vaqt talab etadi va xatolar yuzaga kelishiga
sabab bo‘ladi. Zamonaviy HRM texnologiyalarining joriy qilinishi xodimlarni
boshqarishni soddalashtiradi, vaqt va resurslarni tejaydi va boshqaruv jarayonining
samaradorligini oshiradi.
Tijorat banklarida HRM tizimlarini takomillashtirish yo‘nalishlari.
Tijorat banklarida xodimlarni boshqarish tizimini takomillashtirish uchun bir qator
strategik yo‘nalishlarni amalga oshirish zarur. Ushbu yo‘nalishlar zamonaviy
texnologiyalar va innovatsiyalarni joriy qilish, xodimlarni motivatsiyalash va
rivojlantirish, shuningdek, HRM tizimlarini avtomatlashtirish orqali amalga oshiriladi.
1. Zamonaviy HRM texnologiyalarini joriy qilish.
HRM tizimlarini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri zamonaviy
texnologiyalarni joriy qilishdir. Xodimlarni boshqarish jarayonlarini avtomatlashtirish
orqali banklar vaqt va resurslarni tejaydi, xodimlarning faoliyatini yanada samaraliroq
boshqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Masalan, SAP SuccessFactors yoki Oracle HCM
kabi HRM dasturlari orqali banklar xodimlarni jalb qilish, joylashtirish, o‘qitish va
malaka oshirish jarayonlarini avtomatlashtirishi mumkin.
Elektron HR tizimlari: Avtomatlashtirilgan HR tizimlari yordamida xodimlar
faoliyatini real vaqt rejimida kuzatish, ish samaradorligini baholash va o‘z vaqtida
rag‘batlantirish mumkin bo‘ladi.
Analitik vositalar: Xodimlarning ish samaradorligini baholash uchun turli
ko‘rsatkichlarni kuzatish va tahlil qilish orqali samaradorlikni oshirish bo‘yicha aniq
qarorlar qabul qilish imkoniyatini beradi.
Avtomatlashtirilgan trening dasturlari: Banklar xodimlari uchun onlayn o‘qitish
platformalarini joriy qilish orqali xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini doimiy
ravishda yangilab borishi mumkin.
2. Xodimlarni motivatsiyalash va rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish.
Xodimlarning motivatsiyasini oshirish va ularni rag‘batlantirish banklarning
uzoq muddatli muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Samarali rag‘batlantirish tizimlari bank
xodimlarini o‘z ishiga ko‘proq jalb qiladi va ularning samaradorligini oshiradi.
Rag‘batlantirish tizimini takomillashtirishda quyidagi usullar samarali hisoblanadi.
Nomoddiy rag‘batlantirish: Xodimlarni tan olish va ularni rag‘batlantirishning
nomoddiy usullari ularning ishtiyoqini oshiradi. Maqtovlar, e’tirof etish va
xodimlarning yutuqlari uchun mukofotlash motivatsiyani oshirishning samarali
vositasidir.
74
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON
WWW.INFOCOM.UZ
Moslashuvchan ish sharoitlari: Xodimlarga moslashuvchan ish sharoitlarini
yaratish, masalan, uyda ishlash imkoniyatini taqdim etish orqali ularning ish qiziqishini
oshirish mumkin.
Rag‘batlantirish va bonus tizimlari: Muvaffaqiyatli xodimlarni turli bonuslar
bilan rag‘batlantirish orqali ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish mumkin.
3. Xodimlarning kasbiy rivojlanishi va o‘sish imkoniyatlarini kengaytirish.
Xodimlarning kasbiy rivojlanishi nafaqat ularning shaxsiy malakasini oshiradi,
balki bankning umumiy samaradorligini ham oshiradi. Xodimlarni doimiy ravishda
o‘qitish va rivojlantirish ularning bilimlarini kengaytirish va bank xizmatlarida yangi
texnologiyalarni qo‘llash imkonini beradi.
Ichki va tashqi o‘quv dasturlari: Xodimlar uchun muntazam ichki va tashqi
o‘quv dasturlarini tashkil qilish. Xalqaro sertifikat olish imkoniyatlari ularning
malakasini oshiradi va global bozor talablariga moslashishiga yordam beradi.
Mentorlik dasturlari: Yangi xodimlar uchun mentorlik dasturlarini tashkil etish
orqali ularni tezroq integratsiyalashishiga va malakali xodimlar sifatida rivojlanishiga
ko‘maklashish mumkin.
Raqamli trening platformalari: Onlayn o‘quv platformalaridan foydalanish
xodimlar uchun qulay va tezkor trening imkoniyatlarini yaratadi.
4. Ish samaradorligini baholash tizimini takomillashtirish.
Xodimlarning ish samaradorligini muntazam baholab borish orqali banklar
xodimlar faoliyatini yaxshiroq boshqarishi va rivojlantirishi mumkin. Ish
samaradorligini baholash jarayonini yanada samarali qilish uchun quyidagi
yondashuvlar qo‘llanilishi mumkin:
- KPI tizimlari: KPI (asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari) tizimlari xodimlarning
faoliyatini kuzatish va tahlil qilish uchun qulay vosita hisoblanadi. Har bir xodimning
aniq maqsad va vazifalari belgilanadi va ular KPI yordamida baholanadi;
- 360-darajali baholash: Xodimlarni har tomonlama baholash uchun 360-darajali
baholash tizimlari joriy qilinishi mumkin. Bu tizim orqali xodimlar o‘z rahbarlari,
hamkasblari va mijozlar tomonidan baholanadi, bu esa ularning ishlash sifatini
yaxshiroq tushunishga yordam beradi;
- Uzoq muddatli rivojlanish uchun tavsiyalar: Olingan natijalarga asoslanib
xodimlar uchun individual rivojlanish rejalarini tuzish va ularni kasbiy rivojlanishga
yo‘naltirish.
5. Xodimlarni boshqarish tizimini takomillashtirish natijalari va kutilayotgan
foyda.
Tijorat banklarida HRM tizimlarini takomillashtirish nafaqat xodimlarning
samaradorligini oshirishga, balki bankning umumiy muvaffaqiyatiga ham bevosita
ta’sir ko‘rsatadi. Samarali boshqaruv orqali banklar bir qator ijobiy natijalarga erishishi
mumkin. Bunda xodimlarning samaradorligi va motivatsiyasi oshadi. Rag‘batlantirish
75
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON
WWW.INFOCOM.UZ
va motivatsiya tizimlarining kengayishi xodimlarning ishga bo‘lgan qiziqishini
oshiradi. Nomoddiy motivatsiya usullari xodimlarning ishga sodiqligini
mustahkamlaydi va ularning faoliyatidan yuqori natijalar olishga imkon beradi.
Natijada:
- Bankning mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifati yaxshilanadi. Malakali va
motivatsiyalangan xodimlar bankning mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshiradi.
Xodimlarning o‘z vazifalariga bo‘lgan yuqori qiziqishi mijozlar ehtiyojlarini
qondirishda yaxshiroq natijalarga erishishga imkon beradi, bu esa bankning
raqobatbardoshligini oshiradi.
- Ish jarayonlarining avtomatlashtirilishi va optimallashtirilishi. HRM
tizimlarini avtomatlashtirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish bank
jarayonlarini samaraliroq qiladi va resurslarni tejaydi. Avtomatlashtirilgan jarayonlar
inson omiliga bog‘liq xatolarni kamaytiradi va ish samaradorligini oshiradi.
-
Xodimlarning kasbiy rivojlanishi va bankning uzoq muddatli
raqobatbardoshligi. Xodimlarning kasbiy rivojlanishi va malakasining oshirilishi
bankning uzoq muddatli muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Xodimlarni doimiy ravishda
o‘qitish va rivojlantirish bank xizmatlarining raqobatbardoshligini saqlab qolishga va
yangi texnologiyalarga moslashishga yordam beradi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Tijorat banklarida xodimlarni boshqarish tizimini takomillashtirish bank
faoliyatining samaradorligini oshirish, mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash
va raqobatbardoshligini kuchaytirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Zamonaviy HRM texnologiyalari va strategik yondashuvlar orqali xodimlarning
kasbiy rivojlanishi, motivatsiyasi va sodiqligini oshirishga erishiladi. Banklar uchun
HRM tizimlarini avtomatlashtirish, xodimlarni rivojlantirish va samaradorlikni
baholash jarayonlarini takomillashtirish bugungi kunda zarur va dolzarbdir. Ushbu
chora-tadbirlar orqali tijorat banklari o‘z raqobatbardoshligini oshiradi va uzoq
muddatli muvaffaqiyatga erishadi. Ya’ni, tijorat banklarida xodimlarni boshqarish
tizimini takomillashtirish, bank faoliyatining samaradorligini oshirish, mijozlarga
xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash va raqobatbardoshligini kuchaytirishda hal
qiluvchi rol o‘ynaydi. Ushbu jarayonning mohiyatini keng ochib berish uchun bir qator
asosiy jihatlarni ko‘rib chiqamiz.
Xodimlarni boshqarish tizimini takomillashtirish, xodimlarning kasbiy
rivojlanishini ta’minlaydi. Zamonaviy HRM texnologiyalari va strategik yondashuvlar,
xodimlarning malakasi va bilimlarini oshirishga yordam beradi. Muntazam o‘qitish
dasturlari va treninglar xodimlarning yangi ko‘nikmalarni o‘zlashtirishini ta’minlaydi.
Bu nafaqat xodimlarning o‘z ishiga bo‘lgan ishtiyoqini oshiradi, balki bankning
umumiy xizmat sifatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
76
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON
WWW.INFOCOM.UZ
Banklar uchun xodimlarning motivatsiyasi va sodiqligini oshirish, ularning
ishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytiradi. Rag‘batlantiruvchi tizimlar, masalan, bonuslar,
mukofotlar va boshqa ijtimoiy imtiyozlar, xodimlarni yanada faol ishlashga undaydi.
Motivatsiya oshgani sayin, xodimlar o‘z vazifalarini bajarayotganda yuqori natijalarga
erishishadi. Bu esa bankning mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashga olib
keladi.
Malakali va motivatsiyalangan xodimlar bankning mijozlarga xizmat ko‘rsatish
sifatini oshiradi. Xodimlarning o‘z vazifalariga bo‘lgan yuqori qiziqishi, mijozlar
ehtiyojlarini qondirishda yaxshiroq natijalarga erishishga imkon beradi. Bu, o‘z
navbatida, bankning raqobatbardoshligini oshiradi. Mijozlar tomonidan
ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatli bo‘lishi, bankning obro‘sini oshiradi va mijozlar
sadoqatini ta’minlaydi.
HRM tizimlarini avtomatlashtirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish,
bank jarayonlarini samaraliroq qiladi. Avtomatlashtirilgan tizimlar inson omiliga
bog‘liq xatolarni kamaytiradi, ish samaradorligini oshiradi va resurslarni tejaydi. Bu
bankning umumiy ish jarayonlarini optimallashtirishga yordam beradi va xodimlarga
strategik vazifalarga e’tibor qaratishga imkon yaratadi.
Xodimlarning kasbiy rivojlanishi va malakasini oshirish, bankning uzoq
muddatli muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Xodimlarni doimiy ravishda o‘qitish va
rivojlantirish, bank xizmatlarining raqobatbardoshligini saqlab qolishga va yangi
texnologiyalarga moslashishga yordam beradi. Bu jarayonlar bankning bozor
sharoitlariga moslashuvchanligini oshiradi va uzoq muddatda barqaror rivojlanishni
ta’minlaydi.
Umuman olganda, tijorat banklarida xodimlarni boshqarish tizimini
takomillashtirish, banklarning raqobatbardoshligini oshirish, mijozlarga xizmat
ko‘rsatish sifatini yaxshilash va moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda hal qiluvchi rol
o‘ynaydi. HRM tizimlarini avtomatlashtirish, xodimlarni rivojlantirish va
samaradorlikni baholash jarayonlarini takomillashtirish bugungi kunda zarur va
dolzarbdir. Ushbu chora-tadbirlar orqali tijorat banklari o‘z raqobatbardoshligini
oshiradi va uzoq muddatli muvaffaqiyatga erishadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. Schmidt, F. L., & Hunter, J. E. (1998). The validity and utility of selection
methods in personnel psychology.
2. Herzberg, F. (1966). “Work and the Nature of Man”.
3. Aguinis, H. (2009). “Performance Management”. Pearson Prentice Hall.
4. Kavanagh, M. J., & Thite, M. (2009). International Journal of Human
Resource Management.
5. Abdurahmonova, G. (2013). “Inson resurslarini boshqarish”.
77
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON
WWW.INFOCOM.UZ
6. Noe, R. A. (2010). Employee Training and Development. New York:
McGraw-Hill.
7. Khan, M. A., & Abdulla, M. (2019). The impact of human resource
management practices on employee performance: A study of the banking sector in
Pakistan. International Journal of Business and Management.
8. Gulchiroy Asadova (2023). “Raxbarlik va sotsiologiya”.
9. https://lex.uz/acts/-4574335
10. https://iqtisodiyot.tsue.uz/sites/files/maqolalar
