MIJOZLARGA XIZMAT KO‘RSATISHDA SUN’IY INTELLEKTDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI

Annotasiya

Mazkur maqola mijozlarga xizmat ko‘rsatishda sun’iy intellekt
texnologiyalarining samaradorligini o‘rganishga qaratilgan. Bugungi kunda sun’iy
intellekt, mijozlarga tezkor, aniq va shaxsiylashtirilgan xizmatlar taqdim etish
imkoniyatini yaratmoqda. Maqolada suniy intellekt tizimlarining mijozlarga xizmat
ko‘rsatish jarayonlaridagi afzalliklari, jumladan, vaqtni tejash, xatoliklarni kamaytirish
va mijozlarning qoniqishini oshirishga qaratilgan imkoniyatlari tahlil qilinadi.
Shuningdek, sun’iy intellektdan foydalangan holda mijozlarga xizmat ko‘rsatish
sohasidagi yangi tendensiyalar, raqamli inqilob va kelajakda suniy intellektdan
texnologiyalarining rivojlanishi bilan bog‘liq o‘zgarishlar ko‘rib chiqiladi. Maqolada,
suniy intellekt yordamida mijozlarga xizmat ko‘rsatishda yuzaga keladigan
muammolar va ularni hal etish usullari ham yoritiladi.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Oxunboboyev , A., & Najimov , A. . (2025). MIJOZLARGA XIZMAT KO‘RSATISHDA SUN’IY INTELLEKTDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI. Raqamli Iqtisodiyot, 9(9), 280–286. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/digital-economy/article/view/128190
Abdurahmon Oxunboboyev , Millat Umidi Universiteti
Talaba
Akmal Najimov , Millat Umidi Universiteti
Talaba
0
Iqtibos
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Mazkur maqola mijozlarga xizmat ko‘rsatishda sun’iy intellekt
texnologiyalarining samaradorligini o‘rganishga qaratilgan. Bugungi kunda sun’iy
intellekt, mijozlarga tezkor, aniq va shaxsiylashtirilgan xizmatlar taqdim etish
imkoniyatini yaratmoqda. Maqolada suniy intellekt tizimlarining mijozlarga xizmat
ko‘rsatish jarayonlaridagi afzalliklari, jumladan, vaqtni tejash, xatoliklarni kamaytirish
va mijozlarning qoniqishini oshirishga qaratilgan imkoniyatlari tahlil qilinadi.
Shuningdek, sun’iy intellektdan foydalangan holda mijozlarga xizmat ko‘rsatish
sohasidagi yangi tendensiyalar, raqamli inqilob va kelajakda suniy intellektdan
texnologiyalarining rivojlanishi bilan bog‘liq o‘zgarishlar ko‘rib chiqiladi. Maqolada,
suniy intellekt yordamida mijozlarga xizmat ko‘rsatishda yuzaga keladigan
muammolar va ularni hal etish usullari ham yoritiladi.


background image

280

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON

WWW.INFOCOM.UZ

MIJOZLARGA XIZMAT KO‘RSATISHDA SUN’IY INTELLEKTDAN

FOYDALANISH SAMARADORLIGI

Oxunboboyev Abdurahmon Ulug‘bek o‘g‘li

Millat Umidi Universiteti talabasi

axunbabayevabdurahmon@gmail.com

Najimov Akmal Umidjon o‘g‘li

Millat Umidi Universiteti talabasi

akmalnajimov07@gmail.com

Annotatsiya:

Mazkur maqola mijozlarga xizmat ko‘rsatishda sun’iy intellekt

texnologiyalarining samaradorligini o‘rganishga qaratilgan. Bugungi kunda sun’iy
intellekt, mijozlarga tezkor, aniq va shaxsiylashtirilgan xizmatlar taqdim etish
imkoniyatini yaratmoqda. Maqolada suniy intellekt tizimlarining mijozlarga xizmat
ko‘rsatish jarayonlaridagi afzalliklari, jumladan, vaqtni tejash, xatoliklarni kamaytirish
va mijozlarning qoniqishini oshirishga qaratilgan imkoniyatlari tahlil qilinadi.
Shuningdek, sun’iy intellektdan foydalangan holda mijozlarga xizmat ko‘rsatish
sohasidagi yangi tendensiyalar, raqamli inqilob va kelajakda suniy intellektdan
texnologiyalarining rivojlanishi bilan bog‘liq o‘zgarishlar ko‘rib chiqiladi. Maqolada,
suniy intellekt yordamida mijozlarga xizmat ko‘rsatishda yuzaga keladigan
muammolar va ularni hal etish usullari ham yoritiladi.

Kalit soʻzlar:

sun’iy intellekt mijozlarga xizmat ko‘rsatish, raqamli inqilob,

shaxsiylashtirilgan xizmat, avtomatizatsiya, chatbotlar, mijoz qoniqishi, tezkor xizmat,
xatoliklarni kamaytirish.

ЭФФЕКТИВНОСТЬ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ИСКУССТВЕННОГО

ИНТЕЛЛЕКТА В ОБСЛУЖИВАНИИ КЛИЕНТОВ

Охунбобоев Абдурахман Улугбек угли

Студент Университета Миллат Умиди

axunbabayevabdurahmon@gmail.com

Нажимов Акмал Умиджон угли

Студент Университета Миллат Умиди

akmalnajimov07@gmail.com


background image

281

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Аннотация:

Данная статья посвящена изучению эффективности

технологий искусственного интеллекта (ИИ) в обслуживании клиентов. Сегодня

искусственный интеллект предоставляет возможность быстрого, точного и

персонализированного обслуживания клиентов. В статье анализируются

преимущества систем ИИ в процессе обслуживания клиентов, включая

экономию времени, снижение числа ошибок и повышение уровня

удовлетворенности клиентов. Также рассматриваются новые тенденции в сфере

обслуживания с использованием ИИ, цифровая революция и изменения,

связанные с развитием технологий искусственного интеллекта в будущем. В

статье также освещаются проблемы, возникающие при использовании ИИ в

обслуживании клиентов, и пути их решения.

Ключевые слова:

искусственный интеллект, обслуживание клиентов,

цифровая революция, персонализированные услуги, автоматизация, чат-боты,

удовлетворенность клиентов, быстрое обслуживание, снижение ошибок.

EFFECTIVENESS OF USING ARTIFICIAL INTELLIGENCE IN

CUSTOMER SERVICE

Okhunboboev Abdurakhman Ulugbek ogli

Student of Millat Umidi University

axunbabayevabdurahmon@gmail.com

Najimov Akmal Umidjon ogli

Student of Millat Umidi University

akmalnajimov07@gmail.com

Abstract:

This article focuses on studying the efficiency of artificial intelligence

(AI) technologies in customer service. Today, AI provides the capability to deliver fast,
accurate, and personalized customer services. The article analyzes the advantages of
AI systems in customer service processes, including time-saving, error reduction, and
enhancing customer satisfaction. It also explores new trends in customer service using
AI, the digital revolution, and the future changes associated with the development of
AI technologies. Additionally, the article highlights the challenges that arise when
using AI in customer service and offers solutions to address them.

Keywords:

artificial intelligence, customer service, digital revolution,

personalized services, automation, chatbots, customer satisfaction, rapid service, error
reduction.


background image

282

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON

WWW.INFOCOM.UZ

KIRISH

Sun’iy intellekt (SI) — bu insonning aql-idrokini simulyatsiya qiladigan va

kompyuter tizimlariga insondek fikrlash, o‘rganish, qaror qabul qilish kabi
qobiliyatlarni beradigan texnologiya hisoblanadi. SI algoritmlari va modellar orqali
mashinalar ma’lumotlarni tahlil qilish, yuzaga kelgan masalalarni hal qilish va vaqt
o‘tishi bilan o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu texnologiya ko‘plab sohalarda,
jumladan, tibbiyotda (diagnostika va davolash), moliya (xavf tahlili va avtomatik
savdolar), transportda (avtomobillarning avtomatik boshqarish tizimlari), va kundalik
hayotda (avtomatik yordamchilar va suhbatdosh robotlar) keng qo‘llanilmoqda. Sun’iy
intellektning imkoniyatlari juda katta: murakkab vazifalarni bajarish, katta hajmdagi
ma’lumotlarni tez va aniq tahlil qilish, va hatto ijodiy ishlarni (rasm chizish, musiqa
yaratish) amalga oshirishga qodir.

Sun’iy intellekt texnologiyalarining joriy etilishi kompaniyalarga mijozlarga

xizmat ko‘rsatishda samaradorlikni oshirish va xizmat sifatini yaxshilash
imkoniyatlarini yaratmoqda. Sun’iy intellekt, asosan, takrorlanadigan vazifalarni
avtomatlashtirish, shaxsiylashtirilgan xizmatlar ko‘rsatish, ma’lumotlarni tahlil qilish
va prognozlash imkoniyatlari bilan bizneslar uchun katta foyda keltirmoqda.
Mijozlarga xizmat ko‘rsatishda sun’iy intellektdan foydalanish, ayniqsa, mijozlarning
ehtiyojlariga tezkor va to‘liq javob berish imkoniyatini yaratadi, bu esa brend
sodiqligini oshiradi va biznes jarayonlarini optimallashtiradi. Ushbu maqolada, sun’iy
intellektning mijozlarga xizmat ko‘rsatishdagi samaradorligini oshirishdagi roli,
afzalliklari va samarali qo‘llanilish yo‘llari haqida batafsil ma’lumot beriladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Sun’iy intellekt texnologiyalari mijozlarga xizmat ko‘rsatishda samaradorlikni

oshirishda katta ahamiyat kasb etadi. Ular kompaniyalar uchun avtomatizatsiya,
ma’lumotlarni tahlil qilish va mijozlar bilan o‘zaro aloqalarni yaxshilash imkonini
yaratmoqda.

Quyidagi tadqiqotlar va ilmiy ishlar sun’iy intellektning mijozlarga xizmat

ko‘rsatish samaradorligini oshirishdagi rolini, uning imkoniyatlarini va chegaralarini
yoritadi.

Bosening tadqiqoti sun’iy intellektning mijozlarga xizmat ko‘rsatishda

qanday rol o‘ynashini ko‘rib chiqadi. U sun’iy intellekt texnologiyalarining, xususan,
chatbotlar va virtual yordamchilar yordamida mijozlarga tez va aniq javob berishda
samaradorligini oshirishi mumkinligini ta’kidlaydi

1

. Bose sun’iy intellektni qo‘llash

orqali mijozlar bilan aloqani shaxsiylashtirish va avtomatlashtirishning qanday yangi
imkoniyatlar yaratishini tahlil qiladi. Chung va hamkorlari mijozlarga xizmat
ko‘rsatish jarayonlarini tahlil qilib, sun’iy intellektning mijozlar tajribasini

1

Bose, R. (2018) - Artificial Intelligence in Customer Service: Transforming the Industry


background image

283

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON

WWW.INFOCOM.UZ

yaxshilashdagi samaradorligini o‘rganadilar

2

. Ularning fikriga ko‘ra, sun’iy intellekt

yordamida kompaniyalar mijozlarning talablarini oldindan bilib, shaxsiylashtirilgan
xizmatlar taqdim etishlari mumkin. Tadqiqotda chatbotlar va aqlli tavsiyalar orqali
mijozlarga yanada moslashtirilgan xizmatlar taqdim etilishi ko‘rsatiladi. Mijozlar bilan
to‘g‘ri va shaxsiy aloqalar o‘rnatish, o‘z navbatida, kompaniyalar uchun brend
sodiqligini oshirishga yordam beradi. Sharma va Sheth sun’iy intellektning
marketingda, xususan, mijozlarga xizmat ko‘rsatishda qanday tub o‘zgarishlar
keltirayotganini tahlil qiladilar

3

. Ular sun’iy intellektning mijozlarga xizmat ko‘rsatish

jarayonlarini avtomatlashtirish orqali kompaniyalar uchun resurslarni tejashga va
xizmat sifatini oshirishga yordam berishini ta’kidlaydilar. Tadqiqotda sun’iy intellekt
asosidagi tizimlar (masalan, chat-botlar, ovozli yordamchilar) kompaniyalar uchun
vaqtni tejash va mijozlar ehtiyojlariga tezda javob berish imkoniyatlarini yaratishi
ko‘rsatilgan.

METODOLOGIYA

Ushbu tadqiqotda mijozlarga xizmat ko‘rsatishda sun’iy intellektdan foydalanish

samaradorligini baholash maqsadida bir nechta metodologik yondashuvlar qo‘llanildi.

Tadqiqotning asosiy maqsadi sun’iy intellekt texnologiyalarining marketing va

mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayonlaridagi samaradorligini o‘rganishdan iboratdir.
Tadqiqotda qo‘llangan metodologiyalar sun’iy intellekt texnologiyalarining
marketingda va mijozlarga xizmat ko‘rsatishda qanday samaradorlikni oshirishi
mumkinligini chuqur tahlil qilish imkonini berdi. Ilmiy maqolalar va hisobotlar tahlili,
statistik usullar yordamida olingan ma’lumotlar birlashtirilib, sun’iy intellektning
mijozlarga xizmat ko‘rsatish samaradorligiga ta’siri haqida keng qamrovli xulosalar
chiqarildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Sun’iy intellekt mijozlarga xizmat ko‘rsatishda tobora keng tarqalib bormoqda.

Bugungi kunda kompaniyalar SI texnologiyalaridan mijozlar bilan o‘zaro aloqani
yaxshilash, xizmat sifatini oshirish va xarajatlarni kamaytirish uchun foydalanmoqda.
Sun’iy intellektning mijozlarga xizmat ko‘rsatishda qo‘llanilishi chatbotlar va ovozli
yordamchilar sun’iy intellektning eng mashhur va samarali qo‘llaniladigan
vositalaridan biridir. Chatbotlar oddiy va takrorlanadigan so‘rovlarni avtomatik tarzda
qayta ishlaydi va mijozlarga tezkor, aniq javoblar beradi. Ovozli yordamchilar esa
mijozlarning ovozli buyruqlariga javob berish orqali ularni qo‘llab-quvvatlaydi.

Chatbotlarning asosiy afzalliklari:

2

Chung, M. et al. (2019) - The Role of Artificial Intelligence in Improving Customer Experience

3

Sharma, A. & Sheth, J. N. (2020) - AI in Service Marketing: Revolutionizing Customer Interactions


background image

284

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON

WWW.INFOCOM.UZ

- Tezkor javoblar: mijozlar kutish vaqtini qisqartiradi, bu esa umumiy xizmat

sifatini oshiradi

4

.

- Resurslarni tejash: sun’iy intellekt asosidagi chatbotlar odam xodimlariga

bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi, bu esa kompaniyalar uchun xarajatlarni qisqartirishga
yordam beradi.

- Doimiy mavjudlik: chatbotlar 24 soat davomida ishlaydi, shu bilan birga

mijozlarga har doim yordam bera oladi. Sun’iy intellekt yordamida kompaniyalar
mijozlarning xatti-harakatlari, xarid qilish tarixi va qiziqishlarini tahlil qilib, ularga
maxsus shaxsiylashtirilgan xizmatlar taqdim etadi. Masalan, Netflix va Amazon kabi
kompaniyalar o‘z foydalanuvchilariga o‘zlarining qiziqishlariga mos tavsiyalarni
taqdim etadi. Bu shaxsiylashtirilgan yondashuv mijozlarning sodiqligini oshiradi va
ularni brendga yanada yaqinlashtiradi. Sun’iy intellekt mijozlarning xarid qilish xatti-
harakatlarini prognoz qilishda ham samarali ishlatiladi. Big Data (katta ma’lumotlar)
va machine learning (mashinalarni o‘rganish) texnologiyalari yordamida kompaniyalar
mijozlarning kelajakdagi ehtiyojlarini oldindan bilib, ularga mos xizmatlar taklif
qilishi mumkin. Misol uchun, Salesforce va HubSpot kabi platformalar sun’iy intellekt
yordamida mijozlarning kelajakdagi xatti-harakatlarini prognoz qilishadi va shunga
mos ravishda marketing strategiyalarini ishlab chiqishadi.

Sun’iy intellektning yana bir afzalligi, mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayonlarini

avtomatlashtirishda foydalanilishi mumkin. RPA (Robotic Process Automation)
texnologiyasi yordamida kompaniyalar takrorlanadigan va oddiy vazifalarni
avtomatlashtirishi mumkin. Masalan, mijozlarning so‘rovlarini qabul qilish, to‘lovlarni
qayta ishlash, mahsulotlarni yetkazib berish va boshqa ko‘plab jarayonlar
avtomatlashtiriladi. Bu esa vaqtni tejash, xatoliklarni kamaytirish va xizmat tezligini
oshirishga yordam beradi.

Mijozlarga xizmat ko‘rsatishda sun’iy intellektning umumiy natijasi samarali

vaqt boshqaruvi: Sun’iy intellekt yordamida kompaniyalar mijozlarning so‘rovlariga
tezroq javob bera oladi va bu orqali mijozlar bilan o‘zaro aloqalar tezlashadi.
xarajatlarni kamaytirish: Mijozlarga xizmat ko‘rsatishda sun’iy intellektning
qo‘llanilishi inson xodimlariga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi, bu esa xarajatlarni
qisqartirishga yordam beradi. Yuqori xizmat sifati: Sun’iy intellekt yordamida
kompaniyalar mijozlarga yuqori sifatli, shaxsiylashtirilgan xizmatlarni taqdim etishi
mumkin, bu esa mijozlarning sodiqligini oshiradi.

Mijozlarga xizmat ko‘rsatishda sun’iy intellektdan foydalanish samaradorligi

statistikalar.

2023-yilga kelib, dunyo bo‘ylab chatbotlar orqali amalga oshirilgan mijozlarga

xizmat ko‘rsatish bo‘yicha transaktsiyalar soni 5,6 milliardni tashkil etdi.

2022-yilda

4

Shaip tomonidan taqdim etilgan -"Suhbatdosh AI bo'yicha qo'llanma"


background image

285

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON

WWW.INFOCOM.UZ

chatbotlar 30% mijozlarga xizmat ko‘rsatish va so‘rovlarni qayta ishlashni
avtomatlashtirish imkoniyatini yaratdi

5

.

2024-yilga kelib, chatbotlar va ovozli

yordamchilar global bozorining qiymati 9,4 milliard dollarga yetishi kutilmoqda

6

.

2023-yil davomida, shaxsiylashtirilgan xizmatlar orqali mijozlar sodiqligini oshirishga
qaratilgan kompaniyalar 10% ko‘proq daromad olishdi [7]. 70% mijozlar
shaxsiylashtirilgan takliflarga asoslangan xizmatni qadrlashadi va ularni tanlashadi [8].
RPA texnologiyalari orqali 2023-yilda global avtomatlashtirilgan xizmatlar bozorining
qiymati 5,8 milliard dollarga yetgan [9]. Avtomatlashtirilgan xizmatlar mijozlarga
xizmat ko‘rsatish jarayonlaridagi xatoliklarni 30% ga kamaytirgan va xizmat tezligini
ikki baravar oshirgan [10].

XULOSA VA TAKLIFLAR

Sun’iy intellekt mijozlarga xizmat ko‘rsatishning samaradorligini oshirishda

muhim vositadir [11]. U kompaniyalarga mijozlar ehtiyojlarini tez va samarali tarzda
aniqlash, shaxsiylashtirilgan xizmatlar taqdim etish, xizmat ko‘rsatish jarayonlarini
avtomatlashtirish va ma’lumotlarni tahlil qilish imkoniyatlarini beradi. Bularning
barchasi kompaniyalar uchun raqobatbardoshlikni oshiradi, xarajatlarni kamaytiradi va
mijozlar bilan doimiy aloqa o‘rnatishga yordam beradi.

Sun’iy intellektni mijozlarga xizmat ko‘rsatishda muvaffaqiyatli qo‘llash uchun

kompaniyalar ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash, mijozlar maxfiyligini xurmat
qilish va axloqiy tamoyillarga rioya qilishlari zarur. Bu o‘z navbatida kompaniyaning
brend imidjini va mijozlarning ishonchini mustahkamlashga yordam beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

Bose, R. (2018) - Artificial Intelligence in Customer Service: Transforming

the Industry.

2.

Chung, M. et al. (2019) - The Role of Artificial Intelligence in Improving

Customer Experience.

3.

Sharma, A. & Sheth, J. N. (2020) - AI in Service Marketing: Revolutionizing

Customer Interactions.

4.

Shaip tomonidan taqdim etilgan -"Suhbatdosh AI bo‘yicha qo‘llanma".

5.

McKinsey & Company - Shaxsiylashtirilgan xizmatlar va mijoz sodiqligini

oshirish bo‘yicha tadqiqotlar

6.

Statista - Chatbotlar, ovozli yordamchilar va mijozlarga xizmat ko‘rsatish

bo‘yicha statistikalar.

7.

Business Insider - Chatbotlar va mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasidagi

yangiliklar va statistikalar. Business Insider

5

McKinsey & Company - Shaxsiylashtirilgan xizmatlar va mijoz sodiqligini oshirish bo‘yicha tadqiqotlar

6

Statista - Chatbotlar, ovozli yordamchilar va mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha statistikalar


background image

286

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON

WWW.INFOCOM.UZ

8.

Forbes - Sun’iy intellekt va avtomatlashtirishning mijozlarga xizmat

ko‘rsatish samaradorligiga ta’siri.

9.

https://www.unite.ai/uz/ai-mijozlarning-sodiqligini-qanday-

yaxshilaydi/?utm_source=chatgpt.com

10.

https://uzinfocom.uz/uz/services/technologies/sun-iy-intellekt-uz-latin-3

11.

https://www.ringflow.com/uz/blog/ethical-ai-in-customer-service/

Bibliografik manbalar

Bose, R. (2018) - Artificial Intelligence in Customer Service: Transforming

the Industry.

Chung, M. et al. (2019) - The Role of Artificial Intelligence in Improving

Customer Experience.

Sharma, A. & Sheth, J. N. (2020) - AI in Service Marketing: Revolutionizing

Customer Interactions.

Shaip tomonidan taqdim etilgan -"Suhbatdosh AI bo‘yicha qo‘llanma".

McKinsey & Company - Shaxsiylashtirilgan xizmatlar va mijoz sodiqligini

oshirish bo‘yicha tadqiqotlar

Statista - Chatbotlar, ovozli yordamchilar va mijozlarga xizmat ko‘rsatish

bo‘yicha statistikalar.

Business Insider - Chatbotlar va mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasidagi

yangiliklar va statistikalar. Business Insider

Forbes - Sun’iy intellekt va avtomatlashtirishning mijozlarga xizmat

ko‘rsatish samaradorligiga ta’siri.

https://www.unite.ai/uz/ai-mijozlarning-sodiqligini-qandayyaxshilaydi/?utm_source=chatgpt.com

https://uzinfocom.uz/uz/services/technologies/sun-iy-intellekt-uz-latin-3

https://www.ringflow.com/uz/blog/ethical-ai-in-customer-service/