307
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON
WWW.INFOCOM.UZ
NEFT VA GAZ QAZIB CHIQARISH KORXONALARIDA
INVESTITSION-INNOVATSION FAOLIYATINI TAHLILI
Salomova Sarvinoz Salimovna
TDTU dotsenti
Annotatsiya:
Maqolada mamlakat iqtisodiyoti uchun muhim sohalaridan biri
hisoblangan neft va gaz sanoatining investitsion-innovatsion faoliyati, undagi
muammolar, yangiliklar, investitsiyalarning o‘zlashtirish tendensiyalari, sohadagi
amalga oshirilayatgan ishlar kabilar yoritilgan. Jumladan mamlakat iqtisodiyotida neft
va gaz tarmog‘ining iqtisodiy salohiyati va resurslardan foydalanish samaradorligini
oshirish jarayoni tahlili amalga oshirilgan.
Kalit so‘zlar:
neft va gaz sanoati, tendensiyalar, investitsiya, innovatsiyalar,
iqtisodiy salohiyat, samaradorlik, xorijiy investitsiyalar.
АНАЛИЗ ИНВЕСТИЦИОННО
-
ИННОВАЦИОННОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ
НА ПРЕДПРИЯТИЯХ НЕФТЕГАЗОДОБЫЧИ
Саломова Сарвиноз Салимовна
Доцент ТГТУ
Аннотация:
В статье описана инвестиционно
-
инновационная
деятельность нефтегазовой отрасли, которая считается одной из важных
отраслей для экономики страны, ее проблемы, новости, тенденции развития
инвестиций, а также работы, проводимые в этой сфере. В частности, был
проведен анализ процесса повышения экономического потенциала нефтегазовой
сети и эффективности использования ресурсов в экономике страны.
Ключевые слова:
нефтегазовая отрасль, тенденции, инвестиции,
инновации, экономический потенциал, эффективность, иностранные
инвестиции.
ANALYSIS OF INVESTMENT AND INNOVATION ACTIVITIES AT OIL
AND GAS PRODUCTION ENTERPRISES
Salomova Sarvinoz Salimovna
308
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON
WWW.INFOCOM.UZ
Associate Professor of TSTU
Abstract:
The article describes the investment and innovation activities of the
oil and gas industry, which is considered one of the important industries for the
country's economy, its problems, news, investment development trends, as well as the
work carried out in this area. In particular, an analysis was made of the process of
increasing the economic potential of the oil and gas network and the efficiency of
resource use in the country's economy.
Keywords:
oil and gas industry, trends, investments, innovations, economic
potential, efficiency, foreign investments.
KIRISH
Yangi O‘zbekistonda innovatsion jarayonlar milliy iqtisodiyotning eng tez
rivojlanayotgan va muhim yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Ushbu sohaning
rivojlanishiga xos xususiyatlar qatorida keng ko‘lamli investitsiyalar jalb etilishi, yirik
xorijiy kompaniyalarning qiziqishi, bozor ishtirokchilari tomonidan faol marketing
strategiyalarining amalga oshirilishi, shuningdek, bozorning bosqichma-bosqich
o‘zlashtirilishi va qamrab olinishi alohida ajralib turadi.
Respublikaning sanoat tarmoqlariga, jumladan qurilish va neft-gaz sanoatiga
innovatsiyalarni, dasturiy ta'minot tizimlarini joriy etish, yangi texnologiyalardan
foydalanish va ishlab chiqarish standartlariga o‘zgartirishlar kiritish globallashuv
davrining muhim talablaridan hisoblanadi. Bugungi kunda sanoat korxonalarida
dasturiy ta’minotlarni qo‘llash va innovatsion texnologiyalar asosida ishlab chiqarish
jarayonlarini tashkil etish faol amalga oshirilmoqda.
Ma’lumki, yurtimiz iqtisodiyotining barqaror rivojlanishida sanoat tarmoqlari
samaradorligini oshirish va yuqori iqtisodiy o‘sishga erishish katta ahamiyat kasb
etadi. Shu ma’noda, barcha sanoat tarmoqlarida innovatsion faoliyatning rivoji nafaqat
iqtisodiyotning yuksalishini ta’minlaydi, balki mamlakat iqtisodiyotini strategik
jihatdan mustahkamlashda ham muhim o‘rin tutadi.
Shu nuqtai nazardan, sanoat korxonalari innovatsion faoliyati samaradorligini
uslubiy jihatdan asoslash muhim ahamiyat kasb etadi.
Masalan, Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi korxonalarida ishlab
chiqarishni modernizatsiya qilishning 2018-2025-yillarga mo‘ljallangan dasturi orqali
uzoq muddatli istiqbolda innovatsion ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga
yo‘naltirilgan.
309
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON
WWW.INFOCOM.UZ
ADABIYOTLAR TAHLILI
Innovatsion texnologiyalarni iqtisodiy samaradorligini ta’minlashni hisobga
olgan holda, M.Ionov, A.Kulagin, V.Loginov, innovatsiyani «xarajatlar tejalishini yoki
bunday tejash uchun sharoit yaratilishini ta’minlovchi yangi dasturiy ta’minot, ishlab
chiqarish uslubi, tashkiliy, moliyaviy, ilmiy-tadqiqot va boshqa sohalardagi yangilik»
sifatida ko‘rishgan [1].
M.Maxkamovaning fikricha, innovatsiya termini iqtisodiyotda yangi
ko‘rinishdagi mahsulotlar, iste’mol tovarlari, xizmatlar, ishlab chiqarishni tashkil
qiluvchi vositalar va usullardan foydalanish va joriy qilish maqsadida ijobiy o‘zgarishi
deb tavsiflagan [2].
Mahalliy olimlarimizdan Sh.Otajonovning fikricha, innovasiyalar bu – yuzaga
kelgan ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish yoki boshqa foydali samaraga erishish
maqsadida yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat va boshq.),
ishlab chiqarish jarayoni, yangi marketing yoki biznes yuritishda tashkiliy usul, ish
joylari yoki tashqi aloqalarni tashkil etish ko‘rinishidagi ilmiy-tadqiqot, tajriba-
konstruktorlik va (yoki) texnologik ishlar natijasidir [3].
R.Auiti nazariyasini amerikalik olim J.Saks «tabiiy resurslarning mamlakat
iqtisodiyoti va tinchligi uchun foydasiga qaraganda, resurslar uchun ayovsiz siyosiy
o‘yinlar olib boruvchi attraktor funksiyasini bajaradi»-degan g‘oyani va qarashlarini
XIX asrning 80-yillarida Birlashgan Arab Amirligi, Yaponiya, Xitoy singari
mamlakatlarni misol keltirgan holda asoslagan. Mamlakatning tabiiy zaxiralarga
boyligi har doim ham mamlakatning ustunligi bo‘la olmaydi.
Ingliz iqtisodchi olimi E.Reynert «Rivojlangan mamlakatlar qanday rivojlandi
va qashshoqlar qashshoqligicha qolmoqda»
nomli risolasida «yirik resurslarga ega
bo‘lgan mamlakatlarda ham qashshoqlikning aksariyati ishlab chiqarish resurslarning
ishlab chiqarishdagi monopollashuviga asoslangan» deya ta’kidlagan.
METODOLOGIYA
Ushbu maqolada mavzu buyicha turli horijiy adabiyotlar o‘rganilgan. A
maliy
tahlillarda rasmiy statistik ma’lumotlar hamda statistik kuzatish, taqqoslama tahlil,
mantiqiy fikrlash statistik jadval va grafik, solishtirma tahlil kabi usullardan
foydalanilgan.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Hozirgi kunda Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida ishlab
chiqarish jarayonlarini to‘xtatmasdan, mavjud infratuzilma va texnologik asbob-
uskunalarni maksimal darajada modernizatsiya qilish rejalashtirilgan. Ushbu
yondashuv ishlab chiqarish hajmini pasaytirmagan holda zaruriy ishlarni amalga
1
https://earthbound.report/2008/08/18/how-rich-countries-got-rich-and-why-poor-countries-stay-poor/
310
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON
WWW.INFOCOM.UZ
oshirish va yangi dasturiy infratuzilmani “noldan” yaratishga ketadigan xarajatlarni
kamaytirishga imkon beradi [11].
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ–72-son
qarori bilan tasdiqlangan Davlat investitsiya dasturiga asosan, joriy yilning yanvar-
iyun oylarida “O‘zbekneftgaz” AJ bo‘yicha 10 ta investitsiya loyihalari doirasida 374,9
mln. dollar miqdorda investitsiyalar o‘zlashtirildi (prognozga nisbatan 124,6%).
Jumladan:
-
o‘z mablag‘lari hisobidan 124,5 mln. dollar (101,5%);
-
to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobidan 250,4 mln.
dollar (140,5%) [12].
Yangi quvvatlarni ishga tushirish:
2022-yilda umumiy qiymati 128,5 mln. dollarga teng bo‘lgan 2 ta obyekt
bo‘yicha qurilish ishlarini yakunlash rejalashtirilgan. Jumladan:
-
Dengizko‘l konida siquv kompressor stansiyalarini qurish. Umumiy qiymati
87,8 mln. dollar. Ishga tushirish muddati – iyul (loyiha 2017-2021-yillarda
uglevodorod xom ashyosi qazib chiqarish hajmlarini ko‘paytirish bo‘yicha Dastur
doirasida amalga oshiriladi);
-
Sho‘rtan neftgaz qazib chiqarish boshqarmasi “Sho‘rtan” Bosh inshootidan
“Sho‘rtan GKM” va “Uzbekistan GTL” zavodigacha diametri d=1020x18mm.li 33 km
uzunlikdagi gaz kuvurini qurish. Umumiy qiymati 40,7 mln. dollar. Ishga tushirish
muddati – dekabr.
Ushbu obyektlarni ishga tushirish natijasida yiliga qo‘shimcha 290 mln. kub.m.
tabiiy gaz qazib chiqarishga va 14,0 mln. kub.m. tozalangan tabiiy gazni transport
qilishga erishiladi hamda 27 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi [12].
Bugungi kunda neft va gaz sanoati resurlarini bozorida yuqoridagi vazifalarni
barchasi inobatga olinishi muhim jihatlarga egaligi tufayli, vazifalararo raqobat ham
kelib chiqishi kuzatiladi.
Neft va gaz sanoatiga kiritilgan (intellektual, kapital, texnologik) investitsiyalar
bo‘yicha “O‘zneftmahsulot” AJ 2014-yilda 3,52% ga qadar o‘sish sur’ati kuzatilgan.
2016-yilda kiritilgan (intellektual, kapital, texnologik) investitsiyalar 8,56% ni tashkil
etgan, 2017-yilda foiz ko‘rsatkichi 2018-yilga nisbatan qariyb 2,2 barobarga pastlagan,
2018-yilda 9,75%ga o‘sgan holda investitsion kirim sezilarli darajada yaxshilangan.
Pandemiya davrida 8,22% natijaviylik tarmoq faoliyatida kuzatilgan eng yuqori
ko‘rsatkichdir. “O‘zneftgazqazibchiqarish” AJ 2001-yilda ko‘rsatkichi 0,18% ni
tashkil etgan, 2005-yilda bu ko‘rsatkich qariyb 10 barobarga oshib 1,71%ni tashkil etdi
[11].
311
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON
WWW.INFOCOM.UZ
1-rasm. Neft-gaz sanoatiga kiritilgan (intellektual, kapital, texnologik)va
amalga oshirilgan investitsiyalar dinamikasi, foizda [11]
2010-yilda 2001-yilga nisbatan 0,07% pastroq ko‘rsatkich kuzatilgan,
2013-yilda u 0,13% ga qadar o‘sgan. 2014-yilda 15,35% ga qadar keskin o‘sish sur’ati
kuzatilgan, bu ko‘rsatkich 2 barobarga 2015-yilda pastlagan, 2016-yilda 6,39% ga
nisbatan 2017-yil ko‘rsatkichi 0,74% yuqori natijani ko‘rsatgan. 2018-yilda 6,72%
ko‘rsatkichi 2017-yil foiz ko‘rsatkichiga nisbatan 0,41% pastroq sur’at kuzatildi. 2019-
yilda (intellektual, kapital, texnologik) investitsiyalar 6,12% tashkil etgan, so‘nggi 8-
yil (2014-2021-yillar) davomida o‘rtacha o‘sish sur’ati 6,48%ni tashkil etadi [12].
“O‘ztransgaz” AJ 2001-yilda 0,19 % dan 2005-yilda 2,92 % ga qadar o‘sdi,
2010-yilda esa bu natija 1% kamomadni tashkil etgan, 2013-yilda 0,3% qadar
(intellektual, kapital, texnologik) investitsiyalar yuqoriladi. 2014-2015-yilda
(intellektual, kapital, texnologik) investitsiyalar ko‘rsatkichlarda pasayish kuzatilgan,
2016-yilda ko‘rsatkich 0,4% ga qadar yuqorilagan, 2017-2018-yillarda bir xil sura’tda
0,03% ni tashkil etgan. 2019-yilda (intellektual, kapital, texnologik) investitsiyalar
sarhisobida 1,57% orqali keskin yuqorilash sur’ati kuzatildi. So‘nggi 8 yil (2014-2021)
davomida o‘rtacha o‘sish sur’ati qariyb 0,4%ni tashkil etdi [12].
Sanoat korxonalari innovatsion texnologiyalarni joriy qilishdagi samaradorlik
ko‘rsatkichlarini tahlil qilish asosida korxona innovatsion faoliyatining qay darajada
tashkil etilganligi, shuningdek, undagi mav- jud yutuq va kamchiliklarni baholashga
erishiladi. Sanoat korxonalari ishlab chiqarish jarayonlarining innovatsion
samaradorligi ko‘rsatkichlarini baholash asosida mavjud tizimini yanada
takomillashtirishga erishiladi [2].
Tahlillarga ko‘ra, aksariyat ilmiy tadqiqotlarda korxona innovatsion
texnologiyalarni qo‘llash samaradorligini baholashda innovatsion faoliyatga
312
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON
WWW.INFOCOM.UZ
yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi bilan innovatsion faoliyat natijasida erishilgan
natijalar qiyosiy tahliliga asoslanadi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, mazkur yondashuv
asosida korxona innovatsion texnologiyalari yoki uning innovatsion ishlab chiqaarish
ko‘rsatkichlari samaradorligini baholash jarayonida joriy davrdagi korxonaning
innovatsion va investitsion faoliyatiga baho berish mumkin bo‘ladi. Ushbu holat
korxonaning innovatsion texnologiyalar asosida samaradorligini to‘liq baholash
imkonini bermaydi. Chunki investitsiyalarning qoplanish muddati korxona innovatsion
faoliyati yuqori natijalarga erish-gan holdagina 1-3 yil ichida qoplanishi mumkin, bu
esa innovatsion faoliyatga yo‘naltirilgan xarajatlarni qoplanish muddatlarini o‘zida aks
ettiradi. Korxona ishlab chiqarish amaliyotida innovatsion texnologiyalar va dasturiy
ta’minotlarni joriy etish orqali ishlab chiqarish faoliyatini tubdan o‘zgartirish mumkin
bo‘ladi. Jumladan, ishlab chiqarish jarayonlarida moddiy resurslarga xarajatlar hajmini
kamaytirgan holda, korxonaning mahsulot ishlab chiqarish rentabelligi ko‘rsatkichini
oshiradi. Tahlillarga ko‘ra, korxona ishlab chiqarish jarayonigainnovatsion
texnologiyalar va dasturiy ta’minotlarni qo‘llash samaradorligi ko‘rsatkichiga
amaliyotga joriy etilayotgan innovatsiyalarning risklilik darajasi bevosita ta’sir
ko‘rsatadi. Ushbu vaziyatni inobatga olgan holda, korxona boshqaruvida innovatsion
jarayonlarning risklilik darajasini to‘g‘ri baholagan holda tegishli qarorlar chiqarish
lozim bo‘ladi.
Iqtisodiy adabiyotlarda korxona innovatsion faolligi darajasi va uning
raqobatbardoshligi holatini baholashda innovatsion faoliyat ko‘rsatkichlaridan keng
foydalaniladi. Korxona ishlab chiqarishda innovatsion texnologiyalar asosida faoliyat
samaradorligini oshirish ko‘rsatkichlarini quyidagi to‘rt guruhga ajratish mumkin
bo‘ladi:
- birinchi, korxonaning innovatsion faoliyatga yo‘naltirilgan xarajatlari – bunda
mahsulotning fan sig‘imkorligi darajasini baholashga erishiladi. Ushbu ko‘rsatkichni
baholashda mahsulotni sotishdan olingan daromad hajmiga nisbatan korxonaning
ilmiy tadqiqot tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga (ITTKI) qilgan xarajatlarining
ulushi inobatga olinadi. Masalan, innovatsion ishlanmalarni rivojlantirish,
nou-xaularni joriy etish, ularni ishlab chiqish, loyihalashtirish, yangi ishlanmalarni
litsenziyalash, patentlashtirish kabi korxonaning ITTKI xarajatlari hisoblanadi;
- ikkinchi, bu korxona innovatsion faoliyati uchun xos bo‘lgan trendlarni
tavsiflovchi ko‘rsatkichlar – korxona innovatsion faoliyatining dinamik xususiyatlari
baholanadi. Bunda yangi texnologiyalarni ishlab chiqish yoki ularni o‘zlashtirish,
yangi mahsulotni ishlab chiqarishga tayyorgarlik ko‘rish uchun sarflangan vaqt,
shuningdek, yangi mahsulotni ishlab chiqarishning siklik hayotiyligini tavsiflovchi
ko‘rsatkichlardan foydalaniladi;
- uchinchi, korxona ishlab chiqarish jarayoni, jumladan uning faoliyatiga yangi
dasturiy ta’minotlarni bosqichma – bosqich joriy etish. Ushbu ko‘rsatkichni
313
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON
WWW.INFOCOM.UZ
tavsiflashda quyidagilardan foydalaniladi: korxona ishlab chiqarish va uning
faoliyatiga kiritilgan yangiliklar soni, o‘zlashtirilgan va uzatilgan innovatsiyalar soni,
korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulot portfelining yangilanish
dinamikasi, ishlab chiqarilayotgan innovatsion mahsulot(tovarlar) hajmi, eksport
hajmida innovatsion mahsulotning ulushi;
- to‘rtinchi, korxonaning innovatsion faoliyati bo‘yicha tarkibiy ko‘rsatkichlari
hisoblanib, ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: korxona tashkiliy tuzilishida
ilmiy-texnik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi bo‘limlar soni va ularning tarkibi; yangi
texnologiyalar yoki mahsulotlarni ishlab chiqarishda hamkor korxona va tashkilotlar
soni; korxonada ITTKI bilan band bo‘lgan yollanma ishchilar soni va tarkibi;
korxonada ijodiy tashabbus ko‘rsatish maqsadida tuzilgan vaqtinchalik
ilmiy-muvaqqat guruh yoki jamoalar soni va uning tarkibi.
Bunda innovatsiyalarni korxona ishlab chiqarish amaliyotiga o‘z vaqtida joriy
etilishi hisobiga bozorga innovatsion mahsulotni birinchilardan bo‘lib olib chiqish va
bu orqali yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishishga e’tibor qaratiladi. Bu turdagi
baholash amaliyoti innovatsion korxonalar faoliyati uchun xos bo‘lib, uni baholashda
ekspertlar tomonidan innovatsion bo‘linmalarning miqdor va sifat ko‘rsatkichlaridan
foydalaniladi.
Tahlillar ko‘rsatishicha, korxona innovatsion faoliyatini baholash amaliyoti
boshqaruv sub’ ekti va uning maqsadidan kelib chiqqan holda turli shakllarda amalga
oshirilishi mumkin bo‘ladi (1-jadval).
1-jadval
Korxona innovatsion texnologiyalar asosida samaradorligini oshirishni
baholashning subyektiv maqsadlari [7]
Ishlab chiqarish
subyekti
Baholash maqsadi
Korxona
Korxonaning innovatsion rivojlanishi bo‘yicha dasturlari va
strategiyasiga muvofiq amaliyotga joriy etilayotgan innovatsion
loyihalarning iqtisodiy samaradorligi ko‘rsatkichlarini baholash
Korxona boshqaruvi amaliyotida joriy etilayotgan innovatsion
loyihalarning uning raqobatbardoshligi ko‘rsatkichiga ta’sirini
baholash
Korxona tomonidan amaliyotga joriy etilishi
rejalashtirilayotgan innovatsion loyihalarning korxona
egaligidagi cheklangan innovatsion resurslarga mosini tanlash
Korxonaning
bozordagi
kontragentlari
Korxonaning innovatsion salohiyatini baholash orqali
innovatsion loyihani amaliyotga joriy etish bo‘yicha mos
bo‘lgan hamkorlarni topish
314
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON
WWW.INFOCOM.UZ
Korxona raqobatchilari
Korxona tomonidan joriy etilishi rejalashtirilayotgan
innovatsion loyihalarni boshqa raqobatchi korxonalarning
innovatsion strategiyalari va ularda amalga oshirilayotgan
innovatsion loyihalardan farqli, shuningdek, ustunlik jihatlarini
aniqlash
Investitsion tashkilotlar
Innovatsion loyiha amalga oshirilayotgan korxonaning
investitsion samaradorligi ko‘rsatkichlarini tahlil qilish asosida
belgilangan muddatlarda korxona innovatsion faoliyatiga
kapital quyilmalarini shakllantirish
Davlat boshqaruv
organlari
Innovatsion ishlanmalarni moliyalashtirish bo‘yicha
subsidiyalash amaliyotining maqsadliligini ta’minlash
Davlat tomonidan korxonalarning innovatsion faoliyatini
rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan
preferensiyalarni taqdim etish orqali mamlakat iqtisodiyotini
innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tkazish
Korxona innovatsion faoliyatini baholashning ishlab chiqarish subyekti bo‘yicha
maqsadlarini tahlil qilish asosida milliy iqtisodiyot tarmog‘idagi ma’lum bir
korxonaning innovatsion texnologiyalar asosida rivojlantirish orqali butun korxona
iqtisodiyotini innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tkazish mumkinligi aniqlandi.
Raqobatlashgan bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik faoliyati yurituvchi korxonalar
tomonidan bozorda yuqori foydani olishga bo‘lgan intilish kuchli bo‘lganligi sababli
raqobatchi korxonalar tomonidan ham innovatsiyalarni amaliyotga joriy etish hisobiga
kumulyativ samaraga erishiladi.
Sanoat korxonalari innovatsion texnologiyalar va dasturiy ta’minotlarni samarali
joriy etish asosida samaradorligini baholashga qaratilgan ayrim tadqiqotlarda quyidagi
ko‘rsatkichlar tizimidan foydalaniladi:
- korxona innovatsion faoliyatini moliyalashtirish koeffitsienti;
- korxonada bir birlikdagi innovatsion loyihani ishlab chiqish uchun sarflangan
vaqt sarfi;
- korxona amaliyotida o‘zlashtirilgan innovatsiyalarning samaradorligi
ko‘rsatkichi;
- korxonada innovatsion g‘oyalarni vujudga kelishidan tortib uni amaliyotga
joriy etganga qadar sarflangan vaqt;
- korxona tomonidan ilmiy ishlanmalarni patentlashtirish koeffitsienti;
- korxonadagi ilmiy-texnik xodimlarning ilmiy nashrlarda ishtirok etish
koeffitsienti;
- korxonada innovatsion loyihani amalga oshirishda foydalanilgan qarz va o‘zlik
mablag‘lari o‘rtasidagi nisbat [8].
315
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON
WWW.INFOCOM.UZ
Tahlillarga ko‘ra, korxona innovatsion boshqaruvi samaradorligi ko‘rsatkichini
kompleks baholashga qaratilgan tadqiqotlarda uning innovatsion rivojlanishini
tavsiflovchi quyidagi ko‘rsatkichlar tizimidan foydalaniladi:
- korxonaning fan sig‘imkorligi;
- ishlab chiqarilgan innovatsion mahsulotning yangilanish koeffitsienti;
- ITTKI xarajatlarining samaradorligi koeffitsienti;
- korxonada mahsulot ishlab chiqarishni modernizatsiyalash koeffitsienti;
- korxonada ilmiy ishlanmalarning intensivligi koeffitsienti [4].
XULOSA
Keyingi yillarda mamlakatimizda sanoat korxonalari tomonidan taklif
etilayotgan uslubiyotga asoslangan holda innovatsion boshqaruv bo‘yicha hisobotlarini
shakllantirish orqali nafaqat korxonalar, balki, mamlakatimiz iqtisodiyotining
innovatsion rivojlanganlik darajasini baholash, shuningdek, mavjud kamchiliklarni
aniqlash va ularni bartaraf etishga qaratilgan davlat dasturlarini ishlab chiqish uchun
yetarli darajadagi ma’lumotlarni jamlash imkonini beradi. Bu esa uzoq muddatli
istiqbolda mamlakatimizda innovatsion rivojlanish strategiyasini muvaffaqiyatli
amalga oshirilishi uchun zamin yaratadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
Уткин Э.A., Мoрoзoвa Г.И., Мoрoзoвa Н.И. Иннoвaциoнный
менеджмент.
–
М.: AКAЛИС, 1996.
–
С.192.
2.
Махкамова М.А.
Фoрмирoвaние oргaнизaциoннo
-
экoнoмическoгo
меxaнизмa упрaвления иннoвaциoннoй деятельнoстью нa предприятияx
мaшинoстрoения Республики Узбекистaн., дисс.д.э..н., Тaшкент 2004г.
3.
Oтaжoнoв
Ш.И.
Иннoвaция
фaoлияти
инфрaтузилмaсини
бoшқaришнинг тaшкилий
-
иқтисoдий меxaнизмлaри сaмaрaдoрлигини oшириш
и.ф.д.(DSc) диссертaцияси, Т.:ТДИУ, 2018., 259
б.
4.
Sarvinoz Salomova. Ways to use intellectual platforms in the Republic of
Uzbekistan // E3S Web of Conf. Volume 384, 2023.Rudenko International Conference
“Methodological Problems in Reliability Study of Large Energy Systems” (RSES
2022). https://doi.org/10.1051/e3sconf/202338401060.
5.
Blaug M. Economic Theory of Space Utilization and the Classical Theory of
Production Location Archived 2022-01-21 at the Wayback Machine // Economic
Thought in Retrospect. — Moscow: Delo, 1994. — P. 568-585. — ISBN 5-86461-151-
4.
6.
S.S. Salomova. Effective corporate management in joint stock companies
implementation mechanisms // Asian Journal of Multidimensional Research.
7.
Lazarev I.A., Khizha G.S., Lazarev K.I. New information economy and
network development mechanisms. – M.: Publishing and trading corporation “Dashkov
316
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON
WWW.INFOCOM.UZ
and Co”, 2006. p. 187.
8.
Gaibnazarova Z.T., Salomova S.S., Gaibnazarov S.B. Effective Development
of Industrial Enterprises Based on Intellectual Platform // Proceedings of the
International Conference on Information Processes and Systems Development and
Quality Assurance IPSQDA-2023. March 22-24, 2023.
9.
Salomova S.S. Energetika korxonalari faoliyatini samaradorligini ta’minlash.
Aktuar moliya va buxgalteriya hisobi. 2024,4 (Maxsus son) 2011-215 b.
10.
Salomova S.S. Dunyo neft va gaz sanoatining mamlakatlar iqtisodiyotidagi
ahamiyati. Yangi O‘zbekiston iqtisodiyoti . 2024,8 181-184
.
11.
S.S. Salomova. The use of an intellectual platform in the Republic of
Uzbekistan. Potrebitelskaya cooperation: theory, problems and opyt Sbornik nauchnyx
statey mejdunarodnoy nauchno-prakticheskoy internet-konferensii April 28, 2022.
Belarus.
12.
Bank V.R., Zverev V.S. Information systems in economics. Textbook. – M.:
Economist, 2005. – 380 p.
13.
https://www.ung.uz/open-data/18/sub
14.
https://ung.uz/shareholders/investment-projects
