RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA INVESTITSIYA RISKLARI VA ULARNI PASAYTIRISH YO‘LLARI

Annotasiya

Mazkur maqolada investitsiya risklari va ularning turlari, yuzaga
kelish sabablari va ularni pasaytirish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Investitsiya risklari
investorlar va korxonalar uchun moliyaviy xavf-xatarlar, operatsion muammolar,
bozor noaniqliklari va siyosiy-ijtimoiy o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi
tahlil qilinadi. Shuningdek, diversifikatsiya, sug‘urtalash, xedj qilish, tahlil va
monitoring kabi usullar yordamida ushbu risklarni boshqarishning samarali yo‘llari
yoritib berilgan. Maqola investitsiyalar xavfsizligini ta’minlash va investorlar uchun
strategik qaror qabul qilishda muhim qo‘llanma sifatida xizmat qiladi.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
G‘ulomova , K. (2025). RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA INVESTITSIYA RISKLARI VA ULARNI PASAYTIRISH YO‘LLARI. Raqamli Iqtisodiyot, 9(9). Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/digital-economy/article/view/403-409
Kamolaxon G‘ulomova , TDIU “Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi
O‘qituvchi
0
Iqtibos
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Mazkur maqolada investitsiya risklari va ularning turlari, yuzaga
kelish sabablari va ularni pasaytirish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Investitsiya risklari
investorlar va korxonalar uchun moliyaviy xavf-xatarlar, operatsion muammolar,
bozor noaniqliklari va siyosiy-ijtimoiy o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi
tahlil qilinadi. Shuningdek, diversifikatsiya, sug‘urtalash, xedj qilish, tahlil va
monitoring kabi usullar yordamida ushbu risklarni boshqarishning samarali yo‘llari
yoritib berilgan. Maqola investitsiyalar xavfsizligini ta’minlash va investorlar uchun
strategik qaror qabul qilishda muhim qo‘llanma sifatida xizmat qiladi.


background image

403

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON

WWW.INFOCOM.UZ

RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA INVESTITSIYA RISKLARI VA

ULARNI PASAYTIRISH YO‘LLARI

G‘ulomova Kamolaxon Anvarxon qizi

TDIU “Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi o‘qituvchisi

Annotatsiya:

Mazkur maqolada investitsiya risklari va ularning turlari, yuzaga

kelish sabablari va ularni pasaytirish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Investitsiya risklari
investorlar va korxonalar uchun moliyaviy xavf-xatarlar, operatsion muammolar,
bozor noaniqliklari va siyosiy-ijtimoiy o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi
tahlil qilinadi. Shuningdek, diversifikatsiya, sug‘urtalash, xedj qilish, tahlil va
monitoring kabi usullar yordamida ushbu risklarni boshqarishning samarali yo‘llari
yoritib berilgan. Maqola investitsiyalar xavfsizligini ta’minlash va investorlar uchun
strategik qaror qabul qilishda muhim qo‘llanma sifatida xizmat qiladi.

Kalit so‘zlar:

investitsiya risklari, diversifikatsiya, sug‘urtalash, moliyaviy

xavf-xatarlar, xedj qilish, risklarni boshqarish, tahlil va monitoring, barqaror
investitsiyalar, siyosiy risklar, bozor noaniqliklari.

ИНВЕСТИЦИОННЫЕ РИСКИ В ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКЕ И ПУТИ

ИХ СНИЖЕНИЯ

Гуламова Камолахон Анвархон кизи

Преподаватель кафедры ТГЭУ «Оценочная работа и инвестиции»

Аннотация:

В данной статье рассматриваются инвестиционные риски, их

виды, причины возникновения и методы снижения. Анализируются финансовые,

операционные, рыночные и политические риски, с которыми сталкиваются

инвесторы и предприятия. Особое внимание уделяется таким инструментам

управления рисками, как диверсификация, страхование, хеджирование, анализ и

мониторинг. Статья служит важным руководством для обеспечения

безопасности инвестиций и принятия стратегических решений инвесторами.

Ключевые слова:

инвестиционные риски, диверсификация, страхование,

финансовые риски, хеджирование, управление рисками, анализ и мониторинг,

стабильные инвестиции, политические риски, рыночная неопределенность.

INVESTMENT RISKS IN THE DIGITAL ECONOMY AND WAYS TO

REDUCE THEM


background image

404

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Gulomova Kamolaxon Anvarxon kizi

Teacher of the Department of "Evaluation and Investments" of TSEU

Abstract:

This article examines investment risks, their types, causes, and

mitigation methods. It analyzes financial, operational, market, and political risks faced
by investors and businesses. Special attention is given to risk management tools such
as diversification, insurance, hedging, analysis, and monitoring. The article serves as a
valuable guide for ensuring investment security and making strategic decisions for
investors.

Keywords: investment risks, diversification, insurance, financial risks, hedging,

risk management, analysis and monitoring, sustainable investments, political risks,
market uncertainties.

KIRISH

Investitsiya bugungi kunda iqtisodiy rivojlanishning asosiy omillaridan biri

hisoblanadi. Mamlakatlar va korxonalar o‘z moliyaviy salohiyatini oshirish, yangi
loyihalarni amalga oshirish va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash uchun investitsiyaga
tayanadi. Ammo har qanday investitsiya faoliyati turli xil xavf-xatarlarga duch keladi.
Bu risklar investorlarning moliyaviy resurslarini yo‘qotishiga yoki kutilgan daromadni
ololmasligiga olib kelishi mumkin.

Investitsiya risklari turli sabablarga ko‘ra yuzaga keladi. Ular moliyaviy

beqarorlik, iqtisodiy tanazzul, bozor noaniqliklari, siyosiy o‘zgarishlar yoki huquqiy
muammolar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Masalan, valyuta kurslarining o‘zgarishi
yoki inflyatsiya ta’siri investitsiya loyihalarining muvaffaqiyatiga salbiy ta’sir
ko‘rsatishi mumkin. Shu sababli, investitsiya risklarini to‘g‘ri baholash va samarali
boshqarish investorlar va tadbirkorlar uchun muhim vazifalardan biridir.

Investitsiya risklarini minimallashtirish uchun bir qator strategiyalar mavjud.

Diversifikatsiya qilish, moliyaviy sug‘urtalash, xedj qilish kabi vositalar risklarni
boshqarishning eng samarali usullari sifatida ko‘riladi. Shu bilan birga, loyihalarni
chuqur tahlil qilish, huquqiy himoya choralarini ko‘rish va bozordagi o‘zgarishlarni
kuzatib borish kabi chora-tadbirlar ham risklarni kamaytirishga xizmat qiladi.

Ushbu maqolada investitsiya risklarining turlari, ular yuzaga kelishining asosiy

omillari va ularni pasaytirish bo‘yicha samarali usullar batafsil tahlil qilinadi.
Shuningdek, investitsiya xavfsizligini ta’minlash va investorlar uchun optimal
strategiyalarni ishlab chiqishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi. Mazkur tahlillar
orqali investitsiya risklarini boshqarishning amaliy va nazariy jihatlariga e’tibor
qaratiladi. Bu o‘z navbatida, investorlar va iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari uchun
investitsiyalarni xavfsiz amalga oshirishda muhim qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.


background image

405

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON

WWW.INFOCOM.UZ

ADABIYOTLAR TAHLILI

Investitsiya riski – bu investor tomonidan kiritilgan mablag‘larning qisman yoki

to‘liq yo‘qotilish ehtimoli yoki investitsiya kutilgan daromadni bermasligi bilan
bog‘liq bo‘lgan noaniqlikdir. Investitsiya risklarini umumiy tasniflash va ularni
boshqarish bo‘yicha zamonaviy iqtisodiy nazariyalar keng o‘rganilgan. Masalan:
Markovitsning Portfel Nazariyasi (Markowitz, 1952) investitsiyalarni diversifikatsiya
qilish orqali risklarni minimallashtirish imkonini beradi [1]. Ushbu nazariya risk va
daromad o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganishning asosiy tamoyillarini belgilaydi. Sharpe
(1964) va Linter (1965) tomonidan ishlab chiqilgan CAPM modeli (Capital Asset
Pricing Model) investitsiya risklarining bozordagi xavf-xatarlar bilan qanday
bog‘liqligini tahlil qiladi [2-3]. Ushbu model bugungi kunda investitsiya faoliyatida
xavf va daromadni hisoblashda keng qo‘llaniladi.

Investitsiya faoliyatida moliyaviy va bozor risklari bo‘yicha amalga oshirilgan

tadqiqotlarni Reilly va Brown (2009) tomonidan yozilgan “Investment Analysis and
Portfolio Management” asarida moliyaviy vositalar va bozor o‘zgarishlariga qarshi
boshqaruv strategiyalarini ishlab chiqishda muhim manbadir deb hisoblagan [4].

Fabozzi (2012) tomonidan tayyorlangan “Fixed Income Analysis” kitobida Valyuta
kursining o‘zgarishi, inflyatsiya va likvidlik xavfi kabi moliyaviy risklar haqida
yozilgan [5].

Siyosiy va huquqiy muhit investitsiya loyihalarining muvaffaqiyatiga bevosita

ta’sir qiladi. Kobrin (1979) tomonidan olib borilgan tadqiqotlar, siyosiy barqarorlik va
investitsiya muhitining o‘zaro bog‘liqligini ko‘rsatadi [6]. Siyosiy risklarni bashorat
qilish va bartaraf etish usullari ushbu tadqiqotlarda keng yoritilgan. Huquqiy risklarni
tahlil qilishda Ernst & Young tomonidan har yili chop etiladigan “Investment Climate
Reports” huquqiy sharoitlar va qonunchilikka doir tahliliy ma’lumotlarni taqdim etadi.

Investitsiya risklari bo‘yicha mavjud adabiyotlar ushbu mavzuning nazariy va

amaliy jihatlarini chuqur yoritadi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, investitsiya risklarini
boshqarishning samarali usullari diversifikatsiya, xedj qilish, sug‘urtalash va siyosiy
barqarorlikni ta’minlash kabi yondashuvlar bilan bog‘liq. Shu bilan birga,
mamlakatning o‘ziga xos sharoitlari, xususan, O‘zbekiston misolida, risklarni bartaraf
etish uchun huquqiy va iqtisodiy islohotlarning ahamiyati alohida qayd etilgan. Ushbu
adabiyotlar risklarni tahlil qilish va pasaytirish bo‘yicha samarali strategiyalarni ishlab
chiqishda muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.

METODOLOGIYA

Mavzuni ilmiy o‘rganish, mantiqiylik, tahlil va tadqiq etish jarayonida tizimli

tahlil, statistik tahlillardan foydalanilgan. Maqolada, investitsiya risklari bo‘yicha


background image

406

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON

WWW.INFOCOM.UZ

rivojlanish tendensiyalarini ishlab chiqish va uning iqtisodiy tizimdagi ahamiyatiga
mos ravishda ilmiy taklif hamda amaliy tavsiyalar berildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Raqamli iqtisodiyot sharoitida investitsiya risklari o‘ziga xos xususiyatlarga ega

bo‘lib, ular texnologik o‘zgarishlar, raqamli infratuzilmaning rivojlanishi va
kiberxavfsizlik masalalari bilan chambarchas bog‘liq [6]. Quyida ushbu sharoitdagi
asosiy investitsiya risklarini tahlil qilamiz:

1. Texnologik risklar.
Tezkor texnologik o‘zgarishlar:

raqamli texnologiyalar sohasidagi

innovatsiyalar juda tez rivojlanadi, bu esa investitsiyalarning eskirishi xavfini oshiradi.
Masalan, bir texnologiya bozorda dominant mavqega ega bo‘lishi kutilgan bo‘lsa,
qisqa vaqt ichida yangi, yanada samarali texnologiya uning o‘rnini egallashi mumkin;

Kompyuterlashtirilgan tizimlarga qaramlik: texnologiyalarga haddan tashqari

bog‘lanish ularning ishlamay qolishi yoki nosozliklari natijasida katta moliyaviy
yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin [7].

2. Bozor risklari.
Raqobatning kuchayishi: raqamli iqtisodiyot global xususiyatga ega bo‘lgani

uchun, bozorda raqobat darajasi juda yuqori. Bu, ayniqsa, kichik va o‘rta korxonalar
uchun katta qiyinchilik tug‘diradi.

Talabning o‘zgaruvchanligi: bozorda mijozlarning talab va istaklari doimiy

ravishda o‘zgarib turadi, bu esa raqamli mahsulot va xizmatlarning muvaffaqiyatsiz
bo‘lish xavfini oshiradi.

3. Kiberxavfsizlik risklari.
Xakerlik hujumlari va ma’lumotlar oqib ketishi: ma’lumotlar raqamli

iqtisodiyotning eng muhim aktivlaridan biri bo‘lib, ularning xavfsizligi katta
ahamiyatga ega. Xakerlik hujumlari yoki ma’lumotlarning oshkor bo‘lishi
kompaniyaga moliyaviy va reputatsion zarar keltirishi mumkin.

Regulyativ talablarning buzilishi: ma’lumotlarni saqlash va foydalanish borasida

xalqaro va milliy qonunchilik qoidalariga rioya qilmaslik jarimalar va qonuniy
muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

4. Huquqiy va regulyativ risklar.
Qonunchilikdagi noaniqliklar: raqamli iqtisodiyot hali nisbatan yangi soha

bo‘lib, ko‘plab mamlakatlarda uning huquqiy bazasi to‘liq shakllanmagan. Bu esa
investitsiya loyihalariga salbiy ta’sir qilishi mumkin.

Soliq masalalari: raqamli xizmatlar va mahsulotlarga soliq solishning

murakkabligi yoki noaniqligi investorlarga qo‘shimcha qiyinchilik tug‘diradi [8].



background image

407

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON

WWW.INFOCOM.UZ

1-jadval

Risklar bo‘yicha asosiy statistik ko‘rsatkichlar

1

Risk turi

Statistik ma’lumotlar

Kiberxavfsizlik risklari

- 2023-yilda global iqtisodiyotga kiberhujumlar

yetkazgan zarar: $8,44 trillion (Cybersecurity Ventures).

- Kompaniyalar orasida kiberxavfsizlik masalalariga

e’tiborni kuchaytirganlarning ulushi: 68% (IBM, 2023).

Texnologik risklar

- Texnologik innovatsiyalar o‘rtacha eskirish davri:

3-5 yil (McKinsey).

- Texnologiyalarni moslashtirish va modernizatsiya

xarajatlarining o‘sishi: 20% yiliga (Gartner, 2023).

Bozor risklari

- Raqamli iqtisodiyot bozorining o‘sish sur’ati (yillik):

16% (Statista, 2023).

- Raqamli xizmatlar segmentida muvaffaqiyatsizlikka

uchragan startaplar ulushi: 90% (CB Insights).

Huquqiy va regulyativ risklar

- Ma’lumotlar himoyasi va xakerlik hujumlari uchun
jarima to‘lagan kompaniyalar: $4,5 milliarddan ortiq

(DLA Piper, 2023).

- Raqamli iqtisodiyotga soliq tizimining moslashish

indeksi: 48/100 (World Bank, 2023).

Makroiqtisodiy risklar

- Geosiyosiy muammolar natijasida raqamli

infratuzilmaga ta’sir qilgan loyihalar: $200 milliondan

ortiq zarar (IMF, 2023).

Inson resurslari risklari

- Malakali IT-mutaxassislarga bo‘lgan global talabning

o‘sishi: 65% (CompTIA, 2023).

- IT sohasidagi kadrlar yetishmovchiligi darajasi: 57%

(LinkedIn, 2023).

Ekologik va ijtimoiy risklar

- Ma’lumotlar markazlarining energiya iste’moli: dunyo

energiyasining 2% dan ortig‘i (IEA, 2023).

- Ish o‘rinlarining raqamlashtirish natijasida qisqarishi

kutilayotgan ulushi: 14% (WEF, 2023).

5. Makroiqtisodiy risklar.
Global o‘zgaruvchanlik: raqamli iqtisodiyot global iqtisodiy sharoitlarga kuchli

bog‘liq bo‘lib, pandemiyalar, iqtisodiy inqirozlar yoki geosiyosiy muammolar kabi
omillar investitsiyalarning barqarorligiga ta’sir qilishi mumkin.

1

Cybersecurity Ventures, 2023, IBM Cybersecurity Report, 2023, McKinsey & Company, 2023, Gartner IT Spending

Forecast, 2023, Statista Digital Economy Insights, 2023, CB Insights Startup Failure Report, 2023, LinkedIn Workforce
Report, 2023 WEF Future of Jobs Report, 2023


background image

408

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Valyuta xavfi: raqamli iqtisodiyotning xalqaro xarakteri valyuta kurslaridagi

o‘zgarishlarga sezuvchanlikni oshiradi.

6. Inson resurslari bilan bog‘liq risklar.
Kadrlar tanqisligi: raqamli iqtisodiyot uchun yuqori malakali kadrlar zarur

bo‘lib, ularning yetishmasligi loyihalar muvaffaqiyatini xavf ostiga qo‘yadi.

Ishchilarni moslashuvga o‘rgatish xarajatlari: texnologiyalar tez

yangilanayotgani sababli kadrlarni doimiy ravishda qayta o‘qitish talab etiladi, bu esa
investitsiya loyihalari uchun qo‘shimcha xarajat keltirib chiqaradi [9].

7. Ekologik va ijtimoiy risklar.
Axborot texnologiyalari infratuzilmasining ekologik ta’siri: Ma’lumotlar

markazlarining katta miqdordagi energiya sarfi ekologik masalalarni keltirib chiqaradi.
Bu esa kelajakda raqamli iqtisodiyotga qo‘shimcha cheklovlar kiritilishiga olib kelishi
mumkin.

Ijtimoiy norozilik: Raqamli xizmatlardan keng foydalanish natijasida ish

o‘rinlarining yo‘qolishi yoki tengsizlik muammolari ijtimoiy noroziliklarni
kuchaytirishi mumkin [10].

XULOSA

Raqamli iqtisodiyot sharoitida investitsiya risklari murakkab va ko‘p qirrali

bo‘lib, ularning asosiy qismi texnologik, kiberxavfsizlik, bozor va huquqiy
masalalarga bog‘liq. Tezkor texnologik o‘zgarishlar, yuqori raqobat, va ma’lumotlarni
himoya qilish bo‘yicha kuchaytirilgan talablar investorlar uchun yangi xavflar keltirib
chiqaradi. Shu bilan birga, global iqtisodiy o‘zgarishlar va kadrlar yetishmovchiligi bu
risklarni yanada kuchaytiradi.

Ushbu xavflarni samarali boshqarish uchun diversifikatsiya, kiberxavfsizlik

choralari va regulyativ talablarni chuqur o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Shu bilan
birga, ekologik va ijtimoiy masalalar ham e’tibordan chetda qolmasligi lozim.
Investitsiya qarorlarini qabul qilishda mazkur risklarni kompleks tahlil qilib, strategik
rejalashtirish investitsiyalarning muvaffaqiyatini ta’minlaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

Markowitz, H.

(

1952).

Portfolio Selection

. The Journal of Finance, 7(1), 77-

91.

2.

Sharpe, W.F. (1964).

Capital Asset Prices: A Theory of Market Equilibrium

under Conditions of Risk

. The Journal of Finance, 19(3), 425-442.

3.

Lintner, J. (1965).

The Valuation of Risk Assets and the Selection of Risky

Investments in Stock Portfolios and Capital Budgets

. The Review of Economics and

Statistics, 47(1), 13-37.

4.

Reilly, F.K., & Brown, K.C. (2009).

Investment Analysis and Portfolio

Management

. South-Western Cengage Learning.


background image

409

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON

WWW.INFOCOM.UZ

5.

Fabozzi, F.J. (2012).

Fixed Income Analysis

. John Wiley & Sons.

6.

Kobrin, S.J. (1979).

Political Risk: A Review and Reconsideration

. Journal of

International Business Studies, 10(1), 67-80.

7.

Ernst & Young

(2023).

Investment Climate Reports

.

Har yili chop etiladigan bu hisobotda turli mamlakatlardagi huquqiy sharoitlar va
qonunchilik tahlil qilingan.

8.

Cybersecurity Ventures (2023).

Global Cybercrime Damages Report

.

Dunyo miqyosida kiberxavfsizlik bilan bog‘liq xavf-xatarlar va zararlar tahlili.

9.

IBM

(2023).

IBM Cybersecurity Threat Intelligence Index

.

Kiberxavfsizlik bo‘yicha kompaniyalarning tahdidlar bilan kurashish holati haqida
hisobot.

10.

Gartner

(2023).

IT Spending Forecast

.

Texnologiyalarni modernizatsiya qilish va ularga investitsiya bo‘yicha prognoz
hisobot.

Bibliografik manbalar

Markowitz, H. (1952). Portfolio Selection. The Journal of Finance, 7(1), 77-

Sharpe, W.F. (1964). Capital Asset Prices: A Theory of Market Equilibrium

under Conditions of Risk. The Journal of Finance, 19(3), 425-442.

Lintner, J. (1965). The Valuation of Risk Assets and the Selection of Risky

Investments in Stock Portfolios and Capital Budgets. The Review of Economics and

Statistics, 47(1), 13-37.

Reilly, F.K., & Brown, K.C. (2009). Investment Analysis and Portfolio

Management. South-Western Cengage Learning.

Fabozzi, F.J. (2012). Fixed Income Analysis. John Wiley & Sons.

Kobrin, S.J. (1979). Political Risk: A Review and Reconsideration. Journal of

International Business Studies, 10(1), 67-80.

Ernst & Young (2023). Investment Climate Reports.

Har yili chop etiladigan bu hisobotda turli mamlakatlardagi huquqiy sharoitlar va

qonunchilik tahlil qilingan.

Cybersecurity Ventures (2023). Global Cybercrime Damages Report.

Dunyo miqyosida kiberxavfsizlik bilan bog‘liq xavf-xatarlar va zararlar tahlili.

IBM (2023). IBM Cybersecurity Threat Intelligence Index.

Kiberxavfsizlik bo‘yicha kompaniyalarning tahdidlar bilan kurashish holati haqida

hisobot.

Gartner (2023). IT Spending Forecast.

Texnologiyalarni modernizatsiya qilish va ularga investitsiya bo‘yicha prognoz

hisobot.