THE IMPORTANCE OF DIGITIZATION IN THE SOCIO-ECONOMIC LIFE OF UZBEKISTAN

Abstract

In this scientific article, the society and state of digitization
the impact it has on its development is the economic growth of the state as a result of digitization,
changes in social life have been studied scientifically. Including in economics
e-commerce, digital marketing and the formation of the digital economy and
development has been considered. In addition, in social life through the internet
various social relationships to be performed, Labor Relations, remote labor,
the state of new areas related to interactive public services has been analyzed.

Source type: Journals
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
CC BY f
101-106
5

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Hamdamov, S. (2025). THE IMPORTANCE OF DIGITIZATION IN THE SOCIO-ECONOMIC LIFE OF UZBEKISTAN. Цифровая экономика, 3(3), 101–106. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/digital-economy/article/view/80481
Shahzad Hamdamov, Institute of State and law of the Academy of Sciences of Uzbekistan
Foundation doctoral student
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this scientific article, the society and state of digitization
the impact it has on its development is the economic growth of the state as a result of digitization,
changes in social life have been studied scientifically. Including in economics
e-commerce, digital marketing and the formation of the digital economy and
development has been considered. In addition, in social life through the internet
various social relationships to be performed, Labor Relations, remote labor,
the state of new areas related to interactive public services has been analyzed.


background image

101

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA, RAQAMLASHTIRISH

“RAQAMLI

IQTIS

ODIYOT” ILMIY

-ELEKTRON JURNALI | 3-SON

WWW.INFOCOM.UZ

O‘ZBEKISTONNING IJTIMOIY-IQTISODIY HAYOTIDA

RAQAMLASHTIRISHNING AHAMIYATI

Hamdamov Shahzod Maqsud o‘g‘li

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti tayanch doktoranti

Shahzodhamdamov875@gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu ilmiy

maqolada raqamlashtirishning jamiyat va davlat

rivojlanishiga ko‘rsatayotgan ta’siri, raqamlashtirish natijasida davlatning iqtisodiy,
ijtimoiy hayotidagi o‘zgarishlar ilmiy jihatdan o‘rganilgan. Shu jumladan iqtisodiyotda
elektron tijorat, raqamli marketing va raqamli iqtisodning shakllanishi hamda
rivojlanishi ko‘rib chiqilgan. Bundan tashqari, ijtimoiy hayotda internet tarmog‘i orqali
bajariladigan turli ijtimoiy munosabatlar, mehnat munosabatlari, masofaviy mehnat,
interaktiv davlat xizmatlariga oid yangi sohalarning holati tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar: raqamlashtirish, raqamli iqtisod, elektron tijorat, masofaviy

mehnat, raqamli marketing, ijtimoiy tarmoq, interaktiv davlat xizmati.

ЗНАЧЕНИЕ ЦИФРОВИЗАЦИИ В СОЦИАЛЬНО-

ЭКОНОМИЧЕСКОЙ ЖИЗНИ УЗБЕКИСТАНА

Хамдамов Шахзод Максуд угли

Докторант Института государства и права Академии наук

Узбекистана

Shahzodhamdamov875@gmail.com

Аннотация:

В данной научной статье изучены влияние цифровизации на

развитие общества и государства, изменения в экономической и социальной
жизни государства в результате цифровизации. В том числе, рассмотрены
формирование и развитие электронной коммерции, цифрового маркетинга и
цифровой экономики в экономике. Кроме того, проанализировано состояние
новых сфер, связанных с различными общественными отношениями, трудовыми
отношениями, удаленной работой, интерактивными государственными
услугами, выполняемыми в повседневной жизни при помощи сети «Интернет».

Ключевые слова:

цифровизация, цифровая экономика, электронная

коммерция, удаленная работа, цифровой маркетинг, социальная сеть,
интерактивная госуслуга.


background image

102

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA, RAQAMLASHTIRISH

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY

-ELEKTRON JURNALI | 3-SON

WWW.INFOCOM.UZ

THE SIGNIFICANCE OF DIGITALIZATION IN THE SOCIO-

ECONOMIC LIFE OF UZBEKISTAN

Hamdamov Shahzod

Doctoral student of the State and Law Institute of the Academy of Sciences of

Uzbekistan

Shahzodhamdamov875@gmail.com

Abstract:

This scientific article examines the impact of digitalization on the

development of society and the state, changes in the economic and social life of the
state as a result of digitalization.

In particular, the formation and development of e-

commerce, digital marketing and the digital economy in the economy are considered.

In addition, the state of new areas related to various social relations, labor relations,
remote work, interactive public services performed in everyday life using the Internet
was analyzed.

Keywords: digitization, digital economy, e-commerce, remote work, digital

marketing, social network, interactive public service.

Kirish

Zamonaviy dunyoda hayotni texnologiyalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.

Raqamli texnologiyalar har qanday hozirgi zamon inson hayotining ajralmas qismiga
aylanib bormoqda. Zamonaviy texnologiyalarning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va
boshqa shu kabi sohalarga ta’sirini e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi. Axborot
texnologiyalari hayotimizga tez kirib bormoqda va yangi ijtimoiy munosabatlarni olib
kelmoqda. Bundan tashqari, raqamlashtirish natijasida hayotimizga biz uchun mutlaqo
yangi bo‘lgan tushunchalar ham paydo bo‘lmoqda. Bu jarayonlarning barchasi
raqamlashtirish natijasida amalga oshmoqda.

Davlat sektorida raqamli transformasiya jarayonlari, raqamli mahsulotlarni

tezkor yaratish va rivojlantirishga bo‘lgan ehtiyoj, raqamli xizmatlarni boshqarish
raqamli transformasiyalar uchun mas’ul bo‘lgan davlat boshqaruv organlarining
tashkiliy va funksional tuzilmalariga, shuningdek, raqamli jamoalar tarkibiga
yondashuvlarni qayta ko‘rib chiqishni taqozo etadi [1].

Asosiy qism

Raqamlashtirish jarayoni rivojlanib jamiyatning turli sohalariga kirib bordi.

Chunonchi, hozirgi paytda raqamlashtirish jarayoni davlatning ijtimoiy, iqtisodiy,
huquqiy va boshqa shu kabi sohalarga kirib, ushbu sohalarning ajralmas bir bo‘lagi
sifatida namoyon bo‘lmoqda. Xususan, raqamlashtirish jarayonining iqtisodiyotga
ta’siri sezilarli ahamiyat kasb etib, iqtisodning ko‘plab tarmoqlarini o‘zgarishiga,


background image

103

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA, RAQAMLASHTIRISH

“RAQAMLI

IQTIS

ODIYOT” ILMIY

-ELEKTRON JURNALI | 3-SON

WWW.INFOCOM.UZ

rivojlanishiga

va

yangi

tarmoqlarni

yaratishga

olib

keldi.

Jumladan,

raqamlashtirishning iqtisodga kirib kelishi natijasida, birinchi navbatda, ishlab
chiqarishdagi samaradorlik yana ham yaxshilandi, mustahkamlandi va rivojlandi.
Ya’ni, iqtisodiy sohalarni raqamlashtirish natijasida ko‘plab qo‘l mehnati bilan
qilinadigan ish jarayonlari avtomatlashtirildi. Bu esa, mazkur ishlarni qilishga
sarflanadigan xarajatlar va vaqtni qisqartirishga zamin yaratib, ushbu sohalarning ish
samaradorligiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Bu, o‘z navbatida, xarajatlarni kamaytirib,
mehnat unumdorligining oshishiga olib keldi. McKinsey Global instituti
ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoyda 2025-yilga borib YaIMning 22% gacha o‘sishi internet
texnologiyalari hisobiga bo‘lishi mumkin. AQShda raqamli texnologiyalar tomonidan
kutilayotgan qo‘shilgan qiymat 2025-yilga borib 1,6 trillion dollardan 2,2 trillion
dollargacha bo‘lishi mumkin. O`zbekiston iqtisodiyotini raqamlashtirishning
potentsial iqtisodiy samarasi 2025-yilga kelib mamlakat yalpi ichki mahsulotini 8-9 %
o‘sishi kutilmoqda [2].

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, yurtimizda ham mazkur jarayon yildan yilga

o‘sib borayotganini ko‘rishimiz mumkin. Xususan, axborot iqtisodiyoti va elektron
tijorat sohalarda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymatning YaIMdagi ulushi 2015-yilda
1,9%ni tashkil etgan bo‘lsa, 2021-yilda bu ko‘rsatkich 2,5%ni tashkil qilgan [3].

Ikkinchidan, raqamlashtirishning iqtisodga kirib kelishi natijasida yangi biznes

sohalari tashkil topdi. Buning natijasida bugungi kunda rivojlanib borayotgan elektron
tijorat va onlayn bozorlar (ayniqsa, pandemiya sharoiti va undan keyingi yillarda
internet do‘konlariga talab oldingi yillarga qaraganda ancha kuchayganini ko‘rishimiz
mumkin) kabi yangi biznes sohalarni yaratishga imkon berdi. Ushbu sohalar
yurtimizda yildan-yilga o‘sib rivojlanib borayotganligini ta’kidlash lozim. Xususan,
2018-yilda O`zbekistonning elektron tijorat bozori 7,48 milliard dollarni tashkil etdi.
Ularning 5,3 milliardi ichki, 2,18 milliardi esa transchegaraviy savdolardir.
Buyurtmalar soni 2017-yilga nisbatan 14 foizga oshdi va 589,6 million buyurtmani
tashkil etdi[2]. Mutaxassislarning fikricha, agar barcha xo‘jalik subyektlari bir
yo‘nalishda ish olib borsa, biznes, davlat, yakka tartibdagi tadbirkorlar hozirgi kunda
O‘zbekistonda elektron tijoratning ulushi 1,2 milliard dollarga, ya’ni 1 (bir) foizdan
kam bo‘lsa, 2030-yilga kelib 15 milliard dollar – 20 foizga, 2040-yilga kelib esa hatto
50 milliard dollar – 50 foizga erishish mumkinligi qayd etildi [4].

Uchinchidan, raqamlashtirishning iqtisodga kirib kelishi yangi ish o‘rinlarining

yaratilishiga imkon yaratdi. Raqamlashtirish jarayoni bilan shug‘ullanadigan yangi
xodimlar toifasining shakllanishi oqibatida raqamlashtirishga oid ma’lumotlar tahlili,
raqamli iqtisod va raqamli marketing kabi sohalarda yangi ish imkoniyatlari
yaratilishiga olib keldi.

To‘rtinchidan, raqamlashtirishning iqtisodga kirib kelishi natijasida turli

korxona, tashkilotlarning munosabatlarida makon asosiy o‘rin egallamaydigan bo‘ldi,


background image

104

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA, RAQAMLASHTIRISH

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY

-ELEKTRON JURNALI | 3-SON

WWW.INFOCOM.UZ

deyishimiz mumkin. Jumladan, raqamlashtirish korxonalarga jahon bozoriga chiqish
imkonini berdi. Bundan tashqari, raqamlashtirish natijasida bir mamlakatdan boshqa
bir mamlakatga kirish va chiqishdagi to‘siqlar kamaytirildi hamda tranzaksiya
xarajatlarini kamaytirish orqali xalqaro savdo osonlashtirildi. Agar statistik
ma’lumotlarga qaraydigan bo‘lsak, O‘zbekistonning tashqi savdoda tovarlar va
xizmatlar eksporti 2010-yilda 13 023,4 mln. AQSh. dollar bo‘lgan bo‘lsa, 2020-yilda
15 102,3 mln. AQSh. dollarni tashkil qilgan. Import esa, 2010-yilda 9 175,8 mln.
AQSh.dollar, 2020-yilda 21 153,8 mln.AQSh.dollarga yetganligini ko‘rishimiz
mumkin [5].

Beshinchidan, raqamlashtirishning iqtisodga kirib kelishi korxonalarga yangi

mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqish imkonini berdi. Shu bilan bir qatorda,
raqamlashtirish yangi mahsulotlarni va xizmatlarni bozorga chiqarish tezligini sezilarli
darajada oshirdi.

Raqamlashtirish jarayoni ijtimoiy hayotga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Buning

natijasida insonlarning o‘zaro munosabati va bir-biri bilan muloqot qilish usullari
o‘zgardi. Xususan, raqamlashtirish jarayoni odamlarning bir-biri bilan muloqotini
kuchaytirdi. Ya’ni, raqamlashtirish insonlarning joylashuvidan qat’iy nazar bir-birlari
bilan oson bog‘lanish imkoniyatini yaratdi. Bunda ijtimoiy media platformalari, mobil
qurilmalar, ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar va xabar almashish ilovalari orqali
odamlarga dunyoning qayerida bo‘lishidan qat’iy nazar istalgan insonlar bilan aloqa
qilish imkoniyatini berdi. “We are social” va “Hootsuite”ning ma’lum qilishicha,
2020-yilda O‘zbekistonda 3,2 million odam ijtimoiy tarmoqlardan faol foydalangan.
Bu 2019-yilgidan 44 foizga, ya’ni 972 mingga oshgan. Shuningdek, O‘zbekistoning
18 340 000 yoki 55 foiz aholisi internetdan foydalanadi. Bu 2019-yilga qaraganda 7,1
foizga ko‘proq. Statistikaga ko‘ra, aholining 76 foizi yoki 25 140 000 o‘zbekistonliklar
mobil telefonga egalar. Ma’lum qilinishicha, dunyo bo‘yicha 5,19 milliard odam mobil
telefondan foydalanadi. Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichga qaraganda 2,4 foizga ko‘proqdir.
4,54 milliard odam esa internetdan foydalanadi. Ulardan 3,8 milliardi yoki dunyo
aholisining 49 foizi ijtimoiy tarmoqlardan faol foydalanadi [6].

Ikkinchidan raqamlashtirish natijasida insonlarning muloqot qilish usuli

o‘zgardi. Chunonchi, insonlar ijtimoiy tarmoqlarda yoki turli xabar almashish
ilovalarida odatdagi gaplar, ovozli xabarlardan tashqari turli imojilardan ham
foydalanishlari mumkin. Bunda insonlar o‘zining ruhiy hissiyotini ifoda etish va
boshqalarning xabarlarini talqin qilish usullarida o‘zgarishlarga olib keldi.

Raqamlashtirishning mehnat munosabatlariga ta’sirini ko‘rib chiqsak,

raqamlashtirish odamlarning mehnat munosabatlarida ishlash uslubi va ish joyida
muloqot qilish usullarini o‘zgartirganini ko‘rishimiz mumkin. Shu bilan birga,
raqamlashtirish ish jarayonini monitoring qilishni kuchaytirdi. Raqamlashtirish,
avvalo, noan’anaviy bo‘lgan masofaviy va moslashuvchan ish tartibini joriy qilish


background image

105

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA, RAQAMLASHTIRISH

“RAQAMLI

IQTIS

ODIYOT” ILMIY

-ELEKTRON JURNALI | 3-SON

WWW.INFOCOM.UZ

imkonini berdi. Masofaviy ishning afzal va qulay tomoni shundaki, bunda xodimlar
o‘z ishlarini istalgan joydan turib ishlash imkoniyatini beradi.

Xususan, Shaxs va taraqqiyot tadqiqot instituti ma’lumotlariga koʻra, 2014-

yilda masofaviy ishlovchi yevropaliklar soni 30 foizgacha va amerikaliklar 20
foizgacha oʻsgan [7] bo‘lsa, 2020-yil mart oyiga kelib masofaviy mehnat keskin
o‘sishni boshdan kechirdi. Jumladan, masofaviy xodimlarning soni Amerika Qo‘shma
Shtatlarida 42%, Yevropada o‘rtacha 40%, Avstraliyada 32%, Janubiy Koreyada
24,9% va Yaponiyada 10%ga oshdi[8]. Doimiy masofadan turib ishlovchi xodimlar
soni boʻyicha AQSH peshqadam hisoblanadi. Ushbu davlatda 2015-yilda 3,9 million
amerikalik xodimlar masofadan turib ishlagan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2021-yilga kelib
4,7 million yoki aholining 3,4 foizini tashkil etganligini [9] ko‘rishimiz mumkin.

Bundan tashqari, yangi ishga kirmoqchi bo‘lgan talabgorlar o‘zining shaxsiy

ma’lumotlari to‘g‘risidagi hujjatlarni turli davlat idoralariga bormasdan, interaktiv
davlat xizmatlaridan olishlari mumkin hamda o‘z hujjatlarini elektron shaklda ishga
topshirmoqchi bo‘lgan tashkilotning elektron platformasiga joylashning o‘zi kifoya
bo‘ladi. Masalan, “Argos.uz” platformasi orqali turli ish o‘rinlariga xujjat topshirish
mumkin.

Xulosa

Yuqorida zikr etilgan fikr-mulohazalarni inobatga olib shuni xulosa qilishimiz

mumkinki, raqamlashtirish jamiyat va davlat rivojlanishining bir bo‘lagiga aylandi.
Raqamlashtirish natijasida insonlarning iqtisodiy, ijtimoiy hayotdagi munosabatlari
sezilarli darajada o‘zgardi. Raqamlashtirish insonning farovon jamiyat barpo etishida
muhim qadamlardan biri bo‘ldi, deb aytishimiz mumkin. Xususan, raqamlashtirish
natijasida insonlarning ortiqcha ovvoragarchiliklariga chek qo‘yib, insonlarning
yashash sharoiti, mehnat munosabatlari, umuman olganda jamiyatning deyarli barcha
jabhalarini rivojlanishiga olib keldi. Insonlarning axborotdan foydalanish imkoniyati
yaxshilandi. Ilgari bir ma’lumotni soatlab qidirish kerak bo‘lgan bo‘lsa, hozirga kelib
bu jarayon ma’lum daqiqalarda onlayn qidiruv tizimlari orqali ma’lumotni tez topishga
imkon yaratdi. Bundan tashqari, raqamlashtirishning rivojlanishi orqali mehnat
munosabatlarida ham o‘zgarishlarga olib keldi. Natijada masofaviy mehnat jarayonlari
vujudga keldi.

Muxtasar aytganda, raqamlashtirish ijtimoiy-iqtisodiy hayotga sezilarli ta’sir

ko‘rsatdi. Buning natijasida insonlarning yashash, ishlash va bir-birlari bilan o‘zaro
munosabatlari sezilarli darajada o‘zgardi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1.

Gebayew, C., Hardini, I. R., Panjaitan, G. H. A., Kurniawan, N. B., & Suhardi.

(2018). A Systematic Literature Review on Digital Transformation. 2018 International


background image

106

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA, RAQAMLASHTIRISH

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY

-ELEKTRON JURNALI | 3-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Conference on Information Technology Systems and Innovation (ICITSI).
doi:10.1109/icitsi.2018.8695912https:// https://lex.uz/docs/4900424

2.

Nizametdinov A. A. Raqamlashtirish va uning iqtisodiyotga ta’siri. “Raqamli

iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnali. №1-son, 2022. – B. 82-89. // https://infocom.uz/wp-
content/uploads/2023/03/Jurnal-1-son-new.pdf

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining veb

sayti. // https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/raqamli-iqtisodiyot

4.

O‘zbekistonda elektron tijorat ulushi 1,2 mlrd dollarga teng – ya’ni 1 foizdan

kam. //

https://kun.uz/uz/news/2019/09/13/ozbekistonda-elektron-tijorat-ulushi-12-

mlrd-dollarga-teng-yani-1-foizdan-kam

5.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining veb

sayti. // https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/merchandise-trade-2

6.

N.Sharipov. O‘zbekistonda qancha odam ijtimoiy tarmoqdan foydalanishi

ma’lum qilindi. // https://www.qalampir.uz/uz/news/uzbekistonda-k-ancha-odam-
izhtimoiy-tarmok-dan-foydalanishi-ma-lum-k-ilindi-17993

7.

Chartered Institute of Personnel and Development. http://www.cipd.co.uk

8.

21+ Surprising Remote Work Statistics for 2022 — a Global Perspective.

https://www.paymoapp.com/blog/remote-work-statistics/

9.

Remote

Work

and

Telecommuting

Statistics

for

2021.

https://resumelab.com/job-search/remote-work-statistics

References

Gebayew, C., Hardini, I. R., Panjaitan, G. H. A., Kurniawan, N. B., & Suhardi.

(2018). A Systematic Literature Review on Digital Transformation. 2018 International Conference on Information Technology Systems and Innovation (ICITSI).

doi:10.1109/icitsi.2018.8695912https:// https://lex.uz/docs/4900424

Nizametdinov A. A. Raqamlashtirish va uning iqtisodiyotga ta’siri. “Raqamli

iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnali. №1-son, 2022. – B. 82-89. // https://infocom.uz/wpcontent/uploads/2023/03/Jurnal-1-son-new.pdf

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining veb

sayti. // https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/raqamli-iqtisodiyot

O‘zbekistonda elektron tijorat ulushi 1,2 mlrd dollarga teng – ya’ni 1 foizdan

kam. // https://kun.uz/uz/news/2019/09/13/ozbekistonda-elektron-tijorat-ulushi-12-

mlrd-dollarga-teng-yani-1-foizdan-kam

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining veb

sayti. // https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/merchandise-trade-2

N.Sharipov. O‘zbekistonda qancha odam ijtimoiy tarmoqdan foydalanishi

ma’lum qilindi. // https://www.qalampir.uz/uz/news/uzbekistonda-k-ancha-odamizhtimoiy-tarmok-dan-foydalanishi-ma-lum-k-ilindi-17993

Chartered Institute of Personnel and Development. http://www.cipd.co.uk

21+ Surprising Remote Work Statistics for 2022 — a Global Perspective.

https://www.paymoapp.com/blog/remote-work-statistics/

Remote Work and Telecommuting Statistics for 2021.

https://resumelab.com/job-search/remote-work-statistics