55
RAQAMLI IQTISODIYOT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA KORXONALAR RAQOBAT
BARDOSHLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI
Ravzatov Jonibek Baxromovich
TATU tayanch doktoranti
jonibek_tatu@mail.ru
Annotatsiya:
Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida korxonalar
raqobat bardoshligini oshirish yo‘llari, ularga oid nazariy-amaliy qarashlar, raqamli
iqtisodiyot sababli raqobat bardoshlikning turli usullarda shakllanishi haqida sо‘z
yuritiladi. Korxonalarning raqamli iqtisodiyotdan faydalanish darajasi, raqamli
iqtisodiyot tufayli korxonadagi o‘zgarishlar ko‘rsatiladi. Bunda tashqari bugungi
kunda zamon talabi hisoblangan raqamli iqtisodiyot sharoitida korxonalar raqobat
bardoshligining muhim ahamiyatlari va uning insoniyat hamda davlat hayot tarziga
qanchalik samarali ekani va bu mamlakat turmush darajasini dunyo rivojlangan
mamlakatlariga tenglashtirish haqida boradi.
Kalit soʻzlar:
raqamli iqtisodiyot, sanoat korxonalari, raqamli texnologiyalar,
innovatsiyalar, korxona, foyda, rentabellik, tannarx narxi, moliyaviy nazorat, omillar,
rаqаmli iqtisоdiyоt, raqamli marketing, internet platformalar, IT, elektron tijorat,
raqamli texnologiyalar.
ПУТИ ПОВЫШЕНИЯ КОНКУРЕНТОСПОСОБНОСТИ ПРЕДПРИЯТИЙ
В ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКЕ
Равзатов Джонибек Бахромович
Базовый докторант ТАТУ
jonibek_tatu@mail.ru
Аннотация:
В данной статье говорится о путях повышения конкурентной
толерантности предприятий в условиях цифровой экономики, теоретических и
практических взглядах на них, формировании конкурентной толерантности
различными способами за счет цифровой экономики. Показана степень выгоды
предприятий от цифровой экономики, изменения на предприятии благодаря
цифровой экономике. Кроме того, в условиях цифровой экономики, которая
сегодня считается потребностью часа, речь идет о важности конкурентной
толерантности предприятий и о том, насколько она эффективна для человечества
и образа жизни государства, а также о том, насколько она эффективна для
56
RAQAMLI IQTISODIYOT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
человечества и образа жизни государства. уровень жизни этой страны равен
уровню развитых стран мира.
Ключевые слова:
цифровая экономика, промышленные предприятия,
цифровые технологии, инновации, предприятие, прибыль, рентабельность,
себестоимость, финансовый контроль, факторы, цифровая экономика,
цифровой маркетинг, интернет-платформы, ИТ, электронная коммерция,
цифровые технологии.
WAYS TO INCREASE THE COMPETITIVENESS OF ENTERPRISES IN
THE DIGITAL ECONOMY
Ravzatov Jonibek Bakhromovich
Basic doctoral student at TATU
jonibek_tatu@mail.ru
Abstract:
This article talks about ways to increase the competitive tolerance of
enterprises in the conditions of a digital economy, theoretical-practical views on them,
the formation of competitive tolerance in different ways due to a digital economy. The
degree of profit of enterprises from the digital economy, changes in the enterprise due
to the digital economy are indicated. In addition to this, in the conditions of the digital
economy, which today is considered a requirement of the time, enterprises will talk
about the importance of competitive tolerance and how effective it is for humanity and
the state way of life and how to equalize the standard of living of this country to the
developed countries of the world.
Keywords:
digital economy, industrial enterprises, digital technology,
innovation, enterprise, profit, profitability, cost price, financial control, factors, digital
economy, digital marketing, internet platforms, IT, e-commerce, digital technology.
KIRISH
Raqamli iqtisodiyot sharoitida korxonalar raqobat bardoshligini oshirishda
raqamli texnologiyalardan faoydalanish, korxona faoliyatini raqamlashtirish,
raqobatbardoshlikni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan muvofiqligini ta’minlash, raqobat
ustunligi strategiyasini ishlab chiqish, korxonalar o‘rtasida erkin raqobat muhitini
taьminlash kabi yo‘nalishlardagi mavjud muammolarni bartaraf etish muhim ahamiyat
kasb etadi. Raqamli iqtisodiyot sharoitida korxonalar raqobat bardoshligini oshirish
uchun, avvalam bor, korxona egalari va mutaxassislari raqamli iqtisodiyot nima
ekanligini va undan samarali foydalanish yo‘llarini bilishlari kerak.
Raqamli iqtisodiyot bu noldan boshlab yaratilishi lozim bo‘lgan qandaydir
boshqacha iqtisodiyot emas, bu yangi texnologiyalar, platformalar va biznes modellari
57
RAQAMLI IQTISODIYOT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
yaratish va ularni kundalik hayotga joriy etish orqali mavjud iqtisodiyotni yangicha
tizimga ko‘chirish deganidir. Raqamli iqtisodiyotning bir qancha afzalliklari hamda
ijobiy tomonlari mavjud. Masalan, axborot-kommunikatsion texnologiyalarining
rivojlanishi inson uchun eng qimmatbaho bo‘lgan vaqtni tejashga, undan unumli
foydalanishga ko‘maklashishi mumkin. Masalan, korxona boshqaruvida, xodimlarni
boshqarishda, maketing tadqiqotlarini olib borishda, mijozlar bilan aloqani
ta’minlashda, korxonadagi mahsulotlarni tahlil qilish jarayonlarida va ko‘plab
korxonadagi vazifalarni bajarishda raqamli iqtisodiyotdan keng foydalanilmoqda
.
Misol tariqasida ko‘radigan bo‘lsak, hozirgi kunda korxonalarda raqamli
iqtisodiyotning bir shakli bo‘lgan raqamli texnologiyalardan ko‘proq foydalanilmoqda.
Raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, ortiqcha
xarajatlarni kamaytiradi. Shu bilan birga, meni juda qattiq tashvishga soladigan va
bezovta qiladigan eng og‘ir illat – korrupsiya balosini yo‘qotishda ham ular samarali
vositadir. Buni barchamiz teran anglab olishimiz darkor. Davlat va jamiyat boshqaruvi,
ijtimoiy sohada ham raqamli texnologiyalarni keng joriy etib, natijadorlikni oshirish,
bir so‘z bilan aytganda, odamlar turmushini keskin yaxshilash mumkin”
.
Turli tadqiqotlar natijalari bo‘yicha raqamli iqtisodiyotning dunyo
iqtisodiyotidagi salmog‘i 4,5 foizdan 15,5 foizgachani tashkil etadi. Jahon axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari sektorida yaratilayotgan qo‘shilgan qiymatning
deyarli 40 foizi va blokcheyn texnologiyalari bilan bog‘liq patentlarning 75 foizi
Amerika Qo‘shma Shtatlari va Xitoy Xalq Respublikasi xissasiga to‘g‘ri keladi
.
Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M. Mirziyoevning 2020-yil 13-fevral kuni axborot
texnologiyalarini rivojlantirishga bag‘ishlangan tadbirda keltirgan statistik
ma’lumotlariga muvofiq AQShda raqamli iqtisodiyotning yalpi ichki mahsulotdagi
ulushi 10,9 foiz, Xitoyda 10 foiz, Hindistonda 5,5 foizni tashkil etadi. O‘zbekistonda
bu ko‘rsatkich 2 foizdan ham oshmaydi
Raqamlashtirishning ahamiyati va ta’sirini qanchalik ortib borayotganligini
baholash uchun so‘nggi o‘n yillikdagi bir nechta yirik texnologik kompaniyalar va
raqamli platformalarning jahon bozoridagi kapitallarining ulushini ko‘rish kifoya.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Raqamli iqtisodiyot – bu jarayonlarni tahlil qilish natijalaridan foydalanish va
katta hajmdagi ma’umotlarni qayta ishlash asosida turli xildagi, texnologiyalar, asbob-
uskunalar, tovar va xizmatlarni saqlash, sotish va yetkazib berish samaradorligini
jiddiy ravishda oshirishga imkon beradigan, raqamli texnologiyalarga asoslangan
5
Porsaev G‘.M., Safarov B.Sh., Usmanova D.Q.. Raqamli iqtisodiyot asoslari. Darslik –T.: «Fan va texnologiyalar
nashriyot-matbaa uyi», 2020. 372 b
6
xalq so’zi gazetasi -40-2020-02-25
7
xalq so’zi gazetasi -40-2020-02-25
8
https:mff.uz/uz/press/news/2020/02/233/45/
58
RAQAMLI IQTISODIYOT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
elektron biznes va elektron tijorat bilan chambarchas bog‘liq iqtisodiy faoliyat, hamda
shu faoliyat natijasida ishlab chiqariladigan va sotiladigan raqamli tovarlar, xizmatlar
yig‘indisidir. Ba’zida u internet iqtisodiyoti, yangi iqtisodiyot yoki veb-iqtisodiyot
degan terminlar bilan ham ifodalanadi
.
Birinchi marta 1995 yilda amerikalik dasturchi Nikolas Negroponte “Raqamli
iqtisodiyot” terminini amaliyotga kiritgan bo‘lsa, hozirda bu istilohni butun dunyodagi
siyosatchilar, iqtisodchilar, jurnalistlar, tadbirkorlar – deyarli barcha kasb egalari
qo‘llamoqda
Raqamlashtirish jahon iqtisodiyotining o‘sishiga olib keladi, masalan, nufuzli
McKinsey Global Institute konsalting kompaniyasining hisob-kitoblariga ko‘ra, eng
yangi raqamli texnologiyalardan foydalanish 2025-yilga borib yalpi ichki mahsulot
(YaIM) o‘sishiga olib keladi. Butun dunyo bo‘ylab. 3-6 trillion dollarni tashkil etadi
Kompaniyaning hisob-kitoblariga ko‘ra, 12 turdagi yuqori texnologiya (mobil Internet,
ilg‘or robototexnika, bulutli texnologiya, qayta tiklanadigan energiya, Internet of
Things (IoT) ma’lumotlari) bu o‘sishga hissa qo‘shadi. simsiz uzatish, harakatchanlik
va sun'iy intellekt va boshqalar). Ayni paytda butun dunyo bo‘ylab yirik kompaniyalar
raqamlashtirish haqiqatidan xabardor va bulutli texnologiyalar va tarmoq
infratuzilmasini modernizatsiya qilish bo‘yicha ko‘rsatmalarga ega. Raqamlashtirish,
raqamli iqtisodiyotni shakllantirish iste’molchilar, davlat, umuman, jamiyat uchun
katta imkoniyatlar ochib beradi.
Raqamli iqtisodiyotniqo‘llab-quvvatlash bo‘yicha dunyoning yetakchi davlatlari
qatorida Singapur, Xitoy, Janubiy Koreya, Yangi Zelandiya va Daniya bor. Bu
mamlakatlar raqamlashtirish va yuqori texnologiyalarni shakllantirish sohasida
salmoqli tashabbuslar bilan chiqdi
.
Korxonalar raqobat bardoshligini oshirish yo‘llarini tahlil qilishning nazariy va
amaliy jihatlari, rentabellik va uning oshirish yo‘llari kabi masalalar bo‘yicha ko‘plab
xorijiy va rossiyalik olimlar izlanishlar olib borishgan jumladan, Saviskaya G.V,
Safronova N.A., Volkova O. I., Plaskova N.S. va boshqa ko‘plab mualliflar
korxonalarning rentabelligini oshirish, takomilashtirish masalalariga doir ilmiy
tadqiqotlar olib borib, bu muammolarni o‘z asarlarida ko‘rib chiqdilar
O‘zbekistonlik iqtisodchi olimlardan A.Vaxabov, A.O‘lmasov, Z.Qurbonov,
B.Isroilov, B.Xasanov, M.Q.Pardaev va boshqalar o‘z tadqiqotida korxonalarning
foydasini, rentabelligini oshirish, takomilashtirish masalalariga katta e’tibor qaratgan.
9
Ayupov R.H., Boltaboeva G.R.. Raqamli iqtisodiyot asoslari. D
arslik. T.: ТМI, 2020, 575 bet.
10
Brynjolfsson E and Kahin, B, eds. (2002). Understanding the Digital Economy. Massach usetts Institute of Technology,
Cambridge, MA
11
Porsaev G‘.M., Safarov B.Sh., Usmanova D.Q.. Raqamli iqtisodiyot asoslari. Darslik –T.: «Fan va texnologiyalar
nashriyot-matbaa uyi», 2020. 372 b
12
Maxmudov E.X. Korxona iqtisodiyoti. O`quv qo`llanma. – T.: O`zbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot
jamg`armasi nashriyoti,2005,-10 bet.
59
RAQAMLI IQTISODIYOT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
Raqobat kurashi va uni harakatlantiruvchi kuchlar, monopoliyaga qarshi
boshqaruv mexanizmlari haqida dastlabki to‘laqonli nazariy qoidalar faqat XVIII
asrning o‘rtalariga kelib paydo bo‘lgan. Bunda klassik siyosiy iqtisod vakillari
sanalgan A.Smit va D.Rikardoning xizmatlari kattadir. Keyingi davrlarda F.Perru,
A.Marshall, Dj.Keyns, V.Leontev, Y.Shumpeter, P.Sraffa, M.Porter, F.Kotler va
boshqalarning mehnatlari tufayli raqobat nazariyasi yanada rivoj topdi. Raqobat
mohiyatiga to‘xtalar ekanmiz, uni asosan uch xil yondashuvga bo‘lish mumkin.
Jumladan, xulq-atvor yondashuvi, strukturali yondashuv va funksional yondashuv.
Raqobatning xulq-atvor yondashuviga A.Smitning qarashlarini kiritish mumkin.
U raqobatni bozor sub'ektlari o‘rtasida tovarlar xarid qilish va sotish borasida qulayroq
sharoitlar uchun olib boriladigan, to‘g‘ri, halol, til biriktirishlarsiz kurash, musobaqa
bilan bog‘lagan. U raqobat kurashining asosiy usuli deb narx o‘zgarishlarini bilgan.
Bunda u jamoa irodasi (ixtiyori) bilan boshqarilmaydigan, umumiy mo‘ljallarga ega
bo‘lmagan bozorda qat’iy xulq-atvor qoidalariga amal qilishini qayd etgan. Demak,
raqobat – bozor qatnashchilari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi aynan o‘sha “ko‘rinmas
qo‘l”dir.
F.Perru raqobatni doimiy tahdidli harakat sifatida tushuntiradi. Inson o‘z
manfaatini ko‘zlab qimmatroq sotib, arzon xarid qilishga intiladi. Shuning uchun
raqobat bilan doimiy to‘qnashishga to‘g‘ri keladi.
Strukturali yondashuvda asosiy e'tibor raqobatchilarning o‘zaro kurashidan
bozor strukturasi, unda hukmronlik qiluvchi shart-sharoitlar tahliliga ko‘chib o‘tadi.
Masalan, K.R. Makkonnell va S.L. Bryuning asarlarida aytib o‘tilishicha, raqobat
bozorda ko‘p sonli mustaqil xaridor va sotuvchilar mavjudligi, xaridor va sotuvchilar
uchun bozorga erkin kirish va undan chiqish imkoniyatidir
.
Bugungi kunda raqobat tushunchasining ko‘plab ta'riflari mavjud. Jumladan,
Sh.Shodmonov, U.G‘afurovlar tomonidan tayyorlangan “Iqtisodiyot nazariyasi”
darsligida raqobatga berilgan ta'rifda asosan ikki jihat: 1) uning iqtisodiy manfaatlar
to‘qnashuvidan iborat ekanligi; 2) yuqori foyda va naflikka ega bo‘lish uchun kurash
ilgari suriladi, ya'ni: raqobat – bozor subyektlari iqtisodiy manfaatlarining
to‘qnashishidan iborat bo‘lib, ular o‘rtasidagi yuqori foyda va ko‘proq naflilikka ega
bo‘lish uchun kurashni anglatadi. Bunda ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida sarflangan
xarajatlarining har bir birligi evaziga ko‘proq foyda olish uchun kurash boradi. Mana
shu foyda orqasidan quvish natijasida tovarlarni sotish doiralari, ya'ni qulay bozorlar
uchun, arzon xom ashyo, energiya va arzon ishchi kuchi manbalari uchun ular orasida
kurash boradi
.
13
Горфинкель В.Я., Швандар В.А. Экономика предприятия. Учебное пособие.
-
М.: ЮНИТИ
-
ДАНА, 2008,
– 718
стр.
14
Xodiyev B Y , SHodmonov SH.SH. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik. -
Т
.: “Barkamol Fayz media”, 2017, 159-b
60
RAQAMLI IQTISODIYOT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Tadqiqot jarayonida raqamli iqtisodiyotni korxonalarda qo‘llash orqali
korxonalar raqobat bardoshligini oshirish shakllantirishdagi o‘rni bo‘yicha ilmiy
tadqiqotlar o‘rganildi. Maqolada ilmiy mushohada, abstrakt-mantiqiy fikrlash, qiyosiy
tahlil, ma’lumotlarni guruhlash, ilmiy mushohada, tasviriy statistik taqqoslash
usullaridan foydalanildi.
TAHLIL VA NATIJALAR
Raqamli iqtisodiyot korxonalar tadbirkorlikni rivojlanishida alohida ahamiyatga
egadir. Hozirgi raqamli iqtisodiyot asrida korxonani yuritish qoidalari ham o‘zgarib
borayotganligini kuzatish mumkin. An’anaviy iqtisodiyot sharoitida xaridorlar ishlab
chiqaruvchi tomonidan qanday tovar yoki xizmatlar taklif etilsa shunga qanoat qilgan
bo‘lsa, raqamli iqtisodiyot sharoitida esa iste’molchi bozorga o‘z xohishini, takliflarini
bayon etadi. Raqamli transformatsiyalar korxonalarga zamonaviy bozorga bog‘lanish
uchun o‘z korxonasi sharoitiini yaxshilashga majbur etadi. Raqamli iqtisodiyotda
xarajatlarni qisqarishi natijasida ko‘rsatilayotgan xizmatlarning qiymati arzonlashib
boradi, daromad topishning yangi yo‘nalishlarini keltirib chiqaradi. Bundan tashqari,
raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish natijasida, tovar va xizmatlar global bozorlarga
tezda taklif etiladi, mazkur tovar va xizmatlar xususida esa dunyo- ning istalgan
hududiga ma’lumotlar taqdim etiladi. Raqamli tadbirkorlik yangi biznes modellarni
ishlab chiqilishini, yangi bozorlarga kirib borish imkoniyatlarini yaratadi. Raqamli
tadbirkorlar ishlab chiqarishga yangi texnologiyalarni kiritadilar va avtomatlashtirish
jarayonini amalga oshiradilar. Raqamlashtirish va globallashuv bir birlari bilan uzviy
bog‘liqdir
.
Raqamli iqtisodiyot sharoitida korxonlar ishlab chiqarishni yangidan yangi
kombinatsiyalarni yaratadi, o‘z faoliyatiga turli xildagi yangi texnologiyalarni tatbiq
etadi. Hozirgi vaqtda dunyo miqyosida korxonalarni yangi ko‘rinishlari, ya’ni raqamli
korxonalar, innovatsion tadbirkorlik, venchur tadbirkorligi kabilar rivojlanmoqda.
Raqamli iqtisodiyotni shakllantirish sharoitida ishlab chiqarish jarayoniga
innovatsiyalarni, zamonaviy axborot texnologiyalarni joriy etish iqtisodiyotning yangi
bilimga yo‘naltirilgan tarmoqlarini paydo bo‘lishiga olib kelmoqda. Iqtisodiyotning
innovatsion sektorini, shuningdek “raqamli tadbirkorlikni” shakllanishi va rivojlanishi
ishlab chiqaruvchilarni raqobatbardoshligini oshirish imkoniyatini yaratadi
Iqtisodiyotimizni rivojlantirish, yangilash va modernizatsiya qilish bo‘yicha olib
borilayotgan oqilona iqtisodiy islohotlar natijasida bugungi kunda raqamli
iqtisodiyotni rivojlantirishga erishilmoqda. Jumladan, xo‘jalik yurituvchi subyektlar
15
Porsaev G‘.M., Safarov B.Sh., Usmanova D.Q.. Raqamli iqtisodiyot asoslari. Darslik –T.: «Fan va texnologiyalar
nashriyot-matbaa uyi», 2020. 372 b
16
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish
bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947- sonli farmoni
61
RAQAMLI IQTISODIYOT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
faoliyatida raqamli iqtisodiyotning asosiy turi bo‘lgan raqamli texnologiyalarni
samarali yo‘lga qo‘yish, ularda raqamli transformatsiya jarayonini amalga oshirishda
bajarilishi lozim bo‘lgan hatti-harakatlar ketma ketligiga katta ahamiyat qaratilmoqda.
Real sektor korxonalarini raqamlashtirish xususiyatlarini, raqamli texnologiyalardan
foydalanishning o‘rni va ahamiyatini o‘rganishda quyidagi metodlardan foydalanildi
Korxonaning raqamli transformatsiyasidan asosiy maqsad, bizningcha, uning
raqobatbardoshligini oshirish va ishlab chiqarish faoliyatining iqtisodiy
samaradorligini oshirish uchun shart-sharoitlarni taominlashdan iborat. Raqamli
transformatsiya vazifasining maqsadiga muvofiq korxonalarni quyidagicha tasniflash
mumkin:
−
raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish;
−
yuqori samaradorlikka, ishlab chiqarish va tashkiliy jarayonlarning
moslashuviga erishish;
−
korxonaning investitsion jozibadorligini oshirish;
−
korxonaning iqtisodiy samaradorligini kafolatlaydigan boshqaruv tizimining
moslashuvchanligi va shaffofligini oshirish va boshqalar
Raqamli iqtisodiyot sharoitida korxonalar raqobat bardoshligini oshirishda
raqamlashtirish jarayoni juda muhim hisoblanadi. Raqamlashtirish jarayoni keltirishi
mumkin bo‘lgan foyda va zararlar riskini to‘g‘ri baholashdan so‘ng ushbu jarayonni
joriy qilish rejasi tuziladi. Umumiy holatda raqamli korxona konseptsiyasi va
strategiyasini ishlab chiqish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi. Korxonaning
raqamli transformatsiyasi bir necha bosqichlardan o‘tadi (1-rasm).
Korxonaning joriy holatida raqamli texnologiyalardan foydalanish darajasini
baholash va aniq maqsadlarni belgilash. Belgilangan maqsadlardan kelib chiqqan
holda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar ketma ketligini va strategiyasini tuzib
chiqish. Ishlab chiqarishni raqamliga o‘zgartirishni amalga oshirish uchun ishlab
chiqarish tizimlarining gorizontal va vertikal integratsiyasi zarur va hozirda
foydalanilayotgan axborot tizimlarining muhim qismi ma’lumot almashishi mumkin,
ammo ularning muvofiqligi korxona ichida ham, o‘zaro ta’sir qiluvchi korxonalar
o‘rtasida ham barcha darajalarda taominlanishi kerak. Yagona axborot makonini
yaratish korxonalarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlari va sanoat
uskunalari o‘rtasida tezkor va o‘z vaqtida axborot almashish imkoniyatini beradi.
Yaqin 10 yillikda ishlab chiqarish, transport, sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqa
ko‘plab sohalarda “smart” aqlli texnologiyalarning qo‘llanilishi hech kimga sir emas
17
Raqamli iqtisodiyotni shakllantirishdagi zamonaviy trendlar: tajriba, muammo va istiqbollar. // Ilmiyamaliy anjuman
maʼruza tezislari toʼplami.
2020 yil 14 oktyabr. – Toshkent. 2020.
18
Xoliqulov A.N., Usmanova D.Q., Raximov X.A., Korxonalarni raqobatbardoshligini baholash. O'quv qo'llanma. T:
"TURON NASHR" nashriyoti, 2021. -212 b.
62
RAQAMLI IQTISODIYOT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
albatta. So‘nggi yillarda korxonalarning raqobat muhitida omon qolishiga imkon
beradigan raqobatbardoshlikning ahamiyati keskin oshdi.
1-rasm. Korxonalarni raqamli transformatsiyalash bosqichlari
Keskin raqobat sharoitida zamonaviy korxonalar bozor holatiga tezda javob
berishlari kerak. Buning uchun tashqi muhitning o‘zgaruvchan sharoitlariga o‘z
vaqtida javob berishga imkon beradigan va tashkilotning ichki jarayonlarini raqamli
iqtisodiyot talablariga moslashtiradigan strategiyalarni ishlab chiqish kerak
.
Raqobatning mazmuni uning vazifalarini ko‘rib chiqish orqali yanada kengroq
namoyon bo‘ladi. Hozirgi bozor iqtisodiyotida raqobatning quyidagi asosiy
vazifalarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
19
Qodirov S., Sanoat korxonalarida raqamli texnologiyalardan foydalanishning xususiyatlari, “Iqtisodiyot va innovatsion
texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali, 2/2022, mart-aprel
20
Raxmonqulov J.M., Raqamli iqtisodiyot sharoitida sanoat korxonalari va mamlakat innovatsion faoliyatini axborot
texnologiyalri a sosida samarali rivojlantirish, “Iqtisod va moliya” jurnali, 2021, 6(142)
Raqamli korxona kontseptsiyasi va strategiyasini ishlab chiqish
Axborot tahlili
G'oyaning hayotiyligini sinab ko'rish
Raqamli transformatsiyani jadallashtirish
Raqamli korxonaga aylantirish
Raqamli transformatsiyani jadallashtirish
Ishlab chiqarishni raqamliga o‘zgartirish
Raqobatning
vazifalari
Resurslarni
joylashtirish
vazifasi
Taqsimlash vazifasi
Innovatsion vazifa
Tartibga solish
vazifasi
Moslashtirish
vazifasi
Nazorat qilish
vazifasi
63
RAQAMLI IQTISODIYOT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
2-rasm. Raqobatning quyidagi asosiy vazifalari
Raqobat kurashining mazmuni to‘g‘risida to‘laroq tushunchaga ega bo‘lish
uchun uning asosiy shakllari va belgilarini ko‘rib chiqish zarur. O‘z miqyosiga ko‘ra
raqobat ikki turga – tarmoq ichidagi va tarmoqlararo raqobatga bo‘linadi. Tarmoq
ichidagi raqobat tovar ishlab chiqarish va sotishning qulayroq sharoitiga ega bo‘lish,
qo‘shimcha foyda olish uchun bir tarmoq korxonalari o‘rtasida boradi. Har bir
tarmoqdagi mavjud korxonalarning texnika bilan ta'minlanish va mehnat unumdorligi
darajalari turlicha bo‘lganligi sababli, ushbu korxonalarda ishlab chiqarilgan
tovarlarning individual (alohida) qiymati bir xil bo‘lmaydi
Korxonalarning raqobatbardoshligini oshirishning muhim omillaridan biri bu
mahsulotlarni yuqori sifatli qilib ishlab chiqarilishi hisoblanadi. Mahsulot sifatining
oshishi o‘z navbatida ishlab chiqarish imkoniyatlarini sezilarli darajada
yaxshilanishiga olib keladi, buning uchun albatta ishlab chiqarishning barcha
bosqichlarida bir maromda sifat ko‘rsatkichlarini takomillashtirib borishga to‘g‘ri
keladi
Agar boshqaruvchi-menejerlar sifatga hayot tarzi sifatida qarashmasa, sifatni
yaxshilashga bo‘lgan harakatlarni amalga oshirish qiyin bo‘ladi. Aynan shuning uchun
mahsulot sifatini boshqarish bo‘yicha ishlar boshliqdan tortib ijrochigacha bo‘lgan
barcha personal-xodimlar uchun eng muhim faoliyat bo‘lib hisoblanadi.
Raqamli korxona – bu axborot texnologiyalaridan o‘z faoliyatining barcha
sohalarida: ishlab chiqarish, biznes jarayonlari, marketing va mijozlar bilan o‘zaro
munosabatlarda raqobatdosh ustunlik sifatida foydalanadigan tashkilot. Bunda
an’anaviy tarzda faoliyat yuritib kelayotgan tashkilotlar raqamli transformatsiya
yo‘lidan o‘tib, “raqamli fikrlash” qobiliyatiga ega kompaniyaga aylanmoqda.
Bunday korxona tomonidan bozorga taklif etilayotgan mahsulotning o‘zi ham
“raqamlashtirilgan” bo‘ladi. Shunga ko‘ra, biznes va ishlab chiqarish jarayonlarini
avtomatlashtirish tobora zarur bo‘lib bormoqda. Hujjatlar oqimini kuzatish, me’yoriy
texnik hujjatlarni boshqarish kabi jarayonlar korxonaning xususiyatlariga va u ishlab
chiqarayotgan mahsulotlarning hayotiy sikliga qarab korxonasi raqamlashtirish
jarayonining bir qismiga aylanib boradi. Sifat menejmenti raqamli korxonaning ichki
jarayonini o‘rganganligi sababli, korxonaning raqobatdosh ustunliklaridan foydalanish
sifat menejmenti tizimini raqamlashtirish jarayonini takomillashtirishning dolzarb
yo‘nalishlaridan biri bo‘lib hisoblanadi
21
Qodirov S., Sanoat korxonalarida raqamli texnologiyalardan foydalanishning xususiyatlari, “Iqtisodiyot va innovatsion
texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali, 2/2022, mart-aprel
22
Sotvoldiyev N.J., “Raqobat strategiyasi”, O’quv-uslubiy majmua. T: Namangan, 2022
23
Бойко, И.П. Экономика предприятия в цифровую эпоху / И.П. Бойко, М.А. Евневич, А.В. Колышкин //
Российское
24
Raqamli iqtisodiyotni shakllantirishdagi zamonaviy trendlar: tajriba, muammo va istiqbollar. // Ilmiyamaliy anjuman
maʼruza tezislari toʼplami. 2020 yil 14 oktyabr.
– Toshkent. 2020.
64
RAQAMLI IQTISODIYOT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
XULOSA VA TAKLIFLAR
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, raqamli iqtisodiyot qo‘llanilishi natijasida
korxonalar raqobatbardoshligini boshqarish mexanizmi korxona raqobatbardoshligini
saqlab qoladi va iqtisodiy jihatdan samaradorlikni oshiradi, bundan tashqari
zamonaviy, strategik, taktik, tezkor boshqaruv qarorlarini qabul qilish orqali
raqobatbardosh ustunlikka erishadi hamda raqobatbardoshlikni boshqarish modelini,
koorporativ strategiya vamaqsadlarni, tizimli yondashuvni va boshqaruv
metodoloyaiasini ishlab chiqadi.
Bugungi kunda dunyodagi rivojlangan mamlakatlarda aholi daromadlarining
o‘sishi birinchi navbatda korxonalarda raqamli iqtisodiyotning to‘g‘ri tashkil etilishi
hamda “raqamli tadbirkorlikni” doimiy ravishda takomillashtirib borilayotgani bilan
bog‘liqdir. Raqamli iqtisodiyotni shakllantirish sharoitida Respublikamiz oldida turgan
muhim vazifalardan biri jahon bozorida raqobatbardosh bo‘lgan mahsulotlar ishlab
chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishni keng yo‘lga qo‘yishdir. Bugungi kundagi asosiy
vazifalardan biri tadbirkorlar o‘rtasida sog‘lom raqobatni ta’minlash orqali, narxlarni
pasaytirish va jahon bozorida raqobatbardosh, eksportbop sifatli mahsulotlarni ishlab
chiqarishni kengaytirishdir. Xalqaro tajribani o‘rgangan holda monopoliya sohalariga
xususiy sektor uchun yanada keng yo‘l ochish, “raqamli tadbirkorlikni” rivojlantirish
va shu orqali raqobat muhitini shakllantirish lozim.
Iqtisodiyot tarmoqlariga raqamli texnologiyalarni joriy etish natijasida qator
ustunliklarga ega bo‘lib ular quyidagilarda o‘z ifodasini topadi: korxonalar faoliyatini
avtomatlashtirilishi va jarayonning to‘liq raqamlashtirilishiga erishilishi natijasida
raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqariladi, ishlab chiqarish va mehnat resurslaridan
samarali va tejamkorlik bilan foydalanish yo‘lga qo‘yiladi, korxonalar investitsion
jozibadorligi va ishlab chiqarish jarayonining shaffofligi ta’minlanadi.
Sanoat korxonalarida raqamlashtirish jarayoni o‘ziga xos xususiyatlarga egaligi,
moliyaviy resusrlar va shartli infratuzilmaga muhtojligi nuqtai nazaridan ehtimoliy
yo‘qotishlarga olib kelishi ham mumkinligi ayniqsa O‘zbekistondek rivojlanayotgan
mamlakatda faoliyatini olib boradigan korxonalarda ushbu jarayonni to‘g‘ri
rejalashtirish, raqamli transformatsiyalash strategiyasini to‘g‘ri shakllantirish, ushbu
jarayonni korxona holatiga va faoliyat turiga muofiq holatda rejalashtirish muhim
ahamiyat kasb etadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston-2030”
strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020-
yil 6 oktyabrdagi PF-6079 sonli Farmoni
65
RAQAMLI IQTISODIYOT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
2.
O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-iyuldagi “O‘zbekiston
respublikasida raqamli iqtisodiyotni va kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3832-sonli Qarori
3.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi “Raqamli
iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori
4.
O‘zbekiston Respublikasining “Xususiy korxona to‘g‘risida”gi 2023-yil 11-
dekabrdagi PQ-558-II-sonli Qonuni
5.
O‘zbekiston Respublikasi Prizdentining 2020-yil 28-apreldagi “Raqamli
iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori
6.
Xoliqulov A.N., Usmanova D.Q., Raximov X.A., Korxonalarni
raqobatbardoshligini baholash. O‘quv qo‘llanma. T: "TURON NASHR" nashriyoti,
2021. -212 b.
7.
Jo‘rayev T.,Iqtisodiyot nazariyasi. . Darslik..-T.: «Fan va texnologiya» nashr,
2018. – 512 bet.
8.
Maxmudov E.X. Korxona iqtisodiyoti. O‘quv qo‘llanma. – T.: O‘zbekiston
yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg`armasi nashriyoti,2005,-10 bet.
9.
Горфинкель В.Я., Швандар В.А. Экономика предприятия. Учебное
пособие.
-
М.:
ЮНИТИ
-
ДАНА, 2008,
–
718 стр.
10.
Raxmonqulov J.M., Raqamli iqtisodiyot sharoitida sanoat korxonalari va
mamlakat innovatsion faoliyatini axborot texnologiyalri a sosida samarali
rivojlantirish, “Iqtisod va moliya” jurnali, 2021, 6(142)
11.
Qodirov S., Sanoat korxonalarida raqamli texnologiyalardan
foydalanishning xususiyatlari, “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy
elektron jurnali, 2/2022, mart-aprel
12.
Sotvoldiyev N.J., “Raqobat strategiyasi”, O‘quv-uslubiy majmua. T:
Namangan, 2022
13.
Ayupov R.H., Raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar.
O‘quv qo‘llanma. Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2020, 554 bet.
14.
Porsaev G‘.M., Safarov B.Sh., Usmanova D.Q.. Raqamli iqtisodiyot
asoslari. Darslik –T.: «Fan va texnologiyalar nashriyot-matbaa uyi», 2020. 372 b
15.
Ayupov R.H., Boltaboeva G.R.. Raqamli iqtisodiyot asoslari. Darslik. T.:
ТМI, 2020, 575 bet.
16.
Brynjolfsson E and Kahin, B, eds. (2002). Understanding the Digital
Economy. Massach usetts Institute of Technology, Cambridge, MA
17.
Бойко, И.П. Экономика предприятия в цифровую эпоху / И.П. Бойко,
М.А. Евневич, А.В. Колышкин // Российское предпринимательство. Том 18,
–
2017. –
№7.
–
С. 1127
-1130
66
RAQAMLI IQTISODIYOT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
18.
Raqamli iqtisodiyotni shakllantirishdagi zamonaviy trendlar: tajriba,
muammo va istiqbollar. // Ilmiyamaliy anjuman m
aʼruza tezislari toʼplami. 2020
-yil
14 oktyabr. – Toshkent. 2020.
19.
http://
– O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bazasi sayti
20.
– Iqtisodiyot va moliya vazirligi sayti
21.
http://
– O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi sayti
22.
http://
– O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi
sayti
