108
RAQAMLI IQTISODIYOT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
POCHTA ALOQASI KORXONALARIDA RAQAMLI IQTISODIYOTNI
SAMARADORLIGINI OSHIRISHNI TAKOMILLASHTIRISH
Kenjabaev Aman Turgunovich
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi
“Marketing va raqamli iqtisodiyot” kafedrasi mudiri
amankenja059@gmail.com
Nosirov Sardor Xolmirzayevich
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistranti
nosirov-s@mail.ru
Annotatsiya:
Ushbu maqolada, raqamli texnologiyalar asrida tashkil etilgan
raqamli iqtisodiyotning takomillashishi, uning tashkil etilishi, pochta aloqalari
korxonalarining rivojlanish bosqichlari va hozirda ushbu tashkilotlarda
qo‘llanilayotgan raqamli iqtisodiyotning
samaradorligini oshirish va uni
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida so‘z yurutilgan.
Kalit so‘zlar: pochta, pochta aloqasi, kuryer, raqamli texnologiya, raqamli
iqtisodiyot, raqamli pochta tizimi, O‘zbekiston pochtasi.
ПОВЫШЕНИЕ ЭФФЕКТИВНОСТИ ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ НА
ПРЕДПРИЯТИЯХ ПОЧТОВОЙ СВЯЗИ
Кенжабаев Аман Тургунович
Высшая школа бизнеса и предпринимательства, заведующий кафедрой
«Маркетинг и цифровая экономика»
amankenja059@gmail.com
Носиров Сардор Холмирзаевич
Магисрант Высшей школы бизнеса и предпринимательства
nosirov-s@mail.ru
Аннотация:
В данной статье рассматривается совершенствование
цифровой экономики, сложившейся в век цифровых технологий, ее организация,
этапы развития почтовых предприятий, а также меры по повышению
109
RAQAMLI IQTISODIYOT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
эффективности цифровой экономики и ее совершенствованию, которые в
настоящее время используются в эти организaция.
Ключевые слова:
почта, почтовая связь, курьер, цифровые технологии,
цифровая экономика, цифровая почтовая система, почта Узбекистана.
INCREASING THE EFFICIENCY OF THE DIGITAL ECONOMY AT
POSTAL ENTERPRISES
Kenjabaev Aman Turgunovich
Head of the "Marketing and Digital Economy" department,
Higher School of Business and Entrepreneurship
amankenja059@gmail.com
Nosirov Sardor Kholmirzayevich
Graduate student of the Higher School of Business and Entrepreneurship
nosirov-s@mail.ru
Abstract:
This article discusses the improvement of the digital economy
established in the age of digital technologies, its organization, the stages of
development of postal enterprises, and the measures to increase the effectiveness of the
digital economy and improve it, which are currently used in these organizations.
Key words: post, postal communication, courier, digital technology, digital
economy, digital postal system, Uzbekistan post.
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyot texnolgiyasi yaqindan buyon
mavjud bo‘lib, Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik
palatasiga qilgan Murojaatnomasida “2020-yil – Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyot
yili” deb e’lon qilindi. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek,
“Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini
egallash zarur va shart.Bu esa o‘sishning eng qisqa yo‘lidan borish imkonini beradi”.
Raqamli iqtisodiyot – bu raqamli texnologiyalardan foydalanishga asoslangan
iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy munosabatlar tizimi. U ba’zan internet iqtisodiyoti,
yangi iqtisodiyot yoki veb-iqtisod deb ataladi. 1995-yilda amerikalik dasturchi Nikolas
Negroponte “raqamli iqtisodiyot” atamasini kiritdi. Hozirda bu atama siyosatchilar,
iqtisodchilar, jurnalistlar, ishbilarmonlar - deyarli hamma tomonidan qo‘llaniladi.
2016-yilda Jahon banki dunyodagi raqamli iqtisodiyot holatiga oid birinchi hisobotini
(“Raqamli dividendlar”) e’lon qildi.[1]
110
RAQAMLI IQTISODIYOT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
Hozirgi zamonamizda raqamli texnologiyalar kundan-kunga rivojlanib
bormoqda. Raqamli texnologiyalar asrida ko‘plab yo‘nalishlardagi axborotlar
raqamlashtirilmoqda, sababi raqamli ma’lumotlarning xavfsizlik darajasi ham yuqori
bo‘ladi. Raqamli texnologiyalarning mohiyati analog darajadagi diskret diapazonlarda
koʻrsatishga
asoslanganligidir.
Hozirgi
kunda
iqtisodiyotni
ham
raqamlashtirishilganligi to‘g‘risida ma’lumotlarga egamiz. Raqamli iqtisodiyot - bu
raqamli texnologiyalarga asoslangan elektron biznes va elektron tijorat bilan
chambarchas bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy faoliyat, shuningdek, ushbu faoliyat natijasida
ishlab chiqarilgan va sotiladigan raqamli tovarlar va xizmatlar. U ba’zan internet
iqtisodiyoti, yangi iqtisodiyot yoki veb-iqtisod deb ham ataladi.
Pochta korxonalarida raqamli iqtisodiyot roli ham alohida o‘rin tutadi.
“Oʻzbekiston pochtasi” AJ tizimida mamlakatimizning barcha hududini qamrab olgan
2 mingdan ziyod boʻlinma mavjud. 2020
-yil 6-noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik
palatasida Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari
qo‘mitasi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi hamkorligida tashkil etilgan davra suhbati shu mavzuga bag‘ishlandi.
Ma’lumki, 2020-yilning 5-oktyabr kuni Prezidentimiz tomonidan milliy pochta
tizimini isloh qilish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan edi.
Unda davlatimiz rahbari mazkur yo‘nalish rivoji va barqarorligini ta’minlash
yuzasidan soha mutaxassislari oldiga muhim vazifa va topshiriqlar qo‘ydi. Bundan
tashqari, pochta aloqasi sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish masalalari ham
tadbir kun tartibiga kiritildi [2].
Elektron tijorat bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlarga qulaylik yaratish
maqsadida Toshkent shahri, Andijon viloyatining Asaka tumani, Buxoro viloyatining
Vobkent tumani va Xorazm viloyatining Urganch shahrida 4 ta logistika markazi
qurilishi boshlandi. Qurilish ishlarini yil oxirigacha yakunlash rejalashtirilgan. Ushbu
logistika markazlari, birinchi navbatda, onlayn savdo maydonchalari egalari uchun o‘z
mahsulotlarini, ya’ni omborxonada saqlash muammosini hal etib, onlayn savdo
maydonchasi orqali xarid qilingan mahsulotlarni qadoqlab, qisqa vaqt ichida
xaridorlarga yetkazib berish imkoniyatini beradi. Shuningdek, “Gibrid pochta” tizimi
takomillashtirilib, Yagona milliy tizim joriy etildi. Gibrid pochta xizmatining afzalligi
shundaki, davlat organlari va tashkilotlari pochta jo‘natmalarini konvertlarga solib
qo‘yish, ularga muhr bosish, qabul qiluvchining manzilini yozish va pochta bo‘limiga
olib kelish vazifalaridan ozoddir. Endilikda davlat organlari va tashkilotlari o‘z ish
joyidan xatlarni elektron shaklda jo‘natadi, qabul qiluvchining manziliga xizmat
ko‘rsatuvchi tuman va shahar pochta aloqasi organlari esa uni qog‘oz shaklida chop
etib, manzilga yetkazib beradi. Buning natijasida pochta jo‘natmalarini yetkazib
berishni nazorat qilish muddatini qisqartirish mumkin bo‘ldi, ya’ni pochta jo‘natmalari
111
RAQAMLI IQTISODIYOT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
eng chekka hududlarda yashovchi aholiga 6-8 kun ichida yetkazilsa, endilikda u 1-2
kun ichida yetkazilmoqda.
Bugungi kunda 100 dan ortiq davlat organi va tashkilotlari ushbu xizmatdan
foydalanmoqda. Gibrid pochta jo‘natmalari hajmi 2021-yilda 2020-yilga nisbatan ikki
baravar oshdi va 3,5 million donani tashkil etdi.
Pochta almashinuvi uchun foydalaniladigan avtomototransportlar parki
yangilandi, buning uchun 110 dan ortiq yirik va kichik yuk tashuvchi avtomobillar
xarid qilindi.
Natijada asosiy va hududiy ichki pochta almashinuvi, jumladan, haftada 5 marta
o‘tkazilayotgan pochta almashinuvi sonining ko‘payishiga erishildi, endilikda ular
haftasiga 6 marta o‘tkazilmoqda.
Tumanlarda joylashgan pochta aloqalari ham qo‘shimcha avtotransport
vositalari bilan ta’minlandi, ayrim ichki yo‘nalishlar tiklandi.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Universal pochta ittifoqining 2019-yilgi taqdim etgan adabiyotiga ko‘ra raqamli
pochta va raqamli iqtisodiyot o‘rtasidagi bog‘liqlik, ularni shakllantirish, uning
kesimida pochta faoliyatida erishilgan yutuqlar to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan,
adabiyotda ilmiy fikrlar bilan birgalikda, kitobga mualliflik qilgan ko‘plab
mutaxassislar o‘z fikrlarini bayon etishgan. Ushbu adabiyot pochta tizimidagi raqamli
iqtisodiyotga bag‘ishlangan bo‘lib, nomlanishi ham unga bog‘liq : “The digital
economy and digital postal activities – a global panorama”. Adabiyotni mana shunday
nomlanishining asosiy sabablaridan biri, global miqyosdagi pochta tizmini
raqamlashtirish uchun olib borilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlarni barchasini ochiq
namoyon etishidir. Unga ko‘ra global miqyosdagi raqamli iqtisodiyotning tashkil
etilishi, regional miqyosdagi raqamli iqtisodiyot va pochta industriyasidagi raqamli
eltish tizimlari, raqamli platformani shakllantirish, raqamli pochtada xizmatlarga
tayyorlash bosqichlari va shu tarzdagi bilimlar taqdim etilgan. Raqamli pochta tizmini
texnologik nuqtai nazardan analiz qilinishi, uning kesimida global va mintaqaviy
erishilgan natijalari borasida ham fikr yuritilgan. Pochta tashkiloti uchun yaratilgan
raqamli aplikatsiya to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan. “Maʼlumotlar Postlar
hukumatlarga raqamli transformatsiyaning xalqaro, mintaqaviy va milliy
strategiyalarini amalga oshirishda qanday yordam berishi mumkinligini koʻrsatadi.
Pochta tizimi har bir jamiyat uchun raqamli inklyuzivlikni ta’minlashning kalitiga
aylanmoqda” [3].
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Pochta xizmati takomillashayotgani ham hozirgi kunda barchamizga ma’lum
axborotlardan biri. Bir necha yillar ilgari pochta xizmati juda noqulay tarzda
qo‘llanilgan, o‘sha yillar mobaynida pochta xizmatidan yuklarni va xatlarni eltib
112
RAQAMLI IQTISODIYOT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
berishda foydalanilgan, ammo, eltish jarayonlari uzoq muddatni o‘z ichiga olgan.
Urush davrida askarlarni yozgan maktublari ham yaqinlariga uzoq muddatda
yetkazilgan.
Yillar davomida respublikaning belgilangan pochta tashkilotlarida olib borilgan
matbuot anjumanlari va davlatning pochta tashkilotlarining rivojlantirish strategiyasi
natijasida hozirda pochta tizimi ancha rivojlangan. Ushbu tizimning hozirda
elektronlashtirilgan variant ham mavjud bo‘lib pochta xizmatiga, kuryerlikga
ehtiyojmand fuqarolarimiz uchun qulayliklar yaratib kelmoqda. Foydalanuvchilar
UzPOST ning elektron sahifalari orqali ularning elektron xizmatlari bilan tanishishlari
mumkin. Ushbu elektron sahifaning faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham sahifaning
bir qismida keltirib o‘tilgan, unga ko‘ra, texnologiya rivojlanishi bilan pochta xizmati
ham rivojlanganligi, bugungu kunda MDH davlatlarida 20 yildan ortiq vaqtdan buyon
zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali sifatli xizmat ko‘rsatib kelayotgan
yetakchi pochta operatorlaridan biri ekanligi to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tilgan.
1991-yilda milliy pochta tizimini va ularning hududiy bo‘linmalarini tuzildi. 1992-
yilda esa rasman O‘zbekiston pochtasi tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-iyuldagi
“Pochta aloqasi sohasidagi faoliyatni takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroridan so‘ng
“O‘zbekiston pochtasi” davlat aksiyadorlik kompaniyasi Ochiq aksiyadorlik
jamiyatiga (OAJ) hududiy aksiyadorlik jamiyatlari esa uning filiallariga aylantirildi.
“O‘zbekiston pochtasi” OAJ 2014-yil 6-maydan boshlab “O‘zbekiston pochtasi” AJ
aylandi. O‘zbekiston pochtasi pochta jo‘natmalarini, davriy bosma nashrlarni tezkor
qabul qilish, qayta ishlash va yetkazib berish, kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni
qabul qilish va boshqa ko‘plab imkoniyatlarga ega bo‘lgan yirik yo‘nalishlar va pochta
korxonalari tarmog‘idir [4].
Pochta tashkilotlarini raqamlashtirish borasida olib boriladigan tadqiqotlar
kesimida, asosiy e’tiborni pochta xizmatini qaysi xizmatlari va jihatlarini
elektronlashtirish mumkinligi, uning xizmatini yanada kengaytirish masalalarini eng
oldi masalalarga qo‘yilishi lozim. Masalan, kuryerlik xizmatini elektronlashtirish
borasida ham hozirda ko‘plab o‘zgarishlar amalga oshirilgan. Respublikaning ko‘plab
hududlarida hozirda kuryerlik xizmatlari mavjud bo‘lib, uni foydalanuvchi o‘zining
belgilagan hududlarida ham turib qayerda ekanligini bilishi, kuryer yetib kelganida
elektron xabarni qabul qilib olishi, buyurtmani ham o‘ziga qulay holda qabul qilish
imkoni mavjud. Ushbu xizmatni amalga oshirishda, raqamli texnologiyalar va raqamli
iqtisodiyot pochta xizmatiga ehtiyoji bor fuqarolar uchun qulayliklar yaratgan. Ushbu
tizimni tashkillashtirishda elektron xaritadan foydalanish, mijoz bilan bog‘lanish
uchun kuryerga tegishli ma’lumotlarni taqdim etish, buyurtma berishdan oldin,
buyurtmachi to‘lovlarni ham turli usullarda amalga oshirishi mumkin. Pochta tizimi
tarixdan shakllanib zamon bilan birgalikda rivojlangan.
113
RAQAMLI IQTISODIYOT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Hozirda muhokamalarga sabab bo‘lgan pochta faoliyatining yana bir jihatlaridan
biri tizimni yanada zamonaviylashtirish, unda raqamli iqtisodiyotni qo‘llash orqali
qulayliklarni yanada kengaytirishdir. Texnikalar rivojlanmoqda ekan u har soxada
uchramoqda, ta’limda, savdo-sotiqda, davlatlar o‘rtasida aloqalarni mustahkamlashda,
hukumatni boshqarishda va eng asosiysi inson omili yordamida, insonlarning o‘ziga
qulaylik yaratishdir. Raqamli iqtisodiyot orqali hozirda pochta xizmatlariga
qo‘shimchalar joriy etilmoqda.
2020-yil 5-oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida Vazirliklar
hamda viloyat, tuman va shahar hokimiyat organlari rahbarlari ishtirokida “Milliy
pochta tizimini isloh qilish masalasi” yuzasidan yig‘ilish o‘tkazilib, Milliy pochta
tizimini rivojlantirish, bozorda raqobatbardosh korxonaga aylantirish hamda
Umumjahon pochta ittifoqining Pochta rivojlanishi indeksi global reytingida
mamlakatimizni yuqori o‘rinlarda bo‘lishini ta'minlash maqsadida Milliy pochtani
qo‘llab-quvvatlash yuzasidan Vazirliklar hamda viloyat, tuman va shahar hokimiyat
organlariga tegishli topshiriqlar berildi.
2020-yil 5-oktabrda o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlarning ijrosini
ta'minlash
maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil
14-dekabrdagi “Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4921-son Qarori qabul qilindi.
Mazkur Qaror bilan:
1. Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish tizimini takomillashtirishning asosiy
yo‘nalishlari belgilab berilgan, jumladan:
-xat-xabar tashish va kuryerlik xizmatlarini rivojlantirish;
-elektron tijorat bozoridagi faoliyatni rivojlantirish;
-xizmatlar bozoridagi pochta aloqasi faoliyatini rivojlantirish.
2. 2021-2023-yillarda O‘zbekiston Respublikasida pochta aloqasi sohasini
rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” hamda 2021-2025-yillarda O‘zbekiston
Respublikasida pochta aloqasi sohasini rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari
tasdiqlangan.
3. Har bir viloyatdan 3 tadan tumanlar jami 42 ta tuman namuna sifatida tanlab
olinib, o‘sha tumanlarda pochta aloqasi xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l
xaritasi” tasdiqlangan [5].
XULOSA
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash mumkinki, pochta soxasida erishilgan har
qanday yutuq nafaqat ushbu soxa vakillariga va albatta ushbu xizmatdan
foydalanuvchilarga ham juda ko‘p foyda keltiradi.
114
RAQAMLI IQTISODIYOT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
Yillar davomida pochta tizimida turli-tuman yangiliklar bo‘lib kelmoqda,
esingizda bo‘lsa ilk maktublar kabutar va boshqa turli jonzotlar orqali amalga
oshirilgan, hozirda esa ushbu xizmat ko‘rsatish vostialarini zamonaviy texnikalar va
texnologiyalar qurshab olgan.
Zamonamizda yaratilayotgan ko‘plab texnikalar yordamida yaqin kelajakda
pochta tizimida yanada katta o‘zgarishlar bo‘lishi mumkinligini bashorat qila olamiz,
balki, ushbu tizimda robototexnikalar ham paydo bo‘lishi mumkin, ammo buning
oqibatida ishsizlik ko‘payishi, inson o‘zi yaratgan texnikalarga qaram bo‘lib qolishi
mumkinligini yodimizdan chiqarmasligimiz lozim. Ammo nima bo‘lganda ham,
insonlar doimo o‘zlari uchun foydali maxsulot ishlab chiqarishadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
Daryo (24-yanvar.2020-yil). Qaraldi: 7-aprel 2023-yil.
https://daryo.uz/2020/01/24/shavkat-mirziyoyev-ozbekistonda-2020-yilni-ilm-
marifat-va-raqamli-iqtisodiyotni-rivojlantirish-yili-deb-elon-qildi/
2.
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda pochta tizimining o‘rni qanday?
https://yuz.uz/uz/news/raqamli-iqtisodiyotni-rivojlantirishda-pochta-tizimining-orni-
qanday
3.
Universal postal union. THE DIGITAL ECONOMY AND DIGITAL
POSTAL ACTIVITIES – A GLOBAL PANORAMA. Published by the Universal
Postal Union (UPU) Berne, Switzerland. 2019. 148 pages.
https://www.upu.int/UPU/media/upu/publications/Digital-economy-and-postal-
digital-activities_EN.pdf
4.
Pochta xizmati takomillashmoqda. https://uza.uz/oz/posts/pochta-xizmati-
takomillashmoqda-27-05-2015
5.
Pochta tizimini modernizatsiya qilish. https://uz.post/uz/o-deyatelnosti-ao-
uzbekiston-poctasi
6.
Цоколов В.П, Тарасова Н.П, Ливинс В.М. Теоретические средства
автоматизatsiи почтовой связи, учебник для ВУЗов. М.
-
Радио и связь, 1998г.
7.
Барсук В.А, Губин Н.М, Батый А.Р. Экономико
-
математические методы
и модели в
планировании и управлении в отрасли связи. Учебник для ВУЗов
-
М.
-
Радио и связь. 1990г.
8.
Kenjabaev A.T., Niyazov M. Sh. Uzbekistan as a new logistics digital
ecosystem Galaxy international interdisciplinary research journal (GIIRJ) ISSN (E):
2347-6915 VOL. 9, ISSUE 12, DEC. (2021).
9.
Kenjabaev A.T., Valikhanov A.R. Post-pandemic perspectives for the
development of digitalization in Uzbekistan. International Journal of Management, IT
& Engineering Vol. 12 Issue 9, September 2022, ISSN: 2249-0558 Impact Factor:
7.119 Journal Homepage: http://www.ijmra.us, Email: editorijmie@gmail.com
115
RAQAMLI IQTISODIYOT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
Double-Blind Peer Reviewed Refereed Open Access International Journal - Included
in the International Serial Directories Indexed & Listed at: Ulrich's Periodicals
Directory ©, U.S.A., Open J-Gate as well as in Cabell’s Directories of Publishing
Opportunities, U.S.A.
10.
Kenjabaev A.T., Valikhanov A.R. Developing the digital economy impact
on the country's economic growth. International Journal of Research in Economics and
Social Sciences(IJRESS) Available online at: http://euroasiapub.org Vol. 12 Issue 09
September- 2022 ISSN: 2249-7382 | Impact Factor: 8.018|
