208
LOGISTIKA
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 5-SON
WWW.INFOCOM.UZ
TRANSPORT LOGISTIKASIDA “TIR” KARNET KITOBCHASI
QOʻLLANILISHINING XALQARO YUK TASHUVLARDAGI AHAMIYATI
Israilov Fazil Ismailovich
Jizzax politexnika instituti “Transport logistikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi
fozil.isroilov@gmail.com
Annotatsiya:
Ushbu maqolada TIR KARNET kitobchasining qoʻllanilishi bilan
bogʻliq ayrim ilmiy va amaliy mulohazalar yuritilgan.
Unda bugungi kunda transport-
logistika tizimining global miqiyosda raqamlashib borish jarayonini inobatga olgan
holda tahlil qilingan. Tahlillar jarayonida kitobchaning qoʻllanilishi bilan bogʻliq
jarayonlarning retrospektiv va perspektiv jihatlariga eʼtib
or qaratilgan.
Tahlil natijalaridan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston manfaatlari nuqtayi
nazaridan amaliy asoslangan takliflar berilgan.
Kalit soʻzlar:
tashqi savdo siyosati, transport-logistika tizimi, TIR KARNET,
Yevropa Ittifoqi, e-TIR, IRU, YAIM, chegara va tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti,
COVID-19 pandemiyasi, xalqaro konvensiya.
ЗНАЧЕНИЕ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ КНИЖКИ «TIR» В ТРАНСПОРТНОЙ
ЛОГИСТИКЕ ПРИ МЕЖДУНАРОДНЫХ ГРУЗОПЕРЕВОЗКАХ
Исраилов Фазил Исмаилович
старший преподаватель кафедры «Транспортная логистика» Джизакского
политехнического института
Аннотация:
В данной
статье приводятся некоторые научные и
практические соображения, связанные с применением буклета книжки МДП. В
частности, в статье проведен анализ с учетом процесса цифровизации
действующей транспортно
-
логистической системы в глобальном масштабе. В
процессе анализа внимание уделяется ретроспективным и перспективным
аспектам процессов, связанных с применением книжки. По результатам анализа
даны практические предложения с точки зрения интересов Узбекистана.
Ключевые слова:
внешнеторговая
политика,
транспортно-
логистическая система, ТИР КАРНЕТ, Европейский Союз, e-TIR, IRU —
всемирная автотранспортная организация, ВВП, таможенный пост
209
LOGISTIKA
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 5-SON
WWW.INFOCOM.UZ
приграничный и внешнеэкономической деятельности, пандемия COVID-
международная конвенция.
THE SIGNIFICANCE OF THE USE OF "TIR" CARNET BOOKLET IN
TRANSPORT LOGISTICS IN INTERNATIONAL CARGO
TRANSPORTATION
Israilov Fazil Ismailovich
Jizzakh polytechnic institute, “Transport logistics” department, Senior teacher
Abstract:
This article contains some scientific and practical considerations
related to the use of the TIR Carnet. In particular, the article analyzes taking into
account the process of digitalization of the existing transport and logistics system on a
global scale. In the process of analysis, attention is paid to retrospective and
prospective aspects of the processes associated with the application of TIR. Ased on
the results of the analysis, practical proposals are given from the point of view of the
interests of Uzbekistan.
Key words: foreign trade policy, transport and logistics system, TIR CARNET,
European Union, eTIR, IRU - world road transport organization, GDP, customs post
border and foreign economic activity, COVID-19 pandemic, international convention.
KIRISH
Oʻzbekiston tovarlarining jahon bozorida raqobatbardoshligini taʼminlashning
asosiy shartlaridan biri bu arzon, tezkor hamda xavfsiz
transport logistikasini
takomillashtirish boʻlib qolmoqda.
Shundan bilish mumkinki, dastlabki iqtisodiy nazariyalardan boshlab xalqlar
o‘rtasidagi savdoni rivojlantirishning asosiy sharti sifatida transport-logistika tizimiga
zarurat borasida bilvosita xulosaga kelish mumkin.
Shu bilan birga, dunyodagi transport logistikasi sohasidagi raqamlar, jahon
iqtisodiyotining mazkur tarmogʻidagi salohiyati ancha salmoqli ekanligini koʻrish
mumkin.
Xususan, 2020-yilga kelib dunyo davlatlarining yalpi ichki mahsulotlarida
(YAIM) transport xizmatlarining ulushi 8 foizdan 12 foizgacha tashil qilib, global
logistika sanoatining qiymati 9,6 trln. AQSH dollari hamda xalqaro miqyosida yuk
tashishlar xizmatlarining narxi esa 4,1 trln. AQSH dollarini tashkil qilmoqda
.
8
https:// data. bts. Gov / stories / s / Transportation-Economic-Trends-Contributionof-Tra/pgc3-e7j9 / Contribution of
Transportation to the Economy: Final Demand Attributed to Transportation.
210
LOGISTIKA
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 5-SON
WWW.INFOCOM.UZ
Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan mi
lliy
transport tizimini xalqaro maydonda oʻz oʻrnini topishi borasida ham koʻplab
tashabbuslar ilgari surilmoqda.
Xususan, o‘tgan yilning 24-26-mart kunlari Davlat rahbari tomonidan Yangi
Oʻzbekistonda ilk marotaba oʻtkazilgan “1
-Toshkent Investitsiyalar
forumi”da soʻnggi
besh yillikdagi mamlakatda amalga oshirilgan islohotlar borasida nutq soʻzlab, amaliy
tashabbuslar ilgari surildi. Natijada, anjuman yakunlari boʻyicha dunyoning 56
mamlakatidan 2 mingdan ortiq ishtirokchilar tomonidan 7,8 mlrd. dollarlik aniq
shartnomalar va investitsiyaviy bitimlar paketi imzolanishiga erishildi
.
Oʻz navbatida, 2022
-yilning yilning 15-16-sentyabr kunlari Shanxay Hamkorlik
Tashkilotining Samarqand sammitida mintaqaviy transport-logistikasi tizimini
rivojlantirish, bunda
asosiy eʼtiborni savdo
-iqtisodiy vektoriga nisbat berilishi
ahamiyatga molikdir.
Chunonchi, mazkur nufuzli tadbirda tashkilotning “huquqiy bazasi”ni rekord
darajada jami 44 ta hujjat bilan toʻldirilib, uning 10 ga yaqini transport hamda xalqaro
savdoga be
vosita va bilvosita aloqador ekanligini koʻrish mumkin
.
Shulardan kelib chiqqan holda, ayni kunlarda jahon iqtisodiyotining “qon
tomiri” hisoblangan transport logistikasida ham raqamlashish sari dadil qadamlar bilan
ildamlab bormoqda.
Xususan, xalqaro yuk tashuvlarda oʻzining xavfsizligi, tezkorligi, ixchamligi
hamda oʻzining ishonchliligi bilan muhim ahamiyatga ega hamda tashqi savdoda juda
keng qoʻllanilib kelinayotgan TIR CARNET hujjatining oʻrni anchayindir.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Mazkur maqola doirasida asosan avtomobil transportida xalqaro tashuvlarni
amalga oshirish jarayonlari tahlil qilinib, mazkur tashuvlar milliy iqtisodiyotga
taʼsirining oʻziga xos jihatlari bayon qilingan. Shuningdek, tadqiqotning olib borish
jarayonida s
tatistic maʼlumotlar tahlili, qoʻllanilgan atamalarning etimologik jihatlarini
tarixiy nuqtayi nazardan, shu bilan birga analiz, sintez usullari hamda huquqiy
tushunchalarning qiyosiy tahlili boʻyicha tadqiqotlar olib borildi. Shuningdek, xalqaro
yuk tashu
vlarning bugungi kundagi tendensiyalari rasmiy statistik maʼlumotlar asosida
tahlil qilingan.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Xalqaro yuk tashuvlarda TIR CARNET kitobchasi
(keyingi oʻrinlarda kitobcha
deb yuritiladi)
1975-
yildan buyon qoʻllanilib kelinayotgan boʻlsada, bu borada ilmiy
ishlanmalar yеtarli darajada emas.
9
https:/ review.uz/oz/post/o-tashkentskom – mejdunarodnom – investicionnom - forume-kommentarii-zarubejnx-
ekspertov / Birinchi xalqaro Toshkent investitsiya forumi (xalqaro ekspertlar fikrlari).
10
https://president.uz/uz/lists/view/5544 // Samarqand sammiti yakunida salmoqli hujjatlar toʻplami imzolandi.
211
LOGISTIKA
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 5-SON
WWW.INFOCOM.UZ
Bu borada tadqiqot olib borilgan ishlar oʻrganilganda, asosan MDH davlatlarida
olib borilganligi koʻrish mumkin.
Xususan, tadqiqotchilar K.V.Xolopov h
amda O.V.Sokolovalar oʻz ishlarida
Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqining
(keyingi o‘rinlarda YeII deb ketiladi)
yagona
transport makonini tashkil qilish hamda savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishda
kitobchaning ahamiyati va oʻrni borasida fikr yuritgan
.
Rossiyalik tadqiqotchilar P.V.Kurenkov, A.F.Kotlyarenko,
M.V.Buzuluskayalar esa kitobchalarni multimodal tashuvlar bilan bogʻliq izlanishlar
olib borgan.
TIR kitobchalarini ushbu yoʻsindagi tashuvlarni boshqa transport
vositalari bilan oʻzaro bogʻliqligini oʻrgangan. Oʻrganish davomida multimodal
tashuvlarning bir transport vositasida
(asosan avtotransport tashuvlarda)
uzoq
masofali tashuv jarayonlarida xarajat va vaqtni kamayishi natijalari ilmiy asoslab
berilgan
.
Shu bilan birga, rus tadqiqotchilaridan E.N.Fuks va V.A.Vikentevlar ham o‘z
ishlanmalarini YeII misolida ko‘rib chiqqan holda tadqiqiotlar olib borishgan bo‘lib
2016-2019-yillar oralig‘ida xalqaro tashuvlarni matematik-statik tahlil qilishgan. Unga
ko‘ra avtomobil transportida TIR kitobchalaridan foydalangan holdagi tashuvlar
kamayish tendensiyasini qayd etishib, quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatayotganini qayd
etishgan. Xususan,
mamlakat hududdida TIR Carnetga o‘xshagan milliy kafolat tizimlarini paydo
bo‘layotganligi;
YeII doirasida tranzit axborot tizimlarini rivojlanib borayotganligi; - bojxona
tranzit tizimida rasmiylashtiruv jarayonida qog‘ozsiz hujjatlarni joriy qilinayotganligi
kabi omillarni sdanab o‘tgan
.
Yuqorida qayd etilgan olimlarning tadqiqotlaridan TIR kitobchasining o‘ziga
xos jihatlari ochib berilgan bo‘lsada,uni raqamlashtirish natijasida qanday amaliy
iqtisodiy samaradorlikka erishish borasida yondasahuvlar aks etmaganini bilish
mumkin.
TAHLIL NATIJALARI VA MUHOKAMA
Tarixdan maʼlumki 19
45-
yilda ikkinchi jahon urushi yakunlangandan soʻng bir
qator Yevropa mamlakatlarining
е
takchilari urush natijasida vayronaga aylangan
mintaqani qayta qurish hamda mazkur makondagi davlatlarni ijtimoiy-iqtisodiy
11
Холопов К.В., Соколова О.В. “Использование системы МДП во внешней торговле ЕАЭС”. Российский
внешноэкономический вестник. №3. 2018 й. 84
-
96 бетлар.
12
Холопов К.В., Забоев А.И. Рынок международных автомобильных перевозок в Российской Федерации в 2016
г. и перспективы его развития в 2017 г. // Российский внешнеэкономический вестник. №2, 2017 й. 98
-
бет.
13
Куренков П.В., Котляренко А.Ф., Бузулуцкая М.В. Информационное взаимодействие между субъектами
рынка транспортных услуг в системе смешанных сообщений // Информационные технологии на
железнодорожном транспорте: Материалы третьей международной научно
-
практической конференции
«ИНФОТРАНС
-98». -
СПб., 1998.
-
с. 149, 150.
212
LOGISTIKA
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 5-SON
WWW.INFOCOM.UZ
jihatdan yuksaltirish maqsadida oʻzaro iqtis
odiy integratsiya jarayonlarini boshlab
yuborishadi. Shunga asosan, 1951-
yilda ayrim Yevropa davlatlarining temir va poʻlat
birlashmasi asosida birlashib, bugungi kunda iqtisodiy jihatdan qudratli makonga
aylangan Yevorpa Ittifoqi integratsiyalashgan xalqaro transport tizimiga zarurat
yuzaga kelgan edi. Natijada 1975-yil 14-noyabrda ushbu mintaqa mamlakatlari
“Xalqaro yoʻllarda tashish kitobchasidan foydalangan holda yuklarni xalqaro tashish
toʻgʻrisidagi bojxona konvensiyasi”
ni qabul qilishdi. Ayni kunlarda mazkur hujjat
qabul qilinishi bilan TIR CARNET kitobchalari nafaqat Yevropada balki Osiyo va
Sharqiy Afrika davlatlarida ham keng qoʻllanilib kelinmoqda. Xususan, ushbu bojxona
konvensiyasiga bugungi kunda 77 ta davlat aʼzo boʻlib, mazkur davlatlardagi 3
1115 ta
(shundan Oʻzbekistonda 966 ta)
tan olingan milliy transport operatorlari tomonidan
kitobchalar qoʻllanilib kelinmoqda
.
O‘z o‘rnida esa
CARNET soʻzini eski Oksford lugʻatidan oʻrganilganda qiziq
tarixiy maʼlumotlarni koʻrish mumkin. Mazkur soʻz Britaniya Imperiyasining Osiyo
va Uzoq Sharqdagi mustamlaka davlatlari bilan oʻrnatilgan savdo
-sotiq munosabatlari
natijasida kelib chiqqanligi bi
lan oʻz ifodasini topgan. Jumladan, ingliz savdogarlari
Hindiston hamda Janubi-Sharqiy Osiyo davlatidan tovarmoddiy boyliklarini olib
kelayotganda Britaniya portlaridan, mamlakat hududidiga kirayotgan paytda alohida
bojxona imtiyozlariga ega boʻlish maqsad
ida maxsus “CARNET” deb yozilgan
qogʻozdan foydalangan holda savdo sotiqni amalga oshirganlar. Boshqa manbalarda
esa “CARNET” soʻzi etimoligik jihatdan fransuz tilidan
(oʻrta asrla foydalanishda
boʻlgan davriga xos)
olingan boʻlib, “quernet
–
toʻrt bogʻlam
li yoki varaqli kitobcha”
soʻzi vaqt oʻtgan sari soʻzning shakl oʻzgarishiga uchragan atama hisoblanadi. Bugungi
kunda esa, soʻzning morfologik taʼsirga uchrashi natijasida “carnet” shakliga kelib
qolgan
. Bugungi kunga kelib, ushbu konvensiya qoidalarinin
g tadrijiy oʻzgarishlari
oqibatida 5 ustun tamoyil asosida xalqaro yuk tashuvlar jarayoniga qoʻllanilib
kelinmoqda. Shunga koʻra xalqaro ekspertlarning fikriga koʻra kitobchadan
foydalanishda tashqi savdoda ketadigan vaqtning 80% hamda xarajatlarning 38 %ga
qisqarishi amaliyotda oʻzining isbotini topgan. Bundan tashqari, jahon logistika
bozorida yuk tashish boʻyicha tuzilgan shartnomalar yillik 210 dan 250 mlrd. AQSH
dollarigacha baholanib, Xalqaro Jahon Bankining prognozlariga koʻra esa
2018-2024-yillar o
raligʻida dunyo logistika sanoatining qiymatini doimiy oʻsib borishi
boʻyicha baholamoqda
(2019-2020-yillarda boshlangan COVID-19 pandemiya
davrini hisobga olmaganda)
14
Е. Н. Фукс, В. А. Викентьев. Система таможенного транзита во внешнеторговой деятельности Евразийского
Экономического Союза в современных условиях. Технология и система таможенного контроля. Вестник
Российской Таможенной Академии. №1 2020 й. 87
-
94 бетлар.
15
Israilov Fazil Ismailovich. Avtomobil transportida yuklarni tashishda zamonaviy tizimlarini joriy etish samaradorligi.
Mexanika va texnalogiya ilmiy jurnali, Namangan muhandislik qurilish institute, Maxsus sjn –
2023, № 2 (5) 88
-bet.
16
F.I. Israilov. A.Ya.Norqulov. Yuklarni iste’molchi manziliga yetkazib berish jarayonini boshqarish modeli. Academic
Research in Educational Scinces 2(1), 01.2021. 567- 574.
213
LOGISTIKA
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 5-SON
WWW.INFOCOM.UZ
Shuningdek, oʻzining tashqi savdosida jahonda AQSHdan soʻng ikkinchi
oʻrinda turuvchi
Xitoy Xalq Respublikasining 2016-
yilda mazkur konvensiyaga aʼzo
boʻlishi bilan, Janubiy Yevropa bilan Janubi
-
Sharqiy Xitoy oʻrtasida avtomobil
transportida tashuv vaqti 16 kunga qisqarishi, mazkur hujjatni davlatlararo xalqaro
integratsiyaga qay darajada o
ʻzining ijobiy taʼsir koʻrsatilishi bilan izohlash mumkin
1-rasm. 2018-2024-yillar jahon transport-
logistika tarmogʻi xizmatlarining
prognoz koʻrsatkichlarining qiymati
(trln. AQSH dollari hisobida)
Shu asnoda, mazkur kitobchadan joʻnatuvchi bojxona organida och sariq varagʻi
yirtib olinib qoʻyib, qabul qiluvchi bojxona organida och yashil varagʻi olib qoʻyiladi.
Misol tariqasida olinadigan boʻlsa, Tojikistondan “paxta xom ashyosi” tovari
avtomobil tr
ansportiga Turkiyaga Oʻzbekiston
-Turkmaniston-Eron davlatlari orqali
eksport qilinganda TIR kitobchasining qoʻllanilishi quyidagicha boʻladi.
2-rasm. TIR kitobchasidagi rangli varaqlarning rasmiylashtiruv chizmasi
Bunda 1- Tojikiston “paxta xom ashyosi” tovari yuklangan joyda faoliyat olib
boruvchi bojxona organi kitobchaning och sariq varagʻini rasmiylashtirib, kitobchadan
uni ajratib olib, mamlakatdan chiqib ketish uchun esa yashil varagʻi belgilangan
joyidan qirqib olinadi. Xuddu shu tartibda tranzit davlatlarning kirishida sariq,
chiqishida esa yashil varaqlari qirqib olinib, tashqi savdo yukining oxirgi manzilida
qabul qilib oluvchi bojxona organi esa yashil betini olib qolinadi.
Oʻz navbatida, varaqlar soniga qarab kitobchalar oʻzining konvensiyaga aʼzo
davlatlarining har biri uchun standartlashgan narxlariga ega. Mazkur hujjat 2022-yil
20-sentabr
holatida Oʻzbekiston milliy tashuvchilari uchun 6 varaqlisi 33,21 hamda 14
varaqligisi 66,71 AQSH dollaridan sotilmoqda
. Shuningdek, olib borilgan izlanishlar
17 Ilkhom Umirov, Urazov Bekzod, Utkirjon Rakhmatov, Israilov Fazil, Dildora Zukhurova “Analysis of Practical
Calculation Methods of External Speed Characteristics of Engine” INTERNATIONAL CONFERENCE PTLICISPWS-
2 Scopus & Web of Science indexed May, 2023
18
https://www.statista.com/statistics/943517/logistics-industry-global-cagr/ Size of the global logistics industry from
214
LOGISTIKA
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 5-SON
WWW.INFOCOM.UZ
tahlili shuni koʻrsatmoqdaki davlatlarning milliy tashuvchilari tomonidan ishlatilgan
TIR CARNETlarning ulushi asosan Yevropa davlatlarining ulushiga toʻgʻri kelmoqda.
Xususan, statistik maʼlumotlarga koʻra 2001
-yildan buyon dunyo mamlakatlari
boʻylab
tarqatiladigan kitobchalarning 55-60 foizi Yevropa davlatlarining milliy
tashuvchilari tomonidan foydalanib kelinmoqda. Jumladan, IRU maʼlumotlari
oʻrganilganda 2001
-2021-yillar davomida tashkilot tomonidan tarqatilgan 48 787 798
ta TIR kitobchalaridan to
ʻrtdan uch qismi yaʼni 36 626
099 tasi Yevropa mamlakatlari
hissasiga toʻgʻri keladi
. Mazkur yillar davomida ishlatilgan kitobchalarning asosiy
ulushi Turkiya (9 287 999), Polsha (4 368 000), Rossiya (7 135 400), Ukraina (4 815
700) hamda Belorossiya (3 0
81 849) kabi davlatlari hissasiga toʻgʻri keladi. Shu bilan
birga, eʼtiborli tomoni shundaki tarqatilayotgan kitobchalarning koʻlami 2012
-yildan
soʻng keskin tushib ketganligini koʻrish mumkin. Xususan, ishlatilgan kitobchalar soni
2010-2021-
yillar oraligʻida raqamlarda koʻriladigan boʻlsa yildan
-yilga 15-20 foizga
kamayib bormoqda.
1-jadval
2010-2021-
yillarda IRU tomonidan Oʻzbekiston hamda dunyoning ayrim
davlatlariga tarqatilgan TIR CARNET kitobchalarining soni
2012-y 2013-y 2014-y 2015-y 2016-y
2017-y 2018-y 2019-y 2020-y 2021-y
Turkiya 685000 540500 385500 325100 213900 200000 189000 200000 55000 96999
Rossiya 598000 529700 300400 163900 137800 122600 121000 95200 83200 62000
Eron
85000 105000 90000 85000 118000 115000 165000 85000 120000 100000
Ukraina 376800 434000 95000 154500 140700 143600 106000 103500 71500 109500
Oʻzbe
-
kiston
17500
7500
9000
9000
27000
14000 32400 43000 89000 115000
Jami 3158300 2920150 1945050 1500450 1223400 1154650 1020650 858100 679300
Oʻzbekiston Respublikasida mazkur jarayon Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining 2020-yil 5-
iyundagi “Bojxona maʼmuriyatchiligini isloh etish va
Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini
takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF
- 6005-sonli Farmonidagi aniq belgilangan
tadbirlarda oʻz ifodasini topgan.
2018 to 2024. 10. D.Parkinson, J.Noble. Oxford Business English Dictionary. 2006
й
. Oxford university press. 644
б
.
79- bet.
19 https://www.iru.org/news-resources/newsroom/tir-trade-corridor-betweenchina-and-spain-ready-business // TIR
trade corridor between China and Spain ready for business.
215
LOGISTIKA
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 5-SON
WWW.INFOCOM.UZ
Xususan, mazkur Farmon asosida “ye-TIR” loyihasi sinov tariqasida ilk bor
2020-
yilning nobyar oyida Oʻzbekiston va Qozogʻiston, 2021
-yilning may oyidan esa,
Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasidagi tashuvlarda qoʻllanila boshlandi.
3-rasm. 2010-2021-yillarda ishlatilgan TIR CARNET kitobchalarining soni
Kelgusida Oʻzbekiston bilan Pokiston, Eron, Xitoy, Qirgʻiziston oʻrtasidagi
tashuvlarda ham ushbu loyiha amaliyotga joriy etilishi rejalashtirilgan. Shuningdek
eʼtiborli tomoni shundaki, oxirgi yillarda Oʻzbekiston milliy tashuvchilari tomonidan
TIR kitobchalaridan foydalanish sezilarli darajada oshganligini koʻrish mumkin.
Chunonchi, 2001-2021-
yilar mobaynida oʻzbek tashuvchilari 415700 ta
TIR
kitobchalaridan foydalanilgan boʻlsa, shundan 2021
-yilda 115000 ta kitobchadan
foydalanib, boshqa davlatlarga nisbatan eng koʻp TIR KARNETlardan xalqaro
tashuvlarda qotashuvlarida oʻz oʻrnini ijobiy tomonga oʻzgarayotganligini
koʻrsatmoqda.
Xususan, quyidagi diagramma orqali o
ʻ
zbek tashuvchilarining so
ʻ
nggi
10 yillikda foydalanilgan kitobchalarning dinamikasini bilish mumkin.
Shu bilan birga kitobchalarning milliy tashuvchilar tomonidan eksport
yo
ʻ
nalishida xalqaro tashuvlarda qo
ʻ
llanilganda tranzit davlatlarida bojxona kuzatuvi
hamda ba
ʼ
zi bojxona tartibotlaridan ozod etilishini nazarda tutish lozim. Jumladan,
bugungi kunda Oʻzbekiston bilan chegaradosh barcha davlatlarda
(shuningdek
Oʻzbekistonda ham)
mazkur kitobchani qoʻllagan holda xalqaro yuklar tashilganda
bojxona kuzatuvi va nazorati shakllaridan ozod etilishi maʼlum. Oʻz navbatida,
yuqorida qayd etilganidek TIR KARNET kitobchasining milliy tashuvchilari
tomonidan qoʻllanilishi xalqaro yuk tashuvl
ar vaqtining 80, xarajatlarining esa 38
foizga qisqarishini taʼkidlash joiz. Tahlillarga kelib chiqib, mazkur kitobchadan
qoʻllanilganda xalqaro tashuvlarda mamlakat imidjini va salohiyatini yaxshilash
maqsadida muhim huquqiy vosita boʻlib qolmoqda.
216
LOGISTIKA
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 5-SON
WWW.INFOCOM.UZ
4-r
asm. Oʻzbekiston milliy tashuvchilari tomonidan amalga oshirilgan xalqaro
tashuvlarda TIR KARNET kitobchalarining oʻrni
Raqamli diagrammadan ko
ʻ
rish mumkinki, avtomobil transportida milliy
tashuvchilar tomonidan umumiy hisobda qo
ʻ
llanilgan TIR CARNETlar 2017-yilda 15
foizni tashkil etgan bo
ʻ
lsa, 2021-yilga kelib 22 foizli ko
ʻ
rsatkichga erishgan
Boshqacha aytganda, oʻzbek tashuvchilarining har beshta tashuvlaridan
faqatginabittasi mazkur “imtiyozli” kitobchalardan foydalanilayotganini koʻrish
mumkin. B
undan koʻrish mumkinki, TIR KARNETsiz harakatlangan milliy
tashuvchilar oraliq
tranzit davlatlarining bojxona maʼmuriyatchiligining
(maʼlum bir
tarif stavka asosida
bodxona kuzatuvi, tovarlar tekshirish bilan bogʻliq xarajatlar)
qoʻllanilishiga olib kelib,
tashqi savdo yuklarini ortiqcha xarajatlar bilan dunyo
bozoriga kirib borishiga olib keladi.
XULOSA
Tahlillardan kelib chiqib xulosaga
kelish mumkinki, Oʻzbekistonda xalqaro
tashuvlarda qoʻllanilayotgan TIR KARNET kitobchasining imkoniyatlaridan toʻliq
foydalanilmayotganini koʻrsatmoqda.
Istiqbolda
esa, tashqi savdo yuklarini, ayniqsa
milliy eksport mahsulotlarini oʻzbek tashuvchilari tom
onidan TIR kitobchalari asosida
tashilishida tashish xarjatlarining kamayishi natijasida Oʻzbekiston tovarlarining jahon
bozorida oʻz oʻrni va raqobatbardoshligini ishonchli mutahkamlashga olib keladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib quyidagi takliflar beriladi:
Oʻzbekiston eksport yuklarini tashishda “TIR CARNET” kitobchasi bilan
bogʻliq xarajatlarni davlat tomonidan kompensatsiya asosida qoplab berish amaliyotini
yoʻlga qoʻyish.
ShHT davlatlari makonida “e-
TIR” loyihasini ishga tushirish boʻyicha
tashabbus
ni mintaqaviy tuzilma doirasida oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan xalqaro
anjumanlarning kun tartibiga qoʻyish.
Mazkur takliflar amaliyotda o‘z aksini topganda ochiq dengizga chiqishda
imkonoyati cheklangan (ikki karra yopiq) O‘zbekiston eksportyorlarini moliyaviy
jihatdan rag‘bantlantirish, natijada esa milliy mahsulotlarni dunyo bozorida
raqobatbardoshigini oshirishga erishish mumkin.
20
https://unece.org/tir-carnet-prices // TIR Carnet Prices.
217
LOGISTIKA
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 5-SON
WWW.INFOCOM.UZ
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
Contribution of Transportation to the Economy: Final Demand Attributed to
Transportation. https:// data. bts. Gov / stories / s / Transportation-Economic-Trends-
Contributionof-Tra/pgc3-e7j9 /
2.
Birinchi xalqaro Toshkent investitsiya forumi (xalqaro ekspertlar fikrlari) /
https:/ review.uz/oz/post/o-tashkentskom – mejdunarodnom – investicionnom -
forume-kommentarii-zarubejnx-ekspertov/
3.
Samarqand sammiti yakunida salmoqli hujjatlar toʻplami imzolandi /
https://president.uz/uz/lists/view/5544 //
4.
Холопов К.В., Соколова О.В. “Использование системы МДП во внешней
торговле ЕАЭС”. Российский внешноэкономический вестник. №3. 2018 й. 84
-96
бетлар.
5.
Холопов К.В., Забоев А.И. Рынок международных автомобильных
перевозок в Российской Федерации в 2016 г. и перспективы его развития в 2017
г. // Российский внешнеэкономический вестник. №2, 2017 й. 98
-
бет.
6.
Куренков П.В., Котляренко А.Ф., Бузулуцкая М.В. Информационное
взаимодействие между субъектами рынка транспортных услуг в системе
смешанных сообщений // Информационные технологии на железнодорожном
транспорте: Материалы третьей международной научно
-
практической
конференции «ИНФОТРАНС
-98». -
СПб., 1998.
-
с. 149, 150.
7.
Е.Н.Фукс, В. А. Викентьев. Система таможенного транзита во
внешнеторговой
деятельности Евразийского Экономического Союза в
современных условиях. Технология и система таможенного контроля. Вестник
Российской Таможенной Академии. №1 2020 й. 87
-
94 бетлар.
8.
Israilov Fazil Ismailovich. Avtomobil transportida yuklarni tashishda
zamonaviy tizimlarini joriy etish samaradorligi. Mexanika va texnalogiya ilmiy jurnali,
Namangan muhandislik qurilish institute, Maxsus sjn –
2023, № 2 (5) 88
-bet.
9.
F.I. Israilov
. A.Ya.Norqulov. Yuklarni iste’molchi manziliga еtkazib berish
jarayonini boshqarish modeli. Academic Research in Educational Scinces 2(1),
01.2021. 567- 574.
10.
Ilkhom Umirov, Urazov Bekzod, Utkirjon Rakhmatov, Israilov Fazil,
Dildora Zukhurova “Analysis of Practical Calculation Methods of External Speed
Characteristics of Engine” INTERNATIONAL CONFERENCE PTLICISPWS-2
Scopus & Web of Science indexed May, 2023
11.
Size of the global logistics industry from 2018 to 2024. 10. D.Parkinson,
J.Noble. Oxford Business English Dictionary. 2006
й
. Oxford university press. 644
б
.
79- bet. /
https://www.statista.com/statistics/943517/logistics-industry-global-cagr/
218
LOGISTIKA
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 5-SON
WWW.INFOCOM.UZ
12.
TIR trade corridor between China and Spain ready for business /
https://www.iru.org/news-resources/newsroom/tir-trade-corridor-betweenchina-and-
spain-ready-business //
13.
TIR Carnet Prices /
https://unece.org/tir-carnet-prices //
14.
Total amount of TIR Carnets issued by IRU to National Associations 2001
– 2021 /
https://unece.org/tir-carnets-//
.
