571
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON
WWW.INFOCOM.UZ
TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISHNI
IQTISODIY-STATISTIK BAHOLASH METODOLOGIYASINI ISHLAB
CHIQISH
Qodirova Nozima Rasulovna
Buxoro davlat universiteti Iqtisodiyot kafedrasi o‘qituvchisi
n.r.qodirova@buxdu.uz
Annotatsiya:
Ushbu maqolada tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy-statistik
tahlili hududlar kesimida statistik kuzatuv ma’lumotlari tahlilining optimal
variantlarini tanlash negizida mahsulot ishlab chiqarish, mehnat sarfi va transaksion
xarajatlarni kamaytirishning qo‘shimcha imkoniyatlari ochib berilgan; ishlab chiqarish
funksiyasida sotuvdan tushgan sof tushum ustuvorligi asosida kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik subyektlarida mahsulot ishlab chiqarishning
2022-2030-yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari aniqlangan.
Kalit so‘zlar:
tadbirkorlik, iqtisodiy-statistik baholash, ekonometrika,
prognozlash, iqtisodiy samaradorlik, iqtisodiy tahlili.
РАЗРАБОТКА МЕТОДИКИ ЭКОНОМИКО
-
СТАТИСТИЧЕСКОЙ
ОЦЕНКИ РАЗВИТИЯ ПОТЕНЦИАЛА СУБЪЕКТОВ
ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВА
Кадырова Нозима Расуловна
Преподаватель экономического факультета Бухарского государственного
университета
n.r.qodirova@buxdu.uz
Аннотация:
В данной статье экономико
-
статистический анализ деловой
активности в разрезе регионов на основе выбора оптимальных вариантов анализа
данных статистического наблюдения выявляет дополнительные возможности
снижения производственных, трудовых затрат и трансакционных издержек; На
основании приоритета чистого дохода от реализации в производственной
функции определены прогнозные показатели производства продукции в
субъектах малого бизнеса и частного предпринимательства до 2022
-
2030 годов.
Ключевые слова:
предпринимательство, экономико
-
статистическая
оценка, эконметрика, прогнозирование, экономическая эффективность,
экономический анализ.
572
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON
WWW.INFOCOM.UZ
DEVELOPMENT OF THE ECONOMIC-STATISTICAL ASSESSMENT
METHODOLOGY OF THE DEVELOPMENT OF THE POTENTIAL OF
BUSINESS ENTITIES
Kadirova Nozima Rasulovna
Teacher of the Economics Department of Bukhara State University
n.r.qodirova@buxdu.uz
Abstract:
In this article include linear econometric model has been developed
based on panel data and regression of factors such as employment, investment
environment, etc., affecting business development; the mechanism for the
development of small businesses has been improved, taking into account the
specifics of activities and expediency of business entities in Bukhara; Medium-term
multidimensional forecast indicators of important indicators reflecting the
development of business entities have been developed subjects of the city of Bukhara
for 2022-2030.
Keywords:
entrepreneurship, economic and statistical evaluation,
econometrics, forecasting, economic efficiency, economic analysis.
KIRISH
Yangi O‘zbekistonni barpo etish jarayonida tadbirkorlik faoliyatini
rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 2022–2026-yillarda O‘zbekiston
Respublikasining
taraqqiyot
strategiyasida
iqtisodiyotni
rivojlantirish
va
erkinlashtirish, milliy iqtisodiyot barqarorligini ta’minlash, qishloq xo‘jaligini
modernizatsiyalash hamda xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish kabi
ustuvor vazifalar belgilab berildi
.
2030-yilgacha bo‘lgan davrda tadbirkorlikni rivojlantirish strategiyasining
maqsadi iqtisodiyotning ushbu sektorini ijtimoiy va xavfsizlik omillaridan biri sifatida
rivojlantirishdir. Tadbirkorlikni rivojlantirish bandlikning izchil yuqori darajasi,
shuningdek innovatsion rivojlanish va iqtisodiyotning tarmoq tuzilmasini
takomillashtirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son “O‘zbekiston Respublikasini
yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”, 2016- yil
5- oktabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy
mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan
yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–4848-sonli farmoni,
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi
to‘g‘risida»gi 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni. O‘zbekiston Respublikasining Qonun hujjatlari to‘plami, 2017 yil, 6-
son,70-modda.
573
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON
WWW.INFOCOM.UZ
2018-yil 14-iyuldagi PQ-3856-son “Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni
takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2018-yil 27-
iyundagi PQ-3777-son “Har bir oila-tadbirkor” dasturini amalga oshirish to‘g‘risida”,
2019-yil 24-oktabrdagi PQ-4498-son “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat
dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni kreditlash tartibini
takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari hamda
mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan
vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertatsiya ishi muayyan darajada xizmat
qiladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Xorijlik olimlarning ilmiy ishlarida tadbirkorlik nazariyasi, modellashtirish va
bashoratlashga ekonometrik yondashuv, uni amaliyotga tadbiq etish masalalari keng
yoritilgan hamda asoslab berilgan. Xususan J.Sey, Y.Shumpeter, J.Keyns, R.Xizrich,
M.Piters, F.Xayek, M.Lapusta, Yu.Starostin, K.Makkonnell, S.Bryu, N.Artamonov,
V.Afanasev, E.Berndt, M.Verbik, D.Dayitbegov, J.Vuldridj
ishlarida yoritilgan. Shu bilan birga, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)
davlatlarida tadbirkorlik sohasini tadqiq etish bo‘yicha G.Sh.Abdullaev, V.M.Vlasova,
A.Raiskiy,
A.Shestakov,
N.Ye.Yegorova,
V.M.Savchenko,
V.M.Shepelov,
M.A.Fedotova, I.Tolmachev, S.Stanislav, A.Vilenskiy, S.Valdaysev, A.Andreev
va
boshqalar ilmiy izlanishlar olib borganlar. O‘zbekistonda TADBIRKORLIKning
umumiy muammolari, ekonometrik modellashtirish hamda pragnozlash masalalari
S.S.G‘ulomov, B.Yu.Xodiev, B.A.Begalov, T.Sh.Shodiev, B.Ruzmetov,
Yo.Abdullaev, R.X.Alimov, B.K.G‘oyibnazarov, M.R.Boltabaev, T.Do‘stjanov,
O.Kenjaboev, O.Rixsimboev, A.B.Yugay, X.S.Muxitdinov, I.O.Ulashev,
2
Сэй Ж.Б. Трактаты политической экономии.
–
М.: Экономика. 1985.
–
55 с.; Шумпетер Й. Теория экономического развития.
–
М.: Прогресс, 1985.
–
159 с.; Кейнс Ж. Общая теория занятости, процента и денег.
–
М.: Экономика, 1948.
–
С. 238
-241.;
Хизрич Р., Питерс М. Предпринимательство или как завести собственное дело и добиться успеха.
–
М.: Прогресс, 1991.
– 223
с.; Хайек Ф. Дорога к рассвету
–
М.: Экономика, 1992.
–
91 с.; Лапуста М.Г, Старостин Ю.Л. Малое предпринимательство.
М.: Инфра
-
М, 1997.
–
С. 87.; Макконнелл К.Р., Брю С.Л. Экономикс. В 2
-
х т. Т
-1. –
М..: Инфра
-
М, 2003. − 399 с.; . Артамонов,
Н. В. Введение в эконометрику.
-
М.: МЦНМО, 2015.
-
204 c.; Афанасьев, В. Н. Эконометрика.
-
М.: Финансы и статистика,
2017. -
256 c.; Берндт, Эрнст Практика эконометрики. Классика и современность.
-
М.: ЮнитиДана, 2016.
-
848 c.; Вербик,
Марно.Путеводитель по современной эконометрике.
-
М.: Научная книга, 2018.
-
616 c.; Дайитбегов, Д. М. Компьютерные
технологии анализа данных в эконометрике.
-
Москва: ИЛ, 2015.
- 592 c.; Wooldridge, J. M. Econometric analysis of cross section
and panel data / J. M. Wooldridge. - 2nd ed. –2010.
3
Абдуллаев Г.Ш. Математическое моделирование развития малого бизнеса в регионах России. Кан.экон.наук.дисс.
-
М.:2004.
-
159 с.; Власова В.М. Основы предпринимательской деятельности.
–
М.: Финансы и статистика. 1996
–
106 с.; Раиский А.
Экономика предприятия.
–
М.: Маркетинг. 2000.
–
696 с.; Шестаков А. Предпринимательская деятельность.
–
М.: 2000,
– 263
с.; Егорова Н.Е. Моделирование деятельности малого предприятия //.Экономика и математические моделы. Том 35, №2, 1999.
– 67-
69 с.; Савченко В.М. Феномены предпринимательства. // .Рос.экон. журнал.
–
М.: 2006. №9.
-
46 с.; Шепелов В.М. Очерки
теории и практики развития предпринимательства.
–
Т.: Фан, 1998.
–
177 с.; Федотова М.А. Доходы предпринимателя.
–
М.:
1993. –
235 с.; Толмачев, И. А. Все о малом предпринимательстве.
-
М.: РОСБУХ,
ГроссМедиа, 2017.
-
424 c.; Сметанин, Станислав История предпринимательства в России.
-
М.: КноРус, 2018.
- 441 c.;
Виленский, А.В. Макроэкономические институциональные ограничения развития российского малого предпринимательства.
-
М.: Наука, 2017.
-
814 c.; Валдайцев, С. В. Малое инновационное предпринимательство: моногр..
-
М.: Проспект, 2015.
- 538
c.; Андреев, Алексей Магия предпринимательства. Русские традиции делоуправления: моногр.
-
М.: ИГ "Весь", 2016.
- 416 c.
574
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON
WWW.INFOCOM.UZ
N.B.Ashurova, S.K.Salaev, N.Q.Murodova, I.S.Abdullaev, M.A. Gulmanov, J.J.
Urmonov, H.N. Baqoev
va boshqalarning ilmiy ishlarida keng yoritilgan.
METODOLOGIYA
Ushbu maqola har bir ilmiy izlanish kabi olimlarning fikrlari va
mulohazalarini tahlil etishni oʻz ichiga olib asosiy maqsadga erishish uchun ilmiy
abstraksiyalash, induksiya, deduksiya, tizimli yоndashish, qiyоsiy tahlil kabi
usullardan fоydalanildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarda tadbirkorlik iqtisodiyotni
harakatga keltiruvchi kuch sifatida e’tirof etilgan bo‘lib, uning rivojlanish darajasi
tadbirkorlik salohiyati qay darajada shakllantirilganligi va amalga oshirilganligi bilan
izohlanadi. Tadbirkorlik salohiyati muayyan turdagi tadbirkorlik faoliyati va muayyan
iqtisodiy tizimning o‘ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadigan jihatlarga ega.
Tadbirkorlik salohiyatining holati, tadbirkorlik rivojlanish darajasi mamlakatda ro‘y
berayotgan umumiy iqtisodiy jarayonlar, milliy iqtisodiyot rivojlanish darajasi,
davlatning yo‘naltirilgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosatiga bog‘liq.
P.L.Gluxix ilmiy tadqiqotlarida hududlarda tadbirkorlik salohiyatidan
foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha o‘z uslubini taklif etgan. Unda
4
G‘ulomov S.S. Tadbirkorlik va kichik biznes. – T.: 2008.-365 b; Shodiev T.Sh., Xodiev B.Yu. i dr.
Ekonometrika. ucheb. posobie. – T.: Sharq . 1999 -240 s.; Begalov B.A. Axborot-kommunikatsiyalar bozorining
shakllanish va rivojlanish tendensiyalarini ekonometrik modellashtirish. i.f.d. ilmiy darajasi olish
uchun
ѐzilgan
dissertatsiya
ishi.
–T.:TDIU, 2001.-
330.;
Ruzmetov
B.
Optimizatsionnыe
zadachi
mnogoagregatnыx kompleksov. Modeli, metodы resheniya, programmnыe moduli.
- T.: Fan, 2010.; Abdullaev
Yo. Kichik biznes va tadbirkorlik asoslari. – T.: Mehnat, 2010. - 349 b.; Alimov R.X. va boshqalar. Milliy
iqtisodda axborot tizimlari va texnologiyalari. o‘quv qo‘llanma. – T.: Sharq, 2004. - 320 b.; G‘oyibnazarov
B.K., Boltaboev M.R. va boshqalar. Kichik biznes va tadbirkorlik: o‘quv qo‘llanma. –
T.: Iqtisodiѐt, 2010.
–
275 b.; T.Do‘stjanov Kichik biznesning katta imkoniyatlari.-
Urganch.: Xorazm, 1997.; Kenjabaev A.T.
Tadbirkorlik faoliyatini axborotlashtirish milliy tizimini shakllantirish muammolari.: iqt.fan. dokt.
diss.avtoref.
–
T.:TDIU, 2005–39 b:, Rixsimboev O.Q. O‘zbekiston Respublikasida kichik va o‘rta
biznesning ustuvor yo‘nalishlarini ekonometrik bashoratlash.: iqt.fan. nomz. diss.avtoref. –T.:TDIU,
2002. –22 b;
Югай А.Б. Моделирование процессов управления развитием производства предприятий малого бизнеса.: иқт.фан.
номз.
дисс.автореф.
–
Т.:
ТДИУ,
2004.
–
22
б;
Muxitdinov
X.S.
Hudud
aholisi
turmush
darajasini oshirish va ijtimoiy rivojlanishini modellashtirish. –T.: Fan, 2009. . Ulashev I.O. va
boshqalar. Sanoatlashgan hududda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni innovatsiyaviy rivojlanishi:
monografiya–N.: A.Navoiy –152 b.; Ashurova N.B. Barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda soliqqa tortish
mexanizmini takomillashtirish. iqt.fan. dokt. diss.avtoref.
–
T.:BMA, 2018–72 b., Salaev S.K. Kichik
biznes
rivojlanish
tendensiyalarini
modellashtirish
va
bashoratlash
muammolari:
nazariya,
uslubiѐt
va
amaliѐt. Monografiya. Toshkent.: “Fan”, 2007. 241 bet.; Murodova N.Q. Kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni davlat tomonidan qo‘llab -
quvvatlashning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish.
Iqt.fan. dokt. diss.avtoref. –
T.: TDIU, 2016-74b.; Abdullaev I.S. Mintaqaviy iqtisodiy tizimni
optimal tartibga solishning mexanizmlarini takomillashtirish. Iqt.fan. dokt. diss.avtoref. –
T.: 2017-
67 b.; Gulmanov M.A. Kichik biznes kooperatsion aloqalarini ekonometrik modellashtirish (Xorazm
viloyati misolida). iqt.fan. nom. diss.avtoref. –
T.: TDIU, 2011-24 b.; Urmonov J.J. Tadbirkorlik
sub’ektlarini soliqqa tortish mexa
nizmini takomillashtirish masalalari: Monografiya /; T.: ―IqtisodMoliya,
– 2018. 240 b.; Baqoev
H.N. Hududlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati
rivojlanishining ekonometrik tadqiqi (Navoiy viloyati misolida)
.
Iqt. fan. bo‘yicha fals. dok. (PhD)
diss. avtoref. T.: 2020-60 b.;
575
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON
WWW.INFOCOM.UZ
tadbirkorlik salohiyatini shakllantirishning umumiy shart-sharoitlari, shakllanish
jarayoni va rivojlantirish bosqichlari yoritilgan. Lekin kichik tadbirkorlik subyektlari
salohiyatiga ta’sir etuvchi ishchanlik muhitini tavsiflovchi ko‘rsatkichlardan
foydalanilmagan. Ular tomonidan ishlab chiqilgan uslubiyot tadbirkorlik
subyektlarining hudud ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga qo‘shgan hissasini reyting
asosida baholash imkonini beradi .
Bular obyektiv va subyektiv statistika ko‘rsatkichlaridir. Ob’ektiv statistik
ko‘rsatkichlar tizimi rasmiy statistika idoralari va boshqa rasmiy tashkilotlar manbalari
asosida yuritilsa, subyektiv statistik ko‘rsatkichlar tizimi aholi va kichik tadbirkorlik
subyektlari o‘rtasida mustaqil o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga asoslanadi. Ushbu
statistik ko‘rsatkichlar tizimi asosida hududning kichik tadbirkorlik subyektlari
salohiyatini baholashga imkon beruvchi mahalliy budjet daromadlari, aholi jon boshiga
to‘g‘ri keladigan o‘rtacha daromadlar, ishsizlik darajasi, mehnatga layoqatli yoshdagi
aholi tadbirkorlik faolligi, hudud aholisining kichik tadbirkorlikni qabul qilishi holati,
aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan soliq tushumlari, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan
tadbirkorlik soni, kichik tadbirkorlik aylanmasi hajmi va boshqa ko‘pgina statistik
ma’lumotlarni tahlil qilish imkoniyati paydo bo‘ladi. Kichik tadbirkorlik subyektlari
salohiyatining holati va rivojlanishini tavsiflovchi statistik ko‘rsatkichlar tizimi:
obyektiv statistikaga asoslanadigan ko‘rsatkichlar tizimi hamda subyektiv statistikaga
asoslanadigan ko‘rsatkichlar tizimi. Ob’ektiv statistikaga asoslanadigan ko‘rsatkichlar
tizimiga Davlat Statistika Qo‘mitasi, Davlat Soliq Qo‘mitasi, Moliya Vazirligi va
boshqa rasmiy idoralar ma’lumotlari kiradi.
Bular esa o‘z navbatida tadbirkorlik subyektlari soni; kbhtda bandlarning
o‘rtacha soni; tadbirkorlik korxonalari aylanmasi hajmi; asosiy kapitalga
investitsiyalar hajmi; tadbirkorlik subyektlarining yagona soliq to‘lovlari hajmi va b.q.
Subyektiv statistikaga asoslanadigan ko‘rsatkichlar tizimiga esa aholi va kichik
tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida mustaqil o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari orqali
amalga oshirishda kichik tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi asosiy ijtimoiy –
iqtisodiy muammolar va to‘siqlar miqyosini aniqlash va baholash; soliq solish,
moliyaviy holat, mulkiy muammolar, ijtimoiy mehnat munosabatlari, yashirin
iqtisodiyot ko‘lami va boshqalar bilan bog‘liq muammolarni kuzatish va baholash
kiradi.
Bizning fikrimizcha, respublikada xizmat ko‘rsatish, faol tadbirkorlik
iqtisodiyotning zamonaviy tarmoqlari singari rivojlanib borayotgan sohadir. Shunga
ko‘ra, mazkur sohada faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari iqtisodiy
samaradorligining barcha ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa jihatlari quyidagi mezonlarda
o‘z aksini topadi (2-rasm).
576
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON
WWW.INFOCOM.UZ
1-rasm. Xizmat ko‘rsatish sohasida tadbirkorlikning mezonlari
Aytib o‘tish joizki, kichik tadbirkorlik subyektlari salohiyatining holati va
rivojlanishini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi yetarli darajada ko‘pligi uning ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanish holatini natijaviyligi va samaradorligini aks ettiruvchi yig‘ma
indikatorlar tizimini shakllantirish zaruratini vujudga keltiradi. Innovatsion
iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha turdagi
korxona va tashkilotlar samaradorlikka oid masalalarda hozirgi davr talabidan kelib
chiqqan holda yangicha yondashishlari talab etiladi. Aynan samaradorlik xo‘jalik
faoliyatining eng muhim va umumlashtirilgan ko‘rsatkichlarini o‘zida umumlashtiradi.
Ya’ni faoliyatning oxirgi natijalari samaradorlikda o‘z aksini topadi. Iqtisodiy
adabiyotlarda samaradorlikning mohiyati, tushunchasiga ko‘plab qarashlar mavjudligi
kabi, uning har xil mezonlari va ko‘rsatkichlari tasnif qilinadi. Ko‘pgina mualliflar
samaradorlikni nisbiy ko‘rsatkich deb ta’kidlab, u olingan (erishilgan) natija bilan
xarajatlar nisbati orqali aniqlanishini tavsiya qiladi. Bizning fikrimizcha, muhim
masalardan biri bo‘lgan ijtimoiy- iqtisodiy samaradorlikni har tomonlama chuqur
o‘rganish va tushunish uchun alohida ijtimoiy va iqtisodiy samaradorlik mezonlari va
ko‘rsatkichlari ishlab chiqilishi kerak.
Lekin bunda ijtimoiy va iqtisodiy samaradorlik mezonlari va ko‘rsatkichlari
o‘zaro bog‘liq emas, degan fikr kelib chiqmaydi. Aksincha, ular uzviy bog‘langan va
bir-birini taqozo qiladi, to‘ldiradi. Iqtisodiy samaradorlik sifat jihatidan hisoblab
chiqilmasa va o‘lchanmasa, uning muntazam oshib borishi bo‘yicha belgilangan
ishlarni bajarib bo‘lmaydi. Iqtisodiy samaradorlikning o‘sishi ishlab chiqarish va
xizmat ko‘rsatish har qanday shakli rivojlanishining ob’ektiv qonuniyatidir. Chunki,
5
Luskatova O.V., Glenkova Ye.O., Shalova V.A. Metodicheskiy podxod k ekonomicheskoy otsenke vliyaniya predprinimatelstva na
dinamiku razvitiya regiona // Fundament. issled. 2013.№ 2
–3. S. 594–598.
Xizmat ko‘rsatish sohasida kichik va xususiy tadbirkorlikning
ta’minlashdagi mezonlari
Xususiy tadbirkorlik subyektlarida aholi bandligini ta’minlashdagi o‘rni
Ist’emolchilarning turli qat;amlariga mos xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini
to‘liq qondirish
Xo‘jalik subyektlar faoliyatining natijaviyligini oshirish
Sarflarning nisbiy darajasini pasaytirish
Sohada yuqori mehnat unumdorligini ta’minlashga erishish
577
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON
WWW.INFOCOM.UZ
jamiyatning rivojlanishi ishlab chiqariladigan mahsulot yoki ko‘rsatiladigan xizmatlar
hajmi va sifati ortishini, ishlab chiqarish va muomala, kengaytirilgan takror ishlab
chiqarishni amalga oshirish uchun jamg‘arishni ko‘paytirishni talab etadi.
Fikricha, iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini ikki guruhga – alohida
(xususiy) va umumlashgan ko‘rsatkichlarga bo‘lish mumkin. Faol tadbirkorlik
faoliyatining iqtisodiy samaradorligini tavsiflovchi alohida ko‘rsatkichlarga mehnat
resurslaridan foydalanish hamda moddiy va moliyaviy resurslardan samarali
foydalanish ko‘rsatkichlarini kiritish mumkin. Xizmat ko‘rsatish sohasida
tadbirkorlikning iqtisodiy samaradorligi ko‘rsatkichlari tizimida mehnat resurslaridan
foydalanish samaradorligi ko‘rsatkichlari alohida o‘rin egallaydi. Bizning fikrimizcha,
xizmat ko‘rsatish sohasida tadbirkorlikda mehnat unumdorligi darajasi va dinamikasi
(natural va qiymat ko‘rsatkichlari); o‘rtacha mehnat haqi; bir xodim hisobiga to‘g‘ri
keladigan xizmatlar hajmining o‘sish sur’ati va mehnatga haq to‘lash sur’atining
nisbati; mehnat haqining bir so‘miga olingan natija ko‘rsatkichlari tizimidan
foydalanib, mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini keng tavsifiga ega
bo‘lish mumkin. Mehnat unumdorligi darajasi natural va qiymat shaklida hisoblanishi
mumkin. Natural shaklda hisoblansa, tovarlar hajmining xodimlar o‘rtacha soniga
nisbati olinadi.
Mehnat unumdorligi darajasi natural va qiymat shaklida hisoblanishi
mumkin. Natural shaklda hisoblansa, tovarlar hajmining xodimlar o‘rtacha soniga
nisbati olinadi.
Xususiy tadbirkorlikda mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligi mehnat
unumdorligi, mehnat qiymati va mehnat sig‘imi kabi ko‘rsatkichlarda aniqlanadi.
Mehnatning foydalilik (rentabellik) darajasi. Ushbu ko‘rsatkich bir so‘mlik ish haqiga
to‘g‘ri keladigan sof foyda summasini ifodalaydi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
O‘zbekistonning jahon iqtisodiy hamjamiyatiga munosib tarzda kirib
borishida kichik biznes muhim rol o‘ynaydi. Chunki ko‘plab biznes tahlilchilari va
tadqiqotchilar XXI asrda tadbirkorlik qator mamlakatlarda iqtisodiyotning dinamik
qismiga aylanib, milliy iqtisodiyot taraqqiyotining mustahkam tayanchini tashkil
etadi degan fikrdalar. Boshqacha qilib aytganda, kichik biznes har qanday
davlatning muvaffaqiyatli rivojlanishi va gullab yashnashining asosiy negizi bo‘lib,
bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida iqtisodiyotning tayanch sohasi sifatida tan
578
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON
WWW.INFOCOM.UZ
olingan. Shu bois mamlakat yalpi ichki mahsulotining o‘sish sur’atlari hamda aholi
farovonligining oshishi hal qiluvchi darajada aynan tadbirkorlikning rivojlanishiga
bog‘liq.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasini
yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risidagi O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni. «Xalq
so‘zi» gazetasi, 2017 yil 8 fevral, №28 (6722).
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlis va
O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi. // uza.uz.
3.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yavardagi “2022-2026
yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi
PF-60-sonli Farmoni.// lex.uz.
4.
Junaydullayevich, A. A., & Rasulovna, Q. N. (2023). MAMLAKATIMIZ
IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISHDA KICHIK BIZNES VA XUSUSIY
TADBIRKORLIKNING O ‘RNI. SCIENTIFIC ASPECTS AND TRENDS IN THE
FIELD OF SCIENTIFIC RESEARCH, 1(10), 34-37.
5.
Abdulloyev, A. J., & Rahmatov, A. A. O. G. L. (2022). Tadbirkorlik
subyektlari salohiyatini oshirishning iqtisodiy asoslari hamda rivojlanish istiqbollari.
Central Asian Academic Journal of Scientific research, 2(6), 582-588.
6.
Niyozova, I. (2023). Mamlakatimizda korxonalarning tashqi iqtisodiy
faoliyatini rivojlantirish va boshqarish. Центр научных публикаций (bu
xdu. uz),
39(39).
7.
.Rasulovna, Q. N. (2024). Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida raqamli
marketingning o’rni va ahamiyati. Gospodarka i Innowacje., 46, 274-278.
8.
Junaydullayevich, A. A., & Rasulovna, Q. N. (2024). Sanoat korxonalarining
iqtisodiy salohiyatini baholash usullarini ishlab chiqish. Journal of economy, Tourism
and service, 3(2), 20-24.
.Junaydullaevich, A. A., & Rasulovna, Q. N. (2023). The role and place of economic
potential in activities of the organization. pedagogical sciences and teaching methods,
2(24), 101-104.
