CREATING COMPETITIVE ADVANTAGE: AS A KEY FACTOR OF BUSINESS PERFORMANCE

Abstract

This article analyzes the impact of creating competitive advantages in service organizations on efficiency. It is shown that the competitive position of the organization in the market can be strengthened through optimized resource management, the introduction of innovations, increased quality, development of personnel potential, and improvement of the management system. The article examines the main factors affecting competitiveness, including the analysis of operational efficiency and factors determining strategic positioning, and the importance of pricing policy. These approaches are assessed as the main factors for ensuring long-term sustainable development of enterprises and increasing profitability. Michael Porter's five forces model of competitiveness management and the impact of price and non-price competition on efficiency are studied in organizations in the service sector, in particular in medical institutions.

Source type: Journals
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Abdurakhmanova, S. (2025). CREATING COMPETITIVE ADVANTAGE: AS A KEY FACTOR OF BUSINESS PERFORMANCE. Цифровая экономика, 9(9), 50–57. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/digital-economy/article/view/113809
Shokhida Abdurakhmanova, Ferghana Polytechnic Institute
Doctoral student at the Department of Management
0
Citations
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article analyzes the impact of creating competitive advantages in service organizations on efficiency. It is shown that the competitive position of the organization in the market can be strengthened through optimized resource management, the introduction of innovations, increased quality, development of personnel potential, and improvement of the management system. The article examines the main factors affecting competitiveness, including the analysis of operational efficiency and factors determining strategic positioning, and the importance of pricing policy. These approaches are assessed as the main factors for ensuring long-term sustainable development of enterprises and increasing profitability. Michael Porter's five forces model of competitiveness management and the impact of price and non-price competition on efficiency are studied in organizations in the service sector, in particular in medical institutions.


background image

50

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON

WWW.INFOCOM.UZ

RAQOBATBARDOSH USTUNLIKLAR YARATISH: KORXONA

SAMARADORLIGINING ASOSIY OMILI SIFATIDA

Abduraxmanova Shoxida Ravshanovna

Farg‘ona politexnika instituti, Menejment kafedrasi tayanch doktoranti

shoxida.abduraxmanova@gmail.com

Annotatsiya:

Mazkur maqolada xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarda

raqobatbardoshlik ustunliklarini yaratishning samaradorlikka ta’siri tahlil qilinadi.
Resurslarning optimallashtirilgan boshqaruvi, innovatsiyalarning joriy etilishi,
sifatning oshirilishi, xodimlar salohiyatining rivojlantirilishi va boshqaruv tizimining
takomillashtirishi orqali tashkilotning bozordagi raqobatbardosh pozitsiyasini
mustahkamlash mumkinligi ko‘rsatib o‘tiladi. Maqolada raqobatbardoshlikka ta’sir
etuvchi asosiy omillar, shu jumladan operatsion samaradorlik va strategik joylashuvni
belgilovchi faktorlarga oid tahlillar va narx siyosatining ahamiyati o‘rganilgan. Ushbu
yondashuvlar korxonalarning uzoq muddatli barqaror rivojlanishini ta’minlash va
rentabellikni oshirishning asosiy omillari sifatida baholangan. Maykl Porterning
raqobatbardoshlikni boshqarish bo‘yicha besh kuch modeli hamda narhli va narhsiz
raqobatning samaradorlikka ta’sirini aniqlashda xizmat ko‘rsatish sohasidagi
tashkilotlar, xususan tibbiyot muassasalaridagi raqobat kurashi o‘rganilgan.

Kalit so‘zlar:

raqobatbardoshlik, samaradorlik, raqobatbardosh ustunliklar,

narxli va narxsiz raqobat, Maykl porterning besh kuch modeli, rentabellik.

СОЗДАНИЕ КОНКУРЕНТНОГО ПРЕИМУЩЕСТВА: КАК КЛЮЧЕВОЙ

ФАКТОР ЭФФЕКТИВНОСТИ БИЗНЕСА

Абдурахманова Шохида Равшановна

Ферганский политехнический институт, докторант кафедры менеджмента

shoxida.abduraxmanova@gmail.com

Аннотация

:

В данной статье анализируется влияние создания

конкурентных преимуществ на эффективность работы организаций сферы услуг.

Показано, что укрепить конкурентные позиции организации на рынке можно за

счёт оптимизации управления ресурсами, внедрения инноваций, повышения

качества, развития потенциала сотрудников и совершенствования системы

управления. В статье рассматриваются основные факторы, влияющие на

конкурентоспособность,

включая

анализ

факторов,

определяющих


background image

51

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON

WWW.INFOCOM.UZ

операционную эффективность и стратегическое позиционирование, а также

значение ценовой политики. Данные подходы были оценены как основные

факторы обеспечения долгосрочного устойчивого развития предприятий и

повышения рентабельности. Модель пяти сил конкурентного управления

Майкла Портера и влияние ценовой и неценовой конкуренции на эффективность

изучались в организациях сферы услуг, особенно в медицинских учреждениях.

Ключевые

слова

:

конкурентоспособность,

эффективность,

конкурентные преимущества, ценовая и неценовая конкуренция, модель пяти

сил Майкла Портера, рентабельность.

CREATING COMPETITIVE ADVANTAGE: AS A KEY FACTOR OF

BUSINESS PERFORMANCE

Abdurakhmanova Shokhida

Ferghana Polytechnic Institute, Doctoral student at the Department of Management

shoxida.abduraxmanova@gmail.com

Abstract:

This article analyzes the impact of creating competitive advantages in

service organizations on efficiency. It is shown that the competitive position of the
organization in the market can be strengthened through optimized resource
management, the introduction of innovations, increased quality, development of
personnel potential, and improvement of the management system. The article examines
the main factors affecting competitiveness, including the analysis of operational
efficiency and factors determining strategic positioning, and the importance of pricing
policy. These approaches are assessed as the main factors for ensuring long-term
sustainable development of enterprises and increasing profitability. Michael Porter's
five forces model of competitiveness management and the impact of price and non-
price competition on efficiency are studied in organizations in the service sector, in
particular in medical institutions.

Keywords: competitiveness, efficiency, competitive advantages, price and non-

price competition, Michael Porter’s five forces model, profitability

.

KIRISH

Korxonaning raqobatbardoshligi bu xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining

umumiy xarakteristikasi bo‘lib, uning iqtisodiy resurslaridan raqobatchilarga nisbatan
samarali foydalanish darajasini ifodalaydigan ko‘rsatkichdir. Bu omil, ayniqsa,
ijtimoiy asosiy sohalardan biri bo‘lgan tibbiyot muassasalarida ham mahsulot va
xizmatlar sifatini iste’molchilarning talablariga moslashtirish jarayonlarida ham
muhim ahamiyatga ega. Raqobatbardoshlik har bir korxona uchun muhim ahamiyatga


background image

52

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON

WWW.INFOCOM.UZ

ega bo‘lib, bozorda o‘z o‘rnini mustahkamlash va rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi.
Globalizatsiya va iqtisodiy o‘zgarishlar tezligi sharoitida, korxonalar o‘z faoliyatini
samarali boshqarish va raqobatda ustunlikka erishish uchun aniq strategiyalar ishlab
chiqishlari zarur. Bunday strategiyalar orasida raqobatbardosh ustunliklar yaratish,
korxonaning umumiy samaradorligini oshirish asosiy vosita bo‘lib hisoblanadi.
Raqobatbardosh ustunlik — bu korxonaning o‘z raqobatchilariga nisbatan afzalliklari
bo‘lib, ular mahsulot yoki xizmat sifatini, innovatsiyalarni, xarajatlarni nazorat qilish,
mijozlarga yuqori darajada xizmat ko‘rsatish va boshqa ko‘plab jihatlarni o‘z ichiga
oladi. Davlatimiz tomonidan iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh
muhitni shakllantirish hamda mahsulotlar va xizmatlar ko‘rsatish bozorlarida
monopoliyani bosqichma bosqich kamaytirish, prinsipial jihatdan yangi mahsulot va
texnologiyalar turlarini chiqarishni o‘zlashtirish, bunga asosan ichki va tashqi
bozorlarda milliy tovarlarning raqobatbardoshligini ta’minlash kabi vazifalar belgilab
berilgan. O‘

zbekiston Respublikasi Prezidentining

06.07.2020 yildagi

“Raqobat

muhitini yanada rivojlantirish va iqtisodiyotdagi davlat ishtirokini qisqartirish bo‘yicha
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi

PF-6019-sonli farmoni hamda

2020 —

2024-yillarda tovar va moliya bozorlarida raqobatni rivojlantirish strategiyasi ishlab
chiqildi [1]. Strategiyaning maqsadi biznes subyektlariga nisbatan tartibga solish
yukining yuqoriligi va tarmoqni tartibga soluvchi organlarning o‘z sohasida raqobatni
rivojlantirishga manfaatdor emasligi, imtiyoz va preferensiyalar taqdim etishning
samarasizligi hamda raqobatga qarshi harakatlarga qarshi kurashishning huquqiy
mexanizmlari takomillashmaganligi kabi muammolarga yechim topishdan iborat.
Davlatimizning korxonalar va tadbirkorlar raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha
siyosati samarali faoliyat yuritadigan bozorlarni va sog‘lom raqobat muhitini
shakllantirish hisobiga iqtisodiy o‘sishni va innovatsiyalarni rag‘batlantirish,
investitsiyalar oqimini oshirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish hisoblanadi. Shuning
uchun ham korxonalarning raqobatbardoshligini oshirish mavzusi bugungi kunda
dolzarb ahamiyatga ega.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Qo‘yilgan masala bo‘yicha mavjud adabiyotlar tahlili ko‘plab tadqiqotlar olib

borilayotganligini va raqobatbardoshlik strategiyalari ko‘plab yetakchi olimlar
tomonidan tadqiq etilganligini kuzatishimiz mumkin. Jumladan, xizmatlar sohasining
raqobatbardoshlik strategiyalarini nazariy va uslubiy jihatlarini rivojlantirishga doir
fikr mulohazalarini chet elda shu sohada ilmiy izlanishlar olib borgan bir guruh olimlar
M.Porter [2], F.Kotler, A.Tompson, M.B.Shifrin, L.V.Shulgina,

М

.J.Talasov, A.Smit

va D.Rikardo, keyin esa F.Perru, A.Marshall, Dj.Keyns, V.Leontyev, Y.Shumpeter,
P.Sraffa, K.

Н

.

Арабчиков

[3], asarlarida bayon qilinganligini ko‘rishimiz mumkin.

Shuningdek, respublikamizning bir qator olimlari N.Q.Yo‘ldoshev [4],


background image

53

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON

WWW.INFOCOM.UZ

B.Kattakishiyev, I.Mamayusupov, U.G‘afurov va boshqalarning ishlarida ko‘rishimiz
mumkin. Yuqoridagi olimlarning tadqiqotlariga asosan shu narsa ma’lum bo‘ldiki,
yurtimizda xizmat

ko‘rsatish sohasida raqobatbardoshlikni oshirishda va

samaradorlikni oshirishda bir qator muammolar mavjud bo‘lib, ularni hal etishda
raqobatbardosh strategiyalarning o‘rni nihoyatda ahamiyatlidir.

METODOLOGIYA

Tadqiqotning vositaviy-uslubiy apparati tizimli yondashuv doirasida

tadqiqotning umumilmiy uslublari: mantiqiy va vaziyatli tahlil, so‘rovnoma, ekspert
baholash usullari, kuzatish, intervyu, guruhlash, taqqoslash kabi tahlil vositalarini
qo‘llashga asoslanadi. Raqobatbardosh ustunliklar va samaradorlikka ta’sir qiluvchi
omillarni chuqur o‘rganish uchun korxonalarda statistika va iqtisodiy tahlil usullari
yordamida raqobatbardosh ustunliklar bilan bog‘liq ma’lumotlarni yig‘ishdan iborat.
Bu, asosan, korxonalarning samaradorligini o‘lchashda yordam beradi. Ushbu vositalar
tadqiqot olib borishning turli bosqichlarida turli kombinatsiyalarda foydalaniladi,
yakuniy natijalar, xulosalar va takliflarni ilmiy asoslanganligini ta’minlashga imkon
beradi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Raqobatbardosh ustunliklarni yaratish jarayoni tibbiyot muassasalarining

samaradorligiga ta’sir ko‘rsatadigan muhim omillardan biri ekanligi tadqiqot
natijalarida ta’kidlangan. Bunda, korxonalarning ishlab chiqarish omillari bilan
ta’minlanganlik darajasi yuqori bo‘lsa, ular samaradorlikni oshirishda muvaffaqiyatga
erishishi mumkin [3]. Ishlab chiqarish omillari sifatida mehnat resurslari (mehnat
miqdori, sifati va narxi), tabiiy resurslar (yer, suv, foydali qazilmalar, energiya
manbalari, iqlim sharoiti va geografik joylashuv), intellektual resurslar (patentlar,
ixtirolar, bilimlar), kapital resurslari va infratuzilma (transport tizimi, aloqa tizimi,
sog‘liqni saqlash va ta’lim muassasalari, madaniyat va uy-joy muassasalari) kabilar
kiradi. Agar korxonalar yuqoridagi omillar bilan yaxshi ta’minlangan bo‘lsa, ularning
ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish samaradorligi sezilarli darajada ortadi.

Raqobatbardosh afzalliklarga ta’sir etuvchi yana bir muhim omil talab shartlari

hisoblanadi. Talabni o‘rganishda, uning tuzilishi, mijozlar talabi darajasi, vositachilik
talabi darajasi, talab miqdori, xaridorlar soni va talabning o‘sish surati kabi
ko‘rsatkichlar ham hisobga olinadi. Bu omillar talabning shakllanishi va o‘sishiga
ta’sir ko‘rsatadi, shuningdek, korxonalar uchun raqobatbardosh ustunliklar yaratishda
muhim rol o‘ynaydi.


background image

54

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON

WWW.INFOCOM.UZ

1-rasm. Maykl Porterning 5 kuch modeli

1-rasmda ko‘rsatilgan Porter tomonidan aniqlangan beshta raqobat kuchi

quyidagilarni o‘z ichiga oladi: yangi kiruvchilar tahdidi,

yetkazib beruvchilar qudrati,

mijozlar qudrati,

o‘rinbosar mahsulotlar tahdidi, raqobatbardoshlik darajasi. Ushbu

kuchlarga qarshi turish uchun, u strategik yondashuvlar sifatida xarajatlar bo‘yicha
yetakchilik, farqlash va fokuslanish strategiyalarini taklif etadi. Ushbu strategiyalar
biznesning o‘sishi va raqobatbardoshligini oshirish uchun zarur bo‘lib, ular aniq
yo‘nalishlar va strategik qarorlar yordamida amalga oshirilishi kerakligi ilmiy jihatdan
asoslab berildi. Porterning tahlillari shuni ko‘rsatadiki, biznesni strategiyasiz
boshqarish muvaffaqiyatsizlikka olib keladi, chunki raqobatbardosh ustunlikka
erishish va bozorda muvaffaqiyatga erishish uchun aniq reja va yo‘nalishlar zarur.
Raqobat strategiyalari - bu tashkilotning bozordagi raqobatchilarga nisbatan
muvaffaqiyatli raqobatlashish va raqobatbardosh ustunlikni qo‘lga kiritish uchun
ishlab chiqilgan kompleks rejalardir. Ushbu strategiyalar tashkilotning ichki kuchli
tomonlarini maksimal darajada rivojlantirish, uning maqsad va intilishlarini amalga
oshirishga yordam berish hamda raqobatchilarning kuchli tomonlarini
minimallashtirishga qaratilgan qarorlarni qabul qilishni o‘z ichiga oladi. Demak,
strategiya, tashkilot samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan va uning uzoq
muddatli maqsadlarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan, shu bilan birga, potensial
biznes natijalarini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan tizimli harakatlar rejasini ishlab
chiqish va amalga oshirishni ta’minlaydigan fundamental jarayondir. Porterning beshta
raqobat kuchi modelini qo‘llash, har bir davlat va xususiy tibbiyot muassasasining
raqobatbardoshlik strategiyasini ishlab chiqishda hamda mavjud muammolarga
samarali yechimlar topish jarayonida yordam beradi. Yuqori talab va mavjud tajribaga
qaramay, sog‘liqni saqlash tizimining raqobatbardoshligini oshirishda bir qator jiddiy

Ta'minotchilar

bilan kuchli

munosabatlar

Yangi kiruvchilar

tahdidi

O'rinbosar

mahsulotlar yoki

xizmatlar tahdidi

Mijozlar bilan

kuchli

munosabatlar

Raqobatning

hozirgi kuchi


background image

55

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON

WWW.INFOCOM.UZ

muammolar va to‘siqlarga duch kelinmoqda. Ushbu muammolar orasida innovatsion
texnologiyalarning yuqori xarajatlari, uzoq muddatli o‘zini oqlash muddati, tibbiyot
muassasalarining innovatsion rivojlanish darajasining pastligi, raqamli
texnologiyalarni chuqur biladigan mutaxassislarning yetishmasligi, bemor
ma’lumotlarining kiberxavfsizligini ta’minlash darajasining pastligi, shuningdek, o‘sib
borayotgan sog‘liqni saqlash ehtiyojlarini qondirishdagi qiyinchiliklar mavjudligi
sezilarli. Ushbu omillar sog‘liqni saqlash tizimining samaradorligini cheklab, tibbiyot
muassasalarining raqobatbardoshlik darajasini pasaytiradi, bu esa o‘z navbatida,
sohaning innovatsion rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi [5]. Shu sababli, ushbu
muammolarga qarshi kurashish va ularni bartaraf etish uchun aniq strategiyalar ishlab
chiqish zarurati yuzaga kelmoqda. Bundan tashqari, sog‘liqni saqlash muassasalarida
tashqi o‘zgarishlarga moslashuvchanlik va zamonaviy texnologiyalar, jumladan sun’iy
intellekt, katta ma’lumotlar, taqsimlangan registrlar va masofaviy telekommunikatsiya
xizmatlarini joriy etish darajasi ham cheklangan. Ushbu muammolarga samarali
yechimlar topish uchun, har bir tibbiyot muassasasi raqobatbardoshligini oshirishga
qaratilgan, puxta ishlab chiqilgan va tizimli strategiyalarni amalga oshirishi zarur. Bu,
o‘z navbatida, sog‘liqni saqlash tizimining samaradorligini oshirish va jahon bozorida
raqobatbardosh ustunlikka erishish imkonini beradi [6].

XULOSA

Korxonalarda raqobatbardoshlikni oshirishga qaratilgan strategiyalarni samarali

shakllantirish va boshqarish, shuningdek, raqobatbardosh ustunliklarni rivojlantirish,
bevosita samaradorlikka ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu uzoq muddatli va mas’uliyatli
rejalashtirish jarayonida bozordagi talab va taklifni chuqur tahlil qilish,
raqobatchilarning narx siyosatini va ustunlik jihatlarini sinchiklab o‘rganish zarur.
Bunday tahlillar asosida, korxona o‘zining strategik yo‘nalishlarini to‘g‘ri belgilab,
bozor sharoitlariga mos ravishda raqobatbardosh ustunliklarini yaratishi mumkin [7].
Maykl Porterniing “Besh kuch” modeli raqobatbardoshlikni boshqarishda samarali
tahlil vositasi sifatida xizmat qiladi. Ushbu model tibbiyot muassasalariga o‘zlarining
raqobatbardosh ustunliklarini yaratishda va tibbiyot bozoriga bo‘lgan yondashuvlarini
to‘g‘ri belgilashda muhim ahamiyatga ega. Porterning modelida har bir kuchning
samarali boshqarilishi korxona yoki muassasaning strategik muvaffaqiyatiga olib
keladi. Modelni tibbiyot sohasida qo‘llash, ayniqsa, raqobatbardoshlikni boshqarishda
quyidagi afzalliklarni taqdim etadi: Raqobatbardoshlikni tushunish va boshqarish
muhimdir, chunki Porterning modelida ko‘rsatilgan har bir raqobat kuchi korxonaning
strategik qarorlarga bevosita ta’sir qiladi. Tibbiyot muassasasining samaradorligini
oshirish uchun bozorga kirib kelayotgan yangi raqobatchilar, mavjud raqobatchilarning
faoliyati, ta’minotchilarning kuchi va bemorlarning talablarini samarali boshqarish
zarurdir. Agar raqobat kuchayib ketsa, muassasa o‘z xizmatlarini yaxshilashga majbur


background image

56

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON

WWW.INFOCOM.UZ

bo‘ladi, chunki bu o‘zgarishlar raqobatbardoshlikni saqlab qolish uchun zarur bo‘ladi
[8]. Doimiy ravishda monitoring olib borish, bozor sharoitlariga moslashuvchanlik,
shuningdek, risklarni boshqarish orqali muassasa o‘z strategik resurslarini
optimallashtirib, bozor talablariga javob bera oladi va o‘zining raqobatbardosh
pozitsiyasini mustahkamlaydi. Bu jarayon, o‘z navbatida, korxonaning uzoq muddatli
muvaffaqiyatiga erishishning asosiy omili hisoblanadi. Strategik qarorlar qabul
qilishda ushbu model tibbiyot muassasasiga bozorni tahlil qilish va strategik qarorlar
qabul qilishda yordam beradi. Masalan, raqobatchilarning raqobat kuchi muassasani
yuqori sifatli xizmatlar taqdim etishga majbur qiladi, yangi raqobatchilarning kirish
xavfi esa samarali boshqaruv va innovatsiyalarni joriy etish zaruratini yaratadi [9].
Ta’minotchilarning kuchi esa tibbiyot muassasasining uskunalar va dori-darmonlar
yetkazib beruvchilari bilan hamkorligini yaxshilashni talab qiladi. Bu kabi tahlillar,
muassasaga raqobatbardosh strategiyalar ishlab chiqish va ular orqali samaradorlikka
erishish imkonini beradi. Undan tashqari bemorlarning talablariga moslashish va
risklarni minimizatsiya qilish ham muhim tadbirlardandir. Umuman olganda, har bir
korxona mijozlarni qondirish, raqobatchilardan ustun bo‘lish, bozordagi imidjini
oshirish va o‘zgaruvchan bozor sharoitlariga moslashish uchun raqobat strategiyasini
amalga oshiradi. Bu oxir-oqibatda ish faoliyatini yaxshilashga va raqobatdosh
ustunlikka erishishga olib keladi [10].

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

O‘

zbekiston Respublikasi Prezidentining

06.07.2020 yildagi

“Raqobat

muhitini yanada rivojlantirish va iqtisodiyotdagi davlat ishtirokini qisqartirish bo‘yicha
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PF-6019-sonli farmoni.

2.

Майкл Портер. Международная конкуренция. Конкурентные

преимущества стран. Пер. с англ.

М.: Издательскии дом «Интеллектуальная

литература», 2021.

3.

Арабчиков К.Н. Формирование конкурентоспособности предприятий

частной системы здравоохранения [Текст]: автореф. дис. канд. экон. наук:

08.00.05 / К. Н. Арабчиков.

-

М., 2011.

-

26 с.

4.

Yo‘ldoshev N.Q. (2019). Strategik menejment. Darslik. – T.: Iqtisodiyot, 122

b.

5.

Abduraxmanova Sh.R., (2023). Tibbiyot muassasalarida raqobatbardoshlikni

boshqarishni takomillashtirish.

Ижтимоий

-

гуманитар

фанларнинг

долзарб

муаммолари. №9(3)

-2023. ISSN:2181-1342 https://scienceproblems.uz.

6.

Abduraxmanova Sh.R., (2023). Strategies for increasing of the textile

industry in Uzbekistan. International journal of theoretical and practical research

Scientific Journal. № 3.

https://doi.org/10.5281/zenodo.7821356.


background image

57

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON

WWW.INFOCOM.UZ

7.

Abduraxmanova Sh.R., (2024). Strategic enhancements for managing

competitiveness in medical enterprises. European Journal of Economics, Finance and
Business Development ISSN (E): 2938-3633 Volume 2, Issue 5, May – 2024.
https://europeanscience.org/index.php/2/article/view/624.

8.

Abdurakhmanova

Sh.R., (2024). Innovations in competitiveness

management: medical institutions perspective. International Conference on
Developments in Education Hosted from Bursa, Turkey https: econferencezone.org
May 20th 2024.

9.

Ilimdorjon Jakhongirov, Nasir Mahmudov, Shokhida Abdurakhmanova,

Dilnoza Ruzikulova and Sherzod Dexkanov (2024). Analyzing influential factors on
healthcare expenditures. E3S Web Conf. Volume 538, XVI International Scientific-
Practical Conference “Actual Problems of Improving Farming Productivity and
Agroecology” (IPFA 2024), https://doi.org/10.1051/e3sconf/202453802016.

10.

Ilimdorjon Jakhongirov, Akmal Khudaykulov,

Shokhida

Abdurakhmanova and Dilnoza Ruzikulova (2024). An empirical examination of
multifactor linkages for the modeling and forecasting of health care management
operations. E3S Web Conf. Volume 538, XVI International Scientific-Practical
Conference “Actual Problems of Improving Farming Productivity and Agroecology”
(IPFA 2024), https://doi.org/10.1051/e3sconf/202453802030.

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 06.07.2020 yildagi “Raqobat muhitini yanada rivojlantirish va iqtisodiyotdagi davlat ishtirokini qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PF-6019-sonli farmoni.

Майкл Портер. Международная конкуренция. Конкурентные преимущества стран. Пер. с англ. – М.: Издательскии дом «Интеллектуальная литература», 2021.

Арабчиков К.Н. Формирование конкурентоспособности предприятий частной системы здравоохранения [Текст]: автореф. дис. канд. экон. наук: 08.00.05 / К. Н. Арабчиков. - М., 2011. - 26 с.

Yo‘ldoshev N.Q. (2019). Strategik menejment. Darslik. – T.: Iqtisodiyot, 122 b.

Abduraxmanova Sh.R., (2023). Tibbiyot muassasalarida raqobatbardoshlikni boshqarishni takomillashtirish. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари. №9(3)-2023. ISSN:2181-1342 https://scienceproblems.uz.

Abduraxmanova Sh.R., (2023). Strategies for increasing of the textile industry in Uzbekistan. International journal of theoretical and practical research Scientific Journal. № 3. https://doi.org/10.5281/zenodo.7821356.

Abduraxmanova Sh.R., (2024). Strategic enhancements for managing competitiveness in medical enterprises. European Journal of Economics, Finance and Business Development ISSN (E): 2938-3633 Volume 2, Issue 5, May – 2024. https://europeanscience.org/index.php/2/article/view/624.

Abdurakhmanova Sh.R., (2024). Innovations in competitiveness management: medical institutions perspective. International Conference on Developments in Education Hosted from Bursa, Turkey https: econferencezone.org May 20th 2024.

Ilimdorjon Jakhongirov, Nasir Mahmudov, Shokhida Abdurakhmanova, Dilnoza Ruzikulova and Sherzod Dexkanov (2024). Analyzing influential factors on healthcare expenditures. E3S Web Conf. Volume 538, XVI International Scientific-Practical Conference “Actual Problems of Improving Farming Productivity and Agroecology” (IPFA 2024), https://doi.org/10.1051/e3sconf/202453802016.

Ilimdorjon Jakhongirov, Akmal Khudaykulov, Shokhida Abdurakhmanova and Dilnoza Ruzikulova (2024). An empirical examination of multifactor linkages for the modeling and forecasting of health care management operations. E3S Web Conf. Volume 538, XVI International Scientific-Practical Conference “Actual Problems of Improving Farming Productivity and Agroecology” (IPFA 2024), https://doi.org/10.1051/e3sconf/202453802030.