BANKLARNI MOLIYAVIY SALOHIYATINI OSHIRISHDA INNOVATSION BOSHQARUV YO‘LLARI

Аннотация

Banklarning moliyaviy salohiyatini oshirish iqtisodiyotning dolzarb muammolaridan biridir. Ushbu jarayonda innovatsion boshqaruv usullarini joriy etish katta ahamiyat kasb etadi. Mazkur ishda bank faoliyatini raqamlashtirish, moliyaviy texnologiyalarni rivojlantirish va zamonaviy boshqaruv uslublarini qo‘llash orqali moliyaviy salohiyatni oshirish to‘g‘risida so‘z yuritilgan.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
199-205
0

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Вахобов S. (2025). BANKLARNI MOLIYAVIY SALOHIYATINI OSHIRISHDA INNOVATSION BOSHQARUV YO‘LLARI. Цифровая экономика, 9(9), 199–205. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/digital-economy/article/view/114269
Шахжахан Вахобов, "INTERNATIONAL SCHOOL OF FINANCE TECHNOLOGY AND SCIENCE" Institute
Преподаватель кафедры «Менеджмент»
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Banklarning moliyaviy salohiyatini oshirish iqtisodiyotning dolzarb muammolaridan biridir. Ushbu jarayonda innovatsion boshqaruv usullarini joriy etish katta ahamiyat kasb etadi. Mazkur ishda bank faoliyatini raqamlashtirish, moliyaviy texnologiyalarni rivojlantirish va zamonaviy boshqaruv uslublarini qo‘llash orqali moliyaviy salohiyatni oshirish to‘g‘risida so‘z yuritilgan.


background image

199

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON

WWW.INFOCOM.UZ

BANKLARNI MOLIYAVIY SALOHIYATINI OSHIRISHDA INNOVATSION

BOSHQARUV YO‘LLARI

Vaxobov Shohjahon Valiyevich

“INTERNATIONAL SCHOOL OF FINANCE TECHNOLOGY ANDSCIENCE”

Instituti “Menejment” kafedrasi o‘qituvchisi

vaxobov7057@gmail.com

Annotatsiya:

Banklarning moliyaviy salohiyatini oshirish iqtisodiyotning

dolzarb muammolaridan biridir. Ushbu jarayonda innovatsion boshqaruv usullarini
joriy etish katta ahamiyat kasb etadi. Mazkur ishda bank faoliyatini raqamlashtirish,
moliyaviy texnologiyalarni rivojlantirish va zamonaviy boshqaruv uslublarini qo‘llash
orqali moliyaviy salohiyatni oshirish to‘g‘risida so‘z yuritilgan.

Kalit so‘zlar: bank , moliyaviy salohiyat, kapital, ishbilarmonlik muhiti, biznes

muhiti, minoritar aksiyador, investor, investitsiya, korporativ boshqaruv, korporativ
tuzilma, ta’minot zanjiri, kiberxavfsizlik.

ИННОВАЦИОННЫЕ ПУТИ УПРАВЛЕНИЯ В ПОВЫШЕНИИ

ФИНАНСОВОГО ПОТЕНЦИАЛА БАНКОВ

Вахобов Шахжахан Валиевич

Преподаватель кафедры «Менеджмент» института «INTERNATIONAL

SCHOOL OF FINANCE TECHNOLOGY AND SCIENCE»

vaxobov7057@gmail.com

Аннотация:

Повышение финансового потенциала банков является одной

из актуальных проблем экономики. В этом процессе большое значение имеет

внедрение инновационных методов управления. В данной работе говорится о

цифровизации банковской деятельности, развитии финансовых технологий,

повышении финансового потенциала за счет использования современных

методов управления.

Ключевые слова:

банк, финансовый потенциал, капитал, бизнес-среда,

бизнес-среда, миноритарный акционер, инвестор, инвестиции, корпоративное

управление, корпоративная структура, цепочка поставок, кибербезопасность.

INNOVATIVE MANAGEMENT APPROACHES TO INCREASING THE

FINANCIAL CAPACITY OF BANKS


background image

200

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Vakhobov Shohjahon Valiyevich

Teacher at the "Management" department of the "INTERNATIONAL SCHOOL OF

FINANCE TECHNOLOGY AND SCIENCE" Institute

vaxobov7057@gmail.com

Abstract:

Increasing the financial potential of banks is one of the pressing

problems of the economy. In this process, the introduction of innovative management
methods is of great importance. This paper discusses the digitalization of banking
activities, the development of financial technologies, and increasing financial potential
through the use of modern management methods.

Key words: bank, financial potential, capital, business environment, business

environment, minority shareholder, investor, investment, corporate governance,
corporate structure, supply chain, cyber security.

KIRISH

Mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotida bank sektori moliyaviy salohiyatini

oshirish masalasi ahamiyatlidir. Ayniqsa, O‘zbekiston kabi rivojlanayotgan davlatlar
uchun bank sektori salohiyatini mustahkamlash muhim o‘rin tutadi. Mazkur maqolada
banklarning moliyaviy salohiyatini oshirish yo‘llari, ularning istiqbollari va
muammolariga nazar tashlanadi.

Hozirda bank tizimini rivojlantirishda banklarning texnik va texnologik

rivojlanganligi alohida ahamiyat kasb etadi. Bu jarayonda zamonaviy innovatsion

xizmatlar ko‘rsatishni qatʼiy yo‘lga qo‘yish, bank majburiyatini kafolatlash orqali unga

aholi omonatlarini keng jalb etish tizim oldida turgan asosiy vazifalardan biridir.

Banklarning moliyaviy salohiyati deganda, ularning qarz olish va berish

qobiliyati, aktivlarni boshqarish, kapitalga ega bo‘lish darajasi, likvidlik, va risklarni
boshqarish qobiliyati tushuniladi. Bankning moliyaviy barqarorligi, uning kapital
tuzilishi va biznes modellari moliyaviy salohiyatni aniqlovchi asosiy omillardir.
O‘zbekiston bank sektori uchun moliyaviy salohiyatni oshirish mamlakatdagi iqtisodiy
islohotlar va global moliya bozori bilan integratsiya jarayonlarining ajralmas qismi
hisoblanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Banklarning moliyaviy barqarorligini ta’minlashda bank boshqaruvida

innovatsion yondashishning nazariy va amaliy masalalari xorijlik iqtisodchi-olimlar -
A.Simanovskiy, A.Vikulin, V.Usoskin, D.Polfreman, G.Tosunyan, F.Ford,
G.Beloglazova, J.Sinki, O.Lavrushin, J.Matuk, D.Maknoton, K.Barltrop, G.Panova,
E.Dolanlar ning ilmiy ishlarida o‘rganilgan. Mamlakatimizning iqtisodchi olimlari -


background image

201

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON

WWW.INFOCOM.UZ

A.Vaxabov, Sh.Abdullayeva, O.Iminov, N.Jumayev, T.Doraliyev, S.Norkobilov,
U.Ortitov, D.Saidovlarning ilmiy izlanishlarida tijorat banklari faoliyatini
rivojlantirish masalasining nazariy va amaliy jihatlari tadqiq qilganlar.

Shuningdek, banklarning moliyaviy xizmatlari bo‘yicha yurtimiz iqtsodchi

olimlarining nazariy yondashuvlariga eʼtibor qaratsak, O.F. Aliqoriyev: “Bank

xizmati-mijozlarga taqdim etiladigan bank operatsiyalarining optimal bajarilishiga

ko‘maklashuvchi bank faoliyatining ko‘rinishi”, deb taʼkidlaydi [1]. Xorijiy iqtisodchi

olimlardan A.N.Azriliyan “Moliyaviy xizmatlarni jismoniy va yuridik shaxslarning pul

mablag‘larini jalb qilish va foydalanish bilan bog‘liq faoliyat” deb taʼriflaydi [3]. Yana

bir iqtisodchi olima Ye.B.Shirinskaya “banklarning maslahat xizmatlarini balansdan
tashqari amaliyotlarga qo‘shadi, chunki ularni taqdim etish aktiv va passivlarning
o‘sishiga olib kelmaydi, to‘lov esa komission mukofot pulidan iborat bo‘ladi”, deb

taʼriflaydi [3]. Amerikalik olim P.S.Rouz bank xizmatlariga pul zaxiralarini

boshqarish

, isteʼmol krediti, naqd pul oqimlarini boshqarish, lizing, pensiya rejalarini

sotish kabi bank faoliyati turlarini kiritgan [2].

Mazkur iqtisodchi olimlarning nazariy qarashlarini tahlil qilishda moliyaviy

xizmatlar mijozlarning foydasini, ehtiyojlarini qondirish maqsadida va shu bilan birga,

bank foydasini oshirishga yo‘naltirilgan xizmat sifatida taʼriflanadi. Ushbu taʼriflarni

umumlashtirgan holda moliyaviy xizmatlar - mijozlarning manfatlarini va bankning
daromadini innovatsion tarzda amalga oshirish mexanizmidir deyishimiz mumkin.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, birgina moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish
davlatimiz iqtisodiyotining rivojlanishiga amaliy yordam ekanligi yaqqol namoyon
bo‘ldi. Yuqorida keltirib o‘tganimizdek bir omilning ikkinchi omilga uzviy bog‘liqligi,

yaʼni gepotizasi shakllantirildi. Tijorat banklarining moliyaviy xizmatlarning

ko‘lamini kengaytirish asosida aktiv va passiv operatsiyalarini boshqarish imkoniga
ega bo‘lamiz, bu banklar daromadining oshishiga, likvidlilik darajasiga va

barqarorligiga ijobiy taʼsir ko‘rsatadi. Moliyaviy xizmat turlari ommabopligini

taʼminlash asosida ushbu natijalarga erishish imkoniga ega bo‘lamiz.

METODOLOGIYA

Tadqiqot jarayonida banklarning moliyaviy salohiyatini oshirishda va

raqobatbardoshligini boshqarish tahlili oʼrganish va ilmiy tadqiq qilish, nazariy

jihatlari ochib berilgan. Banklar boshqaruvida innovatsiyalarni joriy qilish afzalliklari
va kamchiliklari ko’rib chiqilgan.

Mavzuni ilmiy o‘rganish, statik tahlillar, mantiqiylik,

tahlil va tadqiq etish jarayonida turli xil adabiyotlar va maqolalar tahlilidan
foydalanilgan.

Bank

tizimining

moliyaviy

faoliyatini

raqobatbardoshligini

ta’minlovchi rivojlangan mamlakatlar tajribasi va uning amaliy ahamiyati bo‘yicha
ilmiy tadqiqotlar o’rganildi. Maqolani shakllantirish jarayonida ilmiy-nazariy
usullardan foydalanilgan.


background image

202

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON

WWW.INFOCOM.UZ

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Banklar iqtisodiyotda asosiy moliyaviy institutlar sifatida xizmat qilib,

moliyaviy salohiyatlari orqali iqtisodiy barqarorlikni ta’minlaydi. Banklarning
moliyaviy salohiyatini oshirish — bu bank resurslarini samarali boshqarish, kapital
bazasini mustahkamlash, likvidlikni ta’minlash va tavakkalchiliklarni boshqarishni o‘z
ichiga oluvchi jarayondir. Mazkur maqolada banklarning moliyaviy salohiyatini
oshirishning asosiy omillari va yo‘nalishlari muhokama qilinadi.

Banklarning moliyaviy salohiyatini oshirishdagi asosiy yo‘nalishlari

quyidagilardan iborat:

Kapitalni ko‘paytirish va bozorga kirish imkoniyatlarini kengaytirish.

Banklarning moliyaviy salohiyatini oshirishning birinchi muhim yo‘nalishi bu
kapitalni ko‘paytirishdir. Xususiy va davlat banklari kapital bazasini mustahkamlash
orqali o‘z moliyaviy resurslarini ko‘paytira oladilar. Kapitalni oshirish yo‘llaridan biri
– xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlik qilish, ulardan kredit olish yoki
investitsiyalar jalb qilishdir. Buning natijasida banklar xalqaro moliya bozorlariga
kirish imkoniyatlarini kengaytiradi va raqobatbardoshlik darajasini oshiradi. Kapital
yetarliligi bankning uzoq muddatli barqarorligini ta’minlash uchun muhimdir. Kapital
bazasini oshirishning yo‘llari: bank aktivlarini samarali boshqarish, qayta
kapitallashtirish, ichki zaxiralarni to‘ldirishlar hisoblanadi [4].

Likvidlikni boshqarish. Banklarda likvidlik aktivlarni tezkor pulga aylantirish

imkoniyatidir. Likvidlik yetmaganda banklarning majburiyatlarini bajara olmasligi
likvidlik inqirozini keltirib chiqarishi mumkin. Likvidlikni oshirishning asosiy
yo‘nalishlari: aktiv va passivlarni muvofiqlashtirish, talab qilingan aktivlarni
ko‘paytirish, tashqi moliyalashtirish manbalaridan samarali foydalanish. Markaziy
bank rolini yoritib berish: banklar uchun likvidlik zaxiralarini ta’minlashdir.

Texnologik innovatsiyalarni joriy etish. Texnologik taraqqiyot bank sektori

uchun katta imkoniyatlarni yaratib beradi. Masalan, fintex platformalarining
rivojlanishi bank xizmatlarini tez va osonlashtirishga imkon beradi. O‘zbekistonda
internet banking, mobil banking, blokcheyn texnologiyalari kabi innovatsion
yechimlarni joriy etish orqali banklar xizmatlar sifatini yaxshilab, mijozlarga ko‘proq
qulaylik yaratishlari mumkin. Bank xizmatlarining raqamlilashtirilishi banklarning
samaradorligini oshiradi, operatsiyalar tezligini oshiradi va ekspluatatsiya xarajatlarini
kamaytiradi.

Kredit portfelini diversifikatsiya qilish. Banklar uchun kredit portfelini

diversifikatsiya qilish orqali tavakkalchiliklarni kamaytirish muhim ahamiyatga ega.
Sanoatlar, hududlar va mijozlar guruhlari bo‘yicha kreditlarning taqsimlanishi
banklarning moliyaviy barqarorligiga qanday ta’sir qiladi. Mikroqarzlar va kichik
biznesni moliyalashtirish orqali banklarning moliyaviy bazasini kengaytirish mumkin.


background image

203

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Xalqaro moliyalashtirish manbalaridan foydalanish. Xalqaro moliyalashtirish

institutlari (Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi) va ularning banklarni
moliyalashtirish imkoniyatlari. Yevroobligatsiyalar chiqarish va xalqaro bozorlarda
kapital jalb qilish yo‘llari. Xalqaro moliyaviy integratsiyaning bank moliyaviy
salohiyatini oshirishga ta’sir ko‘rsatadi.

Risklarni boshqarish tizimini takomillashtirish. Bank sektoridagi eng katta

xavflardan biri moliyaviy risklarni boshqarish masalasidir. Moliyaviy krizislar
natijasida banklar faoliyatiga jiddiy zarar yetishi mumkin. Shu bois, banklarning
moliyaviy salohiyatini oshirishda xavflarni samarali boshqarish muhim ahamiyatga
ega. Xavflarni boshqarishning mukammal tizimini joriy qilish, to‘g‘ri prognoz va tahlil
ishlarini olib borish banklarning moliyaviy barqarorligini ta’minlaydi.

Bank tavakkalchiliklarini boshqarishda zamonaviy modellarning qo‘llanilishi

(Value at Risk (VaR), Expected Shortfall). Tavakkalchiliklarni baholash va nazorat
qilish mexanizmlarining yaxshilanishi bank faoliyatini barqarorlashtiradi va moliyaviy
salohiyatni oshiradi. Bankning moliyaviy xavfsizligini ta’minlashda auditorlik va
nazorat tizimlarining rolini mustahkamlab boradi.

Raqamli transformatsiya va innovatsiyalarni joriy etish. Raqamli

transformatsiya bank salohiyatini oshirishning muhim yo‘nalishi. Texnologik
innovatsiyalar bankning ish samaradorligini oshiradi va xarajatlarni qisqartiradi. Fintex
texnologiyalari: mobil va internet-banking xizmatlari orqali mijozlarni ko‘paytirish va
xizmat sifatini oshirish. Blokcheyn, sun’iy intellekt va katta ma’lumotlar (Big Data)
texnologiyalarini joriy etish orqali banklarning moliyaviy ko‘rsatkichlarini
yaxshilashdan iboratdir [5].

Bank boshqaruvining samaradorligini oshirish. Banklarda boshqaruv tizimining

samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruvning yaxshilanishi moliyaviy
barqarorlikni ta’minlaydi. Boshqaruv strukturasining shinamligi va direktorlar
kengashining samarali ishlashi. Xodimlarning malakasini oshirish va inson resurslarini
samarali boshqarish bank moliyaviy salohiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi [6].

Mijozlar bilan ishlash va ularni jalb qilish strategiyalari. Mijozlar bilan uzoq

muddatli munosabatlarni saqlash va yangi mijozlarni jalb qilish orqali bankning
moliyaviy salohiyatini mustahkamlash. Xizmatlar spektrini kengaytirish va
mijozlarning talablariga mos yangi mahsulotlar yaratish. Raqobatbardosh xizmatlarni
taklif qilish va mijozlarning ehtiyojlarini qondirish banklarning asosiy vazifasi
hisoblanadi.

Jamg‘arma va sarmoyalarning diversifikatsiyasi. Banklar uchun mablag‘larni

jalb qilishning yangi yo‘nalishlari: investitsiya fondlari, sug‘urta kompaniyalari va
pensiya fondlari bilan hamkorlik. Xorijiy sarmoyalarni jalb qilish orqali bank
resurslarini oshirish. Risk va dividendlar o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash uchun
aktivlar diversifikatsiyasi asosiy vositadir.


background image

204

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Qonunchilik bazasini mustahkamlash. Banklar faoliyatini tartibga solish va

qonunchilik bazasini takomillashtirish orqali moliyaviy salohiyatni oshirish mumkin.
O‘zbekistonda bank sektoridagi islohotlarning barqaror bo‘lishi uchun moliyaviy
qonunlar va me’yoriy hujjatlarni modernizatsiya qilish, ularni xalqaro standartlarga
muvofiqlashtirish zarur. Bunda xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish,
ularning tavsiyalariga amal qilish muhim hisoblanadi.

Hozirgi kunda banklar moliyaviy salohiyatini oshirishda bir nechta

muammolarni mavjuddir. Ularni quyida keltirib o‘tamiz.

Kichik banklar uchun kapital yetishmovchiligi. Kichik va o‘rta banklar uchun

kapital yetishmovchiligi moliyaviy salohiyatni oshirishdagi asosiy muammolardan
biridir. Ularning kapital bazasi kam, likvidlik past bo‘lib, bu banklarning
imkoniyatlarini cheklaydi. Bunday vaziyatda banklar qo‘shilish va sotib olish
jarayonlari orqali yoki davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash orqali kapitalni
oshirishlari kerak [7].

Bank xizmatlarining past darajada raqamlilashuvi. Bugungi kunda bank

xizmatlarining raqamli platformalar orqali taqdim etilishi barqaror va tezkor
faoliyatning asosiy talabi bo‘lib qolmoqda. Biroq, ayrim banklar ushbu jarayonda ortda
qolmoqda, bu esa ularning moliyaviy salohiyatini pasaytiradi. Shu bois, raqamli
bankingni rivojlantirish va joriy etishga katta e’tibor qaratish zarur.

Qarz portfelidagi muammoli aktivlar. O‘zbekiston banklarining qarz portfelidagi

muammoli aktivlar moliyaviy salohiyatni oshirishda jiddiy to‘siq bo‘lib qolmoqda. Har
qanday bank uchun muammoli aktivlar likvidlikning kamayishiga olib keladi va
kreditlash faoliyatini sekinlashtiradi. Shu bois, muammoli aktivlarni tizimli tahlil
qilish, ularni kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish lozim.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Banklarning moliyaviy salohiyatini oshirishning istiqbollari. Bank sektori

rivojlanishi O‘zbekiston iqtisodiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Yangi islohotlar
va strategiyalar banklarning moliyaviy salohiyatini oshirish uchun keng imkoniyatlar
yaratadi. Bunda, xususan, xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlik qilish,
investitsiyalarni jalb etish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish orqali banklar
raqobatbardoshlik darajasini oshiradi.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, banklarning moliyaviy salohiyatini oshirish

iqtisodiy barqarorlik va mijozlar ishonchini oshirish uchun muhim omildir. Bu
maqsadga erishish uchun kapital bazasini mustahkamlash, likvidlikni samarali
boshqarish, tavakkalchiliklarni boshqarish tizimini joriy qilish va raqamli
transformatsiyadan foydalanish zarur. Shuningdek, mijozlar bilan munosabatlarni
yaxshilash, xalqaro moliyalashtirish manbalarini qo‘llash va yangi moliyaviy
mahsulotlar yaratish ham banklarning moliyaviy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.


background image

205

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Banklarning moliyaviy salohiyatini oshirish masalasi mamlakat iqtisodiy

barqarorligini ta’minlashda asosiy o‘rin tutadi. Kapitalni oshirish, innovatsiyalarni
joriy qilish, xavflarni boshqarish va qonunchilik bazasini mustahkamlash kabi
yo‘nalishlar orqali banklar o‘z salohiyatini oshira oladilar. Shu bilan birga,
muammolarni hal qilish va bank xizmatlarini raqamlilashtirish jarayonlarini
tezlashtirish orqali O‘zbekiston bank sektori yanada rivojlanib, global moliya bozorida
o‘z o‘rnini mustahkamlashi mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1. Aliqoriyev O. Tijorat banklarida xizmat turlarini rivojlantirish yo‘llari. T.

2012. - 192 b.

2. Rouz P.S. Bankovskiy menejment. - M.: Delo, 1997. – S. 5-6.
3. Azrilyan A.N. Bolshoy ekonomicheskiy slovar. M.: Institut novoy ekonomiki,

2002.- S.588. Shirinskaya YE.B. Operatsii kommercheskix bankov. – M.: Finansi i
statistika, 1995, S. 16-17.

4. G.Dremina. Instrumenti povisheniya effektivnosti bankovskix uslug v

usloviyax finansovoy nestabilnosti. Vest. 2010.

№3

. S. 160-164.

5. Karimov, A., “O‘zbekiston bank tizimida raqamli texnologiyalarni joriy etish

imkoniyatlari”,

Moliya jurnali, 2019, №3, 45

-58 betlar.

6. Zaynutdinov Sh.N., Raximova D.N. Korporativ boshqaruv asoslari. – T.:

Akademiya, 2007. – 48 b.

7. Sabirov, X., “O‘zbekiston bank tizimida investitsiyalarni jalb qilishning

istiqbollari”, Iqtisodiy tadqiqotlar markazi nashriyoti, 2021.

8.

Аlekseev, V.,

“Bank sohasidagi raqamli texnologiyalarning ahamiyati va

kelajagi”, Ekonomika i finansi

, 2020, №7, 15

-27 betlar.

Библиографические ссылки

Aliqoriyev O. Tijorat banklarida xizmat turlarini rivojlantirish yo‘llari. T. 2012. - 192 b.

Rouz P.S. Bankovskiy menejment. - M.: Delo, 1997. – S. 5-6.

Azrilyan A.N. Bolshoy ekonomicheskiy slovar.M.: Institut novoy ekonomiki, 2002.- S.588. Shirinskaya YE.B. Operatsii kommercheskix bankov. – M.: Finansi i statistika, 1995, S. 16-17.

G.Dremina. Instrumenti povisheniya effektivnosti bankovskix uslug v usloviyax finansovoy nestabilnosti. Vest. 2010. №3. S. 160-164.

Karimov, A., “O‘zbekiston bank tizimida raqamli texnologiyalarni joriy etish imkoniyatlari”, Moliya jurnali, 2019, №3, 45-58 betlar.

Zaynutdinov Sh.N., Raximova D.N. Korporativ boshqaruv asoslari. – T.: Akademiya, 2007. – 48 b.

Sabirov, X., “O‘zbekiston bank tizimida investitsiyalarni jalb qilishning istiqbollari”, Iqtisodiy tadqiqotlar markazi nashriyoti, 2021.

Аlekseev, V., “Bank sohasidagi raqamli texnologiyalarning ahamiyati va kelajagi”, Ekonomika i finansi, 2020, №7, 15-27 betlar.