336
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON
WWW.INFOCOM.UZ
MEHNAT BOZORIDA AHOLINI ISH BILAN TA’MINLASHNING
SAMARALI MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Odilova Feruza Odilovna
Jizzax politexnika instituti tadqiqotchisi
fodilova878@gmail.com
Annotatsiya:
Mehnat bozorida aholi ish bilan bandligini ta’minlash va
ishsizlikni kamaytirish murakkab ijtimoiy-
iqtisodiy hodisa sifatida koʻp tomonlama
tadqiqotni talab qiladigan jarayon hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan ushbu maqolada
aholi ish bilan bandligini oshirishning samarali ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmi
elementlari va vositalari tadqiq etilgan.
Kalit soʻzlar
:
mehnat bozori, iqtisodiy faol aholi, ijtimoiy, iqtisodiy, mexanizm,
ishsizlik, ish bilan bandlik, ishchi kuchiga talab, ishchi kuchi taklifi,
ish oʻrinlari.
ОБЕСПЕЧЕНИЕ ЗАНЯТОСТИ НАСЕЛЕНИЯ НА РЫНКЕ ТРУДА
СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ЭФФЕКТИВНЫХ МЕХАНИЗМОВ
Адилова Феруза Адиловна
Исследователь Джизакского политехнического института
fodilova878@gmail.com
Аннотация:
Обеспечение занятости населения на рынке труда и снижение
безработицы как сложное социально
-
экономическое явление
-
процесс,
требующий многостороннего исследования. В связи с этим в данной статье
исследованы элементы и средства эффективного социально
-
экономического
механизма повышения занятости населения.
Ключевые слова:
рынок труда, экономически активное население,
социальный, экономический, механизм, безработица, занятость, спрос на
рабочую силу, предложение рабочей силы, рабочие места.
EMPLOYMENT OF THE POPULATION IN THE LABOR MARKET
IMPROVE EFFECTIVE MECHANISMS
Odilova Feruza Odilovna
Researcher at Jizzakh polytechnic institute
fodilova878@gmail.com
337
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON
WWW.INFOCOM.UZ
Abstract:
In the labor market, the employment of the population and the
reduction of unemployment is a process that requires a multilateral study as a complex
socio-economic phenomenon. In this regard, this article explores the elements and tools
of an effective socio-economic mechanism for increasing the employment of the
population.
Keywords
:
labor market, economically active population, social, economic,
mechanism, unemployment, employment, labor demand, labor supply, jobs.
KIRISH
Yangi Oʻzbekiston Strategiyasida kambagʻallikni qisqartirish, aholining
turmuush darajasini oshirish va mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng
muhim ustuvorligi sifatida belgilangan boʻlib, unda kambagʻallikni qisqartirishning
toʻgʻri va eng samarali usuli iqtisod
iyotda band aholi sonini oshirish va tadbirkorlik
uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat.
Ayniqsa bu borada 2024-yil 23-
sentyabrdagi “Kambagʻallikni qisqartirish va
aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib
c
hiqish toʻgʻrisida”gi PF
-143 sonli Farmoni alohida ahamiyat kasb etadi. Farmonga
koʻra, 2024
-yilning qolgan davrida 500 ming, 2025-yilda 1 million nafar aholini
kambagʻallikdan chiqarish davlat ijtimoiy
-iqtisodiy siyosatining hamda barcha
darajadagi davlat organlari va tashkilotlarining birinchi darajali vazifasi etib
belgilangan. Mehnatga layoqatli aholini ish bilan ta’minlash va ishsizlikni kamaytirish
murakkab ijtimoiy-
iqtisodiy hodisa sifatida koʻp tomonlama tadqiqotni talab qiladigan
jarayon hisoblanadi. Uni tadqiq etish ish bilan ta’minlashning umumiy qonuniyatlari,
tamoyillari va konsepsiyalarini hisobga olib, tadbirkorlikda mehnat munosabatlarini
takomillashtirish borasidagi tadqiqotlarning dolzarbligini yanada oshiradi.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Bu bora
da olimlarning nazariy qarashlarini oʻrganish lozim, zero mazkur
qarashlarda bevosita mehnat bozorini samarali rivojlantirish asosida aholini ish bilan
bandligini oshirish masalalari tadqiq qilingan.
Akademik Abduraxmonov Q.X. tomonidan ish bilan bandlikning ijtimoiy-
iqtisodiy mohiyati, turlari, tamoyillari, uning samaradorligi kabi jihatlari tadqiq etilgan.
Shuningdek, mehnat bozori munosabatlari tizimiga maxsus organlarining qoʻshilishi
ular oʻrtasida ziddiyatlar boʻlmasligini ta’minlash, turli
-tuman iqtisodiy vositalar va
usullar, huquqiy normalar yordamida ish bilan bandlik jarayonlari va siyosatini tashkil
etish hamda tartibga solishni ta’minlash zarurati asoslab berilgan [2].
Olimlarning koʻrsatishicha mehnat bozori shakllanishi va rivojlanish
i, uning
turlari va shakllari, ishlash mexanizmi, mehnat bozori modellari hamda ishsizlikni
kamaytirish yoʻllari va ish bilan bandlikni tartibga solish mexanizmlari alohida oʻrin
338
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON
WWW.INFOCOM.UZ
egallaydi. Shuningdek, mavzuga doir jihati boʻyicha aholini ish bilan ta’minl
ash
dasturi va ish bilan bandlik xizmati faoliyati samaradorligini baholash koʻrsatkichlari
tasnifining ilmiy asoslari tadqiq etilgan [3].
Professor Xolmoʻminov Sh.R. tomonidan qishloq mehnat bozorining ijtimoiy
-
iqtisodiy mohiyati va mazmuni, uning rivojlanish tamoyillari, mezonlari va
koʻrsatkichlari ilmiy
-
nazariy jihatdan oʻrganib, mehnat bozorida ishchi kuchiga talab
va taklifni tartibga solishning ekonometrik modellari, mehnat bozorida sosiologik
tadqiqotlar oʻtkazish va ularni axborotlar bilan ta’minla
sh uslubiyati tadqiq etilgan
hamda amaliy xulosa va tavsiyalar ishlab chiqilgan [4].
Mazkur fikrni davom ettirgan olimlar esa qishloq mehnat bozorining ijtimoiy-
iqtisodiy mohiyati va mazmuni, uning rivojlanish tamoyillari, mezonlari va
koʻrsatkichlari il
miy-nazariy jihatdan tadqiq etilib, mehnatga qobiliyatli qishloq
aholisining ish bilan oqilona bandligini ta’minlash yoʻnalishlarini ilgari surganlar [5].
METODOLOGIYA
Tadqiqot jarayonida mehnat bozorida ish bilan bandligi darajasini oshirish
boʻyicha iqtisodiy tizimlar va nisbatlarni oʻrganishga dialektik va tizimli yondashuv,
kompleks baholash, qiyosiy va solishtirma tahlil, statistik va dinamik yondashuv
hamda guruhlash usullaridan foydalanildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Mehnat bozori rivojlanishi ishchi kuchi raqobatbardoshligini oshirish tizimi
takomillashib borib, bitiruvchilarning ishga joylashish borasida ish bilan bandlikning
yangi turlarini qoʻllab
-quvvatlash va mehnat bozori rivojlanishining eng muhim
vositasi hisoblanadi. Shu sababli, respublikamiz mehnat bozorida ishchi kuchi
taklifining oʻsishi koʻp jihatdan aholining iqtisodiy faol qismi holati bilan belgilanadi.
Bu esa mazkur bozordagi raqobatga bogʻliqdir. Shunga koʻra, mehnat bozorida ishchi
kuchi raqobatinin mavjud boʻlishi, bir tomondan, i
shchi kuchining professional
mahoratini oʻstirish, kengaytirish va malakasini oshishini ragʻbatlantirsa, ikkinchi
tomondan, ish beruvchilarni qulay mehnat va unga haq toʻlash sharoitlarini yaratish
hamda saqlab turishga undaydi.
Mehnat bozori orqali korxonalar zarur miqdorda va talab qilingan malakaga ega
ishchi kuchi bilan ta’minlanadi, shu bilan birga ishchi kuchi ortiqchaligi yoki
etishmovchiligini aks etadi. Bugungi kunda respublikamiz mehnat bozorini samarali
rivojlanishi nuqtai nazaridan hududlarda is
hchi kuchiga boʻlgan talab va uning taklifi
oʻrtasida mutanosiblikni ta’minlash jarayoni yuzaga kelmoqda.
Iqtisodiy islohotlar jarayonida mehnat samaradorligining ortishiga qarab,
aholining mehnat bilan bandlik darajasi umuman mamlakat boʻyicha pasayish
tendensiyasiga ega. Yaqin kelgusida respublikamizda ish bilan bandlikning rivojlanish
xususiyatlari ana shunday kechadi. Bu erda yuqori samarali iqtisodiyot nisbatan
339
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON
WWW.INFOCOM.UZ
kamroq miqdordagi xodimlarga ehtiyoj sezadi, shu bilan birga aholining ishchi
oʻrinlariga boʻ
lgan ehtiyoji ham bir oz kamayadi, chunki mehnat bilan ijtimoiy foydali
bandlikning boshqa sohalariga qiziqish ortadi. Bu holat qishloq joylarda ham oʻz aksini
topmoqda.
Mehnat bozorida ishchi kuchiga talab va taklifni muvofiqlashtirishning ijtimoiy
va iqtisodiy mexanizmlari quyidagi vazifalarni oʻz ichiga oladi:
- ish haqining davlat siyosatini shakllantirish, talab, taklif va ishchi kuchining
takror ishlab chiqarish bahosini hisobga olgan holda, uning tuzatish mexanizmlarini
ishlab chiqish;
- iqtisodiy faol aholini, asosan qishloq yoshlarini kasbga tayyorlash, qayta
tayyorlash va malakasini oshirishni samarali tizimini tashkil qilish;
- uy-joy bozorini shakllantirish va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarini
rivojlantirish choralari hisobidan ishchi kuchi harakatchanligini oshirish uchun
sharoitlarni yaratish;
-
ishchi kuchiga talabni (ish oʻrinlari taklifini) ragʻbatlantirish, qishloq
hududlarining xususiyatlariga xos investisiyalar jozibadorligini oshirish, yangi ish
oʻrinlarini yaratishda tijorat banklarining imtiyozli kreditlarini joriy qilish va uning
asoslanganligini ta’minlash;
-
eng maqbul demografik siyosatni, migrasion siyosatni ragʻbatlantirish, mehnat
muhofazasi choralarini shakllantirish orqali ishchi kuchi taklifini eng maqbul darajaga
yetkazish.
Yuqorida keltirilgan ish bilan bandlikka, ishsizlikka ta’sir qiluvchi mavjud
vositalar, mehnat bozorini davlat tomonidan tartibga solishning ijtimoiy-iqtisodiy
mexanizmini keng darajada aks ettiradi. Shahar va qishloq mehnat bozorlarini tartibga
solish usullari va shakllarida muayyan oʻxshashliklar borligiga qaramasdan qishloq
mehnat bozori oʻziga xos jihatlarga ega.
Hududiy siyosat hozirgi vaqtda rivojlangan mamlakatlar qishloq joylarida aholi
ish bilan bandligini ta’minlashning muhim vositasi hisoblanadi, shunga binoan
qishloqda sanoat tarmoqlarini, xizmat koʻrsatish sohasi va turizm, xalq
hunarmandchiligini rivojlantirish yoʻli orqali qishloq xoʻjaligidan boʻshab k
etayotgan
ishchilarga yangi ish oʻrinlari yaratilmoqda. Bu bilan ikki masala echilishi
koʻzatilmoqda: birinchidan, oqilona ish bilan bandlikni qoʻllab
-quvvatlash va ishsizlik
bilan kurashish; ikkinchidan, qishloqda demografik bosimga va xalq hoʻjaligi tizi
mida
uning funksiyalarini kengayishiga yoʻl qoʻymaslik. Undan tashqari, ilmiy
-texnik
taraqqiyot va mehnat unumdorligini oshishi ta’sirida qishloq xoʻjaligidan siqib
chiqarilayotgan agrar ishchilarni qayta kasbga oʻqitish uchun milliy va hududiy
dasturlarda
mablagʻ ajratish nazarda tutiladi.
Hozirgi kunda ish bilan bandlikning noananaviy shakllari – oilaviy tadbirkorlik,
yakka tartibdagi tadbirkorlik, kasanachilik, ish bilan bandlikning zamonaviy shakllari,
xizmat koʻrsatish va qoramolchilik kabi faoliyat turlari bilan shugʻullanish aholini ish
340
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON
WWW.INFOCOM.UZ
bilan ta’minlashning asosiy yoʻllaridandir, bunda ish bilan ta’minlashning ijtimoiy va
iqtisodiy mexanizmlarini usullari va vositalari oʻzgaradi. Ish bilan bandligini
ta’minlashda ishchi kuchiga boʻlgan ehtiyojni kuc
haytirish va ishchi kuchi samarali
taklifini qoʻllab
-
quvvatlashga koʻmaklashishda ijtimoiy va iqtisodiy mexani
zmlar
asosiy vosita hisoblanadi (1-jadval).
1-jadval
Mehnatga layoqtli aholini ish bilan ta’minlashning samarali ijtimoiy-iqtisodiy
mexanizmlari
Ijtimoiy mexanizmlar
Iqtisodiy mexanizmlar
Mehnat bozorida past raqobatbardoshlikka
ega aholi guruhlarini kasbga tayyorlash va
qayta tayyorlash tizimini shakllantirish;
Qayta
ishlash
sanoati
va
ijtimoiy
infratuzilma
korxonalarida
yangi
ish
o
ʻ
rinlari yaratgan korxonalarga soliq va
kreditlar bo
ʻ
yicha imtiyozlar berish;
Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini ish bilan
bandligiga koʻmaklashish;
Kichik biznes subyektlari, ayniqsa oilaviy
tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan
iqtisodiy qoʻllab
-quvvatlash;
Ishsizlarni ijtimoiy qoʻllab
-quvvatlash;
Kichik biznes subyektlarini imtiyozli
kreditlash
boʻyicha
shart
-sharoitlarni
yaratish;
Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni ishga
joylashtirish boʻyicha kvotali ish oʻrinlarini
shakllantirish;
Ish bilan bandlikni zamonaviy turlaridan
unumli foydalanish;
Ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish;
Qishloq xoʻjaligida intensiv rivojlanishni
ta’minlashga yoʻnaltirilgan yangi ish
oʻrinlarini shakllantirish;
Ish oʻrinlari tuzilishi va sifati oʻzgarishi
moslashuviga
koʻmaklashish;
Yakka tartibdagi mehnat faoliyatini
ragʻbatlantirish va qayta ishlash sanoatining
asosiy mahsulotlarini eksport qilishni
qoʻllab
-quvvatlash;
Yollashda bajariladigan ishlarga
qoʻyiladigan talabga ishchi kuchi sifat
tarkibi muvofiqligini ta’minlash;
Shahar va tuman bandlikka koʻmaklashish
markazlari faoliyatini takomillashtirish;
Mehnat bozorida turgʻun talab mavjud
boʻlgan kasblarga oʻqitish va qayta oʻqitish.
Tashqi va ichki mehnat migrasiyasini
ijtimoiy ragʻbatlantirish.
*(Muallif ishlanmasi)
Ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga solish iqtisodiy mexanizmi bu
vazifalarini qisqa muddatli yoki oʻrta muddatli rejalashtirishning elementiga mos
ravishda taktik ma’noga ega. Taktik vazifalar strategik maqsadlar doirasida amalga
oshiril
adi. Koʻp hollarda bir vazifa boshqalariga bogʻliq boʻlmagan holda amalga
oshmaydi. Shuningdek, mehnat bozorini tartibga solish mexanizmi oʻzgarib boryotgan
341
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON
WWW.INFOCOM.UZ
ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga moslashishi, tartibga solishni aniq usllarini tanlash,
mehnat bozor
i kon’yunkturasidan kelib chiqqan holda oldindan moʻljallangan
masalalarni echilishida ustuvorlikni ta’minlashdan iborat.
Oʻzbekistonda keyingi yillardagi jadal islohotlar natijasida sifat va miqdor
jihatidan samarali bandlikni ta’minlashga yoʻnaltirilgan
yangi tizim shakllandi.
“2022-2026-
yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot
strategiyasida belgilab berilgan “mahallalarda yangi institut sifatida joriy qilingan
tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambagʻallikni q
isqartirish,
mahalla hududida davlat-xususiy sheriklik asosida sport va madaniy inshootlar, ijodiy
klublar, bandlikka koʻmaklashish va oʻqitish markazlari, tadbirkorlik obyektlari kabi
infratuzilmani yaratish boʻyicha chora
-tadbirlar amalga oshirish, tadbirkorlikni
rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari
boʻyicha tuman (shahar) hokimining yordamchisi institutining samarali faoliyatini
yoʻlga qoʻyish, yoshlarni ishga joylashtirish va ularning bandligi uchun shart
-sharoitlar
yaratish” kabi vazifalar dasturi amal boʻlib xizmat qiladi [6].
Aholini ish bilan ta’minlashning samarali ijtimoiy-
iqtisodiy mexanizmi oʻzining
xususiyatlariga koʻra ishchi kuchiga talab va taklifni shakllantiruvchi elementlar
majmuasidan ib
orat boʻladi. Aholini ish bilan bandligini oshirishning samarali
ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmi – bu ishchi kuchiga talab va taklif nisbatlariga muayyan
ta’sir koʻrsatuvchi, uni mazmunan toʻldiruvchi ijtimoiy
-iqtisodiy shakllar va omillarni
oʻz ichiga oluvch
i elementlar mujmuasidir.
Davlat ish bilan bandlik siyosati respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining
tarkibiy qismi sifatida mehnat salohiyatidan samarali foydalanish va uning rivojlanishi
boʻyicha ish bilan bandlik muammolarini yechishga yoʻnaltirilg
an iqtisodiyotning
rivojlanish davriga muvofiq, ish kuchini iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari hamda ish
bilan bandlik koʻrinishlari boʻyicha qayta taqsimlashda ijtimoiy jihatdan muvofiq ish
bilan bandlik darajasini ta’minlashga yoʻnaltirilishi zarur.
Respublikamizda zamonaviy iqtisodiyot tarmoqlarini modernizasiyalash
sharoitida ishchi kuchi raqobatbardoshligini oshirish ijtimoiy-mehnat munosabatlarini
amalga oshirilishida nazariy va amaliy jihatdan eng muhim muammolardan biri
hisoblanadi. Ishchi kuchi raqobatbardoshligini oshirish mehnat bozorida ishchi
kuchiga boʻlgan talab va uning taklifi sifatini oshirishga, milliy daromad oʻsishiga va
davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga olib keladi.
Oʻzbekistonda aholining turmush darajasi va sifatini yaxsh
ilash, xususan
kambagʻallikni qisqartirish vazifalari koʻp jihatdan iqtisodiyotning barcha tarmoq va
sohalarining raqobatbardoshligini oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun
fundamental sharoitlarni yaratib berish hisobiga yangi va barqaror ish
oʻrinlarini
tashkil etish bilan bevosita bogʻliq boʻlsa
-
da, tarkibiy oʻzgarishlar bosqichida aholi
daromadlarining oʻsishini ta’minlaydigan munosib, unumli va mahsuldor bandlikni
342
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON
WWW.INFOCOM.UZ
ragʻbatlantirish boʻyicha choralarni amalga oshirishni ta’minlash siyosatini
olib
borishga qaratilayotganligi alohida ahamiyatga ega [7].
Ishchi kuchining raqobatbardoshlik parametrlari eng avvalo ish beruvchining
jamiyat va mintaqa rivojlanishining ijtimoiy-iqtisodiy tarkibining vujudga kelgan
darajasi bilan belgilanadi. Raqobatbardoshlikni baholash uchun ish beruvchining
talabini aniqlash lozim. Shuning uchun ishchi kuchi sifat tarkibini takomillashtirish
asosida ish joylarining samaradorligini ham ta’minlash zarur.
Olimlarning ta’kidlashicha “Rivojlanayotgan mamlakatlar mehnat bozorida
mehnat taklifi barqaror ekan, ish beruvchilar uchun,
samarali va toʻliq bandlikka
mansub yollanma xodimlarning mehnat daromadlari ularning oʻzi va qaramogʻidagilar
(oila a’zolari) uchun milliy kambagʻallik chegarasidan past boʻlmasligi nafaqat ish
beruvchini, balki islohotchilarning ham e’tiboridan chetda qolib ketishiga zamin
yaratgan. Bunga asosiy sababi ish bilan band shaxs kambagʻallik ta’siri doirasiga
tushib qolishi imkonsiz deb tan olinishidir” [8]. Bu borada Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidenti tomonidan 2020-yil 24-
yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy Majlisga
Murojaatnomasida ta’kidlanganidek “Hududlarda, ayniqsa, qishloqlarda aholining
aksariyat qismi yetarli daromad manbaiga ega emasligi sir emas. Har qanday
mamlakatda boʻlgani kabi bizda ham kam ta’minlangan aholi qatlamlari mavjud. Turli
hisob-
kitoblarga koʻra, ular taxminan 12
-
15 foizni tashkil etadi. Bu oʻrinda gap
kichkina raqamlar emas, balki aholimizning 4-5 millionlik vakillari haqida bormoqda.
Ba’zi odamlar ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam pulini toʻlash yoki ularning
miqdorini oshirish orqali
ushbu muammoni hal etish mumkin, deb oʻylaydi. Bu
– bir
tomonlama yondashuv boʻlib, muammoni toʻla yechish imkonini bermaydi.
“Kambagʻallikni kamaytirish
–
bu alohida tadbirkorlik ruhini uygʻotish, insonning
ichki kuch-
quvvati va salohiyatini toʻliq
roʻyobga chiqarish, yangi ish oʻrinlarini
yaratish boʻyicha kompleks iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni amalga oshirish,
demakdir [9].
XULOSA VA TAKLIFLAR
Ish bilan bandlik munosabatlarini makrodarajada oʻrganish mehnat bozorini
tartibga solishni
ng asosiy vositasi hisoblanadiki, bunda ish kuchiga boʻlgan ehtiyojni
kuchaytirish va ishchi kuchi samarali taklifini qoʻllab
-
quvvatlashga koʻmaklashishda
ijtimoiy va iqtisodiy mexanizmlar alohida oʻrin egallaydi. Taklif etilayotgan ish bilan
bandlikni oshirishning samarali ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmlarining elementlari ish
bilan bandlik darajasini oshirish va ishsizlikni yoʻl qoʻyiladigan darajasigacha
qisqartirishi imkonini beradi hamda ish bilan bandlik dasturlarini ishlab chiqishda
muhim asos hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti ta’kidlaganidek, “Umuman, 2025
-yil
bandlikni ta’minlash va kambagʻallikdan chiqarishda eng muhim va hal qiluvchi yil
343
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON
WWW.INFOCOM.UZ
boʻladi”. Ogʻir tumanlarda tadbirkorlikni qoʻllab
-quvvatlash, ishsizlik va
kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha alohida yondashuv joriy qilinishi ta’kidlandi.
Masalan “Sanoat qurilish banki” Quvadagi yirik eksportyor bilan Qoʻngʻirot tumanida
brokkoli ekish va yogʻochni qayta ishlash loyihalarini amalga oshirdi. Bunga past foizli
kredit ham ber
di. Bu tajriba ma’qullanib, sharoiti ogʻir 71 ta tumanga boshqa
hududlardan tadbirkorlarni taklif qilish uchun ularga qoʻshimcha kredit, 2025
-yilda 1
mingta ogʻir mahalla infratuzilmasiga 3 trillion 200 milliard soʻm ajratilishi belgilandi.
Umuman, tadbirk
orlar qoʻshimcha 31 trillion soʻmlik 3,5 mingta loyiha va 200 mingta
yangi ish oʻrni yaratishga tayyor. Iqtisodiyot va moliya vazirligiga ushbu loyihalar
infratuzilmasiga 1 trillion soʻm ajratish topshirildi.
Oxirgi 5 yilda kichik va oʻrta biznesning kredi
t portfelidagi ulushi 40 foizdan 28
foizgacha pasaygani koʻrsatib oʻtildi. Bunday kreditlar ulushini 40 foizga yoki 120
trillion soʻmga etkazish choralarini koʻrish zarurligi ta’kidlandi” [10].
Bizningcha, mahallalarda kambagʻallikni qisqartirish, kichik va oʻrta biznesni
rivojlantirish, daromadlarni oshirish uchun ish bilan bandlik darajasini oshirish va
ishsizlikni yoʻl qoʻyiladigan darajasigacha qisqartirish boʻyicha mahallalarda tizimli
ishlar olib borish zarur. Bunda 60 ta ilgʻor shahar
-tumanni ishsizl
ik va kambagʻallikdan
xoli hududlarga aylantirish choralari belgilanib, bu tumanlarda kelgusi yilda 2 million
aholini band qilish, 417 mingta oilani kambagʻallikdan olib chiqish zarurligi
belgilandi, natijada mehnatga layoqatlilar orasida samarali ish bilan bandlikka erishish
aholining turmush farovonligini oshirishga erishiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI
1.https://nuz.uz/uz/%D1%9Ezbekiston/1219818-%D1%9Ezbekistonda-
yoshlar-soni-%D2%9Bancha.html
2. Abduraxmonov Q.X. Mehnat iqtisodiyoti (Darslik). -T.: - «Mehnat» - 2009. -
512 b.
3. Rinok truda. Uchebnoe posobie. Pod obshey redaksey d.e.n., prof.
Abduraxmanova K.X., d.e.n., prof. Odegova Yu.G. – T.: TF REA, 2009. - 384.
4. Xolmoʻminov Sh.R., Xomitov K.Z., Arabov N.U., Bobanazarova J.X. va
boshqalar.
Qishloq aholisini ish bilan ta’minlashning strategik yoʻnalishlari
(monografiya). -Toshkent: “Innovasion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi”, 2020, 277
bet.
5. Xomitov K.Z. Qishloq mehnat bozorining samarali rivojlanish istiqbollari //
Dis. i.f.d. - T.: 2012. – 260 b.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.
Mirziyoyevning 2022-yil
28-yanvardagi “2022—2026-
yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot
strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF
-60 sonli farmoni. Lex.uz.
344
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON
WWW.INFOCOM.UZ
7. Oʻzbekiston Respublika
si Qonunchilik palatasi tomonidan 2020 yil 28 aprelda
qabul qilingan, Senat tomonidan 2020 yil 7 avgustda ma’qullangan “Aholi bandligi
toʻgʻrisida”gi Qonuni 7
-moddasi.
8. Qurbonov S.P. Aholining unumli va mahsuldor bandligini oshirish asosida
kambagʻallikn
i qisqartirish. I.f.d.diss. avtoreferati. Toshkent. 2021, 18 B.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi.
2020-yil, 29-fevral Lex.uz.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mahallalarda kambagʻallikni
qisqartirish boʻyi
cha qilingan ishlar sarhisobi va 2025-yil uchun ustuvor vazifalarga
bagʻishlangan videoselektor yigʻilishidagi ma’ruzasidan.
