RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA BUXGALTERIYA HISOBI VA HISOBOTI RIVOJLANISH BOSQICHLARI

Аннотация

Bugungi kunda respublikamizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy
islohotlar davrida ayniqsa raqamli iqtisodiyot sharoitida buxgalteriya hisobi va hisoboti
rivojlanish bosqichlari tahlil etish oʻrganish dolzarb mavzulardan sanaladi, zero har
qanday iqtisodiy va boshqaruv qarorlar aynan buxgalteriya hisobi va hisobotlari
asosida qabul qilinadi. Ushbu sharoit ushbu maqolaning metodologik va ilmiy
muvofiqlashtirishga zamin yaratdi hamda asosiy maqsad sifatida buxgalteriya hisobi
va hisoboti rivojlanish bosqichlari oʻrganishga qaratildi.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
10-19
8

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Раззақова D. (2025). RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA BUXGALTERIYA HISOBI VA HISOBOTI RIVOJLANISH BOSQICHLARI. Цифровая экономика, 6(6), 10–19. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/digital-economy/article/view/87242
Дурдона Раззақова , Ферганского политехнического институт
Базовый докторант
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Bugungi kunda respublikamizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy
islohotlar davrida ayniqsa raqamli iqtisodiyot sharoitida buxgalteriya hisobi va hisoboti
rivojlanish bosqichlari tahlil etish oʻrganish dolzarb mavzulardan sanaladi, zero har
qanday iqtisodiy va boshqaruv qarorlar aynan buxgalteriya hisobi va hisobotlari
asosida qabul qilinadi. Ushbu sharoit ushbu maqolaning metodologik va ilmiy
muvofiqlashtirishga zamin yaratdi hamda asosiy maqsad sifatida buxgalteriya hisobi
va hisoboti rivojlanish bosqichlari oʻrganishga qaratildi.


background image

10

RAQAMLI IQTISODIYOT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON

WWW.INFOCOM.UZ

RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA BUXGALTERIYA HISOBI VA

HISOBOTI RIVOJLANISH BOSQICHLARI

Razzaqova Durdona Adashboy qizi

Fargʻona politexnika instituti tayanch doktoranti

d.razzoqova@ferpi.uz

Annotatsiya:

Bugungi kunda respublikamizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy

islohotlar davrida ayniqsa raqamli iqtisodiyot sharoitida buxgalteriya hisobi va hisoboti

rivojlanish bosqichlari tahlil etish oʻrganish dolzarb mavzulardan sanaladi, zero har

qanday iqtisodiy va boshqaruv qarorlar aynan buxgalteriya hisobi va hisobotlari
asosida qabul qilinadi. Ushbu sharoit ushbu maqolaning metodologik va ilmiy
muvofiqlashtirishga zamin yaratdi hamda asosiy maqsad sifatida buxgalteriya hisobi
va hisoboti rivojlanish bosqichlari

oʻrganishga

qaratildi.

Kalit soʻzlar:

rivojlanish strategiyasi, raqamli iqtisodiyot, axborot tizimlari,

milliy iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar, iqtisodiy axborotlarni qayd etish,
buxgalteriya axborotlari, moliyaviy axborotlar.

ЭТАПЫ РАЗВИТИЯ БУХГАЛТЕРСКОГО УЧЕТА И ОТЧЕТНОСТИ В

ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКЕ

Раззақова

Дурдона Адашбой кизи

Базовый докторант Ферганского политехнического института

d.razzoqova@ferpi.uz

Аннотация

:

Сегодня, в период экономических реформ, проводимых в

нашей республике, особенно в условиях цифровой экономики, анализ этапов

развития бухгалтерского учета и отчетности является одной из актуальных тем

для изучения, ведь любые экономические и управленческие решения

принимаются именно на основе бухгалтерского учета и отчетности. Эти условия

заложили основу для методологической и научной координации настоящей

статьи и были направлены на изучение этапов развития бухгалтерского учета и

отчетности в качестве основной цели.

Ключевые слова:

стратегия развития, цифровая экономика,

информационные системы, народное хозяйство, цифровые технологии, учет

экономической информации, бухгалтерская информация, финансовая

информация.


background image

11

RAQAMLI IQTISODIYOT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON

WWW.INFOCOM.UZ

STAGES OF DEVELOPMENT OF ACCOUNTING AND REPORTING IN

THE DIGITAL ECONOMY

Razzaqova Durdona Adashboy kizi

Basic doctoral student at Fergana Polytechnic Institute

d.razzoqova@ferpi.uz


Abstract:

Today, during the period of economic reforms carried out in our

republic, especially in the conditions of the digital economy, the analysis of the stages
of development of accounting and reporting is one of the relevant topics for study,
because any economic and managerial decisions are made on the basis of accounting
and reporting. These conditions laid the foundation for the methodological and
scientific coordination of this article and were aimed at studying the stages of
development of accounting and reporting as the main goal.

Keywords:

development strategy, digital economy, information systems,

national economy, digital technologies, accounting of economic information,
accounting information, financial information.

KIRISH

Oʻzbekiston ham xalqaro hamja

miyatning va global iqtisodiy bozorning

ajralmas tarkibiy qismi boʻlib, mintaqada va

jahon iqtisodiyotidagi ijobiy yoki salbiy

oʻzgarishlar mamlakatimiz iqtisodiyotiga ham oʻz taʼsirini

oʻtkazmay qolmaydi.

Pandemiya davrida va undan keyingi

davrlarda Oʻzbe

kiston iqtisodiyotini

rivojlantirish hozirgi kunning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu vazifalarni
bajarishda raqamli texnologiyalarni davlat boshqaruvi va iqtisodiyotning barcha

boʻgʻinlariga kirib borishi muhim

ahamiyat kasb etmoqda.

Bu borada boshqa davlatlardagi singari mamlakatimizda ham bir qancha qaror

va farmonlar, shuningdek, rivojlanish strategiyalari ishlab chiqilib amaliyotga tatbiq
etilmoqda. Jumladan Prezidentimizning 2018 yil 19 fevraldagi PF-5349 sonli “Axborot
texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari

toʻgʻrisida”gi Farmoni [2], “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish

chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 28.04.2020 yildagi PQ-4699-sonli [1], “Raqamli
iqtisodiyot – 2030” [3] dasturi hamda “2022-2026-

yillarga moʻljallangan

Oʻzbekistonning eng yangi taraqqiyot strategiyasi”[4]

da raqamli iqtisodiyotni

rivojlantirishga qaratilgan bandlarning mavjudligi davlatimiz taraqqiyotining zamon
bilan hamnafas borayotganligining ayni isbotidir.

Raqamli texnologiyalarni milliy iqtisodiyotning barcha jabhalariga faol joriy

etish sharoitida har qanday korxonaning moddiy va moliyaviy oqimlarini boshqarishni


background image

12

RAQAMLI IQTISODIYOT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON

WWW.INFOCOM.UZ

avtomatlashtirishning asosiy vazifasi sifatida buxgalteriya hisobi axborot tizimini
ishlab chiqish va yaratish katta ahamiyatga ega.

Buxgalteriya axborotlarini raqamli texnologiyalarga transformatsiya qilish,

yaʼni buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish

— bu tadbirkorlik va boshqa tashkilotlar

faoliyati toʻgʻrisida miqdoriy iqtisodiy maʼlumotlarni olish uchun maʼlumotlarni

doimiy ravishda qayd etish va tahlil qilish imkonini beruvchi dasturiy vositalar

toʻplami yordamida hisob ishlarini amalga oshirish va hisobotlarni tayyorlash

jarayonidir

Bu esa oddiy buxgalteriya hisobini “yangicha buxgalteriya hisobi” yoki “raqamli

buxgalteriya hisobi”ga oʻzgartirish zaruratini yuzaga keltiradi. Bir hisobdan yangicha

qarashlar, kelajak talablariga javob bera oladigan moliyaviy axborotlar tizimini
yaratish buxgalteriya hisobi va hisoboti evolyutsiyasini

chuqur oʻrganishga olib kelsa,

ularni avtomatlashtirishni davrlashtirish esa raqamli texnologiyalar yordamida

kelajakdagi rivojlanish tendensiyalarini oldindan koʻra bilish, yangi hisob obyektlarini

aniqlash va hisobotlarning yangicha modellarini taklif qilish imkoniyatlarini ochib
beradi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Buxgalteriya hisobini paydo boʻlishidan tortib to hozirgi kungacha rivojlanishi

evolyutsiyasini tahlil etish bu sohaning bugungi va kelajakdagi holatini tahlil etishga
urinish natijasida yaqin bir necha yillar mobaynida mahalliy va xorijiy olimlar

tomonidan buxgalteriya hisobining tarixiy rivojlanishini chuqur oʻrganishga boʻlgan

qiziqishlar ortib borishiga turtki boʻlmoqda.

Olimlarning joylashuvi, tadqiqot olib borgan davrlariga koʻra buxgalteriya

hisobining paydo boʻlishi va rivojlanishining tarixi turli omillarga, jumladan insonning

paydo boʻlishi va uning ongi rivojlanishiga, davlatlarning shakllanishiga, fan

-

texnikaning r

ivojlanishi kabilarga bogʻlab oʻrganilgan.

Professor

V.T. Chaya va O.V.Latipovalar fikriga koʻra buxgalteriya hisobi

ibtidoiy jamoa davrida vujudga kelgan. Buning asosiy sababi, ushbu davrda mehnat
qurollarining takomillashmaganligi, turli xildagi ekologik muammolarga insonlarning
tayyor emasligi va oziq-ovqat yetishmasligi natijasida zaxiralar yasharish hamda
ularning hisob-

kitobini yuritish boʻlgan [5].

Professor

K.Karderi va N.Toshmamtovlar oʻz tadqiqotlarida buxgalteriya hisobi

tarixini dinning paydo b

oʻlishi va rivojlanishiga bogʻlaydilar. Ularning nazariyalari

diniy ilmlarda buxgalteriya hisobining tamoyillari, maqsadlari va moliyaviy
axborotlarni taqdim etish usullari yorilganligini asoslaydi [6], [7].

Professor A.Ch.Litterlon esa buxgalteriya hisobini vujudga kelishi hamda

takomillashuvini olamning tabiiy oʻzgarishlari bilan

chambarchas

bogʻliq deb qaraydi

[8].


background image

13

RAQAMLI IQTISODIYOT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Professor

Ya.V.Sokolov buxgalteriya hisobining tarixiy shakllanish

evolyutsiyasini ilmiy qarashlar va amaliy sabablar asosida tasniflaydi [9].

Buxgalteriya hisobi paydo boʻlish tarixiga boʻlgan yondashuvlar turfa xil

boʻlganligi kabi hisob ishlarining takomillashishi va ularni davriylashtirishga boʻlgan

qarashlar ham bir biridan farq qiladi. Bu borada mamlakatimiz olimlaridan
N.Toshmamatov va boshqa bir necha olimlar, shuningdek, xorij olimlaridan
Ya.V.Sokolov, A.M.Galagan, J.Sharar Russo [10], L.Gelbert [11], B.T.Bakster [12],

M.I.Sidorova va boshqa olimlar oʻz tadqiqotlarida va ilmiy nashrlarida keng yoritib

berganlar.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Ushbu maqola har bir ilmiy izlanish kabi olimlarning fikrlari va mulohazalarini

tahlil etishni oʻz ichiga olib asosiy maqsadga

erishish uchun ilmiy abstraksiyalash,

induksiya, deduksiya, tizimli yоndashish, qiyоsiy tahlil kabi usullardan fоydalanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Yuqorida keltirilgan fikrlar va tahlil qilingan adabiyotlardan olingan xulosalarga

koʻra shuni aytishimiz mumkinki, buxgalteriya hisobining paydo boʻlishi hali hal

etilmagan savollardan biri boʻlib qolmoqda. Raqamli texnologiyalarning h

ayotimizda

keng jalb etilishi global axborot makonini yaratganligiga qaramasdan buxgalteriya

hisobi tarixini oʻrganish uni tadqiq etishda hali hamon turfa xil qarashlar va

nomunatonisibliklar mavjud boʻlib, buxgalteriya hisobi va hisobotining tarixiy

evolyutsiyasini

tadqiq etish bugungi kunda ham dolzarb masalalardan biri boʻlib

qolmoqda.

Buxgalteriya hisobi turli xil va koʻplab biznes operatsiyalarining tizimli va

dolzarb yozuvlarini taqdim yetishda muhim rol oʻynaydi. Uning maqsadi moliyaviy

operatsiyalarni amalga oshirishda tahlil qilish, ularni tartibli ravishda qayd yetish,

maʼlumotlarni foydali va tushunarli moliyaviy hisobot (balans, daromadlar

toʻgʻrisidagi hisobot) boʻyicha guruhlash va tartibga solish va talqin qilish jarayonida

yordam berishdir.

Buxgalteriya-bu xizmat faoliyati. Uning vazifasi iqtisodiy qarorlarni qabul

qilishda, muqobil harakatlar yoʻnalishi boʻyicha oqilona tanlov qilishda foydali

boʻlgan iqtisodiy subyektlar toʻgʻrisida miqdoriy maʼlumotlarni, birinchi navbatda

moliyaviy xarakt

erdagi maʼlumotlarni taqdim etishdir [14].

Buxgalteriya hisobi-

bu barcha iqtisodiy oʻzaro taʼsirlarni uzluksiz, hujjatli va

uzluksiz hisobga olish usuli bilan mavjud mulk, tashkilotning majburiyatlari va pul

oqimlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni pul koʻrinishida toʻplash, roʻyxatdan oʻtkazish va

umumlashtirishning yagona tizimidir.

Buxgalteriya hisobi yanada foydali boʻlishi uchun ajralmas axborot tizimida turli

xil maʼlumotlarni taqdim etishi kerak. Buxgalteriya hisobining asosiy maqsadi turli xil


background image

14

RAQAMLI IQTISODIYOT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON

WWW.INFOCOM.UZ

moliyaviy

hisobotlar orqali taqdim yetilgan buxgalteriya maʼlumotlari asosida turli

masalalar boʻyicha qaror qabul qilishdir [15].

Birinchi tomondan xorijiy olimlarning buxgalteriya hisobi paydo boʻlishini

tarixi doir qarashlarini tizimlashtirgan holda shuni aytishimiz mumkinki, hisob ishlari
ilk bor Qadimgi Misrda vujudga kelganligini asoslovchi dalillar mavjud. Olimlar ushbu

davrdagi odamlar tomonidan yozilgan papirus qogʻozlaridagi yozuvlarni topishgan va

ularning bir qanchasida firʼavnning xazinasi hisob kitobi

yuritilganligi aniqlangan.

Qadimgi Mesopotamiya esa iqtisodiy xatti harakatlar ikkiyoqlama yozuvning
yaratilishidan 5 ming yil avval yuzaga kelganligini asoslovchi nazariyalar mavjud [16].
Shuningdek, dastlabki hisob kartalarining yuritilishi Qadimgi Bobil davlati tarixi bilan

bogʻliq boʻlgan dalillarga asoslansa, birinchi hisoblash texnikasi “Abakus”ning ixtiro

qilinishi Qadimgi Gretsiya mamlakati haqida axborot beruvchi tarixiy ashyolarga borib

taqaladi. Bu yerlarda qiymatning oʻlchov birligi hisoblangan

pul tanga shaklida

vujudga kelgan boʻlib, uning funksiyalari takomillashuvi buxgalteriya hisobini

rivojlanishiga katta turtki boʻlgan.

Ikkinchi tomondan esa mahalliy olimlarimizning tadqiqotlarini inobatga olgan

holda buxgalteriya hisobining vujudga kelish

tarixiga fikr bildiradigan boʻlsak,

mamlakatimiz, xususan Oʻrta Osiyo davlatlarida hisob ishlari haqidagi ilk faktlar Islom

dinining paydo boʻlish davriga boʻlib

taqalishini, Qurʼoni Karim “Baqara” surasining

282-

oyati nozil boʻlishi bilan ifodalanadi [17

]. Shuningdek, hisob kitoblarning

rivojlanishi hamda takomillashuvini asoslovchi manbalar tarkibida “Temur

tuzuklari”ning ahamiyatini ham koʻrsatib oʻtishimiz zarur deb hisoblayman. Sababi

undagi yozuvlar hisob kitoblarning yozib borilishi hamda kirim va chiqimlar uchun
alohida kitoblar yuritilishi

kerakligini taʼkidlanganligini koʻrsatadi.

Buxgalteriya hisobining vujudga kelishi tarixi va uning rivojlanish

tendensiyalarining

oʻrganishning yana bir asosiy yondashuv rivojlanishni

davriylashtirish hisoblanadi. Xorij va mahalliy olimlarning hisobchilikning vujudga

kelishi va rivojlanishi boʻyicha qarashlarini tizimlashtirgan holda oʻz nazariyalarimizni

quyidagi chizmalarda aks ettiramiz.


background image

15

RAQAMLI IQTISODIYOT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON

WWW.INFOCOM.UZ

1-

rasm. Buxgalteriya hisobi paydo boʻlishi va rivojlanishiga taʼsir etga

n

omillarning davrlar boʻyicha tasnifi

1

Buxgalteriya hisobining

paydo boʻlganligiga bir necha ming yillar boʻlganligiga

qaramasdan hisob ishlarining rivojlanishi asosan soʻnggi 500

yillikka

toʻgʻri

kelmoqda. Yaqin besh asr davomida buxgalteriya hisobining maqsadi, metodologiyasi
va hisob yuritish

usullari keng qamrovda takomillashtirildi. Xoʻjalik yurituvchi

subyektlarda faoliyatining kengayishi, davlatlararo savdo munosabatlarining
takomillashuvi shuningdek, inson hayotiga axborot texnologiyalarining kirib kelishi

sanoatda inqilobiy oʻzgarishlarn

i yuzaga keltirdi. Bu esa buxgalteriya hisobi shakllari

va metodologiyasiga

taʼsir etmasdan qolmadi. Sanoat inqilobining davrlashtirilishi va

ushbu davrlarda buxgalteriya hisobida

sodir boʻlgan oʻzgarishlar abzas boshida

keltirilgan fikrlarning ayni isbotidir.

1

Chizma muallif tomonidan tayyorlandi

Oziq ovqatlar yetishmasligida zaxiralarni hisobga olishning zaruriyati, vaqt
hisobi, faoliyat natijalari va mulklarni hisobga olish ehtiyojlari hisob ishlarini
paydo

boʻlishiva

va rivojlanishining ilk kurtaklari yuzaga kelishi

iqtisodiy

shart

sharotlar,

mehnat

qurollarining

takomillashuvi,

ayirboshlash tushunchasining kengayishi

pulning qiymat

oʻlchovi

va ayirboshlash vositasi sifati yuzaga kelishi

yozuv va u bilan

bogʻliq

texnologiyalarning takomillashuvi

ikkiyoqlama yozuvning paydo

boʻlishi

xoʻjalik

operaysiyalarining

kengayishi

va

buxgalteriya

hisobi

toʻgʻrisidagi

qonunlarning ishlab chiqilishi

moliyaviy

axborotdan

foydalanuvchilar

ehtiyojlarining

ortib

borishi,

texnologiyalarning rivojlanishi


background image

16

RAQAMLI IQTISODIYOT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON

WWW.INFOCOM.UZ

1-jadval

Buxgalteriya hisobi va hisoboti metodologiyasi rivojlanishining sanoat

inqilobiga asoslangan holda davriylashtirilishi

2

Rivojlanish

bosqichi

Rivojlanish

davri

Mazmuni

1- bosqich

XVIII asr
oxiri-XIX
asr boshlari

a)

buxgalteriya hisobi metodologiyasining shakllanishi

b)

hisobchilik ishlarini oʻrgatuvchi birinchi qoʻllanmalar va

darsliklarning paydo boʻlishi

2- bosqich

XIX asrdan
XX asr
boshlariga
qadar

c)

buxgalteriya hisobi boʻyicha qonunchilik manbalarining

shakllanishi
d)

buxgalteriya

hisobini funksiyalariga koʻra moliyaviy va

boshqaruv hisobiga boʻlinishi

e)

buxgalteriya hisobining fan sifatida shakllanishi

f)

professional buxgalteriya maktablarining vujudga kelishi

3- bosqich

XX asr
oxiriga
qadar

g)

iqtisodiy axborotlarni qayta ishlashda qogʻ

oz formatidan

informatsion texnologiyalardan foydalanish darajasiga oʻtish

h)

barcha iqtisodiy subyektlar uchun buxgalteriya hisobini qoʻllash

doirasini kengaytirish
i)

buxgalteriya hisobi obyektlarini hisobga olishni barcha subyektlar

uchun birxillashtirilishi va hisoblar rejasining ishlab chiqilishi
j)

buxgalteriya hisobi axborotlaridan foydalanuvchilar ehtiyojlarini

qondirish uchun maʼlumotlarni tizimlashtirish, yaʼni buxgalteriya

hisobotlari shakllarining ishlab chiqilishi
k)

butun dunyo boʻylab buxgalteriya hisobi

doirasidagi meʼyoriy

hujjatlarining takomillashuvi

4- bosqich

hozirgi
davr

l)

barcha davlatlarda yagona buxgalteriya hisobining xalqaro

standartlarining qoʻllanilishi

m)

hisob ishlarida zamonaviy axborot texnologiyalardan keng

foydalanish
n)

boshqa iqtisodiy faktlarni aks ettiruvchi hisobotlar bilan

buxgalteriya moliyaviy) hisobotning yaqinlashishi
o)

raqamli texnologiyalarning rivojlanishi natijasida yangi hisob

obyektlarining paydo boʻlishi

p)

buxgalteriya hisobida bulutli texnologiyalardan foydalanish

q)

moliyaviy hisobot axborotlarini foydalanuvchilarga taqdim

etishning

yangi formatlarini shakllantirishga boʻlgan

ehtiyojning

yuzaga kelishi

XULOSA

Shunday qilib soha olimlarining fikrlari hamda iqtisodiy adabiyotlar va huquqiy

hujjatlar tahlil qilish natijalariga koʻra, bizningcha raqamli iqtisodiyotning zamonaviy

sharoitida buxgalterlar hisobi va hisobotlari koʻplab talablar qoʻyiladi,

qolaversa ushbu

2

Jadval muallif tomonidan tayyorlandi


background image

17

RAQAMLI IQTISODIYOT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON

WWW.INFOCOM.UZ

faoliyat bilan

shugʻullanuvchi

shaxsl

ar koʻplab funksiyalar va koʻnikmalarni bilishlari

talab etiladi shuni hisobga olib quyidagi

fikrlar oʻrinli deb hisoblaymiz:

buxgalterlar bu iqtisodiyot, buxgalteriya hisobi, jamiyat faoliyatining huquqiy

va ijtimoiy jihatlari boʻyicha professional

fikrlarning umumiy konsepsiyasiga

asoslanadi;

koʻplab buxgalterlar hisobi va hisobotlari asosiy foydalanuvchilari soliq

idoralari hisoblanadi bu oʻz navbatida koʻproq boshqaruv qarorlarining soliq toʻlash va

uning hisobotlarini shakllantirishga sabab boʻla

di;

buxgalteriya hisobotlari bu biznesni rivojlantirish masalalari, shuningdek,

ayrim boshqaruv qarorlarining potensial natijalari boʻyicha tahlil va ekspert xulosalari

uchun manbadir;

buxgalterlar hisobi va hisobotlari bu korxonaning joriy va kelajakdagi

faoliyatini tahlil qilishga imkon yaratadi;

raqamli iqtisodiyot sharoitida har bir buxgalteriya hisobotlari albatta elektron

shaklda shakllantirilari va taqdim etiladi;

raqamli iqtisodiyot sharoitida buxgalterlar hisobi va hisobotlarini

shakllantirish va t

aqdim etishda eng ilgʻor mahalliy va xorijiy axborot

texnologiyalaridan foydalanishni talab etadi;

raqamli iqtisodiyot sharoitida yangi nazariy izlanishlarni, buxgalteriya

hisobini rivojlantirishni va takomillashtirish usullarini ishlab chiqishni taqozo etadi.

Shunday qilib, bizning fikrimizcha, bugungi kundagi sharoit ayniqsa raqamli

iqtisodiyot buxgalterlarning faoliyati hamda buxgalteriya siyosatini shakllantirishga
yangicha voqeliklarni olib keladi va kompaniyaning iqtisodiy faoliyati faktlarini
tasnifl

ash taʼsir etadi ish faoliyatini

soddalashtiradi qisqartiradi. Ushbu jarayonlar

zamonaviy maʼlumotlarni qayta ishlash usullari mohiyatining algoritmi va iqtisodiy

mazmunini tushunadigan mutaxassislar tomonidan professional fikrlash orqali amalga
oshiriladi

. Bizning odatiy maʼnoda “buxgalter” kasbi oʻtmishda qoladi, uning oʻrnini

moliyaviy tahlilchi, nazoratchi funksiyalariga ega boʻlgan malakali mutaxassislar

egallaydi. Bunday mutaxassislar biznes uchun strategik yechimlarni tavsiya qilishlari

mumkin boʻlad

i. Yangi kasb egasi Moliyachi, buxgalter, tahlilchi va auditor

funksiyalarini birlashtirishi kerak bu kelajak talabidir.

Shunday qilib, raqamli iqtisodiyotning yangi ehtiyojlariga javoban buxgalteriya

hisobi oʻzgartirilmoqda va buxgalteriya hisobini raqaml

ashtirish uning rivojlanishidagi

zaruriy qadamdir. Umumjahon raqamlashtirish davri buxgalteriya tizimi va

usullarining oʻzgarishiga (yaʼni yaxshilanishiga) olib keladi, ularning ahamiyati

yoʻqolmaydi.


background image

18

RAQAMLI IQTISODIYOT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Kasbning kelajagini biz buxgalteriya ishchilarining past darajadagi malakadan

yuqori darajaga oʻtishida koʻramiz. Bu har

qanday

kasbda boʻlgani kabi buxgalterlarni

oʻzi bilimlarning saqlash, balki kasbni rivojlantirish uchun ham ijobiy tendensiyadir.

Evolyutsiya zarurati bilan bogʻliq paydo boʻlayotgan insoniy

muammolarni hal

qilish uchun eng yangi texnologiyalar yaratilmoqda. Ammo texnologiyaning oʻzi baʼzi

muammolarni yanada kuchaytirishi va hatto yangilarini yaratishi mumkin. Raqamli
iqtisodiyotning afzalliklari bilan bir qatorda, juda ahamiyatsiz muammolar

boʻlishi

mumkin. Bu eng yangi aloqa tizimlarini yaratishda muqarrar boʻlgan yuqori

xarajatlardir.

Oʻzbekiston iqtisodiyotining raqobatbardoshligi koʻp jihatdan raqamli formatga

oʻtishga bogʻliq. Bizning fikrimizcha, kelajak texnologiyalari faqat inson

imkoniyatlarini kengaytirishi kerak.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli iqtisodiyot va elektron

hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, 28.04.2020 yil PQ-
4699-sonli.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari va

kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
Farmoni, 19.02.2018 yil PF-5349-sonli.

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ““Raqamli O‘zbekiston — 2030”

strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
Farmoni, 05.10.2020 yil PF-6079-sonli.

4.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 —

2026-yillarga

mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni,
28.01.2022 yil PF-60-sonli.

5.

Чая, В. Т., & Латыпова, О. В. (2011). Бухгалтерский учет для

экономических специальностей.

6.

Carder, K.R., & Weston, W.L. (2002). Rofecoxib‐Induced Instant Aquagenic

Wrinkling of the Palms. Pediatric Dermatology, 19.

7.

Buxgalteriya hisobi nazariyasi [Matn] : darslik. T.Toshmamatov. —

Toshkent: «O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati» nashriyoti, 2019. - 376 bet.

8.

Кутер М.И., & Делиболтоян А.Э. (2013). Об исторических

исследованиях А. Ч. Литтлтона в части формирования теории и практики

амортизации (Окончание следует). Международный бухгалтерский учет, (12),

47-55.

9.

Sokolov, Y. V., & Sokolov, V. Y. (2004). History of accounting: Textbook.

YV Sokolov-M.: Finance and Statistics. 2003. 272 p.


background image

19

RAQAMLI IQTISODIYOT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON

WWW.INFOCOM.UZ

10.

Maroney, C. L., Litke, A., Fischberg, D., Moore, C., & Morrison, R. S.

(2004). Acceptability of severe pain among hospitalized adults. Journal of palliative
medicine, 7(3), 443-450.

11.

Sánchez-Martínez, C., Gelbert, L. M., Lallena, M. J., & de Dios, A. (2015).

Cyclin dependent kinase (CDK) inhibitors as anticancer drugs. Bioorganic & medicinal
chemistry letters, 25(17), 3420-3435.

12.

Бакстер, Н., Бэррел, Т., Вэйнс, Г., Воропаев, Ю., Евстафьев, Д.,

Ермилов, В., ... & Эвод, Э. (2001). Банковское дело: стратегическое руководство.

13.

Раззакова, Д. (2022). Системы Автоматизации Бухгалтерского Учета

-

Основа Эффективного Управления Экономикой. Central Asian Journal of

Theoretical and Applied Science, 3(5), 62-67.

14.

Razzaqova, D. A. Q. (2021). RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA

BUXGALTERIYA HISOBINI AVTOMATLASHTIRISHNING ROLI VA
AHAMIYATI. Scientific progress, 2(8), 243-249.

15.

Qudbiyev, N. T., No, D. M. O. G. L., Raximjonov, U. R. O. G. L., &

Razzaqova, D. A. Q. (2022). SOLIQ ORGANLARIDA RAQAMLI
TEXNOLOGIYALARNING ROLINI OSHIRISH AHAMIYATI. Scientific progress,
3(1), 927-933.

16.

Kudbiev, D., Tursunova, D., & Qudbiyev, N. (2022). Buxgalteriya Hisobini

Avtomatlashtirish Masalalari. Journal of Integrated Education and Research, 1(2), 107-
112.

17.

Nabievich, I. I., & Jaloliddinovich, M. E. (2022). Accounting of fixed assets

according to ifrs-tasks and solutions for the organization of accounting by component
parts. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 12(8), 53-
60.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli iqtisodiyot va elektron

hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, 28.04.2020 yil PQ4699-sonli.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari va

kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi

Farmoni, 19.02.2018 yil PF-5349-sonli.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ““Raqamli O‘zbekiston — 2030”

strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi

Farmoni, 05.10.2020 yil PF-6079-sonli.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga

mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni,

01.2022 yil PF-60-sonli.

Чая, В. Т., & Латыпова, О. В. (2011). Бухгалтерский учет для

экономических специальностей.

Carder, K.R., & Weston, W.L. (2002). Rofecoxib‐Induced Instant Aquagenic

Wrinkling of the Palms. Pediatric Dermatology, 19.

Buxgalteriya hisobi nazariyasi [Matn] : darslik. T.Toshmamatov. —

Toshkent: «O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati» nashriyoti, 2019. - 376 bet.

Кутер М.И., & Делиболтоян А.Э. (2013). Об исторических

исследованиях А. Ч. Литтлтона в части формирования теории и практики

амортизации (Окончание следует). Международный бухгалтерский учет, (12),

-55.

Sokolov, Y. V., & Sokolov, V. Y. (2004). History of accounting: Textbook.

YV Sokolov-M.: Finance and Statistics. 2003. 272 p.

Maroney, C. L., Litke, A., Fischberg, D., Moore, C., & Morrison, R. S.

(2004). Acceptability of severe pain among hospitalized adults. Journal of palliative

medicine, 7(3), 443-450.

Sánchez-Martínez, C., Gelbert, L. M., Lallena, M. J., & de Dios, A. (2015).

Cyclin dependent kinase (CDK) inhibitors as anticancer drugs. Bioorganic & medicinal

chemistry letters, 25(17), 3420-3435.

Бакстер, Н., Бэррел, Т., Вэйнс, Г., Воропаев, Ю., Евстафьев, Д.,

Ермилов, В., ... & Эвод, Э. (2001). Банковское дело: стратегическое руководство.

Раззакова, Д. (2022). Системы Автоматизации Бухгалтерского УчетаОснова Эффективного Управления Экономикой. Central Asian Journal of

Theoretical and Applied Science, 3(5), 62-67.

Razzaqova, D. A. Q. (2021). RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA

BUXGALTERIYA HISOBINI AVTOMATLASHTIRISHNING ROLI VA

AHAMIYATI. Scientific progress, 2(8), 243-249.

Qudbiyev, N. T., No, D. M. O. G. L., Raximjonov, U. R. O. G. L., &

Razzaqova, D. A. Q. (2022). SOLIQ ORGANLARIDA RAQAMLI

TEXNOLOGIYALARNING ROLINI OSHIRISH AHAMIYATI. Scientific progress,

(1), 927-933.

Kudbiev, D., Tursunova, D., & Qudbiyev, N. (2022). Buxgalteriya Hisobini

Avtomatlashtirish Masalalari. Journal of Integrated Education and Research, 1(2), 107-

Nabievich, I. I., & Jaloliddinovich, M. E. (2022). Accounting of fixed assets

according to ifrs-tasks and solutions for the organization of accounting by component

parts. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 12(8), 53-