36
RAQAMLI IQTISODIYOT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
INSON KAPITALINING RAQAMLI RIVOJLANISHINI BAHOLASH
Saloxitdinov Sherzod Farxodovich
Jizzax politexnika instituti assistenti
Annotatsiya:
Bugungi kunda global rivojlanish iqtisodiy faoliyat yurituvchi
sub’yektlar oldiga o‘z faoliyatlarini raqamlashtirish vazifasini dolzarb qilib
qo‘ymoqda. Raqamlashtirish alohida shaxs, mikro, mezo va makro darajada iqtisodiy
faoliyat samaradorligin oshirishning muhim manbai hisoblanadi. Shundan kelib
chiqqan holda, mazkur maqolada raqamlashtirish sharoitida inson kapitalini
rivojlantirish masalalari bayon qilinadi.
Kalit so‘zlar: global rivojlanish, raqamli iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar,
inson kapitali, milliy boylik, innovatsion rivojlanish, bilimlarga asoslangan jamiyat,
iqtisodiy farovonlik.
ОЦЕНКА ЦИФРОВОГО РАЗВИТИЯ ЧЕЛОВЕЧЕСКОГО КАПИТАЛА
Салохитдинов Шерзод Фарходович
Ассистент Джизакского политехнического института
Аннотация:
Сегодня
глобальное
развитие
ставит
перед
экономическими
субъектами
задачу оцифровки их деятельности. Цифровизация является
важным источником повышения
эффективности экономической деятельности
на индивидуальном, микро, мезо и макроуровне.
Исходя
из
этого,
в
данной
статье
будут
рассмотрены
вопросы
развития
человеческого
капитала
в
условиях
цифровизации.
Ключевые
слова:
глобальное развитие, цифровая экономика, цифровые
технологии, человеческий капитал, национальное богатство, инновационное
развитие, общество, основанное на знаниях, экономическое процветание.
ASSESSMENT OF DIGITAL DEVELOPMENT OF HUMAN CAPITAL
Salokhitdinov Sherzod Farkhodovich
Assistant teacher of the Jizzakh Polytechnic Institute assistant
Abstract:
Today, global development sets economic entities the task of
digitizing their activities. Digitalization is an important source of increasing the
efficiency of economic activity at the individual, micro, meso and macro levels. Based
37
RAQAMLI IQTISODIYOT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
on this, this article will address the issues of human capital development in the context
of digitalization.
Keywords: global development, digital economy, digital technologies, human
capital, national wealth, innovative development, knowledge-based society, economic
prosperity.
KIRISH
Jahon iqtisodiyotida yuz berayotgan jarayonlar mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar orasida nisbat o‘zgarayotganini yaqqol
ko‘rsatmoqda. Jahon banki dunyoning “141 ta davlat misolida global milliy boylik
tarkibini tadqiq etish davomida inson kapitalining uning umumiy qiymatidagi ulushi
64 %ni tashkil etishi va so‘nggi 20 yil davomida uning hajmi 55 % ga o‘sgani ma’lum
bo‘lgan. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT)ga a’zo bo‘lgan yuqori
daromadli mamlakatlarda inson kapitalining milliy boylikdagi ulushi 70 %ni tashkil
etgan bo‘lsa, quyi daromadli mamlakatlarda uning hissasi 41 %ga to‘g‘ri keldi”[1].
Aynan inson kapitalidagi farqlar mamlakat iqtisodiyotining jahon bozoridagi
raqobatbardoshligi, aholi turmush farovonligi va umuman, inson taraqqiyotidagi
farqlarni belgilab bermoqda, xususan, “mamlakatlar o‘rtasida aholi jon boshiga to‘g‘ri
keladigan daromadlardagi farqlarning 10-30 % aynan inson kapitali bilan
izohlanishi”[2] ma’lum bo‘lmoqda. Ta’kidlash lozimki, bugungi kunda iqtisodiy
o‘sish
omillari o‘zgarmoqda. An’anaviy omillar (mehnat, er, kapital, tadbirkorlik qobiliyati)
kabi omillar o‘rniga fan va ta’lim, ya’ni umumlashtirib aytilganda millatning intellekti
bo‘lgan omillar birinchi o‘ringa chiqmoqda.
O‘zbekistonda milliy boylik tarkibida inson kapitali ko‘rsatkichining ulushi
62% ni tashkil qiligani holda, jahon banki mutaxassislarining fikriga ko‘ra dunyo
mamlakatlari bo‘yicha milliy boylik tarkibida jismoniy kapitalning ulushi o‘rtacha
16% ni, tabiiy kapital - 20% ni, inson kapitali - 64% ni tashkil etadi (Germaniya,
Yaponiya, Shvetsiya singari taraqqiy etgan mamlakatlarda milliy boylik tarkibida
inson kapitali ulushi 80% ga yetadi).
Bugungi kunda inson kapitalining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini
ta’minlash borasidagi jarayonlarga ta’sirini o‘rganishga qiziqish kun sayin ortib
borayotganligini kuzatishimiz mumkin. Bu borada tadqiqotchilar tomonidan ko‘p
sonli ilmiy izlanishlar olib borilgan bo‘lsada, “inson kapitali” kategoriyasini
aniqlashtirishda muayyan noaniqliklar saqlanib qolmoqda, shu bilan birga, uning
tashkil etuvchilariga hanuz to‘liq oydinlik kiritilmagan, milliy iqtisodiyotning
innovatsion rivojlanishiga inson kapitalining ta’siri miqdor jihatdan baholanmagan.
Yangicha iqtisodiy munosabatlarning tarkibi topishi sharoitida milliy iqtisodiyotda
38
RAQAMLI IQTISODIYOT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
inson kapitalidan foydalanish va uning sifatini ta’minlash uslubiyoti borasida amalga
oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining salmog‘i yetarlicha emas.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Inson kapitali nazariyasiga mustaqil nazariya sifatida XX asrning
50-60-yillarida Chikago maktabi namoyondalari tamonidan asos solingani holda
Bekker (1962), Mincer (1958), Polachek (1974) ishlarida uning nazariy va uslubiy
asoslari shakllantirildi va yanada rivojlantirildi. Bundan tashqari, inson kapitalining
iqtisodiy o‘sish sifatiga ta’siri bo‘yicha tadqiqot olib borgan g‘arb iqtisodchi olimlari
sirasiga Agiyon, Meghir (2004) va boshqalarni kiritishimiz mumkin. Bu
tadqiqotlarda, inson kapitalining iqtisodiy o‘sish sifatiga ta’sirini zamonaviy fan
nuqtai-nazaridan yondashgan va innovatsion faoliyat ko‘lamidan o‘sib boruvchi
samaradorlikni hisobga olib, o‘zida endogen iqtisodiy o‘sish nazariyalarini
mujassamlashtirgan Agiyon (2004)ning tadqiqotlari muhim o‘rin tutadi.
O‘z navbatida mamlakatimiz iqtisodchi olimlari tomonidan ham mazkur
muammoning turli jihatlarini tadqiq qilishga alohida ahamiyat qaratib kelinmoqda.
Jumladan akademiklar Ubaydullaeva (2017), Abduraxmonov (2017) va G‘ulomov
(2019) inson kapitalining turli jihatlarini tatqiq etganlar. So‘nggi yillarda Toshkent
davlat
iqtisodiyot
universiteti
huzuridagi
“O‘zbekiston
iqtisodiyotini
rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi xodimi
Akramova (2019) tomonidan yaxlit bir tizim sifatida talqin qilinuvchi milliy
iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga inson kapitalining ta’siri masalalari atroflicha
o‘rganilgan.
Mazkur tadqiqotlar O‘zbekistonda inson kapitali rivojlanishini baholash
masalalariga ulkan hissa qo‘shgan bo‘lsada, yangicha iqtisodiy munosabatlar
sharoitida mamlakatimizda inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan
taklif va tavsiyalar ishlab chiqishning zarurati mazkur ilmiy- tadqiqot ishi mavzusini
tanlashga asos bo‘lib xizmat qiladi.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Inson
kapitalining
raqamli
rivojlanishini
baholash,
raqamlashtirish
jarayonlarining korxonalarning inson kapitali sifati va korxona yakuniy natijalariga
ta’sirini tadqiq qilishda inson kapitalining shakllanishi va rivojlanishi masalalariga
katta e’tibor qaratgan olimlar va soha mutaxassislarining ilmiy asarlaridan keng
foydalanildi. Maqolada ilgari surilgan fikrlarni asoslash maqsadida tadqiqot ishida
guruhlash, taqqoslash, iqtisodiy-matematik modellashtirish usullariga urg‘u beriladi.
TAHLIL VA NATIJALAR MUHOKAMASI
Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi korxonalarni qayta tashkil etishga undaydi
va inson kapitalining tarkibiy va mazmunan tashkil etuvchilariga yangi talablarni
39
RAQAMLI IQTISODIYOT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
qo‘ygan holda ish o‘rinlariga tarkibiy talabni shakllantiradi. Zero, mahsuldorlikning
yuqori o‘sishini ta’minlash borasida yangi texnologiyalarning paydo bo‘lishi va uning
rivojlanishi asnosida xodimlar va foydalanuvchilar yangi ko‘nikma va qobiliyatlarga
muhtojlik
sezadilar.
Raqamli
inson
kapitalini
rivojlantirishning
global
chaqiriqlarining asosiy tamoyili -bu raqamli muhitda muvaffaqiyatga erishishda
ustuvor bo‘lgan ko‘nikmalar guruhiga bo‘lgan qarashlarni o‘zgartirish hisoblanadi.
IHTTning
“Raqamli
iqtisodiyot
istiqbollari
2017”[3]
hisobotida
raqamlashtirish biznes innovatsiyalarini rivojlantirishning katalizatori sifatida ko‘rib
chiqiladi. Raqamlashtirish keng imkoniyatlar taqdim etishi bilan bir qatorda, u bir
qator muammolarni ham paydo qiladi, xususan, kompaniyalar samaradorlikni oshirish
borasida raqamlashtirishdan qanday foydalanish va raqamli muhitda xodimlarni
qanday rivojlantirishni anglab etishlari lozim bo‘ladi. Biroq, raqamli texnologiyalarni
rivojlantirishning o‘sish sur’ati raqamli ko‘nikmalarni o‘zlashtirishning o‘sish
sur’atlaridan orqada qolmoqda. Jumladan, IHTT ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda 55-65
yoshdagi to‘liq o‘rta ma’lumotga ega bo‘lmagan va past malakali insonlar hatto asosiy
raqamli ko‘nikmalar va kompyuterda ishlash malakasiga ham ega emaslar.
Ushbu toifadagi katta yoshdagi aholi orasida mazkur ko‘nikmalarning
etishmasligi ularni inson kapitalidan foydalanishdagi hozirgi texnologik o‘zgarishlar
va yangi tarkibiy talablar bilan bog‘liq bo‘lgan ish joylarini yo‘qotishning risk
guruhiga tushib qolish ehtimolini oshiradi. Shunday qilib, mehnat bozoridagi tarkibiy
texnologik o‘zgarishlar, birinchi navbatda, raqamli ko‘nikmalarga ega bo‘lgan va
rivojlanayotgan raqamli iqtisodiyotda ishlash uchun zarur bo‘lgan malakalarini
oshirishga tayyor bo‘lmagan ishchilarga ta’sir qiladi.
2015-yilda o‘tkazilgan PIAAC tadqiqotining tahliliy natijalari ishsizlik riski va
raqamli
texnologiyalardan foydalangan holda muammolarni hal qilish
ko‘nikmalarining rivojlanish darajasi o‘rtasida bevosita bog‘liqlik mavjudligini
ko‘rsatadi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanish darajasiga qarab
aholining bandligi 1-rasmda keltirilgan.
40
RAQAMLI IQTISODIYOT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
1-rasm. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanish darajasiga
qarab aholini ish bilan ta’minlash [4]
Ko‘rinib turibdiki, texnologik jihatdan to‘yingan raqamli muhitda professional
vazifalarni hal qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lgan xodim-largina ishsizlar guruhiga
tushib qolish xavfidan yuqori darajada himoyalangan.
Raqamli kompetentsiya, raqamli muhitda muammolarni hal qilish va
hamkorlik-bu 2018-yil yanvar oyida kuchga kirgan raqamli ta’limni rivojlantirish
bo‘yicha harakatlar rejasi (DEAP) doirasida Yevropa komissiyasining diqqat
markazida bo‘lgan korxona inson kapitalining tarkibiy va muhim qismlari
hisoblanadi[5].
Jahon iqtisodiy forumi materiallari va korporativ tahliliy xizmatlarning
hisobotlarida asosiy ko‘nikmalar guruhlarini transformatsiya qilish bo‘yicha o‘xshash
vazifalar ta’kidlangan. Korxonalar xodimlarining kompetentsiyalariga bo‘lgan talab
2-rasmda keltirilgan.
Ko‘rinib turibdiki, IBM Institute for Business Value instituti tomonidan
kompaniyalar o‘rtasida
o‘tkazilgan so‘rovlar natijasiga ko‘ra, barcha
respondentlarning 61 foizi xodimlarning eng ko‘p talab qilinadigan kompetentsiyalari
kompyuterda ishlash ko‘nikmalari ekanligini qayd etishgan, ixtisoslashgan tarmoq
bilimlari blan bog‘liq kompetentsiyalar esa atigi 20% ni tashkil qiladi. Ishlab
chiqarishni avtomatlashtirish, sun’iy intellektni rivojlantirish, tashkiliy tuzilmalarni
o‘zgartirish va avvalambor, o‘zgarish tezligining oshishi kompaniya xodimlariga
yangi talablarini belgilaydi.
Bugungi kunda kompaniyalar uchun ularning o‘tgan davrlarda erishgan
natijalari unchalik ham muhim emas, ular kelgusida muvaffaqiyatni ta’min etuvchi
100
90
80
70
60
50
40
30
20
10
0
90
84
76
47
AKT sohasida tajriba yo‘q
1 darajadan past
1-daraja
2 va 3 daraja
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining (AKT) rivojlanish darajasiga qarab aholi bandligi
41
RAQAMLI IQTISODIYOT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
tajriba va ko‘nikmalar haqida so‘z yuritishni afzal biladilar. Kelajakda muvaffaqiyatni
kafolatlaydigan ko‘nikma va fazilatlarga ega bo‘lish muhimdir. Kerakli fazilatlar
ro‘yxati muttasil tarzda yangilanib boradi. Dunyoning etakchi ish beruvchilari
o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovlar zaruriy “kelajak ko‘nikmalari” turli-tuman ekanligini
ko‘rsatadi.
2-rasm. Korxona xodimlarining asosiy kompetentsiyalariga bo‘lgan talab, % [6]
Kutilmalar ro‘yxatiga dasturlash qobiliyati va hissiy intellekt kabi turli xil
jihatlar kiradi (Arntz and other 2016). Qo‘l mehnati bilan bir qatorda moliya va
moddiy resurslarni boshqarish qobiliyati o‘z ahamiyatini yo‘qotadi.
McKinsey Global Institute tahliliy tadqiqotiga ko‘ra korxonalar xodimlari uchun
zarur bo‘lgan kompetentsiyalarga bo‘lgan talabning joriy va istqbol baho-lashlari
3-rasmda keltirib o‘tilgan.
Ko‘rinib turibdiki, kompaniyada turli darajadagi raqamli kompetentsiyalarga ega
bo‘lgan yuqori darajadagi xodimlar uni raqobatdosh ustunlik bilan ta’minlaydi.
Yuqorida aytilganlarning barchasi inson kapitalini boshqarishda yangi yo‘nalish –
bilim va ko‘nikmalar to‘plami, ijodiy komponent, lateral fikrlash, raqamli
iqtisodiyotning VUCA- muhitida ishlash qobiliyati bilan belgilanadigan inson
kapitalining raqamli rivojlanishi zarurligi, shuningdek, raqamli iqtisodiyotning yangi
chaqiriqlariga moslashish asosi sifatida xulq-atvorning moslashuvchanligi dolzarb
qilib qo‘yadi.
Asosiy harflar va
arifmetika
50
Vaqt boshqarish
47
Maxsus sanoat bilimlari
70
60
50
40
30
20
20
6A
1sosiy kompyuter
ko'nikmalari
6te1xnik ko'nikmalar
Biznes muhitida tahlil
44
53
Samarali muloqot qilish
qobiliyati
27
25
Yangilik va ijodiy bo'lish
qobiliyati
51 O‘zgaruvchanlik va
moslashuvchanlik
50
Etika va halollik
Jamoaviy ish
42
RAQAMLI IQTISODIYOT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
3-rasm. 2030-yilgacha bo‘lgan muddatda kompetentsiyalarga bo‘lgan talab, %
[7]
Xulq-atvorning moslashuvchanligi raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish
sharoitida inson kapitalini rivojlantirishning asosiy omilidir. Biologik turlarning
evolyutsiyasi va omon qolishi yoki zamonaviy inson o‘zgaruvchan dunyo
sharoitlariga qanday moslashishidan qat’i nazar, u turli darajalarda o‘zini namoyon
qiladi. Xulq-atvorni o‘zgartirish asnosida inson kapitali tashqi muhit chaqiriqlariga
moslashib boradi. Xulq-atvor umumiy ma’noda atrof-muhit bilan o‘zaro
munosabatlarning shakllangan va qat’iy usuli sifatida tushuniladi. Shu bilan birga,
qiyinchiliklarga javoban (masalan, o‘zgaruvchan sharoitlar yoki yangi omillarning
paydo bo‘lishi) harakat rejimi o‘zgaradi. Bu atrofda sodir bo‘layotgan voqealarga
moslashuvchan javob berish va muvaffaqiyatli strategiyalarni tanlash imkonini
beradi.
Har bir yangi narsani o‘rganish-bu xulq-atvorning o‘zgarishi demakdir. Avval
mavjud bo‘lmagan ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lish uchun siz hatti-harakat
tarzini o‘zgartirish talab qilinadi. Olingan tajriba (o‘qigan, ko‘rgan, eshitgan, o‘ylagan
va qo‘llaniluvchi hamma narsa) ta’siri ostida miya tuzilmalari yangi axborot
kanallarini yaratadi va o‘rganish amalga oshadi.
Xulq-atvor moslashuvchan funktsiyani bajaradi, bu tananing o‘zini
yo‘qotmasligi va kutilmagan omillar ta’siri ostida rivojlanishni to‘xtatmasligiga
imkon beradi. Moslashish va kompensatsiya jarayonlarini boshlagandan so‘ng,
organizm yoki tuzilma yanada murakkablashadi va rivojlanadi. Tana qancha ko‘p
ma’lumotni saqlashi, o‘zlashtirishi va qo‘llashi mumkin bo‘lsa, u shunchalik
murakkab bo‘ladi. Inson miyasi 100 milliardga yaqin neyronlardan iborat bo‘lib, ular
joriy talab
kelgusida
52
42
36
37
39
40
36
40
31
33
19
18
17
12
13
15
10
4
43
RAQAMLI IQTISODIYOT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
bir-biri bilan bog‘lanib, taxminan 100 trillion aloqadan iborat tarmoq hosil qiladi.
Impulslar (ma’lumotlar)ning uzatilishi sinaps neyronlarning maxsus aloqa nuqtasi
yordamida sodir bo‘ladi.
Ushbu birikmalar kompyuterning operativ xotirasi bilan o‘xshash funktsiyalarga
ega bo‘lgan miyaning qisqa muddatli xotirani saqlash uchun mas’ul bo‘lgan qismi
gippokamp to‘qimasini hosil qiladi. AQShning Solk biologik tadqiqotlar institutida
amerikalik olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar inson miyasi petabayt
ma’lumotni saqlashi mumkinligini tasdiqlaydi – bu deyarli butun Internet tarmog‘iga
teng demakdir. Axborotni olish va o‘zlashtirishga ongli yondashuv odamga miyasida
mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanishga va tezroq va samaraliroq o‘rganishga
yordam beradi.
Kerakli ko‘nikmalarni rivojlantirish mavzusida global kompaniya-larning 5600
nafar menejerlari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra: korxonalarning atigi
49 foizi zarur ko‘nikma va qobiliyatlarni rivojlantirish va saqlash uchun javobgardir;
respondentlarning 39 foizi o‘z-o‘zini tarbiyalash yo‘nalishi bo‘yicha xodimlarning
o‘zlariga javobgar-likni yuklaydilar; 78% respondentlar kasbiy mahoratni
shakllantirish va rivojlantirish borasida davlatning mas’ul ekanligini ta’kidlashadi.
Shu bois, korxonalar rahbarlari va xodimlarining inson kapitalini raqamli
rivojlantirish uchun zarur bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash
uchun javobgarligini tushunib etmasliklari raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish
sharoitida inson kapitalini boshqarish sohasida jiddiy muammo hisoblanadi.
Oliy ta’lim tizimini raqamlashtirish jarayoni sifatiga yangicha o‘qitish
mexanizmining asosiy omillaridan samarali foydalanish holatidagina erishish mumkin:
1) ta’lim dasturlarini diversifikatsiya qilish; 2) o‘qituvchilarning raqamli
texnologiyalarni qabul qilish va ulardan faol foydalanish borasida xabardorligining
o‘zgarishi; 3) inson kapitalining raqamli rivojlanishi sharoitida fan va biznesning
integratsiyalashuvi.
Shu tariqa, zamonaviy ta’limning asosiy vazifasi raqamli muhitdagi
o‘zgarishlarga javob beradigan moslashuvchan ta’lim tizimini shakllantirish va inson
kapitalining raqamli rivojlanishining alohida (shaxsiylashtirilgan) traektoriyalarini
amalga oshirish uchun sharoit yaratishdan iboratdir.
Raqamli ta’limning turli tiplari va ko‘rinishlari orqali inson kapitalining
shaxsiylashtirilgan va moslashuvchan raqamli rivojlanishi uchun tegishli shart-
sharoitlarni yaratish mumkin bo‘ladi.
44
RAQAMLI IQTISODIYOT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
4-rasm. Zarur ko‘nikma va bilimlarni qo‘llab-quvvatlash uchun mas’ullar [8]
Zamonaviy axborot texnologiyalarining rivojlanishi yangi axborot-ta’lim
muhitini modellashtirishga olib keladi. Bugungi kunda ta’lim tizimi o‘qitishda
innovatsion usullardan foydalanishga yo‘naltirilgan-likni talab qiladi. Faxrutdinova
(2014): “yangi axborot texnologiyalari talabaning intellektual va ijodiy salohiyatini
rivojlantirishga qaratilgan pedagogik vazifalarni hal qilishga imkon beradi”. Oliy
ta’limdagi axborot texnologiyalari asrida shuni ta’kidlash kerakki, raqamli ta’limdan
foydalanish ta’lim davomida hamroh bo‘ladigan kommunikativ, ijtimoiy va kognitiv
jarayonlarni qo‘llab-quvvatlashga imkon beradi.
XULOSA
1.
Ilmiy jamoatchilikda inson kapitalining qiymati va uning ta’lim tarkibiy
qismi to‘g‘risida munozaralar hanuz davom etmoqda, shu bilan bir qatorda, har bitta
tadqiqotchi ushbu nazariyaning shakllanishiga hissa qo‘shmoqda. Inson kapitali
qiymati nazariyasi haqidagi bilimlarni tadqiq qilish va tizimlashtirish shuni
ko‘rsatdiki, inson kapitalidagi barcha turdagi xarajatlar tarkibida uni o‘lchashda eng
muhimi ta’lim xarajatlari hisoblanadi. Shu munosabat bilan ta’limni inson
kapitalining muhim hal qiluvchi omili sifatida baholashning kontseptual
yondashuvlariga katta e’tibor qaratiladi.
2.
Raqamli iqtisodiyotda korxona xodimlarining inson kapitalini boshqarish
metodologiyasi doirasida unga investitsiyalarning asosiy shakli raqamli ta’lim bo‘lib,
u barcha professional guruhlar va xodimlar toifalari uchun zarurdir, chunki raqamli
iqtisodiyotda aynan raqamli axborotni boshqarish, saqlash, uzatish va qayta ishlash
90
80
78
70
67
60
50
49
46
40
39
30
20
10
0
Davlat
Oliy ta
’
lim
muassasalari
Xususiy sektor
O'rta ta'lim
muassasalari
Alohida
shaxslar
45
RAQAMLI IQTISODIYOT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
bo‘yicha raqamli bilimlar asosiy ishlab chiqarish resursi hisoblanadi.
3.
O‘zaro tajriba almashish bugungi kunda boshqaruv nazariyasi va amaliyotida
yangi yo‘nalish – inson kapitalining raqamli rivojlanishini boshqarish to‘g‘risida
gapirishga imkon beradi. Raqamli iqtisodiyotning asosiy xususiyati VUCA-
o‘zgaruvchanlik, noaniqlik, murakkablik va ko‘p qirralilik hisoblanadi. Shu bois,
inson kapitalini raqamli rivojlantirishda boshqarishning an’anaviy strategiyasidan
VUCA -strategiyaga o‘tish talab qilinadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
Lange, Glenn-Marie, Quentin Wodon, and Kevin Carey, eds. 2018.
2
World Bank Group. Human Capital: A Project for the World, 2018. October,
13
https://www.oecd.org/digital/oecd-digital-economy-outlook-2017-
4
PIAAC. Survey of Adult Skills / OECD. – 2015.
5
European Commission. The Digital Economy and Society Index (DESI) /
European Commission.; European Union. Digital Education Action Plan / European
Commission. – 2018.
6
IBM Institute for Business Value «Facing the storm. Navigating the global
skills crisis, 2016»
7
McKinsey Global Institute «A future that works: automation, employment
and productivity, 2017»
8
IBM Institute for Business Value «Facing the storm. Navigating the global
skills crisis, 2016»
