O‘ZBEKISTONDA RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY-HUQUQIY ASOSLARI TAHLILI

Annotasiya

Mazkur maqolada mamlakat iqtisodiyotida axborot
texnologiyalarning izchil rivojlanishi hosilasi sifatida raqamli iqtisodiyotni
rivojlanishining nazariy asoslari o‘rganib chiqilgan holda asosli takliflar ishlab
chiqilgan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
142-152
2

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Bababekova , N. (2025). O‘ZBEKISTONDA RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY-HUQUQIY ASOSLARI TAHLILI. Raqamli Iqtisodiyot, 6(6), 142–152. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/digital-economy/article/view/88359
Nargiza Bababekova , Toshkent Amaliy fanlar universiteti
Katta o‘qituvchi
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Mazkur maqolada mamlakat iqtisodiyotida axborot
texnologiyalarning izchil rivojlanishi hosilasi sifatida raqamli iqtisodiyotni
rivojlanishining nazariy asoslari o‘rganib chiqilgan holda asosli takliflar ishlab
chiqilgan.


background image

142

RAQAMLI IQTISODIYOT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON

WWW.INFOCOM.UZ

O‘ZBEKISTONDA RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHNING

NAZARIY-HUQUQIY ASOSLARI TAHLILI

Bababekova Nargiza Baxtiyarovna

Toshkent Amaliy fanlar universiteti “Tarmoqlar iqtisodiyoti” kafedrasi katta

o‘qituvchisi

azmyus0960@gmail.com

Annotatsiya:

Mazkur maqolada mamlakat iqtisodiyotida axborot

texnologiyalarning izchil rivojlanishi hosilasi sifatida raqamli iqtisodiyotni
rivojlanishining nazariy asoslari o‘rganib chiqilgan holda asosli takliflar ishlab
chiqilgan.

Kalit so

zlar: raqamli iqtisodiyot, qonuniy baza, huquqiy tartibot

АНАЛИЗ ТЕОРЕТИЧЕСКИХ И ПРАВОВЫХ ОСНОВ РАЗВИТИЯ

ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ В УЗБЕКИСТАНЕ

Бабабекова Наргиза Бахтияровна

Старший преподаватель кафедры “Экономика отраслей” Ташкентского

университета прикладных наук (UTAS)

azmyus0960@gmail.com

Аннотация

:

В данной статье рассмотрены теоретические основы развития

цифровой экономики как производной от последовательного развития

информационных технологий в экономике страны.

Ключевые слова:

цифровая экономика, правовая база, правопорядок.

ANALYSIS OF THE THEORETICAL AND LEGAL FRAMEWORKS FOR

THE DEVELOPMENT OF THE DIGITAL ECONOMY IN UZBEKISTAN

Bababekova Nargiza Bakhtiyarovna

Senior Lecturer at the Department of Economics of Industries, Tashkent University

of Applied Sciences (UTAS)

azmyus0960@gmail.com


background image

143

RAQAMLI IQTISODIYOT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Abstract:

In this article, reasonable proposals were developed with a study of

the theoretical foundations of the development of the digital economy as a derivative
of the consistent development of Information Technology in the country's economy.

Keywords: digital economy, legal base, legal enforcement.

KIRISH

Hozirgi butun dunyoda amalga oshirilayotgan axborot texnologiyalarning izchil

rivojlanishi jumladan raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish, loyihalari asosan
barcha mamlakatlar turli darajalarda duch keladigan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni
hal qilishda samarali usul sifatida qo‘llaniladi. Dunyo aholisining yarmidan ko‘pi
shaharlarda yashayotganligini hisobga olsak, raqamli iqtisodiyot tizimini joriy etish va
rivojlantirish masalasi kun sayin dolzarb bo‘lib kelmoqda. Raqamli iqtisodiyot va uni
yanada rivojlantirish zarurati, shuningdek, ishlab chiqaruvchi kuchlarning axborot
texnologiyalar asosida ilmiy-texnikaviy rivojlanish darajasini, jamiyatning madaniy va
ijtimoiy-ma’naviy hayotini yaxshilash talab etmoqda.

Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni samarali tashkil etishdan maqsad

xizmatlarning samaradorligini oshirish va aholi ehtiyojlarini qondirish uchun ularni
rag‘batlantirish masalalari shuningdek, shaharni yangi zamonaviy texnologiyalaridan
foydalangan holda hayot sifatini yaxshilash lozim.

Hozirgi kunda raqamli iqtisodiyot tushunchasi bir qator mamlakatlarning

iqtisodiy nazariyasi va amaliyotida paydo bo‘ldi. Bu raqamli texnologiyalarning jadal
rivojlanishi, axborot sohasida inqilob va iqtisodiyotning globallashuv jarayonlarini
tezlashtirish bilan ajralib turdi. Ulardan foydalanish samaradorligi ortib borayotgan
bilimga aylantirildi va ijtimoiy-iqtisodiy aloqalar tobora kengayib bormoqda. Bozor
subyektlarining faoliyatida raqamli transformatsiyalarning asosiy omili raqamli
madaniyatni rivojlantirishdan iborat. Jamiyatni ijtimoiy va iqtisodiy isloh qilishning
hozirgi bosqichida atrof-muhit jamiyatning institutsional tuzilishiga xos xususiyatlarini
keltirib chiqarmoqda va bu asosda yangi tushunchalar va yondashuvlarni
shakllantirishga zarurat tug‘diradi.

Ma’lumki, Muhtaram Prezidentimizning 2017 – 2021-yillarda O‘zbekiston

Respublikasining rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar
strategiyasida belgilangan “Elektron Hukumat” tizimini yanada rivojlantirish,
iqtisodiyot tarmoqlarida axborot tizimlarini tatbiq etish va jamoat tartibini ta’minlash
vazifalarini amalga oshirish maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi
milliy agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 27 iyuldagi PQ-3150-
sonli qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Kompyuter va axborot
texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi “Uzinfokom” negizida Davlat


background image

144

RAQAMLI IQTISODIYOT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON

WWW.INFOCOM.UZ

axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator tashkil
etish va yagona integrator oldiga bir qator vazifalar qo‘yildi [1].

Ta’kidlash joizki, keyingi yillarda O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni

rivojlantirishga doir bir qancha me’yoriy-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilib, unda
mazkur tizimni taraqqiy ettirishga doir ko‘plab qilinishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab
berildi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-iyuldagi
O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish choratadbirlari
to‘g‘risidagi PQ-3832-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil
5-oktyabrdagi “Raqamli O‘zbekiston-2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali
amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PK-6079-sonli qarorlariga binoan
respublikada raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, yaqin istiqbolda barcha tarmoq
va sohalarga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish
bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilganligini ko‘rsatib
o‘tish mumkin [2].

O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish vazifasi milliy

statistika doirasida ham bir qancha muhim ishlarning bajarilishini, xususan, milliy
iqtisodiyot tarmoq va sohalarini raqamlashtirishga oid indikatorlar tizimi ishlab
chiqilishi, mazkur tizim uchun ma’lumotlar bazasi shakllantirilishi, maxsus kuzatuvlar,
so‘rovnomalar, hisobot shakllari ishlab chiqilishini taqozo etadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Iqtisodiyot va jamiyatning “raqamlashtirish” jarayoni (ingliz tilida – digitization

ya’ni, raqamlashtirish, ba’zan esa digitalization ya’ni raqamlashtirilishi ma’nosini
bildiradi.) haqida gapirganda, birinchi navbatda, terminologiyaga aniqlik kiritish
kerak. Eng keng ma’noda “raqamlashtirish” jarayoni odatda raqamli texnologiyalarni
keng qo‘llash va assimilyatsiya qilish tashabbusi bilan boshlangan ijtimoiy-iqtisodiy
o‘zgarishni anglatadi. axborotni yaratish, qayta ishlash, almashish va uzatish
texnologiyalaridir.

41

Raqamli iqtisodiyot tushunchasiga bir qator ta’riflar berilgan.

Jumladan, iqtisodiyot fanlari doktori, Rossiya Fanlar akademiyasining muxbir a’zosi
V.Ivanov “Raqamli iqtisod - haqiqatimizni to‘ldiradigan virtual muhit” deya
takidlaganlar [3].

Tomsk davlat universitetining professori, R. Meshyaryakovning fikricha

“raqamli iqtisod” atamasiga ikkita yondashish mavjud deb hisoblaydi. Raqamli
texnologiyalar asosida iqtisodiyotning va elektron tovar va xizmatlar eksklyuziv
domen tavsiflovchi raqamli iqtisodiyot: birinchi yondashuv “klassik” deb nomlanib,
klassik misollar - teletibbiyot, masofaviy ta’lim, dori-darmonlarni sotish (filmlar,
televizorlar, kitoblar va boshqalar). Ikkinchi yondashuv: “raqamli iqtisod” ilg‘or
raqamli texnologiyalardan foydalangan holda iqtisodiy ishlab chiqarishdir [4].


background image

145

RAQAMLI IQTISODIYOT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON

WWW.INFOCOM.UZ

M.L.Kalujskiy raqamli iqtisodiyot - iqtisodiy internet faoliyati, shuningdek,

shakllari, usullari, vositalari va uni amalga oshirish aloqa muhitidir deb ta’riflagan [5].

“Raqamli iqtisodiyot” atamasi ilmiy amaliyotga ispaniyalik va amerikalik

sotsiolog, axborotlashgan jamiyatning yetakchi tadqiqotchisi Manuyel Kastels

tomonidan kiritilgan. Bu borada u o‘zining “Axborot davri: iqtisod, jamiyat va
madaniyat” nomli uch jildli monografiyasini chop etgan. Hozirgi vaqtga kelib, raqamli
iqtisodiyot nazariyasi to‘laligicha hali shakllanmagan va ko‘pchilik iqtisodchilar
tomonidan keng miqyosda o‘rganilmoqda. Ilmiy adabiyotlarda hozirgi zamon “Yangi
raqamli iqtisodiyoti” turli xil atamalar bilan nomlanadi. Masalan, “Postindustrial
iqtisodiyot” (D.Bell), “Axborotlashgan iqtisodiyot” (O.Toffler)[6], “Megaiqtisodiyot”
(V.Kuvaldin), “Axborot va aloqaga asoslangan iqtisodiyot” (I.Niiniluto),

“Texnoiqtisodiyot yoki raqamli iqtisodiyot” (B.Geyts), “Bilimlarga asoslangan
iqtisodiyot” (D.Tapskott) adabiyotlarini keltirish mumkin.

Manbalarda keltirilishicha “Raqamli iqtisodiyot” iqtisodiyotning bunday turi

ma’lum darajada amalda ishlaydigan turdagi model hisoblanadi. Raqamli iqtisod - bu
ishlab chiqarish kompleksi, inson uchun hayot va qulaylikni ta’minlaydigan mahsulot
va xizmatlarni yaratadigan ishlab chiqarish tizimi bo‘lib, u yerda ma’lum bir
kiber-

jismoniy (киберфизическая) tizim paydo bo‘ladi

[7].

Fikrimizcha, raqamli iqtisodiyot bu ishlab chiqarish kompleksi insonlar uchun

qulayliklarni ta’minlaydigan mahsulot va xizmatlarni yaratadigan virtual muhit bo‘lib,
raqamli texnologiyalardan foydalangan holda iqtisodiy ishlab chiqarish tizimidir.
Shuningdek, raqamli iqtisod rasmiylashtirilishi mumkin bo‘lgan barcha arsani qamrab
olishi mumkin, ya’ni mantiqiy sxemalarda namoyon bo‘ladi. Hayotning o‘zi esa bu
“narsalarni” ishlab chiqarish, tarqatish, almashtirish va iste’mol qilish tizimiga
aylantirishga imkoniyat yaratadi. Xaqiqatdan ham insonning ruhiy haqiqatida
joylashgan dunyoning virtual qismidan oldin ishlab chiqarish kuchi bo‘lmagan, yangi
g‘oyalar va mahsulotlar yaratilgan muhit emas edi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

“Raqamli” davlatlar – ya’ni raqamli iqtisodiyot yuksak rivojlangan davlatlar

bugungi kunda Norvegiya, Shvetsiya va Shvetsariya hisoblanadi. AQSH, Buyuk
Britaniya, Daniya, Finlandiya, Singapur, Janubiy Koreya hamda Gongkong raqamli
iqtisodiyot rivojlangan davlatlar 10 taligiga kiradi. Ushbu davlatlar tajribasini o‘rganib
chiqish va bular asosida harakatlanish ko‘zlangan maqsadga tezroq erishishga yordam
beradi.

Bugungi kunda Respublikada axborot-kommunikatsiya tarmog’ida hizmatlar

turlarini o’stirish, soxaga yangi innovatsion uslublarni joriy etish maqsadida

2030-yilga qadar “Raqamli O‘zbekiston” konsepsiyasini ishlab chiqish yuzasidan ham
choratadbirlarni amalga oshirish belgilangan. Shu maqsadda axborot va aloqa sohasida


background image

146

RAQAMLI IQTISODIYOT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON

WWW.INFOCOM.UZ

faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni haqidagi statistikani tahlil
etishimiz mumkin.

1-jadval

Iqtisodiy faoliyat turi bo

yicha “Axborot va aloqa” sohasida faoliyat

ko

rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni

Tarmoqlar

2016

2017

2018

2019

2020

2021

2022

2023

2024

Axborot va aloqa - jami

6370

6427

6403

6975

7901

9517

10587

12204

10551

Kitoblar nashr qilish

84

87

114

122

145

193

217

242

232

Ma’lumotnoma va

ro

yxatlar nashr qilish

21

15

5

7

7

8

7

11

11

Gаzetаlаr nаshr qilish

106

267

308

315

315

337

324

321

246

Jurnаllаr vа dаvriy

nаshrlаr nаshr qilish

39

117

143

154

176

182

211

229

192

Nаshirlik fаoliyatining

boshqа turlаri

216

220

223

231

270

358

405

409

341

Kompyuter o

yinlаrini

chiqаrish

82

171

83

90

109

136

130

156

171

Boshqа dаsturiy

minotlаrni chiqаrish

122

109

201

206

248

315

352

425

494

Kino-videofilmlar,

televizion dasturlar,

fonogrammalar va

musiqali yozuvlarni ishlab

chiqarish

115

161

184

205

227

293

353

400

305

Kino- videofilml

а

r v

а

televizion d

а

sturl

а

r

tayyorlashning ishl

а

b

chiq

а

rish bosqichi

12

23

39

44

42

53

59

63

44

Kinofilml

а

r, video v

а

televizion d

а

sturl

а

rni

t

а

rq

а

tish

46

43

44

50

46

49

47

49

42

Kinofilmlar namoyish

qilish

95

82

87

87

95

99

84

95

70

Fonogrаmmаlаr vа

musiqаli yozuvlаrni nаshr

qilish bo

yichа fаoliyat

125

100

88

71

76

84

77

71

44

Rаdioeshittirish

227

389

109

93

87

88

66

68

35

Televizion dаsturlаrni

yarаtish vа nаmoyish

qilish bo

yichа fаoliyat

99

81

76

91

92

106

106

107

90

Simli аloqа xizmаtlаrini

taqdim etish

845

640

547

542

457

463

362

386

296


background image

147

RAQAMLI IQTISODIYOT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Simsiz аloqа xizmаtlаrini

taqdim etish

1025 1255 1020 1065 1127 1382

1457

1588

1223

Yo

ldosh vositаsidаgi

аloqа xizmаtlаrini

ko

rsаtish taqdim etish

16

11

7

8

20

24

22

25

16

Boshqа telekommu

-

nikаtsiya xizmаtlаri

ko

rsаtish

368

245

538

606

805

1017

1255

1253

992

Kompyuter

dаsturlаshtirish sohаsidаgi

fаoliyat

370

379

387

561

710

896

1121

1618

1602

Kompyuter texnologiyalаri

sohаsidаgi mаslаhаt

xizmаtlаri

169

175

249

272

309

387

461

536

583

Kompyuter uskunаlаrini

boshqаrish bo

yichа

fаoliyat

66

93

89

122

149

198

243

290

269

Аxborot texnologiyalаri vа

kompyuter tizimlаri

sohаsidаgi boshqа fаoliyat

turlаri

1020

972

1018 1051 1217 1433

1596

1993

1694

lumotlаrni

joylаshtirish vа ishlov

berish bo

yichа xizmаtlаr

92

107

224

317

396

510

628

704

604

Web-

portаllаr

3

-

17

49

70

97

109

128

137

Аxborot аgentliklаri

fаoliyati

454

253

215

207

188

175

171

197

188

Boshqа toifаlаrgа

kiritilmаgаn, аxborot

xizmаti ko

rsаtish

bo

yichа boshqа fаoliyat

553

432

388

409

518

634

724

840

630

Mazkur 1-jadvalda tarmoqlar kesimi bo‘yicha axborot va aloqa xizmatlar

ko‘rsatishni yillar kesimida o‘sib borayotganligini, ayniqsa simsiz aloqa xizmatlarini
taqdim etish va dasturiy ta’minot bo‘yicha xizmat turlarini jadal o‘sib borayotganligini
ko‘rish mumkin.

2-jadval

Axborot iqtisodiyoti va elektron tijorat sohalarida yaratilgan yalpi

qo‘shilgan qiymatning YAIMdagi ulushi (YAQQga nisbatan % dа)

Ko‘rsatkichlar

2015

2016

2017

2018

2019

2020

2021

2022


background image

148

RAQAMLI IQTISODIYOT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Axborot iqtisodiyoti va

elektron tijorat sektori

1,9

2,1

2,3

2,0

1,7

1,9

2,5

3,3

Axborot kommunikatsiya

texnologiyalari (AKT)

sektori

1,8

2,0

2,1

1,8

1,5

1,6

1,7

1,9

AKT ishlab chiqarish

0,1

0,1

0,1

0,1

0,1

0,1

0,1

0,1

AKT savdosi

0,1

0,1

0,1

0,1

0,1

0,0

0,1

0,1

AKT xizmatlari

1,6

1,8

1,9

1,7

1,4

1,5

1,6

1,8

Kontent sektori va ommaviy

axborot vositalari

0,1

0,2

0,2

0,2

0,2

0,2

0,2

0,2

Elektron tijorat

-

-

0,0

0,0

0,1

0,1

0,6

1,2

Mamlakat yalpi ichki mahsulotida axborot biznesi ulushining ko‘payishi jamiyat

rivojlanishining

axborotlashgan

jamiyat

tomon

harakatlanishini

bildiradi.

2-jadval ma’lumotlaridan tahlil etishimiz mumkinki mamlakat YaIm hajmida AKT
mahsulotlari hamda hizmatlarini sekin astalik bilan o‘sib bormoqda. Bu yerda
2015-yilga qaraganda AKT sektori o‘rtacha 1.8 % ga o‘sganini, AKT ishlab chiqarish
va AKT savdosi 0.1 probelda o‘zgarishsiz qolganini hamda AKT xizmatlari va elektron
tijorat o‘rtacha 1.66 %ga o‘sib kelayotganini ko‘rishimiz mumkin.

Bunday o‘sishni mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish,

barcha tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta’lim, sog‘liqni saqlash
va qishloq xo‘jaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng
joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilayotgan dasturlar bilan
izohlasak bo‘ladi.

Shuningdek axborot iqtisodiyoti va elektron tijorat sohalarida yaratilgan yalpi

qo‘shilgan qiymat hajmini qiymatlarda ham tahlil etsak axborot iqtisodiyoti va elektron
tijorat sektori o‘rtacha 8 yilda 23878.7 mlrd. so‘mlik o‘sishga erishgan bo‘lsa, elektron
tijoratning hajmi esa 9683.9 mlrd. so‘mga jadal o‘sganini ko‘rish mumkin. Aynan AKT
hizmatlari yillar davomida yuqori o‘sish suratida borayotganligini bu esa turli
hizmatlar turlarini bozorda keng faoliyat yuritayotganligidan dalolat berishini kuzatish
mumkin.

3-jadval

Axborot iqtisodiyoti va elektron tijorat sohalarida yaratilgan yalpi

qo‘shilgan qiymat hajmi (mlrd.so‘m)

Ko‘rsatkichlar

2015

2016

2017

2018

2019

2020

2021

2022


background image

149

RAQAMLI IQTISODIYOT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Axborot

iqtisodiyoti va

elektron tijorat

sektori

3 876,3

4 967,7

6 377,8

7 732,1

8 491,9

10 777,0

16 939,5

27 755,0

Axborot

kommunikatsiya

texnologiyalari

(AKT) sektori

3 581,7

4 575,3

5 849,0

6 876,8

7 323,0

9 095,9

11 567,6

16 131,1

AKT ishlab
chiqarish

141,7

127,2

238,3

301,9

279,4

540,1

503,3

820,3

AKT savdosi

140,8

228,0

281,6

236,2

293,3

252,3

367,8

580,8

AKT xizmatlari

3 299,2

4 220,1

5 329,1

6 338,7

6 750,3

8 303,5

10 696,4

14 730,0

Kontent sektori va

ommaviy axborot

vositalari

294,6

392,4

518,7

750,1

908,9

1 089,7

1 464,6

1 929,9

Elektron tijorat

10,1

105,2

260,0

591,4

3 907,3

9 694,0

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasida
O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda quyidagi
yo‘nalishlar
belgilab olingan:

-

davlat va xo‘jalik organlari, mahalliy davlat organlarining joylarda zarur

axborot tizimlari va resurslarini, dasturiy ta’minot va elektron xizmatlarning joriy
qilinishini muvofiqlashtirishlarini belgilab olish;

-

mamlakatda raqamli iqtisodiyot, axborot texnologiyalari bozorini, jumladan

davlat xususiy sherikchiligi asosida texnopark va kovorking-markazlar faoliyatini
tashkil qilish orqali xorijiy sarmoyalarni jalb qilish uchun qulay sharoit yaratish;

-

zamonaviy telekommunikatsiya infratuzilmasi, aloqa texnologiya va

tarmoqlarini

rivojlantirish,

zamonaviy

telekommunikatsiya

xizmatlarini

rivojlantirishni

joriy

qilishni muvofiqlashtirish;

-

davlat boshqaruvida va iqtisodiyot sohalarida elektron xizmatlarni joriy qilish,

elektron tijorat va dasturiy ta’minot bozorini rivojlantirish orqali raqamli iqtisodiyotni
yuksaltirish;

-

Internetning milliy segmentini, raqamli media-kontentni tashkiliy, moddiy-

texnik va iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash orqali rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab
chiqish;

-

shahar va hududiy infratuzilmani boshqarishda foydalanish, xususan turar-joy

va kommunal xizmat ko‘rsatish, transport logistikasi, xavfsiz va “aqlli shahar” uchun
“aqlli tizim”larni ishlab chiqish;


background image

150

RAQAMLI IQTISODIYOT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON

WWW.INFOCOM.UZ

-

malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish.

Shubhasiz raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi aholi bandligi sohasiga ta’sir

qiladi.

Kelajakda quyidagi kasblar paydo bo‘lishi mumkin:

-

shaxsiy brendni boshqaruvchi;

-

virtual advokat;

-

davlat organlari vakillari bilan muloqot platformasi moderatori;

-

infostyleist;

-

raqamli lingvist;

-

muddatli broker;

-

interfeysi uslubchisi.

Raqamli iqtisodning shakllanishi muayyan bazaga ega bo‘lishi kerak, bu

quyidagicha bo‘lishi lozim:

- raqamli infratuzilmani va aloqa standartlarini ishlab chiqish;
- axborot xavfsizligini ta’minlash;
- On-Line xizmatlarni kengaytirish;
- fuqarolar uchun tarmoq ichidagi va On-Line kommunikatsiyalarga bepul

kirishni yaratish;

- raqamli ekotizimlarda axborot oqimlari va bilimlarni boshqarishni
takomillashtirish.
Raqamli iqtisodiyotni shakllantirish va amalga oshirishning muhim jihati,

birinchi navbatda, quyidagi muammolarni hal etishga yo‘naltirilgan davlat mintaqaviy
siyosatini amalga oshirish hisoblanadi. Hududlarda investitsion jozibadorligini
oshirish va ulardagi innovatsion faoliyatni oshirish, ishlab chiqarish va ijtimoiy
infratuzilmani rivojlantirish, mintaqalarning ijtimoiyiqtisodiy rivojlanish sohasidagi
hududiy nomutanosiblikni minimallashtirish, mintaqalararo munosabatlarni

mustahkamlash hamda inson salohiyatidan oqilona foydalanish lozim.

Biz mintaqaviy rivojlanish sohasida to‘rtta strategik vazifani belgilashni taklif

qilamiz:

-

Birinchidan, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy tizimi sifatida

-

hududlarning raqobatdoshligini oshirish va ularning resurs salohiyatini

-

mustahkamlash;

-

Ikkinchidan, inson resurslarini rivojlantirish;

-

Uchinchidan, mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirish hamda mintaqalarni

rivojlantirish uchun institutsional sharoitlarni yaratish;

-

To‘rtinchidan, jarayonlarni samarali boshqarish va o‘z vaqtida to‘g‘ri qaror

qabul qilish uchun onlayn rejimda xo‘jalik yurituvchi subyekt darajasida moliyaviy va


background image

151

RAQAMLI IQTISODIYOT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON

WWW.INFOCOM.UZ

iqtisodiy xavfsizlikni monitoring qilish uchun dasturiy ta’minotni taqdim etish uchun
bevosita muloqot qilish va aloqa uchun aloqa tizimini yaratish kerak.

Ushbu vazifalar davlat tomonidan tadbirkorlik va kichik biznesni

moliyalashtirishni maqsadli yo‘naltirishda o‘z vaqtida javob berish uchun mintaqaviy
va davlat darajasida muntazam ravishda yangilanishi, qo‘llab-quvvatlashi,
monitoringini amalga oshirishi hamda muntazam yangilanishini taklif etadi.

XULOSA

O‘zbekistonda raqamli texnologiyalardan foydalanishning xorij tajribasi asosida

takomillashtirish, Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha
tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va
qishloq xo‘jaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy
etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, elektron hukumat tizimini takomillashtirish, dasturiy mahsulotlar va

axborot texnologiyalarining mahalliy bozorini yanada rivojlantirish, respublikaning
barcha hududlarida IT-parklarni tashkil etish, shuningdek, sohani malakali kadrlar
bilan ta’minlashni ko‘zda tutuvchi 220 dan ortiq ustuvor loyihalarni amalga oshirish
lozim.

Fikrimizcha, raqamli tizimlar uchun texnologiyalar va xizmatlarni o‘z ichiga

quyidagilarni olishi kerak:

- axborot-kommunikatsiya tizimining rivojlangan tuzilmasi;
- obyektiv yo‘naltirilgan guruhlarda ishtirok etadigan interaktiv jamoalar;
- axborot resurslari;
- ma’lumot bazasi;
- elektron o‘zaro ta’sirlarning yangi shakllari;
- biznes, hukumat va jamiyatni integratsiyalashish uchun platforma;
- raqamli muhit.
Yuqoridagilarni hisobga olib, raqamli texnologiyalarni qo‘llash va ulardan

foydalanish, ularning mavjudligi va sifati, tayyorgarlik bosqichlari va rivojlanishning
turli darajalari, majburiy maktabgacha ta’limda texnik ko‘nikmalar olish bo‘yicha
zarur ta’limning darajasini oshirishga alohida e’tibor berish kerak hamda korxona va
tashkilotlarda oliy ta’lim va doktorantura ta’lim dasturlarini ta’minlashimiz kerak.
Mintaqaviy darajadagi oqilona iqtisodiy tizimni shakllantirish barqaror iqtisodiy o‘sish
nuqtalarini aniqlash, mintaqaning rivojlanish sohalari va yo‘nalishlarini nafaqat
zamonaviy sharoitlarda raqamli shakllantirishni emas, balki birinchi navbatda, inson
resurslarini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash yo‘li bilan davlat-
xususiy sektor hamkorligi asosida iqtisodiy va innovatsion rivojlanish sarmoyasi
shakllantiriladi. Asosiy omillarni dasturiy ta’minotni faollashtirishga qaratilgan
ommaviy axborotlashtirishni rivojlantirish, apparatni yangilash, tarmoq


background image

152

RAQAMLI IQTISODIYOT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON

WWW.INFOCOM.UZ

texnologiyalarini rivojlantirish, tranzaksion sektorning o‘sishi hisoblanadi. Shu bilan
birga, raqobatbardosh iqtisodiyotni rivojlantirishning g‘oyalarini tarqatish, axborot
bozori sifatida tavsiflangan ijtimoiy - iqtisodiy va huquqiy munosabatlarning
rivojlanishi sohasida iste’molchilar, ishlab chiqaruvchilar, vositachilar o‘rtasidagi
savdosi axborot mahsulotlari bozorini shakllantiradi. Ushbu yondashuv bir qator
mamlakatlarda axborot industriyasining ustunligini kuchaytiradi, ishlab chiqarish va
xizmatlar sohasi borgan sari bilimga asoslangan va innovatsion asosida rivojlanmoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO

YXATI

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi

Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi faoliyatini tashkil etish
to‘g‘risida” 2017-yil 27 iyuldagi PQ-3150-sonli qarori.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5 oktyabrdagi “Raqamli

O‘zbekiston-2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish

chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PK-6079-sonli qaror.

3. Алексеев И.В. Информационное обеспечение системы управления

франчайзинговыми предприятиями / И.В. Алексеев, Е.В. Рибокене //

Экономические и гуманитарные науки.

– 2015. –

№1 (276).

С. 105

–110.

4. Кузовкова Т.А., Салютина Т.Ю., Кухаренко Е.Г. Методические основы

и результаты интегральной оценки цифрового развития экономики и общества //

Электронный научный журнал «Век качества». 2019. №3. С. 106

-122. http

://www.agequal. ru/pdf/2019/319007.pdf.

5. Жуковская И.Е. Совершенствование методологии использования

информационно

-

коммуникационных технологий в статистической деятельности

в условиях формирования цифровой экономики. Диссертация на соискание

ученой степени доктора экономических наук (

DSc). –

Ташкент.

2020, –

260 с

6. Jacob B., Desouza K.C. Big data in the public sector: Lessons for practitioners

and scholars //Administration & Society. – 2017. –

Т. 49.

№. 7.

С. 1043

-1064

7. Gulyamov S.S., Digitalization of the education system in Uzbekistan.

International scientific journal “Theoretical & applied science”. USA, 2020.10 volume
90. - 453-455 pp.

8.

www.stat.uz

– O‘zbekiston Respublikasi Stataistika qo‘mitasi






Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi

Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi faoliyatini tashkil etish

to‘g‘risida” 2017-yil 27 iyuldagi PQ-3150-sonli qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5 oktyabrdagi “Raqamli

O‘zbekiston-2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish

chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PK-6079-sonli qaror.

Алексеев И.В. Информационное обеспечение системы управления

франчайзинговыми предприятиями / И.В. Алексеев, Е.В. Рибокене //

Экономические и гуманитарные науки. – 2015. – №1 (276). – С. 105–110.

Кузовкова Т.А., Салютина Т.Ю., Кухаренко Е.Г. Методические основы

и результаты интегральной оценки цифрового развития экономики и общества //

Электронный научный журнал «Век качества». 2019. №3. С. 106-122. http

://www.agequal. ru/pdf/2019/319007.pdf.

Жуковская И.Е. Совершенствование методологии использования

информационно-коммуникационных технологий в статистической деятельности

в условиях формирования цифровой экономики. Диссертация на соискание

ученой степени доктора экономических наук (DSc). – Ташкент. 2020, –260 с

Jacob B., Desouza K.C. Big data in the public sector: Lessons for practitioners

and scholars //Administration & Society. – 2017. – Т. 49. – №. 7. – С. 1043-1064

Gulyamov S.S., Digitalization of the education system in Uzbekistan.

International scientific journal “Theoretical & applied science”. USA, 2020.10 volume

- 453-455 pp.

www.stat.uz – O‘zbekiston Respublikasi Stataistika qo‘mitasi