67
RAQAMLI IQTISODIYOT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
SANOAT TARMOGʻIDA RAQAMLI IQTISODIYOTNING OʻRNI
Eldorbekov Gʻofurbek Iskandarbek oʻgʻli
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti magistranti
g.eldorbekov@tsue.uz
Annotatsiya:
Yangi Oʻzbekiston iqtisodiyoti soʻnggi yillarda barqaror ravishda
rivojlanmoqda. Bu oʻsishda sanoat va raqamli iqtisodiyotning ham oʻrni katta
hisoblanadi. Lekin, oxirgi yillarda raqamli iqtisodiyot hajmi ortishi kuzatilsa-da,
sanoatlashuvning birmuncha s
ekinlashgani unda mavjud boʻlgan tarmoqlar
optimizatsiyaga muhtojligidan dalolat beradi. Bunday holat bir qancha ijtimoiy-
iqtisodiy omillar sababli yuzaga kelgan. Maqolada raqamlashtirishning ishlab
chiqarishdagi oʻrni, sohada yuzaga keluvchi muammolar va
ularga yechimlar
keltirilgan.
Kalit soʻzlar:
raqamli iqtisodiyot, sanoat, texnologik progress, masshtab
samarasi, samaradorlik, kapital sigʻimi, mehnat sigʻimi.
РОЛЬ ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ В ПРОМЫШЛЕННОМ СЕКТОРЕ
Элдарбеков Гафурбек Искандарбек угли
Магистрант Ташкентского государственного экономического университета
g.eldorbekov@tsue.uz
Аннотация:
Экономика Нового Узбекистана в последние годы стабильно
развивается. Промышленность и цифровая экономика также играют большую
роль в этом росте. Однако, хотя размеры цифровой экономики в последние годы
увеличиваются, замедление индустриализации указывает на то, что
существующие отрасли нуждаются в оптимизации. Это явление вызвано рядом
социально
-
экономических факторов. В статье представлена роль цифровизации
в производстве, проблемы, возникающие в сфере и пути их решения.
Ключевые слова:
цифровая экономика, промышленность, технический
прогресс,
эффект
масштаба,
эффективность,
капиталоемкость,
трудоемкость.
THE ROLE OF THE DIGITAL ECONOMY IN THE INDUSTRIAL SECTOR
Eldorbekov Gofurbek Iskandarbek ugli
Master of the Tashkent state university of economics
g.eldorbekov@tsue.uz
68
RAQAMLI IQTISODIYOT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
Abstract:
The economy of New Uzbekistan has been developing steadily in
recent years. Industry and the digital economy also play a big role in this growth.
However, although the size of the digital economy has been increasing in recent years,
slowing industrialization indicates that existing industries need to be optimized. This
phenomenon is caused by a number of socio-economic factors. The article presents the
role of digitalization in production, problems arising in the field and ways to solve
them.
Key words:
digital economy, industry, technological progress, economies of
scale, efficiency, capital intensity, labor intensity
KIRISH
Raqamli iqtisod –
xoʻjalik yuritishning yangi zamonaviy shakli boʻlib, unda
ishlab chiqarish va boshqarishning asosiy faktori sifati
da raqamli koʻrinishdagi katta
ma’lumotlar majmui va ularni qayta ishlash jarayoni xizmat qiladi. Olingan natijalarni
amaliyotda ishlatish esa an’anaviy hoʻjalik yuritish shakllariga nisbatan ancha katta
samaradorlikka erishishga imkon beradi. Misol sifatida turli xildagi avtomatik ishlab
chiqarish jarayonlarini, 3D-texnologiyasini, bulutli texnologiyalarni, masofaviy
tibbiyot xizmatlari koʻrsatishni, aqlli texnologiyalar yordamida mahsulot yetishtirishni
va uni yetkazib berishni, turli xildagi tovarlarni saqlash va ularni sotish jarayonlarini
keltirish mumkin [1].
Oʻzbekiston miqyosida ushbu soha shiddatli rivojlanayotgan boʻlsa
-da, uning
sanoat tarmogʻida
gi
oʻrni yetarli darajada emas. Vaholanki, rivojlanayotgan davlatn
ing
industrial deb hisoblanishi va
kishi boshiga real yalpi ichki mahsulot koʻrsatkichlari
oshishi uchun sanoat boshqaruvi samarali boʻlishi kerak. Hozirgi texnologiyalar asrida
esa buni raqamlashtirishsiz amalga oshirib boʻlmaydi.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Korxonaning iqtisodiy faoliyati, raqamli iqtisodiyot va texnologiyalarning
ishlab chiqarishini baholashda avvalo nazariy jihatdan yondashildi. Bunda B.T.
Sаlimovning “Mikroiqtisodiyot” darsligidagi masshtab samarasi modellari tahlil etib
chiqildi.
Raqamli iqtisodiyotning asoslari, uning Oʻzbekiston sharoitida qoʻllanilishini
tahlil etishda R.H. Ayupov va G.R. Boltaboevaning “Raqamli iqtisodiyot asoslari”
kitoblari tahlil etildi.
Sanoat va raqamlashtirish oʻrtasidagi aloqa, Sanoat 4.0 ga erishishda xorij
tajribasini oʻrganishda Fehmi Skender
va Ilker Alining “Digitalization and Industry
4.0” maqolasi oʻrganildi [2].
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Raqamli iqtisodiyotning shiddatli oʻsishi, sanoat tarmogʻining birmuncha
pasayish sabablarini aniqlash va ular orasidagi bogʻliqlikni topish uchun analiz v
a
69
RAQAMLI IQTISODIYOT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
sintez, induksiya va deduksiya usullaridan foydalanildi. Tarmoq subyektlarini tahlil
etishda kuzatuv va taqqoslash metodlari ishlatildi. Ma’lumotlarni aniqroq koʻrsatish
uchun grafik va jadval usullaridan foydalanilgan. 2023-yillardagi ma’lumotlarning
to
ʻliq e’lon qilinmaganligi, ularning kelgusi kvartalda oʻzgarishga yuz tutishi sababli,
soʻnggi yil sifatida 2022
-yildan foydalanildi.
TAHLIL VA NATIJALAR
Raqamli iqtisodiyotning oʻsish hajmi, uning YIM dagi ulushini aniqlash
maqsadida aloqa sohasidagi y
oʻ
nalishlar ichidan “Kompyuter dasturlashtirish,
maslahat berish xizmatlari va boshqa axborot xizmatlari” boʻ
limi alohida tahlil etildi.
1-jadval
“Kompyuter dasturlashtirish, maslahat berish va boshqa axborot xizmatlari”
hajmining 2019–2022-yillardagi tahlili [3]
Jadvaldan ko
ʻ
rish mumkinki, 2019–2022-yillarda raqamli iqtisodiyot shiddat
bilan rivojlangan bo
ʻ
lib, YIMdagi ulushi 4 barobarga o
ʻ
sgan. Bunga ko
ʻ
plab sabablar
mavjud bo
ʻ
lsa-da, asosiy omil sifatida pandemiya vaqtida raqamli xizmatlarga
talabning keskin ortganligi hisoblanadi. Bundan tashqari, raqamli iqtisodiyotning
“Kompyuter dasturlashtirish, maslahat berish va boshqa axborot xizmatlari”
tarmog
ʻ
ida faoliyat yurituvchi korxonalar soni 2019–2022-yillarda 2052 taga (86 foiz)
o
ʻ
sgan bo
ʻ
lib, 4437 tani tashkil etgan.
Raqamlashtirish sohasidagi bunday o
ʻ
sishga qaramay, sanoat tarmog
ʻ
ining
absolyut o
ʻ
sishida ma’lum bir pasayishlar kuzatilgan.
Sanoat tarmo
gʻ
i tahlil etilganida esa aksincha aksincha holat yuzaga kelgan.
Pandemiyadan soʻng sanoatning absolyut oʻsishi deyarli 3 barobarga kamaygan.
Bunga sabab sifatida sanoatda asosan mehnat sigʻimi yuqori tovarlar ishlab chiqarilishi
va potensial xaridorlar xarid quvvatining keskin pasayishi bilan izohlash mumkin.
Moliyaviy holati yomonlashgan korxonalar innovatsiyalar bilan shugʻullanish mablagʻ
tanqisligiga yuz kelishgan.
Yil
Oʻzbekiston yalpi
ichki mahsuloti,
mlrd. soʻm
Raqamli
iqtisodiyotning
YIMdagi ulushi, foiz
Raqamli
iqtisodiyot
qiymati,
mlrd.
soʻm
Raqamli
iqtisodiyotning
absolyut
oʻsishi, foiz
2019
532 712,5
0,2
1087,4
19,8
2020
605 514,9
0,35
2136,9
96,5
2021
738 425,2
0,55
4095,1
91,6
2022
896 617,9
0,8
7168,9
75,06
70
RAQAMLI IQTISODIYOT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
2-jadval
Oʻzbekiston sanoat tarmogʻining 2016
–2022-yillardagi tahlili [4]
AQSh va Xitoy tajribasiga koʻra, raqamlashuvning keng tarqalganligi, past foiz
stavkasi tufayli boshqa sohalarda inflyatsiya darajasi keskin koʻtarilsa
-da, yuqori
darajada raqamli texnologiyalar dan foydalanuvchi korxonalar tovarlariga bu deyarli
ta’sir etmagan. Xitoyda raqamli texnologiyalarning korxonalar faoliyatiga ta’siri
oʻrgan
ilganida uzoq muddatli oraliqda masshtab samarasi kuzatilgan [5].
Oʻzbekiston sharoitida ham shunday muhit yaratilishi sanoat tarmogʻiga ham
ijobiy ta’sir koʻrsata oladi. Buning uchun mamlakatda kapital sigʻimi yuqori boʻlgan
tovarlar ishlab chiqarilish hajmi ortishi kerak.
1-
rasm. Umumiy narxlar indeksi (koʻk rangda) va raqamli iqtisodiyot
sohasidagi (olov rang) inflyatsiya hajmi [6]
Yil
Oʻzbekiston yalpi ichki
mahsuloti, mlrd. soʻm
Sanoatning
YIMdagi ulushi,
foiz
Sanoat qiymati,
mlrd. soʻm
Sanoatning
absolyut oʻsishi,
foiz
2016
255 421,9
17,77
45 397,9
18,01
2017
317 476,4
18,76
59 570,4
31,21
2018
426 641,0
22,09
94 266,7
58,24
2019
532 712,5
25,18
134 185,8
42,34
2020
605 514,9
24,81
150 275,1
11,99
2021
738 425,2
25,32
186 978,2
24,42
2022
896 617,9
24,61
220 704,3
18,03
71
RAQAMLI IQTISODIYOT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
Xarajatlarning proporsional oʻzgarishga ishlab chiqarish masshtabining
oʻzgarishi deyiladi. Ishlab chiqarishda faqat
ikkita omildan - ishchi kuchi (L) va
kapitaldan (K) foydalanilganda, ulardan foydalanish ikki barobar oshsa 2L va 2K
boʻlsa, ishlab chiqarish masshtabi ikki barobar kengaydi deyiladi [7]. Ushbu samarani
ifodalashda Kobb-Duglas funksiyasidan foydalaniladi. Kobb-Duglas ishlab chiqarish
funksiyasi formulasi ma’lum bir mahsulot ishlab chiqarish hajmining ikkita ishlab
chiqarish omili –
mehnat va kapital kombinatsiyasiga bogʻliqligini aks ettiradi [8]:
𝑌𝑌
=
𝐴𝐴𝐿𝐿
𝛼𝛼
𝐾𝐾
𝛽𝛽
(1)
Bu yerda, Y – ishlab chiqarish hajmi, L – ishchi kuchi, K –kapital, A texnologik
progress, α
–
mehnat boʻyicha elastiklik koeffitsiyenti, β
–
kapital boʻyicha ishlab
elastiklik koeffitsiyenti.
Odatda elastiklik koeffitsiyentlari yigʻindisi 1 ga teng yoki undan kichik boʻlishi
mumkin, bu esa ishlab chiqarish birmuncha sekinroq rivojlanishiga sababchi boʻladi.
Shunday hollarda korxonaning raqamlashtirilganligi muhim hisoblanadi.
𝑌𝑌
=
𝐴𝐴 ∗ √
25
∗ √
100
(2)
Masalan, korxonada 100 ta ishchi va 25 ta stanok bor deb olamiz.
Raqamlashtirish darajasi
oʻ
rta me’yor darajasida va 1 ga teng. Elastiklik darajalari
yi
gʻ
indisi 1 ga tengligi uchun omillar darajasida 0,5 ya’ni kvadrat ildiz paydo b
oʻ
ladi.
Tenglamani yechsak ishlab chiqarish hajmi 50 ta tovarni ishlab chiqarishini
k
oʻ
ramiz.
Oʻ
zbekiston sharoitida tovarlarda kapital si
gʻ
imidan k
oʻ
ra mehnat si
gʻ
imi
k
oʻ
proqligi uchun korxonalar ishchi kuchidan k
oʻ
proq foydalanishadi. Lekin, bunday
noproporsionallik kelgusida malakasi past ishchini ham yollashni, ishlab chiqarish
hajmi kutilganidek hajmga yetmasligi va texnologik koeffitsiyentning me’yordan
pasayishigacha olib kelishi mumkin. Shu sababli, korxona ish faoliyatini
raqamlashtirish orqali ham, kam sonli malakali xodimlar bilan birga ishlab chiqarish
hajmini oshirishi mumkin:
50 = 1,20
∗ √
25
∗ √𝑥𝑥
(3)
K
orxonada oʻtkazilgan innovatsiyalar orqali raqamlashtirish darajasi 20 foizga
oshdi deb olaylik. Endi, kunlik 50 tovar ishlab chiqarish uchun avvalgiday 100 ta emas,
balki 70 ta ishchi kerak boʻladi. Albatta, kapital va ishchi kuchini oʻzgartirmasdan
raqamlashtirishning keskin oshirilishi kutilganday samaradorlik bermaydi. Lekin,
bunday oʻrin bosish orqali korxona salohiyati yuqori x
odimlarni izlash va yollash
uchun yetarli muddatga ega boʻladi.
XULOSA
Yuqoridagi tahlillardan xulosa qilish mumkinki, hozirda
Oʻ
zbekistonda raqamli
iqtisodiyot shiddat bilan rivojlanayotgan b
oʻ
lsa-da, u sanoat tarmo
gʻ
i
oʻ
sishida deyarli
ishtirok etmayapti. Vaholanki, sanoat va raqamlashtirishning birligi “Sanoat 4.0”ning
asosi hisoblanadi. Shu sababli muallif tomonidan quyidagilar takliflar etiladi:
72
RAQAMLI IQTISODIYOT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
1.
Sanoat klasterlari tarkibidagi qoʻshilgan qiymat yaratuvchi korxonalarni erkin
bozordagidek foyda bilan ta’minlash. Mamlakatdagi eng past depozit stavkasidan ham
past yillik foyda oluvchi (yoki hatto zarar koʻruvchi) subyektning faoliyati iqtisodiy
samarasiz hisoblanadi. Bundan tashqari, foyda miqdorining oshishi korxonaning
koʻproq mahsulot chiqarishi, pirovardda esa oʻzgarmas xarajatlar (FC) kamayishi
hisobiga tannarxni pasaytirishiga sababchi boʻladi.
2.
Sanoat faoliyatini raqamli tashkil etish xizmatlari uchun subsidiya ajratish.
3.
Sanoat korxonalarining erkin bozor faoliyatiga aralashuv holatlarini [9] [10]
“Mamlakatning sanoat potensialini kamaytirishga qasddan urinish” deb baholash va
tegishli tartibda jazo qoʻllash.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI
1.
R.H. Ayupov, G.R. Boltaboeva. Raqamli iqtisodiyot asoslari. Darslik. T.:
ТМ
I, 2020, 17–18 b
.
2.
Skender, Fehmi & Ali, Ilker. Digitalization and Industry 4.0. Vision
International Scientific Journal. 2019. – pp. 49–54.
3.
Oʻzbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi Statistika agentligi. URL:
https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/raqamli-iqtisodiyot
4.
Oʻzbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi Statistika agentligi. URL:
https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/national-accounts-2
5.
Zhilin Wu, Haiming Long, Lei Shi & Hui Song (2023). The Impact of
Digital Economy on Firm Performance: Evidence from China. Emerging Markets
Finance and Trade, 2023. – pp. 5–6.
6.
Michael Mandel. High overall inflation and low digital inflation may spur
https://www.progressivepolicy.org/blogs/high-overall-inflation-
and-low-digital-inflation-may-spur-digitization/
7.
B.T. S
а
limov, M.S. Yusupov, B.B. S
а
limov. Mikroiqtisodiyot. D
а
rslik. – T.:
Iqtisodiyot, 2019. – 146–148 b.
8.
Akmal I. Sotvoldiyev. Kobb-Duglas ishlab chiqarish funksiyasi haqida.
Journal of new century innovations. 2023. –
№2
– b. 102–105
9.
Chigit ishi: Biznes-ombudsman Qashqadaryo hokimligini ogohlantirdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2022/01/06/qashqadaryo/
10.
Deputatlar “chigit ishi” yuzasidan Qashqadaryo viloyati hokimligi va IIVga
https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/14/deputat/
