SANOAT KORXONALARIDA RAQAMLI INNOVATSION BOSHQARUVNI TASHKIL ETISH MODELI

Аннотация

Maqolada, sanoat korxonalarida raqamli transformatsiya va
avtomatlashtirishni amalga oshirish borasida rivojlangan davlatlar tajribasi, bugungi
kundagi mavjud iqtisodiy shart-sharoitlar, korxonalarida amalga oshirilayotgan
raqamlashtirish jarayonlari, biznes modellari taxlil qilingan xolda, mamlakatimiz
sanoat korxonalarida raqamli transformatsiya va yangi biznes modellarini joriy etish
bo‘yicha nazariy hamda amaliy xulosalar keltirilgan.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
73-80
6

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Мелиев . V. . (2025). SANOAT KORXONALARIDA RAQAMLI INNOVATSION BOSHQARUVNI TASHKIL ETISH MODELI. Цифровая экономика, 6(6), 73–80. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/digital-economy/article/view/87630
Вохиджон Мелиев , Высшей школы бизнеса и предпринимательства
Докторант
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada, sanoat korxonalarida raqamli transformatsiya va
avtomatlashtirishni amalga oshirish borasida rivojlangan davlatlar tajribasi, bugungi
kundagi mavjud iqtisodiy shart-sharoitlar, korxonalarida amalga oshirilayotgan
raqamlashtirish jarayonlari, biznes modellari taxlil qilingan xolda, mamlakatimiz
sanoat korxonalarida raqamli transformatsiya va yangi biznes modellarini joriy etish
bo‘yicha nazariy hamda amaliy xulosalar keltirilgan.

background image

73

RAQAMLI IQTISODIYOT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON

WWW.INFOCOM.UZ

SANOAT KORXONALARIDA RAQAMLI INNOVATSION BOSHQARUVNI

TASHKIL ETISH MODELI

Meliyev Vohidjon Pulatovich

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tayanch doktaranti

melievv500@gmail.com

Annotatsiya:

Maqolada, sanoat korxonalarida raqamli transformatsiya va

avtomatlashtirishni amalga oshirish borasida rivojlangan davlatlar tajribasi, bugungi
kundagi mavjud iqtisodiy shart-sharoitlar, korxonalarida amalga oshirilayotgan
raqamlashtirish jarayonlari, biznes modellari taxlil qilingan xolda, mamlakatimiz
sanoat korxonalarida raqamli transformatsiya va yangi biznes modellarini joriy etish
bo‘yicha nazariy hamda amaliy xulosalar keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

raqamlashtirish, rakamli transformatsiya, avtomatlashtirish,

yangi biznes modeli, foyda, qo‘shilgan qiymat, martketing.

МОДЕЛЬ ОРГАНИЗАЦИИ УПРАВЛЕНИЯ ЦИФРОВЫМИ

ИННОВАЦИЯМИ НА ПРОМЫШЛЕННЫХ ПРЕДПРИЯТИЯХ

Мелиев Вохиджон Пулатович

Докторант Высшей школы бизнеса и предпринимательства

melievv500@gmail.com

Аннотация:

В статье анализируются опыт развитых стран по внедрению

цифровой трансформации и автоматизации на промышленных предприятиях,

текущие экономические условия, процессы цифровизации, реализуемые на их

предприятиях, бизнес

-

модели, а также внедрение цифровой трансформации и

новых бизнес

-

моделей в рассмотрены промышленные предприятия нашей

страны, представлены теоретические и практические выводы.

Ключевые

слова:

цифровизация,

цифровая

трансформация,

автоматизация, новая бизнес-модель, прибыль, добавленная стоимость,

маркетинг.

MODEL OF ORGANIZING DIGITAL INNOVATION MANAGEMENT IN

INDUSTRIAL ENTERPRISES

Meliev Voxidjon Pulatovich

background image

74

RAQAMLI IQTISODIYOT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Doctoral student of the Higher School of Business and Entrepreneurship

melievv500@gmail.com

Abstract:

In the article, the experience of developed countries in the

implementation of digital transformation and automation in industrial enterprises,
current economic conditions, digitization processes implemented in their enterprises,
business models are analyzed, and the implementation of digital transformation and
new business models in the industrial enterprises of our country is discussed.
theoretical and practical conclusions are presented.

Keywords: digitization, digital transformation, automation, new business

model, profit, added value, marketing.

KIRISH

Hozirgi vaqtda Raqamli texnologiyalar mamlakatlar iqtisodiyotini

rivojlantirishda muxim o‘rin egallab, barcha soxa va tarmoqlarga jadal kirib
bormoqda.

Jumladan, sanoat korxonalari faoliyatida erishilayotgan natijalar, menejerlar

oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarning bajarilishi, ularning raqamlashtirilganlik
darajasi bilan baholanmoqda.

Rivojlangan mamlakatlar tajribalari shuni ko‘rsatmoqdaki, korxonalar

boshqaruvida tezkor maʼlumot va axbor

otlar almashinuvi, muammolarni oldindan

aniqlash va bartaraf etish, bozor holatini o‘rganish va tezkor qarorlar qabul qilishda
zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanish va ular samaradorligini baholash
tizimini ishlab chiqish zaruriyatini talab qiladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Sanoat korxonalarining ishlab chiqarish faoliyati turi va xajmidan qatiy nazar,

bugungi 4-sanoat inqilobi – raqamli texnologiyalar davrida, zamonaviy
texnologiyalarni qo‘llash borasida raqobatdosh ustunlikka ega bo‘lish katta axamiyat
kasb etmoqda.

Xorijiy olimlardan Rachinger va boshqalar fikricha, to‘rtinchi sanoat inqilobi

kompaniyalarga o‘zlarining mavjud strategiyalarini shubha ostiga qo‘yish va yangi
biznes imkoniyatlarini o‘rganishga majbur qildi [1]. Soutto, Mat, Fitzgerald va
boshqalar “kompaniyalarning raqamli texnologiyalardan qanday foydalanishi ularning
innovatsion salohiyati va o‘sishi uchun yanada muhimroqdir” [2] deb takidlaydi.
Myuller va boshqalar esa “Sanoat 4.0 yangi mahsulotlar va xizmatlarni yaratish,
mijozlarga xizmat ko‘rsatishning yaxshiroq usullari, qiymat zanjiri bo‘ylab
yaxshilangan integratsiya va innovatsion biznes modellarini qabul qilish uchun ulkan
imkoniyatlarni taklif qilishi mumkin” [3] deb hisoblaydi.

background image

75

RAQAMLI IQTISODIYOT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Verxof va Quintonlarning fikricha yaqinda raqamli yo‘nalish firmaning tashkiliy

funksiyalarini raqamlashtirish uchun qo‘shimcha sifatida qo‘shildi [4], Lukas va
Bharadvajlarning bildirishicha esa raqamli transformatsiya korxonalarning qiymat
yaratish va egallash usullarini o‘zgartiradi [5].

Usaj va Gobbel tadqiqotlari natijasida “ ... innovatsiyalar o‘z-o‘zidan maqsad

emas, firmalar ko‘proq daromadli, samarali va raqobatbardosh bo‘lish uchun
innovatsiyalar qiladi. Xuddi shunday, raqamli transformatsiya yangi mahsulot va
jarayonlarga olib kelishi mumkin bo‘lsada, uning yakuniy maqsadi yangi talabni
qondirish va raqamli texnologiyalardan kelib chiqadigan bozor imkoniyatlarini
o‘rganishdir” [6] degan xulosaga keladi.

Ushbu tadqiqotda biz sanoat korxonalarida ishlab chiqarish va logistika, raqamli

qiy

mat zanjirlari va katta maʼlumotlar tahlilidagi raqamli o‘zaro bog‘lanishga alohida

eʼtibor qaratgan holda raqamlilashtirishning texnologik mahsulot va jarayon

innovatsiyalariga taʼsirini

zamonaviy boshqaruv modeli orqali o‘rganamiz.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Tadqiqotning nazariy va uslubiy asosini mahalliy va xorijiy olimlarning raqamli

innovatsion boshqaruv modellari borasidagi ilmiy ishlari, rivojlangan mamlakatlar
korxonalari tomonidan qo‘llanilayotgan raqamli boshqaruv modellari o‘rganilgan
xolda raqamli texnologiyalarni qo‘llash jarayonlari tizimli yondoshuvga asoslangan
ilmiy abstraksiyalash, baholash, induksiya va deduksiya, taqqoslash va taxlil
usullaridan foydalanilgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Sanoati korxonalari biznes modelini ishlab chiqishda uning xususiyatlarini

xisobga olib yondashishni talab etadi. Chunki sanoat korxonalari maxsulotlari tarmoq
xususiyatidan kelib chiqqan xolda uning mijozlari cheklangan tarmoq yoki axoli
qatlami bo‘ladi.

Bugungi kunda sanoat korxonalarning raqamli biznes modeli shunday bo‘lishi

kerakki, u barcha isteʼmolchilarni qamrab olishga, mijozlarga qulay yetkazib berish,

qadoqlash, maxsulot tavsifi yoritilishi xamda maxsulotdan foydalanish qoidalari, uning
natijasida erishiladigan foyda yoki naflar yoritilgan xolda marketing va reklama
faoliyatini tashkil etish xamda ishlab chiqarish jarayonlarini qamrab olishi lozim.
Bundan tashqari ishlab chiqarishning umumiy hajmidagi asosiy mahsulotlarning

maʼlum ulushiga ega bo‘lgan holda, ishlab chiqarishni aloxida maxsulotlari bilan s

avdo

xajmini ko‘paytirish hisobiga asosiy mahsulotlardan katta miqdorda daromad olishga
erishishni ko‘zlagan xolda biznes modellarni tuzish mumkin.

Biznes modeli - bu tashkilot faoliyatini rejalashtirish, nazorat qilish va tuzatish

uchun foydalaniladigan, ishlab chiqarish, marketing va sotishda xodimlar,

isteʼmolchilar va hamkorlar o‘rtasidagi munosabatlarni belgilovchi biznes jarayonlari

background image

76

RAQAMLI IQTISODIYOT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON

WWW.INFOCOM.UZ

tuzilishidir

25

. Biznes modeli - bu tashkilot muvaffaqiyatining asosiy omillarini

baholashga yordam berish uchun mo‘ljallangan biznesning mantiqiy, diagrammatik
tavsifidir.

O‘rganishlarimizga ko‘ra, korxonalar innovatsion boshqaruvini tashkil etishning

ilk biznes modellari XX asrning 30-yillarida ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu model
iqtisodiy adabiyotda “Texnologik turtki” deb nomlangan.

1-rasm. Korxonalar innovatsion boshqaruvini tashkil etishning

“Texnologik turtki” modeli [2]

1960-yilga kelib, korxonalar innovatsion boshqaruvini tashkil etishning

“Talabning chiziqli tortilish” modeli ishlab chiqilgan (3-rasm).

2-rasm. Sanoat korxonalari innovatsion boshqaruvini tashkil etishning

“Talabning chiziqli tortilish” modeli [10]

“Texnologik turtki” va “Talabning chiziqli tortilish” modellarida innovatsion

jarayonlarning dastlabki bosqichidagi, yaʼni uni ishlab chiqish jarayonidagi xatarlar

(risklar) darajalari va bozor talablariga to‘liq mosligi holatlari inobatga olinmagan.

Korxonalar innovatsion boshqaruvini tashkil etishning “Kombinatsion”

modelini ishlab chiqishda korxona amaliyotiga innovatsion loyihalarni joriy etish

jarayonidagi marketing, bozor va texnik omillarning taʼsiri inobatga olingan [3] (3

-

rasm).

XX asrning 80-yillaridan keyingi davrda korxonalar innovatsion boshqaruvini

tashkil etishda innovatsion jarayonlar va bilimlarni o‘zaro aloqadorlikda boshqarishga

asosiy eʼtibor qaratdi. Bunda korxonaning innovatsion funsiyalarini uning tashkiliy

tuzilishi tarkibiga kiruvchi bo‘linmalarida parallel ravishda bajarilishini boshqarishga
qaratildi.

25

Muallifning ta’rifi

Bozorni

o‘rganish

Innovatsiyalar

-ni ishlab

chiqish

Sanoat

Savdo

Fundamental

tadqiqotlar

Amaliy

tadqiqotlar

Tajriba

konstruktorlik

tadqiqotlari

Sanoat

ishlab

chiqarish

Innovatsiyalar

ning bozorga

chiqishi

background image

77

RAQAMLI IQTISODIYOT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON

WWW.INFOCOM.UZ

3-rasm. Korxona innovatsion boshqaruvini tashkil etishning “Kombinatsion”

modeli, 1970-yil

Xususan, korxonalar innovatsion boshqaruvini tashkil etishning Yapon

modelida innovatsion faoliyati natijalaridan ichki faoliyat ishtirokchilari, bundan

manfaatdor bo‘lgan isteʼmolchilar, taʼminotchilar va boshqa manfaatdor guruhlarga

innovatsion faoliyatning ijtimoiy samaradorligi nuqtai nazaridan o‘zaro bog‘liqlikdagi
boshqaruv modeli shakllandi (4-rasm) [4].

4-rasm. Korxona innovatsion boshqaruvini tashkil etishning interaktiv modeli,

1990-yil

Tahlillarga ko‘ra, aksariyat korxonalar tomonidan innovatsion boshqaruv

jarayonlarini shakllantirishda korxonaning innovatsion salohiyatiga asoslangan holda,

Korxona innovatsion faoliyati

Fan va texnika

infratuzilmasi

Asosiy

taʼminotchilar

Ruxsatnoma va

patentlar

Strategik

xamkorlar,

marketing

ittifoqlari

Investorlar,

uyushmalar va h.k.

Isteʼmolchilar

Korxona

raqobatchilari

1 bo‘lim

2 bo‘lim

3 bo‘lim

Yangi ehtiyoj

Jamiyat va bozor talabi

Yangi

g‘oyalarni

shakllantirish

Yangi

texnologiyalar

Zamonaviy ishlab chiqarish va

texnologiyalar

Innova

ts

iya

la

rni

is

h

la

b

c

h

iq

is

h

N

us

xa

la

rni

i

shl

ab

chi

qi

sh

S

avdo m

ar

ke

ti

ngi

Is

hl

ab c

hi

qa

ri

sh

Bozor

background image

78

RAQAMLI IQTISODIYOT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON

WWW.INFOCOM.UZ

innovatsion jarayonlarni tashkil etishning “Bosqichli” (Stage-Gate Process)
modellaridan foydalanib innovatsion g‘oyani shakllanishidan boshlab to uni

isteʼmolchi

ga yetkazish va undan keyingi (xizmat ko‘rsatish-servis)ga qadar bo‘lgan

har bir davr turli bosqichlarga ajratilgan holdagi yangi biznes modellari ishlab
chiqilmoqda.

Yangi biznes modellarini joriy etish uchun avvalo tashqi muxit - xukumatlar

(davlatlar) chiqargan meyoriy xujjatlar, bozordagi xolat (ulgurji va chakana

sotuvchilar), isteʼmolchilar (yakuniy xaridor) talabi, kimyoviy maxsulotlarni

qadoqlash, sotish, yetkazib berish va sotishdan keyingi xizmatlarni xamda ichki muxit
- mulkdorlar istagi va jamoa saloxiyatini inobatga olishni talab etadi.

5-rasm. Yangi biznes modellarini shakllanish jarayoni

26

Biznes modeli konsepsiyasi rejalashtirish, aloqa qilish va takomillashtirish

maqsadida biznes faoliyatidagi elementlar va o‘zaro bog‘lanishlarni ifodalaydi, chunki
ular firma strategiyasini uning biznes jarayonlari bilan bog‘laydi. Biznes modeli orqali
tashkilot o‘z biznesining "nima qiladi", "nima taklif qiladi", "taklif qanday taqdim
etiladi" va “yaratilgan asosiy qiymat nima”

maʼnosida o‘z biznesining tabiatini ochib

beradi. Mijozlar uchun taqdim etilgan qiymat kompaniyaga raqobatchilardan ajralib

turishga, isteʼmolchi munosabatlarini to‘g‘rilashga va raqobatdosh ustunlikni

yaratishga imkon beradi. Quyidagi o‘lchamlar va elementlar biznes modelini
tavsiflashi mumkin:

-

foyda tomoni taqdim etilgan qiymatlar, mahsulotlar, xizmatlarni o‘z ichiga

oladi;

-

mijozlar aspekti mijozlar segmentlari, mijozlar kanallari va mijozlar bilan

munosabatlarni o‘z ichiga oladi;

-

qo‘shilgan qiymat aspekti jalb qilingan resurslar, jarayonlar va ko‘nikmalarni

o‘z ichiga oladi;

26

Muallifning shaxsiy ishlanmasi

Yangi biznes model

(muallif yondashuvi)

Jamoa

saloxiyati

Mulkdorlar

istagi

Tashqi muhit-

isteʼmolchilar

talabi

background image

79

RAQAMLI IQTISODIYOT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON

WWW.INFOCOM.UZ

-

moliyaviy jihat firmalarning daromadlari va xarajatlarini qoplaydi;

-

hamkorlik aspekti hamkorlar, hamkor aloqa kanallari va sheriklik

munosabatlarini o‘z ichiga oladi.

XULOSA

XXI asrda sodir bo‘lgan so‘nggi yirik o‘zgarishlar, internet va ijtimoiy

tarmoqlarning paydo bo‘lishi, simsiz aloqa, mobil inqilobi biznes modellarining
raqamli transformatsiyasiga olib keldi. "Hamma narsa mijoz uchun" modellari paydo
bo‘ldi va ekotizimlar, biznes tarmoqlariga ega yangi platformalar yaratilmoqda.

Shu sababli biznes modellarining raqamli transformatsiyasi deyyarli barcha

tarmoqlarda amalga oshirilmoqda. Biznes modellarining raqamli transformatsiyasini
amalga oshirishning xorijiy tajribalarini o‘rgangan xolda raqamli biznes modelini:

1. Korxona raqamli transformatsiyani amalga oshirish imkoniyatlarini hisobga

olish;

2. Raqamli transformatsiya maqsadini belgilab olish;
3. Raqamlashtiriladigan texnologiyalarni belgilab olish
4. Trensformatsiyani amalga oshirish bosqichlarini ajratish;
5. Raqamlashtirilish darajasini belgilab olish;
6. Erishiladigan natijalarni minimal va maksimal darajalarini hisobga olgan

xolda amalga oshirishi lozim.

Rivojlangan davlatlar tajribasidan kelib chiqqan xolda, sanoat korxonalarida

raqamli transformasiyani amalga oshirishda:

-

raqamli transformatsiyaning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda

xukumat tomonidan meʼyoriy

-huquqiy bazani doimiy ravishda takomillashtirib borish;

-

ilmiy, texnologik, ishlab chiqarish natijalari bo‘yicha yagona bilimlar bazasini

shakllantirish;

-

raqamli texnologiyalar bilan ishlash borasida kadrlar salohiyatini oshirish;

-

raqamli madaniyatni shakllantirish;

-

innovatsion tashabbuslarni davlat hamda turli fondlar hisobidan moliyaviy

qo‘llab-quvvatlash yoki rag‘batlantirish tizimlarini joriy etish maqsadga muvofiq
bo‘ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

Rachinger, M., Rauter, R., Müller, C., Vorraber, W., Schirgi, E., 2019.

Digitalization and its influence on business model innovation. J. Manuf. Technol.
Manag. 30 (8), 1143–1160.

https://doi.org/10.1108/JMTM-01-2018-0020

.

2.

Scoutto, V., Nicotra, M., Del Giudice, M., Krueger, N., Gregori, G.L., 2021.

A microfoundational perspective on SMEs'growth in the digital transformation era. J.
Bus. Res. 129 (C), 382–392.

https://doi.org/10.1016/j.jbusres.2021.01.045

.

background image

80

RAQAMLI IQTISODIYOT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON

WWW.INFOCOM.UZ

3.

Müller, J.M., Buliga, O., Voigt, K.I., 2018. Fortune favors the prepared: how

SMEs approach business model innovations in industry 4.0. Technol. Forecast. Soc.
Chang. 132, 2–17. https://doi.org/10.1016/j.techfore.2017.12.019. Nambisan, S.,
Lyytinen, K., Yoo, Y., 2020. Handbook of Digital Innovation. Edward Elgar
Publishing.

4.

Verhoef, P.C., Broekhuizen, T., Bart, Y., Bhattacharya, A., Qi Dong, J.,

Fabian, N., Haenlein, M., 2021. Digital transformation: a multidisciplinary reflection
and research agenda. J. Bus. Res. 122, 889–901. https://doi.org/10.1016/j.
jbusres.2019.09.022.

5.

Lucas, H.C., Agarwal, R., Clemons, E.K., El Sawy, O.A., Weber, B., 2013.

Impactful research on transformational information technology: an opportunity to
inform new audiences. MIS Q. 37 (2), 371–382.

https://www.jstor.org/stable/43825914

.

6.

Usai, A., Fiano, F., Messeni Petruzzelli, A., Paoloni, P., Farina Briamonte,

M., Orlando, B., 2021. Unveiling the impact of the adoption of digital technologies on
firms'innovation performance. J. Bus. Res. 133, 327–336. https://doi.org/10.1016/j.
jbusres.2021.04.035. Xu, Y., 2020. Digital innov

7.

Parida, V.; Sjödin, D.; Reim, W. Reviewing Literature on Digitalization,

Business Model Innovation, and Sustainable Industry: Past Achievements and Future
Promises.

Sustainability

2019,

11

, 391.

https://doi.org/10.3390/su11020391

8.

Miller R., Blais R.A. Modes of innovation insix industrial sectors // IEEE

Transactions on Engineering Management. – 1993. -

№ 40 (3).

– P. 264-273.

9.

Cooper R.G. Third-Generation New Product Process //Journal of Product

Innovation Management. – Vol. 11, -

№ 1.

– January 1994. – P. 3-14.

10.

Rothwell R. Towards the Fifth-generation Innovation Process // International

Marketing Review. – 1994. – Vol. 11. –

№1.

– P. 7-31;

11.

Freeman C. The «National System of Innovation» // In: Historical

Perspective. Cambridge Journal of Economics. – London: Pinter. 1995. – P. 28-53

12.

Kline S.J., Rosenberg N. An overview of innovation. The positive sum

strategy: Harnessing technology for economic growth / edited by R. Landau and N.
Rosenberg. – Washington: National Academy Press, 1986. – p. 275-305

https://www.nap.edu/read/612/chapter/18

13.

Imai K., Nonaka I., Takeuchi H. Managing the New Product Development

Game. The Uneasy Alliance / K. Clark and R. Hayes (Eds.). – Boston: Harvard
Business School Press, 1985. – p. 187-204

Библиографические ссылки

Rachinger, M., Rauter, R., Müller, C., Vorraber, W., Schirgi, E., 2019.

Digitalization and its influence on business model innovation. J. Manuf. Technol.

Manag. 30 (8), 1143–1160. https://doi.org/10.1108/JMTM-01-2018-0020.

Scoutto, V., Nicotra, M., Del Giudice, M., Krueger, N., Gregori, G.L., 2021.

A microfoundational perspective on SMEs'growth in the digital transformation era. J.

Bus. Res. 129 (C), 382–392. https://doi.org/10.1016/j.jbusres.2021.01.045.

Müller, J.M., Buliga, O., Voigt, K.I., 2018. Fortune favors the prepared: how

SMEs approach business model innovations in industry 4.0. Technol. Forecast. Soc.

Chang. 132, 2–17. https://doi.org/10.1016/j.techfore.2017.12.019. Nambisan, S.,

Lyytinen, K., Yoo, Y., 2020. Handbook of Digital Innovation. Edward Elgar

Publishing.

Verhoef, P.C., Broekhuizen, T., Bart, Y., Bhattacharya, A., Qi Dong, J.,

Fabian, N., Haenlein, M., 2021. Digital transformation: a multidisciplinary reflection

and research agenda. J. Bus. Res. 122, 889–901. https://doi.org/10.1016/j.

jbusres.2019.09.022.

Lucas, H.C., Agarwal, R., Clemons, E.K., El Sawy, O.A., Weber, B., 2013.

Impactful research on transformational information technology: an opportunity to

inform new audiences. MIS Q. 37 (2), 371–382.

https://www.jstor.org/stable/43825914.

Usai, A., Fiano, F., Messeni Petruzzelli, A., Paoloni, P., Farina Briamonte,

M., Orlando, B., 2021. Unveiling the impact of the adoption of digital technologies on

firms'innovation performance. J. Bus. Res. 133, 327–336. https://doi.org/10.1016/j.

jbusres.2021.04.035. Xu, Y., 2020. Digital innov

Parida, V.; Sjödin, D.; Reim, W. Reviewing Literature on Digitalization,

Business Model Innovation, and Sustainable Industry: Past Achievements and Future

Promises. Sustainability 2019, 11, 391. https://doi.org/10.3390/su11020391

Miller R., Blais R.A. Modes of innovation insix industrial sectors // IEEE

Transactions on Engineering Management. – 1993. -№ 40 (3). – P. 264-273.

Cooper R.G. Third-Generation New Product Process //Journal of Product

Innovation Management. – Vol. 11, - № 1. – January 1994. – P. 3-14.

Rothwell R. Towards the Fifth-generation Innovation Process // International

Marketing Review. – 1994. – Vol. 11. – №1. – P. 7-31;