87
RAQAMLI IQTISODIYOT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
RAQAMLI IQTISODIYOTNING PAYDO BO‘LISHI VA RIVOJLANISH
BOSQICHLARI
Ravzatov Jonibek Baxromovich
TATU tayanch doktoranti
jonibek_tatu@mail.ru
Annotatsiya:
Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyotining amaliy ahamiyati,
jihatlari, va xorij tajribasi haqida so‘z yuritiladi. Bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan
global iqtisodiyot sharoitida raqamli iqtisodiyot o‘z rivojlanishining boshlang‘ich
davrida bo‘lib, birinchi navbatda insonlarning turmush darajasini sezilarli darajada
oshira olishi va bu uning asosiy foydasi ekanligi yoritib berilgan. Shuningdek
maqolada asosan raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va undagi moammolarni
bartaraf etish, raqamli iqtisodiyotning o‘sishi global iqtisodiy o‘sishiga ta’siri, jahon
bozoridagi raqamli iqtisodiyotning o‘rni. hamda insonlarning yashash tarzini sezilarli
o‘zgartira olishi va bu uning asosiy foydasi ekanligi yoritib berilgan.
Kalit soʻzlar:
raqamli iqtisodiyot, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish, internet
iqtisodiyoti, raqamli iqtisodiyot va jahon iqtisodiyoti istiqbollari, kommunikatsiya,
raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, elektron tijorat, onlayn to‘lov, infratuzilma,
kiberxavfsizlik.
ВОЗНИКНОВЕНИЕ И ЭТАПЫ РАЗВИТИЯ ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ
Равзатов Жонибек Бахромович
Базовый докторант ТАТУ
jonibek_tatu@mail.ru
Аннотация:
В данной статье будет рассказано о практическом значении,
аспектах цифровой экономики и зарубежном опыте. В сегодняшней бурно
развивающейся глобальной экономике Цифровая экономика находится на
начальном этапе своего развития, прежде всего потому, что она способна
значительно повысить уровень жизни людей и является ее основным
преимуществом. Также в статье в основном рассматривается дальнейшее
развитие цифровой экономики и устранение в ней проблем, влияние роста
цифровой экономики на глобальный экономический рост, Роль цифровой
экономики на мировом рынке. и что это является его основным преимуществом.
88
RAQAMLI IQTISODIYOT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
Ключевые слова:
Цифровая экономика, формирование цифровой
экономики, Интернет-экономика, цифровая экономика и перспективы мировой
экономики, коммуникации, цифровые технологии, искусственный интеллект,
электронная
коммерция,
онлайн-платежи,
инфраструктура,
кибербезопасность.
THE EMERGENCE AND STAGES OF DEVELOPMENT OF THE DIGITAL
ECONOMY
Ravzatov Jonibek Bakhromovich
Basic doctoral student at TATU
jonibek_tatu@mail.ru
Abstract:
this article will talk about the practical importance, aspects, and
experience of the digital economy. In the context of today's rapidly developing global
economy, the digital economy is at the beginning of its development, first of all it is
illuminated that it is able to significantly increase the standard of living of people, and
this is its main benefit. Also in the article are mainly the further development of the
digital economy and the elimination of moammos in it, the impact of the growth of the
digital economy on global economic growth, the role of the digital economy in the
world market. it has also been highlighted that it is able to significantly change the way
people live and that this is its main benefit.
Keywords:
digital economy, digital economy formation, internet economy,
digital economy and world economy prospects, communication, digital technology,
artificial intelligence, e-commerce, online payment, infrastructure, cyber security.
KIRISH
Raqamli iqtisodiyotning yuksalishi XXI asrning o’ziga xos xususiyatlaridan
biridir. Albatta bugungi kunni raqamli texnologiyalarsiz tasavvur qilish qiyin albatta.
Aql-zakovat va ilm-taraqqiyot qanotidir. Zamonaviy ilm-
fanning choʻqqisi yuqori
texnologiyalarda, raqamli olamda koʻzga tashlanadi. Toʻrtinchi
sanoat inqilobi
taraqqiyotning yangi koʻrinishi
– “raqamli iqtisodiyot” boshlanganini anglatadi.
Bugungi kunda biz yaqin kelajakda erishmoqchi bo‘lgan ulkan maqsadlarga egamiz.
Buning uchun bizga albatta yetuk kadr va mutaxassislar kerak.
Raqamli
texnologiyalar jamiyat va iqtisodiyotga ko’p jihatdan ta’sir o‘tkazadi, shu jumladan
yangi aloqa va hamkorlik vositalari orqali xizmat ko‘rsatishning kuchli tarkibiy
qismiga ega bo‘lgan yangi mahsulotlar ma’lumotlarning iqtisodiy o‘sish omili sifatida
27
Porsaev G‘.M., Safarov B.Sh., Usmanova D.Q.. Raqamli iqtisodiyot asoslari. Darslik –T.: «Fan va texnologiyalar
nashriyot-matbaa uyi», 2020. 372 b
89
RAQAMLI IQTISODIYOT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
roli sun’iy intellekt (AI) yordamida vazifalarni avtomatlashtirish va platformalar kabi
yangi biznes modellarining paydo bo‘lishi insoniyat hayotini o‘zgartirib yubordi. Shu
sababli raqamlashtirish bizning hayotimiz va birgalikda ishlash tarzimizni tubdan
o’zgartiradi. Bu butun davlat rivojlanishi va farovonligi demakdir.
Raqamli iqtisodiyot raqamli texnologiyalarga asoslangan, elektron biznes,
elektron tijorat bilan bogʻlangan, raqamli tovar va xizmatlar ishlab chiqarayotgan va
taqdim etayotgan iqtisodiy faoliyatdir. Bunda iqtisodiy xizmat va tovarlar uchun
hisob-kitoblar elektron pul orqali amalga oshiriladi. Raqamli iqtisodiyot konsepsiyasi
atomdan bitga, yaʼni kimyoviy eng kichik zarradan elektron birlikka oʻtishga
asoslanadi. Raqamli iqtisodiyot alohida faoliyat turini emas, balki ishbilarmonlik,
sanoat obyektlari, xizmatlarda axborot texnologiyalaridan faol foydalanishni anglatadi.
Agar oddiy iqtisodiyotda moddiy buyumlar asosiy resurs hisoblansa, raqamli
iqtisodiyotda bu qayta ishlanadigan hamda uzatiladi
gan axborot, maʼlumotlar boʻladi.
Raqamli iqtisodiyot yirik sanoat obyektlari ish samaradorligini oshirish, ishlab
chiqarishda oʻsish, faoliyat shaffofligini taʼminlash, mahsulot tannarxini kamaytirish
imkonini beradi
Xalqaro amaliyotga yuzlanadigan boʻl
sak, hozirgi kunda raqamli iqtisodiyot
elektron tijorat va xizmatlar sohasi bilan cheklanib qolmay, balki hayotning har bir
jabhasiga, xususan, sogʻliqni saqlash, fan
-
taʼlim, qurilish, energetika, qishloq va suv
xoʻjaligi, transport, geologiya, kadastr, ar
xiv, internet-banking va boshqa sohalarga
jadal kirib bormoqda va ularning har birida oʻzining yuqori samaralarini bermoqda.
Davlat oʻz fuqarolari uchun elektron xizmatlar koʻrsatishi va elektron mahsulotlarni
taklif etishi – bu raqamli iqtisodiyotning asosiy qismi hisoblanadi. Mamlakatimizda
ushbu sohani keng rivojlantirish korrupsiya illatiga barham beradi.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Raqamli iqtisodiyot – bu raqamli ma'lumotlar ishlab chiqarishda asosiy omil
bo'lgan iqtisodiy faoliyat bo'lib, katta hajmlarni qayta ishlash va tahlil natijalaridan
foydalanish an'anaviy boshqaruv shakllari bilan solishtirganda har xil turdagi
ma'lumotlar samaradorligini sezilarli darajada oshirishi mumkin. Ushbu tushunchaning
ilmiy ta'riflari ham mavjud. Shunday qilib, ba'zi olimlar raqamli (elektron)
iqtisodiyotni iqtisodiyot sifatida belgilaydilar, uning o'ziga xos xususiyati
ma'lumotlardan, shu jumladan shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish orqali uning barcha
ishtirokchilarining ehtiyojlarini maksimal darajada qondirishdir
. Bu axborot,
kommunikatsiya va moliyaviy texnologiyalarning rivojlanishi, shuningdek, iqtisodiy
faoliyatning barcha ishtirokchilari tovarlar va xizmatlarni taqsimlash, almashish va
28
Ayupov R.H., Boltaboeva G.R.. Raqamli iqtisodiyot asoslari. Darslik. T.:
ТМ
I, 2020, 575 bet.
29
Ayupov R.H., Raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar. O‘quv qo‘llanma. Toshkent: Nizomiy
nomidagi TDPU, 2020, 554 bet.
90
RAQAMLI IQTISODIYOT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
iste’mol qilish yaratish jarayoni subyektlari va ob'ektlarining gibrid dunyosida to‘liq
o‘zaro ta’sir qilish imkoniyatini ta'minlaydigan infratuzilmaning mavjudligi tufayli
mumkin bo'ladi.
Raqamli iqtisod va elektron hukumat “Raqamli iqtisodiyot” atamasi birinchi
bo‘lib 1995-yilda Don Tepkott muallifligida chop etilgan “Raqamli iqtisodiyot:
tarmoqli intelekt asrida va’da va xavf-xatar” (The Digital Economy: Promise and Peril
in the Age of Networked Intelligence) nashrida alohida tushuncha sifatida istiloh
etilgan
Jahon bankining taʼrifiga koʻra, raqamli iqtisodiyot raqamli axborot
-
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga asoslangan iqtisodiy, ijtimoiy va
madaniy munosabatlar tizimidir . Ba’zi olimlar raqamli iqtisodiyotning uchta asosiy
komponentini ajratib ko'rsatishadi: infratuzilma, jumladan, apparat, dasturiy ta’minot,
telekommunikatsiya va boshqalar; virtual bozor sub'ektlari o'rtasidagi virtual o‘zaro
munosabatlar doirasida kompyuter tarmoqlari orqali amalga oshiriladigan biznes
jarayonini qamrab oluvchi elektron biznes operatsiyalari; Internet orqali tovarlarni
yetkazib berishni o'z ichiga olgan va hozirda raqamli iqtisodiyotning eng yirik
segmenti bo'lgan elektron tijorat
“Raqamli iqtisodiyot” atamasi ilmiy amaliyotga ispaniyalik va amerikalik
sotsiolog, axborotlashgan jamiyatning yetakchi tadqiqotchisi Manuel Kastels
tomonidan kiritilgan. Bu borada u o‘zining “Axborot davri: iqtisod, jamiyat va
madaniyat” nomli uch jildli monografiyasini chop etgan. Hozirgi vaqtga kelib, raqamli
iqtisodiyot nazariyasi to‘laligicha hali shakllanmagan va ko‘pchilik iqtisodchilar
tomonidan keng miqyosda o‘rganilmoqda. Ilmiy adabiyotlarda hozirgizamon “Yangi
raqamli iqtisodiyoti” turli xil atamalar bilan nomlanadi. Masalan, “Postindustrial
iqtisodiyot” (D. Bell), “Axborotlashgan iqtisodiyot” (O. Toffler), “Megaiqtisodiyot”
(V. Kuvaldin), “Axborot va aloqaga asoslangan iqtisodiyot” (I. Niiniluto),
“Texnoiqtisodiyot yoki raqamli iqtisodiyot” (B. Geyts), “Bilimlarga asoslangan
iqtisodiyot” (D. Tapskott)
.
Raqamli iqtisodiyot tushunchasiga bir qator ta’riflar berilgan. Jumladan,
iqtisodiyot fanlari doktori, Rossiya Fanlar akademiyasining muxbir a’zosi V.Ivanov
“Raqamli iqtisod ‒ haqiqatimizni to‘ldiradigan virtual muhit”
- deb ta’rif bergan.
Tomsk davlat universitetining professori, R. Meshcheryakovning fikricha
“raqamli iqtisod” atamasiga ikkita yondashish mavjud deb hisoblaydi. Raqamli
texnologiyalar asosida iqtisodiyotning va elektron tovar va xizmatlar eksklyuziv
domen tavsiflovchi raqamli iqtisodiyot: birinchi yondashuv “klassik” deb nomlanib,
klassik misollar ‒ teletibbiyot, masofa
viy ta’lim, dori-darmonlarni sotish (filmlar,
30
Don Tepkott, The Digital Economy: Promise and Peril in the Age of Networked Intelligence, 1995-yil
31
Дмитриев А. В. Цифровые технологии в транспортной логистике / А. В. Дмитриев // РИСК: ресурсы,
информация, снабжение, конкуренция.
- 2017. -
С. 14
-18.
32
Lapidus L.V. Raqamli iqtisodiyot. - M.:, Infra-M, 2019 yil.
91
RAQAMLI IQTISODIYOT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
televizorlar, kitoblar va boshqalar). Ikkinchi yondashuv: “raqamli iqtisod” ilg‘or
raqamli texnologiyalardan foydalangan holda iqtisodiy ishlab chiqarishdir.
Akademik S. G’ulomov va boshqalar muallifligidagi “Raqamli iqtisodiyotda
blokcheyn texnologiyalari” nomli о’quv qullanmada raqamli iqtisodiyotga
quyidagicha ta’rif berilgan: “raqamli iqtisodiyot(elektron) bu – axborot, jumladan,
shaxsiy axborotdan foydalanish hisobiga barcha qatnashchilarning ehtiyojlarini
maksimal darajada qondirishning о’ziga xos xususiyati bо’lgan iqtisodiyotdir. Bu
axborot-kommunikatsiya va moliya texnologiyalarining rivojlanganligi, shuningdek,
birgalikda gibrid dunyoda barcha iqtisodiy faoliyat subyektlari – tovarlar va xizmatlar
yaratish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayoni obyektlari va
subyektlarining tо’laqonli о’zaro aloqa qilish imkoniyatini ta’minlaydigan infratuzilma
ochiqligi tufayli mavjud bо’lishi mumkin”
. Bugun jadallik bilan kechayotgan
raqamlashuv ja
rayoni “yangi iqtisodiyot”ni vujudga keltirdi. Kam oʻrganilgan va kun
sayin chuqur tomir otib borayotgan bu bozor segmenti ishlab chiqaruvchilarga
biznesda samarali marketing kampaniyalari uyushtirish, minimal xarajat qilib,
maksimal foyda olish, tovar va xizmatlarni muvaffaqiyatli sotishning optimal
usullarini taqdim etadi. Isteʼmolchi, xaridor va mijozlarga sifatli xizmat, qulaylik
yaratiladi. Bu vaqtingiz tigʻiz paytida Internet orqali tushlikka buyurtma berish, mobil
ilova orqali taksi chaqirish, uzoq
dagi yaqiningizga pul joʻnatishdan koʻra kengroq
imkoniyatlar boʻlib, transchegaraviy biznes hamkorlik, elektron tijoriy maydon,
masofaviy ofis kabilarni ham qamrab oladi.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Tadqiqot jarayonida raqamli iqtisodiyotning paydo bo‘lishi va rivojlanishi,
uning iqtisodiyotga keltirgan foydasi ham iqtisodiy jarayonlarning o‘zgarishidagi o‘rni
bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘rganildi. Maqolani shakllantirish jarayonida kuzatish va
tanlab olish, ilmiy-nazariy, empirik kuzatuv usullardan foydalanilgan. Tadqiqot
natijalarining ishonchligi tadqiqotda qo‘llanilgan xorijiy va milliy statistik rasmiy
manbalardan foydalanilgani bilan izohlanadi.
TAHLIL VA NATIJALAR
Raqamli iqtisodiyot – bu jarayonlarni tahlil qilish natijalaridan foydalanish va
katta hajmdagi ma’umotlarni qayta ishlash asosida turli xildagi, texnologiyalar, asbob-
uskunalar, tovar va xizmatlarni saqlash, sotish va yetkazib berish samaradorligini
jiddiy ravishda oshirishga imkon beradigan, raqamli texnologiyalarga asoslangan
elektron biznes va elektron tijorat bilan chambarchas bog‘liq iqtisodiy faoliyat, hamda
shu faoliyat natijasida ishlab chiqariladigan va sotiladigan raqamli tovarlar, xizmatlar
33
Gulyamov, S.S. va b., Raqamli iqtisodiyotda blokcheyn texnologiyalari. -T.: Iqtisod-Moliya, 2019, 396 b.
92
RAQAMLI IQTISODIYOT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
yig‘indisidir. Ba’zida u internet iqtisodiyoti, yangi iqtisodiyot yoki veb-iqtisodiyot
degan terminlar bilan ham ifodalanadi
.
Raqamlashtirish jahon iqtisodiyotining o‘sishiga olib keladi, masalan, nufuzli
McKinsey Global Institute konsalting kompaniyasining hisob-kitoblariga ko‘ra, eng
yangi raqamli texnologiyalardan foydalanish 2025 yilga borib yalpi ichki mahsulot
(YaIM) o‘sishiga olib keladi. Butun dunyo bo‘ylab. 3-6 trillion dollarni tashkil etadi
Kompaniyaning hisob-kitoblariga ko‘ra, 12 turdagi yuqori texnologiya (mobil Internet,
ilg‘or robototexnika, bulutli texnologiya, qayta tiklanadigan energiya, Internet of
Things (IoT) ma’lumotlari) bu o‘sishga hissa qo‘shadi. Simsiz uzatish, harakatchanlik
va sun'iy intellekt va boshqalar). Ayni paytda butun dunyo bo‘ylab yirik kompaniyalar
raqamlashtirish haqiqatidan xabardor va bulutli texnologiyalar va tarmoq
infratuzilmasini modernizatsiya qilish bo‘yicha ko‘rsatmalarga ega. Raqamlashtirish,
raqamli iqtisodiyotni shakllantirish iste’molchilar, davlat, umuman, jamiyat uchun
katta imkoniyatlar ochib beradi
.
Raqamli iqtisodiyotning o'sishi butun iqtisodiyotga ta'sir qiladi. Ushbu sohaning
iqtisodiyotning an'anaviy tarmoqlariga ta'siri davrlarini baholashga urinishlar mavjud.
Shu bilan birga, sayyoramiz aholisining o'sishi va resurslarni safarbar qilish bilan
elektron iqtisodiyot elektron savdo va xizmatlar bilan cheklanib qolmaydi, balki
hayotning har bir jihatiga: sog'liqni saqlash, ta'lim, Internet-banking va boshqalarga
ta'sir qiladi. Boshqacha qilib aytadigan bo'lsak, raqamli iqtisodiyot-bu onlayn
xizmatlar, elektron to'lovlar, Internet-savdo, crowdfunding va boshqalarni taqdim etish
bo'yicha xizmatlarni o'z ichiga olgan raqamli kompyuter texnologiyalarini
rivojlantirish bilan bevosita bog'liq bo'lgan faoliyat. Odatda raqamli iqtisodiyotning
asosiy elementlari: elektron tijorat, Internet-banking va elektron to'lovlar, kripto
valyutasi va blokirovkalash, Internet-reklama va onlayn o'yinlar.
Raqamli iqtisodiyotning afzalliklari Albatta, axborotkommunikatsiya
texnologiyalarining rivojlanishi, zamonaviy texnologiyalarning hayotimizga tadbiq
etilishi har bir inson hayotida ko'plab ijobiy imkoniyatlar berishi mumkin. Raqamli
texnologiyalar rivojlanishi ortidan inson, unga kerakli xizmatdan tezroq foydalanishi,
internet orqali o'ziga kerakli mahsulotlarni arzon sotib olish bilan ko'plab pul
mablag'larini tejashi mumkin. Masalan biron bir kitobning elektron ko'rinishda sotib
olish Sizga, shu kitobni chop etilgan ko'rinishini sotib olish ancha arzonga tushishi
mumkin. Yoki bo'lmasa oddiy iste'molchi o'zi ham tadbirkor bo'lishi, uyidan
chiqmagan holda onlayn savdo-sotiq bilan shug'ullanishi mumkin. Raqamli
iqtisodiyotning eng faol drayveri – bu davlatdir. U raqamli iqtisodiyotning asosiy
buyurtmachisi va iste'molchisidir. Masalan, Xitoy bu maqsadlar uchun 9 mlrd dollar
34
Ayupov, R.X., Baltabaeva, G.R., Raqamli valyutalar bozori: innovatsiyalar va rivojlanish istiqbollari. –T: Fan va
texnologiya, 2018, 172 b.
35
Сильвестров М. А., Михина Е. В., Жидко Е. А. Электронный бизнес в современных экономических условиях
// Информационные технологии в строительных, социальных и экономических системах. 2021. № 1. С. 52
–57.
93
RAQAMLI IQTISODIYOT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
atrofida mablag‘ sarflagan. Bozor kapitalizatsiyasi 210 mlrd dollardan ziyod bo‘lgan
Alibaba internet resursi ushbu sarmoyalarning to‘g‘ri yo‘naltirilganini isbotladi.
Raqamlashtirishdan maksimal foyda olishni istagan davlat, zaruriy yuqori
texnologik maxsulotlarning bozorini yaratishi va uni qo‘llab-quvvatlashi lozimdir. Shu
bilan birga, parallel tarzda davlat boshqaruvi, muhim sohalar va korxonalar uchun
xususiy ilovalarni rivojlantirgan holda, elektron iqtisodiyotning asosiy platformalarini
nazorat qiluvchi instrumentlarni o‘z izmida saqlab qolish ham muhim hisoblanadi.
Xususan, Yaponiya texnologiyalarni xarid qilgan bo‘lsa-da, ushbu yo‘nalishda
o‘zining ishlab chiqaruvchi tarmoqlarini yaratolmagani va texnik ishlanmalar
darajasini muttasil yuqori holatda tutolmagani tufayli, raqamli iqtisodiyotdagi yetakchi
pozitsiyalarni qo‘ldan boy berdi. Janubiy Koreya esa elektron hukumat va elektron
vositachilikka (elektron tijorat faoliyati va davlat tender xaridlarini o‘tkazish uchun)
milliy budjetning 1 foiziga teng miqdorda sarmoya kiritib, har yili 10-15 milliard dollar
hosil qilmoqda va xarajatlarni 30-40 baravar qoplaydigan daromad olmoqda.
Jumladan, davlat va xususiy sektorda call-markazlarni tashkil qilish, mobil ilovalarni
yaratish va davlatga tegishli internet-platformalarni reinjiniring qilish orqali mana
shunday natijaga erishildi
.
Jahon tajribasidan kelib chiqqan holda Oʻzbekistonda ham raqamli iqtisodiyot
shiddat bilan rivojlanib bormoqda hamda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun
mamlakatimizda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bunga misol tariqasida
ko‘radigan bo‘l
sak, Oʻzbekistonda “Raqamli Oʻzbekiston
-2030” dasturini ishlab
chiqilishi va hayotga tatbiq etilishi, eng avvalo, puxta va mukammal tashkiliy-huquqiy
mexanizmlarni shakllantirish, qolaversa, innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va
ishlanmalarni joriy eti
sh boʻyicha davlat organlari va tadbirkorlik subyektlarining
uzviy hamkorligini taʼminlash, barcha soha va tarmoqlarda ishlab chiqarish va xizmat
koʻrsatishni raqamli texnologiyalar bilan qamrab olish, bu borada zamonaviy
bilimlarni chuqur egallagan, intellektual salohiyatli kadrlarni yetishtirish, shu orqali,
mamlakatda “axborotlashgan jamiyat” muhitini yaratishga xizmat qiladi
Toʻrtinchi sanoat inqilobi taraqqiyotning yangi koʻrinishi
– “raqamli iqtisodiyot”
boshlangani anglatadi. Bugungi kunga kelib jahonda raqamli iqtisodiyot taraqqiy etgan
20 mamlakatda 2 trillion AQSH dollarini tashkil etayotgani hisoblab chiqilgan.
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda dunyoda peshqadam Buyuk Britaniyada esa u
hozirning oʻzida milliy yalpi ichki mahsulotning 12 f
oiziga yetdi. Raqamli iqtisodiyot
texnologik va biznes jarayonlari, ishlab chiqarish, logistika va tayyor mahsulotlarning
savdosini raqamlashtirishni nazarda tutadi. Mamlakatimizda 2020-
yilning oʻzida
transport, geologiya, taʼlim, arxiv kabi sohalarni toʻl
iq raqamlashtirish belgilangan va
36
Захаров А. Н., Старовая Ю. А. Обзор развития электронной торговли мировой экономики: вызовы и
последствия пандемии // Российский внешнеэкономический вестник. 2020. № 5. С. 18
–32.
37
Ayupov R.H., Raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar. O‘quv qo‘llanma. Toshkent: Nizomiy
nomidagi TDPU, 2020, 554 bet.
94
RAQAMLI IQTISODIYOT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
bu boradagi ishlar jadal olib borilmoqda. Zamonaviy infratuzilmaga ega boʻlgan “IT
-
park”lar ham fikrimiz dalilidir
.
Raqamli iqtisodiyot texnologik taraqqiyot natijasida yaratilgan har qanday
murakkab ijtimoiy hodisa sifatida bir qator o’ziga xos xususiyatlarga ega:
1.
Raqamli iqtisodiyot – bu raqamli hisob tizimiga o’tish.
2.
Raqamlashtirish juda zich va tizimli yoki tartibsiz bo’lishi mumkin,
kutilmaganda ko’p sonli ishchilarni bo’shatadi.
3.
Raqamlashtirish kompaniyalar yoki davlat arboblarini qarorlar qabul qilish
uchun ko’p sonli manbalardan olib, ishlarning holati (kompaniya yoki milliy
iqtisodiyot) to’g’risida eng to’liq va ob’ektiv ma’lumotlarni taqdim etadi.
4.
Iqtisodiy jarayonlar tartibga solinishi kerak bo’lgan barcha darajadagi
rahbarlar juda aqlli odamlar bo’lishi kerak. Mashxur olim P. Shchedrovitskiyning
nuqtai
nazari bu o’rinda juda adolatli bo’lib u quyidagi fikrni ilgari surgandi, “turli
jarayonlarni raqamlashtirish va raqamli egizaklar deb ataladigan narsalarni yaratish
orqali biz ilgari qila olmagan narsalarni tezda taqqoslash va solishtirish imkoniyatiga
ega bo’lamiz: masalan, samaradorlik loyihasi yoki materialdan foydalanishdan foyda
olish”
.
Umuman olganda, raqamli iqtisodiyot – bu jarayonlarni tahlil qilish natijalaridan
foydalanish va katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash asosida turli xildagi ishlab
chiqarishlar, texnologiyalar, asbob-uskunalar, tovar va xizmatlarni saqlash, sotish va
yetkazib berish samaradorligini jiddiy ravishda oshirishga imkon beradi.
Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi natijasida korxonalarda juda ko‘p narsalar
avtomatlashtirildi va savdo-sotiq ishlari ham electron tarzda amalga oshirilishi yo‘lga
qo‘yildi. Bunga misol tariqasida electron tijorat tizimini olishimiz mumkin. Bunda
barcha ishlar raqamli iqtisodiyot shaklida amalga oshiriladi, ya’ni barcha ishlar
raqamlashtirilgan. Xorijiy mamlakatlarda savdo-sotiq jarayonlarida raqamli
iqtisodiyotdan foydalanish bo‘yicha o‘z o‘rniga ega(1-rasm).
38
www.gazeta.uz saytining https://www.gazeta.uz/uz/search?q=raqamli+iqtisodiyot&f=1 havolasidagi ma'lumotlar
asosida muallif tomonidan tayyorlandi.
39
https://infocom.uz/raqamli-iqtisodiyotning-aholi-farovonligiga-tasiri/
95
RAQAMLI IQTISODIYOT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
3-rasm. 2021-yilda chakana elektron tijorat sohasida dunyoning yetakchi
mamlakatlari
Bugungi kunda Xitoy onlayn savdoning mutlaq yetakchisidir. 2020-yilda Xitoyda
onlayn sotuv hajmi 2,3 trillion AQSh dollarni, 2021-yilda deyarli 2,8 trillion AQSh
dollar va 2022-yilda esa taxminan 3,1 trillion AQSh dollarni tashkil etdi.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, “Raqamli iqtisodiyot” atamasi iqtisodiyot sohasida
axborot texnologiyalaridan faol foydalanishni anglatadi. Agar oddiy iqtisodiyotda
moddiy buyumlar asosiy resurs hisoblansa, raqamli iqtisodiyotda bu qayta
ishlanadigan hamda uzatiladigan axborot – ma’lumotlar bo‘ladi. Ularning tahlilidan
so‘ng esa to‘g‘ri boshqarish bo‘yicha yechim ishlab chiqiladi.
Shuningdek, davlat innovatsion va raqamli ekotizimni qo‘llab-quvvatlash
sohasida raqamli ta’limning zamonaviy metodlarini qo‘llab-quvvatlashi, innovatsion
xizmatlarni samarali tartibga solish normalarini ishlab chiqishi, yangi bozorlarni
o‘zlashtirishda ko‘maklashishi hamda texnologik jarayonlarning chuqurlashuvida
yuzaga chiqadigan risklarni pasaytirish choralarini ko‘rishi maqsadga muvofiq
hisoblanadi.
Mazkur sohaning rivojlanishi ichki va tashqi bozordagi raqobat kuchayishiga
olib keladi bu esa o‘z o‘rnida maxsulot sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga
elektron tijorat sohasi menejment, marketing va axborot texnologiyalarining
rivojlanishiga hamda mamlakat aholisining raqamli savodxonligini oshirishga ham
undaydi.
40
А.Н.Захаров, Ю.А.Старовая «Обзор развития электронной торговли в мировой экономике: вызовы и
последствия пандемии» // Российский внешнеэкономический вестник, 12
-
2020. с.21.
47%
21%
16%
3%3%
4% 6%
Savdo tizimida raqamli iqtisodiyotdan
foydalanish
Xitoy
AQSh
Boshqa davlatlar
Germaniya
Janubiy Koreya
Yaponiya
Buyuk Britaniya
96
RAQAMLI IQTISODIYOT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
Buning uchun birinchi navbatda axborot texnologiyalarini O‘zbekiston
Respublikasining nafaqat markaziy shaxarlari balki chekka hududlari bo‘ylab keng
tarqalishini ta’minlash, chakana hamda ulgurji savdoni amalga oshirayotgan
tadbirkorlarning internet tarmog‘i orqali erkin savdo amalga oshirishlari uchun
mamlakat bo‘ylab online banking tizimini samarali joriy qilish hamda eng asosiysi
elektron tijorat sohasidagi bilim va ko‘nikmalarni yanada mustahkamlash va o‘z ustida
ishlash mazkur sohadagi kadr yetishmovchiligini oldini oladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
23.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston-2030”
strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020-
yil 6 oktyabrdagi PF-6079 sonli Farmoni
24.
O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-iyuldagi “O‘zbekiston
respublikasida raqamli iqtisodiyotni va kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3832-sonli Qarori
25.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi “Raqamli
iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori
26.
O‘zbekiston Respublikasi Prizdentining 2020-yil 28-apreldagi “Raqamli
iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori
27.
Jo‘rayev T.,Iqtisodiyot nazariyasi. . Darslik..-T.: «Fan va texnologiya»
nashr, 2018. – 512 bet.
28.
Qodirov S., Sanoat korxonalarida raqamli texnologiyalardan
foydalanishning xususiyatlari, “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy
elektron jurnali, 2/2022, mart-aprel
29.
Ayupov R.H., Raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar.
O‘quv qo‘llanma. Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2020, 554 bet.
30.
Porsaev G‘.M., Safarov B.Sh., Usmanova D.Q.. Raqamli iqtisodiyot
asoslari. Darslik –T.: «Fan va texnologiyalar nashriyot-matbaa uyi», 2020. 372 b
31.
Ayupov R.H., Boltaboeva G.R.. Raqamli iqtisodiyot asoslari. Darslik. T.:
ТМI, 2020, 575 bet.
32.
Brynjolfsson E and Kahin, B, eds. (2002). Understanding the Digital
Economy. Massach usetts Institute of Technology, Cambridge, MA
33.
Бойко, И.П. Экономика предприятия в цифровую эпоху / И.П. Бойко,
М.А. Евневич, А.В. Колышкин // Российское предпринимательство. Том 18,
–
2017. –
№7.
–
С. 1127
-1130
34.
Raqamli iqtisodiyotni shakllantirishdagi zamonaviy trendlar: tajriba,
muammo va istiqbollar. // Ilmiyamaliy anjuman maʼruza tezislari toʼplami. 2020 yil 14
oktyabr. – Toshkent. 2020.
97
RAQAMLI IQTISODIYOT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 6-SON
WWW.INFOCOM.UZ
35.
А.Н.Захаров, Ю.А.Старовая «Обзор развития электронной торговли в
мировой экономике: вызовы и последствия пандемии» // Российский
внешнеэкономический вестник, 12
-
2020. с.21.
36.
Сильвестров М. А., Михина Е. В., Жидко Е. А. Электронный бизнес в
современных экономических условиях // Информационные технологии в
строительных, социальных и экономических системах. 2021. № 1. С. 52
–57.
37.
Захаров А. Н., Старовая Ю. А. Обзор развития электронной торговли
мировой экономики: вызовы и последствия пандемии // Российский
внешнеэкономический вестник. 2020. № 5. С. 18
–32.
38.
Murtazayev I., “Iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgartirishlarni amalga oshirish
sharoitida mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi o‘zgarishlar”. Economics
and fi nance, no. 6, 2011, pp. 22-29.
39.
Дмитриев А. В. Цифровые технологии в транспортной логистике / А.
В. Дмитриев // РИСК: ресурсы, информация, снабжение, конкуренция.
- 2017. -
С. 14
-18.
40.
Gulyamov, S.S. va b., Raqamli iqtisodiyotda blokcheyn texnologiyalari. -T.:
Iqtisod-Moliya, 2019, 396 b.
41.
Ayupov, R.X., Baltabaeva, G.R., Raqamli valyutalar bozori: innovatsiyalar
va rivojlanish istiqbollari. –T: Fan va texnologiya, 2018, 172 b.
42.
http://www.lex.uz – O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bazasi sayti
43.
https://www.imv.uz – Iqtisodiyot va moliya vazirligi sayti
44.
http://www.soliq.uz – O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi sayti
45.
http://www.stat.uz – O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi
sayti
