Укрепление правовых основ коопереации – как условия социального-экономического развития

CC BY f
248-262
41
32
Поделиться
Сафарова, А. (2022). Укрепление правовых основ коопереации – как условия социального-экономического развития. Современные тенденции развития цифровизации в сфере юстиции, 1(1), 248–262. https://doi.org/10.47689/978-9943-7818-1-8-MTDDFJ-2021-pp248-262
Адиба Сафарова, Исследовательский институт правовой политики при Министерстве юстиции Республики Узбекистан

Главный консультант

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Кооперативы играют важную роль в социально- экономическом развитии страны. За последние годы в нашей стране принято около 10 нормативно-правовых актов по развитию кооператива. В основном они направлены на выращивание и переработку хлопка-сырца, фруктов и овощей, развитие производственной кооперации, расширение сотрудничества предприятий и населения. Однако роль кооперации в экономике нашей страны можно негативно сравнить с зарубежными странами. Это связано с тем, что наше национальное законодательство, регулирующее деятельность кооперативов, не соответствует требованиям международных стандартов, сохраняется вмешательство государства в эту сферу, отсутствуют механизмы поощрения членства в кооперативах. В статье анализируются факторы, влияющие на развитие кооперативов, и даются рекомендации по законодательству, основанные на существующей практике и опыте зарубежных стран.

Похожие статьи


background image

“Adliya sohasida raqamlashtirishni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari”

xalqaro konferensiya materiallari (2021-yil 14-dekabr)

248

Safarova Adiba Shuxrat qizi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti

bosh maslahatchisi

KOOPERATSIYALARNING HUQUQIY ASOSLARINI

MUSTAHKAMLASH – IJTIMOIY-IQTISODIY

RIVOJLANISH OMILI SIFATIDA

Safarova Adiba Shukhrat kizi

Head consultant of Research Institute of Legal Policy under the Ministry of Justice

of the Republic of Uzbekistan

THE MAIN TRENDS IN THE DEVELOPMENT OF DIGITALIZATION

OF JUSTICE AUTHORITIES OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN AT

THE PRESENT STAGE

Сафарова Адиба Шухрат кизи

Главный консультант Исследовательский институт правовой политики

при

Министерстве юстиции Республики Узбекистан

УКРЕПЛЕНИЕ ПРАВОВЫХ ОСНОВ КООПЕРЕАЦИИ

КАК УСЛОВИЯ СОЦИАЛЬНОГО

-

ЭКОНОМИЧЕСКОГО

РАЗВИТИЯ

Annotatsiya.

Kooperatsiyalar mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida

muhim o‘rin tutadi. Mamlakatimizda ham so‘nggi yillarda kooperatsiyalarni

rivojlantirish maqsadida 10 ga yaqin normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.

Ular, asosan, paxta xomashyosini yetishtirish va qayta ishlash, meva-

sabzavotchilik, sanoat sohasidagi kooperatsiyalarni rivojlantirish, tadbirkorlik

subyektlari va aholi o‘rtasida kooperatsiyalarni kengaytirishga qaratilgan. Biroq

mamlakatimiz iqtisodiyotida kooperatsiyalarning o‘rnini xorijiy davlatlar bilan

qiyoslaganda salbiy baholash mumkin. Bunga kooperatsiyalar faoliyatini tartibga

soluvchi milliy qonunchiligimiz xalqaro standartlar talablariga javob bermasligi,

mazkur sohada davlat aralashuvlarining saqlanib qolganligi, kooperatsiyalarga

a’zolikni rag‘batlantiradigan mexanizmlar mavjud emasligi kabi omillar sabab

bo‘lmoqda.

Maqolada kooperatsiyalarning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillar tahlil

qilingan bo‘lib, mavjud amaliyot va xorijiy davlatlar tajribasi asosida

qonunchilikka takliflar berilgan.

Kalit so‘

zlar:

kooperatsiya, kooperatsiyaga a’zolik, kooperativ mulk,

ixtiyoriylik, boshqaruv, ro‘yxatga olish, sanoat kooperatsiyasi, aholi bandligi.


background image

“Adliya sohasida raqamlashtirishni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari”

xalqaro konferensiya materiallari (2021-yil 14-dekabr)

249

Abstract

:

Cooperatives play an important role in the socio-economic

development of the country. In recent years, our country has adopted about

10 normative legal acts for the development of cooperation. They are mainly

focused on the cultivation and processing of raw cotton, fruit and vegetables, the

development of industrial cooperation, and the expansion of cooperation between

businesses and the population. However, the role of cooperation in the economy of

our country can be evaluated negatively compared with foreign countries. This is

due to the fact that our national legislation regulating the activities of

cooperatives is not suitable the requirements of international standards,

government intervention in this area is preserved, and there are no mechanisms to

encourage membership in cooperatives and so on.

The article analyzes the factors influencing the development of cooperatives

and makes recommendations for legislation based on existing practices and the

experience of foreign countries.

Keywords:

cooperative, cooperative membership, cooperative property,

volunteerism, management, registration, industrial cooperation, employment.

Аннотация:

Кооперативы играют важную роль в

социально

-

экономическом развитии страны. За последние годы в нашей стране

принято около 10 нормативно

-

правовых актов по развитию кооператива.

В основном они направлены на выращивание и переработку хлопка

-

сырца,

фруктов и овощей, развитие производственной кооперации, расширение

сотрудничества предприятий и населения. Однако роль кооперации в

экономике нашей страны можно негативно сравнить с зарубежными

странами. Это связано с тем, что наше национальное законодательство,

регулирующее

деятельность

кооперативов,

не

соответствует

требованиям международных стандартов, сохраняется вмешательство

государства в эту сферу, отсутствуют механизмы поощрения членства в

кооперативах.

В статье анализируются факторы, влияющие на развитие

кооперативов, и даются рекомендации по законодательству, основанные

на существующей практике и опыте зарубежных стран.

Ключевые

слова:

кооператив,

кооперативное

членство,

кооперативная собственность, волонтерство, управление, регистрация,

производственная кооперация, трудоустройство.

Kooperatsiyalar mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim o‘rin

tutadi.

Ma’lumot uchun

: Kooperatsiya

– bu qonuniy umumijtimoiy yoki iqtisodiy

maqsadga erishish uchun ixtiyoriy ravishda birlashgan, talab qilinadigan

kapitalga teng ulushlarni qo‘shgan va tavakkalchilik va foydalarning adolatli

ulushini qabul qilgan, umumiy qabul qilingan kooperatsiya tamoyillariga muvofiq

ish olib boruvchi shaxslarning belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan birlashmasi.


background image

“Adliya sohasida raqamlashtirishni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari”

xalqaro konferensiya materiallari (2021-yil 14-dekabr)

250

Xususan, mutaxassislarning fikriga ko‘ra,

kooperatsiyalarning

iqtisodiyotga ijobiy ta’siri

quyidagilar bilan baholanadi:

– ishlab chiqarish, marketing, kommunal xizmatlar, transport, kredit,

sug‘urta, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish kabi sohalarda tadbirkorlarning

mehnat unumdorligini oshiradi;

– muayyan turdagi mahsulotni ishlab chiqarishdan to tayyor mahsulot

ko‘rinishiga kelgunga qadar bo‘lgan bosqich bir kooperatsiya atrofida

birlashganligi natijasida chakana narxlarni pasaytiradi;

– tadbirkorlarning o‘zaro birlashishi ishlab chiqarishga yangi

texnologiyalarni jalb qilish, innovatsion uslublarni qo‘llash, tovarlarni xalqaro

bozorga olib chiqish imkonini yaratadi;

– kichik va o‘rta biznes vakillarining kooperatsiyalarga birlashib, yirik

tadbirkorlik subyektlari bilan o‘zaro raqobat muhitiga kirishishi monopoliyani

oldini oladi, bozor raqobatbardoshligini oshiradi;

– qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratilib, aholi bandligini ta’minlaydi.

Ijtimoiy jihatdan kooperatsiyalar kam ta’minlangan, ishsiz fuqarolarni

qo‘llab-quvvatlash vazifasini bajaradi.

Shu sababli kooperatsiyalar faoliyati xorijiy davlatlarda ancha keng

rivojlangan. Jumladan, Xalqaro kooperativ alyans (International Co-operative

Alliance) ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab

1 mlrddan

ortiq odam

kooperativlarga a’zodirlar. A’zolarining eng ko‘p soni 305,6 mln a’zolarga va

30,000 ga yaqin kooperativlarga ega AQSHga to‘g‘ri keladi. Kanadada har

uchinchi fuqaro kooperativ a’zosi hisoblanadi. Fransiyada kooperativlar

fuqarolarni

700 ming

ish o‘rni bilan ta’minlaydi. Yaponiyada fermerlarning

91%

i kooperativlar asosida tashkil etilgan. Quvaytda chakana savdoning

80%

i

iste’mol kooperativlari tomonidan amalga oshiriladi.

Dunyodagi eng yirik kooperativ korxonalarning jami daromadi

1.6 trln

AQSH dollarini tashkil qiladi. Xalqaro mehnat tashkilotining ma’lumotlariga

ko‘ra, moliyaviy kooperativlar

857 mln

kishiga (dunyo aholisining 13 %i)

xizmat qiladi, qishloq xo‘jaligi kooperativlari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining

50 %

ini ishlab chiqaradi.

Mamlakatimizda ham so‘nggi yillarda kooperatsiyalarni rivojlantirish

maqsadida 10 ga yaqin normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Ular, asosan,

paxta xomashyosini yetishtirish va qayta ishlash, meva-sabzavotchilik, sanoat

sohasidagi kooperatsiyalarni rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlari va aholi

o‘rtasida kooperatsiyalarni kengaytirishga qaratilgan.

Jumladan, tomorqa yer maydonlaridan samarali va oqilona foydalanish

hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash orqali aholini, ayniqsa,

ishsiz va ijtimoiy ehtiyojmand aholi qatlami bandligiga ko‘maklashish

maqsadida kooperativlar tashkil etishni davlat tomonidan rag‘batlantirish

mexanizmlari yo‘lga qo‘yildi.

Ma’lumot o‘

rnida:

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat

munosabatlari vazirligi huzuridagi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi

mablag‘lari hisobidan

2020

2021

-yillar

davomida jami

697 ta

kooperativlar

tashkil etilgan bo‘lib,

33

669 nafar

ishsiz fuqarolarning bandligi ta’minlangan.


background image

“Adliya sohasida raqamlashtirishni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari”

xalqaro konferensiya materiallari (2021-yil 14-dekabr)

251

Qayd etish kerakki, kooperativlar tashkil etishni rag‘batlantirish va

qo‘llab-quvvatlash iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanishiga, ayniqsa, qishloq

xo‘jaligi resurslaridan samarali foydalanish orqali aholi daromadini oshirishga

sezilarli ta’sir etadi.

Biroq mamlakatimiz iqtisodiyotida kooperatsiyalarning o‘rnini xorijiy

davlatlar bilan qiyoslaganda salbiy baholash mumkin.

Taqqoslash uchun

:

Italiyada –

54

096

,

Fransiyada –

6

2

041

,

Germaniyada –

66

900

, Ispaniyada –

58 279

ta kooperativlar

faoliyat yuritadi.

Ta’kidlash kerakki, tabiiy resurslar, mulkiy munosabatlar, huquqiy

mexanizmlar, biznes muhit, investitsiya oqimi, ishlab chiqarish infratuzilmasi,

iqtisodiy erkinlik kabilar kooperatsion jarayonlarni rivojlanishiga ta’sir etuvchi

omillar hisoblanadi.

Shu nuqtayi nazardan o‘rganish natijalariga ko‘ra, respublikamiz

iqtisodiyotida kooperatsiyalar faoliyati samaradorligi pastligiga ular faoliyatini

tartibga soluvchi qonunchilik xalqaro standartlar talablariga javob bermasligi,

mazkur sohada davlat aralashuvlarining saqlanib qolganligi, kooperatsiyalarga

a’zolikni rag‘batlantiradigan mexanizmlar mavjud emasligi kabi omillar sabab

bo‘layotganligi aniqlandi. Xususan:

I. Kooperativlar faoliyatini tashkil etishdagi huquqiy va tashkiliy

kamchiliklar.

1. Kooperativlar faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik xalqaro

standartlar talablariga javob bermaydi.

Ma’lumot o‘

rnida:

Xorijiy davlatlarda kooperativ qonunlarning 2 turi amal

qiladi: barcha turdagi kooperativlar uchun umumiy qonun yoki tarmoq qonunlar.

Bunda umumiy qonun mavjud davlatlarda tarmoq qonunlar amal qilmaydi.

Masalan,

Janubiy Koreyada

muayyan sohani (qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, baliq

ovlash, kredit) tartibga soluvchi tarmoq qonunlar amal qiladi.

Xitoy, Germaniya,

Kanada, Malayziya, Fillipin

kabi davlatlarda kooperativ munosabatlar faqat

umumiy qonunlar bilan tartibga solingan.

Mamlakatimizda kooperatsiyalar faoliyati

umumiy va tarmoq

qonunchilik

hujjatlari bilan tartibga solinadi. Ya’ni, 1991-yil 14-iyunda qabul qilingan

“Kooperatsiya to‘g‘

risida”gi

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

kooperatsiyalar faoliyatini tartibga soluvchi umumiy qonun hisoblanadi. Bundan

tashqari, kooperatsiyalar faoliyatiga doir o‘ndan ortiq tarmoq qonunchilik

hujjatlari ham mavjud. Jumladan, Fuqarolik kodeksi, Yer kodeksi, “Qishloq xo‘jaligi

kooperativi (shirkat xo‘jaligi) to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-martdagi “Meva-

sabzavotchilik sohasida qishloq xo‘jaligi kooperatsiyasini rivojlantirish chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–4239-son qarori va boshqa qonunchilik hujjatlarini

misol sifatida keltirish mumkin.

Biroq kooperatsiya sohasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi

normativ-huquqiy hujjatlarning ko‘pligi mavjud normalarni amaliyotda qo‘llash

jarayonida muammolarning kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda.


background image

“Adliya sohasida raqamlashtirishni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari”

xalqaro konferensiya materiallari (2021-yil 14-dekabr)

252

Xususan, qonunchilikdagi kamchiliklar sababli qishloq xo‘jaligini jadal

rivojlantirish, uning iqtisodiy samaradorligini oshirish, qishloq aholisining

turmush sharoitini yanada yaxshilash, ularning manfaatdorligini ta’minlashning

zamonaviy usuli bo‘lgan – klasterlarning kooperatsiyalar sifatida faoliyat

yuritishi huquqiy jihatdan mustahkamlanmagan.

Shuningdek, kooperatsiyalar faoliyatini tartibga soluvchi umumiy qonun –

“Kooperatsiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni bugungi kun

talablariga, xususan, Xalqaro kooperativ ittifoqi tamoyillari va tavsiyalariga

javob bermaydi. Mazkur Qonun

16 moddadangina

iborat bo‘lib, uning qoidalari

umumiy xarakterga ega, kooperatsiya a’zolarining manfaatlarini ifoda etmaydi

hamda davlat nazoratini belgilash bilan chegaralangan.

Ma’lumot o‘

rnida:

Xitoyning “Kooperatsiyalar to‘g‘risida”gi

Q

onuni

(Cooperatives Act) 9 bo‘lim, 77 moddadan iborat. Germaniyaning “Kooperatsiyalar

to‘g‘risida”gi

Q

onuni (Cooperative Law) 10 bo‘lim, 174 moddadan iborat.

Jumladan, mazkur Qonunda

kooperativlar faoliyatinining asosiy

prinsiplari

aks etmagan. Shu sababli uning qoidalari ham mazmunan

umumqabul qilingan prinsiplarga mos kelmaydi.

Ma’lumot o‘

rnida:

Xorijiy davlatlar qonunchiligida kooperativlar

faoliyatining asosiy prinsiplari sifatida quyidagilar keltirilgan:

– ixtiyoriy va ochiq a’

zolik;

– a’

zolarni demokratik boshqarish;

– foyda yoki zararni qoplashda a’

zolarning iqtisodiy ishtiroki va hissasi;

– biznesning mustaqilligi va a’zolari to‘g‘risidagi ma’

lumotlarning ochiqligi;

– kooperativlar o‘rtasidagi hamkorlik va jamiyat uchun g‘amxo‘rlik.

Masalan, ushbu Qonunda a’zolarni demokratik boshqarish xususiyatlari va

a’zolar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning ochiqligiga oid qoidalar mavjud emas. Bu

o‘z navbatida, a’zolarda o‘zaro ishonch va hamkorlik munosabatlari

shakllanmasligiga, ularning kooperatsiya faoliyatida ishtiroki cheklanishiga olib

kelmoqda.

Shuningdek, Xalqaro kooperativ ittifoqi tavsiyalariga ko‘ra, kooperativ

qonunchilikda

kooperativ mulk

va

kooperativning zahira fondini

shakllantirish, uni taqsimlash va foydalanish masalalari to‘liq tartibga solinishi

lozim.

Qayd etish lozimki, “Kooperatsiya to‘g‘risida”gi Qonunda bu masalalar

yetarlicha tartibga solinmagan. Ushbu Qonunning 4-moddasi kooperativning

mulkdorlari va mol-mulki masalariga bag‘ishlangan. Biroq moddada umumiy

masalalar, ya’ni kooperativning mustaqil balansida o‘z ifodasini topadigan asosiy

fondlar, aylanma mablag‘lari, pay badallari, shuningdek, boshqa boyliklar

kooperativ mulki hisoblanishi kabi qoidalar belgilangan xolos.

Zaxira fondlar haqidagi qoidalar esa mavjud emas.

Xorijiy davlatlar, jumladan, Germaniyada kooperatsiyalarning zaxira

fondlaridan investitsiya faoliyatini amalga oshirish, a’zolarga ssudalar berish

kabi maqsadlarda foydalanish mumkin.


background image

“Adliya sohasida raqamlashtirishni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari”

xalqaro konferensiya materiallari (2021-yil 14-dekabr)

253

Qolaversa, qonun hujjatlarida kooperatsiya munosabatlarini tashkil etish,

kooperatsiyaga a’zolik va a’zolikdan chiqish, a’zolik badalini to‘lash shartlari,

dividend ulushini aniqlash va taqsimlash mexanizmlari va umuman,

kooperatsiya munosabatlari to‘liq tartibga solinmaganligi amaliyotda qator

muammolarga sabab bo‘layotganligi, kooperatsiyalar faoliyatini yo‘lga

qo‘yilishida tashkiliy-iqtisodiy (moliyaviy) va huquqiy (shartnomaviy)

mexanizmlar yetarli darajada yaratilmaganligi ko‘zga tashlanmoqda.

Umuman olganda, “Kooperatsiya to‘g‘risida”gi Qonun kooperatsiyalar

faoliyatini rivojlantirishga, ularni iqtisodiyotda rolini oshirishga xizmat

qilmaydi.

2. Kooperativlar faoliyatida davlatning nazorat funksiyalari saqlanib

qolmoqda.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Osiyo mintaqasining amaldagi

kooperativ qonunlari, avvalambor, kooperativlar davlat tomonidan ishlab

chiqilgan rivojlanish dasturlari asosida faoliyat yuritishiga qaratilgan. Biroq,

ularning fikricha,

hukumatlar kooperativlar ustidan o‘z nazoratlarini

(kooperativning kundalik ishlariga aralashish) kamaytirishi lozim.

Ma’lumot

uchun:

Xalqaro kooperativ ittifoqining Osiyo mintaqaviy

direktori P.E.

Weeraman shunday degan edi:

“Kooperativ harakatni

rivojlantirishga hukumat qo‘shishi mumkin bo‘lgan eng katta hissa – bu qonuniy

asos va zarur kafolatlar va imtiyozlarni yaratadigan qonunchilikni joriy etishdir”.

Mazkur xulosa O‘zbekiston uchun ham xos bo‘lmoqda. Jumladan,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-dekabrdagi “Meva-

sabzavotchilik va uzumchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish, sohada qo‘shilgan

qiymat zanjirini yaratishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi

PQ–4549-son qarorining 1-bandida kam ta’minlangan oilalar bandligini

ta’minlash maqsadida xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb etgan holda

2020-yilda Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarining 22 ta tumanida

31 ta

,

2021-yilda respublika bo‘yicha

100 ta

qishloq xo‘jaligi birlashmalari tashkil

etilishi belgilangan.

Ta’kidlash kerakki, mazkur talab kooperativlar faoliyatini tashkil qilish

prinsiplariga mos kelmaydi. Sababi, “Kooperatsiya to‘g‘risida”gi Qonunning

1-moddasida O‘zbekiston Respublikasida kooperatsiya jismoniy va yuridik

shaxslarning iqtisodiy hamda ijtimoiy faoliyatning turli sohalarida umumiy

maqsadlarga erishish uchun tashkiliy jihatdan rasmiylashtirilgan, mulkning

shirkat (jamoa) shakliga asoslangan

ixtiyoriy

birlashmalaridan

(kooperativlaridan)

iborat ekanligi nazarda tutilgan.

3. Amaldagi qonunchilik kooperativ a’zolarning a’zolikdan

manfaatdorligini ta’minlamaydi.

Kooperatsiya tashkil etishning asosiy maqsadidan biri bu kooperatsiya

a’zolarini daromad bilan ta’minlash va ularning daromadlarini oshirib borishga

qaratilgan bo‘ladi. Shunga ko‘ra, kooperativ qonunchilikda

kooperativlarning

faoliyat yuritishini rag‘batlantiradigan yoki a’zolarning manfaatdorligini

oshiradigan mexanizmlar

nazarda tutilishi lozim.


background image

“Adliya sohasida raqamlashtirishni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari”

xalqaro konferensiya materiallari (2021-yil 14-dekabr)

254

Jumladan, ushbu imkoniyat va imtiyozlar quyidagilardan iborat bo‘lishi

mumkin:

– zaxira fondlarini o‘z ichiga olgan kooperativ kapital ulushi, hissasi yoki

a’zoning ulushi sud tomonidan musodara qilinishi yoki sotilishi mumkin emas

(Malayziya);

– kooperativdagi har qanday aksiyalar, jamiyat tomonidan berilgan

qarzlar yoki uning foizlari deklaratsiya qilinmaydi (Buyuk Britaniya);

– hukumat ustav kapitaliga xayriya mablag‘lari ajratishi, kreditlar berishi,

qarz va foizlarni to‘lashni kafolatlashi va ustav kapitalining dividendlari

qaytarilishini kafolatlashi mumkin (Hindiston);

– a’zolar soni kam bo‘lgan yoki keng jamoatchilik bilan muomala

qilmaydigan kooperativlar har qanday turdagi davlat soliqlaridan ozod qilinadi

(Filli

pin);

– kooperativlar shtamp boji, ro‘yxatdan o‘tish boji va boshqa davlat bojlari

to‘lashdan ozod qilinadi (Shri-

Lanka);

– kooperatsiyalar daromad yoki tadbirkorlik solig‘idan ozod qilinishi mumkin

(Xitoy).

Biroq, bundan mexanizmlar qonunchiligimizda nazarda tutilmagan.

Ma’

lumot uchun:

O‘rganishlar davomida Norin tumanida tashkil etilgan

“XOLIS MADAD CHORVA” ishlab chiqarish kooperativida

1 nafar

hamda

Yangiqo‘rg‘on tumanida tashkil etilgan “O‘ZAK AGRO KLASTER” ishlab chiqarish

kooperativida

2 nafar

a’zolar mavjudligi aniqlangan.

4. Kooperatsiyalar to‘g‘risida aholi bilim darajasi kam,

tadbirkorlarda o‘zaro ishonch munosabatlari shakllanmagan.

Kooperatsiyalar faoliyatining samaradorligiga salbiy ta’sir qiluvchi omillar

qatoriga aholining kooperatsiyasi to‘g‘risidagi bilim darajasi yetarli emasligi,

o‘zaro hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish va erkin birlashishga ruhiy

(psixologik) jihatdan tayyor emaslik kabilarni ham kiritish mumkin.

Kooperatsiya munosabatlarini tashkil etish, uning afzalligi, erishiladigan

yutuqlar, kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirish bo‘yicha xorijiy

davlatlarning zamonaviy ilg‘or tajribalari yetarlicha targ‘ibot qilinmaydi.

Qonunchilikda ham tadbirkorlarda o‘zaro ishonch munosabatlarini

shakllantirish borasida aniq mexanizmlar nazarda tutilmagan.

Xorijiy davlatlar, jumladan,

Xitoyning

“Kooperatsiyalar to‘g‘risida”gi

qonuni 71-moddasida davlat organlari kooperativlarni rivojlantirish uchun

kooperativlarni targ‘ib qilish, kooperativ ta’lim va o‘qitishni tashkil qilish,

kooperativlarga moliyaviy rag‘batlantirish kabi usullardan foydalanishi

belgilangan.

Shuningdek, tadbirkorlarda o‘zaro ishonch munosabatlarini shakllantirish

uchun qonuniy mexanizmlar sifatida quyidagilar keltirilgan:

– a’zolarning kooperatsiyaga kirishi va chiqishi uch

un asoslar;

– a’

zolikdan chiqish haqidagi xabarning uch oy oldin berilishi;

– kooperativ a’zo boshqa a’zolarning firibgarlik yoki insofsiz harakat

qilganligini aniqlansa, sud tomonidan yetkazilgan zararni undirib olishi

mumkinligi va h.k.


background image

“Adliya sohasida raqamlashtirishni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari”

xalqaro konferensiya materiallari (2021-yil 14-dekabr)

255

Shu sababli kooperatsiya ishtirokchilari bo‘lgan subyektlar, jumladan, fermer

va dehqon xo‘jaligi rahbarlari, tomorqa yer egalari yoki boshqa shu sohadagi

tadbirkorlarning huquqiy hamda biznes sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini

rivojlantirish zarur.

5. A’zolarda kooperatsiyani boshqarish ko‘nikmalarini

shakllantiruvchi mexanizmlar mavjud emas.

Kooperatsiya munosabatlariga asoslangan kooperativ korxonalarni va

uning a’zolari o‘rtasidagi munosabatlarni manfaatli tashkil etishda

mutaxassislarning kooperativlarni boshqarish bo‘yicha yetarli bilim va

ko‘nikmalarga egaligi muhim ahamiyatga ega. Kooperativ a’zolari o‘z

maqsadlariga erishish uchun boshqaruv va buxgalteriya oid ko‘nikmalarga ega

bo‘lishi lozim. Buning uchun kooperatsiya boshqaruvi tizimli va samarali tashkil

etilishi muhim ahamiyatga ega.

Ammo kooperativlarni boshqarish bilan bog‘liq amaldagi tartib xalqaro

standartlarga mos kelmaydi. Jumladan, “Kooperatsiya to‘g‘risida”gi Qonunning

9-moddasida kooperativning oliy boshqaruv idorasi umumiy yig‘ilish,

konferensiya, syezd bo‘lib, ular kooperativ raisini (boshqaruvini), taftish

komissiyasini (taftishchini) saylashi va ularga kooperativni boshqarish bo‘yicha

o‘z vakolatlarini topshirishi belgilangan. Boshqaruvning boshqa shakllari

nazarda tutilmagan.

Xalqaro amaliyot kooperativ boshqaruv beshta element bo‘yicha tasniflanishi

lozimligini ko‘rsatadi. Bular bosh assambleya,

boshqaruv raisi, ijroiya kengashi

yoki kuzatuv kengashi, taftish, qo‘mitalardan

iborat. Xorijiy davlatlarning

kooperativ qonunchiligida kooperativ boshqaruvning barcha turi mavjud hamda

ularning faoliyati, vakolatlari va funksiyalari qonun darajasida belgilab qo‘yilgan.

Boshqaruvning mazkur tuzilishi a’zolarda kooperatsiyani boshqarish

ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan.

6.

Kooperativlarni ro‘yxatga olish tizimli tartibga solinmagan.

“Kooperatsiya to‘g‘

risida”gi Qonunning 5

-moddasida

kooperativning ustavi

kooperativ ta’sis etishni istagan fuqarolarning umumiy yig‘ilishida yoki yuridik

shaxslar muxtor vakillarining yig‘ilishida qabul qilinishi va kooperativ joylashgan

yerdagi hokimlikda ro‘yxatga olinishi belgilangan bo‘lsada,

kooperativlarni

ro‘yxatga olishni tartibga soluvchi maxsus qonunchilik hujjati

mavjud emas.

“Kooperatsiya to‘g‘risida”gi Qonunda ham kooperativlarni ro‘yxatdan o‘tish tartibi

belgilab qo‘yilmagan. Mazkur holat ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga ixtiyoriy

vakolatlar berishi, bu o‘z navbatida, kooperativlar faoliyatida turli amaliy

muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

II. Kooperatsiyalarni rivojlantirishda tarmoqlararo kamchiliklar.

1. Qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida kooperatsiyalar faoliyatini tashkil

etishdagi kamchiliklar.

Bugungi kun qishloq xo‘jaligi sohasida eng dolzarb masalalardan biri

qishloq xo‘jaligida mahsulot yetishtiruvchi xo‘jaliklar bilan ularning

mahsulotlarini tayyorlash, qayta ishlash, sotish, xizmat ko‘rsatish, ta’minot

tizimidagi barcha xo‘jalik subyektlari o‘rtasida teng manfaatlar asosida, adolat

va oshkora iqtisodiy hamkorlikni shakllantirish zarur hisoblanadi.


background image

“Adliya sohasida raqamlashtirishni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari”

xalqaro konferensiya materiallari (2021-yil 14-dekabr)

256

Biroq qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish kooperatsiyalari faoliyati tahlili

fermer, dehqon, tomorqa xo‘jaliklarini kooperatsiya a’zoligiga biriktirishga,

klasterlar faoliyatida kooperatsiya munosabatlarini shakllantirishga ma’muriy-

boshqaruv, tashkiliy omillar salbiy ta’sir etayotganligini ko‘rsatmoqda.

Birinchidan,

qishloq xo‘jaligi sohasini boshqaruv tashkilotlari fermer

xo‘jaligi, agroklasterlarning qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish,

ekinlarni joylashtirish, uning maydoni va boshqa yo‘nalishlarda shu jumladan,

infratuzilma subyektlari bilan shartnoma tuzish jarayonlarida bevosita ishtirok

etadilar (

O‘

zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018

-yil

19-sentabrdagi 744-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil

16-noyabrdagi PF–14-son Farmoni

).

Qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish va mahsulot yetishtirish hajmlarini

tegishli boshqaruv tashkilotlari va tuzilmalar tomonidan belgilanishi, pirovard

natijada, yetishtirilgan mahsulotni sotish jarayonigacha bo‘lgan bosqichlarni

ham ular tomonidan nazoratga olinishiga, xo‘jaliklar faoliyati ustidan mavsum

davomida monitoring olib borilishiga sabab bo‘ladi.

Ikkinchidan,

qishloq xo‘jaligi korxonalarining umumiy faoliyatlarini

birlashtirib, ularni kooperatsiya asosida faoliyat yuritishi afzalligini asoslab

beradigan, shuningdek, birlamchi tashkiliy tuzilmalar o‘rtasida iqtisodiy

hamkorlik munosabatlarini o‘rnatishga yordam ko‘rsatadigan

davlat yoki

nodavlat tuzilmalar

faoliyati yo‘lga qo‘yilmagan.

Shuningdek, kooperatsiya munosabatlari sharoitida xo‘jalik subyektlari

o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar, ularning daromadlar va xarajatlari,

kooperatsiyalarning yil yakuniy natijalari bo‘yicha YIM ulushi va boshqa shu

kabi

ma’lumotlar

statistikasi

yuritilmaydi.

Uchinchidan,

paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyati tahlili erishilgan

ijobiy natijalar bilan bir qatorda hal etilishi lozim bo‘lgan qator muammolar ham

mavjudligini ko‘rsatmoqda.

Jumladan, paxta-to‘qimachilik klasterlarini moliyalashtirish, ularga

kreditlar ajratishning amaldagi tartibini takomillashtirish va bozor talablariga

javob beradigan yangi kreditlash mexanizmini yaratish zarur.

Paxta-to‘qimachilik klasterlari rahbarlarining fikricha, paxta-to‘qimachilik

klasterlarini moliyalashtirishning amaldagi tizimida, ya’ni ishlab chiqarish va

moliyalashtirish muddati o‘rtasida

tafovut

mavjud. Xususan, bugungi kunda

ishlab chiqarish uzluksizligini ta’minlash uchun kreditlar

1–1.2

yil

muddatga

berilmoqda (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 10.11.2021 yildagi

PQ–2-son qarori).

Vaholanki, paxta xomashyosini birlamchi va chuqur qayta ishlash yo‘li

bilan yerni tayyorlash, ekish, hosilni yig‘ishtirib olish, yuqori qo‘shimcha

qiymatga ega tayyor mahsulot ishlab chiqarish, ularni ichki va tashqi bozorda

sotish

3–3.5 yil

davom etadi.

Xulosa qilganda, qishloq xo‘jaligida kooperatsiya munosabatlarini davlat

tomonidan iqtisodiy va huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari to‘liq

emasligi, me’yoriy-huquqiy va tashkiliy-iqtisodiy asoslar yetarli bo‘lmaganligi

kooperatsiya munosabatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.


background image

“Adliya sohasida raqamlashtirishni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari”

xalqaro konferensiya materiallari (2021-yil 14-dekabr)

257

Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, faoliyatni yo‘lga qo‘yishdagi

muammolar va a’zolar o‘rtasidagi munosabatlarning to‘g‘ri tashkil etilmaganligi

sababli, hozirgi vaqtda rasmiylashtirilgan

94 ta

kooperatsiyadan

30 tasi

(31 foizi) o‘z faoliyatini to‘xtatgan.

Ma’lumot uchun

:

Ayni paytda qishloq xo‘jaligi sohasidagi kooperatsiyalar soni

64 ta

tashkil etib, ularga jami

1003 ta

fermer xo‘jaliklari,

18 ta

qayta ishlash

korxonalari,

15 ta

eksportyorlar a’zo hisoblanadi hamda jami

23.2 ming ga

yer

maydon biriktirilgan.

Bugungi kunda faoliyat yurituvchi kooperatsiyalarning jami yillik qayta

ishlash quvvati

11,2 ming

tonna, quritish quvvati

2 ming

tonna, muzlatkich

omborxonalar quvvati esa

11,3 ming

tonnani tashkil etmoqda.

2. Kooperatsiyalarning iqtisodiyotning turli tarmoqlarida

rivojlanishi uchun yetarli tashkiliy-huquqiy asoslar yaratilmagan.

Yuqorida keltirilganidek, kooperatsiyalar ishlab chiqarish, marketing,

kommunal xizmatlar, transport, kredit, sug‘urta, qishloq xo‘jaligi, xizmat

ko‘rsatish kabi sohalarda muhim ahamiyatga ega.

Masalan, rivojlangan mamlakatlarda

sanoat kooperatsiyasi

ishlab

chiqarish samaradorligini oshirish va umumiy iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning

iqtisodiy vositalardan biri hisoblanadi.

Yaponiya, AQSh, Germaniya, Fransiya, Italiya, Ispaniya, Turkiya

kabi

mamlakatlarda iqtisodiy rivojlanishning yuqori sur’atlarini ta’minlovchi tarkibiy

qismlardan biri bu – sanoat kooperatsiyasi va unga xizmat qiluvchi

subpudratchilar hisoblanadi.

Jumladan, Yaponiya tajribasiga ko‘ra, 1980-yillarning boshidayoq

kooperatsiya faoliyati asosida ish yurituvchi kichik firmalarning ulushi

65%

ni

tashkil etgan bo‘lsa, elektronika sanoatida bu ko‘rsatkich

86%

ga yetgan.

Biroq mamlakatimizda sanoat kooperatsiyasining rivojlanganlik holati

qoniqarli darajada emas.

Xususan, bugungi

kunga qadar elektron kooperatsiya portalida

(cooperation.uz) jami

94 ming

ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tgan. Portalga

joylashtirilgan tovarlar soni qariyib

184 ming

tani tashkil etgan.

Mutaxassislarning fikricha, O‘zbekistonda sanoat sohasida kooperatsiya

faoliyatini rivojlantirishdagi asosiy muammolar quyidagilardan iborat

bo‘lmoqda:

yirik sanoat tarmoqlarida davlat ulushining saqlanib qolganligi

;

xo‘jalik subyektlari tomonidan xalqaro bozorlarga chiqish

imkoniyatlaridan samarali foydalanmaslik;

kooperatsiyalarga a’zolikni rag‘batlantiradigan iqtisodiy mexanizmlarni

mavjud emasligi

;

xorijiy mamlakatlar bilan sanoat kooperatsiyalarini tashkil etishdagi

muammolarning mavjudligi;

mahalliylashtirish dasturlarini ishlab chiqish hamda investitsion

loyiha

larni amalga oshirishda hududiy nomutanosiblikning mavjudligi;

ishlab chiqarish korxonalarini mahalliylashtirish dasturiga kiritish

jarayonlarining murakkabligi;


background image

“Adliya sohasida raqamlashtirishni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari”

xalqaro konferensiya materiallari (2021-yil 14-dekabr)

258

h

ududlardagi ishlab chiqarish infratuzilmalarining rivojlanmaganligi;

qishloq xo‘jaligi va sanoat korxonalari kooperatsiyasini bog‘laydigan

tizimning mavjud emasligi;

ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish sohalari o‘rtasida

kooperatsiyani kengaytiradigan va rag‘batlantiradigan mexanizmlarning mavjud

emasligi.

3. Aholi bandligini ta’minlash sohasida kooperativlar faoliyatini

tashkil etishdagi kamchiliklar.

Bugungi kunda ishsiz va band bo‘lmagan aholi kooperativlar ustav fondiga

ulushdor sifatida kiritilib, ularning bandligigiga ko‘maklashish maqsadida

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiyalar

berish mexanizmidan ta’sirchan va samarali chora sifatida foydalanilmoqda.

Ya’ni ishsiz va ish qidirayotgan, shuningdek ijtimoiy ehtiyojmand aholi

qatlamiga mansub bo‘lgan fuqarolarning bandligini ta’minlash maqsadida

kooperativ tashkil etmoqchi bo‘lgan muassisga mazkur shaxslarni kooperativ

ustav fondiga (jamg‘armasiga) ulush sifatida kiritish uchun – har bir a’zoga

bazaviy hisoblash miqdorining

10 baravari

miqdorida subsidiya ajratish tizimi

yo‘lga qo‘yilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-maydagi

PQ–4716-son qarori).

Biroq mazkur sohada ham ayrim muammolar ko‘zga tashlanmoqda:

Birinchidan,

kooperativlarga a’zo bo‘lgan ishsiz shaxslar ishga qabul

qilish to‘g‘risidagi buyruq va mehnat shartnomasisiz a’zo bo‘ladilar. Bu esa

mehnat munosabatlariga kirishmaganligi sababli ikki tomonning mehnat

huquqlari va majburiyatlarini belgilamasligi natijasida daromadga ega bo‘lishini

ta’minlamaydi. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari

vazirligi tomonidan olib borilgan monitoring natijalariga ko‘ra, aksariyat

kooperativlar a’zo bo‘lgan shaxslar uchun Davlat soliq organlari tomonidan

yagona ijtimoiy to‘lov to‘lamagan holatlari aniqlangan. Bu esa a’zo bo‘lgan

shaxsning ijtimoiy himoyasini, ya’ni pensiya yoshiga yetganda, pensiya

ta’minotini kafolatlamaydi. Shuningdek, davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha

nafaqalar (vaqtincha mehnatga layoqatsizlik hamda homiladorlik va tug‘ish

bo‘yicha) to‘lanishi ham kafolatlanmaydi.

Ikkinchidan,

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil

20-apreldagi 225-son “Davlat mablag‘lari hisobidan band bo‘lmagan aholiga

berilayotgan subsidiya, grant, nafaqa va boshqa to‘lovlarning maqsadli va

samarali ishlatilishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori asosida

2021-yil 1-maydan boshlab 28 ta tuman va shaharlarda sinov tariqasida Davlat

mablag‘lari hisobidan band bo‘lmagan aholiga berilayotgan subsidiya, grant,

nafaqa va boshqa to‘lovlarning maqsadli va samarali ishlatilishini ta’minlash

maqsadida

ijtimoiy shartnomalar

tuzish joriy etildi. Mazkur ijtimoiy

shartnomaning bandlariga ko‘ra kooperativlar ustav fondiga ulush sifatida

kiritish uchun ajratilgan subsidiya hisobiga ishlab chiqarish jarayonlarida

kooperativ a’zosi sifatida faol ishtirok etish majburiyati belgilangan. Ishsiz

tomonidan uzrsiz sabablarga ko‘ra kontrakt shartlari bajarilmagan taqdirda,


background image

“Adliya sohasida raqamlashtirishni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari”

xalqaro konferensiya materiallari (2021-yil 14-dekabr)

259

shartnoma bekor qilingan kundan e’tiboran o‘n ikki oygacha ushbu shaxs bilan

shartnoma tuzilmasligi belgilangan. Bu esa shartnoma shartlari bajarilmasligi

munosabati bilan fuqaro 12 oy davomida Bandlik xizmatlaridan (ishsizlik

nafaqasi, subsidiyalar, stipendiyalar va b.) foydalana olmasligini anglatadi.

Uchinchidan,

ishsiz sifatida ro‘yxatga olingan shaxslar kooperativlarga

a’zo sifatida qabul qilingandan so‘ng, yetakchi tadbirkor tomonidan ko‘p o‘tmay

kooperativni tugatish va a’zolarga turli vajlar bilan subsidiya sifatida ajratilgan

ulushlarni qaytarib berilmasligi holatlari uchramoqda.

Kooperativlar soni 2020-yilda

469 tani

tashkil etgan bo‘lsa, ularga

ajratilayotgan mablag‘lardan samarali foydalanish bo‘yicha olib borilgan

nazorat-taftish natijasida 2021-yilda ular soni

228 taga

tushib qolgan.

Yuqorida keltirilgan muammolar va qonunchilikdagi kamchiliklar

natijasida jismoniy va yuridik shaxslarning kooperativlarga birlashuvi sezilarli

darajada kamayib ketgan, ularning kooperativlarga a’zolikdan manfaatdorligi

yo‘qolgan.

Ta’kidlash kerakki, kooperativlar faoliyatini tartibga soluvchi qonunni

qabul qilishdan maqsad kooperativlarga huquqiy maqom berish va ularning

ishlashiga ko‘maklashish bo‘lishi, shuningdek, qonun kooperativlarning ixtiyoriy

birlashmalar sifatida va umumiy qabul qilingan kooperatsiya tamoyillariga

muvofiq ishlashini ta’minlashi lozim.

Xorijiy davlatlar qonunchiligini o‘rganish natijalari.

Kooperatsiyalar faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilikni o‘rganish

maqsadida

Yaponiya, Janubiy Koreya, Germaniya, Xitoy, Hindiston,

Malayziya, Kanada, Fillipin

kabi dalatlar qonunchiligi o‘rganildi.

Masalan, Xitoyning “Kooperatsiyalar to‘g‘risida”gi Qonuni (Cooperatives Act)

9 bo‘lim, 77 moddadan iborat. Germaniyaning “Kooperatsiyalar to‘g‘risida”gi

Qonuni (Cooperative Law) 10 bo‘lim, 174 moddadan iborat. Mazkur davlatlarda

kooperativlar faoliyatini tartibga soluvchi qonunning qoidalari, asosan, quyidagi

tarkibiy tuzilishga ega:

k

ooperatsiya tushunchasi, predmeti va kooperatsiya tamoyillari;

kooperatsiyalarni ro‘yxatdan o‘

tish tartibi;

a’zolik, a’

zolarning huquq va majburiyatlari;

k

ooperatsiyani boshqarish;

mablag‘

lar, kapital masalalari;

kooperatsiyani q

ayta tashkil qilish va tugatish;

kooperatsiyalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rag‘

batlantirish;

n

izolarni hal qilish;

jazo masalalari.

Xorijiy davlatlar qonunchiligini tahlil qilish ushbu davlatlarda

kooperatsiya prinsiplaridan tortib jazo masalalarigacha bo‘lgan munosabatlar

to‘g‘ridan to‘g‘ri qonunda nazarda tutilganligini ko‘rish mumkin. Xususan,

Kanadaning

“Kooperatsiyalar to‘g‘risida”gi Qonuni (Cooperatives Act)

8-moddasida kooperativlar uch kishidan kam bo‘lmagan jismoniy shaxslar yoki


background image

“Adliya sohasida raqamlashtirishni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari”

xalqaro konferensiya materiallari (2021-yil 14-dekabr)

260

ikkitadan ortiq yuridik shaxslar birlashmasidan iborat bo‘lishi belgilangan.

16 yoshga to‘lmagan, muomala layoqatiga ega bo‘lmagan yoki bankrotlik

maqomi mavjud jismoniy va yuridik shaxslar kooperatsiyalarga a’zo bo‘la

olmaydi.

Janubiy Koreya

qonunchiligida agar a’zo bir yildan ortiq muddat

kooperativdan foydalana olmagan bo‘lsa, shuningdek, u sarmoyalarni to‘lash,

xarajatlarni taqsimlash yoki kooperativ oldidagi boshqa majburiyatlarni

bajarmagan taqdirda, kooperativdan chiqarib yuborilishi mumkinligi nazarda

tutilgan.

Yaponiya

kooperativ qonunchiligida ham muayyan vaqt davomida

kooperativ xizmatlaridan foydalanmagan a’zolar Bosh organ tomonidan

chiqarilishi mumkinligi belgilangan.

Shuningdek, xorijiy davlatlarda kooperativlarni ro‘yxatga olishning turli

muddatlari o‘rnatilgan. Masalan, bu muddat 15 kun (Kanada), 30 kun (Filippin),

2 oydan (Yaponiya) olti oygacha (Hindiston va Indoneziya) bo‘lgan davrlarni

tashkil qiladi.

Xalqaro amaliyot kooperativ boshqaruv beshta element bo‘yicha

tasniflanishi lozimligini ko‘rsatadi. Bular bosh assambleya, boshqaruv raisi,

ijroiya kengashi yoki kuzatuv kengashi, taftish, qo‘mitalardan iborat. Jumladan,

Xitoyning

“Kooperatsiyalar to‘g‘risida”gi Qonuni (Cooperatives Act)

32-moddasida kooperatsiyani boshqarish masalalari yoritilgan. Unga ko‘ra,

kooperativda kamida uchta direktor va uchta nazoratchi bo‘lishi kerak va ular

a’zolarning qurultoyida a’zolar orasidan saylanadi. Direktorlar va nozirlar uch

yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga o‘z lavozimlarini egallaydilar va agar qonun

yoki ustavda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ular qayta saylanish

huquqiga ega.

Filippinning

Kooperativ kodeksida (Cooperative code of Philippines)

kooperativning ichki ishiga xalaqit beradigan davlat amaldorlari ham kooperativ

qonunchilikni buzgan huquqbuzarlik subyektlari sifatida keltirilgan. Ushbu

qoida kooperativlar ishiga siyosiy va byurokratik aralashuvni oldini olishga

qaratilgan bo‘lib, ko‘plab davlatlar uchun namuna bo‘la oladi.

Yuqoridagilarga ko‘ra, kooperativlar faoliyatini tartibga soluvchi

qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish maqsadida quyidagilar taklif etiladi:

1.

“Kooperatsiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunini

yangi tahrirda ishlab chiqish, qonunning yangi tahrirdagi loyihasida

quyidagilarni nazarda tutish taklif etiladi:

qonunning maqsadini belgilash, kooperativ tushunchasiga uning

xususiyatlaridan kelib chiqib, ta’

rif berish;

barcha turdagi kooperativlar faoliyati uchun mas keluvchi kooperativ

faoliyat prinsiplarini (ixtiyoriy va ochiq a’zolik, a’zolarni demokratik boshqarish,

foyda yoki zararni qoplashda a’zolarning iqtisodiy ishtiroki va hissasi,

biznesning avtonomligi, mustaqilligi va a’zolari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning

ochiqligi, kooperativlar o‘rtasidagi hamkorlik va jamiyat uchun g‘amxo‘rlik)

belgilash;

kooperativga a’zolik, a’zolarning huquq va majburiyatlarini xalqaro

standartlarga moslashtirish;


background image

“Adliya sohasida raqamlashtirishni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari”

xalqaro konferensiya materiallari (2021-yil 14-dekabr)

261

kooperativlarni davlat ro‘yxatidan o‘tish tartibi, taqdim qilinadigan

hujjatlar ro‘yxati, ro‘yxatdan o‘tish uchun belgilangan muddat, arizani rad etish

asoslari

ni qonun darajasida belgilash;

xalqaro davlatlar tajribasidan kelib chiqib, kooperativ boshqaruvning

umumiy yig‘ilish, boshqaruv raisi, ijroiya kengash (kuzatuv kengashi) va

taftishdan iborat ekanligini hamda ularning faoliyati, vakolatlari va

funksiyalarini belgilab qo‘

yish;

kooperativ mulk tarkibi, ulardan foydalanish tartibi, kooperativ

aksiyalar, a’

zolarning mulkiy huquqlari va javobgarligi masalarini aks ettirish;

amaldagi qonunchilikda mavjud bo‘lmagan kooperativning zahira

fondini shakllantirish, uni

taqsimlash va foydalanish tartibini nazarda tutish;

kooperativ va uning a’zolari o‘rtasidagi nizolarni hal qilish bo‘yicha aniq

qoidalarni aniq belgilash, bunda sud rolini imkon qadar kamaytirish;

kooperativ qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik masalalarini

to‘g‘ridan-to‘g‘

ri belgilash;

kooperativning faoliyatini to‘xtatish va uni qaytadan tashkil etish

masalalarini takomillashtirish.

2.

Kooperativlarni turli sohalarda, jumladan, ishlab chiqarish, marketing,

kommunal xizmatlar, transport, kredit, sug‘urta, xizmat ko‘rsatish kabi

sohalarda rivojlanishi uchun huquqiy mexanizmlarni yaratish.

3.

Kooperativlarning faoliyat yuritishini rag‘batlantiradigan yoki

kooperativlardan a’zolarning manfaatdorligini oshiradigan mexanizmlarlarni

(soliqlardan, bojxona to‘lovlaridan ozod qilish, hukumat tomonidan imtiyozli

kreditlar berish) yaratish.

4.

Qonunchilikda a’zolarda o‘zaro ishonch munosabatlarini shakllantirishga

xizmat qiluvchi mexanizmlarni, jumladan quyidagilarni belgilab qo‘yish:

foyda va zararning a’zolarning shaxsiy mehnati bilan ishtiroki yoki

xo‘jalik faoliyatdagi ishtirokini hisobga olgan holda ular o‘

rtasida taqsimlanishi;

faoliyatning oshkoralik asosida boshqarilishi, har bir a’zo, qo‘shgan

mulkiy hissasining miqdoridan qat’i nazar, bir ovozga ega bo‘l

ishi;

faoliyat to‘g‘risidagi axborotlarni uning barcha a’zolari uchun ochiq

bo‘lishi.

5.

Kooperatsiyalar faoliyatiga oid statistik ma’lumotlarning ochiqligi,

shaffofligini ta’minlash.

6.

Kooperatsiyalar va ularning ahamiyati to‘g‘risida aholi, jumladan

tadbirkorlar xabardorligini oshirish maqsadida turli targ‘ibot tadbirlarini

amalga oshirish, Savdo-sanoat palatasi tomonidan tadbirkorlik subyektlarini

o‘qitish dasturlarini kooperatsiyalarning ahamiyatiga oid materiallar bilan

boyitish.

7.

Kooperatsiya ishtirokchilari bo‘lgan subyektlar, jumladan, fermer va

dehqon xo‘jaligi rahbarlari, tomorqa yer egalari yoki boshqa shu sohadagi

tadbirkorlarning huquqiy hamda biznes sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini

rivojlantirish uchun maxsus elektron platforma faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

8.

Qishloq xo‘jaligi sohasini boshqaruv tashkilotlarining kooperatsiyalar

faoliyatiga aralashuvlarini cheklash.


background image

“Adliya sohasida raqamlashtirishni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari”

xalqaro konferensiya materiallari (2021-yil 14-dekabr)

262

9.

Tadbirkorlik subyektlarining umumiy faoliyatlarini birlashtirib, ularni

kooperatsiya asosida faoliyat yuritishi afzalligini asoslab beradigan, shuningdek,

birlamchi tashkiliy tuzilmalar o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik munosabatlarini o‘rnatishga

yordam ko‘rsatadigan nodavlat tuzilmalar faoliyatini rag‘batlantirish.

10.

Paxta-to‘qimachilik klasterlarini moliyalashtirish, ularga kreditlar

ajratishning amaldagi tartibini takomillashtirish.

11.

Sanoat kooperatsiyalari faoliyati sohasida:

yirik sanoat tarmoqlarida xususiylashtirishni 2 barobarga oshirish;

xo‘jalik subyektlarining xalqaro bozorlarga chiqish imkoniyatlarini

kengaytirish;

kooperatsiyalarga a’zolikni rag‘batlantiradigan iqtisodiy mexanizmlarni

kafolatlash;

xorijiy mamlakatlar bilan sanoat kooperatsiyalarini tashkil etishning

uzoq yillarga mo‘

ljallangan strategiyalarini ishlab chiqish;

mahalliylashtirish dasturlarini ishlab chiqish hamda investitsion

loyihalarni amalga oshirishda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganlik

holatidan kelib chiqib yondashish;

ishlab chiqarish korxonalarini mahalliylashtirish dasturiga kiritishdagi

jarayonlarni soddalashtirish;

hududlarda kooperatsiyalar faoliyat yo‘nalishlaridan kelib chiqib, ishlab

chiqarish infratuzilmalarini rivojlantirish;

qishloq xo‘jaligi va sanoat korxonalari kooperatsiyasini bog‘laydigan

tizimni ishlab chiqish

;

ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish sohalari o‘rtasida

kooperatsiyalarni kengaytiradigan va rag‘batlantiradigan mexanizmlarni

takomillashtirish

;

Elektron kooperatsiya birjasi portali imkoniyatlarini kengaytirish.

12.

Aholi bandligini ta’minlash sohasida:

barcha turdagi kooperativlarga a’zo shaxslar uchun yagona ijtimoiy

to‘lovlar to‘

lab borilishi talabini belgilash;

ijtimoiy kontraktlarning bekor qilish asoslarini qayta ko‘

rib chiqish;

davlat mablag‘lari hisobidan band bo‘lmagan aholiga berilayotgan

subsidiyalarning yetakchi tadbirkorlar tomonidan o‘zlashtirilishining oldini olish

maqsadida kooperatsiyalarni tugatish asoslarini takomillashtirish.

Mazkur takliflarning amaliyotga joriy qilinishi natijasida, avvalo,

iqtisodiyotda kooperatsiyalar ulushini oshadi, kooperatsiyalarning kooperativ

tamoyillariga muvofiq faoliyat yuritishi hamda a’zolarning kooperativga

a’zolikdan manfaatdorligi ta’minlanadi, samarali kooperativ boshqaruv joriy

etiladi, kooperativ mulkdan maqsadli foydalanish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Bu esa tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida o‘zaro raqobat muhitini

shakllantiradi, ular tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilaydi,

har bir sohada (qishloq xo‘jaligi, sug‘urta, xizmatlar ko‘rsatish va h.k)

samaradorlik ko‘rsatkichlarini oshiradi, chakana narxlarni pasaytiradi va

mamlakatning eksport salohiyatini oshiradi. Shuningdek, ijtimoiy jihatdan

kooperatsiyalarning keng ko‘lamli faoliyati orqali aholi bandligi ta’minlanadi,

kam ta’minlangan, ishsiz fuqarolarni ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlanadi.

Библиографические ссылки

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов