DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
56
O‘RTA OSIYODA QISHLOQ FOJIASI: DEHQON HAQ-
HUQUQLARINING CHEKLANISHI VA ULARNING SIQIB
CHIQARILISHI.
Mo‘minov Xikmatillo Chari o‘g‘li
Norov Kamoliddin Bayramali o‘g‘li
Termiz davlat pedagogika instituti talabalari
https://doi.org/10.5281/zenodo.15688260
Annotatsiya:
Ushbu maqolada 1927-1929-yillarda O‘rta Osiyo xususan
Surxondaryo okrugida jamoalashtirish jarayoni, va hukumatning dehqonlarga
munosabati tarixiy fakt,misollar bilan tahlil qilinadi.
Kalit so‘zlar:
dehqon, ʼʼqishloq hokimiʼʼ, besh yillik reja, Ibrohimbek,
Amirxonov, Shagonov, Xidirov, Shukurov, Ibrohimov, qishloq fojiasi.
Asrlar mobaynida O‘rta Osiyo zaminida yerning asl egasi dehqonlar bo‘lib
kelgan. Dehqon so‘zining lug‘aviy maʼnosi ham ʼʼqishloq hokimiʼʼ degan maʼnoni
anglatadi.
Ammo mustabid tuzum yerning asl egalari bo‘lmish dehqonlar haq-
huquqlarini poymol qilish orqali o‘z siyosatini ko‘rsatishga urindilar. Va bu
qishloq fojiasiga olib keldi.
Sovet iqtisodchilari tomonidan 1927-yilda ishlab chiqilgan birinchi besh
yillik rejasi barcha rayonlarni rivojlantirishni, mamlakatni industrlashtirish
uchun bor bo‘lgan resurslardan foydalanishni ko‘zda tutgan edi. Bu rejani
bajarish 1928-yil oktyabridan boshlanishi kerak edi. Ammo reja faqat 1929-yil
aprelidagi XVI partiya konferensiyasida tasdiqlandi.
Qashqadaryo va Surxondaryo okruglarida yer islohotini o‘tkazish uchun
olib borilayotgan tayyorgarlik ishlariga qarshi boylar, musulmon ruhoniylar,
sobiq amirlik amaldorlari kuchli qarshilik ko‘rsatishgan. Ular yer komissiyalari
tomonidan yerlarni pinhona taxminiy hisobga olayotganliklaridan, ammo bu
haqida eʼlon qilinmay sir tutilayotganidan boxabar edilar.
Yurt boshida turgan yuqorida eslab o‘tilgan elitar qatlam qishloq fojiasini,
dehqonlar huquqlari poymol etilishini anglab yetgan va buning uchun qarshilik
bildira boshlagan edi. Bu davrda Qo‘rboshilar ham faol harakatda edi.
Ibrohimbek Afg‘onistondan qaytib kelib, bolsheviklarga keskin qarshilik
ko‘rsatayotgan edi.
Surxondaryo okrugi Sherobod rayoni Guzarak qishlog‘iga kelgan
Amirxonov, Shagonov, Xidirov va Shukurovlardan iborat rayon yer komissiyasi,
ishga kirishish o‘rniga, ichkilik bilan mashg‘ul bo‘lishgan. Sherobod rayoni
Oqqo‘rg‘on qishlog‘idagi uchastkalardan birining yer maydonini o‘lchashda yer
komissiyasi aʼzolari Jo‘ra Primqulov va Xo‘jamurotov yer maydoni ro‘yxatiga 5
DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
57
tanob yerni kiritib qo‘yadilar. Ishtirok etayotgan qishloq soveti raisi Ibrohimov
bu noto‘g‘ri, uchastka 3 tanob va undan o‘z mehnat kuchi bilan
foydalaniyotganini aytadi. Buning uchun yer komissiyasi aʼzolari Ibrohimovni
boylarni himoya qilayotganlikda ayblab quvib chiqaradi va ko‘rsatilgan 5
tanobni qoldiradilar.
Sherobod rayonidagi Dashnobod qishlog‘idagi yer komissiyasi raisi
Amirxonov shu qishloqda yashovchi Qurbonovni (kambag‘al) so‘roq qilganda
uning javoblariga ishonmasdan, Qurbonovni qamoqqa olgan.
Bu kabi misollar ko‘plab topiladi. Umuman olganda kollektivlashtirish
jarayoni O‘rta Osiyodagi tabiiy shart-sharoitni inobatga olmasdan shoshma-
shosharlikda, noxolis, qo‘shib yozishlar, yerning asl egasi dehqonlar
tabaqasining haq-huquqlarini poymol etish bilan amalga oshirilgan.
Bu ʼʼislohotlarʼʼ natijasida dehqonlar bilan birga dindorlar, ruhoniylar,
hunarmandlar qo‘rquv dahshatiga giriftor bo‘ldilar, yerlarini, mol-mulkini
berkitishga, uy hayvonlarini sotishga, so‘yishga, kambag‘allarga bepul berib
yuborishga, hatto xorijga bosh olib chiqib ketishga majbur bo‘lganlar. Hali
yoppasiga jamoalashtirish va uning negizida quloq qilish ommaviy tus olmagan
1927-1929-yillardayoq O‘rta Osiyo qishloqlarida ijtimoiy ziddiyat nihoyatda
keskinlashib ketgan edi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, O‘rta Osiyo dehqonlari yer-suv islohoti,
jamoalashtirish, quloq qilishning buzilgan, zo‘ravonlikka, kuch ishlatishga
asoslangan usullariga qarshi kurashni 1927-1929-yillardayoq boshlab
yuborishga majbur bo‘lganlar. Bundan esa partiya va sovetlarga qarshi turgan
ham ichki, ham tashqi muxolifatdagi kuchlar ustalik bilan foydalanishga harakat
qildilar. Ana shunday ijtimoiy-siyosiy beqarorlik hukm surgan hatto ijtimoiy
larzalar girdobida qolgan O‘rta Osiyoda ham 1930-yildan jamoalashtirish va
uning zaminida quloqlashtirish sari yo‘l tutildi.
O‘rta Osiyo sovet qishloqlari va ularning aholisi yangidan fojialar girdobiga
tortildi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Rustambek Shamsutdinov. Qishloq fojiasi: Jamoalashtirish, quloqlashtirish,
surgun. Toshkent-2003
2.https://daryo.uz/2022/01/02/ibrohimbek-qorboshi-va-uning-safdoshlari-
ular-nega-afgonistonda-qolmagan
3.Oʻzbek tilining izohli lugʻati. Davlat ilmiy nashriyoti, 2006