DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
42
ILK O‘SPIRIN YOSHIDAGI BOLALARNING KASB TANLASHIDA
TA’SIR ETUVCHI OMILLAR.
Murodaliyev Asadbek Ravshan o‘g‘li
OʻzDJTSU SP 51-22 guruh talabasi
Qaxxorova Shoxsanam Abduzairovna
Ilmiy rahbar:
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
O‘zbekiston, Chirchiq shahri
https://doi.org/10.5281/zenodo.15687567
Annatotsiya:
Bu maqola o‘spirin yoshidagi bolalarning kasb tanlash
yoshida ularda kuzatiladigan ikkilanishlar, qo‘rquvlar, qaror qabul qila olmasligi
hamda fikr qaramligi haqida.
Kalit so‘zi:
kasb, ilk o‘spirin, qo‘rquv, omil, axborotlar.
Аннотация:
Данная статья посвящена колебаниям, страхам,
нерешительности и зависимостям, которые испытывают дети-подростки
в возрасте выбора профессии.
Ключевые слова:
профессия, ранний подросток, страх, фактор,
информация.
Annotation:
This article is about the hesitations, fears, indecision, and
addictions experienced by teenage children at the age of choosing a career.
Key word:
profession, early adolescent, fear, factor, information.
Bilamizki, ilk o‘spirinlik davri 14-16 yoshlarni tashkil etib, bu jarayonda
yoshlar o ‘ziga kasb tanlashga bo‘lgan qiziqishlari ortib boradi. Ammo kasb
haqida yetarli ma’lumotlarga ega bo‘lmaganliklari sababli bu jarayonda
qiyinchiliklarga to‘qnash kelishadi.
Zero kasb tanlash – insonning hayot yo‘lida o‘ziga xos burilishi yasaydigan
muhim qadamdir, yosh avlodning butun hayoti davomidagi faoliyati ko‘p
jihatdan kasbning qanchalik to‘g‘ri tanlanishiga bog‘liq. Kasbni to‘g‘ri tanlash –
har bir o‘quvchining oldidagi muhim vazifalardan hisoblanadi. Kasb tanlashdan
maqsad jamiyatga va oilaga foyda keltirib, inson o‘zi ham moddiy, ham ma’naviy
qoniqish hosil qilishidir. Har bir shaxs kasbni barqaror qiziqish, maylga muvofiq
tanlashi, shu bilan birga o‘zida dadillik, qat’iyat, intizomlilik, o‘ziga va o‘z
imkoniyatlariga ishonch, qaror qabul qilishdagi mulohazalilik kabi irodaviy
sifatlarni rivojlantirishga ham intilishi kerak
Ilk o‘spirin yoshidagilar kasb tanlashda asosan quyidagi xatoliklarga yo‘l
qo‘yadilar. 1.O‘quvchilarning tanlagan kasblari yuzasidan to‘la axborotga ega
bo‘lmasdan, o‘z oldilariga birdaniga oliy malaka talab qiluvchi yuksak kasbni
egallashni maqsad qilib qo‘yishlari. Inson kelgusida o‘z ishining haqiqiy ustasi
DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
43
bo‘lib etishishi uchun o‘z mehnat faoliyatini nimadan boshlashi to‘g‘risida jiddiy
o‘ylab ko‘rmog‘i kerak. 2.O‘quvchilarning kasblar nufuzli yoki nufuzsiz bo‘ladi
degan xato tushunchaga ega bo‘lishlari kasb tanlashdagi haqqoniylikni
buzilishiga olib keladi. Bu boradagi xatoliklarga yo‘l qo‘ymaslik uchun
o‘quvchilarda kasblarning yomoni bo‘lmasligi, har qanday sohada yetuklikka
erishish avvalo insonning o‘zida mujassam bo‘lgan sifatlarga bog‘liq ekanligini
anglab yetishlariga ko‘maqlashish talab etiladi. 3.«Sheriklardan orqada
qolmaslik uchun» kasb tanlash. Bu boradagi xatoliklarni barataraf etish uchun
o‘quvchilarga u yoki bu kasbni tanlashda birinchi yoki oxiri bo‘lishdan ko‘ra o‘z
qiziqishlari, qobiliyatlari hamda salomatligiga mos keladigan kasbni tanlashi
ahamiyatliroq ekanligini tushuntirish lozim.
Kasb tanlash ilk o‘spirindan ikki xil ma’lumotni talab qiladi: kasb dunyosi va
har bir kasbga qo‘yiladigan talablardan xabardorlik; o‘z qobiliyatlari va
qiziqishlarini bilish. U ma’lumot ham bu ma’lumot ham ilk o‘spirinlarga
yetishmaydi. Ilk o‘spirinlarning hayotiy rejalarini amalga oshirish va kasb
tanlashi ijtimoiy sharoitlarga, ayniqsa ota-onaning umumta’lim darajasiga
bog‘liq. Ota-onaning ta’lim darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, farzandlarining oliy-
o‘quv yurtida o‘qishni davom ettirishi va bu rejalarni amalga oshirish ehtimoli
shunchalik yuqoridir. Hayotiy rejalarni amalga oshirish ehtimoli yigitlarda
qizlarga nisbatan yuqoridir.
O’rta maktabni bitirgunicha hamma o`quvchilar kasbini qat’iy tanlaydi
deyish mumkin emas. Kasb – hunarga har xil munosbatlar hosil bo’lishining
asosiy sababi maktabda o’qish davrida kasb tanlash bo’yicha turli xil niyatlar
paydo bo’lishidir. V. A. Krutetskiy o’spirinlarda uchraydigan motivlardan
quyidagilarni alohida ifodalaydi:
a)
biror o’quv faniga qiziqish;
b)
vatanga foyda keltirish istagi (o`ziga xos psixologik xususiyatini
hisobga olmagan holda);
c)
shaxsiy qobiliyatini ro’kach qilish;
d)
oilaviy an’analarga rioya etish (vorislik);
e)
do’stlari va o’rtoqlariga ergashish;
f)
ish joyi yoki o’quv yurtining uyiga yaqinligi;
g)
moddiy ta’minlanishining yaxshi ekani;
h)
o’quv yurti ko’rinishining chiroyliligi yoki unga joylashish
osonligi.
Ilk o‘spirinlarning bo‘lajak kasblari haqida xabardorlik darajasi ham muhim
hisoblanadi. Yigit va qizlar ular tanlaydigan kasblar doirasini, har bir kasbning
DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
44
aniq xususiyatlarini bilmaganliklari uchun kasbni tasodifan tanlaydilar. Kasb
haqida ma’lumotga ega emaslik oliy o‘quv yurtiga kirganlar orasida ham
uchraydi. “Bo‘lg‘usi kasbingizning xarakteri, mazmuni va sharoitidan
xabardormisiz?” degan savolga talabalarning to‘rtdan bir qismigina “ha” javobini
berishgan. Inson kasb tanlayotgan vaqtida qanchalik kichik bo‘lsa, uning kasb
tanlashi shunchalik mustaqil bo‘lmaydi, shaxsiy qadriyatlar tizimi asosida emas,
ma’lumotlarning yetarli bo‘lmaganligi tufayli kimningdir tavsiyasiga ko‘ra
amalga oshiriladi.
Har bir insonni kasbga bo‘lgan munosabati, kasbning mehnatiga bo‘lgan
munosabati turlicha bo‘ladi. Masalan, agar o‘quvchi shofyorlik kasbi egalari
qiyofasida doimo avtomobilda xush kayfiyatda xizmat vazifalarini bajarib
yuradigan insonlarni tasavvur qiladi. Biroq, har qanday kasbda bo‘lgani kabi,
shofyorlik kasbining ham ko‘plab qiyin va murakkab, mashaqqatli tomonlari
borligini o‘quvchilar har doim ham tasavvur qilavermaydi. Kasbga faqat tashqi
yoki xususiy bir jihatiga qiziqishi o‘quvchini ko‘p muammolarga olib keladi.
Jumladan, kasb tanlash formulasiga ko‘ra o‘quvchida mavjud bo‘lgan qobiliyat va
salomatligi o‘zaro mos kelmasligi mumkin. Kasb tanlashda hal qilinishi lozim
bo‘lgan har qanday masalaga kompleks yondashish, muammoning barcha
qirralarini o‘zaro mujassam holda tasavvur qilish hamda uning talablarini har
tomonlama qondiradigan yechimni topish muhim ahamiyat kasb etadi.
. Demak, kasbni shunday tanlash kerakki, kelgusida bajaradigan ishingiz-
kasbiy faoliyatingiz o‘zingizda qoniqish hosil qilsin va jamiyatga foyda keltirsin.
Birdaniga yuksak yoki oliy malakali kasbni nazarida tutib ish ko‘rish ancha
qiyinchiliqlar tug‘diradi. Har qanday faoliyat sohasida mahoratning dastlabki
bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan kishilar mehnatda yuksak natijalarga
erishadilar. Masalan, kimki dastlab ishchi, master (usta) bo‘lib ishlagan bo‘lsa, u
yaxshi muxandis bo‘lib yetishishi mumkin; kimki o‘z vaqtida tirishqoq bo‘lgan
bo‘lsa, o‘z kasbining barcha sir-asrorlarini qunt bilan o‘rgangan bo‘lsa va
ishining barcha nozik tomonlarini bilsa, o‘sha kishi yaxshi rahbar bo‘lishi
mumkin.
Xulosa:
Xulosa qilib aytganda ilk o‘spirinlik davridagi bolalarning kasb tanlash
masalasi butun hayoti davomida muhim rol o‘ynaydi . Bu davrda yoshlar kasbga
bo‘lgan qiziqishlarini anglab yetishiga harakat qilishadi ,ammo bular bu borada
yetarli ma’lumotga ega bo‘lmaganligi sababli xatolikka yo‘l qo‘yishadi
DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
45
Kasb tanlash nafaqat moddiy manfaat, balki ma‘naviy qadriyatlari,
qiziqishlari, intizom va shaxsiy xususiyatlariga asoslangan xolda amalga
oshirilishi lozim bo‘lgan jarayondir. O‘quvchilarning kasb tanlashdagi asosiy
xatolari yetarli axborotga ega emaslik, faqat kasbni obro’siga e`tibor berish, o’z
qobilyatlarini to‘g‘ri baholay olmaslik, atrofidagilar tas’ri ostida qaror qabul
qilishdan iboratdir.
Kasb tanlash ota-onalar, o‘qituvchilar va jamiyatning roli muhim
hisoblanadi. Ular bolalarni muayyan kasbga yo‘naltirish emas, balki ularning
ichki qiziqishlarini orzu istaklarini tushunib to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish lozim
Shu o’rinda aytish mumkinki har bir o‘spirin o‘z qiziqish va imkoniyatlarini
hisobga olgan holda kasb tanlashi, ota-onalar ularga erkin qaror qabul qilishlari
uchun imkoniyat yaratib berilishi lozim. Majburlash yoki noto’g‘ri yo‘naltirish
natijasida bola o‘z salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqara olmasligi mumkin .
Shuning uchun kasb tanlashda ongli yondashuv, maslahat va puxta o ‘ylangan
qaror muhim ahamiyatga ega.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.
G’oziyev E Psixologiya T.1994
2.
Qodirov.R.G‘. ,,Yosh davrlari va pedagogik psixologiya ‘‘T.2005.
3.
Kazakov.V.G. Psixologiya M. 1989