DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
172
IDEONIMLAR PRESEDENTLIGINI TA’MINLOVCHI OMILLAR
Jonbo’tayeva Zumradxon Abdujabborovna
Turan International University Gumanitar
fanlar va pedagogika fakulteti “Filologiya”
kafedrasi o’qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15746224
Annotatsiya:
Ushbu maqolada o’zbek tilshunosligidagi ideonimlarning
presedent birliklar shaklida ishlatilishi, badiiy asarlardagi presedent nomlar,
artionimlar,biblionimlar,gemeronilar tarkibida qo’llanadigan presedent birliklar
haqida atroflicha ma’lumot beriladi. Presedentlik – ideonimning madaniy,
tarixiy, adabiy yoki ijtimoiy manbalarga ishora qilishi, o‘quvchi yoki tinglovchida
muayyan assosiatsiyalar uyg‘otishidir.
Presedent ideonimlar o‘zbek xalqining
madaniy xotirasini saqlash va avloddan-avlodga yetkazishda muhim vositachi
ekanligi maqolada o’z aksini topgan
.
Kalit so’zlar:
ideonimlar, presedent birliklar, etnomadaniy qatlam.
Аннотация:
В
статье
дается
подробная
информация
об
использовании идеонимов в узбекском языкознании в качестве
прецедентных единиц, прецедентных единицах, используемых в
художественных произведениях в составе прецедентных имен,
артионимах, библионимах и гемеронимах. Прецедентность заключается в
том, что идеоним отсылает к культурным, историческим, литературным
или социальным источникам, вызывая определенные ассоциации у
читателя или слушателя. В статье отражен тот факт, что прецедентные
идеонимы являются важным средством сохранения культурной памяти
узбекского народа и передачи ее из поколения в поколение.
Ключевые
слова:
идеонимы,
прецедентные
единицы,
этнокультурный пласт.
Annotation:
This article provides detailed information on the use of
ideonyms in Uzbek linguistics as precedent units, precedent units used in the
composition of precedent names, artionyms, biblionyms, and gemeroni in works
of art. Precedence is the fact that an ideonym refers to cultural, historical,
literary or social sources, evoking certain associations in the reader or listener.
The article reflects the fact that precedent ideonyms are an important means of
preserving and transmitting the cultural memory of the Uzbek people from
generation to generation.
Keywords:
ideonyms, precedent units, ethnocultural layer.
O’zbek tilshunosligida ideonimlar onomastika sohasidagi asosiy
birliklardan biri hisoblanadi.
Ideonimga A.V.Superanskaya tomonidan shunday
DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
173
ta’rif berilgan: “ideonim insonning aqliy, g‘oyaviy va badiiy faoliyati mahsuli
bo‘lgan narsalar bir donasining atoqli otidir”[1].
Ideonimlarning presedentligi –
bu ularning muayyan madaniy, tarixiy yoki ijtimoiy voqealar, matnlar yoki
obrazlar bilan bog‘liqligini ifodalaydi, bu esa turli omillarga asoslanadi.
Lingvokulturologiya til birliklarini xalqning milliy xususiyatlari, dunyoqarashi va
ijtimoiy-madaniy normalari bilan bog‘liq holda o‘rganadi, ideonimlar esa bu
xususiyatlarni til orqali ifodalaydi. Ushbu mavzuda ideonimlar presedentligining
lingvomadaniy asoslari, ularning madaniy va lingvistik ahamiyati, shuningdek,
milliy identlik bilan bog‘liqligi ko‘rib chiqiladi.
Presedent matnlar quyidagi xususiyatlarga ega:
"1) ma’lum bir shaxs uchun kognitiv yoki hissiy munosabatlarda
ahamiyatli,
2) g‘ayritabiiy xarakterga ega, ya’ni ushbu shaxs mansub doiradagilarga,
jumladan, uning o‘tmishdoshlari va zamondoshlariga yaxshi ma’lum va
nihoyat,
3) ushbu lisoniy shaxs nutqida qayta-qayta takrorlanadigan til
birliklaridir."
[2]
Ideonimlar madaniyatga xos konseptlarni ifodalaydigan til birliklari
sifatida, muayyan madaniy kontekstda presedentlik xususiyatiga ega.
Presedentlik – ideonimning madaniy, tarixiy, adabiy yoki ijtimoiy manbalarga
ishora qilishi, o‘quvchi yoki tinglovchida muayyan assosiatsiyalar uyg‘otishidir.
Masalan, “Tinchlik” bitimi, “Ozodlik” asari, “Xalq” she’ri kabi ideonimlar o‘zbek
madaniyatida tarixiy voqealar, adabiy asarlar yoki milliy qadriyatlar bilan
bog‘liq presedentlikka ega.
Presedent nomlar – bu madaniyat, adabiyot, tarix yoki folklorga oid taniqli
shaxslar, hodisalar yoki obrazlarning nomlari bo‘lib, ular ma’lum bir jamiyatda
keng tarqalgan va ko‘pchilik tomonidan tushuniladigan ramziy ma’noga ega.
Adabiyotda, xususan poetonimlar (she’riy nomlar, badiiy atamalar) tarkibida
pretsedent nomlardan foydalanish ularga chuqur madaniy, tarixiy yoki
psixologik qatlamlar qo‘shadi.
Presedent
so‘zining lug‘aviy ma’nosi “namuna sifatida xizmat qiladigan
ish, kelajakda shunga o‘xshash ishlar bo‘yicha qaror qabul qilish uchun asos”
[3].
Shunday qilib, presedent nomlar poetonimlarni nafaqat badiiy jihatdan boyitadi,
balki ularga ijtimoiy, tarixiy va falsafiy chuqurlik ham qo‘shadi.
M.Saidova, U.Qo‘ziyevlar presedent nomlar deganda, faqat antroponimlarni
nazarda tutadilar: “juda mashhur matnlar bilan bog‘liq (Qori Ishkamba, Maysara,
DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
174
O‘tkuriy kabi), vaziyatlar bilan bog‘liq (Jaloliddin, Mahmud Torobiy, Shiroq kabi)
atoqli otlarni tushunamiz.
[4]
Presedent nomlar nafaqat shaxslar, balki har qanday madaniy, tarixiy yoki
badiiy ahamiyatga ega bo‘lgan nomlarni o‘z ichiga oladi. Ideonimlar sirasida
ularni quyidagi toifalarga bo‘lish mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi:
Artionimlar:
“Samarqand ushshog‘i” (qo‘shiq nomi), “Ko‘k jiguli” (qo‘shiq
nomi), “Andijon polkasi” (raqs nomi), “Abdullajon”, “Mahallada duv-duv gap”
(film nomlari)
Biblionimlar:
“O‘tkan kunlar”, “Layli va Majnun”, “Tohir va Zuhra”,
“Birinchi muhabbatim”
Geortonimlar:
“Zomin seminari” (yosh ijodkorlar anjumani)
E.A.Naximova “Presedentnыye imena v massovoy kommunikasii”
(“Ommaviy muloqotda presyedent nomlar”) asarida milliy-madaniy mansubligi,
onimlar tabiatiga ko‘ra, antroponim, toponim, astronom va boshqalarni kiritish
mumkinligini aytib o‘tgan. [5]
M.Saydaliyeva “O‘zbek presedent nomlarining qo‘llanishidagi ayrim
jihatlar” maqolasida antroponimlar bilan bir qatorda o‘zbek presyedent
toponimlari qo‘llanilishini publisistik matn doirasida tadqiq qiladi.
[6]
Maqolada
publisistik
materiallar
asosida
toponimlar
madaniy
identifikatsiya vositasi ekanligi, ularning diskursiv manipulyasiya quroli sifatida
ishlashi, milliy xotirani saqlashdagi roli aniqlangan. Bu yondashuv nafaqat
tilshunoslik, balki sotsiolingvistika va madaniyatshunoslik uchun ham
metodologik ahamiyatga ega.
Laqablar asosidagi ideonimlar ham kam bo‘lsa-da, uchrab turadi. Masalan,
“
Kalvak
maxzum
ning xotira daftaridan”, “
Toshpo‘lat tajang
nima deydi?”
(A.Qodiriy)
E.A.Begmatov laqabga shunday ta’rif beradi: “laqab – shaxsning tashqi
ko‘rinishi yoki xarakteridagi ma’lum belgi yoki xususiyatga ko‘ra uning ijtimoiy
ahvoli yoki nasl-nasabiga ko‘ra nomlanishidir. Laqablar ham atoqli otdir”
[7]
E.A.Begmatovning laqablarga bergan ta’rifi ularning lingvistik va madaniy
ahamiyatini ochib beradigan muhim tushunchadir.
Ideonimlarning presedentligi deganda, ularning adabiy asarlar, tarixiy
voqealar, folklor yoki diniy an’analarga ishora qilishi tushuniladi. Bu ishoralar
o‘zbek xalqining etnopsixologik xususiyatlari – ya’ni, ularning dunyoqarashi,
axloqiy normalari va madaniy xotirasiga asoslanadi.
Presedent ideonimlar o‘zbek xalqi uchun muhim madaniy ahamiyatga ega
bo‘lgan shaxslar, joylar, voqealar va tushunchalarni ifodalaydi. Bu ideonimlar
DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
175
xalqning tarixi, an’analari va qadriyatlari bilan bog‘liq. Presedent ideonimlar
o‘zbek xalqining madaniy xotirasini saqlash va avloddan-avlodga yetkazishda
muhim rol o‘ynaydi. Bu ideonimlar tarixiy voqealar, adabiy asarlar va folklor
orqali xalqning o‘tmishini eslatib turadi Presedent ideonimlar o‘zbek xalqining
madaniy xotirasini saqlash va avloddan-avlodga yetkazishda juda ahamiyatli.
Misol uchun, “Sohibqiron” (A.Oripov), “Ulug‘ saltanat” (Muhammad Ali), Bobur
Xalqaro Fondi ideonimlari o‘zbek xalqi uchun qudrat, adolat, bunyodkorlik va
milliy g‘urur ramzidir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Суперанская А.В. Общая теория имени собственного / А.В.Суперанская. –
М.: Наука, 1973.;
2. Караулов Ю.Н. Русский язык и языковая личность. Изд. 7-е. – М.:
Издательство ЛКИ, 2010. – С.217
3. https://ru.wiktionary.org/wiki/прецедент#Значение
4. Saidova M., Qo’ziyev U. Lingvokulturologiya (Uslubiy qo’llanma) – Namangan
2017. – B.96
5. Нахимова Е.А. Прецедентные имена в массовой коммуникации:
монография. ГОУ ВПО «Урал.гос.пед.ун-т»; Инс-т социального
образования. Екатеринбург, 2007. – С. 90
6. Saydaliyeva M. “O’zbek presedent nomlarining qo’llanishidagi ayrim jihatlar.
// IV-EUROASIA International Congress on Multidisciplinary Studies. Shymkent,
Kazakhstan, August 25-28, 2019
7. Begmarov A.E.O’zbek tili antroponimikasi. “Fan” nashriyoti. Toshkent -2013.
264-bet.