Авторы

  • Muxlisa Xayitbekova
    Talaba Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti
  • Otabek Qodirov
    Katta oʻqituvchi Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.dis.113206

Ключевые слова:

Urugʻlik paxta hosildorlik iqtisodiy samarodlik variant qaytariq rayonlashtirish istiqbolli nav qimmatli xoʻjalik belgi sentner.

Аннотация

Urugʻlik uchun terilayotgan paxta hosili asosan 80-85% pishib yetilganda boshlanadi. Ushbu maqolada oʻsimlikning 3-8 hosil shoxlar oralig‘idan terib olingan urug‘liklarni vegetatsiya davri va ularning rivojlanishiga oid ma’lumotlar keltirilgan. Urugʻchilik tizimini rivojlantirish va uni ilmiy asoslashda yuqoridagi tadbirni qoʻllash kelgusida sara urugʻlardan foydalanish va yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishishga kafolat beruvchi omillardan biri hisoblanadi.


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

136

TADQIQOT UCHUN TANLAB OLINGAN GʻOʻZA NAVLARINING

FENOLOGIK KUZATUV NATIJALARI

Xayitbekova Muxlisa Mirkomiljon qizi

Talaba

Qodirov Otabek Abdullaxayevich

Katta oʻqituvchi

Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15737516

Annotatsiya:

Urugʻlik uchun terilayotgan paxta hosili asosan 80-85% pishib yetilganda

boshlanadi. Ushbu maqolada oʻsimlikning 3-8 hosil shoxlar oralig‘idan terib
olingan urug‘liklarni vegetatsiya davri va ularning rivojlanishiga oid ma’lumotlar
keltirilgan. Urugʻchilik tizimini rivojlantirish va uni ilmiy asoslashda yuqoridagi
tadbirni qoʻllash kelgusida sara urugʻlardan foydalanish va yuqori iqtisodiy
samaradorlikka erishishga kafolat beruvchi omillardan biri hisoblanadi.

Kalit soʻzlar:

Urugʻlik paxta, hosildorlik, iqtisodiy samarodlik, variant,

qaytariq, rayonlashtirish, istiqbolli nav, qimmatli xoʻjalik belgi, sentner.

Аннотация:

Сбор хлопка на семена, как правило, начинается при созревании 80–

85% урожая. В данной статье приведены данные о вегетационном периоде
и развитии растений, полученных из семян, собранных с 3–8 плодовых
ветвей. Применение данного мероприятия в развитии и научном
обосновании семеноводческой системы является одним из факторов,
гарантирующих использование отборных семян в будущем и достижение
высокой экономической эффективности.

Ключевые слова:

хлопчатник семенной, урожайность, экономическая

эффективность, вариант, повторность, районирование, перспективный
сорт, ценная хозяйственная признака, центнер.

Annotation:

The harvesting of cotton for seed purposes usually begins when 80–85% of

the crop has matured. This article presents data on the vegetation period and
development of plants grown from seeds collected from the 3rd to 8th fruit
branches. The application of this method in the development and scientific
justification of the seed production system is one of the factors that ensures the
use of selected seeds in the future and the achievement of high economic
efficiency.

Key words:

seed cotton, yield, economic efficiency, variant, zoning, promising

variety, valuable economic trait, centner.


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

137

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 17.04.2019 yildagi

Oʻzbekiston

Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” gi
PF-5708-sonli farmonini soʻzsiz bajarilishini ta’minlash uchun, Qishloq xoʻjaligi
ekinlari urugʻlarini tayyorlash, foydalanish va eksport qilishning zamonaviy
tizimini shakllantirish, mahalliy va xorijiy selektsiya navlari, shu jumladan
biotexnologik navlarning birlamchi urugʻchiligini tashkil etish va rivojlantirish,
urugʻchilik va urugʻshunoslik tizimini ilmiy asosda tubdan yaxshilash, Davlat
reyestriga kiritilgan va yangi gʻoʻza navlarini elita va keyingi avlodlari urugʻlarini
tayyorlashning zamonaviy resurs tejovchi uslublarini takomillashtirish hamda
urugʻlik sifatini belgilovchi yangi Davlat standartlarini va boshqa me’yoriy
hujjatlarni ishlab chiqish orqali halqaro talablarga moslashtirish vazifasi
yuklatilgan.

Shundan kelib chiqib, biz oʻz tadqiqotimizda Andijon viloyati sharoitida xar

xil agrotexnologiya qoʻllanilishi orqali yetishtirilayotgan (Ochiq 90x12x1)
rayonlashgan gʻoʻza navlari moydorlilik xususiyasi hamda tola sifat
koʻrsatkichlarini oʻrganish maqsadida dala tajribalari oʻtkazdik va kelajakda
ularning muqobil birlamchi urugʻchiligini tashkil qilishdek maqsadni belgilab
oldik.

Oʻrtapishar, sifatli tola koʻrsatkichiga ega, har xil agrotexnik sharoitda

yetishtirilgan gʻoʻza navlari urugʻlarini Andijon viloyati boʻz tuproqlarida tajriba
uchun tanlab olingan Andijon-35, OʻzPITI-201 va OʻzPITI-202 paxta navlarini
chitit moydorligi hamda ushbu navlarni tola sifat koʻrsatkichlarini qiyosiy
aniqlab, ishlab chiqarishga tavsiya qilinadi.

PSUYeAITI (OʻzPITI) uslubiy qoʻllanmasiga asoslanib, fenologik kuzatuvlar

olib boriladi.

Gʻoʻzaning elita xoʻjaliklaridan olingan Andijon-35, OʻzPITI-201 va OʻzPITI-

202 oʻrtapishar gʻoʻza navlari urugʻlarini OʻzDSt 663:2017 talablariga mosligi va
chigit moydorligini aniqlash hamda tola sifat koʻrsatkichi ob’ekti va predmeti
sifatida qabul qildik.

Iyun oyi kuzatuvlari natijalariga koʻra eng boʻydor gʻoʻza variantimiz

OʻzPITI-202 navi boʻlib (22,0 sm), barcha agrotexnik tadbirlar tajribaning
xamma variantlariga bir qoʻllanilgan, boshqa variant gʻoʻza navlaridan, xususan
OʻzPITI-201 gʻoʻza naviga (17,8 sm) nisbatan naqt 4,2 sm. ga baland boʻlganini
koʻrishimiz mumkin. (1-jadval)

Tajribada oʻrganilayotgan Andijon-35 gʻoʻza navining boʻyi barcha

qaytariqlar boʻyicha hisoblanganda oʻrta hisobda 20,7 sm. ni tashkil qildi. Xuddi


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

138

shu koʻrsatkich boʻyicha OʻzPITI-201 gʻoʻza navining koʻrsatkichi 18,5 sm. ni
namoyon qildi.

Iyul oyi kuzatuv natijalariga koʻra barcha qaytariqlar boʻyicha gʻoʻza

navlarining boʻyi hisoblanganda ularning ichidan eng boʻydori OʻzPITI-202 goʻza
navi topilib, uning boʻyi 50,5 sm. ni tashkil qildi. Ushbu gʻoʻza navining deyarli
barcha koʻrsatkichlari qolgan variant naviga hamda nazoratga nisbatan ustunlik
qilganligini koʻrish mumkin. Tajriba da oʻrganilayotgan OʻzPITI-201 gʻoʻza
navining iyul oyining birinchi dekadasida oʻrganilgan boʻy koʻrsatkichi variantlar
ichida oʻrta hisobda 1,5 sm. gak am koʻrsatkichni (48,7 sm) namoyon qildi.
Qolgan ikkita variantimiz nazorat va OʻzPITI-202 navlarining ushbu oy
koʻrsatkichlari deyarli teng ekanligi ma’lum boʻldi.
1-jadval

Gʻoʻza navlarining oʻsishi va rivojlanishi

№ Variantlar

Asosiy poya balandligi, sm

1-iyun

1-iyul

1-avgust

Qaytariqlar

Qaytariqlar

Qaytariqlar

I

II

III

I

II

III

I

II

III

1

Andijon-35
(Nazorat)

20,8

21,3

21,5

20,7

48,6

49,6 49,4

49,3

95,4 95,5

95,2

95,3

3

OʻzPITI-
201

17,8

18,2

18,7

18,5

49,2

48,6 48,1

48,7

93,6 94,5

94,3

94,0

5

OʻzPITI-
202

21,4

22,7

21,6

22,0

51,3

50,4 50,7

50,5

102,4 102,7 104,5

103,3

Avgust oyi kuzatuvlarida boʻyining yuqoriligi boʻyicha OʻzPITI-202 gʻoʻza

navi natijalari boʻldi. Oʻrganilayotgan boshqa navlar boʻyidan deyarli 6-8 sm. ga
yuqoriligi bilan farq qilishi koʻrindi. Ya’ni nazorat navining boʻyiga nisbatan 8
sm. ga yuqori, ikkinchi varint OʻzPITI-201 naviga nisbatan esa 7 sm. ga yuqori
koʻrsatkichni namoyon qildi.

Sentyabr oyi kuzatuvlari asosan oʻrganilayotgan gʻoʻza navlarining bir tup

oʻsimlikdagi koʻsaklar soni koʻrsatkichlari aniqlandi. (2-jadval)

Tadqiqot boʻyicha olingan ma’lumotlar sentyabr oyining ikkinchi sanasiga

toʻgʻri keladi. Barcha variantlarning 3 ta qaytariqlari kesimida ochilgan koʻsaklar
soni hamda jami koʻsaklar (dona) soni keltirib oʻtilgan.
2-jadval

Gʻoʻza navlarining oʻsishi va rivojlanishi

№ Variantlar

Bir tup oʻsimlikdagi koʻsaklar soni, dona

2-sentyabr


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

139

Ochilgan

Jami

I

II

III

I

II

III

1 Andijon-35 4,7 5,6

5,3

5,3

14,5 14,5 14,7

14,6

3 OʻzPITI-201 4,5 5,4

4,9

5,0

13,5 13,8 13,7

13,7

5 OʻzPITI-202 5,6 6,4

6,2

6,2

13,6 13,8 13,8

13,7

Ushbu natijalar boʻyicha oʻrtacha boʻydor boʻlgan OʻzPITI-201 gʻoʻza navining

bir tup oʻsimlikda ochilgan koʻsaklar soni boʻyicha oʻrganilgan koʻrsatkich
boʻyicha eng past natijani koʻrsatdi. OʻzPITI-202 va OʻzPITI-201 gʻoʻza
navlarining 2-sentyabr sanasida jami ochilgan koʻsaklar soni boʻyicha oʻrta
hisobda teng ekanligi ma’lum boʻldi. Ya’ni har ikkala navda ham 13,7 donadan
ochilgan koʻsaklar sanab olindi.
Sentyabr oyida bir tup oʻsimlikda ochilgan koʻsaklarning oʻrtacha koʻrsatkichi
boʻyicha nazorat Andijon-35 gʻoʻza navining koʻrsatkichi eng yuqori deb tanlab
olindi va 14,6 dona ekanligi ma’lum boʻldi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Sh.S.Kozubayev, B.I.Mamaraximov-Gʻoʻza urugʻchiligini takomillashtirish

olmillari‖, Toshkent, 2013., 80, 167 b.
2.

Abdullaxayevich, Q. O., Shavvazovna, A. F., Oʻgʻli, T. X. A. T., & Oʻgʻli, O. M. U.

B. (2023). YANGI VA ISTIQBOLLI S-7303 GʻOʻZA NAVIDAN YUQORI HOSIL
YETISHTIRISH. Science and innovation, 2(Special Issue 6), 301-303.
3.

Абдуллахаевич,

Қ.

О.

(2024).

ЭЛИТА

УРУҒЧИЛИК

ХЎЖАЛИКЛАРИНИНГ УРУҒЛИК КЎЧАТЗОРЛАРИДА ОЛИБ БОРИЛГАН ДАЛА
КЎРИКЛАРИ. Science and innovation, 3(Special Issue 21), 892-895.
4.

Qodirov, O. A. (2023). VALUABLE VARIETAL CHARACTERISTICS OF SEED

VARIETIES. Экономика и социум, (12 (115)-1), 588-591.

Библиографические ссылки

Sh.S.Kozubayev, B.I.Mamaraximov-Gʻoʻza urugʻchiligini takomillashtirish olmillari‖, Toshkent, 2013., 80, 167 b.

Abdullaxayevich, Q. O., Shavvazovna, A. F., Oʻgʻli, T. X. A. T., & Oʻgʻli, O. M. U. B. (2023). YANGI VA ISTIQBOLLI S-7303 GʻOʻZA NAVIDAN YUQORI HOSIL YETISHTIRISH. Science and innovation, 2(Special Issue 6), 301-303.

Абдуллахаевич, Қ. О. (2024). ЭЛИТА УРУҒЧИЛИК ХЎЖАЛИКЛАРИНИНГ УРУҒЛИК КЎЧАТЗОРЛАРИДА ОЛИБ БОРИЛГАН ДАЛА КЎРИКЛАРИ. Science and innovation, 3(Special Issue 21), 892-895.

Qodirov, O. A. (2023). VALUABLE VARIETAL CHARACTERISTICS OF SEED VARIETIES. Экономика и социум, (12 (115)-1), 588-591.