DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
111
TARBIYA KOLONIYALARIDA JAZO MUDDATINI O‘TAYOTGAN
VOYAGA YETMAGAN MAHKUMLARGA BERILADIGAN
MODDIY-MAISHIY TA’MINOTINING HUQUQIY ASOSLARI
Nasirov Izzatilla Sunnat o‘g‘li
Jazoni ijro etish faoliyati kafedrasi,
katta o‘qituvchisi, yu.f.b.f.d. (PhD)
Isomiddinov Sanat Xurshidovich
O‘zbekiston Respublikasi IIV
Akademiyasi 3-o‘quv kursi kursanti,
https://doi.org/10.5281/zenodo.15729067
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev
2016-yil 4-dekabr kuni Prezident etib tayinlangan kunidan boshlab islohotlarni
davom ettirish maqsadida, xalq manfaatlari yo‘lida, ularning dardu-g‘amini
yechish, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini amalga
oshirish jarayonida jamiyatning barcha jabhalarida bir qator islohotlar olib
bormoqda. Bevosita bu islohotlar jazoni ijro etish muassasalarida ham buning
yorqin misolini ko‘rishimiz mumkin. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2018-yil 11-avgustdagi “Ichki ishlar organlarining ozodlikdan
mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lgan jazoni ijro etish sohasidagi faoliyatini tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3200-son qarori hamda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-noyabrdagi
“Jinoyat-ijroiya
qonunchiligini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4006-
son qarori, 2021-yil 26-martdagi
“Jamoat xavfsizligini ta’minlash va
jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat
jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6196-son
farmoni
1
, 2021-yil 2-apreldagi
“Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini
ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yanada
takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida“giPQ-
5050-son
qarori
2
va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilib
amaliyotga joriy etilishi bu borada olib borilayotgan islohotlarni yanada yangi
bosqichga olib chiqdi.
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Jamoat xavfsizligini ta’minlash va
jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6196-son farmoni. http://www.lex.uz (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasi (Elektron manbaga marojaat qilingan sana: 01.06.2025-yil).
2
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 apreldagi “Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini
ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha
tashkiliy chora-tadbirlarr to‘g‘risida“gi PQ-5050-son qarori. http://www.lex.uz (O‘zbekiston Respublikasi Qonun
hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2021 y., 07/21/5050/0280-son. Elektron manbaga marojaat qilingan sana:
01.06.2025-yil).
DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
112
Voyaga yetmagan mahkumlarning moddiy-maishiy ta'minoti masalasi
nafaqat huquqiy, balki axloqiy va falsafiy jihatdan ham muhim ahamiyatga ega.
Tarbiya koloniyalarida saqlanayotgan yoshlar jamiyatning eng zaif
qatlamlaridan birini tashkil etadi. Ularning huquqlari himoya qilinishi, moddiy
va ma'naviy ehtiyojlari qondirilishi davlatning insonparvarlik siyosati va adolat
tamoyillariga sodiqligini ko‘rsatadi. Mashhur faylasuf Immanuil Kant shunday
degan edi: “Inson har doim o‘ziga xos maqsad sifatida ko‘rilishi kerak, u hech
qachon faqat vosita sifatida ishlatilmasligi lozim”
3
. Bu iqtibos voyaga yetmagan
mahkumlarning huquqlarini himoya qilishda ularning shaxsiy qadr-qimmatiga
e'tibor berish zarurligini ta'kidlaydi.
Bola huquqlarini tizimli ta’minlab berilishi ham Qonunchilik darajasida,
ham institutsional darajada amalga oshirilmoqda. Tizimli yondashuv ham davlat
organlari va muasasalari, ham nodavlat tashkilotlar va jamg‘armalar tomonidan
amalga oshiriladigan chora-tadbirlar kompleksini o‘z ichiga olgan milliy
dasturlarni qabul qilish va amalga oshirishdan iboratdir. Bola huquqlarini
ta’minlab berish bo‘yicha nodavlat tashkilotlarning o‘sishi va faollashuvi
kuzatilmoqda. Ayni paytda yurtimizda ko‘plab bola huquqlarini to‘laqonli
ta’minlash hamda har tomonlama muhofaza qilishning turli yo‘nalishlariga
ixtisoslashgan nodavlat tashkilotlar faoliyat yuritmoqda. Ularga quyidagilarni
misol sifatida aytish mumkin:
-yosh avlod vakillari tashabbuslarini ularning siyosiy va boshqaruvchilik
faolligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlovchi O‘zbekiston yoshlari harakati
bo‘lmish - “Yoshlar ittifoqi”;
-yetim bolalar, ota-onalari qaramog‘idan qolgan bolalar, nogiron-bolalar,
shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlarini qo‘llab-quvvatlashga
ixtisoslashgan jamg‘arma – “Sen yolg‘iz emassan”;
-voyaga yetmaganlarning bevosita ishtiroki bilan ularning tashabbuslarini
qo‘llab quvvatlashga ko‘maklashuvchi jamg‘arma (Bolalar parlamenta) -
O‘zbekiston Bolalar jamg‘armasi;
-sog‘lomlashtirishga doir dasturlarni amaliyotga joriy etish hamda sog‘lom
hayot tarzini targ‘ibot qiluvchi jamg‘arma – “Sog‘lom avlod uchun”;
-iste’dodli bolalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan turli loyihalarni
hayotga tadbiq etish bo‘yicha jamg‘arma – “O‘zbekiston madaniyati va san’ati
forumi jamg‘armasi” kabi tashkilotlarni misol qilishimiz mumkin.
4
3
https://www.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/hikmatlar/mumtoz-faylasuflar/immanuil-kant
4
A.Gulova. Ijtimoiy ishda bolalar huquqlarini himoya qilish. Oʼquv qoʼllanma. –T: “Durdona nashr”
https://uniwork.buxdu.uz/resurs/13126_2_EC36CED18EFA2666EF63592D3CFAD6EC372DDC96.pdf
(Elektron
manbaga murojaat qilingan vaqt: 28.04.2025-yil).
DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
113
Yuqoridagi
ma’lumotlar
shuni
ko‘rsatmoqdaki
O‘zbekiston
Respublikasining qonunchilik tizimi xalqaro huquq normalariga muvofiq voyaga
yetmaganlarning huquqlarini ta'minlashga qaratilgan. Xususan, Birlashgan
Millatlar Tashkilotining “Bolalar huquqlari to‘g‘risida”gi konvensiyasi
(1989) va O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari
to‘g‘risida”gi qonuni
5
ushbu sohada asosiy huquqiy hujjatlar hisoblanadi. Ushbu
hujjatlar voyaga yetmagan mahkumlarning moddiy-maishiy ta'minotini
ta'minlash, ularning sog‘ligi, ta'limi va ijtimoiy reabilitatsiyasini qo‘llab-
quvvatlashni talab qiladi.
Jinoyat kodeksida voyaga yetmaganlar javobgarligini belgilovchi normalar
insonparvarlik va odillik prinsiplaridan kelib chiqadi. Voyaga yetmagan uning
jismoniy va aqliy jihatdan hali rivojlanmaganligi maxsus himoyaga va e’tiborga,
maxsus huquqiy himoyaga muhtojdir, shuning uchun ham, jamiyat voyaga
yetmaganlarga nisbatan katta yoshdagilarga qo‘yiladigan talablarni qo‘ya
olmaydi. Ikkinchi tomondan voyaga yetmagan shaxs psixologiyasini hisobga
olgan holda ularga nisbatan yengilroq turdagi jazo choralarining belgilanishi
jinoiy jazo maqsadlariga erishish imkonini beradi. Ularda hali ta’sirchanlik,
taqlidchilik kuchli bo‘ladi. Shunga ko‘ra, voyaga yetmasdan jinoyat sodir qilgan
shaxslar uchun jinoyat qonunida alohida javobgarlikning belgilanishi ijtimoiy
nuqtai nazardan ham, insonparvarlik nuqtai nazardan ham maqsadga
muvofiqdir.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 17-moddasi 5-qismiga
muvofiq, o‘n sakkiz yoshga to‘lgunga qadar jinoyat sodir etgan shaxslar umumiy
qoidalarga assosan va JKning oltinchi bo‘limida nazarda tutilgan xususiyatlar
hisobga olingan holda javobgarlikka tortiladilar. Voyaga yetmaganlarning
javobgarligi bir qator jinoyatlar uchun istisno etiladi, chunki ilk bor javobgarlik
18 yoshga to‘lish bilan boshlanishi belgilab qo‘yildi (JK 17-m. 4-q.). Voyaga
yetmaganlarga maxsus maqom berildi, chunki voyaga yetmaganlarning
javobgarlik chegaralari ular yetgan yoshga qarab (14, 16 va 18 yosh), muayyan
toifadagi jinoyatlarga nisbatan farqlanadi.
Voyaga yetmaganlarning jazo o‘tashlari va ularning huquqlarini
takomillashtirish bo‘yicha ayrim xorijiy davlatlarning tajribasini o‘rganishimiz
mumkin. Rossiya, Ozarbayjon va Moldavada jazoni ijro etish tizimini Adliya
vazirligiga o‘tkazish kattagina miqdorda moliyaviy xarajatlar evaziga amalga
oshirilgan. Gruziyada esa jazoni ijro etish tizimi hech qanday jiddiy
tayyorgarliklarsiz IIVdan Adliya vazirligiga rasman o‘tkazib qo‘yilgan xolos.
5
O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 7-yanvardagi “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-139-
DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
114
Natijada ozodlikdan mahrum qilish joylaridan mahkumlarning guruh-guruh
bo‘lib qochib ketishiga yo‘l qo‘yilgan va murakkab bo‘lib turgan mamlakat
ichidagi siyosiy vaziyatning yomonlashuviga sabab bo‘lgan. Oqibatda
Gruziyadagi voqealar rivoji adliya vaziri va jazoni ijro etish tizimi rahbarining
iste’fosi bilan yakunlangan. Hozirgi kunga kelib Gruziyada iroiya hokimiyatining
markazi organi sifatida jazoni ijro etish vazirligi tashkil etilgan.
Qozog‘istonda o‘tish davrining modeli sifatida Ichki ishlar vazirligi (hozirgi
kunda Adliya vazirligi) tasarrufida bo‘lgan Jinoyat ijroiya tizimi qo‘mitasi tashkil
etilgan bo‘lib, 1997-yil Pavlodar loyihasi ishlab chiqildi hamda penitensiar tizim
(jazoni ijro etish tizimi) xodimlarini mahkumlar bilan muomala qilish va ular
bilan ish olib borish usullari va metodlarida sezilarli darajada ijobiy ishlar
amalga oshirilgan.
Qirg‘iziston Respublikasida ham jazoni ijro etish tizimi faoliyatini
takomillashtirish bo‘yicha bir qancha ishlar amalga oshirilgan, shu jumladan,
qonunchilik sohasida ham. Masalan 1999-yilda 11-noyabrda Qirg‘izistonda
yangi jinoyat ijroiya kodeksi qabul qilindi va shu yilning 13-dekabridan amalga
kiritildi. Qirg‘iziston Respublikasi jinoyat–ijroiya kodeksining 46-moddasi 1-
qismiga asosan axloq tuzatish musssasalari qamoq uylari, manzil koloniyasi,
axloq tuzatish koloniyasi va turmadan iboratligi belgilab qo‘yildi.
Statistik ma’lumotlarning tahliliga ko‘ra ushbu muassasalarda (ularning
soni 34ta) jami 18,4 (shundan 3 minga yaqini tergov hibsxonalarida) mahkum
saqlangan bo‘lib, shulardan 4 minga yaqini manzil koloniyalarda jazoni o‘tagan.
E’tiborli tomoni shundaki Qirg‘iziston Respublikasi amaldagi jinoyat ijroiya
qonunchiligi (JIK 46-modda 2-qismi) xususiy axloq tuzatish muassasalarinig
faoliyat ko‘rsatishiga ham ruxsat etadi
6
.
Xulosa
Tarbiya koloniyalarida jazo muddatini o‘tayotgan voyaga yetmagan
mahkumlarning moddiy-maishiy ta’minoti ularning shaxsiy xavfsizligi, sog‘lig‘i
va hayot darajasini ta’minlashda muhim omil hisoblanadi. Amaldagi qonunchilik,
jumladan, Jinoyat-ijroiya kodeksi, Mehnat kodeksi, hamda Bola huquqlari
to‘g‘risidagi Konvensiya asosida voyaga yetmaganlar o‘z yosh xususiyatlariga
mos ravishda kiyim-kechak, ozuqa, tibbiy xizmat, yashash sharoiti va ta’lim bilan
ta’minlanishlari lozim.
Shu bilan birga, davlat tomonidan belgilangan normalar asosida moddiy-
maishiy ta’minotning ta’minlanishi nafaqat insonparvarlik prinsiplariga, balki
qayta ijtimoiylashuv va tarbiya jarayonining samaradorligiga ham xizmat qiladi.
6
Qozog‘iston Respublikasi Huquqiy axborot (qonunchilik) kompleksi. URL:
manbaga murojaat qilingan vaqt: 28.02.2025-yil).
DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
115
Bunday huquqiy kafolatlar ijtimoiy adolatni ta’minlash va voyaga yetmagan
mahkumlarning inson sifatida qadrini saqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mazkur mavzu bo‘yicha olib borgan tadqiqotimizda ayrim muammolarga
duch keldik hamda ularni bartaraf etish yuzasidan quyidagi takliflarni
bermoqdamiz:
Birinchi muammo:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2021-yil
16-martdagi 143-sonli qaroriga asosan, oziq ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash
va saqlash belgilangan bo‘lib, Tarbiya koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan
mahkumlar uchun olib kelingan oziq-ovqat mahsulotlarini sifatli saqlash uchun
ajratilgan muzlatgichning hajmi yetarli bo‘lmaganligi sababli hozirda faqatgina
go‘sht va go‘sht mahsulotlari saqlanayotganligi ma’lum bo‘ldi. Bu esa o‘z
navbatida boshqa turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining sifatini tez buzilishiga
olib kelmoqda.
Taklif:
Tarbiya koloniyalarida oziq-ovqat mahsulotlarini sifatli saqlash
uchun katta hajmdagi muzlatgichlar bilan ta’minlash zarur deb hisoblaymiz.
Ikkinchi muammo:
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya
kodeksining 125-moddasi 5-qismiga asosan Tarbiya koloniyalarida jazo
muddatini o‘tayotgan o‘n sakkiz yoshga to‘lgan va tarbiya koloniyalarida
qoldirilgan mahkumlarga voyaga yetmagan mahkumlar uchun belgilangan
normalarda ovqat, ust-bosh, moddiy-maishiy ta’minot va boshqa jazo o‘tash
sharoitlari tatbiq etilgan bo‘lib, voyaga yetgan 11 nafar (6,5 %) bo‘lishiga
qaramasdan, ularga voyaga yetmaganlarning moddiy-maishiy ta’minoti
belgilanmoqda.
Taklif:
Tarbiya koloniyalarida jazo muddatini o‘tayotgan voyaga yetgan
mahkumlarning moddiy-maishiy ta’minoti voyaga yetgan mahkumlar uchun
belgilangan normalardan kelib chiqqan holda belgilanishi lozim.
Uchinchi muammo:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
2021-yil 16-martdagi 143-sonli qaroriga asosan, voyaga yetmagan
mahkum(a)lar uchun 4-son me’yorining 22-bandida meva mahsulotlari
ko‘rsatilgan bo‘lib, unda faqat olma ko‘rsatilgan boshqa mevalarni berish tartibi
ko‘rsatilmagan.
Taklif:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2021-yil 16-martdagi
143-sonli qaroriga asosan, voyaga yetmagan mahkum(a)lar uchun 4-son
me’yorining 22-bandida meva mahsulotlariga olma,
o‘rik, olxo‘ri, uzum, shaftoli,
gilos, olcha, anjir, nok
va boshqa meva mahsulotlarini kiritish maqsadga muvofiq
bo‘lar edi.
DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
116
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Jamoat
xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar
organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PF-6196-son farmoni. http://www.lex.uz (Murojaat qilingan sana:
01.06.2025-yil).
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-apreldagi “Ichki ishlar
organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish
sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy
chora-tadbirlarr to‘g‘risida“gi PQ-5050-son qarori. http://www.lex.uz (Murojaat
qilingan sana: 01.06.2025-yil).
3.
https://www.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/hikmatlar/mumtoz-
faylasuflar/immanuil-kant
4. Nasirov I. Typology of women released from penal jurisdiction //International
Bulletin of Applied Science and Technology. – 2023. – Т. 3. – №. 4. – С. 219-224.
5. A.Gulova. Ijtimoiy ishda bolalar huquqlarini himoya qilish. Oʼquv qoʼllanma. –
T: “Durdona nashr”
https://uniwork.buxdu.uz/resurs/13126_2_EC36CED18EFA2666EF63592D3CF
AD6EC372DDC96.pdf (Murojaat qilingan vaqt: 28.04.2025-yil).
6. Nasirov I., To‘rayev Q. Jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlarning
murojaatlari bilan ishlashni takomillashtirish //Общественные науки в
современном мире: теоретические и практические исследования. – 2024. –
Т. 3. – №. 12. – С. 99-104.
7. O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 7-yanvardagi “Bola huquqlarining
kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-139-son qonuni // https://lex.uz/docs/-1297315
(murojaat vaqti: 15.06.2025-yil).
8. Насиров И., Исомиддинов С. Тарбия колонияларида вояга етмаган
маҳкумлар моддий-маиший таъминотининг ўзига хос хусусиятлари
//Современные подходы и новые исследования в современной науке. –
2025. – Т. 4. – №. 6. – С. 143-148.
9. Qozog‘iston Respublikasi Huquqiy axborot (qonunchilik) kompleksi. URL:
www.online.zakon.kz. (Murojaat qilingan vaqt: 28.02.2025-yil).
10. Носиров И., Жабборов Т. Жазони ижро этиш муассасаларидан озод
килинаётган маҳкумларни ижтимоий реабилитaцияси ва адаптaциясини
амалга оширишнинг тушунчаси ва мохияти. – 2022.
11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 143-son qarori
(16.03.2021) https://lex.uz/docs/-5334085#-5335438 (Murojaat qilingan vaqt:
27.04.2025-yil).
DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
117
12. Nasirov I., To‘rayev Q. Jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlarning
murojaatlari bilan ishlashni takomillashtirish //Общественные науки в
современном мире: теоретические и практические исследования. – 2024. –
Т. 3. – №. 12. – С. 99-104.
13. Baxriddin o'g'li I. N. Jazoni ijro etish muassasalari tezkor bo'linmalarining
jinoyatlarni aniqlash va fosh etish faoliyatini tashkil etish //yangi o ‘zbekiston,
yangi tadqiqotlar jurnali. – 2024. – Т. 1. – №. 4. – С. 35-38.
14. Nasirov I., Abdug‘afurov J. Jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlarning
psixologiyasi va ijtimoiy moslashuvi //Akademicheskie issledovaniya v
sovremennoy nauke. – 2024. – T. 3. – №. 14. – S. 157-161.
15. Nasirov, Izzatilla, and Mo‘minjon Murodkulov. "Jazoni ijro etish
muassasalarida mahkumlarni kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha xorijiy
davlatlarining tajribasi." Development of pedagogical technologies in modern
sciences 3.6 (2024): 104-109.