Авторы

  • Xusnoraxon Xasanova
    Alfraganus universiteti nodavlat oliy ta'lim tashkiloti, Iqtisodiyot fakulteti, «Moliya» kafedrasi v.b., dosent, i.f.f.d., (PhD)

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.dis.52804

Аннотация

Konsessiya (lot. concessio — ruxsat, yon berish) — 1) xoʻjalik yuritish va chet el kapitalini jalb qilish shakli; milliy iqtisodiyotni rivojlantirish yoki tiklash, tabiiy boyliklarni oʻzlashtirish maqsadida davlat yoki mahalliy hokimiyat idoralariga qarashli yer uchastkalari, qazilma boyliklar, korxonalar va boshqa xoʻjalik obʼyektlarini muayyan muddatga va shartlar bilan foydalanish uchun chet el kapitali (davlat, firma, xususiy shaxs) ga berish haqidagi shartnoma yoki kelishuv. Xalqaro huquq boʻyicha davlat shartnoma muddati tugaganidan keyin K. amal qilishini toʻxtatishi mumkin. Hozirgi sharoitlarda konsessioner ishlab chiqargan mahsulotini, ayniqsa, keng isteʼmol mollari yoki mashinasozlik, yoqilgʻienergetika mahsulotlarini joylashgan mamlakat bozoriga chiqarishi koʻp uchraydi.


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

87

KONSESSIYALAR SHARTNOMASI TUSHUNCHASI VA MOHIYATI

Xasanova Xusnoraxon Faxriddinovna

Alfraganus universiteti nodavlat oliy ta'lim tashkiloti,

Iqtisodiyot fakulteti, «Moliya» kafedrasi

v.b., dosent, i.f.f.d., (PhD)

(97) 4774843, xusnora4843@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14223510

Abstract Konsessiya

(lot. concessio — ruxsat, yon berish) — 1) xoʻjalik

yuritish va chet el kapitalini jalb qilish shakli; milliy iqtisodiyotni rivojlantirish
yoki tiklash, tabiiy boyliklarni oʻzlashtirish maqsadida davlat yoki mahalliy
hokimiyat idoralariga qarashli yer uchastkalari, qazilma boyliklar, korxonalar va
boshqa xoʻjalik obʼyektlarini muayyan muddatga va shartlar bilan foydalanish
uchun chet el kapitali (davlat, firma, xususiy shaxs) ga berish haqidagi
shartnoma yoki kelishuv. Xalqaro huquq boʻyicha davlat shartnoma muddati
tugaganidan keyin K. amal qilishini toʻxtatishi mumkin. Hozirgi sharoitlarda
konsessioner ishlab chiqargan mahsulotini, ayniqsa, keng isteʼmol mollari yoki
mashinasozlik, yoqilgʻienergetika mahsulotlarini joylashgan mamlakat bozoriga
chiqarishi koʻp uchraydi.

Iqtisodiy qudratli davlatlar oʻzlarini xom ashyo resurslari bilan taʼminlash

hamda siyosiy-iqtisodiy tazyiq maqsadlarida xalqaro va xorijiy K.lardan keng
foydalanadi. 20-asrning 90-yillarida Rossiya,

Qozogʻiston

, Ozarbayjonda neft

konlarini rezvedka qilish va ishga tushirish boʻyicha

AQSH

,

Buyuk Britaniya

,

Germaniya kompaniyalariga K. berilishi bunga misol boʻla oladi. Rivojlangan
mamlakatlarda K.lar bilan bir qatorda chet el kapitali ishtirokidagi qoʻshma
korxonalar paydo boʻlmoqsa; 2) yangidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlar
sotuvini tashqil qilgani uchun banklar oladigan haq.

Konsessiyalar to‘g‘risidagi bitim yozma shakldagi shartnoma turi bo‘lib,

unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi investorga davlat nomidan maxsus
ruxsatnoma beradi. Ushbu ruxsatnomaga ko‘ra, konsessioner ma'lum turdagi
xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish, konsessionerga mol-mulk obektlarini, yer
(uchastkalari) maydonlari, yer osti boyliklaridan foydalanish huquqini ham
beradi konsessiya to‘g‘risidagi imzolangan bitim asosida, o‘z navbatida investor
barcha ishlarni o‘z hisobidan moliyalashtirish hamda barcha loyihani amalga
oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xavf-xatarlarni o‘z zimmasiga oladi.

Konsessiya to‘g‘risidagi bitimda quyidagi ma'lumotlar bo‘lishi shart:

konsessiya to‘g‘risidagi bitimning taraflari haqidagi;

konsessiya to‘g‘risidagi bitimning predmeti haqidagi;


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

88

taraflarning majburiyatlari va javobgarligi to‘g‘risidagi;

konsedent va konsessioner o‘rtasida xavf-xatarlarning taqsimlanishi

haqidagi;

konsessiya obektining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari, shu jumladan

konsessiya to‘g‘risidagi bitimga muvofiq boshqa o‘tkazilgan yoki
loyihalashtirilishi,

qurilishi,

barpo

etilishi,

moliyalashtirilishi,

rekonstruksiya qilinishi, undan foydalanilishi va unga xizmat ko‘rsatilishi
lozim bo‘lgan konsessiya obektlarining tavsifi, ulardan foydalanish
maqsadlari va muddatlari to‘g‘risidagi;

konsessiya loyihasi bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni bajarish (xizmatlar

ko‘rsatish) muddatlari va tartibi haqidagi;

taraflarning tegishli infratuzilmaga nisbatan va konsessiya loyihasi

bo‘yicha huquqlarini taqsimlash to‘g‘risidagi, shuningdek ularni boshqa
shaxsga o‘tkazish tartibi haqidagi;

konsessiya loyihasini amalga oshirish uchun talab etiladigan yer

uchastkalarini berish tartibi va tartib-taomili to‘g‘risidagi, yer
uchastkalariga taalluqli boshqa shartlar haqidagi;

xususiy sherik tomonidan beriladigan tovarlarga, bajariladigan

ishlarga, ko‘rsatiladigan xizmatlarga doir narxlarni, tariflarni belgilash va
ularni o‘zgartirish shartlari to‘g‘risidagi;

taraflarning o‘z majburiyatlari bajarilishini ta'minlash usullari,

miqdorlari va muddatlari haqidagi;

konsessiya to‘g‘risidagi bitimning muddati, bu muddatni belgilash

tartibi haqidagi;

haq to‘lash, erkin foydalanilish uchun to‘lov, foydalanganlik uchun
to‘lov, konsessionerning konsedentga to‘lovining va (yoki) boshqa
to‘lovlarning shakllari, miqdorlari, muddatlari, shartlari, ularni to‘lash
tartibi, shu jumladan konsessiya loyihasi amalga oshirilishi
munosabati bilan daromadlarning taqsimlanishi haqidagi;

konsessiya to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish

tartibi haqidagi;

konsessiya to‘g‘risidagi bitimni tugatish asoslari, tartibi va shartlari,

muddatidan oldin tugatilganlik uchun to‘lov miqdori va tartibi haqidagi;

konsessiya loyihasining amalga oshirilishini monitoring va nazorat

qilish tartibi to‘g‘risidagi;

sug‘urta qilish bo‘yicha majburiyatlar haqidagi;

loyiha hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha majburiyatlar to‘g‘risidagi;


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

89

taraflarning konsessiya to‘g‘risidagi bitimga doir majburiyatlarni

buzganlik uchun javobgarligi to‘g‘risidagi;

nizolarni hal etish tartibi haqidagi;

O‘zbekiston Respublikasida xodimlarni ishga olish va mehnatdan

foydalanishga nisbatan qo‘llaniladigan shartlar to‘g‘risidagi;

ishontirishlar va kafolatlar haqidagi;

konsessioner ulushlariga egalik qilishga nisbatan talablar va

konsessionerning hamda uning affillangan shaxslarining mol-mulkiga
nisbatan boshqa mulkiy huquqlar to‘g‘risidagi;

maxfiylik haqidagi;

atamalar va ularga doir tushuntirishlar to‘g‘risidagi.

Konsessiya to‘g‘risidagi bitimga O‘zbekiston Respublikasining amaldagi

qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa shartlar va talablar kiritilishi
mumkin.
Konsessiya to‘g‘risidagi bitimda atrof-muhitga, ekologik xavfsizlikka tahdid
vujudga kelgan yoki boshqa fors-major holatlarda investorning yer osti
boyliklaridan foydalanish huquqlarini cheklovchi, vaqtincha to‘xtatib turuvchi
yoki butunlay bekor qilishni nazarda tutuvchi normalar ko‘zda tutilgan bo‘lishi
shart.

Foydalaniladigan adabiyotlar:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni “О концессиях (новая редакция)ID-
5235(ЛОЙИҲА)”// https://regulation.gov.uz/uz/document/5235
2.https://uz.wikipedia.org/wiki/Konsessiya#cite_note-1;
3.https://kun.uz/news/2019/07/27/konsessiyalar-togrisidagi-qonunning-
yangi-tahriri-elon-qilindi.

Библиографические ссылки