DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
51
KICHIK YOSHLI O’QUVCHILARDA MATEMATIKA FANINI
O’ZLASHTIRISHDA SEMIOTIK YONDASHUVNI SHAKLLANTIRISH
Abdusamatov Alisher Sobirovich
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
“Pedagogika” kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchi,
pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD) Termiz (O‘zbekiston)
E-mail: aabdusamatov912@gmail.com Tel: 91-577-62-99
https://doi.org/10.5281/zenodo.13643407
Annotatsiya.
Bugungi kunda boshlang’ich sinf o’quvchilarining matematik
fanini o’zlashtirishida duch keladigan muammolar va ularni yechim axtarish
haqida gap bormoqda. Shubhasiz, o‘quv ma’lumotlarini semiotik tarzda uzatish
va uni o‘rganishga texnologik yondashuv nuqtai nazaridan ilmiy asoslash
bo‘yicha to‘plangan tajribani tizimlashtirish zarurati mavjud. Semiotik
kompetentsiyani o‘zlashtirish doirasida belgi-ramziy faoliyatni tashkil etish
qobiliyati o‘qituvchi uchun juda katta ahamiyatga ega, chunki u bir vaqtning
o‘zida ko‘rinadigan, “siqilgan” formatda katta hajmdagi ma’lumotlarni taqdim
eta oladi.
Kalit so‘zlar:
matematika, boshlang’ich ta’lim, semiotik, kompetentsiya,
o‘quv faoliyat, kognitiv faoliyat, ta’lim, axborot, raqamli.
Matematikani o’zlashtirish, o’z mazmuniga ko’ra, murakkab integrativ
faoliyatdir. Psixologlar bu faoliyatga xos bo’lgan ko’pqirrali psixologik
jarayonlarni alohida ko’rsatib o’tadilarki, bu jarayonlar bilishning matematik
shaklida boshqa o’quv-intellektual harakat bilan uyg’unlashib ketadi. Bunday
jarayonlardan biri
fazoviy fikrlash
tushunchasidir
.
Fazoviy fikrlashning asosiy
jarayonli birligi ob’ektning fazoviy xususiyatlarini ifoda etuvchi timsol
(obraz)dir. Ob’ektda uning fazoviy xossalari va xususiyatlarini ko’ra bilish
hamda ular ustida grafik ko’rgazmalilik asosida amallar bajara olish mahorati,
ayniqsa, matematika bilan bog’liq faoliyat turida katta ahamiyat kasb etadi [1].
Kichik
yoshli
o’quvchilarning
ehtimoliy-statistik
materiallarini
o’zlashtirishlari, hayotiy hodisa-voqealarga ma’lumot yig’ish va shu asosda tahlil
yuritishlarini rivojlantiruvchi bilish faoliyatini tashkil etishni quyidagi misol
yordamida tasvirlash mumkin.
Faqat ular mazkur oddiy tajriba-masalalarga kichik yoshli o’quvchilarning
ehtimollik
haqidagi
tasavvurlarini
shakllantirish
nuqtai
nazaridan
yondashadilar. Talabalarga quyidagi ko’rinishlardagi vazifalar va topshiriqlar
beriladi [3]:
DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
52
- o’quvchilarning mazkur vazifani bajarishdagi bilish faoliyatini – ularda
bilish ehtiyoji va bilish motivlari paydo bo’lishidan ma’lum darajadagi
matematik tajribaga erishgunlarigacha bo’lgan davomiylikda tavsiflang;
- mazkur masalani hal etish uchun o’quvchilarni jalb etadigan
o’qituvchining pedagogik faoliyatini tavsiflab bering;
- o’quvchilar ushbu masalani yechish asnosida o’rganadigan tushunchalarii
va o’zlashtiradigan nazariy faktlarni sanab o’ting hamda nazariy-ehtimollik
bilimlarning rivojlanish sxemasini chizing;
- nazariy-ehtimollik bilimlar o’qituvchining kichik yoshli o’quvchilarni
matematik jihatdan rivojlantirishga qaratilgan pedagogik faoliyatining asosiy
maqsadi bo’la olmasligini isbotlang [4].
Ko’rib turganimizdek, bo’lajak o’qituvchi uchun tuzilgan topshiriqlar
majmuasi aynan bo’lajak o’qituvchilarni kichik yoshli o’quvchilarning matematik
jihatdan rivojlanishlariga tayyorlash tartibiga to’liq mos keladi. Masalan:
- birinchi topshiriqda o’qituvchining kichik yoshli o’quvchi bilish
faoliyatining mohiyatini mufassal tahlil etishini nazarda tutadi;
- ikkinchi topshiriqni bajarishda o’qituvchi o’z pedagogik faoliyatini ongli
ravishda refleksiv tahlil etish mahoratiga ega bo’lishi lozim bo’ladi;
- uchinchi topshiriq bajarilishi o’qituvchining o’z fani sohasida nazariy
kompetentsiyalarga ega bo’lganligini ko’rsatadi;
- to’rtinchi topshiriqda o’qituvchi o’z pedagogik faoliyatining maqsadlarini
aniqlashtira olganligi ko’zda tutiladi [2].
Insonlar o’rtasidagi munosabatlarning o’ziga xos jihatlaridan biri shuki,
tabiiy vaziyatlarda aytilgan jumlaning ma’nosi xuddi o’sha jumlaning ekplitsitiv
tarzda bayon etilgan ma’nosi bilan bir xil bo’lmasligi mumkin. Masalan,
o’quvchiga: “Shu tenglamani qanday yechishni bilasanmi?” deya berilgan
savolning tabiiy yo’sindagi javobi “ha” yoki “yo’q” so’zlaridangina iborat bo’lishi
mumkin, ammo xuddi o’sha savolning eksplitsitiv tarzda ifodalangan ma’nosida
o’quvchining sodir etishi lozim bo’lgan harakatlar, talab etilgan tenglamaga oid
matematik axborotlar haqidagi bilimlari nazarda tutiladi.
Kommunikativ munosabatlarda qabul qilingan fikrlar (jumlalar)ning talqin
etilishiga qaratilgan mulohazalarga zaruratning mavjudligi tabiiy tilda olib
boriladigan muloqotlarning xususiyati bilan tushuntiriladi. Odatda, ma’lum bir
kommunikativ masalani hal etish sheriklarning bir qator o’zaro munosabatlari,
dialoglar, davomiy mulohazalar asnosida amalga oshiriladi. Bunda dialog,
kommunikativ mulohaza ishtirokchilari muloqotning tayyor, andazaviy
sxemalaridan foydalanmasdan, mavjud vaziyatdan kelib chiqib jumla quradilar.
DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
53
Butun dialogik sikl davomida barcha intellektual va emotsional jarayonlar
kommunikativ maqsadga qaratilgan bo’ladi.
Kommunikativ maqsadlarga erishishning yo’llaridan biri kommunikativ
xatti-harakatlarni kooperativlilik tamoyiliga bo’ysundirishdan iboratdir.
Kooperativlilik tamoyili kommunikativ munosabatlarning barcha ishtirokchilari
o’zaro munosabat qurishdan ko’zlangan maqsadga nisbatan o’zlarini relevantli
tutishlaridan iboratdir. Bu tamoyilning bajarilishi quyidagi qoidalarga
asoslanadi:
“-talab etilgan miqdorda axborot uzatish (ortiqcha ham, kam ham emas);
-faqat aniq axborotni uzatish;
-lo’nda, tushunarli, qisqalik;
-ko’ptalqinlilikdan qochish” [1].
Kommunikativ maqsadga erishishning sanab o’tilgan qoidalari ma’lum
darajada so’zlovchining imkoniyatlarini cheklab qo’yadi, ammo ikkinchi
tomondan, tinglovchining eng kerakli axborotni aniq, lo’nda va tushunarli holda
qabul qilishini ta’minlaydi. Kommunikativ munosabatlarda ushbu qoidalarni
joriy etish aynan matematika o’quv jarayonlarida amalga oshirilishi bo’lajak
o’qituvchilarni kichik yoshli o’quvchilarni matematik jihatdan rivojlantirishga
tayyorlash vazifasining samarali tashkil etilishiga hissa qo’shadi, deb
hisoblaymiz.
Xulosa
sifatida matematika o’qitishning asosiy darajasi matematik
bilimlarning semiotik aspektlari – sintaktika, semantika va matematik
ob’ektlarni ifodalovchi belgili tizimlarning pragmatikasini o’zlashtirishni
ta’minlaydi. Chuqurlashtirilgan daraja mantiqiy semiotika pozitsiyasidan
semiotikaning nazariy asoslarini o’zlashtirishga imkon beradi.
O’qituvchining matematik jihatdan tayyorlanganligi:
- bilish sub’ektining haqiqiy hayotda mavjud yoki mavhum ob’ektlar
ustidagi faoliyati va ushbu jarayonda matematik ob’ektlarning tushunchali
timsollari shakllanganligiga;
- uning nazariy fikrlash qobiliyatiga qarab belgilanadi.
O’qituvchini kichik o’quvchilarni matematik jihatdan rivojlantirishga
tayyorlashning mundarijaviy komponenti negiziy asosi quyidagi bloklardan
iborat:
- algebra elementlari aralash natural sonlar arifmetikasi;
- ko’rgazmali geometriya;
- ehtimollar nazariyasi elementlari.
DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
54
Chuqurlashtirilgan o’qitish o’z ichiga yuqoridagilar qatorida matematika
metodologiyasi va semiotika elementlarini oladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Давыдов В.В. Обучение математике: Методическое пособие. 1кл. / В.В.
Давыдов, С.Ф. Горбов, Г.Г. Микулина, О.В. Савельева. - М.: МИРОС, 1994.- 192
с.
2. Далингер В.А. Формирование визуального мышления у учащихся в
процессе обучения математике: учебное пособие / В.А. Далингер. - Омск:
Изд-во ОмГПУ, 1999. - 157 с.
3. Истомина Н.Б. Методика обучения математике в начальных классах:
учебное пособие / Н.Б. Истомина. - М.: Академия, 2002. - 288 с.
4. Истомина Н.Б. Активизация учащихся на уроках математики в на-
чальных классах: учебное пособие / Н.Б. Истомина. - М.: Просвещение,
1985. -64 с.
5. Истомина Н.Б. Математика: учебник. 1 - 4 кл. / Н.Б. Истомина. - Смоленск:
Ассоциация XXI в., 2000.
6. Мадер В.В. Введение в методологию математики: Гносеологические,
методологические и мировоззренческие аспекты математики. Математика
и теория познания / В.В. Мадер.- М.: Интерпракс, 1994. -448 с.