Авторы

  • F. Orifova
    Qo‘qon universiteti 7-24 iqtisod guruxi talabasi
  • N. Xolmirzayev
    “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi v.b professori

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.dis.70199

Аннотация

Tarixdan ma’lumki ajdodlarimiz sog‘lom turmush tarzini yaratishga jiddiy e’tibor qaratgan.  Kezi kelganda qadimgi ma’naviy manbalarda ham ushbu masalaga alohida e’tibor qaratilganligini ta’kidlab o‘tish joiz. Jumladan Zardushtiylik dinida ham yaqin qarindoshlar o‘rtasida nikoh munosabatlarini  o‘rnatilishiga yo‘l berilmaganligi  shundan dalolat beradi. Bu o‘z navbatida hozirgi zamon tibbiyoti rad etayotgan qarindosh-urug‘lar o‘rtasida yuz berayotgan  nikohning salbiy oqibatlarini bobolarimiz yaxshi tushunganliklaridan darak beradi.


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

72

SOG‘LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRUVCHI IJTIMOIY

OMILLAR

F.Orifova

Qo‘qon universiteti

7-24 iqtisod guruxi talabasi

N.Xolmirzayev

“Ijtimoiy fanlar”

kafedrasi v.b professori

https://doi.org/10.5281/zenodo.14974204

Tarixdan ma’lumki ajdodlarimiz sog‘lom turmush tarzini yaratishga jiddiy

e’tibor qaratgan. Kezi kelganda qadimgi ma’naviy manbalarda ham ushbu
masalaga alohida e’tibor qaratilganligini ta’kidlab o‘tish joiz. Jumladan
Zardushtiylik dinida ham yaqin qarindoshlar o‘rtasida nikoh munosabatlarini
o‘rnatilishiga yo‘l berilmaganligi shundan dalolat beradi. Bu o‘z navbatida
hozirgi zamon tibbiyoti rad etayotgan qarindosh-urug‘lar o‘rtasida yuz
berayotgan

nikohning

salbiy

oqibatlarini

bobolarimiz

yaxshi

tushunganliklaridan darak beradi.

Binobarin sog‘lom turmush tarzini yaratish kechagi yoki bugungi voqelik

yemas, balki uning o‘q ildizlari uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Hususan turmush
tarzining sog‘lom negizlarini yaratish to‘g‘risidagi tasavvurlar qadimgi davr
yunon faylasufi Gippokratning “Sog‘lom turmush tarzi haqida”gi risolasida
muhim o‘gitlar ko‘rinishida bayon qilinadi. Risolasi muallifining fikriga ko‘ra,
sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishda tibbiiy nuqtai nazardan inson
jismoniy salomatligi, muhitning tashqi omillari – iqlim, tuproq kabilar bilan
birga, kishilarning hayot tarzi mamlakatlar qonunlari odamdagi jismoniy va
ruhiy xususiyatlar ham katta rol o‘ynaydi. Fukarolarimiz yukorida kursatilgan
barcha jixatlarga amal kilishga xarakat kilmokdalar. Ammo shuni ta’kidlash
joizki, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga to‘siq bo‘ladigan omillar ham
yo‘q emas.

Bugungi kunda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga to‘siq bo‘layotgan

va bartaraf etilishi lozim bo‘lgan ushbu omillarni misol keltirish mumkin.

- XXI asrning chegara bilmas muammolaridan biri narkobiznesning

kuchayishi;

- milliy g‘oyaga zid bo‘lgan yot g‘oyalarning tarqatishga bo‘lgan

urinishlarning ko‘payib borayotganligi;

- turli hildagi yuqumli kasalliklarning tez va osonlik bilan tarqalib borishi va

hakazo...


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

73

Bunga jumladan orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi ya’ni OITSni

misol keltirishimiz mumkin. Ayni paytda erta turmush qurish yoki qarindoshlar
o‘rtasida yuz berayotgan nikoh qurish holatlarining mavjudligi, halqaro
terrorizming keng quloch yoyishi, g‘arb televideniyalari orqali berilayotgan
behayo filmlar namoyishi, ommaviy ma’daniyatning salbiy illatlari ham
oldimizda turgan bartaraf etilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalardan biriga
aylangan.

Hukumatimiz

tomonidan

olib

borilayotgan

siyosatning

asosiy

tamoyillaridan biri bu sog‘lom turmush tarzi asosida barkamol avlodni
tarbiyalab voyaga yetkazish ekanligini inobatga olsak yuqorida keltirilgan
dalillar biz uchun yo‘nalish beradi. Bu borada hozirgi kunga kelib sog‘lom
turmush tarzini yoshlar o‘rtasida shakllantirish va ommaviy hayot yo‘siniga
aylantirish uchun quyidagilarga e’tibor qaratish kerak deb hisoblaymiz.

- tozalik, ozodalik va pokiza xayot tarziga doimo amal qilish;
- to‘g‘ri ratsional ovqatlanish;
- zararli illatlar, xususan spirtli ichimliklar ichish;
- kayf beruvchi chekish vositalaridan foydalanmaslik;
- jismoniy mashqlar bilan muntazam shug‘ullanish va boshqalar.
Yuqorida ko‘rsatilgan omillar sog‘lom turmush tarzini yaratish bo‘yicha

avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan dasturul-amal desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Zero ushbu vositalar yordamida sog‘lom turmush tarzini yaratishga erishish
mumkin.

Xulosa urnida aytish mumkinki, sog‘lom avlodni voyaga yetkazish va ularni

xalq koriga yaraydigan malakali kadrlar qilib tarbiyalash bosh maqsadimiz ekan
bu sohada hali ko‘plab xayrli ishlarni bajarashimizga to‘g‘ri kelishini yuqorida
ko‘rsatilgan omillar isbotlab turibdi. Shuni inobatga olgan xolda sog‘lom
turmush tarzini shakllantirishga to‘siq bo‘layotgan omillarni bartaraf yetish
uchun hammamiz birdek mas’ul ekanimizni unutmasligimiz lozim.

Foydalanilgan manbalar va adabiyotlar ro‘yhati:

1.

Abramova T.F. Osteoporoz i fizicheskaya aktivnost: metodicheskie

rekomendatsii / T.F.Abramova, T.M.Nikitina, N.I.Kochetkova – M.: Sovetskiy
sport, 2001. – 32 s.

2.

Karpman V.L. Testirovanie v sportivnoy meditsine / V.L.Karpman,

Z.B.Belotserkovskiy, I.A.Gudkov. – M.: FIS, 1988. - 208 s.

3.

Balsevich V.K. Fizicheskaya kultura dlya vsex i dlya kajdogo /

V.K.Balsevich. – SPb.: SPbAFK im. P.F. Lesgafta, 1997. – 74 s.


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

74

4.

Jigalova Ya.V. Proektirovanie kompleksnыx ozdorovitelnыx fitnes-

programm dlya jenщin 30-50 letnego vozrasta: dis. ... kand. ped. nauk /
Ya.V.Jigalova. – M., 2003. – 166 s

Библиографические ссылки

Abramova T.F. Osteoporoz i fizicheskaya aktivnost: metodicheskie rekomendatsii / T.F.Abramova, T.M.Nikitina, N.I.Kochetkova – M.: Sovetskiy sport, 2001. – 32 s.

Karpman V.L. Testirovanie v sportivnoy meditsine / V.L.Karpman, Z.B.Belotserkovskiy, I.A.Gudkov. – M.: FIS, 1988. - 208 s.

Balsevich V.K. Fizicheskaya kultura dlya vsex i dlya kajdogo / V.K.Balsevich. – SPb.: SPbAFK im. P.F. Lesgafta, 1997. – 74 s.

Jigalova Ya.V. Proektirovanie kompleksnыx ozdorovitelnыx fitnes-programm dlya jenщin 30-50 letnego vozrasta: dis. ... kand. ped. nauk / Ya.V.Jigalova. – M., 2003. – 166 s