ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR
INTEGRATSIYASI
86
Samarkand State Institute of Foreign Languages
“SHOHNOMAYI ANDALIB” QO‘LYOZMASINING TAVSIFI
Muxlisa Axrorjanovna Maxamatxonova
Tayanch doktorant
Alisher Navoiy nomidagi o ‘zbek tili va adabiyotiuniversiteti
Toshkent, O‘zbekiston
Annotatsiya:
Mazkur maqolada Qo‘qon adabiy muhiti vakillaridan biri Andalibning
“Shohnomayi Andalib” qo ‘lyozma nusxasining tavsifi bayon qilinadi. Qo‘lyozmaning tashqi va
ichki xususiyatlari o ‘rganilib, uning umumiy tuzilishi yoritiladi. Hamda, qo ‘lyozmada kelgan
ayrim baytlarning qisqacha mazmuni bayon qilinadi.
Tayanch so‘zlar
: muqaddima, basmala, hamd, na’t, xoshiya, qo‘lyozma, kolofon.
Annotation:
This article describes the manuscript version of Shohnomayi Andalib by
Andalib, one of the representatives of the Kokand literary environment. The external and internal
characteristics of the manuscript are examined, and its overall structure is highlighted.
Additionally, the meaning of some verses from the manuscript is briefly explained.
Keywords:
introduction, basmala, hamd, na‘t, marginal notes, manuscript, colophon.
Hozirda Andalibning lirik asarlari jamlangan qo‘lyozma manbalar asosan O‘zRFA Abu
Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondida saqlanmoqda.
Andalibning ijod namunalarini uning shohnomasida, forsiyda bitilgan devonida va bir qancha
bayozlarning ichida tarqoq holatda saqlanib qolgani bizga ma’lum. Bu esa bizga Andalibning o‘z
davrining taniqli shoiri bo‘lib, xalq og‘zida uning sherlari mashhur bo‘lganini anglatadi. Uning
asarlarini tadqiq qilib, iste’molga kiritish bizga o‘sha davr adabiy muhiti, uning siyosiy holati,
xalqning orzu-kechinmalari kabi bir qancha qimmatli ma’lumotlarni bizga xabarini berishi
mumkin. Shu kabi maqsadlarni ro‘yobga chiqarish uchun biz tadqiqot obyekti qilib, Andalibning
ijod namunalaridan biri bo‘lgan, O‘zRFA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik
instituti qo‘lyozmalar fondida saqlanayotgan “Shohnomayi Andalib” asarining №696 nusxasini
tanlab oldik.
“Shohnomayi Andalib” asarini tahlil qilishga kirishar ekanmiz, avvalo matnshunos oldida
turgan vazifa - matn tarixini o‘rganishdan boshlaymiz. Matnshunos oldida, u o ‘zi tadqiq
qilayotgan mavzusiga oid qo‘lyozma va toshbosma manbalarni izlab topmog’i, tadqiq doirasiga
jalb etilgan manbalarni tavsiflash, tahlil qilish, manbalarni o‘zaro qiyoslash, ular orasidagi
matniy tafovutlarni aniqlash, ular asosida matnning asosiy variantini yaratish kabi bir qancha
kabi bir qancha vazifalar turadi. “Matn tarixini o‘rganishda matnshunos avvalo - matn tarixini
tiklash, tadqiq doirasiga kirgan manbaning turli nusxalarini qiyosiy o‘rganish, tadqiq etish, ular
asosida matnnning asosiy variantini yaratish va ilmiy muomaaga kiritishdir”
. Tadqiqot
mavzusiga oid barcha manbalarni qo‘lga kiritgandan so‘ng, matnshunos avvalo, asar nomi,
uning muallifi, qo‘lyozmaning muqovasi, qo‘lyozma nusxaning o‘lchami, varaqlar soni, qog‘ozi,
yozuvi turi, siyohi, muhr yoki bezaklari, satrlar soni, poygirlarning qo‘yilishi, saqlanish holati
kabi belgilarini bayon qilishi, hamda, asarning boshlanishi va tugashi, uning tarkibiy tuzilishi,
basmala, hamd, na’t qismlari, kolofon qismi, poygirlarning qo‘yilishi, hoshiyalar, asarni
ko‘chirgan kotib, asar ko‘chirilgan yil kabi bir qancha ma’lumotlarni aniqlab, qayd etib borishi
lozim.
Shohnomayi Andalib asarining №696 raqamli qo‘lyozma nusxasi tavsifi
Ushbu qo‘lyozma manba qalin to‘q yashil qog‘oz bilan o‘ralgan bo‘lib. Jildi naqshinkor,
eskirib ketgan. Atrofida qizil va qora xoshiyasi bor. Kitobning o‘lchami 27Х16 sm. To‘plam
umumiy 54 sahifadan iborat bo‘lib, avvalgi betdan 21-betgacha “Shohnomayi Andalib”, 22-
betdan to kitob so‘ngiga qadar “Shohnomayi Mutrib” joylashtirilgan. To‘plam yaxshi holatda
saqlangan, kitobning butunligiga shikast yetmagan. Qog‘ozlari silliq, sariq rangdagi Qo‘qon
1
Сирожиддинов Ш., Умарова С. Ўзбек матншунослиги қирралари. – Т.: Akademnashr, 2015. – Б.8.
ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR
INTEGRATSIYASI
87
Samarkand State Institute of Foreign Languages
qog‘ozi bo ‘lib, matn qora va qizil siyohda nasta’liq xatida, chiroyli yozuvda ko‘chirilgan.
Qo‘lyozmaning 1b va 9b-sahifasida kiril yozuvida “Узбекский Государственный Иссладоват
Институт Библиотека отд سمش Инв. №696 Гор Самарканд” deb to‘rtburchak shaklidagi muhr
ichiga yozilgan. Yuqoriga kichikroq to‘rtburchak muhr ichiga Г.И.А.Уз.Отд.В.рук № 696
O‘z.D.K.X deb yozilgan. Qo‘lyozmadagi baytlar soni 512 ta bo‘lib, har bir sahifaga 2 qatordan
joylashtirilgan. Asar matni 638 qatordan iborat, 21b bet 9 qator, qolgan hamma betlar 15
qatordan iborat. Yangi betning birinchi so‘zi poygir sifatida kitob so‘ngiga qadar izchil qo
‘llanilgan. Qo‘lyozmaning avvalgi sahifasiga qora qalamda betartib holatda arab yozuvida turli
so‘zlar yozilgan. Har bir varaqda qora qalam bilan qo‘lyozma betlarining raqamlari qo‘yib
chiqilgan. Ayrim raqamlar o‘chirilib, ustiga boshqa sonlar yozib qo‘yilgan. Asar qora siyohda
basmala bilan boshlanadi. Basmalaning tagiga qizil siyoh bilan “Shohnomayi Devonayi
Andalib” deb yozilgan. Matnlar qora siyohda yozilgan, ammo ayrim so‘z boshlari qizil siyoh
bilan yozilgan. Asarda hamd qismi yo‘q. Basmalaning o‘zi bilan cheklangan. So‘ngra,
noana’naviy ravishda mo‘yning madhi orqali Rosulloh sallollohu alayhi vasallamning na’tlari
bayon etiladi. Asar quyidagi bayt bilan boshlangan:
تیاکح رب یدمیا مقر یلیا
تیاءر نیدقیارف رجح میوم
زامغ نودخرچ شدرگ وب
زاغا یدلیق ینافج گرلاب
Ushbu qo‘lyozmaning ikki nusxasida yozuvlar ixtilofli bo‘lgani uchun میوم so‘zini tabdil
qilish jarayonida muammo yuzaga chiqishi mumkin. Chunki ushbu nusxada “mim” harfidan
so‘ng “vov” harfi qo‘yilgan bo‘lsa, №596 nusxada “vav” harfi yo‘q. Bundan tashqari №596
nusxada ikki “mim”ning orasidagi harfning nuqtalari yo‘q bo‘lgani uchun ushbu so‘zni o‘qishda
mavhumlik paydo bo‘lsa, №696 nusxada “vav”dan keyingi harf o‘chirilgan va uning o‘rniga
“mim” harfi yozilgan. “Mim”dan oldin “yo” harfini unga qo‘shib yozilganlik ehtimoli bo‘lgani
uchun bu so‘zni “muyim” deb, yoki mimdan oldin “ha” harfini taqdir qilib “muhim” deb ham
o‘qish mumkin. Lekin ushbu qo‘lyozma nusxani tabdil qilgan tarix fanlari nomzodi Hamidillo
Lutfillayev va Sherali Qo‘ldoshevlar ushbu so‘zni “muni” deb tabdil qilganlar va matnning
havola qismida “№596 raqamli qo‘lyozmada muhim shaklida ifodalangan”
-deb, ta’kidlab
o‘tganlar. Biz bu so‘zni “muyim” deya tabdil qilishlikni afzal deb bildik. Chunki matnning
kirish qismida yoritilgan mavzu asosan “mo‘yning firoqi” haqida bo‘lib, undan so‘ng to‘g‘ridan-
to‘g‘ri asar mavzusini yoritishga o‘tiladi. Shunga binoan bu so‘zni “muyim” desak matnning
mavzusi bilan bog‘lagan bo‘lamiz.
Asar matni asosan nazmda bitilgan. Asarda bir holatdan boshqa holatga ko ‘chish, yoxud
Amir Nasrullo va uning qo‘shinining qilmishlarini bayon qilish uchun bir qancha o‘rinlarda
nasrga murojaat etilgan. Asar muqaddimasida amirning Ho‘qanddan “muborak mo‘y”ni ham
olib chiqib ketgani ham qisqacha bayon qilib o‘tilgan. Kirish qismi yoritilgandan so‘ng bevosita
voqealar rivojini yoritishga kirishiladi.
“Shohnomayi Andalib”ning №696 qo‘lyozma nusxasi haqidagi dastlabki tavsifiy
ma’lumot Shodmon Vohidovning “Қўқон хонлигида тарихнавислик” kitobida zikr qilingan.
Muallif o‘z kitobida qo‘lyozmaning tarkibiy tuzilishi, hamda kitobat xususiyatlariga doir
qimmatli ma’lumotlarni keltirib o‘tgan. Asarning tarkibiy tuzilishi haqida Shodmon Vohidov
“Қўқон хонлигида тарихнавислик” kitobida quyidagi ma’lumotlarni keltiradi:
“Asar tarkibi quyidagilardan iborat:
- So‘z boshi.
- Sheralixon podshohi zolim (amir Muzaffarning) Ho‘qandni olib, xonlarni boshini kesib, hamma
xaloyiqni paymol qilib,uylarini toroj qilib ketgonini eshitib toqat qila turolmay xuruj qilib,
viloyatni yana mang‘it elidan olganlari;
2
Ҳамидилло Лутфиллаев.Шоҳномаи Девона Андалиб.
– T.: Наврўз нашриёти, 2015, - Б: 5.
ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR
INTEGRATSIYASI
88
Samarkand State Institute of Foreign Languages
- Podshohi Buxoro o‘rdasida davlat sharobidin mast va ishrat mayidan alast erdi, kunlardin bir kun
arkoni davlati birla bazm orosta qilib o ‘lturib erdi, eshikdin bir qosid kirib salom qildi, ta’zim va
tavoze’ qilib zamini ubudiyat bo‘sa qilib aytdikim: Bir oy bo‘ldiki, mashriq tarafidan bir amiri
dilovar xuruj qilib, Ho‘qand viloyatini musaxxar qilibdur. Ibrohim parvonachini shahardan
badarg‘a qilib, hukumat taxtiga minib, Ho‘qand viloyatini atrofiga qal’a bino qilibdur deb,
so‘zini tamom qildi. Bu xabari jonso‘zni eshitib, mast erdi hushyor bo‘ldi, uyquda erdi, bedor
bo‘ldi. G‘azab birla lashkar yig‘ib, Ho‘qand viloyatini avvalgidan battarroq vayron qilib, ba hoki
dahr yakson qilay deb ravona bo ‘lgani;
- Podshoh lashkari birla Saritol dashtida ko‘p, najosatga botib, lashkariya ul sahroning
badbo‘yligidan toqat qilolmay, podshohga arza berib, To‘qaytefaga borib tushgoni, anda hayron-
sarosima bo‘lgoni;
- Buxoro amiri sulhu saloh uchun Sheralixon huzuriga yana elchi yuborgoni;
Mazkur qo‘lyozma nusxa №596 qo‘lyozma nusxa bilan qiyoslansa, ushbu nusxada
ko‘pgina baytlarning tushirib qoldirilgani va ayrim baytning lafzlari o‘zgarib qolgani ko‘zga
tashlanadi. Bundan ma’lum bo‘ladiki, mazkur qo‘lyozma nusxa asl nusxadan ko’chirilmagan va
aslga yaqinroq nusxa bu - №596 nusxa bo‘lishi ehtimoldan yiroq emas. Ushbu qo‘lyozmada ham
poygirlar izchillik bilan qo‘yilgan. Lekin mazkur qo‘lyozmaning kolofon qismi yo‘q. Shuning
uchun qo‘lyozmani ko‘chirgan kotib, asar ko‘chirilgan joy va sanalar haqidagi ma’lumotga ega
bo‘lolmadik. Ammo Shodmon Vohidov asardagi ikkita tamg‘a ichiga “Amali To‘raxo‘ja
sahhof”
deb yozib qo‘yilganini ta’kidlagan. Lekin biz tamg‘ani kuzatganimizda bu yozuvni
topmadik.
Ushbu qo‘lyozma nusxadagi xoshiya yozuvlarini o‘rganish bizga, bu nusxa asl nusxadan
ancha yiroq ekanligini bildirdi. Buni qo‘lyozma xoshiyalarida yozilgan baytlarning ko‘pligidan
ham bilish mumkin. Chunki bu baytlar asl nusxadan imlosi o‘zgartirilmay yozilgan №596
nusxada mavjud bo‘lib, biz tavsiflayotgan mazkur qo‘lyozma nusxada mavjud emas. Katta
ehtimol bilan ushbu qo‘lyozma nusxa №596 nusxadan keyinroq ko‘chirilgan. Demak,
xoshiyadagi yozuvlarni tahlil qilish matnnni ko‘chirilgan sanasini aniqlashda bizga katta yordam
berishi mumkin. “Matnning sanasi bo‘lmagan taqdirda matnshunos nusxalardagi tafovutlar,
birlamchi matn varianti haqida xulosa chiqarishga qiynaladi. Qo‘lyozma asarni yoki uning
nusxasini sanalashtirish nusxaning tavsifiy belgilari, qog‘ozi yoki hoshiyalardagi qaydlar
vositasida taxminan belgilanishi mumkin. Sananing belgilanishi nusxalar tahriri va boshqa
xronologik voqealarning matn ko‘chirilishi bilan bog‘liq jarayonlarga ta’sirini aniqlash uchun
muhimdir
”. Xulosa qilib aytganda, ushbu qo‘lyozma nusxaning kolofon qismi yo‘q va unda
ko‘pgina baytlar tushib qolgan. №596 qo‘lyozma nusxa esa asl variantga yaqin va unda mazkur
baytlar mavjud. Demak, mazkur nusxa №596 nusxadan keyinroq ko‘chirilgan. Qo‘lyozmada
tushib qoldirilgan baytlar 15 o ‘rinda, 5 a va b, 6a va b, 12b , 14a va b, 15 a va b,16, 17, 18, 19,
20, 21 sahifalarning xoshiyalarida uchraydi. Xoshiyadagi yozuvlar qo‘lyozmadagi yozuvdan
biroz farqli va ular qora rangli qalam bilan yozilgan. Bundan ma’lum bo‘ladiki, tushib qolgan
baytlarni kotibning o‘zi yozmagan yoki kotib bu xoshiyadagi baytlarni matn bilan bir vaqtda
ko‘chirmagan. Xoshiyadagi yozuvlar sahifalarning turli taraflariga, goh sahifa yuqorisiga, goh
sahifaning ostki qismiga, gohida o‘ng va chap tarafiga betartib holda yozib ketilgan.
تیلو ره هسلوب کهعلق اب
تفآ هدرهش وا یسیغلوب بوک
Ushbu bayt 5a sahifaning xoshiyasiga yozilgan. Sheralixon yurt himoyasi uchun Qo‘qon
shahriga keladi va xon qilib saylanib mamlakat taxtiga chiqadi. Xon Amir Nasrulloning qayta
hujumidan himoyalanish choralarini ko‘radi va o‘z xalqiga shaharda qal’a qurishga ko ‘rsatma
beradi va keyingi urush uchun jiddiy tayyorgarlik ko‘radi. Xalq dono hukmdorning
maslahatlariga amal qilib, tezda shaharda qal’a quradi. Sheralixonning tavsiyasi bilan qurilgan
ushbu qal’a Amir Nasrulloning keyingi hujumlaridan himoyalanishda katta foyda beradi.
3
Шодмон Воҳидов. Қўқон хонлигида тарихнавислик. –Т. Академик нашр.-2010.-157
4
Шодмон Воҳидов. Қўқон хонлигида тарихнавислик. –Т. Академик нашр.-2010.-157
5
Matnshunoslik fanidan o‘quv-uslubiy qo‘llanma. – T.:2019, - B.65
ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR
INTEGRATSIYASI
89
Samarkand State Institute of Foreign Languages
Qo‘qonni qayta zabt qilib, uni avvalgidanda ko‘proq vayron qilish uchun kelgan Amir Nasrullo
va uning qo ‘shinlari qal’ani ko‘rib uzoq hayronlikda qoladilar va shaharni ichiga kirolmay
Saritol dashtida sarson-sargardon bo‘lib yuradilar. Tog‘ atrofidan shahar ichiga kirishga urungan
askarlar esa xalqning qattiq qarshiligiga uchrab, og‘ir yo‘qotishlara uchraydilar. Shoir asarning
ko‘pgina o‘rinlarida Qo‘qon xonini madh qilib o‘tgan. U Sheralixonni “dilovar” – ya’ni, “jasur”,
“shijoatli”, “dono” podshoh, deya ta’riflaydi.
Qo‘lyozmaning 15b-sahifasidagi xoshiya qismiga bitilgan quyidagi misralar ham bizni
e’tiborimizni tortadi:
ینادخ تمعن یدلیا رخ
یننان جنرب بیلیق لاماپ
Shoir ushbu misralarda Buxoro amiri va mang‘it elining qilmishlarini qoralab, ularning jirkanch
suratlarini tasvirlab beradi. Ular garchi o‘zlarini musulmon xalq deb bilsalarda, Xaq Taolodan
qo‘rqmay, Allohning ne’matlarini xor qiladilar va o ‘z maqsadlari yo‘lida musulmon
birodarlarini hatto, ayollar va bolalarni ham ayab o‘tirmaydilar. Bunga Nodirabegim va uning
nabiralari ustida sodir bo‘lgan fojealar ham yaqqol misol bo‘la oladi. Shaharga kirgan mang‘it
qo‘shinlari shaharni vayron qilib, boyliklarni talab, muqaddas kitoblarni ham o‘zlari bilan birga
olib ketadilar. Qo‘qon xonligida saqlanayotgan Rosululloh sallollohu alayhi vasallamga nisbat
berilgan muborak mo ‘yni ham olib ketadilar va xalqning boshiga og‘ir soliqlarni soladilar.
Shahardan tashqarida bo‘lgan, xon urug‘laridan biri sanalmish Sheralixonga bu mudhish
fojealarning xabari yetib keladi va u darhol Vatan himoyasi uchun Qo ‘qonga yuzlanadi. Xalq
uning yordami bilan Amir Nasrullo tayin qilib ketgan amaldorlardan xalos bo‘ladi va Sheralixon
dilovarni taxtga chiqaradi.
Ushbu qo‘yozma nusxa yozuvi 596 nusxa yozuvidan ko‘ra birmuncha chiroyli. Qo‘lyozmada
ikkita asar, “Shohnomayi Andalib”, so ‘ngra Shohnomayi Mutrib asari yozilgan. Shohnomayi
Andalib asarining matni quyidagi bayt bilan yakunlanadi:
هرابرود هاب نیزویامت اسروک
اراپ ینامیگاری یدلق پوک
باوصااب ملاا او
باهولا کلم نوعب باتکلا تمت
Xulosa qilib aytganda, mazkur qo ‘lyozma yaxshi holatda saqlangan. Asarning ko‘chirilgan
sanasi yozilmagan va kolofon qismlari yo‘q bo‘lsada, xoshiyadagi to‘g‘irlab yozib ketilgan
baytlar, so‘zlardagi o ‘zgargan qo‘shimchalar mazkur asarni asl nusxadan birmuncha keyinroq
yozilganini bizga ma’lum qildi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Сирожиддинов Ш., Умарова С. Ўзбек матншунослиги қирралари. – T:
Akademnashr, 2015.
2.
Ҳамидилло Лутфиллаев.Шоҳномаи Девона Андалиб. – T.: Наврўз нашриёти, 2015.
3.
Шодмон Воҳидов. Қўқон хонлигида тарихнавислик. –Т. Академик нашр.-2010.
4.
Matnshunoslik fanidan o‘quv-uslubiy qo‘llanma. – T.:2019.
5.
O ‘ZFA ShI, №696, “Shohnomayi Andalib”.
6.
https://youtu.be/b5-exeRYMjk?si=-HhVSNZbapFhwy9o
7.
Хайруллаев, Х. З. (2012). Об иерархических отношениях между языковыми
единицами. Вестник Челябинского государственного университета, (6 (260)), 134-137.
8.
Хайруллаев, Х. (2008). Нутқ бирликларининг поғонали муносабати.
9.
Bushuy, T., & Khayrullaev, K. (2022). Life of word during coronavirus. Евразийский
журнал социальных наук, философии и культуры, 2(8), 19-28.
10.
Хайруллаев, Х. (2019). Об особенностях изучения объекта речевой
лингвистики. Иностранная филология: язык, литература, образование, (2 (71)), 17-20.
