ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR
INTEGRATSIYASI
537
Samarkand State Institute of Foreign Languages
MAQOL VA MATALLAR: TILSHUNOSLIKNING ASOSIY ELEMENTLARI
Jasmina Akmaljonova
Qarshi DU I-kurs talabasi
Annotatsiya.
Ushbu maqola maqollarining tilda tutgan oʻrni, shuningdek, ularning lingvistik
mohiyatini ochishga va frazeologik klassifikasiyaga bagʻishlanadi.
Kalit soʻzlar:
Frazeologiya, frazeologik tasnif, qatlam, turgʻun birikma, semantik tasnif.
Tilshunoslikning frazeologiya bo‘limi asosan frazeologizmlarni o‘rganishga yo‘naltirilgan.
Frazeologizm – ikki yoki undan ortiq so‘zdan tashkil topgan, semantik jihatdan mustahkam
bog‘langan so‘z birikmasi bo‘lib, u lug‘aviy birlik hisoblanadi. Frazeologizmlar tilda tayyor
holda mavjud bo‘lgani sababli, ular nutq hodisasi emas, balki til hodisasi sifatida ko‘riladi.
Maqollar va matallar frazeologiyaning ajralmas qismi bo‘lib, ularning lingvistik mohiyatini tahlil
qilish va kelib chiqish xususiyatlarini o‘rganish frazeologik klassifikatsiyaning muhim
yo‘nalishlaridan biridir. Zero, nutqimizni tilda mavjud maqol va matallarsiz tasavvur qilish qiyin.
Binobarin, maqol va matallar til frazeologik sistemasining har tomonlama eng boy va eng
serqirra manbai boʻlib hisoblanadi.
Barcha tillarda leksik hamda frazeologik qatlamlar mavjud. Frazeologik qatlam va uni
o`rganuvchi soha frazeologiya deb ataladi. Shuning uchun ham frazeologiya doirasida
so`zlarning turg`un birikmalardan tashqari maqol, matal, aforizmlarni olimlar tomonidan turli
tasnif qilishga urinishlar ham mavjud.
Demak, tilshunoslikda har bir tilning lugʻat tarkibi leksik va frazeologik qatlamlardan iborat
va lug`at tarkibidagi frazeologik qatlam frazeologiya sohasi deb yuritiladi va tilshunoslikning
mustaqil yoʻnalishlaridan biridir. Frazeologiya hozirgi zamon tilshunosligining asosiy
tarmoqlaridan biri boʻlib, har bir tildagi turgʻun birikmalarning ma’nosi va tuzilishini oʻrganadi.
Ulugʻ lingvist olim Sharl Balli tilshunoslik sohasiga oid boʻlgan frazeologiya tushunchasiga
dastlabki izohni bergandan soʻng, tilshunoslikda Sh. Balli qarashlariga tayanib, frazeologiya
tilshunoslikning tadqiqot obʻyektiga asosiy koʻmak beruvchi ilmiy qarash ekanligini kuzatishgan.
Turli tillar singari nemis va oʻzbek tillarida juda koʻp oʻtkir tigʻli, obrazli frazeologik
birikmalar mavjud. Frazeologiya sohasi nimani oʻrgatishini tushunmoq uchun quyidagi misolga
murojaat etaylik. Masalan, nemis tilida: „Anna ist das Herz der Gruppe.“ – “Anna guruhning
yuragi” deb tushunmoq va tarjima qilmoq kerakmi? Yo‘q, albatta! Agar kimdir biror jamoada
muhim rol o‘ynasa yoki boshqaruvchi bo‘lsa, “Sie ist das Herz der Gruppe” deyiladi.
Frazeologizmlar tilda bir necha yuz yillardan buyon mavjud boʻlib, koʻpgina iboralar
ogʻizdan-ogʻizga koʻchib har bir milliy tilning ravnaqi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Frozeologizmlar emotsionallikni ifodalagani uchun ham ular yordamida quvnoq hazilni
yoki qaygʻuli voqeani obrazli tasvirlab berish mumkin. Shuning uchun ham ba’zi olimlar,
frazeologik birlik deb soʻzlarning barcha turgʻun birikmalarini emas, shulardan ba’zi bir
qismlarnigina tan oladilar. Frazeologik birlik boʻlishi uchun soʻzlarning turg`un birikmalari
obrazli ma’no, ya’ni koʻchma ma’no anglatgan boʻlishi lozim. Demak, frazeologik birlikda
ma’no uning tarkibidagi soʻz komponentlariga xos leksik ma’nolarning oddiy yigʻindisiga teng
boʻlmaydi, chunki bu soʻzlar koʻchma ma’noga ega boʻladi.
Frazealogiyaning asoschilaridan biri akademik V.V.Vinogradov ma’no birligi va
darajasiga qarab, frazeologizmlarni uch guruhga boʻladi [1,8]:
1. Phraseologische Zusammenbildungen (frazeologik chatishmalar)
2. Phraseologische Einheiten (frazeologik birliklar)
3. Phraseologische Verbindung (frazeologik birikmalar)
Bu guruhlar asosida semantik prinsip mavjud va shuning uchun ham buni semantik tasnif
deb atash mumkin. V.V.Vinogradovning frazeologizmlarni semantik tasnifiga asoslanib nemis
frazeologiyasida ham salmoqli izlanishlar olib borgan olimlar M.D.Stepanova va I.I.Chernisheva
frazeologizmlarni funksional tamoyil asosida tasnif qilib ikki katta guruhga boʻladi, ya’ni [1,9]:
ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR
INTEGRATSIYASI
538
Samarkand State Institute of Foreign Languages
1. Leksik birliklar (Lexikalische Einheiten)
2. Frazeologik bog‘lanishlar (Phraseologische Fügungen)
Birinchi guruh nominativ funktsiyaga ega frazeologizmlarni o‘z ichiga oladi. Masalan:
–„Schlüsse ziehen“ – „bir to‘xtamga (yechimga) kelmoq“
–„in Frage kommen“ – „muhokama qilmoq“
–„in Erfahrung bringen“ – „bildirmoq, xabar qilmoq“
Ikkinchi guruh esa asl ma’noga ega bo‘lgan frazeologizmlarni o‘z ichiga oladi. Ular quyidagi
kichik turlarga bo‘linadi: a) Idiomalar (Idiomen) – motivatsiyaga ega bo‘lmagan frazeologik
birikmalar. b) Motivatsiyaga ega bo‘lgan frazeologik birikmalar (bildhaftmotivierte
phraseologische Wortverbindungen). c) Juft so‘zlar (Wortpaare). d) Maqollar (Sprichwörter). e)
Matalar (Geflügelte Worte). f) Turg‘un o‘xshatishlar (stehende Vergleiche).
Bundan tashqari, nemis frazeologiyasini boshqacha tasniflashga urinishlar ham mavjud [1,9.].
Maqol – narsa va hodisalarni obrazli ifodalovchi tilda keng ishlatiladigan iboradir. Matal
soʻzlovchining oʻz nutqi mazmuniga munosabatini ifodalaydi. Matal aytilmoqchi boʻlgan fikrni
tugal bayon qilmay, balki unga ishora qiladi. Matal “
u axmok odam
” deyish oʻrniga “
uning bir
qaynovi kam
” deydi, “ular bir biriga juda mos” deyish oʻrniga – “ular bir olmaning ikki bo’lagi”
deb aytadi. Maqol bilan matal oʻrtasida umumiylik koʻzga tashlanadi. Bu umumiylik shundan
iboratki har ikkala kategoriya ham nutqni jonlantirish, jozibador va obrazli qilish, fikrni tayyor
nutq qoliplari, formulalari bilan ifodalash, uni mazmundor qilishda ishlatiladi. Lekin shu bilan
birga tugal fikrni oʻzida ifodalagan maqollardan matallar jiddiy farq qiladi. Avvalo maqol
zamirida xalq hikmati yotadi
. Dumheit und Stolz wachsen auf einem Holz
– Nodonlik va
mag’rurlik bir yerda ko’karadi, demak mag’rurlik nodonlikdan kelib chiqadi, Aytuvchi axmoq
boʻlsa, tinglovchi dono kerak-deydi, maqol. Binobarin axmoqqa qarshi eng oqilona javob- sukut
qilishdir. Yuqoridagi maqolning mazmuni, hikmat ana shunda. Koʻrinadiki, bir qancha oddiy
soʻz bilan ta`bir qilinmaydigan chuqur axloqiy gʻoya qisqa, ixcham bir qolip shakliga kirgan
demak, shakl ixchamligi maqollarga xos ikkinchi belgidir. Maqollar tarkibidagi soʻzlarning bir-
biriga qofiyalanib kelishi va alliteratsiya qarama qarshi ma`noli soʻzlarning birikishi ham
maqollarning shakl xususiyatlariga xos belgilardandir. Masalan:
Wer die Wahl hat, hat die Qual
- Tanlab tanlab tozisiga uchradi.
Koʻpgina maqollarga xos uchinchi belgi ularning majoziy
ma`nosida ishlatilishdir:
Liebe ist blind -Sevgining ko‘zi ko‘r.
Yana bir misol: „Da liegt der Hund
begraben.“ – bu ibora “It shu yerga ko‘milgan” degan ma’noni bildiradi, lekin aslida
muammoning asosiy sababini topganlikni anglatadi. Masalan, „Jetzt verstehe ich, warum das
Projekt gescheitert ist – da liegt der Hund begraben!“ – „Endi tushundim, nima uchun loyiha
muvaffaqiyatsiz tugadi – asosiy sabab shu yerda ekan!“
Maqol obrazli mazmunga ega boʻlgan gapdir. Uni sintaktik boʻlaklarga ajratish mumkin.
Die
Zunge hat kein Bein, schlägt aber manchem den Rücken ein -Tig yarasi tuzalar til yarasi
tuzalmas
maqolni sintaktik boʻlib uni tahlil qilaylik. Bunda ega va kesim mavjud boʻlgan ikkita
gap bor. Birinchi gap:
Die Zunge
–ega,
hat
kesim
kein Bein, schlägt
- kesim
aber manchem den
Rücken ein (
tigʻ yarasi tuzalar –til yarasi –ega, tuzalar- kesim. Ikkinchi gap: til yarasi tuzalmas,
til yarasi-ega, tuzalmas- kesim).
Demak, har bir maqolning mazmuni real voqelikdagi faktlar orqali sharhlansa, ulkan
hajmdagi asarlar yaratilishi kabi nozik jihatlari mavjud. Har bir maqol kishiga izchil g’oyaviy
yo’nalish beradi.
Xulosa qilib aytganda, frazeologiya xalq og‘zaki ijodining tilshunoslikda chuqur
o‘rganilayotgan muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, har bir til frazeologik tizimi orqali boyib
boradi. Xalq maqollari va matallari o‘tmishdan bizgacha yetib kelgan bo‘lib, ular xalq
hikmatining kuchini namoyon etuvchi vositalardir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Sh.Imyaminova „Nemis tili frazeologiyasi Toshkent“-2011.
2.
Sh.Ashurova “Maqollarda frazeologik kommunikasiya hodisasi” Respublika ilmiy-
amaliy konfernsiya materiallari Samarqand-2011.
3.
Sh.Shomaqsudov, Sh.Shorahmedov “Hikmatnoma” Toshkent-1990
ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR
INTEGRATSIYASI
539
Samarkand State Institute of Foreign Languages
4.
M.Umarxo’jayev “Olmon tili leksikologiyasi va frazeologiyasi”, Andijon 2010
5.
G.Z.Permjakov 300 allgemeingebräuchliche russische Sprichwörter und sprichwörtliche
Redensarten. Moskau, VEB Enzyklopädie Leipzig, 1985.
6.
Rahmatullaev Sh. O‘zbek tilining qisqa etimologik lug‘ati. – T., 2003. – 485 b.
7.
Rahmatullaev Sh. O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati. – T., 1978. – 465 b.
8.
Umida K. The Role of Teaching Compounds According to Types of Speech in
Constructivism //Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching. – 2022. – Т. 8. – С. 4-9.
9.
Umida K. The ways of using constructivism to teaching phraseological units and
vocabulary for efl //Academicia Globe: Inderscience Research. – 2022.– Т. 3. – №. 4. – С. 1-6.
Retrieved from
https://geniusjournals.org/index.php/ejlat/article/view/1325
