ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR
INTEGRATSIYASI
547
Samarkand State Institute of Foreign Languages
BUGUNGI KUNDA OʻZBEK TILIDA PAYDO BOʼLAYOTGAN IMLO
MUAMMOLARI
Ismatova Mahzuna Shavkatovna
Egamova Zaynab O‘ktam qizi
SamDChTI Ingliz tili fakulteti
Xorijiy til va adabiyoti (ingliz) yo‘nalishi
4-bosqich 2108-guruh talabasi
Annotatsiya
. Ushbu maqolada savodxonlikka zarar yetkazuvchi ba’zi omillar va imloviy
xatolarga yo‘l qo‘yilishining ayrim muhim sabablari haqida mushohada yuritildi. Imloviy
xatolarga yo‘l qo‘ymasdan yozish dolzarb masalalardan biri ekanligi va bu jarayonda
jamiyatimizning har bir a’zosining o‘z o‘rni borligi xususida so‘z boradi.
Kalit so’zlar
. Yozma nutq, savodxonlik, imlo, zamonaviy yoshlar, ijtimoiy tarmoqlar tili.
Yozma nutq. Bu- insoniyatni o‘z tarixi bilan bog‘lab turadigan eng muhim aloqa vositasidir.
Barchamizga ma'lumki, adabiy, ilmiy, badiiy, tarixiy va shu kabi asarlarni chuqur o‘rganish va
tahlil qilish orqali olimlarimiz va tarixchilarimiz butun bir o‘tmishni jonlantirishadi. Yozma
manbalar zamon va makon to‘siqlarini yengib o‘ta oladigan yagona kuchdir. Aytilgani kabi,
yozma nutq insoniyatga o‘tmishdan xabar beruvchi eng muhim vositalardan biri sanaladi.
Albatta til so‘zlovchi istagini tinglovchiga yetkazib beradigan aloqa vositasidir Ammo bugungi
globallashib borayotgan jamiyatimizda , aksariyat yoshlar o‘rtasida, ,,yozma nutq” atamasi
o‘zining tub mohiyatini yo‘qotmoqda. Bu esa ham og‘zaki , ham yozma nutqimizga o‘z ta’sirini
ko‘rsatmasdan qo‘ymayapti. Ayni shu masala yuzasidan bugungi kun tilshunos olimlari mavjud
til va yozuv shaklini o‘z jozibasi bilan saqlab qolish, unga zarar yetkazadigan yoki ba’zi
shakllarini yo‘qolib ketishiga olib keladigan turli xil xurujlarning oldini olish borasida juda ko‘p
tadqiqotlarni amalga oshirmoqdalar. Hozirgi kunda zamonaviylashgan hamda texnologiyalar
bilan hamnafas yashaydigan davrda, hayotni ijtimoiy tarmoqlarsiz: you tube, telegram ,
instagram , fecebook va shunga o‘xshash tarmoqlarda amalga oshirilayotgan muloqotlarsiz
tasavvur qilish qiyin. Albatta bunday texnologiyalarning yaxshi tomonlari juda ham ko‘p , biroq
bunday tarmoqlarda biz tilga berilayotgan juda katta zarbani kuzatishimiz mumkin: buni
tarmoqlardagi yozishmalarda savodsizlik holatini uchrashi , turli kontentlarning umuman imlo
qoidalarisiz yozilgani, tilimizdagi so‘zlarni g‘aliz shaklda so‘zlashuvga moslashtirilgani orqali
ko‘rishimiz mumkin.[ 2; 218b] Haqiqatan ham bu nafaqat ona tilimizni rivoji uchun tinmasdan
izlanishlar olib borayotgan tilshunoslarimiz, butun xalqimiz uchun ham fojiali holatdir.
Bugungi kunda rivojlanib borayotgan kishilik jamiyatimizning aksariyat qismini yoshlar tashkil
etadi. Shu jumladan boshqa xalqlar o‘rtasi “O‘zbekiston yoshlar yurti” deb ham yuritiladi. Bu
shuni anglatadiki, ular bizning kelajagimizni yaratuvchilaridir, ular bizning bugunimizni tarix
sahifalariga yozib, avlodlarimizga mukammal tarzda yetkazib beruvchi olimlar, tarixchilardir,
ular bizning ona tilimizga yanada jilo berib asrlar davomida yashashi uchun o‘z hissalarini
qo‘shadigan mustaqil shaxslardir. Lekin afsuski, savodsizlik, saviyasizlik, eng achinarlisi mana
shunday ochiqchasiga namoyon bo‘layotgan vaziyatlarga berparvolik, buyuk va porloq
kelajagimizni barpo etishda katta bir to‘siq sifatida qarshimizda namoyon bo‘lmoqda. Ko ‘p
yillardan buyon tilshunoslar, adabiyotshunoslar hattoki pedagoglarimiz ham mana shu masalaga
yechim topish uchun izlanmoqdalar. Albatta, barchamiz savodxonlik bilimlarini maktab
ostonasiga qadam qo‘yganimizdan so‘ng birinchi o‘qituvchimizdan olishni boshlaymiz. Bu
bizning yosh qalbimizga yoziladigan ilk bilimlardir. Boshlang‘ich sinflarda biz umumiy
savodxonligimizni oshirsak, yuqori sinf bo‘lganimizdan so‘ng bu jarayon murakkablashadi. 5-
sinf ona tili darsligida biz orfografiya bo‘limi bilan tanishamiz. Bu bo‘limda imlo qoidalariga oid
deyarli barcha ma’lumotlarni olamiz. Ammo butun orfografik qoidalarini faqatgina 5- sinf
darsligida o‘rganish murakkab masala. [5: 138b] Bu bo‘limni 11-sinfgacha bo‘lib-bo‘lib,
mukammal tarzda egallashimiz kerak deb hisoblayman. Chunki imlo bizning butun hayotimiz
ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR
INTEGRATSIYASI
548
Samarkand State Institute of Foreign Languages
davomida kerak bo‘ladigan bo‘limlardan biridir - xoh yuridik shaxs bo‘laylik, xoh oddiy fuqaro.
Ammo 11 yil maktabda faqat imlo qoidalarini o‘rgatsa ham , biz o‘zimiz buning qanchalik
muhim ekanligini anglab yetmasak hech qanday samarali natijaga erisha olmaymiz. Ayrim
jamiyatimiz a‘zolari mana shu fikrni mag‘zini anglab olisholmaydi. To‘g‘ri, biz eng tayanch
savodxonlik bilimimizni maktab o‘qituvchilaridan, darslikllardan o‘rganamiz , biroq ota-
onalarning ham bu masalada oz bo‘lsada hissasi bor. O‘qituvchi 45 minutlik dars davomida
sinfdagi barcha o‘quvchilarga birdek mavzuni yetkazib berishi mumkindir, lekin barcha
o‘quvchilarning o‘zlashtirish qobilayati bir xil emas. Uyda ota - onalar farzandlari bilan alohida
shug‘ullanishi va darslarni o‘zlashtirishga yordam berishi, imkoni bo‘lsa amaliy shaklda
namoyon qilib bersa, ana shunda kutilgan natijaga erishishimiz mumkin. Hozirgi kunda imlo
bilan bog‘liq xatolarni juda ko‘p ucharatamiz: mamlakatimizning istalgan ko‘chalaridagi
reklamalarda, ijtimoiy tarmoqdagi turli xil kontentlarda , televideniyada efirga uzatilayotgan
reklamalar , filmlar hattoki rasmiy habarlarda ham uchratayotganimiz juda achinarli holatdir. [ 2;
135b] Buni har safar ko‘rib ,,
nega xato yozibdi?” , ,,nega to’g’irlamaydi?”
deb o‘ylashimiz
yaxshi , ammo uni xato yozilganligini bilmasdan, e’tibor ham bermasdan yurishimiz botqoqlikka
cho‘kib borayotganimizdan darak beradi. Bunday imloviy xatolar yuzaga kelishiga asosiy
sabablardan biri bu -aynan o‘sha sohada ish yuritayotgan ishchi hodimlarning savodsizligi yoki
so‘zlarning imlo qoidalariga muvofiq qay tarzda yozilishini bilmasligidir. Bu jarayon orqali
aksariyat insonlar vizul hotira orqali ko‘rgan informatsiyalarini eslab qoladi va xato yozilgan
so‘zlarni xotirasida saqlab qoladi. Darhaqiqat, biz mana shunga o‘xshash imloviy xatolar bilan
yozilgan so‘zlarni ko‘p uchratishimiz va ularni xohlamagan holda xotiramizga joylashimiz orqali
savodxonlilik darajamiz saiflashib boraveradi.
Savodsizlikni avj olib ketishiga sabab bo‘layotgan yana bir og‘riqli nuqta bu- ijtimoiy
tarmoqlarda tarqalgan kommunikatsiya usulidir. Biz kuzatishimz mumkinki, deyarli barcha
ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari o‘rtasidagi muloqot jarayonida bir nechta g‘aliz halatdagi
imloviy xatolar vujudga keladi. Masalan , turli xil so‘z birikmalarini yoki so‘zlarni qisqartirib
yozish:
bilan
bog‘lovchisini
bn
shaklida ,
keyin
so‘zini
kn
shaklida,
yaxshi
yoki
tushunarli
so‘zini
Ok
shaklida yozish. Hatto shunaqa vaziyatlar ham uchraydiki, ba’zi yoshlardan ayrim
so‘zlarni yozilishini so‘rashsa ular internet tili shakliga kirib qolgan shaklini ko‘rsatishadi.
Masalan,
tushunmoq
so‘zini
chunmoq
deb. [1: 103b] Bu holatlar ayrim shaxslarga bir
qaraganda oddiy holatdek ko‘rinishi mumkindir, ammo kelajak avlodni savodsizlikka
yetaklovchi katta ko‘prik vazifasini bajarajak.
Mana shunday so‘zlashuv uslublaridan foydalanish yoshlar o‘rtasida qo‘shtirnoq ichida
zamonaviylikni ifodalaydi deb hisoblashadi, hatto ba’zida so‘zlarni to‘liq shaklda, imlo qoidalari
bilan yozadigan bo‘sak zerikib qolishadi ayrim yoshlar bu so‘zlarni to‘liq o‘qib chiqishdan.
Bunday vaziyatlardan kelib chiqib aytish mumkinki, aynan mana shu internet tili jamiyat
o‘rtasida juda ham oddiy holat va qo‘shtirnoq ichida qulaylik bo‘lib qoldi.
Shunga o‘xshash salbiy omillar ta’siri ostida o‘zbek tilining asl ma’no durdonalariga, til
jozibadorligiga, hamda ma’no nozikligiga katta putur yetkaziladi. Biz ona tilimizning
badiiyligini asrlar davomida saqlab qolishimiz va uni kundan kunga botqoqlikka g‘arq qilish
o‘rniga boyitishimiz zarur . adabiy til me’yorlari hozirgi kunda faqatgina ilm - fanda, ilmiy
ishlarda, turli xil o‘quv jarayonlarida : maruzalar, seminarlar, konferensiyalar, ilmiy majlislar,
ilmiy va siyosiy yig‘ilishlarda ishlatiladigan bo‘lib qolmayaptimi. Bu jarayon kundan kunga
rivoj olib, ommalashib ketaverar ekan, o‘z ona tilimizning asl mohiyatini va shaklini yo‘qotib
boraveramiz. Bu tilimizga , millatimizga nisbatan hurmatsizlikning bir ifodasi shaklida namoyon
bo‘laveradi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak imloviy jihatdan tog‘ri yozishimiz , tilimizni turli xil
xurujlardan ,qo‘shtirnoq ichidagi zamonaviylashuvlardan, saqlashimiz eskicha fikrlash yoki
shunchaki zerikarli emas , balki xalqimizni, millatimizni yorqin va porloq kelajak sari
yetaklashdek sharafli bir burchdir. Asrlar davomida turli xil to‘siqlarni yengib kelgan haqiqiy
o‘zbek tilimizning adabiyligini yosh avlodlarga buzilgan holatida emas , balki asl durdonalari
ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR
INTEGRATSIYASI
549
Samarkand State Institute of Foreign Languages
bilan , jozibasi-yu xilma - xilligi bilan yetkazib bera olishni uddalasak , vatanimiz uchun kichik
bir vazifani bajargan bo‘lamiz.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.
Atiyazov S., &Oqmonova S. ,, Ona tili darslarida internet tili tahlili ( ijtimoiy
tarmoqlarda so‘z va harflar imlosi yuzasidan)’ евразийский журнал математечикой теории и
компьютерних наук .2023. 101-103- betlar.
2.
Ekatirina T., &shirinova G. ,, til va imlo muammolari’’. Toshkent. OOO,,bookmany
Print’’ . 2023. 133-136-betlar.
3.
Komilova Z . ,, Internet tili va uslubi’’ . multidisciplinary Scientific
journal.2023.218-bet.
4.
Mavlonov Sh. ,, O‘zbek tilining izohli lug‘atida - ixtisoslashgan va soddalashgan til
birikmalarining ifodasi”. Talimda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy
tendensiyalari va rivojlanish omillari jurnali. 2024. 155-158-betlar
