Mobil qurilmalar yordamida til o’rganishda so’z boyligini oshirishdagi o’rni

Аннотация

Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalar, ayniqsa ,mobil qurilmalar muhim ahamiyatga ega hisoblanadi xorijiy tillarni o’rganish uchun.Hozirgi kunda ko’pchilik yoshlar mobil qurilmlardan, ya’ni , kompyuter yoki o’zlaring shaxsiy smartfonlari yordamida chet tillarini mukammal tarzda o’rganishmoqda .Chet tilini o’rganish uchun turli xildagi mobil ilovalar mavjud Jumlada, til o’rganuvchilariga lug’atlarni oson tarzda o’rgatish uchun turli xildagi platformalar va qiziqarli onlayn darslar tashkil qilingan va bu ilovalar qiyin lug’atlar va tushunarsiz mavzularni oson tushunishga yordam beradi.Ushbu maqolada mobil qurilmalar yordamida so’z boyligini oshirishning samarali yo’llari va afzalliklari va ba’zi qiyinchiliklari haqida muhokama qilinadi.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2025
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
CC BY f
643-645
49

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Каримова U., & Рашидова M. (2025). Mobil qurilmalar yordamida til o’rganishda so’z boyligini oshirishdagi o’rni. Диалог, интеграция наук и культур в процессе научного и профессионального образования, 1(1), 643–645. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/discpspe/article/view/82232
Умида Каримова, Самаркандский государственный институт иностранных языков
преподаватель
Маржона Рашидова, Самаркандский государственный институт иностранных языков
студентка
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalar, ayniqsa ,mobil qurilmalar muhim ahamiyatga ega hisoblanadi xorijiy tillarni o’rganish uchun.Hozirgi kunda ko’pchilik yoshlar mobil qurilmlardan, ya’ni , kompyuter yoki o’zlaring shaxsiy smartfonlari yordamida chet tillarini mukammal tarzda o’rganishmoqda .Chet tilini o’rganish uchun turli xildagi mobil ilovalar mavjud Jumlada, til o’rganuvchilariga lug’atlarni oson tarzda o’rgatish uchun turli xildagi platformalar va qiziqarli onlayn darslar tashkil qilingan va bu ilovalar qiyin lug’atlar va tushunarsiz mavzularni oson tushunishga yordam beradi.Ushbu maqolada mobil qurilmalar yordamida so’z boyligini oshirishning samarali yo’llari va afzalliklari va ba’zi qiyinchiliklari haqida muhokama qilinadi.


background image

ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR

INTEGRATSIYASI

643

Samarkand State Institute of Foreign Languages

MOBIL QURILMALAR YORDAMIDA TIL O’RGANISHDA SO’Z BOYLIGINI

OSHIRISHDAGI O’RNI

Karimova Umida Ochilovna

Teacher of SamSIFL

Rashidova Marjona Shamsiddin kizi

Student of SamSIFL

Annotatsiya

. Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalar, ayniqsa ,mobil

qurilmalar muhim ahamiyatga ega hisoblanadi xorijiy tillarni o’rganish uchun.Hozirgi kunda

ko’pchilik yoshlar mobil qurilmlardan, ya’ni , kompyuter yoki o’zlaring shaxsiy smartfonlari

yordamida chet tillarini mukammal tarzda o’rganishmoqda .Chet tilini o’rganish uchun turli

xildagi mobil ilovalar mavjud ,jumlada, til o’rganuvchilariga lug’atlarni oson tarzda o’rgatish

uchun turli xildagi platformalar va qiziqarli onlayn darslar tashkil qilingan va bu ilovalar qiyin

lug’atlar va tushunarsiz mavzularni oson tushunishga yordam beradi.Ushbu maqolada mobil

qurilmalar yordamida so’z boyligini oshirishning samarali yo’llari va afzalliklari va ba’zi

qiyinchiliklari haqida muhokama qilinadi.

Kalit so‘zlar:

Mobil qurilmalar, so‘z boyligi, chet tili o‘rganish, ilovalar, Masofaviy

ta’lim, interaktiv mashqlar, onlayn kurslar, tinglab o‘rganish.

Chet tilini o’rganish ikki bosqichida amalga oshiriladi ,ya’ni ,onlayn va offline tarzda

o’rganish mumkin.Hozirgi kunda ko’pchilik talabalar va abituriyent online tarzda o’rganishni

afzal ko’rishadi.Chunki ular vaqtlarni tejashadi, shu sabali ular bu o’rganishni o’zlari uchun

qulay variant bilishadi va bundan tashqari online kurslar ham arzon narxlarda bo’lishi mumkin.

ELearning-ya’ni bu chet tilini mustaqil o’rganish hisoblanib,video yoki audio materiallarni,mobil

va o’yinlarga asoslangan ta’lim kabi keng tarmoqli tushuncha sanaladi.Masofaviy ta’lim

haqidagi tushunchalar asosan 20-asrda paydo bo’lgan va bu tushunchalar va hozirgi kungacha

qo’llanib kelinmoqda.(1) ELearning eng samarali shakli-mobil ta’lim shakli hisoblanadi.Uning

boshqa o’quv dasturlardan qulaylik tarafi shundaki u mobil texnalogiyalarga asoslangan

bo’ladi .Online ta’lim tiziming ommalashishning asosiy sababi shundaki:

• bundan biz istagan joyimizda va istagan vaqtimizda kirib o’rganishimiz mumkin;

• kerakli ma’lumotlarni qulay va oson tarzda olishimiz mumkin.

Masofaviy ta’limda asosan elektron kitoblar va online platformalardan foydalaniladi.Online

ta’lim tizimi uchun turli xildagi platformalar ishlab chiqilgan misol tariqasida:

1. Duolingo:

Yangi so‘zlar va grammatikani o‘rganish;

Interaktiv mashqlar bajarish;

Qiziqarli o‘yin uslubidagi darslar orqali til o‘rganish;

2. Memrise:

So‘z yodlashni tezlashtirish uchun vizual va audio qo‘llanmalar;

Ona tilida gapiruvchilarning ovozini eshitish va taqlid qilish;

Qisqa video darslar orqali amaliy mashqlar.

3. Busuu:

Ona tilida so‘zlashuvchilar bilan muloqot qilish;

Til bo‘yicha individual tavsiyalar olish;

Grammatikani chuqur o‘rganish uchun darslar;

4. Babbel:

Ish va kundalik hayot uchun moslashtirilgan darslar;

Matn yozish va talaffuzni yaxshilashga yordam beruvchi mashqlar;

Real hayotiy suhbatlarga tayyorgarlik.

5. HelloTalk:

Boshqa tillarni o‘rganuvchilar bilan real vaqtda chat qilish;


background image

ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR

INTEGRATSIYASI

644

Samarkand State Institute of Foreign Languages

Ona tilida so‘zlashuvchilardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuzatishlar olish;

Matn, ovoz va video orqali muloqot qilish.

6. Tandem:

Ona tilida so‘zlashuvchilar bilan suhbatlashish;

Do‘stona muloqot orqali tilni tabiiy o‘rganish;

Matn va ovozli xabarlar orqali yozish va talaffuzni rivojlantirish.

7. BBC Languages:

Video va maqolalar orqali til o‘rganish;

Tinglab tushunish va talaffuz mashqlari;

Grammatik qoidalarni o‘rganish

Bugungi kunda aksariyat yoshlar chet tilini o’rgashiga qiziqshishi oshib bormoqda. Bu

qiziqishlari ortidan ular xorijiy tillarni mukkamal tarzida o’ragnib xuddi native speakerlardek

muloqot qilishmoqda ammo xorijiy til o’rganuvchilarning 50% mukammal tarzida gapira

olishmaydi.Buning sababi esa lug’at boyligining kamligi va juda kam lug’at yodlashi sabab

bo’lishi mumkin.Bunday dolzarb muammolarni oldini olish uchun eng samarali usullardan biri

mobil qurilmlar va maxsus ilovolardan foydalanishdir.

1. Hozirgi kunda turli xildagi mobil ilovalar mavjud bo’lib ular lug’atlarni esda saqlab qolish va

tez o’rganishga yordam beradi.Masalan,Quizlet,Anki,Memrise ilovalar eslab qolish texnikasi va

takrorlash usuli orqali yodlashga yordamlashdi.Bu platformalar intereaktiv usilda o’rgatadi va

o’rganish uchun qiziqishlar uyg’otadi.

2. Lug’atlarni to’g’ri talaffuz qilish va uzoq muddatda eslab qolish uchun podcast,filmlar va

qo’shiqlar ham yoradam beradi.(2)

Podcastlar:ingliz tilidagi podcastlar tinglash orqali yangi so’zlar va talaffuzi o’rganiladi. Filmlar

va serial:ingliz tilidagi film va seriallar tomosha qilish kontesktda yangi so’zlarni bilib olishga

yordam beradi xorijiy tilni o’ganuvchilarga va lug’at boyligini oshirishni istovchilarga.

Musiqalar tinglash asosan so’zni to’g’ri talaffuz qilishga yordam beradi va biz qo’shiqni takror

eshitaversak undagi lug’atlar juda tezlikda esimizga qoladi.

3. Chet tilini o’rganmoqchi bo’lgan talabalar asosan o’zlarining darajalarinii aniqlab olishlari

muhim ahamiyatga ega hisoblanadi sababi shundaki, agar ular o’zlaring darajalarini bilslar

darajalariga mos tarzidagi kitoblar yoki maqollar o’qib borishadi va o’zlariga notanish bo’lgan

so’zlarni belgilab oladilar shu so’zni qatnashtirb gaplar tuzadilar bu ham so’z boyligini

oshirishdagi eng samarali yo’llardan biri hisoblanadi.(3)

4. Interaktiv mashqlar orqali o’rganish ham qulay variantlardan biri hisoblanadi. O’yinlar,testlar

va boshqa interaktiv metodlar yordamida mustahkamlash ham samarali usul hisoblanadi.

Biz kundalik hayotda ishlatadigan ba’zi bir ibora va lug’atlarni bu ilovalar yoki eshitish orqali

o’rgana olmasligimiz mumkin. Sababi shundaki qachonki biz diqqatimizni bir joyga jamlab o’z

ustimizda shug’ullansakgina nafaqat lug’at boyligimiz balkim barcha bo’limlar eng professional

mutaxassis bo’lib yetishamiz.Ba’zi bir yoshlar faqatgina ilovalar orqali cheklanib qoladi va

yodlagan so’zlarini amaliy tarzda qo’llay olmay qiynalishadi va bu lug’atlar qo’llanmasa, vaqt

o’tgan sari passiv lug’atlarga aylanadi.shu sababli ularning lug’at boylik darajalari juda pasayib

boraveradi bu esa til o’rganishga bo’lgan qiziqishlarni o’ldiradi.Shu sababli lug’atlarni

muntazam tarzda takrorlash va ulardan kundalik hayotda yani amliy tarzda ham foydalanib turish

anchagina samara beradi.

Tadqiqotlarni shuni ko’rsatadiki,xorijiy tilini mukammal o’rganishni istagan inson o’zining ona

tilidan ham ko’ra o’rganyotgan xorijiy tilida ko’proq lug’at bilishi va lug’atlar esidan chiqmaslik

uchun mobil ilovalar yordamida bu lug’atlarni tez tez mustahkamlashi kerak shundagina bu

lug’atlar esda qoladi.Mobil qurilmalar yordamida til o’rganish anchagina oson siz u lar

yordamida ham lug’at boyligizni ham boshqa bo’limlardagi darajalar o’stirish uchun samarali

yo’l hisoblanadi.Har bir inson o’z ehtiyojlarga mos ilovalarni tanlaydi va u orqali yangi yangi

tillarni o’rganadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:


background image

ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR

INTEGRATSIYASI

645

Samarkand State Institute of Foreign Languages

1. Umida K. The Role of Teaching Compounds According to Types of Speech in Constructivism

//Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching. – 2022. – Т. 8. – С. 4-9.

2. Umida K. The ways of using constructivism to teaching phraseological units

and vocabulary for efl //Academicia Globe: Inderscience Research. – 2022.

– Т. 3. – №. 4. – С. 1-6.

Retrieved from https://geniusjournals.org/index.php/ejlat/article/view/1325

3. Umida, Karimova. "The Role of Teaching Compounds According to Types

of Speech in Constructivism." Eurasian Journal of Learning and Academic

Teaching 8 (2022): 4-9. Retrieved from ISSN: 2795-739X.

4. Ochilovna K. U., Sameyevna M. Z. IMPROVING SPEAKING SKILL

WITH THE HELP OF MODERN TECHNOLOGIES //Galaxy International

Interdisciplinary Research Journal. – 2021. – Т. 9. – №. 12. – С. 367-369.

1. https://www.researchgate.net/search?context=publicSearchHeader&q=

2.https://www.intereuroconf.com/index.php/APSEFMCH/article/download/5131/3783/3780

3.

https://kun.uz/news/2019/01/25/soz-boyligini-qanday-oshirish-mumkin

Библиографические ссылки

Umida К. The Role of Teaching Compounds According to Types of Speech in Constructivism //Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching. - 2022. - T. 8. - C. 4-9.

Umida K. The ways of using constructivism to teaching phraseological units and vocabulary for efl //Academicia Globe: Inderscience Research. - 2022.-T. 3.-№. 4.-C. 1-6.Retrieved from https://geniusjournals.org/index.php/ejlat/article/view/1325

Umida, Karimova. "The Role of Teaching Compounds According to Types of Speech in Constructivism." Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching 8 (2022): 4-9. Retrieved from ISSN: 2795-739X.

Ochilovna K. U„ Sameyevna M. Z. IMPROVING SPEAKING SKILL WITH THE HELP OF MODERN TECHNOLOGIES //Galaxy International Interdisciplinary Research Journal. - 2021. - T. 9. - №. 12. - C. 367-369.

https://www.researchgate.net/search?context=publicSearchHeader&q=

https://www.intereuroconf.eom/index.php/APSEFMCH/article/download/5131/3783/3780

https://kun.uz/news/2019/0 l/25/soz-bovliuini-qandav-oshirish-mumkin